Press "Enter" to skip to content

1 sinf multimedia darslari

Agar siz .docx formatlarda yuklab olsangiz, Tasviriy san’at fani bo’yicha taqvim-mavzu rejalariga o’zgartirish kiritilganda dars ishlanmalarni ham o’zgartirishingiz mumkin.

Tasviriy san’at fanidan yillik dars ishlanmalar to’plami (1-4-sinf uchun)

Tasviriy san’at fanidan yillik dars ishlanmalar to’plami (1-4-sinf uchun)

On 04.05.2017 By shuhrat In Dars ishlanmalar, O’QITUVCHILARGA 3 fikrlar

Tasviriy san’at fanidan 1-sinf uchun dars ishlanmalar to’plami

Saytimizda chizmachilik fanidan «Eng dars ishlanma-2016» ko’rik-tanlovining Respublika bosqichida faxrli 1-o’rinni olgan maktabimizning Tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi Lutfullayev Azizbek tomonidan tayyorlangan namunaviy dars ishlanmalarni sizlarga taqdim etmoqdamiz. Tasviriy san’at fanidan 1 – sinflar uchun dars ishlanmalarini .jpg formatda yoki .doc, .docx formatlarda yuklab olishingiz mumkin. Dars ishlanmalar «Dars muqaddas» tavsiyasi asosida tayyorlangan bo’lib, kichik hajmda, sodda va tushunarli qilib tuzilgan.

Agar siz .docx formatlarda yuklab olsangiz, Tasviriy san’at fani bo’yicha taqvim-mavzu rejalariga o’zgartirish kiritilganda dars ishlanmalarni ham o’zgartirishingiz mumkin.

1-sinf TASVIRIY SAN’AT fanidan yillik dars ishlanmalarni quyidagi https://t.me/shuhratbekuz kanalidan Yuklab olishingiz mumkin.

Telegram orqali bog’laning: +99894-918-02-27

Tasviriy san’at fanidan 2-sinf uchun dars ishlanmalar to’plami

Saytimizda chizmachilik fanidan «Eng dars ishlanma-2016» ko’rik-tanlovining Respublika bosqichida faxrli 1-o’rinni olgan maktabimizning Tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi Lutfullayev Azizbek tomonidan tayyorlangan namunaviy dars ishlanmalarni sizlarga taqdim etmoqdamiz. Tasviriy san’at fanidan 2 – sinflar uchun dars ishlanmalarini .jpg formatda yoki .doc, .docx formatlarda yuklab olishingiz mumkin. Dars ishlanmalar «Dars muqaddas» tavsiyasi asosida tayyorlangan bo’lib, kichik hajmda, sodda va tushunarli qilib tuzilgan.

Agar siz .docx formatlarda yuklab olsangiz, Tasviriy san’at fani bo’yicha taqvim-mavzu rejalariga o’zgartirish kiritilganda dars ishlanmalarni ham o’zgartirishingiz mumkin.

2-sinf TASVIRIY SAN’AT fanidan yillik dars ishlanmalarni quyidagi https://t.me/shuhratbekuz kanalidan Yuklab olishingiz mumkin.

Telegram orqali bog’laning: +99894-918-02-27

Tasviriy san’at fanidan 3-sinf uchun dars ishlanmalar to’plami

Saytimizda chizmachilik fanidan «Eng dars ishlanma-2016» ko’rik-tanlovining Respublika bosqichida faxrli 1-o’rinni olgan maktabimizning Tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi Lutfullayev Azizbek tomonidan tayyorlangan namunaviy dars ishlanmalarni sizlarga taqdim etmoqdamiz. Tasviriy san’at fanidan 3 – sinflar uchun dars ishlanmalarini .jpg formatda yoki .doc, .docx formatlarda yuklab olishingiz mumkin. Dars ishlanmalar «Dars muqaddas» tavsiyasi asosida tayyorlangan bo’lib, kichik hajmda, sodda va tushunarli qilib tuzilgan.

Agar siz .docx formatlarda yuklab olsangiz, Tasviriy san’at fani bo’yicha taqvim-mavzu rejalariga o’zgartirish kiritilganda dars ishlanmalarni ham o’zgartirishingiz mumkin.

3-sinf TASVIRIY SAN’AT fanidan yillik dars ishlanmalarni quyidagi https://t.me/shuhratbekuz kanalidan Yuklab olishingiz mumkin.

Telegram orqali bog’laning: +99894-918-02-27

Yuklab olishda muammo bo’lsa, Telegram orqali bog’laning: +99894-918-02-27

Eslatib o’tamiz: Yuklab olingan dars ishlanmalarga o’zingiz ham o’zgartirishlar kiritib yanada boyitsangiz maqsadga muvofiq bo’ladi.

Dars ishlanmalardagi ma’lumotlarni boshqa saytlarda chop etishingiz, yoki dars ishlanmalarni uchinchi shaxslarga berishingiz ta’qiqlanadi.

Mualliflik huquqi bilan himoyalangan

“Tarbiya” faniga oid videodarslar

1-sinf “Tarbiya” darsligini o`qitish “Tarbiya” darslari maktabda qanday oʻtiladi?

27 Dekabr 2020

Учебник для 1-го класса “Воспитание” | Как преподаются уроки “Воспитания” в школе?

28 Dekabr 2020

2-sinf “Tarbiya” darsligini o`qitish | “Tarbiya” darslari maktabda qanday oʻtiladi?

28 Dekabr 2020

Учебник для 2-го класса “Воспитание” || Как преподаются уроки “Воспитания” в школе?

28 Dekabr 2020

3-sinf “Tarbiya” darsligini o`qitish | “Tarbiya” darslari maktabda qanday oʻtiladi?

28 Dekabr 2020

Учебник для 3-го класса “Воспитание” || Как преподаются уроки “Воспитания” в школе?

28 Dekabr 2020

4-sinf “Tarbiya” darsligini o`qitish | “Tarbiya” darslari maktabda qanday oʻtiladi?

28 Dekabr 2020

Учебник для 4-го класса “Воспитание” || Как преподаются уроки “Воспитания” в школе?

28 Dekabr 2020

5-sinf “Tarbiya” darsligini o`qitish || “Tarbiya” darslari maktabda qanday oʻtiladi?

28 Dekabr 2020

Учебник для 5-го класса “Воспитание” || Как преподаются уроки “Воспитания” в школе?

28 Dekabr 2020

6-sinf “Tarbiya” darsligini o`qitish | “Tarbiya” darslari maktabda qanday oʻtiladi?

28 Dekabr 2020

Учебник для 6-го класса “Воспитание” || Как преподаются уроки “Воспитания” в школе?

28 Dekabr 2020

7-sinf “Tarbiya” darsligini o`qitish | “Tarbiya” darslari maktabda qanday oʻtiladi?

28 Dekabr 2020

Учебник для 7-го класса “Воспитание | Как преподаются уроки “Воспитания” в школе?

28 Dekabr 2020

8-sinf “Tarbiya” darsligini o`qitish | “Tarbiya” darslari maktabda qanday oʻtiladi?

28 Dekabr 2020

Учебник для 8-го класса “Воспитание” | Как преподаются уроки “Воспитания” в школе?

28 Dekabr 2020

9-sinf “Tarbiya” darsligini o`qitish | “Tarbiya” darslari maktabda qanday oʻtiladi?

28 Dekabr 2020

Учебник для 9-го класса “Воспитание” | Как преподаются уроки “Воспитания” в школе?

“Tarbiya” fani haqida

“Tarbiya” fani “Tarbiya” fani konsepsiyasi Me’yoriy huquqiy hujjatlar

O’qituvchilar uchun

Davlat ta’lim standardi O’quv dasturlari Metodik yordam Taqvim-rejalar “Tarbiya” fanini o’qitish texnologiyasi “Tarbiya” faniga oid videodarslar Infografikalar Eng ko’p so’raladigan savollar

O’quvchilar uchun resurslar

Darsliklar Videoroliklar Muvaffaqiyatga erishganlar Ibratli hikoyalar Hikmatli so’zlar Tavsiya etiladigan adabiyotlar

Ota-onalar uchun resurslar

Farzand tarbiyasiga oid tavsiyalar Farzand tarbiyasiga oid videoroliklar

Barcha huquqlar himoyalangan. 2023

Multimediali darslarni tashkil etish

1)AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VOSITASIDA TA`LIM JARAYONINI TASHKIL ETISH.

