4-sinf o quvchilari uchun testlar to plami 1-chorak uchun
«Далада эдим» деб ёлғон гапирди
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G’ulomova, sharofat Yo’ldosheva, sharofjon Sariev ona tili o’qitish metodikasi darslik
O’quvchilarning tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar o’qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun bo’g’inga bo’lish, bo’g’in chegarasini aniqlash, bo’g’indan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo’g’in tuzish va o’qish, bo’g’in-tovush, tovush-harf tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi.
3) o’rganilganlar takrorlanib, harf birikmalari ng, sh, ch, 2 tovushni ifodalaydigan j, tutuq belgisi (’) va jo‘ja, jurnal, jirafa, tong, so‘ng, bodring, choynak, shudring va shu kabi so’zlarni o’qishga o’rgatiladigan bosqich.
Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlarni taqqoslashga, ularning so’z ma’nosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar o’tkaziladi (ziyrak-siyrak, dil-til kabi).
Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli so’zlar: ko’rib (ko’rip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib (ketayotip), tortib (tortip), terib (terip), olib (olip), obod (obot), borishdi (borishti)..
Yuqoridagi kabi so’zlarni o’qish bilan bo’g’inlab o’qish malakasi takomillashadi: o’quvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan so’zlarni ham to’g’ri o’qishga o’rganadilar.
Savod o’rgatish mashqlarining asosiy turlari
Tovush ustida ishlash. Tovush savod o’rgatishning asosi bo’lib xizmat qiladi. Savod o’rgatish davrida so’z va bo’g’inlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish, tovush va ularning artikulyatsiyasini analiz qilish mashqlari o’tkaziladi, diktsiya (ravshan, burro gapirish) ustida ishlanadi, logopedik ishlar olib boriladi.
I. Analiz mashqlari.
1. Nutq (gap)dan so’zni ajratish; so’zni aniq talaffuz qilish;
bo’g’inlarga bo’lish va bo’g’inlarni aniq talaffuz qilish, urg’uli bo’g’inni ajratish va uni boshqa bo’g’inlardan farqlab, kuchli talaffuz qilib o’qish, maxsus tovushni ajratgan holda so’zni bo’g’inlab o’qish (aaaa-na, nooon, iiin, sssa-na, ki-yyyik, iiish).
2. Darsda o’rganiladigan yangi tovushni ajratish. Bunday tovushni birinchi marta ajratishning bir necha usuli bor:
Bu jarayonda Omonashvili ishlab chiqqan usuldan ham foydalanish mumkin. Bunda tovush emas, harf asos qilib olinadi. O’quvchilar o’rganilgan harflar ichidan notanishini topadilar, so’ng uning o’qilishi va fonetik belgilari ustida ishlanadi:
Darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz qilingandan so’ng, odatda, shu tovush so’z boshida, o’rtasida, oxirida kelgan va aniq talaffuz qilinadigan so’zlar tanlanib, o’quvchilarga talaffuz qildiriladi.
3. So’zdagi tovushlarni sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish, sonini aniqlash, bo’g’inlarni sanash: Olma – ol-ma; o-l-m-a – to’rtta tovush, to’rtta harf, ikki unli tovush, ikki undosh tovush, ikki bo’g’in . Bu usuldan o’quv yilining ikkinchi yarmida va keyingi sinflarda ham fonetik tahlil sifatida foydalaniladi.
II. Sintez mashqlari.
1. Tovush tomonidan analiz qilingan so’zni yoki bo’g’inni talaffuz qilish va uni kesma harfdan tuzish (yozish); shu so’z yoki bo’g’inni o’qish.
2. O’rganilgan undosh yoki unli bilan (na, ni, no; la, lo, li; ay, uy, oy, . ) bo’g’in jadvalini tuzish; bo’g’in jadvalini kitobdan yoki matndan o’qish.
Xulosa qilganda, faqat analiz yoki faqatgina sintez bilan kifoyalanib bo’lmaydi, ammo tafakkur faoliyatining u yoki bu turi yetakchi o’rin tutadi. O’quvchi so’zni analiz qilish bilan uni leksik ma’noga ega bo’lgan bir butunlik sifatida anglaydi, bu – sintezdir; so’z sintez qilinganda uning tovush tarkibiga diqqat jalb etiladi, bu esa analizdir.
Umuman, savod o’rgatish jarayonida analitik-sintetik ishlar tizimi bolaning faol fikrlashini ta’minlaydi. Analitik-sintetik ishlar usuligina o’quvchilarning bilish mustaqilligini ta’minlaydi, “muammoli” vaziyat yaratadi, bolalarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni o’stiradi.
Tovush-harf tomonidan analiz va sintezni yengillashtiradigan foydali vositalar sifatida kesma harflar, kesma bo’g’inlar va harf terish taxtasi, shuningdek, abak (harakat qiladigan lentali ko’rgazma), kadoskop va shu kabi texnik vositalardan ham foydalaniladi; tovushlarning talaffuzi ustida ishlash uchun, shuningdek, yozib olingan ifodali nutqni (asosan, badiiy asarni) takroriy eshittirish uchun magnitafon yoki lingofon kabineti xizmat qiladi.
Boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o’quvchilar nutqini o’stirishdir. Nutq o’stirish uch yo’nalishda: so’z ustida ishlash, so’z birikmasi va gap ustida ishlash, bog’lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga oshirilishi metodik adabiyotlarda qayd etilgan.
Savod o’rgatish darslarida ham yuqoridagi uch yo’nalish bo’yicha ish olib boriladi.
Bolalar bu davrda, birinchidan, kiyim-kechak, ish qurollari, mevalar kabi predmetlar bilan tanishish yordamida so’zni ongli ishlatishga; ikkinchidan, turli sodda yig’iq gap (Bolalar yuguryaptilar), sodda yoyiq gap (Lola do’konga bordi), uyushiq bo’lakli gap (Anvar o’qidi va yozdi) tuzadilar. Ular bu ko’nikmalarni amaliy-mashqlar yordamida egallaydilar.
O’qish darslarida o’quvchilar rasmga qarab kichik hikoyacha tuzadilar, o’qituvchi savoliga to’liq javob berishga o’rganadilar. Alifbedagi rangli chiroyli rasmlar tevarak-atrofdagi predmet va hodisalar, hayvonlar va o’simliklarning nomini idrok etishga, bilib olishga yordam beradi.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilarning talaffuzi ustida ishlash ham katta ahamiyat kasb etadi, chunki ko’pgina bolalar talaffuzida kamchiliklar bo’ladi: bir tovush o’rniga boshqasini (sh o’rniga s, r o’rniga l) talaffuz qiladilar, chuchuk til bilan duduqlanib gapiradilar, so’zdagi ayrim tovushni tushirib yoki boshqa bir tovush qo’shib talaffuz qiladilar, tovushlar o’rnini almashtirib qo’yadilar va hok. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun logopedlar maxsus mashqlardan foydalanadilar. O’qituvchi ham har bir darsda va darsdan tashqari vaqtda o’quvchilar talaffuzini kuzatib borishi, kamchiliklarni aytib, to’g’ri talaffuz namunasini ko’rsatishi lozim.
Savod o’rgatish davridagi har bir dars jarayonida nutq o’stirish ishiga alohida e’tibor qaratish lozim. SHundagina o’quvchilarda adabiy nutq (shevalar ta’sirisiz, adabiy me’yor asosidagi nutq) ko’nikmalari shakllanadi va malakaga aylanadi. SHu o’rinda “Alifbe” (mualliflari: R. Safarova, M. Inoyatova, M. SHokirova, L. SHermamatova) darsligi asosida bir soatlik dars namunasini keltiramiz.
Savod o’rgatish davrida grammatik-orfografik bilimlarni amaliy o’zlashtirish
Savod o’rgatish davridayoq bolalar grammatika va imlodan ayrim materiallarni amaliy o’zlashtira boradilar, ya’ni ularga mavzu tushuntirilmaydi, nazariy ma’lumot berilmaydi. Bolalar og’zaki va yozma nutqni o’zlashtirish va yozma mashqlarni bajarish bilan o’quv yilining ikkinchi yarmida yoki keyingi sinflarda o’rganiladigan mavzularni o’zlashtirishga tayyorlanadilar.
Savod o’rgatishning birinchi oylaridayoq bolalar Omon, Tolib, Lola, Naima kabi juda ko’p ismlarni o’qiydilar va kishilarning ismlari bosh harf bilan yozilishini amaliy o’zlashtira boradilar. Bu bilan ular keyinroq o’rganiladigan kishilarning ismi bosh harflar bilan yozilishiga doir imlo qoidasini o’zlashtirishga tayyorlanadilar.
Gap ustida ishlash. Fikr almashish, aloqa-aralashuv gap vositasida amalga oshiriladi, shuning uchun ham gapni o’qishga, gap tuzishga, gap mazmunini aniqlashga, gapni to’g’ri yozishga oid amaliy bilimlar savod o’rgatish davridan boshlab shakllantiriladi.
