Press "Enter" to skip to content

Biznes g‘oya: Yoz mavsumida qanday biznes ochgan ma’qul: tadbirkorlik uchun g‘oyalar va daromad topish yo‘llari haqida

Ichimlikni sotish uchun mahalliy ma’muriyat va SEMdan ruxsat olish kerak. Siz kioskada savdo-sotiqni tashkil qilishingiz yoki chodir o’rnatishingiz va kegdan kvas quyishingiz mumkin. Bunday biznes minimal investitsiya, yuqori rentabellik bilan ajralib turadi va bir mavsumda o’z samarasini beradi.

Jek Ma ilk biznesini ko‘tarish uchun nima qilgan edi

“Robotlar rahbarlik qiladigan zamon keladi”. Jek Madan 5 bashorat

Insoniyat o‘zining cheklanmagan ehtiyojlarini qondirish yo‘lida yangidan-yangi texnologik kashfiyotlarga qo‘l urmoqda. Bunga boshqa tomondan jahon bozorida avj olgan kuchli raqobat hamda savdo urushlari ham sabab bo‘lyapti. Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning ham quyidagi so‘zlari texnologiyalarning qanchalik muhim ekanini ochib beradi:

“Kimki jahon texnologiyalari va bilimlari “musobaqasida” yetakchiga aylansa, u dunyoni boshqaradi”.

Ko‘rinib turibdiki, dunyo global o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Bu yo‘lda insonga texnologiyalar hamroh. Lekin, tanganing boshqa tomoni ham bor. Har bir davlat qo‘lga kiritishga harakat qilayotgan eng zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt, robotlar insoniyat uchun xavf uyg‘otishi ham mumkinmi? Bu savolga javob topish maqsadida dunyoning texnologik markazlarida biri bo‘lgan Xitoyning birinchi raqamli tadbirkori Jek Maning ushbu mavzu doirasida turli konferensiya va forumlarda so‘zlagan nutqi va bildirgan xavotirlari bilan tanishamiz.

Davosdagi oxirzamon taxmini

2018 yil yanvar oyida Davosda bo‘lib o‘tgan Butunjahon iqtisodiy forumida Jek Ma texnologiyalarning jadal rivojlanishi oxirzamonga olib kelishi haqida ogohlantirdi. Milliarder shuningdek, yangi texnologiyalar va sun’iy intellekt ko‘plab ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida gapirdi.

Alibaba Group asoschisining so‘zlariga ko‘ra, robotlar va sun’iy intellekt kelajakda ko‘plab kasblarni yo‘q qiladi va odamlarni o‘z ishlaridan mahrum qiladi.

“Dastlabki texnologik inqilob Birinchi jahon urushiga sabab bo‘lgandi, ikkinchi texnologik inqilob Ikkinchi jahon urushiga sabab bo‘ldi, endi esa uchinchi texnologik inqilobga qarab ketyapmiz”, deydi Jek Ma.

“Time” jurnali muqovasini robotlar egallaydi

Texnologiyalar dastidan keyingi 30 yilda dunyoda baxtsizlik foizi ortadi. Bu haqda Jek Ma 2017 yilda Xitoyning tadbirkorlar klubi yig‘ilishida aytgan.

Milliarderga ko‘ra, kelajakda Internet bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday biznes zarar ko‘rishi mumkin. Shuningdek, u 15 yil oldin onlayn tijoratning an’anaviy biznesga ta’siri haqida ogohlantirganini eslatib o‘tgan.

Jek Ma, shuningdek, robotlar va sun’iy intellekt insonlarning qo‘lidan kelmaydigan katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun zarurligini ta’kidlagan.

“Mashinalar odamlarni o‘rnini egallamasligi kerak. Biz ularni odam qila olmaydigan ishlarni bajarishga qanday jalb qilish haqida o‘ylashimiz lozim. Shunda texnologiyani raqib emas, balki “insonga yo‘ldosh” deb qabul qilish mumkin”, deydi Jek Ma.

Shu bilan birga, Ma sun’iy intellektning rivojlanishi odamlarning uzoq umr ko‘rishi va kam ishlashiga olib kelishi mumkinligini tan olgan. Bundan tashqari, robotlar kompaniya rahbarlarini almashtirishi ham mumkin.

“30 yil o‘tgach, “Time” jurnali muqovasidagi yil odami nominatsiyasini, ehtimol robot egallar. Robotning xotirasi biznikidan yaxshiroq, u tezroq hisoblaydi va raqobatchilar bilan janjallashmaydi”, deydi tadbirkor.

Ish vaqti – 12/7

Jek Ma, shuningdek, sun’iy intellektning rivojlanishi bilan insoniyat haftasiga 12 soatlik ish vaqtiga o‘tishi mumkinligini, biroq buning uchun ta’lim tizimini o‘zgartirish zarurligini ta’kidlagan. Bu haqda tadbirkor 2019 yilning yozida Shanxayda bo‘lib o‘tgan sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro konferensiyada ta’kidlab o‘tgan.

Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, mavjud tizim eskirgan, chunki kelajakda sun’iy intellekt yaxshi xotira va buyruqlarni bajarishga asoslangan ish o‘rinlarini to‘liq zabt etadi.

Jek Ma kelajak avlod haftasiga uch kun va kuniga to‘rt soat ishlashlashi mumkinligini aytib, keyingi 10-20 yil ichida barchani ta’lim tizimini isloh qilishga chaqirgan. Shuningdek, u kelajakda ta’lim ijodkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilishini qo‘shimcha qilgan.

Raqamli iqtisodiyot

2017 yilda Moskvaning Skolkovo nomli innovatsion markazida bo‘lib o‘tgan “Raqamli iqtisodiyot” konferensiyasida Jek Ma elektron iqtisodiyot paydo bo‘lishini bashorat qildi.

