Soliq hamkor” va keshbeklar. Davlat soliq qoʻmitasi yashirin iqtisodiyotga qarshi qanday kurashmoqda
Yashirin iqtisodiyot muammosini birdaniga bartaraf etish imkonsiz. Chunki u juda chuqur ildizga ega. Imkon qadar muammoga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish lozim. Shu maʼnoda Davlat soliq qoʻmitasi aholi, xususan, tadbirkorlarni qonuniy ishlashga chorlash harakatida. Masalan, “Soliq-hamkor” loyihasi jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali tadbirkorlarni qonuniy ishlashga yoʻnaltirish yoʻlidagi samarali qadamlardan boʻldi.
Quyosh elektr stansiyalarini qurish hamda elektr energiyani muqobillashtirish masalalari bo’yicha yig’ilish
2023-yil 8-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida energetika va transport infratuzilmasini rivojlantirish, mahallalarni obod qilish va aholi bandligini oshirish masalalari bo‘yicha o’tkazgan yig’ilishda, quyosh panellarini o‘rnatish ham energetika tizimi uchun, ham oilalar uchun manfaatli bo‘lishini bildirgan edi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida oʻtkazilgan onlayn yigʻilishda quyosh panellari oliy ta’lim muassasasi yillik elektr energiya sarfining kamida 70 foizini qoplashi lozimligini ta’kidlab, mas’ullarga tavsiyalar berdi.
Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziriligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, oliy ta’lim muassasalariga quyosh panellarining o’rnatilishi bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Navoiy davlat pedagogika institutiga Toshkent davlat texnika universiteti Elektr energetikasi fakulteti dekani o’rinbosari, dotsent Elyor Saitov hamda Issiqlik energetikasi fakulteti Energiya tejamkorligi va energoaudit kafedrasi mudiri, dotsent Jahongir Normuminovlar tashrif buyurib, quyosh elektr stansiyalarini qurish hamda elektr energiyani muqobillashtirish masalalari bo’yicha yig’ilish o’tkazdi.
Unda institut rektori Bahodir Sobirov, prorektor Sunnat Xudouberdiyev, audit Xasan Tursunov hamda Bosh muhandis Muzaffar Rahimovlar ishtirok etishdi. Yig’ilish davomida mutaxassislar quyosh panellaridan foydanilishda yuqori samaradorlikni oshirish bo’yicha o’zaro fikr va tajriba almashishdi.
Ma’lumot o’rnida: Navoiy davlat pedagogika institutda elektr energiya samaradorligini oshirish va quyosh panellaridan foydalanish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilgan. Bugungi kunda Navoiy davlat pedagogika institutining 6 ta oʻquv binolari hamda 3 ta talabalar turar joylariga jami 350 kvt boʻlgan Quyosh panellari oʻrnatildi. Kelajakda qo’shimcha 160 kvt.lik panellar o’rnatish rejalashtirilgan.
“Soliq hamkor” va keshbeklar. Davlat soliq qoʻmitasi yashirin iqtisodiyotga qarshi qanday kurashmoqda?
Oʻzbekiston 2019-yilda yashirin iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinda ekani qayd etilgan. Bu mamlakatda noqonuniy mablagʻlar, soliq toʻlanmay orttirilayotgan daromadlar hajmi misli koʻrilmagan darajada koʻpligini anglatadi. Mazkur vaziyatda Davlat soliq qoʻmitasi qanday yoʻl tutmoqda? Soyadagi iqtisodiyotni yoʻqotishda natijalarga erishmoqdami? Bugun shu haqda soʻz yuritamiz.
Yashirin iqtisodiyot muammosi
Ming afsuski, Oʻzbekistondagi eng yomon, iqtisodiy rivojlanishga soya solib kelayotgan muammolardan biri yashirin iqtisodiyotdir. 2019-yilda respublikada iqtisodiyotdagi xufiyona aylanma pullarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 52,11 foizni tashkil etgan. 2020-yilning 9-sentyabrida Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekistonda 245 trillion soʻm mablagʻ soya ostida ekanligi, yashirin iqtisodiyotning YIMdagi ulushi esa taxminan 48 foizga toʻgʻri kelishini xabar qilgandi. Bu juda katta va dahshatli koʻrsatkich.
Insonlarning noqonuniy yoʻllar bilan, soliq toʻlamagan holda daromad orttirishga intilayotgani mamlakat rivojlanishi va iqtisodiy oʻsishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Ya’ni bu holat bozorda raqobat muhitining buzilishi, mahsulotlar sifati va miqdorining kamayishi, soliq tushumlari hajmi ortmasligiga olib keladi.
Yaqinda Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev “Daryo”ga bergan intervyusida hozir Oʻzbekiston aholisining 14 milliondan ortigʻi mehnatga layoqatli ekani, ammo shundan 4 million kishi qonuniy tarzda ishlamasligini aytgan. Bu qariyb 4 million odam soliq toʻlamay ishlayotganini anglatadi.