O’quvchilarda nutq, uning og’zaki va yozma shaklda bo’lishi, nutqning gaplardan hosil bo’lishi va gap haqida amaliy tushuncha darslikdagi mazmunli rasmlar asosida hosil qilinadi. Buning uchun o’qituvchi rasm yuzasidan 3-4 so’zli savollar tuzib keladi.
Umuman, xat-savod o’rgatish jarayonida o’qish va yozuv darslarida gap, gapning so’zlardan tuzilishi, gapda so’zlarning alohida-alohida yozilishi, gapning oxiriga mazmuniga qarab nuqta, so’roq, undov belgisi qo’yilishi, gapning birinchi so’zi bosh harf bilan yozilishi haqida amaliy tushuncha beriladi.
Bu jarayonda, avvalo, “so’z” tushunchasi shakllantiriladi. O’qituvchi mazmunli rasm asosida hikoya tuzdiradi, hikoyadan bir qancha predmetlar tanlab olinadi, predmetlar nomi birma-bir so’raladi. Bunda har bir aytilayotgan nom so’z ekanligi ta’kidlanadi. SHu tariqa “so’z” tushunchasi rasmlar yoki predmetlarning o’zi yordamida tushuntiriladi. Bu o’rinda gapning so’zlardan tuzilishi aytib o’tiladi. “Bo’g’in” mavzusi o’tilganda so’zlarning bo’g’inlardan tashkil topishi tushuntirib beriladi.
O’yin tarzida olib boriladigan ish turlari o’quvchilarning lug’atini boyitish bilan birga, o’qishga qiziqish uyg’otadi, imloviy sezgirlikni oshiradi va so’zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarni kengaytiradi.
Savod o’rgatish jarayonida yozuvga o’rgatish
Savod o’rgatish jarayonida o’quvchilar o’qishga o’rganish bilan parallel ravishda yozuvdan ham elementar malaka hosil qiladilar. Dasturga muvofiq o’quvchilar yozuvdan quyidagi malakalarni egallashlari lozim:
1. Partada to’g’ri o’tirish, daftarni to’g’ri qo’yish, chiziqlarni chamalash, yozayotganda ruchkadan to’g’ri foydalanish, hoshiyaga rioya qilish (1-rasm).
2. Ish daftari yoki alifbe asosida o’zbek alifbosidagi barcha katta va kichik harflarni yozish, shuningdek, harflarni so’zda bir-biriga bog’lab yoza olish: bosma matnni yozma matnga aylantirib yozish.
Grafik malaka, birinchidan, qo’l-harakat malakasidir, bu harakat birinchi qarashda muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutqning o’zlashtirilgan birligi bo’lgan tovush grafik belgilarga, ya’ni harfga tarjima qilinadi. Bu yozuvga ongli faoliyat tusini beradi. Yozuvning ongliligi, birinchidan, tovush va harfning to’g’ri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik va imloviy qoidalarga rioya qilishni, uchinchidan, o’z fikrini, taassurotini, istaklarini ifodalashda yozuv malakasidan foydalanishni talab qiladi.
SHuni ta’kidlash kerakki, savod o’rgatish davrida bola harflarni yozishdan oldin uni qanday shakllantirishni ko’z oldiga keltirib, fikrlab oladi, ba’zan harf shaklini havoda “chizadi”, harf namunasini ko’chiradi, tarkibini tahlil qiladi, uni qanday yozishni o’zicha sekin gapiradi; o’qituvchi o’quvchi yoniga o’tirib, ruchkani to’g’ri ushlatadi va uning qo’li bilan harfni yozishni ko’rsatadi yoki o’zi yozib tushuntiradi. Bundan tashqari, bola yozuvning texnik tomoniga katta jismoniy kuch sarflaydi. Savod o’rgatish oxirida bola bir darsda 20 tacha so’zni yozishi mumkin.
Yozuvga o’rgatishning tashkiliy va gigienik shartlari. Maktabda asosiy yozuv quroli sharikli ruchka bo’lib, xattaxtaga yozishda bo’rdan foydalaniladi.
Savod o’rgatish davrida bolalarni yozuvga o’rgatish uchun turli vaqtlarda turli xil chiziqli daftarlardan foydalanilgan: dastlab chiziqsiz silliq qog’oz ishlatilgan bo’lsa, keyin quyuq yotiq chiziqlar bilan kesilgan uch chiziqli daftardan foydalanilgan:
Bunday daftarda yozuvga o’rgatilgan boladan boshlang’ich sinflarni bitirguncha besh xil daftarga yozishni o’rganish talab etilar edi:
Hozirgi vaqtda yozuvga o’rgatish uchun ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. Xattaxta ham shunga mos bo’lishi talab qilinadi; 2-sinfdan, ba’zan birinchi sinfda o’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab bir chiziqli daftarga yozishga o’tiladi.
Daftar tutishda bolalarni hoshiya qoldirishga, daftar chiziqlariga rioya qilishga, harflarni bir xil hajmda yozishga, sarlavhani aniq va to’g’ri ajratishga, xat boshidan yozishda joy qoldirishni unutmaslikka o’rgatib borish ularda saranjom-sarishtalikni tarbiyalaydi. Yozuv darsida o’quvchilar
Yozuvga o’rgatish, birinchi navbatda, grafik malaka hosil qilishdir. Har bir malaka ham ta’lim berish, ko’nikmani shakllantirish va shu asosda qator mashqlarni bajarish natijasida hosil qilinadi.
Grafik malaka, birinchidan, qo’l-harakat malakasidir, bu harakat birinchi qarashda muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutqning o’zlashtirilgan birligi bo’lgan tovush grafik belgilarga, ya’ni harfga tarjima qilinadi. Bu yozuvga ongli faoliyat tusini beradi. Yozuvning ongliligi, birinchidan, tovush va harfning to’g’ri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik va imloviy qoidalarga rioya qilishni, uchinchidan, o’z fikrini, taassurotini, istaklarini ifodalashda yozuv malakasidan foydalanishni talab qiladi.
Yozuv daftarida o’quvchilar “Alifbe”da o’rganilgan harfni yozma shakllantiradilar. Suhbat uchun daftarning yuqori qismida predmet rasmi yoki biror mazmunli rasm keltirilishi, ayrim predmet nomlarini ifodalovchi so’z chizmasi katakchalarga ajratib berilishi, gap nusxalarining keltirilishi maqsadga muvofiqdir. Ba’zi o’rinlarda o’quvchilar berilgan gap yoki so’z chizmasini o’zlari mustaqil tasvirlaydilar.
Yozuvga o’rgatishda orfografik elementlar. Orfografiya yunoncha so’z bo’lib, “to’g’ri yozuv” degan ma’noni bildiradi. Orfografiya (imlo) adabiy tilning yozma shakli bilan bog’liq bo’lib, to’g’ri yozish haqidagi qoidalar yig’indisidir. Orfografiyani bilmay turib, fikrni adabiy til me’yorlari asosida yozma ifodalab bo’lmaydi. O’quvchilarning imloviy savodxonligi haqida g’amxo’rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to’g’ri ifodalash, kishilar bilan o’zaro xatosiz muomala qilish uchun g’amxo’rlik demakdir. Savod o’rgatish davrida bolalarda grafik malakani shakllantirish bilan birga imloga oid malaka ham shakllantiriladi.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilarda o’z-o’zini tekshirishga oid malaka shakllantiriladi: ular yozganlarini namuna bilan solishtiradilar, yo’l qo’ygan xatolarini topadilar, ularni izohlashga o’rganadilar. SHu davrdanoq ko’chirib yozish, diktant va ijodiy yozuv (insho)lardan foydalaniladi.
Gap va so’zlarni yozishdan oldingi tayyorgarlik ishlari, muntazam o’tkazib boriladigan o’z-o’zini tekshirish mashqlari, o’qilgan matnning imlosini kuzatish o’quvchilarda yuqori savodxonlik garovi bo’lgan orfografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, ularni yuqori sinflarda o’rganiladigan imlo qoidalarini puxta o’zlashtirishga tayyorlaydi.
Yozuv darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish. Yozuv darslarida ham o’quvchilar nutqini o’stirish, fikrlashga o’rgatish asosiy vazifalardan hisoblanadi. O’quvchilar gap yoki hikoyani og’zaki ravishda erkin tuza oladilar, lekin ammo yozish uchun o’rganilmagan harf bo’lmagan so’zni tanlashda qiynaladilar. Bu jarayonda o’qituvchi yordam berishi va yozuvni kuzatib borishi lozim.
Ijodiy yozuv mashqini doimo izchil ravishda o’tkazib, asta-sekin murakkablashtirib borish kerak. Bunday mashqlar o’quvchilarni insho va bayon yozishga tayyorlaydi, o’z fikrlarini mustaqil ravishda yozma bayon qilishga o’rgatadi.