Unga ko‘ra, bunday iqtisodda faqat robotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

“Odamlar kelajak haqida xavotirda. Bu – tabiiy, chunki ularning bunga tasavvuri yetmaydi. Bizda bunday savollarga hozircha javob yo‘q, lekin yechimlar ham paydo bo‘ladi. Insoniyat kelajak avlodga tayanishi kerak. 7 milliard odam orasidan to‘g‘ri fikrlarni taklif qiladigan aqllilar chiqadi”, deydi Ma.

Jek Ma raqamli texnologiyalar mavzusiga ham to‘xtalib, Internet bir necha yildan so‘ng neftdan muhimroq bo‘lishini ta’kidlagan.

Xitoy va AQSH o‘rtasidagi savdo urushi 20 yil davom etadi

“Odamlar Xitoy va AQSH o‘rtasidagi savdo urushining 20 yil davom etishiga tayyorgarlik ko‘rishi kerak”, deydi milliarder.

Jek Ma bu fikrni 2018 yil kuzida Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumida aytgan. O‘sha paytda Vashington va Pekin o‘rtasidagi “tarif urushi” avjiga chiqayotgan edi.

Jek Ma dunyoning ikki yirik iqtisodiyoti o‘rtasidagi savdo urushi o‘nlab yillar davom etishi mumkinligi sabab Xitoy Afrika, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Yevropani qamrab olgan zamonaviy “Ipak yo‘li” bo‘yicha eksportga e’tibor qaratish kerakligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Jek Ma 2020 yil 24 oktyabrda Shanxayda bo‘lib o‘tgan moliyaviy forumda Xitoy moliya sohasidagi yangiliklarni to‘xtatib turgan hokimiyatni tanqid qilgan edi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Ma Xitoy nazorat organlari tomonidan chaqirtirilgan. Alibaba sho‘’ba korxonasining rejalashtirilgan IPO’si bekor qilingan. Kompaniyaga nisbatan antimonopol tekshiruvi qo‘zg‘atilgan.

Shundan so‘ng, ishbilarmon 3 oy jamoatchilikka ko‘rinish bermadi. Bu esa har xil mish-mishlarni keltirib chiqardi. Keyinroq, milliarder joriy yilning 20 yanvar kuni Xitoyning qishloq o‘qituvchilarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan onlayn-tadbirda videoaloqaga chiqdi.

Jek Ma ilk biznesini ko‘tarish uchun nima qilgan edi?

— Mening eng katta xatoyim, bu Alibaba kompaniyasiga asos solganim. Bu mening hayotimni qanchalik o‘zgartirib yuborishini tasavvur ham qilmagandim.

Men bor-yo‘g‘i kichik biznes tashkil qilishni niyat qilgandim. Ammo u ulkan biznesga aylanib ketdiki, mendan katta mas‘uliyat talab qildi va katta muammolarga duch keldim.

Men, biror-bir mamlakat prezidentidan kam ish qilganim yo‘q. Yagona farqim, qo‘limda prezidentda bo‘lgani kabi hokimiyat yo‘q. Shaxsiy hayotim ham yo‘q.

Shunday qarorga keldim, agar keyingi hayotimda tanlash imkoni bo‘lsa, hech qachon bu yo‘lni tanlamagan bo‘lardim. Men ham hayotdan lazzatlanib yashashni xohlayman.

Jek Ma’ning biznesdagi ilk qadami

Biznesda birinchi qadamlarni Jek Ma 1990-yillar boshida qo‘yadi. U o‘shanda tarjimonlik bilan shug‘ullanuvchi «Xaybo» agentligini ochadi.

Bu agentlik ochilganidan 3 yil o‘tib foydaga kiradi. Jekning hamkorlari agentlikning birinchi oydagi foydasi ofis ijarasidan uch marta kamligini ko‘rib taslim bo‘lishadi.

Моя самая большая ошибка в том, что я основал Alibaba. Я понятия не имел, насколько это изменит мою жизнь.
Я просто хотел начать небольшой бизнес. Но это превратилось в огромный бизнес, который взял на себя большую ответственность, и у меня были большие проблемы.
Я сделал не меньше, чем президент любой страны. Единственная разница в том, что у меня в руках меньше власти, чем на посту президента. У меня даже личной жизни нет.
Я решил, что если бы у меня был выбор в следующей жизни, я бы никогда не выбрал этот путь. Я тоже хочу радоваться жизни.
Джек Ма сделал свои первые шаги в бизнесе в начале 1990-х годов. Затем он открыл бюро переводов «Хайбо».
Это принесет пользу через 3 года после открытия агентства. Партнеры Джека сдаются, когда видят, что прибыль агентства за первый месяц в три раза меньше арендной платы за офис.
Но Джек Ма не сдастся, он начнет продавать различные сувениры, товары для дома и одежду, чтобы вести свой бизнес.
Через 3 года «Хайбо» впервые начнет получать прибыль без каких-либо иностранных инвестиций.
Сегодня агентство является крупнейшей организацией, предоставляющей переводческие услуги в Ханчжоу.

Lekin Jek Ma taslim bo‘lmaydi, u o‘z biznesini yurgazish uchun har xil esdalik sovg‘alar, xo‘jalik mollari va kiyimlar sotishni boshlaydi.

3-yil o‘tib «Xaybo» hech qanday tashqi investitsiyasiz birinchi marta foyda keltirishni boshlaydi.

Hozirgi kunda ushbu agentlik Xanchjoudagi tarjimonlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi eng katta tashkilot hisoblanadi.

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

So‘nggi yuklangan maqola
Bo‘limlardan birini tanlang

Бизнесга тикилган умр

Жек Ма 1964 – йил, 10 – сентябрда, Ҳанчжоу шаҳрининг Чжетсян туманида, мусиқачилар оиласида дунёга келган.

