Press "Enter" to skip to content

Bayroq haqida sherlar

DO‘STLARIM, BAYROG‘IM DASTASIN,
TUTINGIZ MAHKAMROQ, SINMASIN.
TARIXNING BAG‘RIDAN YUKSALSIN,
HILOLI, YULDUZI PORLASIN.

Bayroq haqida she’r, eng yangi she’rlar to‘plami

Bayroq haqida she’r, vatan bayrog‘i haqidagi eng yangi va eng sara she’rlar to‘plami, 18-noyabr bayroq qabul qilingan kun uchun saralangan chiroyli she’rlar.

Bayroq kuni munosabati bilan tadbir uyushtirayotgan bo‘lsangiz mana bu sahifadagi senariylarni yuklab olib yangilik yaratishingiz mumkin. Bayroq haqida qo‘shiqlar kerak bo‘lsa mana bu sahifaga o‘ting.

  1. Vatan ramzi bayroq haqida she’r
  2. O‘ZBEKISTON BAYROG‘I haqida she’r
  3. Yurtim bayrog‘i she’ri
  4. Bayrog‘imiz haqida ma’noli she’r
  5. Iftixorim bayrog‘im she’ri
  6. BAYROG‘IM-IFTIXORIM
  7. BAYROG‘IM (juda chiroyli she’r)
  8. Bayrog‘im — orim mening!
  9. VATAN BAYROG‘I — Halima Xudoyberdiyeva she’ri
  10. MENING BAYROG‘IM — MENING FAXRIM!
  11. Bayroq haqida qisqa she’rlar
  12. Bayroq haqida qo‘shiqlar
  13. Bayroq haqida boshqa she’rlar

Vatan ramzi bayroq haqida she’r

Bobom uqtirgan takror
Istiqlol bu –baxt , deya.
Ozod Vatan ramzi bor:
Bayroq , gerb va madhiya.

Bugun dadam berar dars
Asramog‘ing shart deya,
Ramzlar ham muqaddas:
Bayroq, gerb va madhiya.

O‘ZBEKISTON BAYROG‘I haqida she’r

Qalbimiz to‘la surur,
To‘tiyo yurt tuprog‘i,
Hilpirab turar mag‘rur,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Naqorat:
Iftixor dilimizda,
U yo‘ldosh yo‘limizda,
Yuksalar qo‘limizda,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Gumbazlarda, yuksakda,
Peshtoqlarda, falakda,
Ko‘ngillarda, yurakda,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Yurtim bayrog‘i she’ri

Olqishlab-olqishlab munavvar tongni,
U mayin hilpirab turibdi, qarang.
Bu kez termultirgan jumla jahonni,
Yurtim bayrog‘ida porlar to‘rt xil rang.

Yashil rang – abadiy ko‘klam timsoli,
Bahorni qutlaydi bunda har bir jon.
Bulutlar tutunlar, dog‘lardan xoli,
Moviy rangda yashnar musaffo osmon.

Azizim, sen haqda yana ne deyin?
Bulbullar to‘ldirsin yashil bog‘ingni.
Kelajak avlod bizlardan keyin,
Hilpiratib tursin hur bayrog‘ingni.

Qizil rang – ko‘zga yosh qalqmasin nechun?
Janglarda o‘lmagan mangu jondir bu.
Biz bugun kuylagan erk va baxt uchun
Bir zamon to‘kilgan qutlug‘ qondir bu

Bayrog‘imiz haqida ma’noli she’r

Har qanday lashkarning ham
O‘z tug‘i, yalovi bor,
Sen qaysi saltanatdan,
Sen qaysi davlatdan kam.
Qo‘rg‘onlar qatorida
Bir qo‘rg‘onsan ustuvor,
Vallamat, tug‘dor yurtim,
Muhtasham Respublikam.

O‘ylayman, ha, olamda
Nisbiy erur ko‘p holat,
Zamona g‘alviridan
Har narsa o‘taverar.
Tarix uchun va lekin
Kim ham bergay kafolat,
Yakka inson bir yo‘lchi:
Kelaru ketaberar.

Qadim-qadim zamonda
Yunonlik haykaltarosh,
Bir san’at yaratibdi,
Maqsadi — bir burda non.
Haykal esa asrlar
Sinoviga bermish dosh,
Bugun uni ko‘klarga
Ko‘tarar butkul jahon.

Ko‘zni kattaroq ochib
Boqsang bu muammoga,
Alam qilgulik qadar
Kam yashar inson zoti,
Faqatgina xalq sohib
Bardavom bu dunyoga,
Asragay har kas nomin
Faqat xalqning hayoti.

