Press "Enter" to skip to content

Ibratli hikoya

“Miskinlarga mollaringizdan berdingizmi?” Beramiz. Nima uchun beramiz? Chunki ularning haqlari bor. Bizning mollarimizda ularning ham haqlari bor. Uni bergan vaqtimizda molimiz maʼnan tozalanadi, poklanadi. Shuning uchun ham arabchada zakotning maʼnosi tozalash degani.

Faqirning haqqi, juda ibratli voqea

Bir badaviy Payg‘ambarimiz Sallallohu Alayhi Vasallamni ziyorat qilgani kelibdi. U bir qishloqdan, qabiladan, cho‘ldan kelgan odam. Juda ham chiroyli qo‘ylarni o‘tlatib yurganlarini ko‘ribdi va:

“Yo Rasululloh! Bular qanday chiroyli qo‘ylar-a!” – debdi.

“Senga juda yoqdimi?” – deb so‘rabdilar Rasululloh Sallallohu Alayhi Vasallam.

“Juda ham chiroyli ekan! Juda yoqdi, yo Rasululloh!”

“Unday bo‘lsa, ol hammasini” – deb aytgan ekanlar.

Biz nima qilamiz? Biz bir donasini so‘yamiz yoki beramiz, yoki “Shu sonini kesib, unga berib yuboring!” deymiz.

Ko‘pincha, kallani pishirish uyda xotinlarga mushkulligi uchun: “Boshini, shu narsalarini berib yuboring!” deymiz. Ammo Rasululloh Sallallohu Alayhi Vasallam nima demoqdalar:

“Hammasinimi, yo Rasululloh?”

Hammasini olibdi, jimgina ularni olib, kechga yaqin qabilasiga kirib boribdi.

“Allohu Akbar! Bu nima? Sen ertalab bir o‘zing chiqib ketganding. Nima, talonchilik qildingmi yoki o‘g‘irlik qildingmi?” – deb taajjublanib so‘rabdilar. Shunda u:

“Muhammad berdi. Faqirlikdan qo‘rqmaydigan Muhammad berdi”, – deb aytibdi.

Bizning esa faqirlikdan qo‘rqqanimizdan qo‘llarimiz titraydi: “Hoy, hoy, bola-chaqangga nima qoladi?” – deymiz.

Payg‘ambarimiz faqirliqdan qo‘rqmasdan butun borini beribdilar. Odamlar hayron qolishibdi, hammalari maftun bo‘lib, musulmonchilikni qabul qilibdilar. Bir poda qo‘y yaxshimi yoki bir guruh musulmonlar yaxshimi? Shu qadar musulmonga ega bo‘ldilar.

Qo‘yni berdilar, musulmonni – mo‘minni oldilar Payg‘ambarimiz sallalloxu alayhi vasallam. Bu bilan zarar ish qilmadilar. Yanada ko‘proq foyda ko‘rdilar, chunki xolis musulmonlar ko‘paydi.

Yaʼni berishdan qo‘rqmay berar edilar. Abu Bakr Siddiq ham bermoqchi bo‘lganlarida qo‘rqmasdan hammasini berar edilar.

“Miskinlarga mollaringizdan berdingizmi?” Beramiz. Nima uchun beramiz? Chunki ularning haqlari bor. Bizning mollarimizda ularning ham haqlari bor. Uni bergan vaqtimizda molimiz maʼnan tozalanadi, poklanadi. Shuning uchun ham arabchada zakotning maʼnosi tozalash degani.

Zakot berishing bilan moling poklanadi. Zakot bu – insonning Allohga itoatkorligini ko‘rsatadigan belgi. Baxil bilan saxiy musulmonning farqi zakot berishda bilinadi.

Zakot bergan insonni baxil deb aytolmaysan. Ammo zakot bu – saxiylikning eng quyi qismi, eng yuqori cho‘qqisi bu siddiqiyatdir. Nimang bo‘lsa, Alloh yo‘lida hammasini berasan.

Payg‘ambarimiz Sallallohu Alayhi Vassallam hadisi shariflarida ramazonning sifatlaridan biri haqida nima degan edilar:

“Muvasot – mol bilan birovga yaxshilik qilish, moldan biror narsa berish degani”. Ramazonda bilasiz, Qurʼoni karim o‘qiladi, tarovih namozlari ado etiladi, ro‘za tutiladi.