Иқтисодий томонидан муаммолари бўлгани сабабли сайёҳларга шаҳарни бепул кўрсатиш (Гид) орқали инглиз тилини ўрганган. 9 йил мобайнида сайёҳларга шаҳар кўрсатиб, инглиз тилидан ташқари кўп нарсалар ўрганган.

Исмини сайёҳлар қўйган

Унинг асл исми Ма Юн бўлиб, Жек Ма деб сайёҳ қиз атаган. Кейинчалик дўст бўлиб қолишган.

Гарвард университетига 10 марта ҳужжат топширган

Гарвард Университетига кириш учун 10 марта ҳужжат топширган ва ҳар сафар рад жавобини олган. Ундан ташқари, коллеж имтиҳонларидан ҳам 2 марта йиқилган. Бир сафар 120 баллдан 1 балл олган. Сабаби математика билан ҳеч қачон “дўстлашмаган”. Унинг сўзларига кўра, ҳалигача бухгалтерия ҳисоб-китобларини яхши тушунмайди.

Ҳеч қаерга ишга олишмаган

Ма қаерга ишга киришга ҳаракат қилмасин, доим рад жавобини олган. Ташқи кўриниши туфайли, ҳаттоки KFC га ҳам ишга олишмаган. Аммо, турмуш ўртоғи Жан Йин у қандай бўлса, шундайлигича севади ва уни ҳали муваффақиятга эришмаган вақтларда танлаган.

Арзимаган пулга ўқитувчи бўлиб ишлаган

Охир-оқибат Ҳанчжоу педагогика университети (Hangzhou Normal University)га ўқишга киради. Унинг айтишича, ўша вақтларда шаҳардаги энг нуфузи паст таълим даргоҳи бўлган. Ўқишни тугатиб ҳеч қаерга ишга киролмагач, ўзи тугатган университетда инглиз тилидан дарс беради. Ойига бор-йўғи 12-15$ маош олган.

Илк бизнеси

Ма ўқитувчиликдан ташқари таржимонлик билан ҳам шуғулланган ва маълум вақтдан кейин Ҳанчжоу шаҳрининг энг яхши таржимонига айланган.

Кейинчалик, 1992 – йилда, “Haybo” таржимонлик марказини очган. Молиявий муаммолари бўлганлиги сабабли, бир нечта танишларини ҳам жалб қилган. Биринчи ойдаги даромад 700 юанни ташкил қилган, ҳаражат эса 2400 юан. Шериклари таслим бўлиб ишни ташлаб кетишган. Тиниб-тинчимас Ма, кийим-кечак, дори-дармон ва шу каби бошқа маҳсулотларни олиб-сотиш орқали бизнесини сақлаб қолишга муваффақ бўлган. Таржимонлик маркази орадан 3 йил ўтибгина фойда келтиришни бошлаган ва ҳозирда Ҳанчжоу шаҳрининг энг катта профессионал таржимонлик маркази ҳисобланади.

“Ҳеч қачон таслим бўлманг. Фақатгина қатъият ва тинимсиз меҳнат орқали муваффақиятга эришиш мумкин”

Аlibaba ғоясининг туғилиши

Чжетсян туманининг Алоқалар Департаменти томонидан, савдо-сотиқ делегацияси таржимони сифатида, АҚШнинг Сиетл шаҳрига бориш таклиф қилинади. Ма АҚШда биринчи бор интернет билан танишишга муваффақ бўлган. Пиво сўзини қидириб кўрганда, интернетда бирорта ҳам Хитой пивосини топа олмаган. Хитой сўзини қидирганда ҳам ҳеч қандай маълумот топа олмаган ва айнан ўшанда, машҳур Хитой сайти яратиш ғояси туғилган.

Ма ўз таржимонлик маркази хизматлари ҳақида интернетда эълон беришга қарор қилган ва бир неча соат ичида АҚШ, Германия ва Япониядан 6 та хат олган.

Хитой олтин саҳифалари

Ма Хитойга қайтиши билан, 1995 – йилда, “Хитой олтин (сариқ) саҳифалари” номли интернет лойиҳасини ишга туширган (Ҳозир дунё бўйлаб шу каби сайтлар талайгина). Афсуски, Хитойда ахборот технологиялари ривожланмаганлиги сабабли, унчалик шуҳрат қозонмаган. Аммо шунга қарамай, 3 йилдан кейин лойиҳа даромади 800.000$ ни ташкил қилган.

Alibaba Group

Ма 1998 – 1999 – йилларда, Ташқи савдо ва иқтисодий ҳамкорлик вазирлигига қарашли, Хитой халқаро электрон савдо-сотиқ марказини бошқарган.

1999 – йилда бу ишини ташлаб, 17 та дўстлари билан бирга, кичик ва ўрта бизнес ташкилотлари ўртасида савдо-сотиқ учун мўлжалланган “Alibaba Group” компаниясига асос солган. Компанияга асос солиш 60.000$ га тушган. Компания номи, барча тилларда осон талаффуз қилиниши ва хазина билан боғлиқ эртакнинг машҳурлиги сабаб танланган. Кейинчалик Ма нинг онаси, Алибаба алифбодаги биринчи ҳарф билан бошланганлиги сабабли, каталог ва рўйхатларда юқори поғоналарда туришини пайқаган.

1999 – йил октябридан, 2000 – йил январи оралиғида, Алибаба умумий 25 миллион доллар венчур капитали ютиб олади. Аммо шунга қарамай, Алибаба зарарига ишлашда давом этарди. Компания, Хитой ишлаб чиқарувчиларига, АҚШда мижоз топиш имконини берувчи лойиҳани ишлаб чиққанларидан кейин даромад келтиришни бошлайди ва ишлари юришиб кетади. 2002 – йили, компания илк бор фойда кўради ва даромад 1$ ни ташкил қилади. 2003 – йилдан бошлаб Ma Taobao, Alipay ва Ali mama га асос солади. Taobao компаниясининг муваффақиятли фаолияти ва аксияларининг кўтарилиши ортидан, eBay Ма га компанияни сотиб олиш таклифи билан чиқади. Аммо, Ма бунга рози бўлмайди ва Yahoo асосчиси, Жерри Янг “Алибаба” компаниясига 1 миллиард доллар сармоя киритади. 2012 – йил, ноябрда Алибаба савдо тушуми 1 триллион юандан ошади.