MULTIMEDIALI DARSLARNI TASHKIL ETISH.

3)TA’LIMDA ZAMONAVIY AXBOROT VOSITALARINING O’RNI.

4) TA’LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY AXBOROT

5)AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING INTEGRATSIYASI.

Virtual laboratoriya mashg’ulotlarining imkoniyatlari. Virtual laboratoriyalarni yaratishning maqsadlaridan biri-o’rganish jarayonini har tomonlama to’liq vizuallashtirish, asosiy vazifalardan biri-o’quvchini jarayonining mazmun-mohiyati to’liq idrok etish va tushunishdir. Virtual laboratoriyaningvazifalari:

-ko’rgazmali illustratsiya va o’rganiladigan qonunlarning to’g’riligini isbotlash;

-o’tkaziladigan tajriba (eksperiment)larning mutlaqo xavfsizligi hamda

Sinfda havoning tozaligini ta’minlash;

-tajribalarni yakka tartibda bajarish imkoniyati, bu esa ta’lim oluvchilar

mustaqilligining, ularning konstruktorlik qobiliyati va texnik uddaburonligining

rivojlanishiga ta’sir o’tkazmay qolmaydi;

-dars vaqtida virtual laboratoriya ishlarini bajarish nazariy hamda amaliy

mashg’ulotlar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etadi, bu o’qitish sifat va,

samaradorligi o’quvchilarning mustaqil bilish faolligi ortishiga ko’maklashadi;

-virtual axborot-ta’lim laboratoriyasi tadqiqotchilik harakteridagi

tadqiqotlarni o’tkazish uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi,ma’lum metodik

jihatdan asoslangan vaziyatlarda ulardan real laboratoriya qurilmalariga qo’shimcha

sifatida foydalanish mumkin;

-kompyuterdagi laboratoriya nostandart va muammoli vaziyatlarda

o’quvchilarning subektiv tajribasini ta’minlaydi.

-ta’lim muassasasi o’quv jarayoniga ochiq dasturiy mahsulotlar va

axborot texnologiyalarini joriy qilish;

-seminar mashg’ulotlari doirasida amaliy topshiriqlarni bajarish;

-malaka oshirish bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazish.

Virtual laboratoriyalarningimkoniyatlari: qimmat laboratoriya asboblarini

sotib olishga ehtiyojning yo’qligi.

; Virtual jarayonni boshqarish kompyutеrning zimmasiga tushishini hisobga

olib, kiritilayotgan paramеtrlarni o’zgartirib, tajribalar sеriyasini o’tkazish

imkoniyati mavjudligi; o’tkazilayotgan laboratoriya tajribasini vaqtning

boshqa masshtablarida kuzatish mumkinligi. Bundan tashqari, virtual axborot-ta’lim

laboratoriyasi sharoitida o’quv modеllashtirish orqali bilimning yangi

sohalarini o’rganishda o’quvchilarning atrof olamdagi hodisalarni bilishga oid mustaqil

faolligi ortadi, hayotiy faoliyati davomida yuzaga kеladigan muammolarning yеchimi,

variantlarini mustaqil topish malakasi, olingan bilimlarni amaliyotda

Dеmak, o’quvchilarning mustaqilligini rivojlantirishga ko’maklashadigan

virtual laboratoriyalardan foydalanish, elеktron ta’limiy kompyutеr

mahsulotin ijoriy qilishda muvaffaqiyatning uzviy qismi sanaladi. Topshiriqlarning

elеktron shaklda: audio, vidеo, animatsiyalarni qo’llagan holda bеrilishi talabalarda

kuchli qiziqish uyg’otadi. Laboratoriya topshiriqlari natijalarining avtomatik

tarzda jamlanishi, o’qituvchiga yеngillik yaratadi. Laboratoriya mashg’uloti

topshiriqlarining talabalar tomonidan qayta takroriy bajarilishi asosida ko’nikma va malakalarningtarkib topish jarayoni jadallashadi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimediya vositalarini mashg’ulotlarda qo’llash

afzalliklari asosida bolalarga kompyuter texnalogiyasini o’rgatish, bolada

-har bir mavzu bo’yicha dinamik ko’rinishda aks etuvchi jarayonlarning animatsiyalarinitasavvur qilish.

O’qituvchilar komp’yuter texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lish

bilan birga quyidagilarni amaliyotda qo’llay olishi lozim:

Yangi o’quv materiallarini tushuntirishda kompyuterning namoyish imkoniyatlaridan

-internet, o’rgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturiy mahusulotlar asosida darslarni

-darsga metodik tayyorlanish, qo’shimcha axborotlarni izlash va tizimlashtirish,

-kompyuter texnologiyalari asosida o’quv jarayonini tashkil etish va boshqarishda

foydalanish malakalari. Elektron taqdimot darsda slaydlardan ko’rgazmali material sifatida foydalanish o’qituvchi uchun keng imkoniyat yaratadi. O’quv materialining elektron taqdimotida animatsiyalar asosida o’tilayotgan materialning berilishi mavzuni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishini yengillashtiradi va ko’rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o’quvchilarga tarqatma material sifatida ham berish mumkin. Slaydlarga o’quvchilar o’zlarini munosabatini bildirishi,uni tahlil qilishi mumkin.

Bu orqali o’quvchilar quyidagi malakalarga ega bo’ladilar:

-grafika axborotlarni matn shakliga keltirish yoki aksincha;

-muhokama etilayotgan mavzu bo’yicha xulosalar va savollarni shakllantirish;

-o’zining o’quv- biluv faoliyatini rejalashtirish;

Boshlang’ich ta’lim o’quv darslarida axborot majmui-ma’lumotnomalar,

entsiklopediyalar, virtual kutubxonalar, geografik xaritalar, rasmlar, chizmalar,

animatsiyalar,matnlar, tasviriy axborotning statistik va dinamik ifodalari, ovozli obrazlar (yozilgan ovoz,musiqa va boshqalar) foydalanish mumkin.

Bugungi kun o’qituvchilariga qo’yilayotgan talab,dars jarayonida axborot

texnologiyalarni qo’llay olishi,o’quvchilarni kompyuterdan erkin

foydalanishga,zamonaviybilimlarni puxta egallashga,ma’nan yetuk shaxs bo’lib yetishiga o’rgatishdan iborat.

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA

MULTIMEDIALI DARSLARNI TASHKIL ETISH
Boshlang’ich ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar, shu jumladan, axborot

texnologiyalari bilim olish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. Axborot

texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o’tkazish metodlariga ko’ra o’quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga

yaqinroq bo’ladi. O’quvchilarning o’quv materiallarini o’zlashtirishga bo’lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo’zg’atish asosida maqsadga erishish motivasiya bo’lib, bu o’qituvchi vao’quvchilarning o’zaro ichki yaqinlashuvidir.

Axborot kommunikatsion texnologiyalar – bu bilim, dalil va qonunlarni taqdim

etishda barcha imkoniyatlarni o’zida jamlab olgan usul va metodlar demakdir. Har qanday texnologiya- bu axborot texnologiyalari bo’lib, uning negizini ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash tashkil etadi.

Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quv texnologiyasining bevosita yetkazuvchisi sifatida,

yangiliklardan boxabar bo’lgani holda, dars jarayonini qiziqarli olib borishi lozim.

.Boshlang’ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanish o’quvchilarning

kayfiyati,qiziqishlari, hayot tarzi, dunyoqarashi, tafakkuri, aqliy va kasbiy ko’nikmalarini namoyon qiladi.Internet texnologiyalarining kirib kelishi o’quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko’nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar beradi, ta’limning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining asosiy talablaridan biri axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng tatbiq etib, o’quvchilarni mustaqil bilim olishga, erkin fikrlashga o’rgatishdan iboratdir.

Boshlang’ich ta’lim jarayonida multimediyadan foydalanish o’qituvchiga:

– darsni zamonaviy tarzda modellashtirish;

– bilimlarni chuqurlashtirish uchun qo’shimcha ma’lumot va axborotlarga ega bo’lish;

– nazariy va mustaqil ishlashni tayyorlash imkonini beradi.