Yana nima qilinadi? Xazinalar eshigi ochilib, faqirlarga ham ulush beriladi. Ular sevintiriladi. Shunda Alloh rozi bo‘ladi. Nega? Chunki, ko‘ngil olish – Kaʼba qurishdek savob. Qalbni buzish – Kaʼbani buzishdek gunoh.

Payg‘ambarimiz Sallallohu Alayhi Vasallam Kaʼbaning oldiga borib:

“Qanday chiroylisan, qanday muboraksan, ey Kaʼba! Naqadar muhtaramsan, lekin Allohga qasam bo‘lsinki, mo‘min qulning qalbi Alloh nazdida sendan ko‘ra qiymatliroqdir”, – deydilar.

Mo‘min qulning qalbi Kaʼbadan ko‘ra hurmatliroq. Namozxon, niyozmand bir faqirga biror narsa berib ko‘nglini olsangiz, qanchalik savob topgan bo‘lasiz!

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

Ajoyipgapyoq yana shunaqalardan ciqaring iltimos
Ajoyib chiqibdi
Ajoyib rivoyat ekan.
Hikmat izlaganga hikmatdur dunyo, illat izlaganga illatdur dunyo.
Juda ajoyib rivoyat ekan. O’zim uchun yaxshi ibrat oldim.
Juda ajoyib va juda ibratli voqealar ekan!
O’zimga kerakli ibratni oldim bu voqeadan so’ng.
So‘nggi yuklangan mavzular

Ko‘p o‘qilgan mavzular

Bo‘limlardan birini tanlang

​​���� Ibratli hikoya

Rum shaxriga bir yosh savdogar tashrif buyurdi. Bu shaxarda mashxur bir tikuvchi bor edi. Yosh savdogar shu chevarda kiyim tiktirishni xoxladi.

Yo‘lovchi mo‘ysafiddan chevarning do‘koni qayerdaligini so‘radi. Mo‘ysafid unga chevarning do‘koni qayerda ekanligini tushuntirib berdi va ogoxlantirdi:

– Bolam, u mashxur chevar bo‘lgani bilan, qo‘li egri. Extiyot bo‘l. Mana man deganlarning matolaridan o‘zlariga bildirmay qirqib oladi.
– Ex otaxon, men savdogarlikni bekorga qilib yuribmanmi? O‘g‘ridan ko‘pini ko‘ribmanmi? Xali mening matolarimni o‘g‘irlaydigan o‘g‘ri tug‘ilmagan!

– Bolam u juda moxir o‘g‘irida!
– Otaxon, mendan xech narsa ololmaydi. Manzilni ko‘rsatganingiz uchun raxmat!

Otaxonga shu javobni aytib, savdogar chevarning do‘koni tomon ravona bo‘ldi. Do‘konni qidirib topdi. Ichidan chevar chiqib keldi. Chevar shunday mulozamat qildiki savdogarga, xuddi ming yillik tanishlardek kutib oldi. Savdogar chevarning oldiga o‘zi bilan olib kelgan qimmatbaxo matoni yoydi. Chevar savdogarning o‘lchamlarini olib matoni qaychi bilan qirqa boshladi.

O‘z ishini bajarayotib Rumning go‘zal qizlari xaqida gapirardi, turli xil latifalar aytardi. Latifalarning qiziqligidan savdogar boshini tepaga qilib, qaxqaxa otib kulardi. Chevar bu onda tezlik bilan matoning bir tomonini qirqib olar va berkitar edi.

Keyingi safar undan xam kulguliroq latifa aytardi. Savdogar kulaverganidan ko‘zlari yumilib ketar, bu onda chevar matoning yana bir parchasini qirqib olib yashirar edi. Birdaniga chevar jim bo‘lib o‘z ishini bajarishda davom etdi.

– Ey chevar, juda qiziq latifalar bilar ekansan. Nega jimib qolding? Davom et . . . – dedi savdogar.
– Ey savdogar, agar yana bir marta latifa aytsam, senga kiyim tor kelib qoladi . . . deb javob qaytardi.

Aziz dindoshim, endi sizga bu qaxramonlarni tanishtiray:
Xikoyadagi savdogar bu – siz, men, barcha insonlar. Mo‘ysafid esa bizga nasixat qilguvchidir. U otamiz, ustozimiz, xikoya, ibratli voqea va xokazolardir. Chevar bu dunyodir. Uning qirqib olayotgan qimmatbaxo matosi esa, insonning qimmatli vaqtidir.