2013 – йилда, Ма компания президенти лавозимидан кетади. Аммо директорлар кенгашида қолади.

“Менинг энг катта хатоим, бу Алибаба компаниясига асос солганим. Бу менинг ҳаётимни қанчалик ўзгартириб юборишини тасаввур ҳам қилмагандим. Мен бор-йўғи кичик бизнес ташкил қилишни ният қилгандим. Аммо у улкан бизнесга айланиб кетдики, мендан катта масъулият талаб қилди ва катта муаммоларга дуч келдим. Мен, бирор-бир мамлакат президентидан кам иш қилганим йўқ. Ягона фарқим, қўлимда президентда бўлгани каби ҳокимият йўқ. Шахсий ҳаётим ҳам йўқ. Шундай қарорга келдим, агар кейинги ҳаётимда танлаш имкони бўлса, ҳеч қачон бу йўлни танламаган бўлардим. Мен ҳам ҳаётдан лаззатланиб яшашни хоҳлайман”

Шунингдек, Жек Ма бизнесда доим хато қилишини таъкидлайди: “Ахир мен ҳеч қачон тадбиркорлик ёки сиёсатга ўқимаганман. Шу сабабли, барчасини ўзим ўрганишимга тўғри келган”.

Голливуд (Hollywood) филмлари ҳақида

Жек Ма, Голливудда бўлиб қайтганидан кейин, Хитой ёшлари учун филмлар олишга қизиқиш пайдо бўлади. Унга, Голливуд филмларидаги ғоя ва стилистика мақул бўлади. Голливуд филмларида, бош қаҳрамон омадсиз бўлишади. Аммо шунга қарамай, охир-оқибатда муваффақиятга эришади. Хитой филмларида эса, бош қаҳрамон филм охирида ҳалок бўлади. “Шунинг учун ҳам, Хитой ёшлари қаҳрамон бўлишни хоҳламайди” – дея ҳазиллашади.

Хулоса ўрнида шуни айтиш мумкинки, Жек Ма тиришқоқлик, қатъият ва енгилмаслик тимсоли. Уни бекорга “Self-made” (яъни ўз кучи билан мақсадга эришган) деб аташмайди.

Jek Ma ilk biznesini ko‘tarish uchun nima qilgan edi?

Yoz mavsumidagi bizneslar boshqalariga qaraganda foydaliroq bo‘lib, tadbirkorlikni boshlash arafasida turganlar uchun ko’plab imkoniyatlarni taqdim etadi. Spot siz uchun foydali deb bilgan biznes-g‘oyalarni to‘pladi.

Foto: Promdevelop

Mavsumiy biznes — bu yilning qaysidir fasliga yoki ma’lum bir muddat orasida yuqori daromadga erishish uchun yo’lga qo’yilgan g’oya hisoblanadi.

Asosan, bu turdagi biznes qisqa muddatga mo’ljallangan bo’lib, tezroq pul ishlab topishni xohlaganlar uchun juda qulaydir. Yoz mavsumi bu borada boshqalarga qaraganda foydaliroq bo’lib, o’z biznesini boshlamoqchi bo’lganlar uchun ko’plab imkoniyatlarni taqdim etadi.

Quyida faqatgina yoz mavsumida yuqori talabda bo’ladigan biznes-g'oyalar to’plami bilan tanishishingiz mumkin.

Qurilish sohasidagi imkoniyatlar

Quruvchilik

Taxminan apreldan sentyabr oylari oralig’i xususiy sektorda qurilishlar mavsumi hisoblanadi. Kuzda ham bu jarayon davom etadi, ammo unda faqatgina ichki ta’mir va interyer o’zgartirish bilan band bo’ladi.

Bu mavsumda barcha turdagi demontaj, qurish, ta’mirlash, qurilish chiqindilarini olib ketish va bu sohada ishlatikadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish juda aktual hisoblanadi.

Landshaft dizayni

Bu soha ham yoz mavsumida aholi o’rtasida mutaxassislarga ehtiyoj sezadi. Landshaft dizaynidan asosan o’z xususiy hovlisiga ega mustaqil shaxslar foydalanadi. Ish asosan turli dekorativ o’simliklar plantatsiyasi, yo’lakchalar yaratish, favvora va daraxtlar shaklini o’zgartirish kabilarni o’z ichida oladi.

Chakana savdo

Qurilish mollari

Bu turdagi mahsulotlarga doim talab mavjud bo’lgan, ammo yoz mavsumida bu ko’rsatgich har doimgidan yuqoriroq bo’ladi.

Qurilish mollari savdosi bilan hattoki ortiqcha investitsiya qilmasdan biznes boshlash mumkin. Bunda mahsulot ishlab chiqaruvchi zavod yoki fabrika bilan ui sotib iluvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun dallol vazifasini o’tash mumkin.

Ishning mas’uliyatli jihati barcha ishlab chiqaruvchi kompaniyalar faoliyatini yaqindan o’rganib, ulgurji narxlar ro’yxatini tuzish olish kerak bo’ladi. Narxlar qancha past bo’lsa tadbirkor uchun pul ishlash imkoniyati shuncha yuqori bo’ladi.

Chodir yasash va sotish

Chodir (palatka) bahor, yoz, kuz mavsumlarida faol sayohat qilishni yoqtiruvchilar uchun eng kerakli anjom hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, ichki turizmga ko’proq e’tibor qaratilayotganini hisobga oladigan bo’lsak, chodirni nafaqat chet ellik sayyohlarga, balki mahalliy aholiga ham bemalol sotish mumkin.