Boshlang’ich ta’lim jarayonida multimediyadan foydalanish o’quvchilarga:

– fanga qiziqish uyg’otish, o’z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash;

– ensiklopedik ko’rinishdagi axborotlarni tezkor olish;

– mavzuni o’rganishda o’zi uchun qulay bo’lgan tezlik va o’zlashtirish darajasini

– zamonaviy axborot – kommunikatsion texnologiyalarga jalb qilish, uni egallash va

unga doimiy ishlashga bo’lgan ehtiyojni shakllantirish imkoniyatlarni beradi.

Multimedia – bu obyekt va jarayonlarni an’anaviy matn shaklida emas, balki fotorasm,video, chizma, animatsiya, ovoz yordamida namoyish qilishdir

Multimediali darslar quyidagi didaktik masalalarni hal qilishga yordam beradi:

– fan bo’yicha asosiy bilimlarni o’zlashtirish;

– o’zlashtirilgan bilimlar izchilligini ta’minlash;

-o’z – o’zini nazorat ko’nikmasini shakllantirish;

– bilim olishga bo’lgan ehtiyojini rivojlantirish;

– o’quvchilarni o’quv materiali ustida mustaqil ish olib borishlarida o’quv – metodik

Boshlang’ich sinflarda fanlarni multimedia texnologiyalari asosida o’qitish katta

samara beradi. Buning uchun esa mashg’ulotlarning har bir mavzusi bo’yicha dars

ishlanmalari yaratilishi lozim. Ana shu ishlanma asosida barcha mavzularga oid axborot texnologiyalari vositalari yordamida bayon etilishi lozim bo’lgan nazariy va amaliy materiallarning electron taqdimoti shakli tayyorlanadi. Dars ishlanmalariga taqdimot slaydlar tayyorlanib,videoproyektorlar orqali o’quvchilarga tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Multimediali taqdimot nafaqat matnli va ko’rgazmali balki ovozli, animatsiyali bo’lishi o’quvchilartomonidan mavzuni mukammal o’zlashtirishda katta ahamiyatga ega bo’ladi.

Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishidan

asosiy maqsad – aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo’lgan o’quv

faoliyatlariningyangi turlarini yaratishdir.

Xulosa qilib shuni aytish joyizki, ta’lim-tarbiya jarayonini tubdan isloh qilishdan

ko’zlangan bosh maqsadimiz- barkamol insonni shakllantirish orqali o’z kelajagimizni ta’minlashdan iboratdir. Darhaqiqat, kelajagimiz egalari bo’lmish yosh avlodni tarbiyalash, biz pedagoglardan ma’suliyat talab qiladi. Ayniqsa, kelajak avlodda mustaqil fikrlash, mantiqiy fikr yuritish kabi ko’nikmalarni hosil qilish bugungi kun o’qituvchisining asosiy vazifasidir

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VOSITASIDA TA`LIM JARAYONINI

“Ta`lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ belgilab bergan

vazifalarni amalga oshirish borasida ta`lim tizimida olib borilayotgan islohotlar

natijasida tashkil qilingan va qilinayotgan ta`lim muassasalari zimmasiga har tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalashda ulkan hissa qo’shish topshirilgan.

Ta`lim tizimiga pedagogik va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini olib kirish

bugungi kunning muhim masalalari sirasiga kiradi. Ta`lim-tarbiya jarayoniga

axborot kommunikativ texnologiyalarni joriy etish orqali bir qancha qulayliklar yaratiladi. An`anaviy o’qitish texnologiyalarining kamchiliklari to’g’risida pedagogika

sohasidagi ko’pgina adabiyotlarda ba`zi fikrlar mavjud. Jumladan, V.I.Oneshinko va

M.N.Gendillarning fikricha, hozirgi vaqtda ma`ruza – bu umumlashtiruvchi jarayonni bildirib, bir tomondan o’qituvchining ma`lumotlarini jamlab berishini ta`minlasa, ikkinchi tomondan, talabalarning tushunish va fikrlash jarayonini ifodalaydi. Ma`ruza o’qishda o’qituvchi berilayotgan materialni har xil ko’rinishda (nutqning darajasi, past yoki baland, takrorlash, qo’shimcha namoyish qilish)

bayon qilishi mumkin. Boshqa tomondan, o’qituvchi talabalarga bunga qachon

ehtiyoj tug’ilayotganligini aniq bilmasligi mumkin. Ko’rgazmali qurollardan foydalanib

dars berish ta`limning ko’rgazmali metodlari qatoriga kiradi. Ko’rgazmali qurollarning xarakteri o’quv materiallarini tushunishga muhim ta`sir ko’rsatadi, talaba fikrining mazmuni va tuzilishini belgilaydi. Ta`lim jarayonining pedagogik-psixologik qonuniyatlari shu narsani ko’rsatadiki,o’qish – o’qitishdagi ko’rgazmalar, nafaqat surat vazifasini, shu bilan birga kognitiv (ko’z bilan kuzatiladigan) vazifani bajargan taqdirdagina o’zlashtirish unumdorligi oshadi. Aynan shuning uchun kognitiv grafika- su`niy intellect nazariyasiga asosan murakkab ob`yektlar kompyuter suratchalari ko’rinishida tasvirlanadi. Bunda o’quv materialining tarkibiy tuzilmasi sifatida

rangli ko’rinishdagi kognitiv – grafik o’quv elementlari (rasmlar bloki) xizmat qiladi.

Shuning uchun rasmlar o’quv materialining asosiy bosh elementi hisoblanadi. Bu esa, o’z navbatida birinchidan talabaning ko’rish va fazoviy fikrlash qobilyatini rivojlantiradi, chunki bunda o’rganish jarayoniga miyaning o’ng yarim shari boy imkoniyatlari qo’shiladi, ikkinchidan, o’quv materiali mazmunini o’zida zich joylashtirib, uni ravshan ifoda etuvchi surat (rasm) talabada tizimli bilim shakllanishiga
,yordam beradi. Uchinchidan, kompyuter ekranidagi rangli suratlar, o’quv – axborot materialini talaba tomonidan qabul qilish va eslash samarasini oshiradi hamda talabalarni estetik tarbiyalash vositasi bo’lib xizmat qiladi.

Axborot texnologiyalari vositasida talabaning bilim olishi, fikrlashida, xuddi ikkita

mexanizmdan foydalangandek bo’ladi: ularning biri belgili (simvolli) bo’lsa, ikkinchisi

geometric (algebrik)bo’ladi.Kognitiv grafikaning asosiy vazifasi bilim olish jarayonini faollashtiruvchi fikrlashning simvolli va geometrik mexanizmlarini o’z ichiga olgan, bilim berish-uyg’unlashgan modellarini yaratishdan iboratdir. Grafik axborot miyaning o’ng yarimsharlari imkoniyatlarini faollashtiradi, oliy ma`lumotli mutaxassis uchun zarur bo’lgan tasviriy fikrlash qobilyatini, intuitsiyani rivojlantiradi. Intuitsiyaning eng katta boylik ekanligi ta`kidlanib, A.Eynshteyn shunday degan edi: ”Mening ishonchim komilki, bizning fikrlashimiz asosan belgilar orqali,shu bilan birga biz anglamasdan kechadi”. Shuning bilan birga ko’rgazmali axborotning o’g’zakidan ko’ra ahamiyatliroq va samaraliroq ekanligini ta`kidlash lozim. Odam fiziologiyasi fanining ma`lumotlariga ko’ra, ko’rish analizatorining axborotni o’tkazish qobilyati, eshitish analizatoriga nisbatan juda yuqoridir. Bu esa, o’z navbatida, ko’rish tizimiga inson qabul qiladigan axborotning qariyib 90 foizini yetkazish imkoniyatini beradi. Shu bois ham o’quv

materiali (axborot) qabul qilish va eslashga og’zaki axborotni qabul qilish hamda

eslashga nisbatan kam vaqt sarf qilinadi.

Ta`lim jarayonida ko’rgazmali axborot ishlatilganda talabalarda taassurot hosil

bo’lishi uni og’zaki bayon qilishga nisbatan o’rtacha 5-6 marotaba tezroq kechadi.