Yozuv darslarida yuqoridagi kabi mashqlar o’quvchilarning yozma nutqini og’zaki nutqi bilan bog’liq holda o’stirishni ta’minlaydi.
Savod o’rgatish davrida o’qish va yozuv darslari
O’qish va yozuv darslariga qo’yiladigan talablar. Dars ta’limning asosiy shakli hisoblanadi. Analitik-sintetik tovush metodi asosida olib boriladigan savod o’rgatish darslari xilma-xil bo’lishi, o’quvchilarni zeriktirmasligi va charchatib qo’ymasligi kerak.
Savod o’rgatish davridagi o’qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari uchun umumiy bo’lgan asosiy talablar mavjud:
1. Umumdidaktik talablar:
a) har bir darsning tarbiyaviy maqsadi bo’lib, unda bironta axloqiy sifat o’stirilishi lozim;
b) darsning ta’limiy maqsadi, ya’ni o’quvchilar darsda qanday yangilikni bilishi, nimani o’rganishi, qanday ko’nikma va malakalar o’stirilishi, o’quvchilarning mustaqil fikrlashi va faolligining qanday bo’lishi aniq belgilab olinishi kerak;
2. Maxsus metodik talablar:
a) o’quvchilar nutqi uchun qayg’urish, darsda adabiy til nuqtai nazaridan to’g’ri, ifodali, obrazli, aniq nutqqa erishish lozim;
b) o’qish darsida ham, yozuv darsida ham o’quvchilar nutqini o’stirishga, lug’atini boyitishga, gap tuzish va uni tahlil qilishga, og’zaki hqikoyalash va shu kabi ish turlariga alohida ahamiyat qaratish kerak;
O’qish va yozuv darslarining turlari. Savod o’rgatish jarayonidagi darslar quyidagi belgilariga ko’ra farqlanadi:
1. Ta’limning predmetiga ko’ra:
a) “Alifbe” darsligi asosidagi o’qish darslari;
b) “Yozuv daftari” asosidagi yozuv darslari.
2. Ta’limning davri va bosqichlariga ko’ra:
a) alifbogacha bo’lgan davrdagi darslar;
b) alifboni o’rganish jarayonidagi darslar.
3. Darsda yangi mavzu o’tilishi va o’tilmasligiga ko’ra:
a) yangi tovush-harf o’rganiladigan o’qish darslari;
b) yangi harfni yozish darslari;
v) yangi tovush-harf o’rganilmaydigan darslar.
Bulardan tashqari, umumlashtiruvchi va takrorlash darslari hamda savod o’rgatish davrining oxirida “Alifbe” bayrami o’tkaziladi.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilar bilimi dars jarayonida barcha ishlarga bog’lab aniqlanadi, bog’lanishli nutqni o’stirish ham o’qish va yozuv darslariga uzviy bog’lanib ketadi. O’quvchilarning sinfdan tashqari o’qishlariga rahbarlik qilishlariga xaftada bir marta 20 daqiqa ajratiladi.
Savod o’rgatish darslarida ish turlarini almashtirib turish, vaqti-vaqti bilan dam olish daqiqalari o’tkazish zarur. Bu o’quvchilar toliqishining oldini oladi.
Darslar tizimi deyilganda o’quv vaqtini mavzularga nazariy va amaliy jihatdan rejali taqsimlangan, darslarning mantiqiyligi va istiqboli bir-biri bog’langan, dars turlari va unda o’qituvchi bilan o’quvchilar foydalanadigan asosiy metodik vositalar xilma-xil bo’lgan izchillik nazarda tutiladi.
Savod o’rgatish davridagi darslarda ham interfaol usullar qo’llaniladigan darslardan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish darslarining
xususiyatlari
Oz komplektli maktablarda savod o’rgatishni tashkil etishda o’qituvchi bir vaqtning o’zida ikki yoki uch sinf bilan ishlaydi, ya’ni bir vaqtning o’zida bir necha sinf o’quvchilari bilan ish olib boradi. Bunday sinflarda dars jadvali integrallashtirilgan bo’lishi kerak va darslar 30 daqiqagacha qisqartirilishi mumkin. Savod o’rgatish davridagi yozuv darslarini boshqa sinflarda olib boriladigan matematika, tabiatshunoslik va ba’zan o’qish darslari bilan birga olib borish maqsadga muvofiqdir.
Oz komplektli maktablarda o’quvchilarning mustaqil ishlariga alohida ahamiyat beriladi, chunki o’qituvchi ikki sinf yoki uch sinf bilan ishlaganda, bir sinf bilan alohida ishlay olmaydi: u bir sinf bilan ishlashi uchun qolgan sinflarga mustaqil ish topshirib, ularni band qilishga majbur. SHuning uchun maxsus mustaqil ishlar tizimi ishlab chiqilishi zarur. Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish davrida mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli uyushtirish uchun “Alifbe”ga qo’shimcha, ishni jonlantiradigan didaktik tarqatma materiallar muhim ahamiyatga ega.
Mustaqil ish savod o’rgatish jarayonida o’qituvchining rahbarlik qilishini talab etadi: o’qituvchi aniq vazifa topshiradi, uni qanday bajarishni yaxshilab tushuntiradi, o’quvchi bajargan ishni sinfning o’zida tekshiradi. Boshqa sinflar bilan ishlash jarayonida ham u 1-sinf o’quvchilarining mustaqil ishni qanday bajarayotganini kuzatib boradi.
Savod o’rgatish jarayonida bajariladigan mustaqil ishlarga turli predmetlar shaklini chizish, bir xil oraliqni mo’ljallab nuqtalar qo’yish, yotiq to’g’ri chiziqlar chizish, ayrim harflar elementlarini yozish, rasmga qarab savollarga javob berishga tayyorlanish, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlarni kiritish mumkin.
Alifbo davrida esa harf terish kartoni va abak yordamida turli xil analitik-sintetik ishlarni uyushtirish, rasm asosida suhbat, ovoz chiqarib yoki ichda o’qish, qayta hikoya qilishga tayyorlanish, berilgan bo’g’inlar yordamida so’zlar tuzish, gaplarni to’ldirish, o’qilgan matnga oid rasm chizish, namuna asosida yozish, tushirib qoldirilgan harf yoki so’zni o’rniga qo’yib yozish, berilgan predmetlarni ma’lum belgisiga ko’ra guruhlash va umumlashtirish kabi mashqlarni qo’llash, bu jarayonda texnika vositalaridan unumli foydalanish zarur. Mustaqil ish sifatida tarqatma materialda berilgan so’zni o’qish, unli va undosh harf tagiga chizish, so’zni bo’g’inlarga ajratish kabi mashqlarning berilishi o’qituvchiga juda qo’l keladi.
Oz komplektli maktablarda texnika vositalaridan foydalanish ham katta ahamiyat kasb etadi.
Komplekt sinflarni to’g’ri taqsimlash va birlashtirish, dars va mustaqil ishlarni mohirlik bilan uyushtirish va rejalashtirish, didaktik materiallardan, ko’rgazmali vositalardan unumli foydalanish yo’li bilan oz komplektli sinf o’quvchilarining bilimlarni puxta o’zlashtirishlariga erishish mumkin.
Savol va topshiriqlar:
1. Nutq faoliyatining turlari va ularning shakllanishini tushuntiring.
2. Savod chiqarishda o’qish va yozuvga o’rgatish deganda nima tushuniladi?
3. Eski maktablarda savod o’rgatish qanday metod va bosqichlarda olib borilgan?
4. O’zbek sinflari uchun yaratilgan dastlabki o’quv qo’llanmaning afzalliklari nimalardan iborat?
5. Analitik-sintetik tovush metodi va uning tamoyillari haqida ma’lumot bering.
6. Bolalarning savod o’rgatishga tayyorgarligi qanday yo’nalishlarda o’rganiladi? O’zingiz bir-ikkita bolaning savod o’rgatishga tayyorgarligini o’rganing va taqqoslang, farqini aniqlang.
7. Savod o’rgatish jarayoni haqida to’liq ma’lumot bering.
8. Savod o’rgatish jarayoni oxirida o’quvchilar qanday bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari zarur?
9. Savod o’rgatish davri o’qish darslariga dars namunasini ishlab chiqing.
10. Bo’g’in-tovush, tovush-harf tahlili mashqlarining mazmuni va ahamiyatini sharhlab bering.
SINFDA O’QISH METODIKASI
O’qish darslarining maqsad va vazifalari,
ta’limiy – tarbiyaviy ahamiyati
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslari o’z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. SHuning uchun ham boshqa predmetlar ta’limini o’qish ta’limisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
O’quvchi matnni to’g’ri, tez, tushunib o’qish, mazmunini o’zlashtirish bilan ilk bor o’qish darslarida yuzlashadi. O’qish darslari orqali o’quvchilarning Davlat ta’lim standartlari (DTS) talablari bo’yicha o’zlashtirishlari ko’zda tutilgan o’quv-biluv ko’nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo’l ochiladi. Aynan o’qish ta’limida insonning, avvalo, o’zligini, qolaversa olamni anglashga bo’lgan intilishlariga turtki beriladi.