Bu biznesni yo’lga qo’yish uchun boshlang’ich investitsiya kiritiosh talab etiladi. Agar to’g’ri joy va kerakli mahsulotni ishlab chiqarilsa biznes mavsumni birinchi qismidayoq foydaga chiqishi mumkin.

Quyoshdan himoyalovchi ko’zoynaklar va soyabonlar, bosh kiyimlari

Bu turdagi mahsulotlar yoz mavsumidan cheklanmagan yosh auditoriyasiga ega bo’ladi. Ko’zoynaklardan barcha foydalanadi, soyabonlar esa yomg’irli mavsumda ham asqatadi.

Agar siz mavsumiy biznesni tashkil qilsangiz, unda narxi odatdagidan 7−9 baravar past bo’lgan bir martalik soyabonlarga e’tibor qaratgan ma’qul. Ko’zoynak assortimentini shakllantirishda xaridorlarning turli toifalari talabini qondirish uchun ko’p sonli yagona modellarni sotib olish yaxshiroqdir.

Quyosh ko’zoynaklari va soyabonlari savdosi mart oyining o’rtalaridan oktyabrgacha bo’ladi. Ushbu davrda quyosh faollashadi va shu bilan birga “yomg'irli mavsum” boshlanadi. Boshlash uchun sizga faqat tovarlarni sotib olish uchun pul kerak, ammo tovar sotuvidan to’lovni oladigan yetkazib beruvchilarni ham topsa bo’ladi.

Yozgi shlyapalar, kiyim-kechak va poyafzallarni sotish, bozordan ko’ra kurort va sohil bo’yi maydonlarida yaxshi rivojlanadi. Ushbu turdagi faoliyatda juda yuqori raqobat mavjud, shuning uchun engil, arzon va eng mashhur modellarga ustunlik berib, assortimentni diqqat bilan tanlashingiz kerak.

Yirik o’lchamdagi mahsulotlarga alohida e’tibor berilishi kerak. Bu muhim raqobatdosh ustunlikka aylanishi va qo’shimcha foyda keltirishi mumkin.

Dala hovli va tomorqa mahsulotlari savdosi

Bahordan kuzgacha bo’lgan davrda dala hovlisi bor va qishloqda yashovchi aholi uchun tovarlarni sotish foydali bo’ladi. Ushbu assortimentda turli xil narsalar, shu jumladan shlanglar, chelaklar, bog’dorchilik vositalari, zararkunandalarga qarshi vositalar, tuproq o’g’itlari va boshqalar mavjud.

Biznesni tashkil qilishda potentsial xaridorlarning barcha toifalari ehtiyojlarini hisobga olish kerak. Yozgi dachalar qishlog’ida chakana savdo do’konini ochsangiz, eng katta foyda olish mumkin.

Kemiruvchilar va hasharotlarga qarshi vositalar

Yoz mavsumi kelishi bilan turli xildagi hasharot va kemiruvchilar jonlanadi va har kim faol ravishda ulardan himoya qilish uchun vositalarni sotib olishni boshlaydi. Bu yerda siz ikkita toifadagi xaridorlarning ehtiyojlarini hisobga olishingiz kerak — uylarini chivinlardan himoya qilmoqchi bo’lganlar va ochiq havoda qolish vaqtida hasharotlarni qaytarish variantlarini izlayotganlar.

Shunga ko’ra, barcha himoya vositalarini assortiment oralig’iga kiritish kerak — fumigantlar (elektr va pirotexnika), ultratovushli qo’rqituvchilar. Mahsulotlar har xil narx oralig’ida — arzondan qimmatga qadar taqdim etilishi kerak. Siz Internet orqali savdo qilishingiz yoki ommaviy dam olish joylari yaqinidagi savdo do’konidan savdo qilishingiz mumkin.

Yig’iladigan basseynlar savdosi

Yig’iladigan suv havzalari o’rnatish turi ikki xildi: yer usti va poydevor chuqurlariga o’tnatiladigan.Ikkinchi variant ko’proq mehnat talab qiladigan va qimmatroq, shuning uchun u kam talabga ega. Agar mintaqada bunday xizmatlarni ko’rsatadigan kompaniyalar bo’lmasa, unda siz mavsum davomida juda yaxshi pul ishlashingiz mumkin.

Asosiy mijozlar kottejlar va dala hovlilar, shuningdek dam olish uylari, mini-mehmonxonalar, sog’liqni saqlash va boshqa muassasalar egalari bo’lishi mumkin. Asosiy narsa nafaqat basseynlarni sotish, balki ularni o’rnatishni taklif qilishdir, shunda xizmatlarga va daromadga talab yanada yuqori bo’ladi.

Oziq-ovqat va yaxna ichimliklar savdosi

Oziq-ovqat va ichimliklar savdosi o’z mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish yoki faqat sotuvchi xizmatiga asoslanishi mumkin. Birinchi holda, ko’proq moliyaviy xarajatlar va bir qator me’yoriy talablarga muvofiqlik talab etiladi.

Kvas va mors ichimligi sotish

Yozgi mavsumda yaxna ichimliklarni ko’chada sotish yaxshi foyda keltiradi, ayniqsa ularni o’zingiz ishlab chiqarsangiz. Agar haqiqiy ishlab chiqarishni tashkil etish uchun mablag' yetarli bo’lmasa, unda siz birovning mahsulotlarini qayta sotishdan boshlashingiz mumkin va vaqt o’tishi bilan xususiy anjomlarga ega bo’la olasiz.

Ichimlikni sotish uchun mahalliy ma’muriyat va SEMdan ruxsat olish kerak. Siz kioskada savdo-sotiqni tashkil qilishingiz yoki chodir o’rnatishingiz va kegdan kvas quyishingiz mumkin. Bunday biznes minimal investitsiya, yuqori rentabellik bilan ajralib turadi va bir mavsumda o’z samarasini beradi.