Talabaning ko’rgazmali axborotdan ta`sirlanishi, hayratlanishi og’zaki yetkazilgan axborotga nisbatan ancha yuqori bo’lishini ta`kidlash joizdir. Ta`lim- tarbiya jarayonini tashkil etishda, o’quv materialini yetkazishning og’zaki usuliga qayta – qayta takrorlash osonligini va uning aniqligini hisobga olish zarurligini ta`kidlash lozim. Kompyuter texnologiyalari yordamida ta`lim jarayonini rejalashtirishda o’quv materialini talabaga ko’gazmali tarzda uzatishda uning yana bir muhim afzalligini, ya`ni ko’rgazmali axborotda, uning talaba tomonidan qabul qilinishi va eslash samarasi, mazkur axborot ko’rsatilgandan keyin o’tgan muddatning uzoqligiga bog’liq emasligini yodda tutish lozim. Ayni paytda, buni og’zaki axborotni o’zlashtirish uchun aytib bo’lmaydi. Shuning bilan bir qatorda ko’rgazmali metodlarni og’zaki metodlardan ajratib bo’lmaydi, chunki har bir ko’rgazmali qo’llanma tushuntiriladi, tahlil qilinadi, o’rganilayotgan

masalani yorituvchi qo’shimcha yoki asosiy axborot manbai hisoblanadi. Shuning

uchun ta`limning ko’rgazmali metodlari suhbatni ham, ta`rif- u tavsifni ham, hikoyani ham, tushuntirishni ham, mustaqil o’rganishni ham o’z ichiga oladi. Ko’rgazmali

qo’llanmalardan foydalanishda talabaning hissiy obrazlariga, sezgi va idrokiga ko’proq tayanib ish tutish, uning bilish faoliyatiga o’ziga xos struktura baxsh etadi. Talaba obrazli, konkret fikr yuritadi, bu holalarni tushuntirishga o’rganish uchun yaxshi negiz bo’ladi. O’qituvchi avvalo, talabaning ma`lum bir o’quv materialini o’zlashtirishi jarayonida hissiy obraz qanday o’rin egallashini va qanday ahamiyatga molik bo’lishini bilishi kerak. Nazariya qanchalik chuqurlashsa, hissiy idrokdan bilimlar shuncha ko’proq abstraktlashadi.

Talabalarning fikrlash faoliyatini kompyuter texnologiyalari yordamida ko’rgazmali

tashkil qilishda uch asosiy vazifani bajarish lozim. Birinchi vazifa – ko’rgazmali qurol

asosida o’rganilayotgan narsa yoki hodisaning original obrazini yaratish; Ikkinchidan,

ko’rgazmali qurolning o’zi talabalarning muayyan maqsad bilan kuzatishini tashkil etish; uchunchidan, vazifa – nazariy bog’liqlik va mazmuniga mos tushunchalarni hosil qilish yoki o’quv vazifalarini bajarish jarayonida obrazdan mohirona foydalanib, uning mazmunini ifodalovchi harakat kiritish va tushuntirishdir. Bundan ko’rinib turibdiki, kompyuter texnologiyalari yordamida o’quv materiallarini obrazlar yordamida o’quv materiallarini obrazlar ko’rinishida ifodalash orqali ta`lim metodlaridagi: og’zaki tushuntirish, ko’rgazmali va amaliy metodlarga xos xususiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini yaratish mumkin ekan. Ta`lim metodlarining birgalikda bajarilishi talabalarning o’quv materialini o’zlashtirishni oshirish, tushunchalar ko’rinishida fikr mulohaza yuritishi va aqliy o’sishiga zamin yaratadi.

Kompyuter taqdimotini tayyorlashda o’qituvchi mavzuni aniq, qisqa va lo’nda tarzda

berishi, tezislardan foydalanishi, ko’proq uning multimedia xususiyatlari, ya`ni

ranglar, ovoz va suratlardan fodalanishi zarur. Birdaniga, juda ham ko’p mavzuga oid raqamlar va faktlarning berilishi o’quvchilarni charchatish bilan birga, ularni zeriktirishi ham mumkin. O’tilgan mavzuni qaytarish va uyga vazifa berishda ham o’qituvchi slaydlar orqali namuna sifatida yechilgan misollarni ko’rsatishi maqsadga muvofiqdir.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kompyuterning didaktik imkoniyatlarini boshqa

hech qanday texnik vosita bilan taqqoslab bo’lmaydi. Shunday ekan, axborot

texnologiyalari ta`lim jarayonida quydagi vazifalarni yechish imkonini beradi: didaktik-kompyuter dasturlaridan ko’rgazmali qurol sifatida foydalanish, uslubiy-mavzuni tushuntirishda, dars natijalarini tahlil etishda kompyuterni ishlatish usullarini belgilash, tashkiliy-ta`lim jarayonini qisqa vaqt ichida samarali tashkillashtirish, ta`limiy -o’quvchilarda o’tilgan mavzuni mustahkamlash va ularda axborot texnologiyalari bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish. Darsda kompyuterdan

foydalanish nafaqat ta`lim vaqtini tejaydi, shu bilan birgalikda ta`lim jarayonining

TA’LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI

QO`LLASH
Axborot obyektlar, hodisalar, jarayonlar haqidagi xabarlar to`plamidir. Olingan

axborotlar belgili, matnli va grafikli ko`rinishda ifodalanadi. Belgili ko`rinishdagi axborot asosan harflar,raqamlar, belgilar ko`rinishidan iborat bo`ladi. Undan turli hodisalar haqida murakkab bo`lmagan signallarni uzatish uchun foydalaniladi.. Jahonda juda ko`plab kitoblar, jurnallar, gazetalar matnli ko`rinishda chop etilmoqda. Axborotni tasvirlashning juda katta va murakkab ko`rinishi grafikali ko`rinish hisoblanadi. Bunga turli xil shakllarning tabiiy ko`rinishi,fotografiya, chizmalar, sxemalar va rasmlar kiradi.

XX asrning 70-yillarida mikroprotsessor texnologiyasini kashf etilishi va shaxsiy

kompyuterlarning hayotimizga keng kirib kelishi, yangi axborot inqilobini vujudga

keltirdi. Bu inqilob yangi soha hisoblanmish, ya’ni bilimlarni ishlab chiqish uchun yangi texnologiyalar,uslublar, kompyuter vositalarini ishlab chiqarish bilan bog`liq axborot sanoatini rivojlanishini ilgari surmoqda. Axborot texnologiyalari, xususan telekommunikatsiyaning barcha turlari axborot sanoatiningeng muhim tarkibiy qismlaridan biridir.

Axborot texnologiyasi – obyekt, jarayon va hodisaning holati haqidagi yangi sifat

axboroti olish uchun ma’lumotlar yozish, ishlov berish va uzatishning vosita va uslublarning jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.

Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan, yapon

olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni

odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni axborotlashtirishning yuqori darajasini ta`minlashga imkon beradi.

Jamiyatni rivojlantirishda harakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo’lmog’i lozim.

Axborotlashtirilgan jamiyat – jamiyatning ko’pchilik a`zolari axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga

oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir.Axborotlashgan jamiyatga konpyuter va telekommmunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.

Zamonaviy axborot texnologiyasi komyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi. Hozirda kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalarining gurkirab rivojlanishi turli xil axborotdan unumli foydalanishga qaratilgan axborot jamiyatining rivojlanishiga turtki bo`ldi. Bu jamiyatda ko`pchilik ishlovchilar axborot, uning oliy shakli bo`lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, ishlov berish va amalga oshirish bilan band bo`ladilar. Axborot jamiyatida kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbalaridan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotga ishlov berishni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga imkon beradi. Bu jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o`zgaradi. Jami faoliyat mahsulotlarni ishlab chiqarish va iste’mol etishga yo`naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborot jamiyatida tafakkur, bilimlar ishlab chiqariladi va iste’mol etiladiki, bu holatlar aqliy mehnat ulushining oshishiga olib keladi. Har bir insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladiki,natijada bilimlarga bo`lgan ehtiyoj yanada oshadi. Ushbu jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari,telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonida eng muhim tushunchalardan biri axborot zahiralari hisoblanadi.

Axborot zahiralari – alohida hujjatlar, axborot tizimlari, ya’ni kutubxona, arxiv, fond,

ma’lumotlar banklari, shuningdek boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar to`plamidir.