SHu maqsadda «O’qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o’rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do’stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo’yicha atroflicha tushunchalar berishga mo’ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
O’qish darslari savod o’rgatish davrida o’quvchilarni bo’g’in, so’z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o’qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o’qish texnikasi egallangandan so’ng o’qish muayyan mavzular bo’yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o’tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug’ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to’g’risida muayyan tasavvur beradi.
Tabiatga oid mavzular yordamida o’quvchilar tabiatdagi o’zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday mavzudagi asarlar o’quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi.
Umuman, «O’qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug’atini boyitishga, og’zaki va yozma nutqini to’g’ri shakllantirish va nutq madaniyatini o’stirishga ham qaratiladi.
Amaldagi «O’qish kitobi» darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o’tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. Masalan, 1-sinfda o’rgatiladigan «Ajdodlarimiz-faxrimiz», «Ilm-aql chirog’i», «Zumrad bahor», «Kumush qish» kabi mavzular 2-4-sinflarda ham davom ettirilgan. Bu esa o’quvchilarning oldingi bilimlari to’ldiradi va boyitadi.
Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, o’quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi.
O’quvchilar darsliklar yordamida o’zlashtiriladigan bilim, ko’nikma va malakalarining kelajak hayotda zarur bo’lishini tushunib yetishishlariga erishish o’qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.
SHuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo’lib, ular zamonaviy o’qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o’zaro bog’liq holda va sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari jarayonida hal qilinadi.
O’qish darslarida qo’llaniladigan
metod va usullar
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o’quv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy o’rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta’kidlangan.
Ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o’qituvchi va o’quvchi faoliyati doirasini aniq belgilab beradi.
Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o’qishga o’rgatish yo’l-yo’riqlarini o’qish metodikasi ishlab chiqadi. O’qish metodikasi kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi.
O’qish darslarining samaradorligi ko’p jihatdan ta’lim metodlarining to’g’ri tanlanishiga bog’liq.
«Metod» atamasi yunon tilidan olingan bo’lib, muayyan maqsadga erishish, borliqni amaliy va nazariy o’zlashtirish usullari majmuidir. Binobarin, fanning o’zi kabi o’qitish metodlari ham doimiy rivojlanishda bo’ladi. Masalan, eski maktablarda o’qish quruq yod olish metodi asosida o’rgatilgan bo’lsa, hozir izohli o’qish asosida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi so’zlarga izoh berishga, ma’nosini tushuntirishga, o’qilganni qayta hikoyalashga umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishiga mutlaqo e’tibor berilmagan. Ularda ko’proq to’g’ri talaffuz, qiroat bilan o’qish, ifodali o’qish nazarda tutilgan.
Badiiy asarni izohli o’qishga yaqin bo’lgan metodlardan biri ijodiy o’qishdir. Atoqli metodist olim N. I. Kudryashov ijodiy o’qish metodi tarkibiga quyidagi ish usullarini kiritadi.
Ifodali o’qish. Boshlang’ich ta’lim tizimida mantiqiy o’qish (matnni to’g’ri, tushunib, tez (me’yorida) o’qish) va adabiy o’qish mukammal o’zlashtirilganidan so’ng ifodali o’qishga o’tiladi.
Nasriy asarlarni ifodali o’qishdan oldin unda qanday g’oya ilgari surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda X. To’xtaboevning «Xatosini tushungan bola» hikoyasini ifodali o’qishdan oldin o’quvchilarga xatosini tushungan bola kim ekanligi, uning xatosi nimalardan iborat bo’lganligi, maqtanchoqlikning illat ekanligi to’g’risida tushuncha beriladi.
Sinfda o’qishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan omillardan biri tanlab o’qishdir. Masalan, 3-sinfda X. To’xtaboevning «Hassa» hikoyasi bilan tanishish jarayonida Qobil boboning savollariga SHavkatning javoblari yoki S. Anorboevning «Bahs» hikoyasidagi bolalarning bahslashish epizodi yuzasidan o’qituvchi topshirig’iga ko’ra mazkur o’rinlarni tanlab qayta o’qilishi natijasida ushbu asarlarning badiiy-estetik qimmatini chuqurroq o’zlashtirishga erishiladi.
SHuni ta’kidlab o’tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, darsda qanday usullarni qo’llash o’qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi kerak.
O’qish malakalarining sifatlari va
ularni takomillashtirish yo’llari
Dastur talablarini to’liq bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, o’qish ko’nikmalarini to’g’ri va puxta egallash va takomillashtirib borish zarur. O’qish ko’nikmalari savod o’rgatish jarayonida shakllanadi, o’qitishning keyingi bosqichlarida takomillashadi.
O’qish malakalarining sifatlariga badiiy asar matnini to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qish kiradi. O’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi.
O’qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar mazmunini tahlil qilish o’qish malakalarini takomillashtirishga yo’naltirilgan bo’lsin.
To’g’ri o’qish. To’g’ri o’qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o’qish tushuniladi, ya’ni to’g’ri o’qish so’zning tovush-harf tarkibini, grammatik shakllarni buzmasdan, so’zdagi tovush yoki bo’g’inni tushirib qoldirmay, boshqa tovushni qo’shmay, harflar o’rnini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so’zga urg’uni to’g’ri qo’yib o’qish hisoblanadi.
To’g’ri o’qish so’zning uzun-qisqaligiga, o’quvchining so’z boyligiga, ya’ni so’zning leksik ma’nosini qanchalik bilishiga hamda so’zning bo’g’in va morfemik tarkibiga bog’liq..
O’qituvchining tuzilishi murakkab so’zlarni oldindan xattaxtaga yoki kartonga bo’g’inlarga bo’lib yozib qo’yib, o’quvchilarga ovoz chiqarib birgalikda o’qitishi yaxshi natija beradi.
O’quvchilar yo’l qo’ygan xato ikki xil yo’l bilan tuzatiladi:
1. O’quvchi so’z oxiridagi qo’shimchani noto’g’ri o’qisa, o’quvchini o’qishdan to’xtatmasdan xatoni to’g’rilash mumkin.
2. Xato o’qish bilan gaplarning mazmuni buzilsa, qayta o’qitish usulidan foydalaniladi. Bunda o’quvchiga o’qigan matni yuzasidan savol berilsa, o’quvchi e’tiborli bo’lib qayta o’qiydi.
Tez o’qish. Tez o’qish me’yoriy tezlikda o’qish bo’lib, bunda o’qish sur’ati matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O’qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o’sib borishi lozim. O’qilayotgan asar mazmunini o’zlashtirishni, matn mazmunini ongli idrok etishni ta’minlaydigan o’qish tez o’qish deyiladi.
O’qish tezligi to’rt yil davomida to’g’ri va ongli o’qish bilan bog’liq holda asta ortib boradi. O’qish tezligini tekshirganda o’qituvchi o’qiladigan materialning xarakterini, ya’ni g’oyaviy-mavzuviy murakkabligini, so’z va gaplarning tuzilishini, ularning bolalar nutqida qaydarajada ishlatilishini, o’qishning to’g’ri va ongli bo’lishini hisobga oladi. O’quvchilarning o’qish tezligi har xil bo’ladi, albatta. O’qituvchining vazifasi barcha o’quvchilarning o’qish tezligini, iloji boricha bir xillikka keltirishdan iborat. O’qish sur’atini oshirishda tez aytishlarni, maqollarni yod oldirish va matnni ovoz chiqarib o’qishni mashq qilish kabilar samarali usullardan hisoblanadi.
Ongli o’qish. Ongli o’qish yaxshi o’qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli o’qish o’qilgan matnning aniq mazmunini, asarning g’oyaviy yo’nalishini, obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o’qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga o’z munosabatini ifodalay olishdir.
Ifodali o’qish. Ifodali o’qish intonatsiya – ohang yordamida asarning g’oyasi va jozibasini to’g’ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir.
Intonatsiya (ohang). Intonatsiya og’zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari: urg’u, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past-balandligining yig’indisidir.