Masalaning asosiy qismi esa oʻsha insonlarni ishga yollagan tadbirkorlar soliq toʻlashni istamasligida. Mubin Mirzayev 2023-yildagi asosiy vazifalardan biri ham aynan oʻsha 4 million kishi faoliyatini legallashtirish ekanini aytgan. Yaʼni ular qonuniy ishlasa, ham soliq organlaridan soliq toʻlovchi hisobida roʻyxatdan oʻtkaziladi, ham pensiya yoshiga yetganda pensiya olishi, tibbiy va boshqa xizmatlardan toʻlaqonli foydalanish imkoni paydo boʻladi.
Ayrim iqtisodchilar fikricha, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish uchun soliqlarni pasaytirish, soliq maʼmurchiligini soddalashtirish, toʻlovlarni osonlashtirish va albatta, insonlar toʻlayotgan soliqlari nimalarga sarflanayotganini bilishlari, tizim ochiq va shaffof boʻlishi zarurligini taʼkidlashadi.
Yaqinda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirishga doir yig‘ilishda ham ishchisi yo‘q korxonalar to‘g‘risida gapirildi. Aytilishicha, xususiy sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan 232 mingta korxonada ishchilar soni bor-yo‘g‘i bir nafarni tashkil qiladi. Bu degani ular haliyam “yashirin iqtisodiyot” sharoitida ishlab, “konvert”da oylik to‘lab kelmoqda.
Umuman olganda, masala jiddiyligicha qolmoqda, aksariyat tadbirkorlar ijtimoiy mas’uliyatni his qilmaslik va mo‘may daromad ilinjida noqonuniy ishlashda davom etmoqda.
Isteʼmolchini ragʻbatlantirish muammoga yechimmi?
Yashirin iqtisodiyot muammosini birdaniga bartaraf etish imkonsiz. Chunki u juda chuqur ildizga ega. Imkon qadar muammoga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish lozim. Shu maʼnoda Davlat soliq qoʻmitasi aholi, xususan, tadbirkorlarni qonuniy ishlashga chorlash harakatida. Masalan, “Soliq-hamkor” loyihasi jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali tadbirkorlarni qonuniy ishlashga yoʻnaltirish yoʻlidagi samarali qadamlardan boʻldi.
Infografika: Davlat soliq qoʻmitasi
Qoʻmita hisob-kitoblariga qaraganda, 2022-yilda “Soliq-hamkor” platformasiga aholidan 142 ming 224 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 71 ming 957 tasi tekshirildi, 67 ming 885 tasi takroriy boʻlgani yoki tekshiruv davom etayotgani sababli qaytarildi. Eng koʻp qilingan va tekshirilgan murojaatlar (24 ming 57 ta) Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri keladi.
Savdoda xarid chekini bermaslik yashirin iqtisodiyot ildiz otishiga olib keladigan sabablardan biri. Qoʻmita tomonidan 2022-yil 1-yanvardan soliq huquqbuzarliklariga qarshi kurashgan isteʼmolchilarni mukofotlash tizimi yoʻlga qoʻyildi va bu jamoatchilikda faollik uygʻotdi. Endi sotuvchi chek bermasa, bank kartasidan pul yechishni rad etsa yoki karta orqali tovarni qimmat sotsa, isteʼmolchi soliq organlariga murojaat yoʻllashi va arzi tasdigʻini topgan taqdirda huquqbuzardan undirilgan jarimaning 20 foizini mukofot sifatida olishi mumkin.
Qoʻmitaning maʼlum qilishicha, yuqoridagi murojaatlardan qariyb 132 ming 818 tasi chek bermaslik masalasi bilan bogʻliq. Qolgan 6 ming 56 ta murojaatlar toʻlovni plastik karta orqali qabul qilishni rad etish, 496 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish masalasida yoʻllangan. Soliq organlari orqali oʻtkazilgan tekshiruvlarda isteʼmolchilar tomonidan yoʻllangan murojaatlar orqali huquqbuzarliklarning 98 foizi oʻz tasdigʻini topgan. Huquqbuzarlikka yoʻq qoʻyganlardan 226,6 milliard soʻmlik jarimalar undirilgan. Shundan qonun buzilishlarga befarq boʻlmasdan, soliq organlariga xabar bergan faol fuqarolarga 35,3 milliard soʻm mukofot pullari toʻlab berildi.
Ragʻbatlantirish institutining ijobiy taʼsiri natijasida prognoz koʻrsatkichlari ortigʻi bilan bajarildi va aylanmadan olinadigan soliqdan tushumlar 2021-yilga nisbatan 1,5 baravarga oshib, 863,3 milliard soʻmga va qoʻshilgan qiymat soligʻi hajmi 1,3 baravarga oʻsib, 7,2 trillion soʻm koʻproq soliqlar tushdi.
Isteʼmolchini ragʻbatlantirish orqali yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda yana bir yoʻl sifatida keshbek toʻlash amaliyoti joriy etildi. 2022-yil 1-yanvardan yoʻlga qoʻyilgan bu tizimi jamoatchilik faolligini sezilarli oshirdi. Yaʼni chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarida amalga oshirgan xaridi uchun berilgan chekning fiskal belgisini “Soliq” mobil ilovasida matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi qaytarilmoqda.