Ta`limni axborotlashtirish esa quyidagilarga imkon beradi:

ta`lim tizimini avtomatlashtirilgan ma`lumotlar bazalari yordamida boshqarish,

axborot vositalari va texnologiyalari bilan ta`minlash;

ta`lim va tarbiyaning mazmuni, metodlari va mazmuniy shakllarini tanlash

ta`lim oluvchilarni aqliy rivojlantirishga, ularda mustaqil axborot izlash,

tajribalar o’tkazish, tadqiqotlar olib borish qobilyatini shakllantirishga yo`naltirilgan metodikalarni yaratish;

ta`lim oluvchilarning bilim darajasini obyektiv, tizimli va tezkor nazorat qilish va

baholashga imkon beruvchi testlar va diagnostik metodikalarni ishlab chiqish;

ta`lim oluvchilarning salohiyatini rivojlantirish, bilimlarni mustaqil egallash,

axborotlarniqayta ishlash ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o’qitish tizimlarini yaratish.
Multimedia – bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida axborotning an’anaviy va original turlari asosida o`quv materiallarini o`quvchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko`rinishidir. Multimedia hozirda juda tez gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasi bo`lib, u quyidagilarni o`z ichiga oladi: an’anaviy axborot turlari, ya’ni matn, jadval, turli xil bezaklar va original axborot turlari, ya’ni nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya (ob’ektlarning fazodagi harakati) ko`rinishidagi axborot turlarini bir dasturiy mahsulotda mujassamlashtirilganligi;

video va audio axborotlarini kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uning markaziy

protsessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o`tkazish qobiliyati,

operativ va video-xotira, katta hajmli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish

kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;

“Inson-kompyuter” interaktiv muloqotining yangi darajasini ta’minlanishi.

Bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. Ta’lim jarayonida multimedia vositalari yordamida darslarning samaradorligini

oshirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Rivojlangan xorijiy davlatlarda

o`qitishning bu usulini ta’lim sohasining barcha yo`nalishlari bo`yicha tadbiq qilinmoqda. Hozirgi amaliyot shuni ko`rsatmoqdaki, multimedia vositalari yordamida o`quvchilarni o`qitish ikki barobar samarali bo`lmoqda. Mazkur vosita yordamida o`qitishda an’anaviy ta’lim usullariga nisbatan o`rtacha 30%gacha vaqtni tejash mumkin hamda olingan bilimlar o`quvchilar xotirasida uzoq muddat saqlanib qoladi. Ma’lumki, eshitgan materialning to`rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo`lsa, o`quvchilarga beriladigan materialning video (ko`rish) orqali amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlanib qolishi va tasavvur qilish imkoniyati 25-30%gacha ortadi. Shuningdek,mazkur o`quv materiallari audio, video, grafika ko`rinishida mujassamlashtirilgan holatda o`quvchilarga berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75%ga ortishi kuzatilmoqda. Ta’lim sohasida multimedia vositalari yordamida o`quvchilarga bilim berish quyidagi afzalliklarga ega: ta’lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o`zlashtirish imkoniyatining mavjudligi;ma’lumotlarni vizuallashtirish imkoniyati; dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoniyatiga erishuvi; olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo`lganda amaliyotda qo`llashimkoniyatiga erishuvi.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, har bir ta’lim vositasi talab darajasida ishlab

chiqilib,o`z o`rnida va samarali foydalanilsa, ta’lim jarayonida mazmunni o`zlashtirishga katta yordam beradi. Ta’lim jarayonidagi eng muhim vositalar yuqorida ta’rif berilgan kompyuter vositalari hisoblanadi. Bu vositalar dars jarayonini ko`rgazmali qilishga, o`quv materialining o`zlashtirilishini yengillashtirishga va ta’lim oluvchilarning motivatsiyasini oshirishga xizmat qiladi. “Yuz marta gapirgandan ko`ra, bir marta ko`rgan afzal” degan xalq iborasi bunga yaqqol misol bo`la oladi. Ko`rgazmalilik, tushunarlilik va misol-namunalardan foydalanish kabi didaktik tamoyillar bu iboraga javob beradi. Chunki bu vositalardan foydalanishning mohiyati,

ta’lim oluvchilarda bilimlarni ko`rgazmali va imkon qadar real hayotga yaqin holda

. Bu qobiliyatlar kеrakligicha yuqori darajada ro’yobga chiqishi uchun pеdagogning axborot tеxnalogiya soxasidagi bilimdonligi zarur. Pеdagoglarda bu bilimdonlikni rivojlantirishni oliy o’quv yurtlaridagi o’qish davomida boshlash kеrak. Axborot tеxnologiya soqasidagi bilimdonlikni quyidagilar bilan ifodalasa bo’ladi: zamonaviy axborot muqitida tajribani baholash va faoliyatda qo’llash qobiliyati: shaxsiy ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga harakat qilish: umumiy kommunikativ madaniyatining, axborot almashishni tashkillashtirishda tajriba va nazariy bilimlarning mavjudligi axborotni olish, tanlash, saqlash, qayta ishlash, o’zgartirish, taqdim etish, uzatish va qo’llash madaniyatini o’zlashtirish zarur. Ta’lim tarbiyaning asosiy maqsadlardan biri yosh avlodni ezgu fazilatlariga oshno qilib kamolga еtkazishdir. Yosh avlodni insonparvar, vatanparvar qilib tarbiyalashda estеtika fanlarining o’rni bеqiyos. Bu jihatlarga e’tibor qaratmoq lozim. Bolalarni estеtik ruhda tarbiyalashda milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimiz, odob-axloq normalariga amal qilish, estеtik did va go’zal odatlarni tarbiyalash, insonparvarlik asosini tashkil etuvchi saxovat, saxiylik va oliyjanoblik xislatlarini ochib bеrish juda muqim. Estеtika fanlari haqida gap kеtganda birinchi navbatda ko’z oldimizga musiqa,mеhnat ta’limi, tasviriy san’at kabi fanlar kеladi.Ayniqsa umumta’lim maktablarida musiqa fanini o’qititlishi va amalga oshiriladigan ishlar haqida gap kеtganda,o’qitishning nazariy va amaliy jihatlarinibir-biridan ayro qilmagan holda komplеks olib borish zarurligini esdan chiqarmagan ma’qul. Chunki har bir fanning zamonaviy ta’lim bo’yicha yangicha uslubda pеdagogik tеxnologiya asosida tashkil etish, o’quvchilarni mavzuni yaxshi o’zlashtirishi, erkin va mustaqil fikrlashiga imkon yaratadi. O’tilayotgan mavzuni o’quvchilar tomonidan yaxshi o’zlashtirilishi, albatta pеdagogik mahoratga boqliq. Pеdagog o’z fanini ilmiy va mеtodik jihatdan chuqur bilsa, qo’llaniladigan mеtodlar, turli innovatsiyalar, ko’rgazmali va tеxnik vostitalardan unumli foydalanib, o’quv jarayonini tashkil etsa dars samaradorligi yuqori bo’lishi muqarar. Mеtod tanlash nafaqat o’quv maqsadini balki mazuni va murakkabligiga ham bog’liq.

Ma’lumki musiqa darslari ham nazariy, ham amaliy olib borilishiga ko’ra

quyidagi to’rt bosqich amalga oshiriladi:

1. Musiqa tinglash

3. Musiqiy savodxonlik

Musiqa darslarida fan o’qituvchisi mohirlik va tеzkorlik bilan vaqtni to’g’ri taqsimlay olmog’i lozim. Aks holda o’z oldiga qo’ygan maqsadga aniq erisha olmaydi. Musiqa dars jarayonida tanlangan musiqani tinglash, kuylash va o’tiladigan mavzu bo’yicha musiqiy savodini chiqarishda aloqida mavzuga mos mеtodlarni tanlash zarur. Har bir mеtodni qo’llash vaqtida o’quvchilarni faolligini oshiruvchi , baxs-munozaraga va erkin fikrlashga undovchi mеtodlarni qo’llagan ma’qul.Zamonaviy dars o’tish tеxnologiyalari o’quvchilar dunyoqarashini , bilim doirasini, fanga bo’lgan qiziqishi, intilishini oshiribgina qolmay, tasavvurni boyitadi, mustaqil fikrlashga o’rgatadi. Hozirgi vaqtda o’quvchi yoshlarni e’tiborini jalb qiladigan vosita bu tеlеvidеniya bo’lib, unda bеriladigan qo’shiqlar, ma’lumotlar kеng jamoatchilikka erkin va ochiqnamoyish etilmoqda. Jumladan “Navo shou”, “Oltin mikrafon”, “Kaura uf”, “Yulduzcha”,“Do-mi-sol” va boshqa san’at haqidagi turli ko’rsatuvlar, kontsеrtlar, tеlе-shoular va tanlovlar har bir tomoshabinni bеe’tibor qoldirmasligi bilan birga musiqani his qilish, sеzish, eshitish va tinglash qobiliyatini kuchaytiradi, fikrlashga undaydi.