Asarning mazmuni va g’oyaviy yo’nalishini tahlil qilish ifodali o’qishga o’rgatish bilan bog’lab olib boriladi. Ifodali o’qishga o’rgatishda matn mazmunini tushunish, muallif hikoya qilgan voqealarga o’z munosabatini bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. O’quvchilarda ifodali o’qish malakasini shakllantirish uchun asarni o’qituvchining ifodali o’qishi muhim ahamiyatga ega.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning badiiy asarni idrok etishidagi psixologik xususiyatlari
Boshlang’ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida kichik yoshdagi o’quvchilarning badiiy asarni idrok qilishidagi psixologik xususiyatlar hisobga olinadi. Ruhshunos olimlarning tekshirishlaridan ma’lum bo’lishicha, asarni idrok qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga, uni emotsional-estetik his etish ham kiradi. Badiiy asarni yaxshi idrok etish uchun uni tushunishning o’zigina yetarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo’lib, asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o’z ichiga oladi. Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o’quvchilarning adabiy qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi psixologik xusisiyatlari o’rganilgan va ular adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo’lishlari aniqlangan:
1. Adabiy qahramonga emotsional munosabat.
2. Elementar tahlil qilish.
Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o’quvchilar o’z shaxsiy va axloqiy tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday axloqiy tushunchalar kichik yoshdagi o’quvchilarda chegaralangan bo’ladi, albatta. Ular axloqiy sifatlardan botirlik, to’g’rilik, mehnatsevarlik, yaxshilik tushunchalarini ko’p ishlatadilar.
Asardagi qahramonlarning xarakteri ularning axloqiy sifatlarini anglash asosida tushuniladi. Bunda qahramonning nima qilishi emas, nima uchun shunday qilishi kerakligini bilish muhimdir. Ushbu jarayonda asar qahramonlarining axloqiy sifatlari ustida qo’proq ishlash lozim.
Итдан қўрқиб қочади
Папкасининг чанги билан синфга кирмоқчи бўлади
Тозаликка риоя қилмайди
«Далада эдим» деб ёлғон гапирди
Одамдай-одамдай балиқларни тутиб олганмиз
O’qish darslarida o’qilayotgan asarning ongli o’zlashtirilishini ta’minlashda o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini albatta hisobga olish zarur.
BOSHLANG’ICH SINFLARDA BADIIY ASARNI
TAHLIL QILISH
Zamonaviy maktab oldiga qo’yilgan vazifalar, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar umumiy rivojlanishining o’sganligi, psixologiya va xususiy metodika sohasidagi yutuqlar sinfda o’qish mazmuni va o’qitish metodlariga o’zgartirish kiritishni talab etmoqda. SHularga bog’liq holda badiiy asarnn tahlil qilish metodikasi takomillashtira borildi: takroriy bayon qilish mashqlari kamaytirildi, ijodiy va o’qilgan matn yuzasidan o’z fikrini bayon qilish ko’nikmasini o’stiradigan mashqlar ko’paytirildi, asar qismlari ustida emas, balki yaxlit asar ustida ishlanadigan bo’ldi, asar g’oyasi va obrazlarini tushuntirishda o’quvchilarning mustaqilligi ortdi, matn ustida ishlashda xilma-xil topshiriq turlaridan, ta’limda texnika vositalaridan va ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan ko’proq foydalanila boshlandi va h. k.
XX asrning 60-yillarida yaratilgan maktab dasturida kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda shakllantiriladigan matn ustida ishlash ko’nikmalari belgilab berildi, shuningdek, 1-4-sinflarda o’qish malakasiga qo’yilgan talablar ancha aniq ajratildi. XX asrning 70-yillari boshlarida mazmuni va metodik apparati jihatidan hayotga yaqinlashtirilgan o’qish kitoblari yaratildi.
Mustaqillik tufayli ta’lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirildi. 1999 yil boshlang’ich ta’limning ham “Davlat ta’lim standarti” yaratildi, o’quv dasturlari yangilandi. 2005 yil tajriba-sinov natijalari hisobga olinib, davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari qayta ko’rib chiqildi, “O’qish kitobi” darsliklari ham yangilandi.
O’zbek maktablarida taniqli rus metodist-olimlari T. G. Ramzaeva, M. S. Vasilьeva, V. G. Goretskiy, K. T. Golenkina, L. A, Gorbushina, M. I. Omorokova, Ye. A. Nikitina, N. S. Rojdestvenskiylar, o’zbek olimlaridan A.Zunnunov, K.Qosimova, Q.Abdullaeva, S.Matchonov, M.Yusupov, M. Umarova, X.G’ulomovalar ishlab chiqqan takomillashgan sinfda o’qish metodikasidan ijodiy foydalanilmoqda.
Boshlang’ich sinflarda badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi:
1. Asar mazmunini tahlil qilish va to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qish malakalarini shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning mazmunini tushuntirishga oid topshiriq o’qish malakalarini takomillashtirish topshirig’i ham hisoblanadi).
2. Asarning g’oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, syujet chizig’i, kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o’quvchilarning shaxs sifatida umumiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog’lanishli nutqining o’sishi (lug’atining boyishi va faollashishi)ni ta’minlaydi.
3. O’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4. Sinfda o’qishga o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi.
Asarni tahlil qilishda hisobga olish zarur bo’lgan muhim omillardan biri uning o’quvchilarga hissiy ta’siridir. O’quvchilar muallifning asosiy fikrini tushunibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan ham hayajonlansinlar. Matnni tahlil qilish o’quvchida fikr ko’zg’atishi, hayotiy tajribasining muallif qayd etgan dalillarga to’g’ri kelish-kelmasligini aniqlashi zarur. Tahlil davomida asarning estetik qimmati, badiiy go’zalligi ham alohida qayd qilib o’tiladi.
O’qish darslari o’quvchilarda badiiy asarlarning bir-biridan farqini ajrata olish, yozuvchining hayotiy voqealarni qanday badiiy vositalar orqali aks ettirgani va qanday obrazlar yaratganini aniqlay olish, mustaqil o’qish va asarni tahlil qilish malakasini hosil qiladi. O’quvchilar adabiy ma’lumotlarni o’zlashtirish orqali badiiy asarning mazmuni, g’oyasi va ahamiyatini anglab ola boshlaydilar.
O’quvchilarning nutqini o’stirishda, yuqoridagilar bilan birga, adabiy tushunchalarni shakllantirish ham muhim o’rin tutadi. O’quvchilar adabiy tushunchalarni o’rganish natijasida badiiy adabiyot san’atning bir turi ekanligi, uning hayot bilan aloqadorligini bilib oladilar.
Boshlang’ich sinflarda asar tahlilida badiiy til vositalari − sifatlash, o’xshatish, jonlantirish, mubolag’a va adabiy janr turlari − ertak, hikoya, masal, she’r, doston, maqol, topishmoq kabilar bilan amaliy ravishda tanishtiriladi.
Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o’quvchilarda o’z ona tiliga muh
Ertaklarda o’xshatishlar, jonlantirish va mubolag’alardan foydalanilgan. O’quvchilarga ularni izohlab berish, keyinchalik matndan toptirish, qayta hikoyalashda ulardan nutqlarida foydalanishga o’rgatish zarur.
Asar o’qib bo’lingach, badiiy til vositalari ustida ishlanadi. CHunki ularning ma’nosi matndan, asar mazmunidan anglashiladi. Ayniqsa, masallarda allegoriyani ochishda ko’chma ma’noli so’zlardan ko’p foydalaniladi. Ular bolalarga masal mazmunini tushunishga xalal bergani uchun ayrim ko’chma ma’noda ishlatilgan so’zlar asarni o’qishdan oldin tushuntiriladi.
O’qish metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab bergan nazariy qoidalarga asoslanadi. Sinfda o’qishni to’g’ri uyushtirish uchun o’qituvchi badiiy asarning o’ziga xos xususiyatlarini, ta’limning turli bosqichlarida o’qish jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning matnni idrok etish va o’zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
O’qish ta’limi bo’yicha o’quvchilarni faqat matn bilan tanishtirish yordamida dastur talablariga javob berib bo’lmaydi. Negaki, matn tagzaminidagi tarbiyaviy g’oya uni tushunish, idrok qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha aytganda, har qanday asardagi sehr-joziba matn zaminidagi yashirin mazmun-mohiyatni anglab yetilganda o’quvchi diqqatini o’ziga jalb etishi mumkin. Bunga adabiy-nazariy tushunchalarni o’zlashtirish, adabiy tahlil malakalarini shakllantirish orqali erishiladi.
BADIIY ASAR USTIDA ISHLASH JARAYoNI
Badiiy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlarini belgilashda o’qituvchi badiiy asarning san’at asari sifatida o’ziga xos xususiyatlari va o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini nazarda tutadi.
Badiiy asarda barcha qismlar (g’oyaviy asos, kompozitsiya, syujet, tasviriy vositalar) o’zaro bog’liq bo’ladi. Syujet rivoji asosida asar qahramonlarining yangi-yangi qirralari ochila boradi. Bu xususiyatlar asar ustida ishlashda uni yaxlit o’qish va idrok etishni talab etadi.
O’quvchilarni badiiy asar ustida ishlashga o’rgatish ularda adabiy-estetik tahlil malakasini shakllantirish va o’stirish orqali ta’lim-tarbiya berishni nazarda tutadi. Asar matnini tahlil qilish muallif fikrini, hissiyoti va xulosalarini tushunishga yordam beradi, asarda ifoda etilgan voqealarga munosabat uyg’otadi. Asar tahlili o’qituvchidan o’quvchilar faoliyatini ma’lum maqsadga yo’naltirishni taqozo qiladi.
O’quvchi asarning mazmuni bilan uni mutolaa qilish paytida tanishsa, tahlil qilishda uning poetik vositalariga murojaat qiladi. Mutolaa hissiyotni boyitib, aqlni peshlasa, tahlil asar zamiridagi ma’noni chuqur o’rganishga yordam beradi.
Boshlang’ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bosqichga bo’linadi:
Birinchi bosqich (birinchi sintez). Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish asosida asarning aniq mazmuni va tasviriy ifoda vositalari bilan tanishtirishdan iborat.
Ikkinchi bosqich (analiz). Bu bosqichning vazifasi va ish mazmuni voqealar rivojining bog’lanishini belgilash, ishtirok etuvchi shaxslarning xulq-atvori va ularning asosiy xususiyatlarini aniqlash (nega shunday qildi va bu uning qanday xususiyatini ochadi), asar kompozitsiyasini ochish (tugun, kulьminatsion nuqta, yechim), asarning aniq mazmunini tasviriy vositalar bilan birga tahlil qilish va qahramonlar xulq-atvorini baholash (muallif nimani tasvirlagani, qanday tasvirlagani, nima uchun u yoki bu dalilni tanlagani)dan iborat.
Uchinchi bosqich (ikkinchi sintez). Bu bosqichning ish mazmuni ishtirok etuvchi shaxslarning muhim xususiyatlarini umumlashtirish, qahramonlarni taqqoslash va baholash, asarning g’oyasini aniqlash, badiiy asarni hayotni bilish manbai va san’at asari sifatida baholash (qanday ma’lumotlarga ega bo’ldik, asar nimaga o’rgatadi, muallif o’z fikri va taassurotlarini qanday qilib aniq, ravshan va ta’sirli tarzda yetkazadi va hokazo)dan iboratdir.
Asar maqsadga muvofiq tahlil qilinsa, o’quvchilar faolligi ortadi, chunki asarni tahlil qilish ular uchun ijodiy jarayondir.
Badiiy asarni o’qishga tayyorgarlik
Asarni o’qishga kirishishdan oldin o’quvchilarni badiiy asarni o’qishga tayyorlash lozim bo’ladi. CHunki o’quvchilar asar mazmunini to’g’ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum tasavvurga ega bo’lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi.
Ma’lumki, sinfda o’qish asosida badiiy va ilmiy-ommabop matnlar turadi. O’quvchilarni matn bilan tanishtirish o’qishga tayyorgarlik bosqichidan boshlanadi.
Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida ma’lumot berish, o’quvchilarni asarda tasvirlanadigan voqea-hodisalarni idrok qilish, asar pafosini his etish, notanish va ko’p ma’noli so’zlar, murakkabroq tarzdagi obrazli ifodalarni izohlash kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Agar asar yil fasllari haqida bo’lsa, tabiat qo’yniga sayohat uyushtirish ham sinfda o’qish muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat qiladi.
Tayyorgarlik shakllaridan biri − ekskursiyadir. Bu ish turidan tabiat tasviriga bag’ishlangan yoki ishlab chiqarish, qurilish, shahar, qishloq hayotiga, kasbga doir mavzular va tarixiy asarlar o’rganilganda foydalanish mumkin.
Ishlab chiqarish korxonalariga, muzey va boshqa joylarga ekskursiyalar esa tarixiy voqealarning to’g’ri idrok etishlarini ta’minlaydi, kattalar mehnati bilan tanishtiradi, o’quvchida mehnatga muhabbat uyg’otadi, kasbga yo’naltiradi.
Filьm namoyish qilish. Tarixiy materiallarni, asar muallifi hayotini o’rganishdan oldin filьm namoyish qilinsa, o’quvchilarning asarni idrok qilishlari faollashadi. Masalan, 2-sinfda “Gulzorda” hikoyasini o’qishda ”Mehrobdan chayon” filьmidan parcha ko’rsatilishi, 3-4-sinflarda Ibn Sino haqidagi asarlarni o’rganishda ”Ulug’bek xazinasi”, Alisher Navoiy haqidagi asarlar bilan tanishtirishda “Alisher Navoiy” filьmi namoyish etilishi mumkin.
O’qituvchi hikoyasi. Bu metod asar muallifi haqida ma’lumot berishda eng samarali hisoblanadi. Asar muallifi shoir va yozuvchilar haqida so’zlab berilayotganda ularning portretlari, bolalar uchun yozgan asarlari namoyish etilsa, o’quvchilarning muallif ijodiga qiziqishlari ortadi.
Asarni o’qishga tayyorgarlik bevosita o’quvchilarning mustaqil izlanishlari asosida ham tashkil etiladi.
Sinfdan sinfga ko’chish bilan yozuvchi hayoti va ijodi haqidagi o’quvchilar bilimi ortib boradi. Asar muallifi bilan tanishtirishga qo’yilgan talablar ham ko’payadi. O’qituvchi qisqa ma’lumot berishdan yozuvchi hayoti bilan to’liqroq tanishtirishga o’tadi. Bunda u kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning yoshiga mos imkoniyatlarni, ular yozuvchi bilan qay darajada tanish ekanligi va uning asarlaridan nimalarni o’qiganligini hisobga oladi.
Asar bilan tanishtirish
Tayyorgarlik davridan so’ng 1-bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi asar mazmunini bilan tanishtirishdir. Badiiy asarni yaxlit idrok etish muhim bo’lgani uchun maktab tajribasida asar ustida ishlash shu asar yoki uning bir darsda o’rganishga mo’ljallangan qismi yaxlit o’qish usulida tanishtiriladi.
Hikoya, masal, she’rning mazmunini to’g’ri idrok etish, shuningdek, matnning hissiy ta’sirini oshirish uchun ifodali o’qish katta ahamiyatga ega.
Asar matni bilan tanishtirishning bir necha usullari mavjud. Ular quyidagilar:
1. Matn o’qituvchi tomonidan ifodali o’qib beriladi (ba’zan asar matni magnitafon orqali ham eshittirilishi mumkin). O’quvchilar matn mazmuni bilan tanishtirilgach, o’qituvchi ularga boshlang’ich taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi. Masalan, «Hikoyaning qaysi o’rni sizga yoqdi?», «Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi?», «Hikoya o’qilganda siz qaysi o’rinda juda xursand bo’ldingiz?» kabi va hok. Kirish suhbati, birinchidan, asarning o’quvchilarga qanday ta’sir qilganini bilish, ikkinchidan, bolalarni asar matnini tahlil qilishga qiziqtirish, darsda o’quvchilar faolligini oshirish maqsadini ko’zda tutadi.
2. Yaxshi o’qiydigan o’quvchiga o’qitish. O’quvchining oldindan o’qituvchi o’qish yo’llari bilan tanishtiradi va uning o’qilishini o’zi kuzatadi, xato va kamchiliklarni bartaraf etadi. SHundan so’ng tayyorlangan o’quvchi sinf jamoasiga o’qib beradi.
Umuman olganda, asarning janriy xususiyati hisobga olingan holda u bilan tanishtirishning o’ziga xos usullarini tanlash lozim.
Badiiy asar matni ustida ishlash
Boshlang’ich sinflarda to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qishga o’rgatish vazifasi o’quvchilarda asarni tahlil qilish ko’nikmasini shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. O’qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o’zaro bog’liqligi asarni tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi.
Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar tahlilidir. Asarni tahlil qilishning asosiy yo’nalishi matnning aniq mazmuni (voqealar va uning rivojlanishi)ni, kompozitsiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqi va xarakterli xususiyatlarini, asarning g’oyasini aniqlash hisoblanadi.
Asarni tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy-ifodaviy vositalari bilan bog’liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo’nalishini belgilaydi, shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o’quvchilar bajaradigan topshiriqlarni va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning xarakterini aniqlab olishga yordam beradi.
Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1. Tanlab o’qish. Bunda o’quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o’qiydi. Vazifa asarning mazmunini oydinlashtirish, sabab-natija bog’lanishini belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o’qilgan matnga o’z shaxsiy munosabatini ifodalashdan iborat bo’lishi mumkin. Masalan, 4-sinfda “Oltin kuz” matnidan “Tabiatdagi o’zgarishlar berilgan qismlarni topib o’qing”, “Baqa va taqa” ertagidagi “Taqachining nasihati berilgan joyni topish o’qing” kabi topshiriqlar berilishi mumkin.
2. O’quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o’z so’zlari bilan javob berishi. Mashqning bu turi o’quvchilarda o’qilganlar yuzasidan muhokama yuritish ko’nikmasini o’stirishga, asarda qatnashuvchi qahramonlarni baholashga, muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g’oyasi o’rtasidagi bog’lanishni aniqlashga imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar ma’lum maqsadga yo’naltirilgan va muayyan izchillikda bo’lishi, o’quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi lozim.
