O ZBEKISTON RESPUBLIKASIICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
Ichki ishlar organlari tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan chop etilgan “Oʻzbekiston xalqi xizmatida” kitobi boʻyicha IIV vazir oʻrinbosari, Tergov departamenti boshligʻi, polkovnik, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori Ya. Abdulxakov, “IIV Birlashgan tahririyati kutubxonasidan” turkumida nashr etilgan kitoblar taqdimoti yuzasidan IIV Birlashgan tahririyati bosh muharriri, polkovnik Bernora Sadikova, “Ichki ishlar organlarining mard oʻgʻlonlari”, “El-yurt osoyishtaligi generallari” kitoblari boʻyicha IIV Faxriylar kengashi aʼzosi, yuridik fanlar doktori, isteʼfodagi polkovnik A. Sattarov soʻzga chiqdi.
Kitob taqdimoti
Ma’naviyatimiz xazinasi xalq ijodiyotidan tortib hozirga qadar yaratilgan nodir asarlar bilan boyimoqda. Poytaxt adabiy muhitining shaklllanishi va kamol topishida qashqadaryolik ijodkorlarning ham o‘ziga xos o‘rni bor, albatta. Qarshi davlat universiteti faollar zalida filologiya fanlari doktori, professor Boynazar Yo‘ldoshevning 130 dan ortiq voha ijodkorlari portretiga chizgilardan iborat “Qashqadaryo adiblari” kitobi hamda Filologiya fakulteti Adabiyotshunoslik kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Ijod gulshani” to‘garagi a’zolaridan 27 nafar ijodkor talabalarimizning she’ru hikoyalari kafedra o‘qituvchisi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Nilufar Umarova tomonidan saralanib nashrga tayyorlangan va universitet homiyligida chop etilgan “Oltin davr ovozi” bayoz kitoblari taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Elyor Hakimovich Ibragimov kirish so‘zi bilan ochib, badiiy kechaning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari O‘roz Haydar “Voha adabiy muhiti haqida”, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Lola Saodatova “Adabiyot – ko‘ngil oynasi” (“Qashqadaryo adiblari” kitobi haqida), Adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Shohida Karomova “Oydin orzular sari yo‘l” (“Oltin davr ovozi” kitobi haqida) mavzularida ma’ruza qilishdi.
Filologiya fanlari doktori, professor Damin To‘rayev har ikki kitobning ijod olamidagi ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdi. Filologiya fanlari doktori, professor Boynazar Yo‘ldoshev kitobga kiritilgan ijodkorlarning ijodi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Kechada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Munavvara Mansurova, ijodkor Toshqul Karimovlar o‘z ijodlaridan namunalar o‘qidilar.
Shundan so‘ng ”Oltin davr ovozi” bayoz kitobiga kiritilgan yosh ijodkorlar ishtirokida mushoira tashkil etildi.
Tadbir so‘nggida ijodkor talabalarga kitoblar tarqatildi. Taqdimot anjumanini Adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nafas Shodmonov boshqarib bordi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamkorligida Milliy matbuot markazida tashkil etilgan tadbirda IIV tizimida amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar xususida soʻz yuritildi. Unda yurtimiz ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar, ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylar, bir guruh yoshlar ishtirok etdi.
Oʻtkazilgan tadbir doirasida “Oʻzbekiston xalqi xizmatida”, “Ichki ishlar organlarining mard oʻgʻlonlari”, “El-yurt osoyishtaligi generallari” hamda “IIV Birlashgan tahririyati kutubxonasidan” turkumida nashr etilgan “Maʼrifat ziyosi”, “Yoshlar – kelajak poydevori”, “Maʼnaviyat va maʼrifat chashmasi”, “Faxriylar – faxrimiz” nomli kitoblarning taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Ichki ishlar organlari tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan chop etilgan “Oʻzbekiston xalqi xizmatida” kitobi boʻyicha IIV vazir oʻrinbosari, Tergov departamenti boshligʻi, polkovnik, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori Ya. Abdulxakov, “IIV Birlashgan tahririyati kutubxonasidan” turkumida nashr etilgan kitoblar taqdimoti yuzasidan IIV Birlashgan tahririyati bosh muharriri, polkovnik Bernora Sadikova, “Ichki ishlar organlarining mard oʻgʻlonlari”, “El-yurt osoyishtaligi generallari” kitoblari boʻyicha IIV Faxriylar kengashi aʼzosi, yuridik fanlar doktori, isteʼfodagi polkovnik A. Sattarov soʻzga chiqdi.
Mazkur kitoblar inson manfaatlari yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisi boʻlgan, el-yurt tinchlik-osoyishtaligini saqlashga kamarbasta ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarini oshirishga hamda yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishini alohida taʼkidlashdi.
Tadbirda IIV Birlashgan tahririyati bosh muharriri, polkovnik Bernora Sadikova hamda muxbir Gulnoza Turgʻunboyevalar Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi va aʼzolik bileti hamda koʻkrak nishoni topshirildi.
IIV Birlashgan tahririyati
“SHUM BOLA” ROMANI ASOSIDA KITOB TAQDIMOTI
Pastdarg’om tuman AKMning faollar zalida O’zbek adabiyotining mashhur namoyondalaridan biri, shoir, akademik Gʻafur Gʻulom tavalludining 118 yilligi munosabati bilan tumandagi 85-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari, tuman XTB uslubchisi va maktab kutubxonachisi bilan birgalikda “Shum bola” romani asosida kitob taqdimoti o‘tkazildi. 2021 yil 10-may kuni Pastdarg’om tuman AKMning faollar zalida O’zbek adabiyotining mashhur namoyondalaridan biri, shoir, akademik Gʻafur Gʻulom tavalludining 118 yilligi munosabati bilan tumandagi 85-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari, tuman XTB uslubchisi va maktab kutubxonachisi bilan birgalikda “Shum bola” romani asosida kitob taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirni axborot-kutubxona markazi direktori R.Normuradova ochib berdi. “Shum bola” — oʻzbek yozuvchisi va shoiri Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub qissa. Muallif asarni 1936-yil yozgan. Qissa bir necha marta nashr qilingan. Qissada ijodkorning bolaligi, 20-asr boshidagi Toshkent hayoti tasvirlangan. Qissa oʻtkir hajviy asar boʻlib, haqiqiy voqealar va shaxslar taqdiriga asoslangan. Asar markazida yozuvchining hayotidan olingan koʻp faktlar turgan boʻlsa-da, u avtobiografik emas. Unda haqiqiy tarixiy faktlarga nisbatan badiiy toʻqima, fantaziya kuchli.Qissani F. Shayhutdinova (1968) hamda A. Naumov (1970) rus tiliga, V. Grimich (1991) ukrain tiliga tarjima qilingan. 1977-yil asar asosida „Shum bola“ filmi suratga olingan. Film ham oʻzbek, ham xorijiy film tanqidchilari tahsiniga sazovor boʻlgan.
“Shum bola” hikoyasi nisbatan omadli hisoblanadi. Qahramon o‘zining fojiali hayoti haqida o‘zi so‘zlaydi. Bola uyidan mahsulotlarni olib chiqib ketayotgan vaqtda onasi jazolaganligi tufayli, uyidan xolasinikiga qarab qochadi. Ammo, bu yerda ham bolaning omadi kelmaydi: u tasodifan tog‘asining bedanasini o‘ldirib qo‘yib, bu uydan ham ketadi. Shunday qilib, u darbadar va ovoralik qilishni boshlaydi. Yozuvchi o‘z e’tiborini shum bolaning xavotirlari va ichki kechinmalarini tasvirlashga qaratadi. Tashqi hodisalar, narsalar va kichik qahramonni o‘rab turgan barchasini tasvirlash inson tuyg‘ularini chuqur namoyon qilishda xizmat qiladi.
Kitob taqdimoti davomida o’quvchilar “Shum bola” romani asosida sahna ko’rinishlari namoyish etishdi. Shuningdek Gʻafur Gʻulom hayoti va ijodi to’g’risida o’quvchilar tomonidan maʼlumotlar etildi.
Tadbir ko‘taringki kayfiyat hamda qisqa savol-javob an’analar ruhida o‘tdi. Tadbir so‘nggida faol ishtirok etgan o’quvchilar AKM ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlarlar bilan taqdirlandilar.