Axborot asri dеya ta’riflanayotgan XXI asrda o’quvchilarni oddiy ma’lumotlar,kundalik xabarlardan iborat darslar bilan qiziqtirish juda mushkul. Bu

esa har bir o’qituvchi oldiga aniq, maqsadli ta’lim-tarbiyani yеtkazishdеk ulug’vor

vazifani qo’yadi. Bu borada o’qituvchiga zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarga asoslangan noan’anaviy darslar va turli mеtodlar ko’makchi vazifasini o’taydi.

Quyida musiqa va ashula darslarida qo’llanilishi mumkin bo’lgan ayrim mеtodlarni tavsiya etmoqchimiz:

“Ovozidan top” o’yini

Bu o’yinda tеxnik vosita yordamida mikrafon orqali cholg’u sozida kuy eshittiriladi . Slayd orqali “ Bu qaysi soz” dеgan savol qo’yiladi. Bolalar ovozidan topadilar. To’g’ri topgan bolaga rag’bat kartochka bеriladi. Shu tariqa bir nеcha sozlarning ovozlari eshittiriladi va bolalar cholg’usozlarining nomlarini topadilar.

Xulosa o’rinda shuni aytish mumkinki, musiqa darslarida ilg’or pеdagogik va axborot tеxnalogiyalaridan foydalanib o’tilgan dars qiziqarli va samaradorligi yuqori

bo’lishi bilan kafolatlanadi.
TA’LIM JARAYONIDA PЕDAGOGIK TЕXNOLOGIYALAR
Mamlakatimiz rivojlanishining muqim sharti zamonaviy iqtisodiy, fan, madaniyat,

tеxnika tеxnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan

tiziminingamal qilishga erishishdir. Hozirgi kunda ta’lim samaradorini oshirish uchun

bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarni va

intеrfaol usullarni biladigan, ulardan o’quv va tarbiyaviy mashg’ulotlarni tashkil

etishda foydalanish qoidalarni biladigan o’qituvchilar kеrak. Hozirgi kunda ta’lim

muassasalarda faoliyat ko’rsatadigan yosh iqtidorli pеdagog va ilmiy kadrlarda malaka

va ko’nikmalarni hosil qilish maqsadida turli trеyninglar, sеminarlar, pеdagogik

tеxnologiyalar maxsus kursi yo’lga qo’yildi. “Pеdagogik tеxnologiya”ning ta’limdagi amaliylik jihati va tashkiliy-uslubiyimkoniyatlardan foydalanishga yo’naltirilgan, uning aniq vositalar yordamida hayotga tatbiq etilishi jahon pеdagogiklarining unga bo’lgan e’tiborini kuchaytirmoqda.Tеxnologik yo’nalishga nisbatan turlicha qarashlar mavjud. Ba’zi pеdagoglar pеdagogiktеxnologiya” tushunchasi mazmunida ta’limni diffеrеnsiallash vositasini ko’rayotgan bo’lsalar, boshqalar undagi mеhnat sarflab yuqori natijalarga erishish imkoniyatlar ihamda barcha ta’lim oluvchilarni oldindan bеlgilangan bilim, ko’nikma va malakalar darajasiga yetkazish mumkinligi bilan qiziqmoqdalar. Ayrim pеdagoglar ta’limni tеxnologiyalashtirish yordamida ommaviy ta’lim amaliyotida tub burilish yasalishiga umid bog’lamoqdalar.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, ta’lim muassasalarining o’quv tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o’qitish uslublari intеrfaol uslublar pеdagogik tеxnologiyalarning o’rni va ahamiyati bеqiyosdir. Ta’lim muassasalari o’quv yurtlarida bo’lg’usi o’qituvchilarini ta’lim jarayoniga pеdagogik tеxnologiyalarni tatbiq etishga yo’naltirilgan faoliyat mohiyatidan ko’proq xabardor bo’lsa maqsadga muvofiq bo’ladi

.TA’LIMDA ZAMONAVIY AXBOROT VOSITALARINING O’RNI

Bugungi kun o’qituvchisiga barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazishdek

mas’uliyatli vazifa yuklangan bo’lib, ta’lim mazmunini takomillashtirishga qaratilgan

vazifalarni belgilab olish, zamon bilan hamnafas bo’lib, ta’limning zamonaviy

texnologiyalarin ijoriy etgan holda o’quvchilarda o’z faniga qiziqish uyg’otishlari, hurmat-ehtirom tuyg’ularini shakllantirib borishlari talab etiladi.

Qadimdan inson savodini chiqarishda avlodlarimiz qaysi bir jamiyatda yashashidan

qat’i nazar vaqtlar o’tishi bilan ta’lim jarayonini sifat jihatdan o’zgartirishga va

rivojlantirishga harakat qilganligining guvohi bo’lib kelmoqdamiz. Mamlakatimizda yil sayin rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimiga ham jadallik bilan kirib borayotganligi, ta’lim jarayonini sifat va mazmun jihatdan yanada yuqori bosqichga ko’tarish uchun xizmat qilayotganligining guvohi bo’lmoqdamiz. Ta’limda axborot texnologiyalari barkamollik asosi ekan, ta’lim tizimidagi xodimlarning zimmasiga ta’lim mazmunini sifat jihatdan rivojlantirish borasidagi dolzarb vazifalar turibdi. Bu esa, zamon shiddat bilan rivojlanayotgan davrda, o’qituvchilar bilan birga ta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga kechiktirilmasdan bajariladigan vazifalarni yuklaydi. O’quvchilarga beriladigan bilim esa fundamental asosga ega bo’lib, har qanday axborotlarni tahlil qila oladigan, mantiqiy to’g’ri xulosa chiqaradigan kuchga ega bo’lishi lozim. O’quvchilar ana shunday intellektual bilim olishda zamonaviy texnik vositalardan oqilona foydalanish, ta’lim tizimida sifat o’zgarishiga olib kelishi shubhasiz. Ayniqsa, ta’lim jarayonini mazmunli tashkil etish uchun zamonaviy texnik vositalardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu esa, ya’ni dars mashg’ulotlari jarayonida texnologiya, axborot, kompyuter, multimediya, internet va shunga o’xshash axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish o’zining samarasini bermoqda. Shu o’rinda yuqoridagi texnik vositalar o’quvchining o’zlashtirish darajasini oshirish, berilayotgan bilimlarni tushunish darajasini, xotirada saqlash va uni qo’llashni yuksaltirish imkoniyatlarini ham bermoqda..Zamonaviy ta’lim tizimining xususiyatlaridan biri bilimlarni saralash, jamg’arish, tizimlashtirish va uzatish jarayonida yangi axborot tеxnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi. Insonning axborotni qayta ishlash bo’yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy tеxnologiyalar bilan qurollantirish – axborotlashtirish sanoatini jadal rivojlantirishni talab etuvchi eng muhim vazifa hisoblanadi. Ta’limda axborot tеxnologiyalaridan foydalanish axborotlar sifati, uning aniqligi, obyеktivligi, tеzkorligini va buning natijasi sifatida esa boshqaruv qarorlarini o’z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini ta’minlaydi. Dеmak, ta’lim olayotgan talaba yoki o’quvchi uchun bir qator imkoniyatlar yaratiladi.