3. O’quvchilarni savol berishga o’rgatish. O’quvchilarni savol berishga o’rgatish matn ustida ishlashda yaxshi natija beradi. Metodist olimlarning fikricha, to’g’ri berilgan savolda yarim javob tayyor bo’ladi. O’quvchilar matnni ongli o’zlashtira olsalargina, matn yuzasidan savol bera oladilar. O’quvchilarga savol berishni o’rgatishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
O’quvchilarni ongli ravishda savol tuzishga o’rgatish uchun o’qituvchi matnga o’zi tuzgan yoki «O’qish kitobi»da berilgan savollarni tahlil qiladi. Tahlil uchun “Nega u yoki bu savol qo’yilgan?”, “Unda kim yoki nima haqida gap boradi?”, “Savol ko’proq qaysi so’zlar bilan boshlanadi?” kabi savollarni ishlatadi va matndan foydalangan holda bu savollarga javob berishni o’rgatadi.
4. Matnni tasvirlash. Matnni tasvirlash matn ustida ishlashda katta ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, undan to’g’ri foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlagan hayotiy manzaralarni o’quvchilar aniq tasavvur qilishlari uchun qulay imkoniyat yaratadi. Matnni ikki xil tasvirlash mumkin: 1) so’z bilan tasvirlash; 2) grafik tasvirlash.
So’z bilan tasvirlash o’ziga xos murakkab ish turi bo’lib, unda manzarani so’z yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. So’z bilan tasvirlash, shuningdek, grafik tasvirlash uchun ham o’quvchi matnni, undagi voqea sodir bo’lgan vaziyatni, qatnashuvchilarning tashqi ko’rinishini, xarakterli xususiyatlarini yaxshi bilishi zarur. So’z bilan tasvirlashda so’zlarni aniq tanlash talab qilinadi, bu esa o’quvchilar nutqini rivojlantirishda foydali vositalardan biri hisoblanadi.
Tasvirlashdan o’qituvchi turli maqsadlarda, chunonchi, reja tuzishga asos sifatida, qayta hikoyalashga tayyorlashda, voqea yuz bergan sharoitni aniqlashda foydalanadi. Tasvirlashdan mustaqil ish sifatida ham foydalaniladi: o’qituvchi matnning ma’lum qismidan o’quvchilarga juda ma’qul bo’lgan manzarani so’z bilan yoki grafik tasvirlashni, unga muallif so’zini tanlashni hamda turli tabiat manzaralarini, qatnashuvchi kishilarning tashqi ko’rinishini, voqea sodir bo’lgan joylarni tasvirlashni topshiriq qilib berishi mumkin.
Grafik tasvirlash ko’proq uyda bajariladi. Buning uchun o’quvchilar tasvirlanadigan matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan o’qib chiqadilar, mazmunini o’zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. Bunda o’quvchilar bilan qanday ranglardan foydalanish, ranglar ifodalaydigan ma’nolar bo’yicha suhbat o’tkaziladi. Rasmlar ko’rgazmasi tashkil etiladi. Har bir rasm muallifi o’zi chizgan rang tasvirini izohlab beradi. Kompьyuterlashtirilgan sinflarda grafik tasvirlash sinfda ham bajartirilishi mumkin. Bunda o’quvchilarning ijodiy yondashuvlariga imkon beriladi.
O’quvchilar asar voqealari rivojini seriyali rasmlar asosida muayyan izchillikda tasvirlashlari ham, har bir rasm seriyasi ostida shu qismda ifoda etilgan muhim fikrlarni yozib qo’yishlari ham mumkin. Bular asar matnini to’liq qayta hikoyalash, shuningdek, o’qilgan hikoya,maqolaning rejasini tuzish, matn mazmunini, uning tasviriy vositalarini bilib olishga yordam beradi.
5. Asar rejasini tuzish. Reja matn mazmunini ongli va chuqur tushunishda, asosiy fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilashda, matn qismlarining o’zaro bog’lanishini tushunishda o’quvchilarga yordam beradi. Reja ustida ishlash o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stiradi. Ular matnni mazmunan tugallangan qismlarga bo’lishga va har bir qismning asosini topishga, ularga qisqa va aniq sarlavha topishga, uni reja qismi sifatida shakllantirishga o’rganadilar.
Reja tuzishga tayyorgarlik ishlari savod o’rgatish davridayoq boshlanadi. Tayyorgarlik mashqining eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn mazmuniga mosini topib qo’yish hisoblanadi. Bunday mashqqa o’rgatishda o’qituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini ta’kidlaydi, bolalar topgan sarlavhani tahlil qilib, u yoki bu sarlavha nima uchun mos yoki mos emasligini tushuntiradi. Reja tuzishga tayyorgarlik ishining ikkinchi turi o’qituvchi rahbarligida tanlab o’qish hisoblanadi, bolalar matndan o’qituvchi bergan savolga javob bo’ladigan o’rinni topib o’qiydilar.
Kartonga ko’chma ma’noli so’zlar yozib qo’yiladi. Ularning ma’nosini izohlash bo’yicha quyidagicha savol-topshiriqlar beriladi:
− Birikmalarni o’qing. Tagiga chizilgan so’zlarning ma’nosiga diqqat qiling. Ularning qaysi ma’noda qo’llanganini izohlashga harakat qiling.
olovning qip-qizil tillari − gurullab yonayotgan olovning yuqoriga bo’ralab-bo’ralab ko’tarilishi;
olovning . tillari osmonni yalar − baland ko’tarilar;
o’zini o’tga urmoqchi − olovning ichiga kirmoqchi.
O’quvchilarga yordam berish maqsadida shu so’zlarni o’z ma’nosida qo’llab, taqqoslash uslubidan foydalanish mumkin:
olovning tili − odamning tili;
odam tili bilan yalaydi − olov tili bilan osmonni yalaydi;
o’tga urmoqchi − bolani urmoqchi.
Qaysi birikmada “til”, “yalaydi”, “uradi” so’zlari o’z ma’nosida, qaysi birikmada ko’chma ma’noda qo’llanganligi aniqlanadi.
O’xshatishlar ustida quyidagicha ishlanadi: gaplar oldindan xattaxtaga yoki kartonga yozib qo’yiladi va ular yuzasidan topshiriq beriladi:
− Gapni o’qing. Alanga nimaga o’xshatilyapti?
. yong’in borgan sari kuchayar, qimmatli kitoblarni ajdahodek yutayotgan alanga quturib, hujra eshigidan tutun aralash chiqib turar edi.
− Parchani o’qing. Suv alangaga qanday ta’sir qildi? Nima uchun?
. CHelaklab sepilgan suv unga kor qilmas, aksincha, moydek ta’sir qilayotgandek edi.
− Quyidagi parchada Ibn Sinoning holati nimaga o’xshatilyapti?
. Ibn Sino xuddi yaqin kishisini ko’rib, qabristondan qaytgan kishidek boshini quyi solib, yarim-yorti kuygan bir necha kitobni qo’ltiqlagan holda uyiga jo’nadi.
So’ngra iboralar ustida ishlanadi. Bunda quyidagicha topshiriqlar beriladi:
− Berilgan gaplarni o’qing, tagiga chizilgan iboralarning ma’nosiga diqqat qiling. Ularni bir so’z bilan almashtirish mumkinmi? Yoki ularning ma’nosini boshqa so’z bilan ifodalash mumkinmi?
Hozir maktab tajribasida izohli o’qish, ijodiy o’qish, adabiy o’qish usulidan, muammoli o’qitish metodlaridan, ilg’or pedagogik texnologiya metodlaridan ham keng foydalanilmoqda. Masalan, A. Qodiriyning «CHin do’st» hikoyasini o’rganishda izohli o’qish metodidan foydalanish mumkin. CHunki bu asar matnida o’quvchilarga lug’aviy ma’nosi tushunarsiz bo’lgan so’zlar uchraydi. Masalan, hikoyadagi saboqdosh, mirzaboshi, havolanmas, asrandi, g’arq, holda, mahdum, marsiya, xun, hamnishin, dildor, notavon, g’urbat kabi so’zlar izoh talab etadi.
Metodik adabiyotlarda badiiy asar matnini tahlil qilishning uch usuli: badiiy asarni yozuvchiga ergashib yaxlit o’rganish, obrazlar vositasida o’rganish, mavzuli-muammoli o’rganish alohida ajratib ko’rsatiladi.
Boshlang’ich sinflarda, asosan, matn asosidagi tahlildan foydalaniladi, ya’ni, o’qituvchi asarni tahlil qilishda asar matniga asoslanadi. Uni o’zgartirmagan holda undagi ma’noni, jozibani o’quvchilarga yetkazib beradi.
Boshlang’ich sinflarda muammoli tahlil usulidan ham foydalanish mumkin. Masalan, «Bobur va Humoyun» hikoyasini o’rganishda o’quvchilarga «Boburning aytgan gaplari o’rinlimi?», «Hikoyadagiday holat sodir bo’lishi mumkinmi?» kabi muammoli savollar berish o’rinli bo’ladi.