Hozirda OLX saytida yaxna ichimliklar saqlanadigan uskunalar $500 -$1500 atrofida sotilmoqda.

Muzqaymoq ishlab chiqarish va sotish

Muzqaymoqga talab yozda keskin ko’tariladi va uni sotish yuqori raqobatga qaramay yaxshi foyda keltirishi mumkin. Muzqaymoq savdosini tashkil qilish oson, hech qanday maxsus bilim talab etilmaydi va mavsum davomida qo’shimcha narx 100% dan yuqori bo’lishi mumkin.

Biznes g’oyani amalga oshirishning eng oson yo’li — aravachaga haroratni o’tkazmaydigan penoplastli muzlatgich o’rnatish orqali ko’cha savdo nuqtasini ochish. Ushbu parametr har doim xaridorlarning mavjudligiga qarab joylashuvni o’zgartirishingiz mumkinligi jihatidan foydalidir.

Muzqaymoqni apreldan oktyabrgacha ishlab chiqarish eng foydali hisoblanadi. Raqobatbardoshlikni oshirish uchun eng mashhur mahsulotlar turlari bilan bir qatorda yangi ta’m kombinatsiyalarini taklif qilish mumkin. Korxonaning muvaffaqiyati uchun mahsulotning o’ziga xosligi, ajoyib ta’mi, yuqori sifati va o’rtacha narxi muhim shartlardir.

Bundan tashqari, muzlatgichni sotib olsangiz, ishlab chiqarish va sotishni birlashtira olasiz — maxsus aravachaga o’rnatilgan yumshoq muzqaymoq ishlab chiqarish apparati ustaxona ochish bilan taqqoslaganda minimal xarajatlarni talab qiladi. Shuningdek, sotib olishdan oldin tayyorlangan muzqaymoq xaridorlarda ishonchni kuchaytiradi.

Paxta qand savdosi

Paxtadan tayyorlangan shakarlamalar biznesi — bu yozgi daromadlarning yana bir variantidir, bu sizga ko’p kuch sarflamasdan mavsum davomida yuqori foyda olish imkonini beradi. Boshlash uchun eng yaxshi vaqt — bahorning o’rtasi. Savdolarning oxiri ob-havoga bog’liq, lekin ko’pincha oktyabr oyining boshlariga to’g’ri keladi. Kelajakda siz katta savdo yoki ko’ngilochar markazda sotishni davom ettirishingiz mumkin.

Loyihani amalga oshirish uchun siz olomonni yaxshi joyini topishingiz kerak, va undan ham foydaliroq — qurilma bilan jihozlangan maxsus aravachani sotib oling va kerak bo’lganda uni tashing. Uskunaning narxi nisbatan past, maxsus ko’nikmalar talab qilinmaydi.

Fudtraklar (Foodtrucks)

Foodtruck — bu ichimliklar va tez tayyor bo’ladigan ovqatlarni sotadigan yuk mashinasi. Bunday biznesda yaxshi pul topish uchun siz oshpazlik mahoratiga ega bo’lishingiz va savdo qilish uchun foydali joylarni topishingiz kerak. Oziq-ovqat yuk mashinasida asosiy narsa tashqi manbalarga ulanishni talab qilmaydigan eng avtonom tizimlarga ega bo’lgan to’g’ri jihozlangan oshxona.

Bunday korxonaga sarmoyalar juda muhim, chunki avtomobil sotib olish va jihozlash kerak bo’ladi. Shuningdek, mahsulot tayyorlash va sotish uchun 2−3 kishini yollashingiz kerak. Yuqori sifatli tashkilot va savdo uchun joyni to’g’ri tanlash bilan sarmoyalarni 1 yil ichida qoplash mumkin.

Eng yaxshi joylar yozgi ta’til joylari, sayyohlar yig’ilishlari va festivallar bo’ladi.

Ijaraga berish biznes-g'oyalari

Dam oluvchilarga ijaraga taqdim etish

Yoz mavsumida doimiy ishlovchi xodimlar mehnat ta’tiliga chiqadi. Fursatdan foydalangan holda siz bo’sh yotgan uyingiz ortidan daromadga ega bo’lishingiz mumkin.

Uyni dam oluvchilarga ijaraga berish narxlari uyning holari va sharoitlariga qarab farq qiladi. Hozirda OLX saytida o’rtacha dala hovlilar 500 ming so’mdan 3 mln so’mgacha mavjud.

Mavsum kirib kelganda haftaning ish kunlarida narxlar odatiy ko’rinishda, dam olish kunlarida esa uy egasi va mijoz bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Dam olish uchun asosan shahardan tashqarida va aholi gavjum bo’lmagan joylar tanlanadi. Agar bu biznesni yo’lga qo’ymoqchi bo’lsangiz uy ta’miri uchun boshlang’ich xarajatlarni qilishga to’g’ri keladi.

Bu biznes nafaqat yozda balki qishda ham yuqori daromad keltirishi mumkin. Chet ellik turistlarga ega odatiy narxdan yuqori narx belgilash ham mumkin.

Fermerchilikdagi biznes-g'oyalar

Asalarichilik

Asalarichilik fermerlik faoliyatining eng foydali turlaridan biri hisoblanadi, ammo bu katta mas’uliyat va mavjud xatarlarni hisobga olishni talab qiladi. Ushbu faoliyat ko’pchilik uchun jozibali, ammo asalarichilikda bilim va tajribaning etishmasligi uni to’xtatadi. Aslida, asalarichilik juda qiyin emas, lekin ma’lum ko’nikmalar talab etiladi.