Sanasang hodisot mo‘l
O‘zbekning tarixida,
Har biriga bir noma
Yoki doston bitgulik.
Ne zotlar oqmagan bu
Asrlar arig‘ida,
Har biri bitta xalqning
G‘ururiga yetgulik.

Barchaga ayon erur
Men aytgan ushbu gaplar,
To hanuz asablarni
Ezg‘ilar bu shum o‘tmish.
Moziyga o‘qtin-o‘qtin
Sochsak hamki g‘azablar,
Lekin ayting, o‘zbekning
Qo‘lidan kim ham tutmish?

Bir kuni yovqur shoir
Ya’ni Turdi Farg‘oniy,
Bo‘ltak bo‘lgan bu xalqqa
Birlash deb qildi xitob.
Bejavob qolaberdi
Uning dardli so‘rog‘i,
O‘sha-o‘sha zamin kar,
O‘sha-o‘sha gung oftob.

Bugun zimdan nazar sol
Sen mana bu bayroqqa,
Mayliga bir daqiqa
Unutgin turfa kekni.
Shu bayroq nomimizni
Eltdi yiroq-yiroqqa,
Shu bayroq birlashtirdi
Parokanda o‘zbekni.

Iftixorim bayrog‘im she’ri

G‘ururimsan orimsan,
Mangu iftixorimsan.
Jahon uzra porlagan,
Sen saodatim borimsan.

Har oning bo‘lsin zafar,
G‘alabangdan xush chog‘im.
Saxiy xalqni olamga,
Ko‘rsatgan baxt chirog‘im.

Dunyo uzra nur sochgin,
Shodlik senga bo‘lsin yor.
Bayrog‘imda baxt aksi,
Tovlanadi purviqor.

Yurtim ko‘rma hech zavol,
Top abadiy sen iqbol
Muzaffarlik o‘ktamlik,
O‘lmas ramzi senda bor.

Bayrog‘imda bir yog‘du,
Oydek tunni yoritar.
Ta’rifiga til ojiz,
Bebaho bir tong otar.

BAYROG‘IM-IFTIXORIM

(Muvashshah)
MUXTOR PARDAYEV

B oqiylik ramzisan millat bayrog‘i,
A jdodlardan meros, erk shamchirog‘i,
Y o‘limni yoritib, bag‘ishlaysan kuch,
R ahnamo yulduzsan, umrim chirog‘i.
O namday muqaddas, nomusu orim,
G‘ ururu shonimsan, sen iftixorim!
I lhomim jo‘sh urar sen bilan har choq,
M yening qalbtumorim, dildagi borim.

I stiqbolim, baxtim bayrog‘i o‘zing,
F azlu kamolotim mayog‘i o‘zing,
T inchlik, totuvlikning yorqin mash’ali,
I stiqlol g‘unchasi, gulbog‘i o‘zing.
X azon ko‘rma aslo, gullab-yashnayver,
O ppoq manzillarga bizni chorlayver,
R abbim, ko‘z tegmasin bo‘yu bastingga,
I lohim, baxtimga mudom porlayver!
M angu hilpirayver, davlat bayrog‘im!

BAYROG‘IM (juda chiroyli she’r)

Bobolar tomirida
oqqan jo‘shqin qon senda.
Har farzandning ko‘ziga
to‘tiyosan,bayrog‘im.
Senda shonli tarixning
har lahzasi nomoyon
Bugunimga shukronam,
nur-ziyosan,bayrog‘im.

Eng nurafshon tonglarga
boshlab borar tug‘imsan.
Muzaffar xalq qalbida
sarbadorim,bayrog‘im.
G‘urur va or talashsa
maydon aro botirlar,
Mardlarin bilagida
kuch-madorim,bayrog‘im.

Ne suronlar qa’tidan
omon o‘tgan el haqqi
Qaddim etgin sarbaland
bo‘l,suyanchim,bo‘l tog‘im.
Hilpirayver eng yuksak cho‘qqilarning toqida
Boshim uzra baxt bo‘lgin,
Xumo bo‘lgin,bayrog‘im,

Bayrog‘im — orim mening!

To‘qson tomirimda elim shiddati,
Beqasam to‘nimdek g‘ururim o‘zing.
Ota yurt oldida farzim bu mehnat
Onam ko‘nglidek oq shuurim o‘zing!

Singlim Humo yurtga ezgulik tilar,
Otam ketmonida tonglar otadi.
Quyosh bu — onamning kulcha nonlari
Bayrog‘im, ko‘ksimda shiddat yotadi!

Osmonga teng kelar o‘g‘ling kuragi,
Shavkatli yurtimning kelajagi men.
Koinot zarracha… ursa yuragim
Yelkamda hilpira jahon uzra sen!

Bayrog‘im — vujudga aylangan orim,
Mustaqil yurtimning bag‘ridayin keng!

VATAN BAYROG‘I — Halima Xudoyberdiyeva she’ri

Yurt bayrog‘in har joygamas,
Ko‘nglingga ek. Ko‘ksingni o‘y.
Ishlov bergin, yumshatib tur
Ildiz otsin, ko‘rsatsin bo‘y.

To bu bayroq, Vatan, nurlar
Ich-ichingga ketsin kirib.
Toki g‘anim — vatanxo‘rlar,
Ololmasinlar sug‘urib.

Shunday o‘rgat qulni, xonni,
Uchmas qush ham uchar bo‘lsin.
To bayroqdan oldin jonni
Bermoq oson kechar bo‘lsin.

MENING BAYROG‘IM — MENING FAXRIM!

Moviy rangda, yashil rangda, oppoq rangda,
Tovlanadi quyosh nurin taraganda.
Ko‘z quvnaydi dil yashnaydi qaraganda,
El mehridan, yurt sha’nidan yaralgan-da.
Ozod bo‘ston bayrog‘i bu – sha’nimizdir,
O‘zbekiston bayrog‘i bu – jonimizdir.

Bayroq haqida qisqa she’rlar

HILPIRAB KO‘KNI QUCH, BAYROG‘IM,
DOIMO DUNYO QUCH, BAYROG‘IM.
YUZIMGA BOSAYIN DUDOG‘IM,
FAXRIMSAN, G‘URURIM BAYROG‘IM.

MILLATIM FAXRISAN ULUG‘SAN,
DOIMO QADAMI QUTLUG‘SAN.
HURLIKNING RAMZISAN, MAG‘RURSAN,
KO‘KSIMGA QADALGAN TUG‘IMSAN.

XAYOTIM-MAMOTIM SЕN O‘ZING,
XURLIK-CHUN TO‘KILGAN XUN IZING.
QADDINGNI BALAND TUT, TUT O‘ZING,
ERKLIGIM PARVOZI SЕN O‘ZING.

TЕMURDAN ASLI SЕN QOLGANSAN,
RANGINGNI SЕN MЕ’ROS OLGANSAN.
OZODLIK LIBOSIN KIYGANSAN,
BAXTLIMAN, QO‘LIMDA SЕN BORSAN.

DO‘STLARIM, BAYROG‘IM DASTASIN,
TUTINGIZ MAHKAMROQ, SINMASIN.
TARIXNING BAG‘RIDAN YUKSALSIN,
HILOLI, YULDUZI PORLASIN.

Bayroq haqida qo‘shiqlar

Bayroq haqida barcha qo‘shiqlarni mana bu sahifaga o‘tib yuklab olishingiz mumkin.

Bayroq haqida boshqa she’rlar

Bayroq haqida yana she’rlar kerakmi? Saytimizda bayrog‘imiz haqida yana 30 dan ortiq she’rlar bor. Bayroq haqidagi boshqa she’rlarni yuklab olish uchun mana bu sahifaga o‘ting.

 

Oʻzbekiston davlat bayrogʻi

O‘zbekiston bayrog‘i (rasmiy atalishi: O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i) — Oʻzbekiston gerbi va Oʻzbekiston madhiyasi kabi O‘zbekiston Respublikasining rasmiy davlat ramzi sanaladi. 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini e’lon qilganidan so‘ng 1991-yilning 18-noyabrida [1] O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining VIII sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan.

Taʼrifi [ tahrir ]

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi matoda aks etgan bo‘lib, uchta asosiy gorizontal rangdor bo‘laklarga bo‘lingan. Ular: yorqin moviy, oq, yorqin yashil. Bu bo‘laklar orasini ikkita qizil rangdagi gorizontal chiziqlar ajratib turadi.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ramzi mamlakat hududida ilgari mavjud boʻlgan gʻoyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos boʻlgan eng yaxshi anʼanalarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy oʻzligini ham aks ettiradi.

Bayroqdagi havorang — zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy — havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida buyuk Amir Temur ham oʻz bayrogʻiga bu rangni tanlagan.

Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat oʻz yoʻlida baland dovonlardan oshib oʻtishi kerak. Bayroqdagi oq rang Oʻzbekiston Respublikasi tanlagan yoʻlning musaffo va charogʻon boʻlishi uchun yaxshi niyat ramzidir.

Qizil yoʻllar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.

Yashil rang — serneʼmat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir.

Yarimoy — Oʻzbekiston xalqining koʻp asrlik anʼanalariga muvofiq keladi. Yarimoy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri mukammallik belgisidir.

Oxshash xabarlar:

Bayroq haqida she’rlar

18-noyabr bayroq qabul qilingan kun munosabati bilan bayroq haqidagi sara she’rlarni qabul qiling.

Istiqlol bayrog’i

She’rni ochish / Yopish
Ona yurtim jon yurtim
Hur O’zbekiston yurtim
Istiqlol bayrog’ini
O’pib yuzimga surtdim.

O’zbekiston bayrog’i

She’rni ochish / Yopish

Ko’kda hilpirar mag’rur , O’zbekiston bayrog’i
Dillarga solar g’urur, O’zbekiston bayrog’I
“O’z bayrog’im ” deb xalqim, Dilda qilar iftixor
Undagi har bir rangning, O’z ramzi, ma’nosi bor.

Bayroq ranglariga she’r

She’rni ochish / Yopish

Oq rang:
Men-chi oq rang bo’laman
Vazifam-doim tinchlik
Timsolim-soflik,poklik
Orzu va xayollar bilan
Intilishim ichki go’zallik
Moviy rang:
Men moviy rang bo’laman
Bayroqdan joy olganman,
Tiriklik,mangu osmon
Obihayot ramziman
Donishmandlik,halollikni
Yaxshilik sadoqatni
O’zimda aks etganman.
Amir Temur ruhini
Doimo shod etgayman.
Yashil rang:
Bayroqdagi yashil rang
Tabiat yangilanishi
Ko’pgina xalqlarda esa
Umid va shodumonlik
Qizil chiziq:
Qizil chiziqlar esa
Vujudda oqayotgan
Hayotiy irmoqlarni
Jo’shishidan berar darak.
Oy:
Men bilan tarix bog’liq
Ayni paytda esa men
Sizlarga muhim bog’liq
Mustaqillik ramzi ham.
Yulduz:
O’zbek xalqi qadimiy
Madaniyat beshigi
Tuprog’ida saodat
Komillikdir eshigi.

Bayrog’imiz dunyo uzra

She’rni ochish / Yopish
Xalqim orzu niyati
Dilga quvonch soladi
Bayrog’imiz dunyo uzra
Yurtga dovrug’ soladi

Mo’tabar bayrog’im

She’rni ochish / Yopish

Bayroqdagi 4 xil rang
Hamohangdir birlikda
Bir-birini to’ldirar
Maqsad sari tenglikda
Havo rang tinchlik demak
Oq-rangdir-poklik ramzi
Yashil-yashnagaydir el
Qizil rang hayot ramzi
Yulduzlar doimo sirli
Ma’nolarni so’zlaydi
12 yulduz 12 oy tarixdan so’zlaydi
Yangi chiqqan to’lin oy
Har ko’zni o’zga chorlar
Duoga ochamiz qo’l
Dilga nur,poklik solar
12 baxt yulduzi
O’ziga xo’p yarashar
Unda dunyo xalqlari
Havas bilan qarashar.
Mustaqil yurt deb atar
Yer yuzining har yog’i
Bizga juda mo’tabar
O’zbekiston bayrog’i.

Bir bayroq ostida

She’rni ochish / Yopish

Hurlikni ulug’lab hilpirar mag’rur
O’zbek iftixori vatan bayrog’i
Yashaydi millatlar do’st-inoq masrur
Sajdagoh makondir oltin tuprog’i
Karvonin boshlaydi dovyurak sarbon
Murodli manzilga aziz xalqini
Ko’rsam der yurtini jannatiy makon
Bag’ishlab eliga umri qalbini.
Kechdi bu zamindan Manguberdilar
Kubrolar,Temurlar shavkati-shoni
Bir bayroq ostida birlashdi el-yurt
Bir bayroq ostida yashnadi zamon
Istiqloldan keyin ajdodlar tug’in
Yangiladik ne tong erk bo’ldi qarov
Balqdi tantanavor boshimiz uzra
Xalqimiz timsoli milliy bir yalov.

Bayrog’imda

She’rni ochish / Yopish

Vatanim shon-shuhrati,
Salohiyat, qudrati,
Mustaqillik nusrati
Aks etgan Bayrog‘imda,
Bayrog‘im – ko‘z qarog‘imda.
Ranglarining ma’nosi,
Xalqning ruhi, navosi,
O‘zbekiston havosi –
Aks etgan Bayrog‘imda,
Bayrog‘im – ko‘z qarog‘imda.
Men shu Vatan erkasi,
Men shu Vatan ertasi.
Alpqomat yelkasi –
Aks etgan Bayrog‘imda,
Bayrog‘im – ko‘z qarog‘im-da!

