Alifbe kitobi muallifi
2017 yil 13 fevral kuni “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilgan “Munosabat” ko‘rsatuvida psixologiya fanlari nomzodi M.Yo‘ldoshev “Alifbe” darsligida 16 ta xatoga yo‘l qo‘yilganligini aytib o‘tdi. Ma’lumki, “Alifbe” darsligi ilk savod o‘rgatishga mo‘ljallangan darslik bo‘lib, har yili 600 000 nusxada chop etiladi. Ushbu darslik chop etilgunga qadar bir necha bosqichda ekspertizadan o‘tadi. Biz mualliflar yil davomida Respublikamiz viloyatlarida o‘qituvchilar bilan uchrashib, ularning darslik haqidagi fikr-mulohazalarini o‘rganamiz. Shu asosda darslikni takomillashtiramiz.
ALIFBE
ALIFBE — dastlabki savod beradigan o’quv qo’llanmasi. Alifbe bosma, yozma harflar va ular ifodalaydigan nutq tovushlari, ularning yozilishini o’zlashtirish, sodda bo’g’in va so’zlarni qo’shib o’qishga o’rganish va o’qilayotgan narsani to’g’ri tushunish hamda sodda so’z va gaplarni yozishga o’rganishga yordam beradi. Maktabxonalarda Alifbe bo’lmagan. Uning o’rniga savod o’rganish uchun maxsus taxta qo’llanilgan. Taxtaning bir tomoniga tartib bilan Arab harflari, ikkinchi tomoniga esa abjad yozilgan. Talabalar harflarni batamom yod olgandan so’ng abjadxonlikka va haftiyakxonlikka o’tar edilar. Bu usul asosan 1900 yilgacha davom etgan. Turkiston tsarus-tuzem maktablarining hamda yangi usuldagi maktablarning paydo bo’lishi bilan Alifbe darsligi yuzaga keldi. 1902 yilda rus-tuzem maktablarining o’zbek sinflari uchun birinchi o’zbek Alifbesi — “Ustodi avval” nashr etildi. Bu Alifbening muallifi Saidrasul Saidazizov. Kitob 1917 yilgacha 17 marta nashr etilgan. Shu yillarda Munavvarqori Abdurashidxonovning “Adibi avval” (o’zbek maktablari uchun birinchi Alifbe), Mulla Rustambek ibn Yusufbekning “Ta’limi avval”, P. Bidanovning “Sullami avval”, A. Avloniyning “Birinchi muallim”, A. Ibodiyevning “Tahsil ul-alifbo”, M. Faxriddinovning “Rahbari avval” kabi Alifbelar nashr qilingan. Keyinchalik Shokirjon Rahimiy yaratgan “Sovg’a” darsligi nashr qilingan. Shuningdek, M. Qodirov va boshqalarning “Kattalarga o’qish” (1920), F. Erg’ozieyv va A. Yo’ldoshevning “Alifbe” (1936) kitoblari bosilib chiqqan. 1938 yildan O. Sharafiddinov tuzgan Alifbe nashr qilindi; mazkur Alifbe Q. Abdullayeva hammuallifligida qayta ishlanib nashr etildi va o’zbek maktablarida o’quv qo’llanmasi vazifasini bajardi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 2 sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy qilish to’g’risida” Qonuni qabul qilingach, bir qancha Alifbelar tayyorlandi. Xususan, 1996-97 yillarda O. Sharafiddinov, Q. Abdullayeva va boshqalarning “Alifbe” (“Shodlik”), T. G’afforova, E. Shodmonov, R. Eshturdiyevaning “Alifbe” (“Savod”), katta yoshdagilar uchun Y. Abdullayevning “Hamrohim”, “Sovg’a”, Y. Abdullayev, Sh. Yo’ldoshevaning “Yangi alifbo va imlo” o’quv qo’llanmalari chop etildi. Yo’ldosh Abdullayev.
Biz korrupsiyaga qarshimiz
Alifbe kitobi muallifi
Powered by Phoca Download
Saytimiz rivojiga hissa
Uzcard: 8600 5504 8563 9786
© 2004-2020 – Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.