Asal yig’ish mavsumi 5 oy davom etadi. Dastlab, 6−8 asalarichilik koloniyalarini sotib olish tavsiya etiladi. Qulay sharoitlarda investitsiya qilingan mablag’lar birinchi yozgi mavsum uchun qaytarilishi mumkin.

Go’sht uchun qoramol yetishtirish

Uy sharoitida qoramol va qo’y kabi hayvonlarni boqish va ko’paytirish — bu nafaqat biznes, balki o’z oilangizni go’sht bilan ta’minlash imkoniyatidir. Sarmoyani qoplash uchun qoldiq mahsulotlarni sotish mumkin. Ushbu hayvonlarni boqish unchalik qiyin va qimmatga tushmaydi va tegishli parvarish bilan u katta daromad keltirishi mumkin.

Boshlash uchun sizga ozgina mablag 'kerak bo’ladi, lekin siz o’sish jarayonida (ovqatlanish, parvarish qilish) biroz harakat qilishingiz kerak bo’ladi. Go’sht mahsulotlarini sotish keng savdo bozoriga ega, chunki bugungi kunda qishloq xo’jaligi go’shti juda qadrlanadi.

Parrandachilik

Parrandachilik har doim foydali bo’lgan. Parrandalarni yetishtirish ko’p vaqt va pulni talab qilmaydi. Ushbu parametr ajoyib oilaviy biznes bo’lishi mumkin.

Tovuqlarni ko’paytirish o’rdak va g’ozlarga qaraganda osonroq. Chunki ular alohida suv ombori, yaylov va maxsus ozuqa talab qilmaydi. Tovuqlarni boqishda turli xil nasllarni yetishtirish mumkin, shu jumladan go’sht va tuxumni ham yetkazib beradi.

Sabzavot va ko’kat yetishtirish

Bu turdagi mahsulotlarni yetishtirish ochiq yer maydonida amalga oshiriladi. Agar issiqxona qurilsa, butun yil davomida foyda olish mumkin. Ayniqsa qishki mavsumda bu mahsulotlar narxi qimmatroq bo’ladi.

Ko’katlar savdosi sabzavotlarga qaraganda qulayroqdir, chunki u kamroq kuch va mablag' talab qiladi va tezroq tayyor bo’ladi. Bu biznesning qulayligi arzon urug’lar, kam kuch sarflanishi va yetishtirish jarayonining osonligidadir.

Gul yetishtirish

Agar bu turdagi biznesni mavsumiy shaklda tashkil etilsa, unda hech qanday qo’shimcha mablag’larning bemalol ishlash mumkin. Asosiysi, yaxshi navlarni tanlash va o’quv yili boshlanishiga qadar tayyor bo’ladigan turlarini o’stirish tavsiya etiladi.

Issiqxonada qishki mavsumdagi bayramlar uchun gular o’stirish mumkin. Masalan, yangi yil, 8-mart va Navro’z bayramlarida gullarga talab katta bo’ladi va buning ortidan katta daromad olih mumkin.

Xizmat ko’rsatish sohasidagi biznes

Sovutgichlar o’rnatish

Issiq mavzum boshlanishi bilan havo sovutgichlarni o’rnatishga bo’lgan talab yuqori darajada ortadi. Bu paytda xizmat ko’rsatuvchi kompaniya ochish yaxshigina foyda keltirishi mumkin.

Deraza oynalarini yuvish

Oynalarni yuvish — ko’p qavatli uyda yashovchilar tomonidan ko’proq talab etiladigan xizmat turidir. Ushbu biznesga katta miqdordagi boshlang’ich sarmoyalar talab qilinmaydi, ammo xarajatlar uchun pul sarflash kerak.

Ushbu faoliyat ikki yo’nalishda amalga oshiriladi: savdo va uy-joy. Biznesni boshlash paytida xususiy uy-joy sektori bilan shug’ullanish yaxshiroqdir, chunki buning uchun oddiy vositalar — qirg’ichlar, gubkalar, yuvish vositalari, narvonlarni sotib olish kifoya.

Ishni yanada rivojlantirish uchun yuqori pog’onali derazalarni toqqa chiqishga moslamalari va suv nasoslariga ulana oladigan ko’tarma kranlarga ham egalik qilish maqsadga muvofiq. Tez, samarali va avtonom ishlash mijozlar tomonidan ayniqsa qadrlanadi.

Mashina yuvish (Selfwash car)

O’z-o'ziga xizmat ko’rsatadigan avtoulovlarni yuvish punktlari- bu haydovchi avtoulovni yuvish va tozalash uchun barcha protseduralarni mustaqil ravishda bajaradigan joy.

Arzon narx va hamma narsani “o'zingizning xohishingiz bilan” qilish qobiliyati bunday xizmatlarni avtomobil egalari tomonidan juda mashhur qiladi. Ammo ular ochiq joyda bo’lganligi sababli, sovuq tushganda o’z faoliyatini to’xtatadilar. Ammo siz issiq mavsumda juda yaxshi pul ishlashingiz mumkin.

Bunday joylarni ochish odatda faqat yirik shaharlarda foydali bo’ladi, chunki foyda to’g’ridan-to'g'ri mijozlar soniga bog’liq. Ammo kichik aholi yashash maskanlarida ham siz arzon mavsumiy avtoulov yuvadigan joylarni ochishingiz mumkin.

**Yuqorida ko’rsatilgan g’oyalar yoz mavsumida o’z samarasini bera olgan va hozirda ham mavjud bo’lgan sohalardir. Muvaffaqiyatga erishish uchun raqobatchilar orasida maxsus prinsiplarga (narx arzonligi yoki ishchilar muomalari, ish sifati va tezligi, bonuslar va hokazo) ega bo’lish talab etiladi.

