Kitob o’g’risi pdf
24-yanvar 2022 y. 1:35
Soya o’g’risi
Bolaligida u uchratgan insonlarining soyalarini oʻgʻirlaydi . va bu soyalarning har biri unga egasining sirlarini aytib beradi.U soyalardan insonlarning orzularini, umidlarini va qaygʻularini eshitadi. Bu gʻalati qobiliyat bilan nima qilish kerak .
4 O’qimoqchi
0 o’qiyapti
- Annotatsiya
- Qisqa ma`lumot
- Taqrizlar (1)
- Iqtiboslar (4)
Bolaligida u uchratgan insonlarining soyalarini oʻgʻirlaydi . va bu soyalarning har biri unga egasining sirlarini aytib beradi.U soyalardan insonlarning orzularini, umidlarini va qaygʻularini eshitadi. Bu gʻalati qobiliyat bilan nima qilish kerak . Bir necha yil oʻtgach, “soya oʻgʻrisi” tibbiyot fakulteti talabasi boʻldi . U kursdosh qiz Sofi yoki eng yaqin doʻsti Luyk kabi yaqinlarini nima xursand qilishi mumkinligini hali ham taxmin qila oladimi? Ular hayotini oʻzgartirishi uchun nima qilishlari kerak?Va ularni baxt qayerda kutayotganini u biladimi?Bu sevgi haqida asar. Onaning sevgisi. Unutilmas birinchi sevgi. Yakuniga yetayotgan sevgi. Bir umrlik doʻstlik. Soya oʻgʻrisi samimiy sevgi hikoyasidir.
Kitob nomi: | Soya o’g’risi |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Le voleur d’ombres |
Nashr qilingan til: | O’zbekcha |
Kitobning asl tili: | Fransuzcha |
Formati: | Yumshoq / 208 |
ISBN: | 978-9943-7085-0-1 |
Nashr yili: | 2021 |
Nashriyotchi: | Yosh kuch |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | None dan None gacha |
Taqrizlar
24-yanvar 2022 y. 1:43 163
Yaxshisi hech kimga bog’lanib qolmaslik kerak, bu juda ham xavfli.
Nima uchundir bu kitobni bir nafasda o’qib chiqdim. Tarjima sifati yaxshi(lekin kitobda ba’zi imloviy xatoliklar bor).
Asar qahramonini yashirin qobilyati bo’ladi, soyalar bilan gaplasha oladi. Ular orqali soya egasini ichki dunyosi bilan suhbatlashadi.
Qahramon shu qobilyati orqali boshqalarga yordam berishga harakat qiladi. Kitob boshida undagi barcha voqealar qahramonning shu qobilyati atrofida kechadi degan fikr kelishi mumkin, lekin unday emas.
Asar to’liq mazmunini uni o’qib bilib olishingiz mumkin.
Bu kitob ota va ona, ota va bola, ona va bola, ikkit yaqin do’st, ikki sevishganlar orasidagi munosabatlar haqida. Ba’zida o’qish, ish deb o’z umrini bizga bag’ishlagan insonlarni unutib qo’yish, ularga g’amxo’rlik qilishni …
0 marta ulashildi
Baholash: 0
Iqtiboslar
Murodjon Normatov 24-yanvar 2022 y. 1:33
Butun umringizni bolalaringizni o’stirishga bag’ishlasangiz, va birorta ham bolangiz sizni yo’qlamasa, hatto qo’ng’iroq ham qilmasa, aqldan ozishingiz tayin – hamma narsani top-toza qilib o’chirib tashlashni xohlaysiz.
24-yanvar 2022 y. 1:33
Do’stdan ajrashish oson emas. Maktabni o’zgartirganimdan keyin men bunga ko’nikishim kerak edi, biroq yo’q, har safar bir xil, sen yo’qotgan inson bilan sening bir qisming ham ketadi, axir do’stlik – xuddi sevgiga o’xshaydi. Yaxshisi hech kimga bog’lanib qolmaslik kerak, bu juda ham xavfli.
24-yanvar 2022 y. 1:35
Qirq metrlik balandlikdan butun shaharcha ko’rinsa kerak: qo’ng’iroqli cherkov, katta ko’cha, maydondagi karusel, dalalarga ketayotgan yo’l. Agar arqonni qo’lingizdan chiqarib yuborsangiz, butun mamlakatni ko’rish mumkin, hamroh shamol bilan butun Yer yuzini aylanib chiqish, sizga kerak bo’lgan odamlarni tepalikdan ko’rish imkoni bor. Men ham varrak bo’lishni istardim.
24-yanvar 2022 y. 1:36
Sen mening tasavvurimdagidek eding – oldingidan ham chiroyliroq ayol. Sening sochlaring yelkalaringga tushar, menimcha sen violonchel kamonchasini ko’targaningda biroz xalaqit ham berardi.
Kitob o’g’risi pdf
Powered by Phoca Download
Saytimiz rivojiga hissa
Uzcard: 8600 5504 8563 9786
© 2004-2020 – Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.
- Bosh sahifa
- Portal haqida
- Portal tarixi
- Sayt xaritasi
- Muallif haqida
- Tafakkur gulshani
- Mumtoz faylasuflar hikmati
- Ibratli hikoyatlar
- Jahon xalqlari maqollari
- Jadid matbuoti
- Sovet davri matbuoti
- Qayta qurish davri matbuoti
- Mustaqillik matbuoti
- Hozirgi davr matbuoti
- Tarix
- O‘zbekiston hukmdorlari
- Temuriy malikalar
- Yurt bo‘ynidagi qilich.
- Qomusiy olimlar, sarkardalar
- Reytinglar
- O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
- O‘zbek xalq maqollari
- O‘zbek xalq ertaklari
- O‘zbek xalq topishmoqlari
- O‘zbek mumtoz adabiyoti
- Zamonaviy o‘zbek she’riyati
- Muxlislar ijodidan
- Barcha kitoblar
- Ziyouz jurnalxonasi
- Ziyouz audiokutubxonasi
- Mobil kutubxona
- Maktab darsliklari
- Oliy va OMTM darsliklari
- Durdona to‘plamlar
- Android uchun kitoblar
- Videogalereya
- Узбекская библиотека
- Islomiy sahifamiz
- Forum
- Kross-shou
- Foydali sahifalar
- Saytdan qidirsh
- Ziyouz viktorinasi arxivi
Isomiddin Po‘latov. Kitob o‘g‘risi (hikoya)
– Dadasi turing, tomda kimdir yuribdi, – onam dadamni turtdi. – Tirqishdan fonarning yorug‘i tushdi. Turing, erinmang. O‘g‘ri bo‘lmasin, tag‘in.
Dadam shoshilmay to‘nini yelkasiga oldi-yu chiqib ketdi. Yoshligimda o‘g‘ri haqida eshitsam, o‘takam yorilardi. Mening tasavvurimga niqob kiygan, bahaybat, qo‘rqinchli nusxa kelverardi. Dadamni o‘ldirib qo‘yadi, deb rosa qo‘rqdim. Uyg‘oqligimni hech kim sezmadi.
Dahlizning eshigi ochilib, dadam kirib keldi:
– Qochib ketdi. Tepada qo‘lga ilinadigan hech narsa yo‘q. Ertalab ko‘ramiz. Olsayam, to‘rtta kitobdan boshqa nimani olardi.
Bir narsani o‘ylardim. Otam kuchlimi yoki o‘g‘ri? Dadam gavdali odam bo‘lsa-da, o‘g‘ri kuchliroq tuyulardi, nazarimda.
Birozdan so‘ng dimog‘imga shirchoyning hidi urildi. «Uyg‘onishga» iymanib turgandim, «turing endi, o‘g‘lim» yo‘g‘on ovoz eshitildi. Shunday ohangda aytildiki, uyg‘oqligimni bilib turgandek. Men ham anoyi emas, uyqusirab boshimni ko‘tardim…
– Tur, Zokirjon, yuzingni yuvib kel, shirchoy ichasan, – dedi oyim.
– Men bilan birga chiqing… – dedim.
Dadam qo‘rqoqligimdan kulib qo‘ya qoldi.
Har doimgidek ro‘zani tong otguncha tutdim… Ertalab akam bilan choy ichdik. Akam mendan uch yosh katta. U hech nimadan qo‘rqmaydi. Doim tarafimni oladi. Faqat men bilan o‘ynashni uncha xush ko‘ravermaydi.
– Aka, dadam bugun tomda o‘g‘rini qo‘vib, ushlab olay dedilar. Xuddi ko‘rganday qilib aytganim uchunmi, akam chippa-chin ishondi. Ikkalamiz bugun yana o‘g‘ri kelsa, uni ushlaydigan bo‘ldik. Akam kuni bilan tuzoq tayyorladi. Sichqon tutadigan qopqonni qayerga qo‘yishni bilmay, ovoramiz chiqdi. Axiyri, kitob to‘la ikkita yashikning yaqiniga qo‘ydik. Chunki u yerda boshqa arzigulik narsa yo‘q edi-da. Kun botmay, hayajonga tusha boshladim. Qopqon o‘g‘rining oyog‘idan tutsa, sichqonga o‘xshab og‘zidan qon kelishini tasavvur qilardim. Iftorlik vaqti bo‘ldi.
– Dada o‘g‘ri o‘lib qolsa, qayerga ko‘mamiz? – deb, so‘radim dadamdan.
– Qopqoningizga tushsa, uni qo‘lga urgatib olamiz. U o‘lmaydi, – dedilar.
Akam bilan ikki kun o‘g‘rini kutdik. Kelmadi.
Yarim kechasi uyg‘onib ketdim. Eshik ochilib, kimdir tashqariga kitob bilan chiqib ketdi. Shovqinni eshitib hammamiz hovliga chiqdik. Akamning ortidan qolmay, men ham narvonga yopishdim. Tomning bir tomoni yopiq bo‘lgani uchun dadam o‘g‘rini tutib olgandi. Biz esa oldindan tayyorlab qo‘ygan kaltakni olib, yordamga bordik.
Dadam o‘g‘riga fonarni tutdi. Men uni tanidim! Bizdan ikkita hovli narida turadigan Ma’mura garangning akasi. Men Ma’mura bilan maktabda o‘qiyman. Birga o‘ynardik. Doim «mening akam olim», deb maqtanardi. Endi ko‘rsam, «akang o‘g‘ri» deyman.
– Ha, Qodirboy, tinchlikmi? – dadam qandaydir yumshoqlik bilan so‘radi.
– …
– Nima gap, gapiraver, tortinma. Yanada yumshoqroq gapirdilar. Ko‘rgan odam o‘g‘riga emas, o‘g‘liga gapirayapti, deb o‘ylardi.
– Rustam aka… manavi kitoblar kerak edi. Anchadan beri kitoblaringizni olaman. Lekin o‘lay agar o‘qiganlarimning hammasini qaytarib kelardim. Ikki kun oldin ham olgandim, mana, qaytarib keldim, – deb kitob to‘la yashikning yonidagi uch-to‘rtta kitobga ishora qildi. Dadam uni diqqat bilan tinglarkan, yaqinroq borib, qo‘lidagi asarlarni qo‘liga oldi.
– Chexovni o‘qiyapsanmi? Yaxshi yozadi, – deb qo‘lidagini kattaroq yashikning ustiga tashladi. Qodir aka biroz qizarinib, tasdiq ma’nosida boshini qimirlatdi.
– Yashikni ol!
– …
– Ko‘tarib ketolsang, hammasi seniki. Agar tomdan tushguncha, pastga qo‘ysang, otangni oldiga boraman… – dedi dadam jiddiy qiyofada.
Qodir akaning ko‘zlari yonib ketdi. Dadam «otangni oldiga boraman» degani uchun qo‘rqib ketdi, shekilli… U men o‘ylagan o‘g‘rining yarmicha ham kelmasdi. Qiltiriq. Novcharoq odam. Yashikni ko‘tarayotganda beli sinib ketadi, deb o‘yladim. Bu voqea ayniqsa, men uchun tekin tomosha bo‘layotgandi. Lekin Qodir aka kutilmaganda yashikni dast ko‘tarib oldi-da, qo‘shni cherdakka o‘tib ketdi. Dadam uning chalkashib borayotgan oyoqlariga shunday bir nigoh bilan qaradi-ki…
Alamdan yig‘lab yuborishimga sal qoldi. Chunki dadam o‘g‘rini qo‘yib yuborgandi-da!
– O‘g‘rini qo‘yib yubordilar, – pastda xavotir olib turgan onamga to‘ng‘illadim. Gapimni eshitib turgan dadam menga bir ola qarash qilgandi, qaytib og‘zimni ochmadim.
– Nima gap, dadasi? Kim ekan u?
Dadam biroz xayolga berilib, ko‘rpachaga cho‘kdilar.
– Qodir. Hamdam akaning o‘g‘li. Kitob jinnisi ekan. Bir yashik kitobni berib yubordim, endi bezovta qilmaydi, deb kulib qo‘ydilar. Hammamiz yotdik. Lekin mening uyqum kelmadi. Saharlikkacha ozgina vaqt qolgani uchun onam o‘choq boshiga ketdi.
– Zokirjon, Qodir akangiz o‘g‘ri emas. O‘g‘il bola chaqimchilik qilib, bunaqa gaplarni hammaga aytib yurmaydi, tushundingizmi?
Dadamni o‘sha so‘zlarini tushunganimga o‘n to‘rt yil bo‘ldi. Yaqinda qishloqqa bordim. Ertalab onam uyg‘otdi.
– Dadang ta’ziyaga chiqib ketdi. Tur, senam mana bularni kiyib, Ma’muralarnikiga o‘t-da, xizmat qil, – dedi oyim. Yonimga bir to‘n bilan qalpoqni tashladi. Kim qazo qilganiga tushunmay, onamga savol nazari bilan qaradim.
– Qodir malim o‘tibdi. Yuragi kasal ekan, shifoxonadan qaytaribdi deyishuvdi, oqshom uzilibdi.
Qodir akani yoshi o‘ttiz uchda edi. O‘sha tomda kitob olayotganda tutib olgan yilimiz maktabni tugatib, o‘qishga kirgandi. Keyinchalik qishlog‘imizga kelib, til-adabiyotdan dars bera boshlagandi. Kasalmand ekanini eshitgandim-u hali o‘lishiga ishongim kelmasdi.
Ta’ziyada odamlar marhumni yaxshi gaplar bilan eslashdi. Qodir akani chiqarib kelganimizdan so‘ng, uch-to‘rtta keksalar bilan hovli chetidagi chorpoyada o‘tirdim.
– Hamdamning uli o‘ladigan yigitlardan emasdi. Bunga ko‘z tegdi. Eshitishimcha, maktab bolalarining hammasi Qodir malimning sinfiga o‘tamiz, deb janjal qilisharkan, – deb Rahim bobo sovib qolgan choyini ho‘pladi.
– Kasalxonadayam oxirgi safar bir hafta yotipti. Haftada o‘nta kitob o‘qib chiqipti. Jiyan yomon ko‘p o‘qisiydi, – deb ko‘ziga yosh oldi Nasim amaki.
Ochig‘i, bu gaplarning rost yoki yolg‘on ekanidan xabarim yo‘q.
Negadir xayolimdan, pochasi shimarilgan, ozg‘in oyoqlari qaltirab, gavdasi u yoqdan bu yoqqa borib kelayotgan Qodir akaning qiyofasi ketmasdi…Yozuvni tanlang
Кирилл | Lotin
Mavzular
Adabiyot
- O‘zbek mumtoz she’riyati
- O‘zbek she’riyati
- Jahon she’riyati
- O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
- O‘zbek nasri onlayn antologiyasi
- Jahon nasri onlayn antologiyasi
- Eng sara asarlar
So‘nggi kiritmalar
- Lyuis Kerroll. Alisa ko‘zgu orti o‘lkasida
- Ilhom Ahror. “Chor darvesh” va “Alkimyogar”
- Toshkent viloyatida ko‘p asrlik tarixga ega noyob ko‘za topildi
- Turkiya ilk marotaba Global barqaror turizm anjumaniga mezbonlik qiladi
- Oltin baliqcha qay tariqa paydo bo‘lgan?
- Doktor Abdul Razzoq Ahmad: “Globallashuv davrida eng maqbul yo‘l – ilmiy an’analarga tayanish”
- Sharlotta Adrian: “EI fuqarolik jamiyatiga o‘z vazifasini bajarishida ko‘maklashadi”
- O‘zbekiston: minglab madaniy boyliklarning noqonuniy tashilishi oldi olindi
- Eron va Saudiya Arabistoni o‘zaro yarashmoqda
- Yaponiya Farg‘onadagi ta’lim muassasasiga grant ajratdi
Sayt rivojiga hissa
Uzcard: 8600 5504 8563 9786
© Ziyo istagan qalblar uchun. 2004-2021
Portal O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 27.07.2011 da ro‘yxatga olingan. Guvohnoma № 0677
Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.