Dunyo shunday, sizga kulgili, ko‘ngil-ochar narsalarni ko‘rsatib, vaqtingizni o‘zining o‘tkir qaychisi bilan “zip” etib qirqib olaveradi. Buni payqamay qolasiz. Ba’zan payqaganingizda, kiyimingiz tor kelib qolgan bo‘ladi. Ya’ni vaqtimiz juda oz qolgan bo‘ladi dunyoda. Vaqtni bekor sarflamaslikni bugun sizga va o‘zimga nasixat qildim!

Aynur’ qattiq kaltak yeyishiga qaramay, bu yerdan chiqib ketishga muvaffaq bo’ldi. Dom malyutkaga borib bolasini topishga urinib ko’rdi. Lekin uning bolasini nomi bilan birorta joyda go’dak ro’yxatdan o’tmagandi. Kimdir unga o’zbeklar, qirg’izlar diasporasiga murojaat qilishni maslaxat berdi. Xayriyatki, sahovatli, yahshi kishilar bor ekan, u.

Bankning yonida katta-qip-qizil o‘ta hashamdor mashina turardi. Uning yonida esa kichkina, yetti–sakkiz yashar bolakay, unga tikilib qolgandi.

RAMAZON RO’ZASIGA BERILADIGAN MUKOFOTNI BILASIZMI? Nazr ibn Shaybon raxmatulloxi alayxdan rivoyat qilinadi: «Abu Salama ibn Abdurraxmonga: «Ramazon oyi xaqida sen otangdan, otang Rasulullox sollalloxu alayxi vasallamdan bevosita eshitgan narsani gapirib ber», dedim. «Yahshi. Otam menga shunday degan: «Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam: «Allox.

Rossiyaning Bryansk viloyat markazidagi ko’p qavatli uylardan birida fojia yuz berdi. Kutilmaganda to’qqiz oylik qizaloq Anya g’oyib bo’ldi. Qizaloqning ota-onasi Aleksandr Kalugin va Svetlana Shrapsovalar barcha huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlarini oyoqqa turg’azishdi. Anyani butun mamlakat bo’ylab qidira boshlashdi… Oila Aleksandr.

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh rozi bulsin sizlardan. Keling navbatdagi hikoyamni sizlarga havola etaman. marhamat.

Mustafo ishdan erta kelganidan afsuslandi. Tozalanmagan uy, dazmollanmagan kiyimlar, bo’sh qozon, chaqaloqning tinimsiz yig’lashi — bularning bari yigitning yuzini burishtirardi-yu, lekin o’zini bosishga urindi.

Bu daftarni men toʻqimachilarning madaniyat saroyi oldidagi xiyobondan topib oldim. Bolalarning qishqi ta’tili boshlangan payt edi. Shaharning barcha maydonlaridagi kabi toʻqimachilar xiyobonida ham katta archa oʻrnatilib, xilma-xil oʻyinchoqlar bilan bezatilgan. Ertadan-kechgacha atrofidan bolalar arimaydi. Hatto, kechqurun ishdan qaytayotganimda.

Shirakayf uch og’ayni nimqorong’uda “Mo”jiza” deb nomlanuvchi choyhonadan chiqishdi. – Mashinani yo’lning u chetiga qo’yganman, – dedi Nodir tishlari orasidan “chirt” etib tupurib. – Yo’l-yo’lakay sizlarni uy-uylaringizga tashlab o’taman. Ular katta yo’lni kesib, darahtlar orasidan o’tishayotganda, nogironlar aravasidagi bir kishini tayog’i.

Kunlarning birida begona telefon raqamidan qo’ng’iroq bo’ldi, go’shakni ko’targanimda narigi tarafdan: -Dada, men sizni qattiq sog’indim, juda qattiq sog’indim, tezroq kelsangizchi. Dada! – degan kichkina qizbolaning umidli, mahzun.

Retsidivist Nikolay Redkin o‘zining navbatdagi muddatini umumiy tartibdagi koloniyada o‘tadi. Uning Permda yashovchi Marina ismli kelishgan tanishi bor edi. Nikolay uni o‘z qallig‘i deb hisoblar va amnistiyaga tushib, ozod bo‘lgach, uylanish uchun ayolnikiga borib, yangi hayotni boshlamoqchi edi. Biroq oxirgi vaqtlarda hech qanday.

Faqirning haqqi, juda ibratli voqea

Soʻfi OLLOYOR. Muallifning Hikoyasi

Bir badaviy Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallamni ziyorat qilgani kelibdi. U bir qishloqdan, qabiladan, choʻldan kelgan odam. Juda ham chiroyli qoʻylarni oʻtlatib yurganlarini koʻribdi va:

“Yo Rasululloh! Bular qanday chiroyli qoʻylar-a!” – debdi.