Jek Madan muvaffaqiyatga erishish uchun 5 maslahat

Ko‘p odamlar kunduzgi vaqtni sakkiz soatlik ish kuniga, uning kelajakdagi kasb pillapoyasidan yuqorilashi uchun berilgan vaqt deb qaraydi. Tabiiyki, barcha diqqat-e’tibor markazida mana shu soatlar turadi. Ba’zan odamlar rivojlanishi uchun u ishlayotgan rahbar va kompaniyaga ham bog‘liq, deb ishonishadi. Quyida sizga haqiqatan yordam berishi mumkin bo‘lgan 5 ta maslahatni taqdim etamiz. “Alibaba Group” asoschisi, qiyofasi “Forbes” jurnalida bosib chiqarilgan ilk xitoylik boy, Jek Ma bugungi kunda 28,8 milliard AQSh dollari miqdoridagi resurslaga egalik qiladi. Dunyodagi eng boy xitoylik Jek Ma o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashadi, deb yozmoqda Qalampir.uz nashri.

1.Oqshomda nimalar bilan mashg‘ul bo‘lishingiz o‘ta ahamiyatlidir

Men oliy ta’lim muassasasida marketing yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oldim, lekin har doim dizayner bo‘lishni orzu qilganman. Buning uchun kechayu kunduz dizaynerlik bilan shug‘ullanib, loyihalash qobiliyatini yaxshi egallash uchun qo‘shimcha ishlar ham ola boshladim. Bu mashg‘ulotlar ko‘p vaqt talab qildi.

Rahbar bo‘lganimda esa dizayn bilan shug‘ullanmay qo‘ydim va o‘z kasbim, marketinga qaytdim. Lekin g‘ayratli va ijodkor bo‘ldim. Agar men faqat ish soatlarimda o‘z ustimda ishlaganimda, hech qachon qobiliyatli direktor va boshqaruvchi bo‘lmasdim.

Men o‘zimga berib kelayotgan “darslarim”gagina ishonaman.

Men tanigan eng omadli insonlar ham bosib o‘tgan yo‘limdan ketgan. Tarix fakultetini tamomlagan do‘stim bor, keyinchalik texnik savdo bilan qiziqib qolgan. Kunduzlari telemarketing sohasida ishlab, kechasi dasturlashni o‘rganib bordi. Oxir-oqibat, u yirik kompaniyaning savdo masalalari bo‘yicha vise-prezidenti bo‘ldi. Uning kelajagini kechki soat oltidan o‘n ikkigacha nimalar bilan mashg‘ul bo‘lganligi aniqlab berdi. Albatta, shaxsiy hayot va ish jarayonlari orasidagi me’yorni saqlay bilish kerak. Agar sizning farzand va turmush o‘rtog‘ingiz bo‘lsa, ular bilan kechki soatlarni mazmunli sarflash muhim.

2. Ko‘p narsa o‘zgarishini xohlasangiz, ko‘proq mutolaa bilan mashg‘ul bo‘ling!

Asli kelib chiqishi qashshoq afrikalik oiladan bo‘lib, Vest-Pointdagi harbiy akademiyaga qabul qilingan bir ustozim o‘z oilasidan birinchi oliy ta’lim muassasasini tamomlagan vakil edi. Undan muvaffaqiyatga erishishida qilgan eng katta harakati nima bo‘lganini so‘radim. U esa hech qachon mutolaadan to‘xtamasligini ta’kidladi. U hayotda nimaniki istasak, bilim – ana shu xohish uchun yagona kalit ekanligiga ishonardi. Mutolaa sizni hamkasblaringizdan bir bosh ustun qilib, juda ham sezilarli ravishda rivojlantira oladi.

Entoni Robbins aytgan:

“Agar siz muayyan bir mavzuda bilim olish uchun har kuni bir soat mutolaa qilsangiz, bir yildan so‘ng ushbu mavzu doirasida er yuzidagi 99,999% odamdan ko‘ra ko‘proq ma’lumotga egalik qilasiz”.

Hatto, har kech o‘ttiz daqiqa kitob o‘qish uchun sarf etib, bir haftada bemalol bitta kitobni mutolaasini yakuniga etasiz.

3. Turli xil loyihalarda ishtirok eting

Agar kompaniya barcha bilimlaringizni amaliyotda qo‘llashga imkon bermayotgan bo‘lsa, u holda sharoitni o‘zingiz yarating. Siz ko‘ngillilar jamoasi safida turli xil loyihalarda ishtirok eta olasiz.

Jamoa bilan ishlar ekansiz, bu tarmoq amaliyotida qanday qilib bilimingizni qo‘llashni o‘rganasiz va ko‘zlangan natijalar borasida fikrlar oydinlashadi.

4. Aloqalarni faol mustahkamlab boring

Atrofdagilar bilan aloqada bo‘lishingiz, kasbiy faoliyatingizni tez rivojlantiradi. Agar sizni ko‘p tanishlaringiz bo‘lmasa, bu masala yuzasidan ko‘proq vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi. Ishxonadagi hamkasblar, rahbaringiz bilan muloqotda bo‘ling. Agar tadbirkor bo‘lsangiz, sizning tanishlaringiz bu birinchi xaridorlaringiz bo‘ladi.

5. Hayotni o‘zgartirishni bugundan boshlash lozim

Bu matni o‘qib, balki kech soat oltidan tun yarmigacha hozir uyda o‘tirgandirsiz. Jismoniy va ruhan charchagan bo‘lishingizga qaramay, siz istagan vazifani bajara olasiz. Buning uchun qolganlarning ko‘rsatma, buyruqlariga hojat yo‘q.

Bu vaqtda miyangizning faoliyatini ish stolingizdagi kompyuterni o‘chirib qo‘ygandek to‘xtatib qo‘yishingiz mumkin. Lekin uni yanada aqlli bo‘lishga, kuchli va ziyrak idrok etishga, yangi tanishlar orttirishga jalb qilish imkoniyati ham bor. Barchasiga bugundan kirishing, har kuni bir soatdan vaqt ajrating.