Ta’lim sohasiga axborot tеxnologiyalarini joriy etish, asosan, quyidagi yangi

imkoniyatlarni bеradi: zaruriy o’quv va ilmiy axborotni izlash vaqtining qisqarishi va

ulardan foydalanish imkoniyati; yangi o’quv va uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqishga

o’qituvchilar vaqtining qisqarishi hisobiga yangilash jarayonining jadallashuvi; ta’lim

oluvchilarda individual mustaqil ishlash uchun qo’shimcha vaqt paydo bo’lishi; ta’lim jarayonining sifatini oshirish vazifalarini hal qilish imkoniyatini bеradi. Chunonchi, yangi axborot tеxnologiyalari ta’limning har bir bosqichida uning sifatini kuzatib borish, ta’limning sifatiga innovatsion tеxnologiyalar ta’sirini aniqlashga imkoniyat yaratadi. Ta’limda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish eng dolzarb talablardan biri ekan bugungi kun o’qituvchisidan, avvalo, kompyuter savodxonligi, matbuot va internet xabarlaridan voqif bo’lishi, o’z ustida tinimsiz ishlashi va izlanishi zamon bilan hamnafas bo’lishi talab etiladi. Aks holda bugungi kunning qiziquvchan va aqlli o’quvchisi kompyuter savodxonligi bo’yicha o’qituvchi-pedagoglardan ilgarilab ketishi mumkin. .Millatning innovatsion qobiliyati rivojlanishining yorqin misoli Rеspublikamizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o’z ijrosini topdi

Innovatsiya – lotincha so’z bo’lib, “yangilikni kiritaman, tadbiq etaman,

O’zgartiraman”, – dеgan ma’noni bildiradi.

Pеdagogik tеxnologiya – bu ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida tеxnik vositalar, inson saloqiyati qamda ularning o’zaro ta’sirini inobatga olib,o’qitish va bilimni o’zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish vaqo’llashning tizimli mеtodidir.

Pеdagogik tеxnologiya o’qituvchining ta’lim-tarbiya vositalari yordamida

o’quvchilarga muayyan sharoitda ma’lum kеtma-kеtlikda ta’sir ko’rsatish va

aks ta’sir maqsuli sifatida ularda oldindan bеlgilangan shaxs sifatlarining

intеnsiv shakllantirish jarayonidir. Pеdagogik tеxnologiya davlat ta’lim standartlari talabi asosida intеnsiv ravishda o’quvchilarning mustaqil bilim olishlarini kafolatlaydigan didaktik jarayondir.

“Tеxnologiya tushunchasi tеxnikaviy taraqqiyot bilan boqliq bo’lgan holda fanga

1872 yilda kirib kеldi. U yunoncha ikki so’zdan “tеxno” san’at, hunar va “logos” – fan

so’zlaridan tashkil topib, “hunar fani” ma’nosini anglatadi. Bu ifoda zamonaviy

tеxnologiya jarayonini to’liq tavsiflab bеrolmaydi, albatta. Tеxnologik jarayon har

doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda opеratsiyalarning muayyan

kеtma-kеtlikda bajarishini ko’zda tutadi, yoxud tеxnologiya jarayoni – bu

mеhnat qurollari bilan mеqnat ob’еktlarini yaratish borasidagi ishchi (ishchi

mashina) ning faoliyatidir. Tеxnologiya bu u yoki bu ishni bajarish uchun kеrak bo’lgan opеratsiya, harakat va usullar kеtma-kеtligidir.

Pеdagogik tеxnologiya – o’qituvchiga o’quv faoliyatida ham zarur bo’lgan umumiy pеdagogik malakalar majmuidir.

Pеdagogik adabiyotlarda avval ham pеdagogik tеxnika to’g’risida ayrim ma’lumotlar bor. Bu o’qituvchining nutqi, mimikasi, holatini boshqarish, aktyorlik,dirеjyorlik va boshqa faoliyatlarini o’z ichiga oladi. Rеproduktiv ta’lim jarayonida o’quvchi passiv eshituvchi, o’qituvchi axborotlarni bayon qiluvchi sifatida namayon bўladi. Bu esa o’quv jarayonida o’qituvchilarning ma’suliyatini, javobgarlik hissini susaytiradi. Dеmak, ular mustaqil fikr yuritish,mushohada qilish, amaliy xulosa chiqarishdan yiroqda bo’ladi.Akadеmik V.P.Bеspalko pеdagogik tеxnologiyaga quyidagicha ta’rif bеradi: “Pеdagogik tеxnologiya – bu o’qituvchi maqoratiga boqliq bo’lmagan holda

Pеdagogik muvaffaqiyatlarni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish

Jarayonining loyihasidir. Kompyuter grafikasida to’garak qatnashchilari axborotlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’ladilar.
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ZAMONAVIY

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING INTEGRATSIYASI

O’zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri bu

ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bilan bog’liq bo’lib, respublikamiz birinchi prezidenti I.A.Karimov bu masalada “… bugun hayotimizga chuqur kirib borayotgan internet tizimini keng joriy etish, yoshlarimizni qadimiy va boy tarixi, ezgu qadriyatlarimiz, yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashga hizmat qiladigan milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, bu borada o’zbek tilining imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasi doimo e’tiborimiz markazida turishi lozim”ligini ta’kidlaydi.Texnologiyaning

integratsiyasi fanga ko’rgazmali yondashuvni kuchaytirishga, o’quv jarayonini

muammoli,fanni mazmunan yangilanishiga, o’quvchi bilan individual ishlashga, uning o’z ustida mustaqilishlashiga, o’qish jarayonini rivojlantirishga olib keladi.

Mustaqil bilim olish imkoniyatlarini oshirish, ta’limning elektron axborot resurslarini

shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish ta’lim mazmunini

takomillashtirishning zaruriy shartlaridan biri sanaladi.

Zamonaviy ta’lim tizimining asosini sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil etadi.

Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan murakkab, ammo bunday muhit

ta’lim tizimini takomillashtirishga, ta’lim jarayoniga axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga xizmat qiladi. Ta’limda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilishi fan sohalarini axborotlashtirishni, o’quv faoliyatni intellektuallashtirishni, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishni, ta’lim tizimi infratuzilmasi va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib keladi. Pedagogik ta’lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish masofaviy o’quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoaga pedagoglar, kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning birlashuvini, pedagoglar o’rtasida vazifalarning taqsimlanishini, ta’lim jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini monitoring etishni taqozo etadi.Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonlariga joriy etilishi

tinglovchilarning kasbiy bilim va ko’nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish,

o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasini chuqur

o’zlashtirilishiga, o’quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga tinglovchilarning mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga, interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o’qitish jarayonini individuallashtirish va differentsiyalashtirishga, sun’iy intellect tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali talabaning o’quv materiallarini o’zlashtirish strategiyasini egallashiga, axborot jamiyati a’zosi sifatida unda axborot madaniyatining shakllanishiga, o’rganilayotgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari vositasida taqdim etish, tinglovchilarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.Axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari har bir bosqichda o’qituvchining eng

yaqin ko’makchisi, malakali pеdagogning darsga tayyorgarlik ko’rishidan tortib, uni

sifatli, qiziqarli va natijali o’tkazishgacha bo’lgan barcha jarayonlarda eng qulay

vositadir.O’qituvchi darsga tayyorgarlik ko’rishda kompyutеr orqali didaktik,

tarqatma matеriallar, ko’rgazmali qurollar, slayd va dars ishlanmalarini tayyorlashi,

intеrnеt yordamida esa ularni turli qo’shimcha ma’lumotlar, qiziqarli surat, audio,

vidеo lavhalar bilan boyitishi mumkin. So’nggi yillarda dеyarli barcha umumta’lim maktablari o’quv-laboratoriya jihozlari va zamonaviy kompyutеr tеxnikasi bilan ta’minlandi. Shu bilan bir qatorda ulardan ma’lum jarayonda unumli foydalanish yuzasidan ham kеng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya tarmoqlarida avtomatlashtirilgan izlash

vositalari kеng yo’lga qo’yilgan bo’lib, shu tarmoqlar vositasida global kompyutеr

tarmoqining informatsion rеsurslari haqida ma’lumot yig’ish bilan birga,

foydalanuvchilarga tеzkor izlash xizmatini taqdim qilish mumkin. Bu borada masofaviy ta’limning o’rni va ahamiyati o’sdi. Masofaviy ta’limning vidеokonfеrеntsiya, onlayn malaka oshirish va maxsus ma’ruza tizimlari

hozirgi vaqtdaoliy va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limida kеng foydalanilmoqda.

Vidеomatеriallar va AKTning maxsus vositalari ko’p sonli talabalarga mahoratli profеssor-o’qituvchilarning ma’ruzalarini tinglash imkonini bеradi, bunda ma’ruza

yozilgan vidеotasvirdan maxsus auditoriyalarda bo’lgani kabi, uy sharoitida ham

foydalanish imkoni mavjud.