Infografika: Davlat soliq qoʻmitasi
Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yilda “Soliq” mobil ilovasida 241 milliondan ortiq chek roʻyxatdan oʻtkazilgan va ularga 1 trillion soʻmdan ortiq keshbek mablagʻlari toʻlib berilgan. Yil davomida mobil ilova orqali keshbek tizimida 2,2 million nafar fuqarolar roʻyxatdan oʻtib, 101,4 trillion soʻmlik chek yuborgan.
Infografika: Davlat soliq qoʻmitasi
Ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez muhokama qilinadigan masalalardan biri keshbeklar nisbatan kichik summadagi tovar va xizmatlar uchungina toʻlanadi. Yaʼni koʻchmas mulk va avtomobil xaridlari uchun nega keshbek berilmasligi koʻpchilikni qiziqtirib keladigan masalalardan.
Onlayn nazorat – kassa texnikalari
Oʻzbekistondagi savdo va xizmat koʻrsatish maskanlarida 2021-yildan joriy etilgan onlayn nazorat – kassa texnikalari (ONKT) yashirin iqtisodiyotni qisqartirish yoʻlidagi yechimlardan biri sifatida taʼriflanadi. Bunda naqd pul tushumiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga davlat reyestriga kiritilgan onlayn nazorat kassa mashinalari, virtual kassa va marketpleysdan foydalanish majburiyati yuklandi.
Masalaning muhim jihatlaridan biri pul aylanmasi ustidan soliq organlari va jamoatchilik nazorati oʻrnatilishida. Onlayn tizimga oʻtgan tadbirkorlar tomonidan xaridorlarga toʻlov terminali cheki bilan birga virtual kassa yoki onlayn-NKM cheki ham berilishi shart. Yuqorida keltirib oʻtganimiz, xarid cheki va keshbeklar aynan ONKT orqali olinadi. Tan olish kerak, bu tizim davlat byudjeti tushumlari oʻsishi va isteʼmolchini ragʻbatlantirishda yaxshi samara bermoqda.
Infografika: Davlat soliq qoʻmitasi
Davlat soliq qoʻmitasining “Daryo”ga maʼlum qilishicha, 2022-yilda ONKT foydalanuvchilari soni 145 ming 332 taga yetgan (2021-yildagidan 21 foiz koʻp) va ular tomonidan savdo shoxobchalariga 217 ming 190 ta onlayn nazorat-kassa apparatlari oʻrnatilgan. Taqqoslash uchun, 2021-yilda ONKT foydalanuvchilari soni 120 ming 349 ta boʻlgan va ular 186 ming 312 ta ONKT oʻrnatgan.
Oʻtgan yilda ONKM orqali 697,8 millionta chek rasmiylashtirilib, ular boʻyicha aylanma 174,3 trillion soʻmni tashkil etgan. Hisoblangan QQS summasi esa 26,1 trillion soʻm boʻldi. Natijada, 2022-yilda 2021-yilga nisbatan tovar aylanmasi hajmi 74,1 trillion soʻmga (74 foiz) va hisoblangan QQS 11,1 trillion soʻmga (2,3 baravarga) oʻsdi.
Umuman olganda, chek talab qilish orqali yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish samarasi ortib bormoqda. Qoʻmita rasmiylari davlat byudjetiga soliq tushumlarining koʻpayishida raqamlashtirishning oʻrni katta boʻlayotgani, kelgusida elektron tizimlar faoliyatini kengaytirish ustida ishlashda davom etilishini bildirb keladi.
Joriy yil 1-yanvardan qoʻshilgan qiymat soligʻi 15 foizdan 12 foizga tushirildi. Bu 14 trillion soʻmdan ortiq mablagʻlar korxona, tashkilotlar va aholi qoʻlida qolishiga imkon yaratadi va shuncha hisobda byudjet yoʻqotishlari yuzaga keladi, degani. Ammo qoʻmita bu masalaga soliq maʼmurchiligini takomillashtirish orqali yechim topilishiga ishonmoqda. Buning uchun birinchi navbatda ayrim soliq imtiyozlarini bekor qilish koʻzda tutilmoqda.
“Ikkinchidan, xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha katta ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Bu oson boʻlmaydi. Agar bilim va intellekt bilan ishlansa, oʻrnini qoplasa boʻladi. Biz 2023-yilda QQS tushumlarini 2022-yilga nisbatan koʻproq yigʻishni reja qilganmiz. Bu faqat raqamlashtirish orqaligina boʻladi”, – degan Mubin Mirzayev.
Qoʻmita rasmiysi 2023-yilda elektron yuk xatlari va transportda tashiluvchi hujjatlarni ham elektronlashtirilishini aytgan. Buning natijasida 6,5 trillion soʻmga yaqin qoʻshimcha mablagʻlar soliq maʼmurchiligini takomillashtirish orqali undiriladi.