Millat bayrog’i

She’rni ochish / Yopish

Qora o’tmish qoldi ortda,
Dorilomon kunlar yurtda,
Mehr-ko’zda,muhabbatda,
Porla,Millat bayrog’i!
Osmon to’la yulduz-oppoq,
Bir-biridan chaqnoq biroq-
12 si eng yarqiroq,
Porla,Millat bayrog’i!
Mangulik hur yo’lidasan,
O’zgidasan,so’lidasan.
Ozod xalqning qo’lidasan
Porla,Millat bayrog’i

O’zbekcha bayroq!

She’rni ochish / Yopish

Vatan siynosini ifoda etib
Ko`kda hilpiraydi o`zbekcha bayroq
Hilol oy yulduzlar va to`rtta rangi
Moviy qizil,yashil hamda oq
Harbiri o`zgacha mano kasb etib
G`urur iftixrla tilga kiradi.
O`zida yashirin sirli hilqatni
Navbatma navbat ochib beradi.
Moviy rang tiriklik yashash imkoni
Beg`ubor osmon –u halollik ramzi
Agarki bilsangiz shu rangda edi
Temur davlatining bayrog`i rangi
Sadoqat yashirin unda begumon
SHon shuxrat yaxshilik bari jamuljam
Unda tavof aylab ko`zlarga surtsak
Dunyolar ichida bo`lmasmiz hech kam.
Oq rangda aks etgan poklik va soflik
Orzu va xayollar charag`onligi
Tinchikday muqaddas qo`rg`onimiz u
O`zbekistondek yurtim faravonligi
Koinot yurtiday zaminimizni
Mehrdan yog`ilar qalblarda chiroq
Mehrla asrasak o`z elimizni
Soli nar g`animlar qalbiga titroq
YAshil rang uyg`onish yasharish demak
YAshillik yarashar go`zal bo`stonga
Navqiron umidli shodumon yoshlar
Timsoli ko`rk berar O`zbekistonga

Yurtim bayrog’i

She’rni ochish / Yopish

Yurtim uzra hilpiraydi bayrog`im
Senga boqsam chaqnar ko`zim qarog`im.
Moviy,yashil,oppoq erur ranglari
Qizil chiziq tomirdagi qonlari.
Osmonimiz bo`lsin moviy musaffo
Poyi uzra yashil vodiylar paydo.
Oppoq qorlar ranglarini yashnatib,
Oy yulduzlar shu`lasini porlatib
Halpirayver ona yurtim bayrog`i
Sen erursan yuraklarining ardog`i

Vatan bayrog’i

She’rni ochish / Yopish

Sog’insak boqamiz
Moviy rangini
Yulduzlar eslatar
O’z osmonimizni
Oy ham yangidan
Bayroqqa payvanddir
Bizning jonimiz
Bunda hindu arab
Hatto bor hakas
O’zbekiston desak
Qilishar havas
Farangu olmondan
Do’stlarim talay
Mening bo’ylarim ham
Undan kam emas
Bilaman dunyoda
Vatanlar ko’pdir.
Har birin o’z yori
Border o’z nomi.
Jo’marddan deganing
Armoni yo’qdir,
Bayroqdan boshlansa
Vatan salomi
Balki bu so’zlarim
Sodda, odmiroq
E’tibor bermaymiz
Ba’zan o’zimiz
Bayrog’imiz doim
Bizdan jidinroq
Dunyoga tanitar
Yorug’ yuzimiz

Hilpilla bayrog’im!

She’rni ochish / Yopish

Yellar-la hilpilla, bayrog‘im,
Viqor-la silkilla, bayrog‘im!
Qulama, yiqilma, egilma,
Olamga qut ula, bayrog‘im!

Qo’limda bayroq

She’rni ochish / Yopish

Moviy, yashil, oq,
Qo‘limda bayroq,
Yuguraman shod,
Vatanda ozod!
Shamolda g‘ir-g‘ir,
Hilpiraydi hur.
Dilim shoshadi,
Zavqim toshadi.
Ona tabiat
Va jo‘shqin hayot,
Musaffo osmon,
Tomirimda qon.
Pok orzularim,
Jam bo‘lgan bari.
Boshla mayog‘im –
Vatan bayrog‘i!