SHunday qilib, boshlang’ich sinflarda ham badiiy asar matnini tahlil qilishda, umuman, badiiy asarlarni o’rganishda o’quvchi shaxsiga kuchli ta’sir qiluvchi, ularning saviyasiga mos, bilimlarning o’zlashtirilishini ta’minlovchi metod va usullardan, tahlil turlaridan foydalanish mumkin.
O’QISH DARSLARIDA MUSTAQIL ISHLAR
Mustaqil ish mashqning faol turi bo’lib, uni bajarish jarayonida o’quvchilar fikrlashga va mustaqil faoliyat yuritishga o’rganadilar. Bir vaqtning o’zida ikki yoki uch sinf bilan ishlanadigan oz komplektli maktablarda mustaqil ish, ayniqsa, juda zarur hamda katta ahamiyatga ega.
O’qish darslarida mustaqil ishni bajarishga bolalar taxminiy tayyorlanadi, albatta. O’quvchilarni mustaqil ishga tayyorlashda topshiriqning maqsadi ularga qisqa va aniq tushuntiriladi. Mustaqil ish uchun tanlangan matnning hajmi kichik va o’quvchilar saviyasiga mos bo’lishi lozim. Mustaqil ish turlari har xil bo’lib, uni tanlashda o’quvchilarning tayyorgarligi, o’qiladigan matnning xarakteri, asarni o’rganish bosqichi hisobga olinadi.
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida mustaqil ishning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1. Asarni ichda o’qish. 1-sinfda bu mashqni topshirishdan oldin ayrim so’zlarni kesma harflar bilan tuzdirish va uni o’qishni mashq qildirish maqsadga muvofiq. O’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab ichda o’qib, ayrim qatnashuvchi shaxslarning gaplarini topish, uni o’qish va o’z so’zi bilan gapirib berish, matndan o’qituvchi bergan savolga javob bo’ladigan o’rinni topish kabi topshiriqlar berilishi mumkin.
2. O’qilgan matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish. Bu mashq bolalarni diqqat-e’tibor bilan o’qishga o’rgatadi; bu ish turidan oz komplektli maktablarda foydalanish dars tartibini belgilashga ham yordam beradi. Mashqning bu turi asta murakkablashtira boriladi: avval o’quvchilar matnga oid savollarga javob berish bilan uning mazmunini o’zlashtirsalar, keyin asarning asosiy g’oyasini bilib oladilar, voqea-hodisalar o’rtasidagi sabab-natija bog’lanishlarini tushunadilar.
3. O’qilgan asar mazmunini to’liq anglash, bilib olish uchun
o’qituvchi topshirig’ini bajarish. Topshiriqlar quyidagicha bo’lishi mumkin:
a) O’qing va omonatga xiyonatning jazosi qandayligini aytib bering. («Omonatga xiyonat», IV sinf)
b) O’qing va nima uchun hunarsiz kishi o’limga yaqinligini tushuntirib bering. («Hunarsiz kishi o’limga yaqin», IV sinf) va hok.
4. O’qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish. Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:
1) o’qilgan matnga oid rasm chizish;
2) rasmga matndagi so’zlar yoki o’z so’zi bilan sarlavha qo’yish;
Mustaqil ishning qanday bajarilganligini hisobga olish o’quvchilarning tayyorlik darajasini aniqlashda va keyingi bosqichlarda mustaqil mashqni to’g’ri tashkil qilish uchun material tanlashda o’qituvchiga yordam beradi.
O’QISH DARSLARIDA BADIIY ASARLARNI JANRIY XUSUSIYaTLARIGA KO’RA O’RGANISH
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo’lmasa-da, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o’qib o’rganiladi. O’qish darsliklariga, asosan, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o’qitiladi.
Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularning o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoqlar predmet, voqea-hodisalar o’rtasidagi o’xshashlikni taqqoslash orqali o’zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. SHunga ko’ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi.
4-sinf o’quvchilari uchun testlar to’plami 1-chorak uchun
4. Darslarni o’z vaqtida bajar. Qaysi kelishik qo’shimchasi ishtirok etgan?
A) jo’nalish kelishigi B) o’rin-payt kelishigi D) tushum, o’rin payt kelishigi
5. Dilnoza mazali ovqat pishirdi. Sifatni aniqlang.
A) mazali B) ovqat D) pishirdi.
6. So’zdagi bo’g’inlarni aniqlang. Ona, shaftoli.
7. Hunarman… do’s… so’zining oxirida qaysi undosh aytilganda tushib qoladi?
8. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zlarni qo’ying. Mayin shamol…
A) ezdi B) esdi D) egdi
9. Bolalar kitobni seving. Qanday gap?
A) darak gap B) undov gap D) so’roq gap
10. Sifat so’z turkumi qanday so’roqqa javob bo’ladi?
A) qanday? Qanaqa? B) qancha? D) nima? Kim?
11. ALifboni 24-tartibidagi harfini toping.
12. Yulduz so’zidan nechta harf, nechta tovush bor?
13. Men kitobni o’qiyman. Qaysi kelishikda?
14. Daftar, kitob, ruchka qaysi kelishikda?
15. Harakatni bajarilganligini bildirgan fe’lni yozing.
4-sinf Ona tili 3-chorak
1. Sifatlar otga qanday bog’lanadi?
A) ohang B) so’roqlar D) gaplar
2. Ot yasovchi qo’shimchalar qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) –li, -dosh, -m B) –im, -shi, -zor, -ng D) –chi, -zor, -dosh, -kor, -k, -q
3. Tartib sonlar qanday so’roqqa javob bo’ladi?
A) nechanchi? B) qanday? D) qancha
4. Sonlar yozuvda necha xil bo’ladi?
A) 3 xil B) 2 xil D) 4 xil
5. Nechta shaxs bor?
A) 5 ta B) 4 ta D) 3 ta
6. Harakatni bajarilganligini bildirgan fe’lni toping.
A) keldi B) aytayapti D) bormoqchi
7. Daftar, kitob, ruchka qaysi kelishikda?
A) qaratqich kelishik B) tushum kelishik D) bosh kelishik
8. Men kitobni o’qiyman. Qaysi kelishikda?
A) jo’nalish B) tushum D) bosh
9. Yulduz so’zida nechta harf, nechta tovush bor?
10. Alifboni 24-tartibidagi harfni toping.
11. Sifat so’z turkumi qanday so’roqqa javob bo’ladi?
12. Bolalar kitobni seving. Qanday gap?
13. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zlarni qo’ying. Mayin shamol …
14. Hunarman … do’s … oxirida qaysi undosh sytilganda tushib qoladi?
15. So’zdagi bo’g’inlarni aniqlang. Ona, shaftoli.
____________________________________ __________
Ona tili 4-sinf 4-chorak
1. Harakatning bajarilganligini bildirgan fe’lni aniqlang.
A) keldi B) aytayapti D) bormoqchi
2. Hozirgi zamon fe’lini aniqlang.
A) yozganman B) boryapman D) bormoqchi
3. Ikki yoki undan ortiq fe’l qanday fe’l deyiladi?
A) fe’l B) soda fe’l D) qo’shma fe’l
4. Qaysi qatorida yaqin ma’noli fe’llar yozilgan?
A) tinglamoqchi, chanqamoq B) adashmoq, eshitmoq D) gapirmoq, so’zlamoq
5. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zlarni qo’ying. Mayin shamol …..
A) ezdi B) esdi D) egdi
6. va, ammo, biroq soz’lari nima?
A) undalma B) uyushiq bo’lak D) bog’lovchi
7. Nuqtalar o’rniga qaysi bog’lovchini qo’yish kerak?
O’zbekistondagi qushlarning ko’pi issiq tomonlarga uchib ketadi, … ular bahorda yana qaytishadi?
A) va B) lekin D) biroq
8. Gapda nuqtalar o’rniga mos bog’lovchini qo’ying. Odil astoydil musobaqaga tayyorlandi… unda yaxshi ishtirok etib mukofotlandi.
A) va B) lekin D) biroq
9. Nuqtalar o’rniga bog’lovchi qo’ying. Qor … muzlar eridi.
A) va B) lekin D) biroq
10. Tohir va Hamid o’qiydilar. Gapda bog’lovchi qaysi bo’laklarni bog’lab kelgan?
A) gapni gapga B) so’zni so’zga D) ikkinchi darajali bo’lak
11. Bahor keldi va qorlar eridi. Gapda bog’lovchi qaysi bo’laklarni bog’lab kelgan?
12. Qaysi so’zlar bog’lovchilarga kiradi?
13. Uyushiq bo’lak nima?
14. “Chiroq atrofida juda ko’p kapalak va parvonalar uchib yuribdi”, uyushiq bo’laklar nima bilan bog’lanayapti?