Musiqa, 1 sinf, Norxo‘jayev N, 2021
Respublika ta’lim markazi
Musiqa madaniyati
Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini, milliy g‘urur hamda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, tafakkurini kengaytirish, bolalardagi ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o‘stirish hamda tashabbuskorlikni tarbiyalashdan iboratdir.
Musiqa tinglash badiiy ta’limning muhim vositalaridan biri bo‘lib, u darsning barcha faoliyat turlarini bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Tinglash bolalarda hayotni, borliqni anglash va bilish qobiliyatini rivojlantiradi. Bunda musiqa tili, ifoda vositalari, janr va shakllarini o‘rganish muhimdir. U musiqani badiiy-g‘oyaviy jihatdan to‘g‘ri idrok etib, estetik zavqlanishga imkon beradi. Tinglash qoidalari sinfda jimlikni ta’minlab, o‘quvchilarni musiqani diqqat-e’tibor bilan eshitishga o‘rgatib, onglilik va faollikni rivojlantiradi hamda musiqa madaniyatini shakllantiradi.
Darslar davomida har bir musiqiy asarda muayyan voqelik, his-tuyg‘u va mazmun bo‘lishi haqida o‘quvchilarga dunyoqarashiga mos tarzda tushuntiriladi. Shu orqali bolalarda musiqiy taassurot va tinglash ko‘nikmasi shakllanadi. Tinglash faoliyatini butun dars davomida olib borish o‘quvchining asarni tushunish va ongli idrok etish, asarning musiqiy xususiyatlari (janri, tuzilishi, ifoda vositalari, ijrochiligi) hamda badiiy mazmuni haqida muayyan bilimlarga ega bo‘lishiga yordam beradi, tinglash madaniyatini shakllantiradi.
O‘quvchilarning faolligini oshirish va tinglash malakasini shakllantirish uchun “Topqirlik” mashqidan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda avvalgi darslarda tinglangan kuy-qo‘shiqlar karnaycha- (katak, tasvirlar)lar ostiga joylashtiriladi. Bolalar istalgan karnaychani tanlab, undan yangragan ohangning nomi va muallifini aytishadi. Bunday topshiriqlar o‘quvchilarni diqqatni tezkor jamlashga o‘rgatib, xotirasini mustahkamlaydi.
Tinglanadigan musiqiy asar tuzilishi, badiiy-g‘oyaviy mazmuni jihatidan o‘quvchilarning yosh xususiyati va o‘quv dasturiga mos bo‘lishi, yangrash vaqti 1-1,5 daqiqadan oshmasligi lozim.
Tinglash jarayonini quyidagicha amalga oshirish mumkin:
1) Bolalar diqqatini jamlash. Asar haqida o‘qituvchining kirish so‘zi;
2) O‘qituvchi ijrosidagi yoki CD formatdagi asarni tinglash;
3) Asarni suhbat orqali musiqiy, badiiy-g‘oyaviy jihatdan tahlil qilish;
4) Asarni yaxlit qayta tinglagach, o‘quvchilarning taassurotlarini eshitish.
Tinglanadigan asarlardan parchalar (mashq-qo‘shiqlar) kuylash, chapak va cholg‘u asboblarini chalib, ularga ritmik jo‘r bo‘lish va musiqaga mos harakatlar bajarish chog‘ida bilim va malaka takomillashib, mustahkamlanadi.
5—7-sinf o‘quvchilari mustaqil fikr yuritadigan, aqlan va jismonan rivojlangan, musiqiy va estetik didi shakllangan bo‘ladi. Shu bois bu yoshdagi bolalar zamonaviy musiqa san’ati va uning ko‘zga ko‘ringan vakillari ijrosini tinglaydi. 7-sinf o‘quvchilari bilan tinglash faoliyatini amalga oshirish jarayonida diqqatni jamlash, musiqani anglash, uni idrok etish, cholg‘ularni va musiqiy janrlarni bir-biridan farqlashga o‘rgatish tavsiya etiladi. Tinglash asnosida o‘quvchilarga quyidagi mazmunda bir nechta topshiriqlar berish lozim:
1. Kuyning xarakterini toping.
2. Kuy qaysi cholg‘uda ijro etilgan?
3. Kuyning o‘zbek milliy kuylariga o‘xshash jihatlari bormi?
4. Ushbu asar siz avval tinglagan kuylardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
5. Asarni tinglash jarayonida tasavvuringizda qanday rang yoki obrazlar gavdalandi?
Bu kabi topshiriqlar orqali o‘quvchilarning badiiy ijodkorlik va tinglash ko‘nikmasi shakllanadi.
Musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilarga eng tushunarli va sevimli bo‘lgan faoliyat turi jamoa bo‘lib kuylashdir. U musiqa san’ati janrlari orasida ommaviyligi bilan ajralib turadi. O‘quvchilarning musiqiy didi va estetik qarashlarini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. So‘z va musiqadagi tuyg‘uni jamoa bo‘lib ijro etish o‘quvchilarni jipslashtiradi.
Jamoa bo‘lib kuylashda o‘quvchilarning ovozini zo‘riqtirmaslik, ovoz sifatlari(tembr, diapazon)ni o‘stirish va rivojlantirish maqsadida kuylashdan oldin, albatta, barcha sinflarda ovoz sozlash mashqlarini bajarish tavsiya etiladi. Bunday mashqlarni prima, tersiya va kvinta oralig‘ida bajarish, o‘quvchilarning ovozini 0,5 tondan ikkinchi oktava – mi tovushigacha ko‘tarish maqsadga muvofiq. Boshlang‘ich sinflar uchun o‘yin tarzida chapak chalib ovoz sozlash mashqlarini o‘tkazish yaxshi natija beradi. Milliy ohanglarimizdan tuzilgan ovoz sozlash mashqlarining ham foydasi katta. Mashqlarni guruhlarda bajarish o‘quvchilarni o‘zaro hamjihatlikka va hamkorlikka o‘rgatadi.
Ovoz sozlash mashqi uchun quyidagi kuydan foydalanish mumkin:
Bolalarning ovoz boylamlari kattalarnikidan ancha farq qilib, baland pardalarda jarangdor yangraydi. Ularning ovozi o‘z navbatida soprano yoki diskant (o‘g‘il bolalardagi eng baland ovoz) va alt ga bo‘linadi.
Soprano yoki diskant deb bolalarning yuqori ovoziga aytiladi. Bunday ovoz yengil, o‘zgaruvchan, yumshoq yangragani sababli qo‘shiqlarda asosiy kuy yo‘lini ta’sirchan ijro etadi. Uning diapazoni birinchi oktava -do dan ikkinchi oktava —sol gacha bo‘lgan oraliqni egallaydi.
Alt esa pastroq ovoz bo‘lib, birmuncha yo‘g‘on va kuchli tembrga yaqinligi bilan ajralib turadi. Diapazoni kichik oktava -sol dan ikkinchi oktava —re gacha bo‘ladi.
Jamoaviy kuylash vokal-xor ijrochilik mahorati bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, hamohanglik, so‘z, talaffuz, musiqiy badiiy vositalar, nafas olish, tovush hosil qilish va uni shakllantirishdan iboratdir. Bu jarayonda o‘quvchilarda gavdani to‘g‘ri tutish, yuz, bo‘yin, yelka mushaklarini erkin qo‘yib, kuylayotgan paytda halqum va pastki jag‘ tomoqni siqmasligi, boshni erkin tutishni nazorat qilib borish va shu tarzda kuylash malakasini shakllantirish tavsiya etiladi.
Jamoa bo‘lib kuylashda legato, ya’ni ohangning bir tekis bog‘lanishi; non legato — bog‘lamasdan alohida ijro etish (tovushlar orasida nafasni ushlash); stakkato — tovushlarni uzib, qisqa ijro etish (tovushlar orasida nafas olmaslik) kabi ijro uslublaridan keng foydalanish o‘quvchilarning ijro mahorati va zehnini o‘stiradi.
Musiqa savodi faoliyat turida mavzu asosida bilim berish bilan birga, nota daftarlariga turli mashqlar bajartirish tavsiya etiladi. O‘quvchilar topshiriqlarni nota daftarlarida bajarib, notalar va ularning cho‘zimi, yozilishi kabilar haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi.
2015—2016-o‘quv yili uchun 1-, 4-, 5-sinf “Musiqa” darsliklari ijara asosida foydalanish uchun chop etildi. Musiqa fanidan 1-, 4-sinf darsliklaridagi ayrim illustratsiyalar yangilandi. 5-sinf darsligi 2006-yildan buyon qayta nashr etilmagani bois o‘quv dasturi va darslik o‘rtasida uzviylik ta’minlanmagan edi. Joriy yilda barcha kamchiliklar bartaraf etilib, o‘quvchilarning mazmunan yangi darslikdan ta’lim olishiga munosib imkoniyat yaratildi. Shu munosabat bilan 5-sinf “Musiqa” darsligi optimallashgan dastur asosida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari professor-o‘qituvchilari, dotsentlari hamda amaliyotchi tinglovchilarning fikr-mulohazalari umumlashtirgan holda qayta ishlanib, mustaqillik yillarida yaratilgan yangi zamonaviy kuy-qo‘shiqlar bilan boyitildi. Jumladan, jamoa bo‘lib kuylash uchun 60-betga “Varrak” (I.Yo‘ldosheva musiqasi, U.Abduazimova she’ri), 64-betga “Sumalak” (X.Hasanova musiqasi, A.Obidjon she’ri), 70-betga “Barkamol avlod” (I.Yo‘ldosheva musiqasi, I.Mirzo she’ri) qo‘shiqlari, yakka ijro uchun 74-betga “Gullar” (Fotima va Zuhra Ziyomuhammedovalar she’ri va musiqasi), 90-betga “Kim epchil-u, kim chaqqon?” (A.Mansurov musiqasi, A.Obidjon she’ri), 92-betga “Quvnoq yomg‘ir” (A.Mansurov musiqasi, A.Obidjon she’ri) kabi qo‘shiqlar, tinglash uchun “Sevinch” (T.Qurbonov musiqasi), “O‘zgacha” (B.Umidjonov musiqasi) kuylari kiritilgan. 5-sinfda jamoa bo‘lib kuylash uchun 11 soat, tinglash uchun 3 soat, jami 14 soat hajmida o‘zgartirishlar mavjud.
Darslik muqovasi ham zamon talablari asosida qayta ishlanib, yangilangan. Undagi barcha orkestrlar cholg‘u guruhlari uchun yangi illustratsiyalar kiritilib, eskilari yangisiga almashtirilgan.
Sho‘ba yig‘ilishlarida muhokama qilish uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1) Musiqa madaniyati fanidan o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini shakllantirishda mustaqil ta’limning o‘rni;
2) Musiqa madaniyati darslarida mediaresurslardan foydalanish;
3) Musiqa madaniyati fanidan to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishning ilg‘or usullari;
4) 2015—2016-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida foydalaniladigan musiqa madaniyati fani darsligi bilan ishlashning qulay usullari;
5) Musiqa madaniyati fanini o‘qitishda madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizning o‘rni;
6) Musiqa madaniyati darslarida musiqani tinglash, jamoa bo‘lib kuylash bo‘limlarini o‘tishda qanday metodlardan foydalanish lozimligi haqida bahs-munozara o‘tkazish .
Respublika ta’lim markazi
Musiqa, 1 sinf, Norxo‘jayev N., 2021
Musiqaning sehrli dunyosiga qo‘ygan ilk qadamingiz muborak bolsin! Bu sayohatda sizga ustozlaringiz eng yaqin ko‘makchi bo‘lishadi. Balki siz san‘atkor bo‘lmassiz, lekin musiqa olami bilan tanishuvingiz hayotingizni yanada qiziqarli qilishga yordam beradi.
Qolingizdagi darslik orqali musiqadan ilk saboqlarni olasiz.
Musiqa doimiy hamrohingiz bo‘lsin!
VATANJONIM – VATANIM.
Vatanjonim – Vatanim!
Ko‘zim quvnab ko‘ganim.
Istiqloldan kulganim,
O‘zbekiston – gulshanim!
Bahra olib bag‘ringdan,
Ulg‘ayaman mehringdan.
Vatanjonim – Vatanim!
O‘zbekiston – gulshanim!
Sen o‘xshaysan onamga
Maqtay butun olamga.
Vatanjonim – Vatanim!
O‘zbekiston – gulshanim!
MUNDARIJA.
I ВОВ. BIZ YOQTIRGAN KUY VA QO‘SHIQLAR.
Qo‘shiq aytish qoidalari.
O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi.
A. Oripov she’ri, M. Burhonov musiqasi.
Tovushlar. Shovqinli va musiqiy tovushlar.
“Andijon polkasi”. O‘zbek xalq kuyi.
“Vatanjonim – vatanim”. P. Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Nota yo‘li haqida tushuncha.
“Anjir”. P. Mmin she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
“Raqs”. N. Norxojayev musiqasi.
Biz yoqtirgan kuylar.
“Dilxiroj”. O‘zbek xalq kuyi.
“Kuz”. N. Ro‘zimuhamedov she’ri, S. Abramova musiqasi.
Biz yoqtirilgan qshiqlar.
“Olmacha anor”. 0‘zbek xalq kuyi.
“Olma”. P Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Musiqali o‘ymlar.
“Oq terakmi, ko‘k terak?” X. Qayumov she’ri, A. Mansurov musiqasi.
“Quyonim”. 0‘zbek xalq bolalar o‘yini.
II BOB. MUSIQA OLAMIGA SAYOHAT.
Skripka kaliti.
“Yurish marshi”. F. Nazarov musiqasi.
“Bir, ikki, uch.” R. Tolib she’ri, N. Norxojayev musiqasi.
Notalarning nomlari.
“Zina”. P. Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
“Salom bergan bolalar”. P. Mo‘min she’ri, N. Norxojayev musiqasi.
Do, re notalari.
“Pianino”. M. Zaynitdinova she’ri, J. Najmiddinov musiqasi.
“Alifbo bayrami”. P. Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Mi notasi.
“Qari navo”. O‘zbek xalq kuyi.
“Archa bayram”. P. Mo‘min she’ri, N. Norxo‘jayev musiqasi.
Mustahkamlash uchun topshiriqlar.
III BOB. MUSIQA SAVODIGA SAYOHAT.
Fa, sol notasi.
“Norim-norim”. O‘zbek xalq kuyi.
“Birinchi qor”. R. Tolib she’ri, N. Norxo‘jayev musiqasi.
Lya, si notasi.
“Jo‘jalar”. P. Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
“Lavlagi”. P. Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Notalarning nomlari va ularning ketma-ketligi.
“Chittigul”. Bolalarxalq o‘yin-qo‘shig‘i.
“Diloromning qo‘shig‘i”. P. Mmin she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Chiziqlar ustida va orasida joylashgan notalar.
“Doloncha”. O‘zbek xalq kuyi.
“Nevaralar qo‘shig‘i”. S. Barnoyev she’ri, N. Norxo‘jayev musiqasi.
Yarim nota.
“Neapolitancha qo‘shiq”. P. Chaykovskiy musiqasi.
IV BOB. XUSHNAVO MILLIY CHOLG‘ULARIMIZ.
Torli cholg‘ular.
“Dutor bayoti”. O‘zbek xalq kuyi.
“Bug‘doy”. R. Tolib she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Damli cholg‘ular.
“Sehrli dunyo”. H. Ahmedova she’ri, X. Hasanova musiqasi.
Zarbli cholg‘ular.
“Xorazm lazgisi”. O‘zbek xalq kuyi, N. Norxojayev qayta ishlagan.
“Childirma”. P. Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Bastakor, shoir, sozanda va xonanda.
“Polka”. M. Glinka musiqasi.
“Kapalak”. P. Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Mustahkamlash uchun topshiriqlar.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Musiqa, 1 sinf, Norxo‘jayev N., 2021 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
1 sinf musiqa
Respublika ta’lim markazi tomonidan 2021-2022-o’quv yili uchun tayyorlangan o’zbek tilidagi 1-sinf darsliklarining elektron variantini yuklab oling:
Fayllar shakli: pdf
Language English
Ginnes.Uz
Facebook guruh:
Veb saytdan olingan ma’lumotlarni boshqa saytlarga qo’yilganda www.sadikov.uz manzili ko’rsatilishini iltimos qilib qolaman. © Sadikov.Uz
Saytdagi audio, video va xujjat ko’rinishdagi ma’lumotlar o’z egalariga tegishli. Barcha fayllar va suratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan. Ular o’z mualliflik huquqlarini saqlab qolgandirlar. Ma’lumotlar faqat tanishish maqsadida blogga qo’yilgan. Iltimos, mualliflarning mehnatini hurmat qilaylik. Agar siz saytimdagi qaysidir ma’lumotni egasi bo’lsangiz va sizning ma’lumotingiz saytimda qo’yilishini istamasangiz, iltimos darhol menga murojaat qiling: @sadikovuz (telegram) yoki uzbeknasim@yahoo.com.
Разработки уроков, dars ishlanmalari, тесты, testlar, maqollar, пословицы, стихи, sherlar, презентации, taqdimotlar, рефераты, referatlar, дошкольные материалы, maktabgacha ta’lim, интересное детям, bolalarga qiziqarli ma’lumotlar, топ факты, top faktlar, психологические тесты, psixologik testlar, блок тесты, blok testlar, гранты, grantlar
Telegram: @sadikovuz