“Senga juda yoqdimi?” – deb soʻrabdilar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam.

“Juda ham chiroyli ekan! Juda yoqdi, yo Rasululloh!”

“Unday boʻlsa, ol hammasini” – deb aytgan ekanlar.

Biz nima qilamiz? Biz bir donasini soʻyamiz yoki beramiz, yoki “Shu sonini kesib, unga berib yuboring!” deymiz. Koʻpincha, kallani pishirish uyda xotinlarga mushkulligi uchun: “Boshini, shu narsalarini berib yuboring!” deymiz. Ammo Rasululloh sallallohu alayhi vasallam nima demoqdalar:

“Hammasinimi, yo Rasululloh?”

Hammasini olibdi, jimgina ularni olib, kechga yaqin qabilasiga kirib boribdi.

“Allohu Akbar! Bu nima? Sen ertalab bir oʻzing chiqib ketganding. Nima, talonchilik qildingmi yoki oʻgʻirlik qildingmi?” – deb taajjublanib soʻrabdilar. Shunda u:

“Muhammad berdi. Faqirlikdan qoʻrqmaydigan Muhammad berdi”, – deb aytibdi.

Bizning esa faqirlikdan qoʻrqqanimizdan qoʻllarimiz titraydi: “Hoy, hoy, bola-chaqangga nima qoladi?” – deymiz.

Paygʻambarimiz faqirliqdan qoʻrqmasdan butun borini beribdilar. Odamlar hayron qolishibdi, hammalari maftun boʻlib, musulmonchilikni qabul qilibdilar. Bir poda qoʻy yaxshimi yoki bir guruh musulmonlar yaxshimi? Shu qadar musulmonga ega boʻldilar. Qoʻyni berdilar, musulmonni – moʻminni oldilar Paygʻambarimiz sallalloxu alayhi vasallam. Bu bilan zarar ish qilmadilar. Yanada koʻproq foyda koʻrdilar, chunki xolis musulmonlar koʻpaydi.

Yaʼni berishdan qoʻrqmay berar edilar. Abu Bakr Siddiq ham bermoqchi boʻlganlarida qoʻrqmasdan hammasini berar edilar.

“Miskinlarga mollaringizdan berdingizmi?” Beramiz. Nima uchun beramiz? Chunki ularning haqlari bor. Bizning mollarimizda ularning ham haqlari bor. Uni bergan vaqtimizda molimiz maʼnan tozalanadi, poklanadi. Shuning uchun ham arabchada zakotning maʼnosi tozalash degani. Zakot berishing bilan moling poklanadi. Zakot bu – insonning Allohga itoatkorligini koʻrsatadigan belgi. Baxil bilan saxiy musulmonning farqi zakot berishda bilinadi. Zakot bergan insonni baxil deb aytolmaysan. Ammo zakot bu – saxiylikning eng quyi qismi, eng yuqori choʻqqisi bu siddiqiyatdir. Nimang boʻlsa, Alloh yoʻlida hammasini berasan.

Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vassallam hadisi shariflarida ramazonning sifatlaridan biri haqida nima degan edilar:

“Muvasot – mol bilan birovga yaxshilik qilish, moldan biror narsa berish degani”. Ramazonda bilasiz, Qurʼoni karim oʻqiladi, tarovih namozlari ado etiladi, roʻza tutiladi. Yana nima qilinadi? Xazinalar eshigi ochilib, faqirlarga ham ulush beriladi. Ular sevintiriladi. Shunda Alloh rozi boʻladi. Nega? Chunki, koʻngil olish – Kaʼba qurishdek savob. Qalbni buzish – Kaʼbani buzishdek gunoh.

Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam Kaʼbaning oldiga borib:

“Qanday chiroylisan, qanday muboraksan, ey Kaʼba! Naqadar muhtaramsan, lekin Allohga qasam boʻlsinki, moʻmin qulning qalbi Alloh nazdida sendan koʻra qiymatliroqdir”, – deydilar.

Moʻmin qulning qalbi Kaʼbadan koʻra hurmatliroq. Namozxon, niyozmand bir faqirga biror narsa berib koʻnglini olsangiz, qanchalik savob topgan boʻlasiz!

Shayx Mahmud Asʼad JOʻShON,

“Ramazon va taqvo” kitobidan