- Bosh sahifa
- Portal haqida
- Portal tarixi
- Sayt xaritasi
- Muallif haqida
- Tafakkur gulshani
- Mumtoz faylasuflar hikmati
- Ibratli hikoyatlar
- Jahon xalqlari maqollari
- Jadid matbuoti
- Sovet davri matbuoti
- Qayta qurish davri matbuoti
- Mustaqillik matbuoti
- Hozirgi davr matbuoti
- Tarix
- O‘zbekiston hukmdorlari
- Temuriy malikalar
- Yurt bo‘ynidagi qilich.
- Qomusiy olimlar, sarkardalar
- Reytinglar
- O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
- O‘zbek xalq maqollari
- O‘zbek xalq ertaklari
- O‘zbek xalq topishmoqlari
- O‘zbek mumtoz adabiyoti
- Zamonaviy o‘zbek she’riyati
- Muxlislar ijodidan
- Barcha kitoblar
- Ziyouz jurnalxonasi
- Ziyouz audiokutubxonasi
- Mobil kutubxona
- Maktab darsliklari
- Oliy va OMTM darsliklari
- Durdona to‘plamlar
- Android uchun kitoblar
- Videogalereya
- Узбекская библиотека
- Islomiy sahifamiz
- Forum
- Kross-shou
- Foydali sahifalar
- Saytdan qidirsh
- Ziyouz viktorinasi arxivi
“Alifbe” darsligi tanqid qilindi: muallif o‘zini oqlamoqchi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilib, fuqarolarga erkin fikr va ochiq munosabat bildirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Ushbu imkoniyatdan o‘z o‘rnida ijodiy foydalanish har bir O‘zbekiston fuqarosining burchi hisoblanadi. Aytilgan fikrning haqqoniyligi va to‘g‘riligi uchun har bir kishi mas’uldir.
“O‘zbekiston” telekanali “Munosabat” ko‘rsatuvining 2017 yil 13 fevraldagi sonida kitobxonlik va mutolaa masalalari bir qator ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi. “Munosabat” ko‘rsatuvi bir necha yillardan beri efirga uzatilayotgan, o‘z yo‘nalishi va so‘ziga ega dasturlardan biri hisoblanadi. Ko‘rsatuv muallifi Quddus A’zamov yurtimizdagi ko‘zga ko‘ringan, tajribali jurnalistlardan. Biroq ko‘rsatuvning bu galgi soni muallif va dasturning shuncha yillik obro‘siga zid ravishda, bir zumlik shov-shuv ko‘tarish maqsadida asoslanmagan, biryoqlama tarzda tayyorlangan. Fikrimizni isbotlashga harakat qilamiz.
To‘g‘ri, ko‘rsatuvda bugungi kun uchun juda dolzarb masala ko‘tarilgan. Faqat uning yechimini topishda bunga manfaatdor bo‘lgan barcha tomon taklif etilmagan. Nega darslik muhokama qilina turib, uning mualliflari chaqirilmagan yoki adabiyot o‘qituvchilarining mas’uliyatsizligi haqida gapirib turib o‘qituvchilarning o‘zidan fikr olinmagan? Bu nazarimizda oddiy jurnalistika etikasiga zid holatdir.
2017 yil 13 fevral kuni “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilgan “Munosabat” ko‘rsatuvida psixologiya fanlari nomzodi M.Yo‘ldoshev “Alifbe” darsligida 16 ta xatoga yo‘l qo‘yilganligini aytib o‘tdi. Ma’lumki, “Alifbe” darsligi ilk savod o‘rgatishga mo‘ljallangan darslik bo‘lib, har yili 600 000 nusxada chop etiladi. Ushbu darslik chop etilgunga qadar bir necha bosqichda ekspertizadan o‘tadi. Biz mualliflar yil davomida Respublikamiz viloyatlarida o‘qituvchilar bilan uchrashib, ularning darslik haqidagi fikr-mulohazalarini o‘rganamiz. Shu asosda darslikni takomillashtiramiz.
Men M.Yo‘ldoshevga qo‘ng‘iroq qilib, qanday xatolar haqida gapirayotganliklarini so‘raganimda, u kishi menga ularni aytmasliklarini, bundan bir necha yil oldin nabiralari o‘qigan davrda shu xatolarni ko‘rganliklarini aytib o‘tdilar. Nahotki, millatning taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ustida fikr bayon qilayotganda uni tasdiqlovchi dalillarni muallifga taqdim etishdan bosh tortish mumkin bo‘lsa. Har bir odam bildirgan fikri uchun mas’ulligini anglagan holda uni bayon qilishi kerak emasmi? Qolaversa, muallifning haqli talabiga rad javobini berishni qanday tushunish mumkin? Men M.Yo‘ldoshevdan xatol arni ko‘rsatishni talab qilishga haqliman. Agar qandaydir texnik xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, biz uni bartaraf etishga tayyorligimizni, fikrlarini birgalikda “Munosabat” ko‘rsatuvida ishtirok etgan holda dalillab berishlarini talab qildim. Lekin M.Yo‘ldoshev men bilan gaplashishdan bosh tortdi. Bu Xalq ta’limi vazirligi, “Ma’naviyat” nashriyoti xodimlari va mualliflarga hurmatsizlik va bo‘hton ifodasi hisoblanadi. Qolaversa, “O‘zbekiston” telekanali tekshirilmagan dalillarni efirga uzatmasligi, bu kabi holatlarga duch kelganda mualliflar va mas’ullarni xabardor qilishi lozim, deb hisoblayman. Shunisi taajjublanarliki, M.Yo‘ldoshev qaysi mualliflar tomonidan, qaysi yillarda yaratilgan “Alifbe” darsligi haqida gapirayotganini ham bilmaydi. Qo‘lida dalillar ham yo‘q. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, har yili darslik haqida fikr bildirgan ekspertlarga ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilganligi haqida asosli javoblar beriladi va ma’qullari qabul qilinadi.
Men, Quddus A’zamov bilan bog‘lanib, yaqin kunlar ichida “Munosabat” ko‘rsatuvida raddiya sifatida o‘z fikrlarimni dalillab berishga kelishib olganligimni ham ta’kidlab o‘tmoqchiman. Biroq M.Yo‘ldoshev men bilan birgalikda bu ko‘rsatuvda ishtirok etib, o‘z fikrlarini asoslab berishdan bosh tortdi. Inson sha’ni va qadr-qimmatini ulug‘lash ustuvor bo‘lgan bizning mamlakatimizda har bir mutaxassis yetarli dalillarga ega bo‘lgandagina o‘z fikrini aytishga haqli ekanligini eslatib o‘tmoqchiman. Aks holda bunday chiqishlar axloqsizlik va mas’uliyatsizlikdan boshqa hech narsa emas. Qolaversa, “Munosabat” ko‘rsatuvi dalillarga tayanib fikr bildirishga mo‘ljallangan nufuzli ko‘rsatuv hisoblanadi. Bu ko‘rsatuvni asoslanmagan, tekshirilmagan fikrlarni bayon etish minbariga aylantirmaslik kerak.
Darslik yaratish murakkab jarayon. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Darsliklarda millat fikrining, millat tafakkuri va millat mafkurasining eng ilg‘or namunalari aks etishi kerak». Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bu jarayon oshkora va shaffof tashkil etilgan, istalgan olim, o‘qituvchi va pedagog bemalol ishtirok etishi, o‘z fikrlarini bayon qilishlari mumkin. Biz ularning darsligimiz haqidagi fikrlarini doimo inobatga olib kelganmiz.
Men hurmatli ekspertimiz Mahmud Yo‘ldoshevdan “Munosabat” ko‘rsatuvida “Alifbe” darsligi xususida aytgan 16 ta xatoni ko‘rsatib berishlarini so‘rab qolaman. Aks holda bu fikrlar mashhurlik uchun aytilgan asossiz fikrlar deb bilib, u kishidan ilm sohibi sifatida o‘z xatolarini tan olishdek bag‘rikenglik ko‘rsatishlarini va uzr so‘rashlarini kutib qolamiz. Zero, biz ziyolilar o‘z sobitqadam so‘zimiz, har bir aytilgan fikr uchun mas’uliyatimiz bilan jamiyatning boshqa qatlamlariga o‘rnak bo‘lishimiz kerak.
Roxat SAFAROVA,
Pedagogika fanlari doktori, professor,
“Alifbe” darsligi muallifi