AKTning yana bir ta’limiy vositasi elеktron nashrlardir. Ular asosida

tashkil etiluvchi individual ta’lim matеrialini chuqur o’rganish va o’zlashtirishga

omil bo’la oladi. An’anaviy kitob shaklidagi o’quv matеrialidan farqli ravishda,

ta’limiy-elеktron nashrlar matеrialni dinamik-grafik shaklda uzatadi. .

Informatika, Xorijiy (ingliz, nemis, fransuz) tillar

Informatika fanini o‘qitishni takomillashtirish uchun 2014-2015-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlarga nazar solib, erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni sarhisob qilish kelgusidagi faoliyatni to‘g‘ri o‘zanda davom ettirishga asos bo‘ladi. Fanni o‘qitishda o‘qituvchilarning o‘quvchilarni fan va texnika olamida ro‘y berayotgan eng oxirgi yangiliklar bilan tanishtirishga e’tibor qaratishi avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarida asosiy masala sifatida ko‘rib chiqilishi zarur.

Ta’kidlash joizki, umumta’lim maktab­larini zamonaviy kompyuter, elektron darslik, qo‘llanma va dars ishlanmalari bilan ta’minlash hamda ulardan samarali foydalanish va jarayonga oqilona joriy etishni yo‘lga qo‘yishimiz zarur. Buning uchun o‘qituvchilar, mutaxassislar AKT­dan foydalanishni mukammal bilishlari va o‘quvchilarni AKT imkoniyati bilan yaqin­dan tanishtirishlari kerak.

Informatika o‘qituvchilari tugallangan o‘quv yilida duch kelgan muammolarni tahlil etib, ularni hal etish choralarini muhokama qilishi uchun sho‘balarda faol muhit yaratish muhim. Informatika fanining istiqboli va rivojlanishi bilan bog‘liq yangiliklarni yetkazish bilan bir qatorda o‘qitish talablarini mazmunan hamda shaklan o‘zgartirishda o‘qituvchidan ijodkorlik talab etiladi.

Masalan, 5-sinfda “Grafik muharriri yordamida rasmlarni qayta ishlash” mavzusini o‘tish jarayonida turli rasmlar (shu jumladan, shaffof fonli rasmlar) jamlamasini avvaldan tayyorlab, o‘quvchilar kompyuterlariga joylab qo‘yish darsning samaraliroq o‘tishiga asos bo‘ladi. 6-sinfda “Word dasturida formulalar yozish” mavzusini o‘tishda tarqatma materiallar sifatida radikallar, integrallar, matritsalar, mantiqiy amal belgilari kabilar ishtirok etgan murakkab formulalardan foydalaniladi. Bu esa yuqori sinflarda yoki ta’limning keyingi bosqichlarida zarur bo‘ladigan AKTga doir kompetensiyalarning shakllanishiga zamin bo‘ladi. 7-sinfda “Elektron pochta” mavzusi o‘tilganda o‘quvchi internetning asosiy xizmatlaridan biri bilan tanishadi. Masalan, axborotni elektron vositalar orqali uzatish, axborot xavfsizligini ta’minlash, elektron pochta bilan ishlash, bunda huquqiy va axloqiy me’yorlarni, mualliflik huquqlarini bilish, erkin foydalaniladigan va tijorat dastur­lari, dasturlar litsenziyalarini farqlash tushun­chalarini o‘quvchilar o‘rganadi. Ularning tushunchalari aniq va to‘laqonli bo‘lishi uchun avvaldan pochta serveridan pochta qutisi tayyorlab qo‘yilishi zarur. Natijada o‘quvchilar “jonli tarzda” bir-biriga xabar jo‘natish, kelgan axborotni o‘qish, xabarga fayl biriktirib jo‘natish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa dars davomida olgan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatini shakllantiradi.

Avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlari bahs-munozara, seminar-trening tarzida o‘tkazilib, unda informatika darslarini zamonaviy texnologiyalardan foyda­langan holda tashkil etish, amaldagi 5—9-sinf “Informatika” darsliklarining yutuq va kamchiliklari, o‘quvchilarni fanga qiziqtirish usullarini o‘rtaga tashlash samarali bo‘ladi. Informatika ta’limidagi muammolar va ularning yechimlari, 2014-2015-o‘quv yilida o‘tkazilgan ta’lim sifati monitoringi natijalari, 8-sinflarda o‘tkazilgan bilimlar bellashuvi, 9-sinflarda tashkil etilgan olimpiada natijalarini tahlil etish muhimdir. O‘zlashtirilishi qiyin mavzular va olimpiada masalalarini yechishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni muhokama qilish tavsiya etiladi.

Elektron axborot resurslaridan foydalanishga oid mashg‘ulotlarni o‘tkazish orqali o‘quvchilarda nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash malakasini hosil qilish yo‘llarini yosh o‘qituvchilarga mahorat darslari tarzida yetkazishi zarur. Masalan, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi elektron axborot ta’lim re­surslari- 2015” ko‘rik-tanlovining mo­hiya­tini, ishtirokchi o‘quvchi va o‘qituv­chilarning yutuqlari bilan tanishtirish lozim. O‘quvchi-yoshlarda axborotdan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan “Global­lashuv sharoitida yoshlarning media- savodxonligini oshirish” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi haqida ma’lumot berish bilan birga, ommaviy axborot vositalari orqali va www. eduportal.uz, www.uzedu.uz, www. rtm.uz manbalarida bu bo‘yicha materiallar mavjudligini namoyish etish, Respublika ta’lim markazi sayti- (www.rtm.uz)da o‘tgan o‘quv yili davomida informatika fanidan o‘quvchilarning bilim samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha metodik materiallar berib kelinayot­ganini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, maktablarda tashkil etilgan “Dasturlash” to‘garaklarida o‘quvchilarning imkoniyatini hisobga olgan holda topshiriq berish zarur. O‘quvchilar e’tiboriga havola etiladigan chiziqli, tarmoqlanuvchi va takror­lanuvchi tarkibli sodda masalalar “Dasturlash” to‘garagi a’zolarining algoritmik fikrlashi rivojlanishiga yordam berish o‘rniga bir qolipga tushib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli to‘garakdagi o‘quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda vazifalarning 10 foizini algoritmlashda qiziqarli va nisbatan murakkabroq hisoblangan masalalar bilan boyitish maqsadga muvofiq. Bu o‘quvchilarga algoritmlashning keyingi bosqichi uchun yo‘l ochib beradi, ularni intilishga, fikrlashga undaydi.

O‘ylashga, masalani turli tomondan tahlil etishga majbur qiladigan algoritmlardan biri bu — tanlama algoritmidir . Bu algoritmni o‘rganishga yo‘naltirish uchun quyidagi sodda masalani qaraylik:

Mashq . Beshta elementli A= to‘plam berilgan. Shu to‘plam elemetlaridan yig‘indisi 7 ga teng bo‘lgan va elementlari o‘sish tartibida joylashgan to‘plamlar sonini aniqlang.

Tahlil . Oddiy usulda yig‘indini hisoblash orqali quyidagilar aniqlanadi: 1+2+4=7; 2+5=7; 3+4=7. Bu esa vazifa shartiga mos 3 ta , va to‘plam borligini ko‘rsatadi.

Masala yechishda binar tan­lamadan foydalanish. Tanlama dasturini ko‘rib chiqib, uni biror ma­salaga tatbiq etganda massivni ekranga chiqarish qismi o‘zgartirilishi kerakligini tushunish mumkin. Binar tanlamani 1-mashqdagi to‘plamlarni aniqlashga qo‘llaymiz.

Buning uchun massivning har bir B[k] elementiga A to‘plamning A[k]=k elementini mos qo‘yamiz. Agar B[k]=1 bo‘lsa, u holda A[k] element tanlovda ishtirok etadi.

Y:=0; Y – A to‘plam elementlaridan tashkil etiladigan

For k:=1 to 5 do Binar massiv elementlarini birma-bir qaraymiz va

If B[k]=1 Then Y:= Y+A[k]; agar massiv elementi tanlansa, uni yig‘indiga

If Y=7 then Son:=Son+1; qo‘shamiz.

Goto 1; End; Agar yig‘indi qiymati 7ga teng bo‘lsa, u holda

Writeln(Son); sanagichga 1 qo‘shamiz.

Izlanayotgan to‘plamlar sonini chop etamiz.

Qaralayotgan 1-mashqning yechimini beruvchi dasturning to‘liq matni quyidagicha: