Geodeziya va kartografiya kitob
turishi, oddiy usulda tuziladigan qog‘ozli kartadan foydalanishni ancha
Geodeziya va kartografiya kitob
× Ma`lumotlar
- Bosh sahifa
- Sohalar
- Yunalishlar
- Kasblar
- Kasblar haqida batafsil ma`lumot
Geodeziya, kartografiya va kadastr
KASBI HAQIDA BATAFSIL MA`LUMOT
- O‘rta maxsus (texnik-geodezist, kichik topograf, er tuzuvchi topograf, erlarni loyihalovchi, aerofotogeodezist-texnik; texnik-kartograf, texnik aerofotogrammetrist; suv resurslari inventarizatori, er resurslari inventarizatori, ko‘chmas mulk inventarizatori, kichik topograf) – qurilish, politexnika, qishloq xo‘jaligi kollejlari;
- Oliy (geodezist, kadastr ishi mutaxassisi) – arxitektura va qurilish, muhandislik texnologiyalari institutlari, qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlari.
- geodeziya, geologiya, topografiya, kartografiya, fotogrammetriya asoslari, geografiya, matematika;
- topografik kartalarni tuzish va aerofototasvirlarni deshifrovka qilish, ya’ni ochib o‘qishning fotogrammetrik usullari;
- kartografik chizmalar va kompyuter grafikasini tayyorlash;
- maxsus dasturiy ta’minot, kartografik ishlar texnologiyasi;
- topografik, geodezik va boshqa kuzatuv ishlarining mazmuni;
- raqamli yoki an’anaviy tartibda kadastr ma’lumotlarni to‘plash, saqlash va yangilash;
- er-mulk munosabatlariga doir nizom, qoida, qonunlar va ularga amal qilinishini nazorat qilish usullari;
- tuman, shahar, aholi punktlari er-kadastr ma’lumotlariga oid arxivni yuritish, ular yuzasidan inventarizatsiya o‘tkazish, iste’molchilarni kadastr ma’lumotlari bilan ta’minlash;
- Joy chegaralarini tasdiqlangan belgilar bilan mustahkamlash, erga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni egalariga topshirish;
- Sohaga doir huquqiy-me’yoriy hujjatlar.
© 2023 Barcha huquqlar himoyalangan.
Geodeziya, kartografiya, geografiya
kartografiya kabi fanlar va ko`pgina soxalarga o`z ta`sirini ko`rsatmoqda.
Ushbu soxalar tajribasi, ana`nalari, g’oyalariga tayanib yangi vujudga
kelayotgan fan va texnologiyalar o`z navbatida ularning rivojlanishiga ham
hissa qo`shmoqda. Tez va soz, aniq va to`liq ma`lumot bilan ta`minlab
Geoaxborot tizimlar hududiy va mintaqaviy rivojlanishni idora qilishda,
tegishli qaror qabul qilishda nihoyat muhim o`rin tutmoqda. Geodeziya,
kartografiya va kadastr esa o`z vazifalarni yechishda Geoaxborot
tizimlarning afzalligidan keng foydalanmoqda.
Mazkur kurs ishida tez sura`tda rivojlanib turgan Geodeziya, kartografiya
va kadastr soxalari hamda Geoaxborot tizimlar orasidagi bog’liqlikni ochish
maqsadi qo`yilgan. Shu maqsadga bog’liq holda ularning qisqacha ta`rifi va
tarihi, boshqa fanlar bilan aloqadorligi yoritilgan. Geografiya axborot
tizimlarning kartografik asoslariga e`tibor berishdan sabab ushbu
texnologiyalardan foydalanganda ularning ijobiy va salbiy xususiyatlarini
to`g’ri tasavvur qilishga yordam berishdir.
Kurs ishining vazifasi Internetning keng tarkib topishi GIS
texnologiyalarini juda o’zgartirib yubordi. Tuzilayotgan GISlar avtomatik
ravishda internetga ulanib ketdi, natijada ular Internet global GISiga aylanib
qoldi. Bu esa o’z navbatida Internetning juda yirik GIS bo’lishiga,
ma’lumotlarni to’plash, saqlash, foydalanuvchilarga yetgazish, ma’lumotlar
bilan tahlil qilish, natijada har bir foydalanuvchi uchun qulay ko’rinishga
keltirish imkonini yaratadi.
I-BOB GEOAXBOROT TIZIMLARING TARIFI VA TASNIFI
1.1 GISning kelib chiqish tarixi
Geoaxborot tizimlari (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan atamasi-
GIS ishlatiladi) XX asrning 60-yillaridan boshlab rivojlana boshlagan, lekin
bu tizimning keng rivojlanishi 90-yillarga to‘g‘ri keladi. Bunga sabab shu
keyingi 20 yil ichida kompyuter texnologiyasining ancha rivojlanishi bo‘ldi.
Kartalar yaratishning “Qog‘ozli” deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan bir
qatorda geografik axborot tizimidan foydalangan holda kartalar yaratishning
kompyuterli texnologiyasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Oddiy qilib
aytganda, GISga tabiat va jamiyat ob’ektlari va hodisalari haqidagi
topografik, geodezik, er, suv resurslari va boshqa kartografik axborotni
yig‘ish, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, taxlil qilish,
yana qayta ishlashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan apparatlashgan
dasturli kompleks, deb ta’rif bersa bo‘ladi. Barcha GISlarda ma’lumotlarni
yig‘ish, qayta ishlash, xotirada saqlash, yangilash, taxlil qilish va
ma’lumotlarni kompyuterda yoki etarli darajada tasvir xususiyatini qayta
ishlay oladigan maxsus dasturda texnik vositalar orqali ushbu jarayonlarni
bajarish usullari e’tiborga olingan. Demak, GIS-turli usullar bilan to‘plangan
tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli ma’lumotlar bazasiga tayangan
mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi. Hozirgi paytda foydalanish
sohalarining kengligi jixatidan GISning tengi yo‘q-u navigatsiya, transport,
qurilish, geologiya, harbiy ishlar, iqtisodiyot, ekologiya va boshqa sohalarda
keng qo‘llanilmoqda. Geografik axborot tizimlari er tuzishda, turli tizim
kadastrlarida, kartografiyada va geodeziyada keng qo‘llanilmoqda, chunki
katta hajmdagi statistik, fazoviy, matnli, grafikli va boshqa ko‘rinishdagi
ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni tasvirlashni GIS tizimisiz mumkin
Geoaxborot tizimi rivojlanishining tarixiy bosqichlari O’tgan asrning
50-70-yillarning oxirlari. Bu vaqt oralig’ida kartografiyaning yangi
imkoniyatlarini elektron hisoblash texnikasi orqali o’rganish davri
hisoblangan. Ushbu davr kartografiyaning komp’yuter texnologiyasi bilan
aloqasi rivojlanishi bilan xarakterlanadi: 50-yillarda elektron hisoblash
mashinalaridan foydalanish va yaratish, printerlar, yirik grafikli monitor,
sayoz tahlil qiladigan va boshqa pereferiya qurilmalari. Asosiy e’tibor
ishning geografiya va kartografiyada geoob’ektlarni o’zaro bog’lanishlarini
baholash doiralarida ilmiy va nazariy qismiga asoslangan. Bundan tashqari
geografiyada sonli metodlarni o’rganish AQSH, Kanada, Angliya, SHvesiya
U. Garrisona (WilliamGarrison), T. Xagerstranda (TorstenHagerstrand), G.
Makkarti (HaroldMsSarty), YA. Makxarga (IanMsHarg) ga qaratilgan.
yaratilishi va ishlab chiqilishiga bori taqaladi. Bu tizimning tarixi 20-asrning
60-yillariga borib taqaladi va bu tizim hozirgi kunga qadar
rivojlantirilmoqda va qo’llab quvvatlanadi.
Birinchi Geoaxborot tizim Kanada, AQSH va Shvetsariyada yaratilgan.
1960-yil o’rtalarida tabiat resurslarini o’rganish uchun ishlab chiqilgan.
Shuni bilish kerakki GAT ning rivojlanish tarixi 60-70-yillar o’rtasida
Kanadalik olim R.Tomilson boshchiligida GAT yaratilishidan 30 yil oldin
boshlangan. Adabiyotlarni bir-biri bilan solishtirganda shu ayon bo’ldiki
yuqoridagi tizim birinchi GAT hisoblanadi. Bu sistema fazoga taqsimlangan
ma’lumotlar bilan ishni olib borgan. Keyinchalik esa Evropa va Janubiy
Amerikada 60-70-yillarning birinchi yarim yilligida ishlab chiqilgan. Bu
tizimlarda kartografik ma’lumotlarni kiritish, oddiy qayta ishlash va
chiqarish qurilma(printer)lar orqali qog’ozga chop etish imkoniyatini
beruvchi funksiyalari mavjud bo’lgan.
Oxirgi bir necha o‘n yillardan buyon insoniyat axborot suronini boshidan
kechirmoqda. U yildan-yilga kuchayib, inson faoliyatining ko‘plab
sohalariga kirib bormoqda. Bugungi kunda kartograflar ko‘plab
manbalardan olinadigan axborotlardan foydalanish mobaynida topografik,
turli mavzuli geografik kartalar va atlaslarni tuzish, aero- va kosmik
tasvirlarni deshifrovka qilish, dalada o‘lchash
natijalarini qayta ishlash va kompyuter tizimlarida ma’lumotlarni to‘plash
bo‘yicha boy tajribaga egalar.
Ma’lumotlarning ko‘plab turlarini vaqt o‘tishi bilan tez-tez o‘zgarib
turishi, oddiy usulda tuziladigan qog‘ozli kartadan foydalanishni ancha
qiyinlashtirib yubormoqda. Bugungi kunda tezkor axborotlarni qabul qilish,
ularning dolzarbligini ko‘rsatish faqatgina avtomatlashtirilgan tizim
kafolatlashi mumkin. SHu o‘rinda zamonaviy GIS-bu ko‘p miqdordagi
grafikli va mavzuli ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lgan, baza asosida ish
bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan modelli va hisobli funksiyalar bilan
birlashgan, fazoviy ma’lumotlarni kartografik shaklga aylantirish, turli
xulosalar chiqarish va monitoring ishlarini amalga oshiradigan
avtomatlashgan tizim, deb qaraladi.
Bugungi kunda kompyuter savodxonligi omma orasida ancha oshgan.
GISda tuzilgan karta oddiy qog‘ozli kartadan yaxshi bezalgani, kompyuterli
shakldaligi, qo‘lda bajarib bo‘lmas darajadagi aniqligi va boshqa bir qator
afzalliklari bilan farq qiladi. Kartaga istagancha o‘zgartirish kiritish, yangi
mazmun va bo‘yoq berish, diagramma va boshqa ma’lumotlarni kiritish,
o‘chirish va h.k. ishlarni bajarsa bo‘ladi. Buning uchun muallifning shaxsan
o‘zi karta tuzishning kompyuterli texnologiyalari bilan mukammalroq
tanishishi va ular asosida karta tuzib ko‘rishi kerak.
Karta yaratishning bu texnologiyasi bugungi kunda, birinchidan sezilarli
darajada universallashgan, ikkinchida – juda tez rivojlanayotgan, inson
faoliyatining hamma sohalarini qamrab olayotgan jarayondir. Geografik
axborot tizimlari sohasida asosiy bilimlarni beruvchi rus va chet mamlakatlar
halqlari tillaridagi kitoblarda va GISning turli sohalariga oid bo‘lgan
monografiyalar va konferensiya materiallari orqali tadqiqotchilar GIS
tizimiga ham nazorat va ham amaliy yangiliklar kundankunga ko‘plab
1.2 GISlarning turlari va tizimlari haqida
Yer haqidagi fanlarning tarkibida va informatsion texnologiyalar asosida
geografik axborot tizimlari (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan
iborada GIS so’zi ishlatiladi) yaratilgan – u tabiat va jamiat obyektlari va
hodisalari haqidagi topografik, geodezik, yer resurslari va boshqa kartagrafik
axborotni to’plash, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash,
tahlil qilish, yana qayta ishlashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan apparat-
Ular kartagrafik, topografik, statistic, meteologik, ekspedision va
masofadan turib olingan ma’lumotlarni o’zida mujassamlagan (1.2.1-
GISlarni tashkil etishda ko’plab jahonshumul axamiyatga ega bo’lgan
tashkilotlar (BMT, YUNESKO va boshqalar), vazirliklar, kartagrafik,
geologik va Yer tuzish hizmatlari, ilmiy-tekshirish institutlari, shaxsiy
firmalar ishtirok etmoqdalar.
GIS ni quyidagi hududiy bo’limlarga ajratish mumkin: