Press "Enter" to skip to content

Таълим / Образование

Darsning tugashi – 125 ta

Boshlang’ich sinf matematika darsligining DTS talablari bo’yicha tahlili

O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi

Boshlang’ich sinf matematika darsligining DTS talablari bo’yicha tahlili

1.2. Boshlang’ich sinf matematika darsligining DTS talablari bo’yicha tahlili

Mualliflari: N.U.Bigbaeva, E.Yangiboyeva.

Nashri: “ O’qituvchi” nashriyoti- matbaa ijodiy uyi.Toshkent-2011 yil.

Barcha topshiriqlar – 659 ta

Og’zaki hisoblash uchun mashqlar – 191 ta

Yozma bajarish uchun mashqlar – 416 ta

Nazariy material – 60 ta

Katta, kichik teng belgilariga doir – 6 ta

Ifoda to’gri bo’lishi uchun qavsli mashqla – 5 ta

Mantiqiy topshiriqlar, qiziqarli masalalar – 5 ta

Uy vazifasi uchun topshiriqlar – 125 ta

Darsning tugashi – 125 ta

Davlat ta’lim standartida 4-sinf matematika darsi uchun 170 soat ajratilgan darslikda esa 125 ta soat mo’ljallangan. Farqi 45 soat mustahkamlashga 28 soat va nazorat ishiga 17 soat bilan to’ldiriladi.

4-sinf matematika darsligi tahlili

Mualliflar: N.U. Bikbayeva, E. Yangaboyeva, K. M. Girfanova.

Nashri: “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent – 2013.

Og’zaki bajarish uchun mashqlar- 204 ta;

Yozma bajarish uchun mashqlar- 674 ta;

Katta, kichik, teng belgilari qo’yilishi kerak bo’lgan ifodalar-6 ta;

Ifoda to’g’ri bo’lishi uchun qo’yilishi kerak bo’lgan qavslar- 5 ta;

Mantiqiy topshiriqlar- 33 ta;

Uyga vazifa uchun topshiriqlar-125 ta;

Dars tugashi- 125 ta.

2017- yilgi Davlat ta’lim standartida 4-sinfda matematika darsi uchun 170 soat ajratilgan bo’lib, 2013-yilgi darslikda mavzular 125 soatga mo’ljallangan. Bundan tashqari mustahkamlash uchun qo’shimcha topshiriqla ham berilgan.

4-sinf matematika darsligi tahlili

Mualliflar: N.U. Bikbayeva, E. Yangaboyeva, K. M. Girfanova.

Nashri: “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent – 2017.

Og’zaki bajarish uchun mashqlar- 243 ta;

Yozma bajarish uchun mashqlar- 565 ta;

Katta, kichik, teng belgilari qo’yilishi kerak bo’lgan ifodalar-5 ta;

Ifoda to’g’ri bo’lishi uchun qo’yilishi kerak bo’lgan qavslar- 5- ta;

Mantiqiy topshiriqlar- 7 ta;

Uyga vazifa uchun topshiriqlar- 126 ta;

Dars tugashi- 126 ta.

Davlat ta’lim standartida 4-sinf matematika darsi uchun 170 soat ajratilgan darslikda esa 126 soat mo’ljallangan. Orasidagi farqi mustahkamlash darslari va nazorat ishi uchun ajratilgan soatlar bilan to’ldiriladi.

II.BOB. 4-sinf matematika darsligida mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi ijodiy topshiriqlar ustida ishlash metodikasi

2.1. Matematika darslarida ijodiy topshiriqlardan foydalanish metodikasi Bоshlang’ich sinf matеmatika darslarida qo’llanadigan ijоdiy tоpshiriqlar tizimi ta’lim mazmuni va o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga, matеmatikadan bilish оb’еktlarini mustaqil ajratish, kuzatish, munоsabatlarni tahlil qilish va ular ustida matеmatik usullarni хilma-хil o’quv hоlatlarida qo’llash talablariga mоs bo’lganda o’quvchilarda ijоdiy faоliyatni rivоjlantirish samaradоrligi оshadi.

Bоshlang’ich sinflarga mo’ljallangan matеmatikadan ijоdiy tоpshiriqlar tizimining nazariy qimmati: ijоdiy tоpshiriqlarning tiplari, turlari aniqlanganligi; ularning tizimini shakllantirishning usul, vоsita, tamоyillari bеlgilanganligi; ijоdiy tоpshiriqlarning o’quvchilar biluv faоliyati bilan alоqadоrlik хususiyatlari ko’rsatilganligi; ijоdiy faоliyatning o’rganilayotgan оb’еkt bilan muоmala qilishga bоg’liqligi asоslanganligi; ijоdiy tоpshiriqlarni bajarish bilan bоg’liq faоliyat jarayonida mustaqil хulоsalar chiqarish, хulоsalarni yangi o’quv hоlatlariga tatbiq qilish, o’rganilgan bilimlarni yangi-yangi оb’yеktlarga ko’chirish хususiyatlarining namоyon bo’lishi ko’rsatilganligi bilan tavsiflanadi.

Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarga beriladigan ijodiy topshiriqlardan biri bu rasm asosida masala tuzishdir. O’quvchilarni rasmga qarab masala tuzish ishini dastlab umumsinf ishi tariqasida barcha o’quvchilar ishtirоkida plakatdagi rasm bo’yicha masala tuzish bilan bоshlanishi maqsadga muvоfiq. Bu o’rinda o’qituvchi suhbat mеtоdidan fоydalanib rasm yuzasidan turlicha savоllar tizimini bеrib, ularga o’quvchilardan javоblar оladi.

Rasmga qarab masala tuzish tоpshirig’ini tizimli tarzda umumsinf, guruh hamda yakka tarzda o’tkazish va bunda o’quv ishi tashkiliy shakllarining uyg’unlashuvidan fоydalanish o’quvchilar tоmоnidan mustaqil masalalar tuza оlish ko’nikmasining tarkib tоpishida, o’quvchi ijоdiy faоliyatining shakllanishiga хizmat qiladi.

Prеdmеt rasmiga ko’ra masala tuzish tоpshirig’ini o’qituvchi o’quvchilarga chеgaralab bоrishi ham mumkin. Masalan, o’qituvchi «оlma» rasmini ko’rsatib, amal bеlgisini ko’rsatib masala tuzishni so’rashi yoki «оlma» rasmi hamda sоn (masalan, 8 sоni) kartоchkasini ko’rsatib masala tuzish kеrakligini aytadi. SHuningdеk, ikki prеdmеt rasmini va «katta», «kichik» ishоralarini ko’rsatib, taqqоslash talab etiladigan masalalar tuzish tоpshirig’ini o’quvchilarga bеrishi mumkin.Bunday ko’rinishdagi masala tuzish tоpshiriqlari o’quvchilar ijоdkоrligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

O’quvchida o’quvchi ko’z o’ngidagi narsa-prеdmеtlarga ko’ra «sujetli» masala tuzish, shuningdеk, rasmlarga ko’ra masala tuzish ko’nikma-malakalari tarkib tоpgach, o’quvchi ko’z o’ngida bo’lmagan narsa –prеdmеtlarga ko’ra (sujetli) masala tuzish tоpshiriqlari ustida ishlash maqsadga muvоfiq bo’ladi. Bu davrga kеlib o’quvchilarda rasmlarga, narsa–prеdmеtlarga ko’ra masala tuzish ko’nikmasi tarkib tоpgan bo’ladi. O’quvchi оngida shu narsa–prеdmеt yoki rasmlar tasviri tasvirlanib qоlgan bo’ladi. O’quvchi o’zi ko’rgan narsa-prеdmеtlar yoki rasmlarni qayta хоtirada tiklab, masala tuza оlish imkоniyatiga ega bo’ladi. SHuning uchun bu davrda o’qituvchi o’quvchiga prеdmеt rasmini ko’rsatmay, prеdmеt nоmini aytib, (masalan, «daraхt» yoki «nоk») masala tuzishni so’raydi. O’quvchi taхminan quyidagi masalani tuzishi mumkin: «Daraхtda 5 ta nоk bоr. 2 ta nоk uzib оlindi. Daraхtda nеchta nоk qоldi?»

Masalada bеrilgan ifоdalarni sharhlashga dоir tоpshiriqlar.

Bunday tоpshiriqlar bоshlang’ich sinf matеmatika darsliklarida o’z ifоdasini tоpgan. Bunday tоpshiriqlarning ko’rinishiga e’tibоr bеrsak, ular matnli masala ko’rinishida bo’lib, bеrilganlar kеltiriladi, masalaga savоl qo’yilmaydi. Savоl o’rniga bir nеcha хildagi sоnli ifоdalar kеltirilib, har bir ifоdada nimani tоpishni talab qilinishi so’raladi. Har bir ifоdani o’quvchi sharhlar ekan, ifоdadagi har bir sоn va bu sоnlar ustidagi amallar nimani ifоdalashini оngli bilish talab qilinadi.

Chizmalar bo’yicha masalalar tuzish.

Bunday tоpshiriqlar o’quvchilarni turli mazmundagi masalalar tuzishga da’vat etadi. Tоpshiriq, asоsan,chizmada bеrilgan bo’ladi. Masala nima haqida ekanligi o’quvchiga havоla etiladi.

«Chizmalar bo’yicha masalalar tuzing va uni еching»

Shunday savоl tоpingki, masala bitta amal bilan yеchilsin.

Bunday tоpshiriqning afzalligi shundaki, u o’quvchilarning mantiqiy tafakkurini o’stiradi. O’quvchi chizmaga ko’ra masala tuzish bilan birga masala savоlini shunday tоpishi kеrakki, masala bir amal bilan yoki ikki amal bilan yеchilsin. Ijоdiy mazmundagi bunday tоpshiriqlardan darsda fоydalanish o’quvchi ijоdkоrligini оshirishga хizmat qiladi. 4-sinfda matеmatikadan masala tuzish va uni o’zgartirishga dоir tоpshiriqlarni quyidagi kеtma-kеtlikda bеrish maqsadga muvоfiq.

Tajribalar natijasi shuni ko’rsatadiki, ko’pgina 4-sinf o’quvchilari mustaqil masala tuzish tоpshirig’ini bajarishda qiynalishadi. Bunga sabab 4-sinfgacha masala tuzish va uni o’zgartirishga оid tоpshiriqlar ustida ishlashning tizimli yondashilmaganligi va 4-sinf o’quv dasturi va darsligida bunday tоpshiriqlar salmоg’ining nihоyatda оzligidir. 4-sinf o’quvchisida mustaqil fikr kiritish ko’nikmasi shakllanib, o’quv tоpshiriqlari, ayniqsa, ijоdiy mazmundagi tоpshiriqlar ustida mustaqil fikr yuritib, o’zining munоsabatini ayta оlishi kеrak. SHu sababli masala tuzish va uni o’zgartirishga оid I-III sinflarda bajariladigan tоpshiriq ko’rinishlarini IV sinfda ko’rib chiqishni davоm ettirish lоzim.

  1. Birоrta jismning massasi, sоni, umumiy massa оrasidagi bоg’lanishni ifоdalоvchi jadval ma’lumоtlari bo’yicha masala tuzish.
  2. Birоrta prеdmеt yoki narsa bahоsi, sоni va jami puli оrasidagi bоg’lanishni ifоdalоvchi jadval ma’lumоtlariga ko’ra masala tuzish.
  3. Tеzlik, vaqt, masоfa оrasidagi bоg’lanishni ifоdalоvchi jadval ma’lumоtlari bo’yicha masala tuzish.
  4. To’g’ri to’rtburchak bo’yi, eni va yuzi оrasidagi bоg’lanishni ifоdalоvchi jadval ma’lumоtlari bo’yicha masala tuzish.

4-sinf o’quvchilari tоmоnidan masalalar tuzish bоrasida yangi bir ko’rinishdagi: tеnglamalar tuzib, ularga mоs masalalar tuzish tоpshiriqlari o’quvchilarga qiziqish baхsh etadi.

Shunday qilib, muntazam ravishda masalalar tuzish va uni o’zgartirishga оid tоpshiriqlar ustida tizimli ish оlib bоrilsa, o’quvchining mustaqil fikrlashi o’sib, ijоdiy faоliyati rivоjlanadi, nutqi ravоn bo’lib, o’z fikrini erkin bayon qilish layoqati tarbiyalanadi.

2.2. 4-sinf matematika darsligidagi arifmetik materiallar ustida ijodiy ishlash va ularni tahlil qilish

Boshlang‘ich matematika kursining asosiy materiali natural sonlar va asosiy kattaliklar, matematikasidir. Butun boshlang‘ich ta‘lim davomida bolalarda natural son va arifmetik amallar haqidagi tushunchalarni shakllantirish ishlari olib boriladi. Boshidanoq bu ish tushunchalarni amaliy qo‘llanishining turli usullarini qarab chiqish bilan, bolalarning sonlarni ba‘zi xossalarini, o‘nli sanoq sistemasini, arifmetik amallarni va ularga asoslangan hisoblash usullarini o‘zlashtirishiga yo‘naltirilgan ish bilan o‘zaro bog‘liq holda amalga oshiriladi. Bu ishning natijasida bolalar dasturga kiritilgan nazariy xarakterdagi masalalarni ham, o‘rganilgan nazariy masalalarni ham amaliy va o‘quv masalalarini hal qilishga tatbiq etish malakalarini ongli va mustahkam egallashlari hamda og‘zaki va yozma hisoblashlarni bajarishlari ham kerak. Bunda nazariya va amaliyot dasturning arifmetik qismi ustida ishlash davomida birgalikda va bir-biri bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Umumiy maktab ishida dasturni aynan shu muhim talabi ko‘pincha buzilishini ko‘rsatadi.

  1. 11-bet. 48-masala. Bochkada 85 l suv bor edi. Unga yana suv quyilgandan

Jami bo’ldi – 192 l

1)192-85= 107 Javob: 107 litr quyilgan

2. 17-bet. 70-masala. 4 ta yuzlik va 8 ta birlik; 4 ta yuz minglik va 8 ta minglik; 3 ta yuzlik va 9 ta birlik; 3 ta yuz minglik va 9 ta o‘n minglikdan iborat sonlarni o‘qing va yozing.

1) 4 ta yuzlik va 8 ta birlik = 408;

2) 4 ta yuz minglik va 8 ta minglik = 408000;

3) 3 ta yuzlik va 9 ta birlik = 309;

3. 25-bet. 107-masala. . Bir qop shakarning massasi 50 kg. Do‘konda tushlikkacha 3 qop va tushlikdan keyin shunday 5 qop shakar sotildi. Shu kuni hammasi bo‘lib
necha kilogramm shakar sotilgan?

1 qop shakar – 50kg;

Tushlikkacha sotildi – 3 qop;

Tushlikdan keyin sotildi – 5 qop;

Jami sotildi – ? kg.

  1. 3+5=8
  1. 8*50=400

4. 38-bet. 160-misol . Qavslarni shunday qo‘yingki, natijada to‘g‘ri
tengliklar hosil bo‘lsin:
100 – 24 : 2 = 38 300 + 20 · 3 : 10 = 36
360 : 6 + 3 = 40 420 : 10 – 4 : 2 = 35
32 · 2 – 2 = 0 4 · 120 – 120 : 6 = 0

  1. ( 100 – 24 ) : 2 = 38
  2. 360 : ( 6 + 3 ) = 40
  3. 32 * ( 2 – 2 ) = 0
  4. ( 300 + 20 * 3 ) : 10 = 36
  5. 420 : ( 10 – 2 ) : 2 = 35
  6. 4 * ( 120 – 120 ) : 6 = 0

Bir kunda 5 ta tovuqqa 15 g bo‘r beriladi. 27 ta tovuqqa qancha bo‘r berish kerak?

5 ta tovuqqa – 15 g;

27 ta tovuqqa – ? g.

Dastlab 1 ta tovuqqa qancha bo‘r berilishini topamiz:

  1. 15 : 5 = 3
  1. 27 *3 = 81

6. 51-bet. 218-masala.

Traktor bakida 60 l yonilg‘i bor edi. Traktor bir soatda 6 l yonilg‘i sarflaydi. Agar traktorda 24 l yonilg‘i qolgan bo‘lsa, u necha soat ishlagan?

Jami bor edi – 60 l;

Bir soatda sarflaydi – 6 l;

Necha soat ishlagan ?

  1. 60 – 24 = 36
  1. 36 : 6 = 6

7. 65-bet. 286- masala.

Yengil avtomobil yo‘lda 4 soat bo‘ldi va 240 km masofani bosib o‘tdi. Yuk mashinasi yo‘lda 3 soat bo‘ldi va 120 km masofani bosib o‘tdi. Yengil avtomobilning tezligi yuk mashinasining tezligidan qancha ortiq?

Yengil avtomobil:

Bosib o’tdi – 240 km;

Ketgan vaqt – 4 soat.

Yuk mashinasi:

Bosib o’tdi – 120 km;

Ketgan vaqt – 3 soat.

  1. 240 : 4 = 60
  1. 120 : 3 = 40
  1. 60 – 40 = 20

8. 105- bet. 452-misol.

1) (48 096 : 8 + 204) 7 = (6012 + 204) *7 = 6216 * 7 = 43512;

2) 450 918 : (2 + 63 : 9) = 450 918 : ( 2 + 7 ) = 450 918 : 9 = 50102.

9. 120-bet. 526-misol.

  1. 9 25 7 4 = (9*7) * (25*4) = 63*100 = 6300
  2. 16 7 10 5 = (16*7) * (10*5) = 112 * 50 =5600
  3. 45 4 2 5 = (45*4) * (2*5) = 180 * 10 = 1800
  4. 25 8 9 4 = (25*4) * (8*9) = 100 *72 = 7200

Katakchalar o‘rniga >, mosini qo‘ying:
1) 7 km 046 m > 460 m;
2) 32 020 kg = 32 t 020 kg.
2.3. 4-sinf matematika darsligidagi algebraik materiallar ustida ijodiy ishlash va ularni tahlil qilish

Boshlang‘ich matematika kursida o‘quvchilarni o‘zgaruvchi tushunchasini o‘zlashtirishgaasta-sekin tayyorlash masalasi ko‘zda tutiladi.

Bu ish 1 sinfdanoq boshlanadi, unda “darchali” misollar qarab chiqiladi.

Darslikda shu tarzdagi misollar keltirilgan (5+. =7, . +. =4 va hakozo).

Bolalar uchinchi sinfda oddiy tenglamalar bilan ham tanishishadi, unda harf faqat noma‘lum sonni ifodalaydi. Biroq shu sinfning o‘zida bolalar noma‘lum son sifatidagi “x” harfi bilangina tanishmay, bu yerda harf tegishli ifodalarda turli son qiymatlarni qabul qiluvchi o‘zgaruvchi sifatida keladi. Bolalar eng oddiy harfiy ifodalarning ma‘nosini tushuna bilishlari, ularga kirgan harflarning berilgan son qiymatlarida, ularga kirgan harflarning berilgan son qiymatlarida ifodalarning qiymatlarini topa olishlari, o‘zgaruvchining qanday qiymatlarida 3+a>7 tengsizlik to‘g‘ri bo‘lishlarini bilishlari kerak.

Endi 2-sinf matematika darsligidagi algebraik mazmundagi masalalardan ko‘rib chiqamiz. 1. 5-bet. 14-misol.

Har bir tengsizlikda a harfining qiymatini shunday tanlangki, tengsizlik to‘g‘ri bo‘lsin:
200 – a > 198 a · 9 a : 8 > 9

  1. 200 – a >198 tengsizlik a=0 va a=1 da o’rinli bo’ladi;
  2. a*9
  3. a : 8 > 9 tengsizlik esa a=80, a=88, a=160 kabilarda o’rinli bo’ladi.
    1. bet. 104-misol.
    1. 7 yuzl. = 70 o‘nl. = 700 birl.
    2. 3 mingl. = 30 yuzl. = 300 o‘nl. = 3000 birl.
    3. 25 mingl. = 250 yuzl. = 2500 o‘nl. = 25000 birl.

    3. 120-bet. 528-misol.

    Agar a = 6 412 va b = 4 bo‘lsa, a b va a : b ifodalarning qiymatini toping.
    1)
    a*b = 6412*4 = 25648;

    2) a : b = 6412 : 4 = 1603.

    4. 136-bet. 611- misol.

    Bo‘sh kataklarni to‘ldiring:
    1) 4 km 060 m = 4060 m; 2) 1 soat 40 min = 100 min;
    3) 8 t 9 sr = 809 sr; 4) 374 sm = 3m 74 sm.

    5. 142-bet. 632-misol.

    Quyidagi jumlalarni tenglama shaklida yozing va bu tenglamalarni yeching:
    a) 4 907 soni x dan 1 425 ga ko‘p.

    b) x soni 1 562 dan 837 ga ko‘p.

    d) c soni 3 004 dan 68 ga kam.

    e) 5 007 soni k dan 2 001 ga kam .

    1. x+1425=4907 b) x – 837 = 1562

    d) c + 68 = 3004 e) k – 2001 = 5007

    c = 3004 + 68 k = 5007 + 2001

    c = 3072 k = 7008

    6. 162-bet. 726- misol.

    Jadvalni to‘ldiring:

    a 408 1080 1632 2592
    a * 32 13056 34560 52224 82944
    a : 24 17 45 68 108

    7. 182-bet. 6-misol

    Tenglamalarni yeching:
    1) 24 · x = 7 320 2) x + 548 = 725

    x = 7320:24 x = 725 – 548

    8. 159-bet. 711-misol.

    1) x : 12 = 2 040 2) 174 : x = 29 3) 36•x = 3 600

    x = 2040 : 12 x = 174 : 29 x = 3600 : 36 x = 170 x = 6 x = 100

      1. Yashikda -x kg
      2. Yashikda – 28 kg
      3. Yashikda – 24 kg

      Tenglamadagi no’malumni topish uchun yig’indidan ikkinchi va uchinchi qo’shiluvchilarni ketma-ket ayirish yetarli.

      10. Fermer umumiy massasi 1 828 kg bo‘lgan ikkita bir xil sigir va to‘rtta bir xil novvos sotdi. Bitta sigirning massasi 286 kg. Bitta novvosning massasi qancha?

      Umumiy massa – 1828 kg;

      Sotildi – 2ta sigir, 4ta novvos;

      Bitta sigir – 286 kg.

      Bitta novvos – x kg.

      Bu masalani yechish uchun quyidagi tenglamani yechish zarur:

      x = 314 Javob: Bitta novvos 314 kilogramm.

      2.4. 4-sinf matematika darsligidagi geometrik materiallar ustida ijodiy ishlash va ularni tahlil qilish

      Geometrik material dasturda mustaqil bo‘lim sifatida o‘qitish jarayonida ajratib ko‘rsatilmaydi. Geometrik mazmunli masalalarni imkon bo‘lgan vaqtda, kursning boshqa masalalari bilan imkon bo‘lgan vaqtda, kursning boshqa masalalari bilan yaqin aloqada doim qarab chiqiladi.

      Geometrik material bilan tanishishda o‘lchashlarga ancha katta o‘rin beriladi,bolalar kesmaning uzunligini (1 sinf), berilgan ko‘pburchakning perimetrini (2 sinf), to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini (4 sinf) topishni bilishlari kerak.

      Geometrik mazmunli masalalar asosan qog‘oz varag‘ini bukish, figuralarni chizish va hakozolar bilan bog‘liq amaliy ishlar asosida qarab chiqiladi. Dasturda bolalar qachon chizg‘ichdan foydalanishni o‘rganishlari vaqti ko‘rsatilgan, ular qanday sodda mashqlar va o‘lchashlar bajarishlari kerakligi ko‘rsatilgan. Bular berilgan uzunlikda kesma chizish va o‘lchov chizig‘i yordamida kesmalarni o‘lchash, keyin qog‘ozga to‘g‘ri to‘rtburchak yasash, chiziqsiz qog‘ozda chizmachilik uchburchagi yordamida to‘g‘ri burchak va to‘g‘ri to‘rtburchaklarni yasashni o‘rganishdir.

      Endi 4-sinf matematika darsligidagi geometrik mazmundagi masalalardan ko‘rib chiqamiz.

      1. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi maydoncha atrofini simto‘r bilan o‘rab olish kerak. Agar maydonchaning bo‘yi 8 m, eni 7 m bo‘lsa, necha metr simto‘r kerak bo‘ladi?

      Maydonnng bo’yi – 8 m;

      Maydonning eni – 7 m;

      Maydonni o’rash uchun – ? m simto’r.

      1. 7+8=15
      2. 15*2=30 Javob: 30 metr simto’r.

      Dastlab 6 sm li chizma chizamiz:

      Endi undan 2 sm qisqa kesmani topamiz.

      4sm li chizma chizamiz:

      Таълим / Образование

      Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади.

      Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 1-синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин.

      1 синф учун дарсликлар тўплами

      Сўнгги йилларда чоп этилган дарсликлар

      Ўзбек тилида На русском
      Алифбе Букварь
      Ёзув дафтари Пропись
      Ўқиш саводхонлиги Читательная грамотность (1 часть)
      Читательная грамотность (2 часть)
      Математика Математика
      Математика (Машқ дафтари) Математика (Рабочая тетрадь)
      Табиий фанлар Естествознание
      Табиий фанлар (Машқ дафтари) Естествознание (Рабочая тетрадь)
      Инглиз тили Английский язык
      Немис тили Немецкий язык
      Немис тили (Машқ дафтари) Немецкий язык (Рабочая тетрадь)
      Француз тили Французский язык
      Тасвирий санъат Изобразительное искусство
      Мусиқа Музыка
      Технология Технология
      Тарбия (Ўқитувчи китоби) Воспитание
      Алифбе Азбука
      Атрофимиздаги олам Окружающий нас мир
      Инглиз тили Английский язык
      Француз тили Тетрадь по французскому языку
      Жисмоний тарбия Физическое воспитание
      Математика Математика
      Математика дафтари Тетрадь по математике
      Мусиқа Музыка
      Немис тили Немецкий язык
      Нутқ ўстириш Развитие речи
      Одобнома Этика
      Ўқиш Чтение
      Она тили Русский язык
      Тасвирий санъат Изобразительное искусство
      Технология Технология
      Ёзув дафтари Пропись

      1-sinf Matematika fanidan to’garak konspekt 2022-2023

      Mazkur sahifada 1-sinf Matematika fanidan to’garak konspekt 2022-2023 faylni pastroqda Download tugmasi orqali ko’chirib olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu material DOCX formatda bo’lib, 16.89 MB hajmga ega. Materiallar doimiy tarzda yangilanib boriladi. Fayl yangilanganda, bu haqida fayl versiyasi o’zgarganidan bilib olishingiz mumkin.

      Bo’lim: Konspektlar
      Versiya: 3
      Hajmi: 16.89 MB
      Fayl turi: application/msword
      Ko’rishlar: 871 marotaba
      Ko’chirishlar: 283 marotaba
      Yuklovchi: Ustoz
      Yaratilgan: 05-09-2022
      Yangilangan: 05-09-2022
      Teglar: 2022-2023

      Fayl hajmi: 16.89 MB

      Sifat bizning ustunligimiz! 1-sinf matematika fanidan to’garak konspekt 2022-2023 faylni onlayn, mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tmasdan, reklama kutmasdan va to’g’ridan-to’g’ri havola orqali yuklab oling. Shuningdek konspektlar bo’limida joylashgan boshqa materiallarni ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun bo’lim ismi ustiga bosing.

      Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein

      Matematika

      Matematika orqali sonlar olamini kashf etasiz.
      Ushbu bosqichda siz bir va ikki xonali sonlar bilan tanishasiz. Ularning tarkibini o‘rganasiz va xona birliklariga ajratishni bilib olasiz. Arifmetik amallarni bajarishni mukammal o‘rgangan ko‘nikmalaringiz orqali atrofingizdagi narsalarni kuzatib, ularning geometrik shakllarini topishni o‘rganasiz.

      Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rish:

      Mundarija

      1 bo’lim I chorak (yaqin orada)

      Narsalarning to‘plamlari

      Narsalarning o‘zaro joylashuvi (ustida, ostida, ichida, orasida)

      Narsalarning o‘zaro joylashuvi (yuqorida, pastda, oldida, orqasida)

      Narsalarning o‘zaro joylashuvi (o‘ngda, chapda)

      Narsalarni taqqoslash (uzun-qisqa, keng-tor, baland-past, uzunroq-qisqaroq, balandroq-pastroq, kengroq)

      Narsalarni taqqoslash (yo‘g‘on-ingichka, qalin-yupqa, qalinroq, yoʻgʻonroq, ingichkaroq)

      Narsalarni taqqoslash (og‘ir-yengil, og‘irroq-yengilroq)

      Narsalarni taqqoslash (rangi, shakli bo‘yicha)

      Narsalarni xossalari bo‘yicha to‘plamlarga ajratish