Press "Enter" to skip to content

Maktablarda 2020-yildan “Tarbiya” fanini joriy etish rejalashtirilmoqda

«Qarorga ko‘ra, «Boshlang‘ich ta’lim», «Tarix» va «Dinshunoslik» mutaxassislari malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi va «Tarbiya» fanini o‘qitishlari mumkin bo‘ladi.

1 sinf tarbiya fani

Hukumatning shu haqdagi qarorida yangi fandan «Milliy g‘oya va huquq» mutaxassisligiga ega o‘qituvchilardan tashqari «Boshlang‘ich ta’lim», «Tarix» va «Dinshunoslik» mutaxassisligi vakillari ham dars berishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu masala qator maktablarda o‘qituvchilar orasida tushunmovchilikka sabab bo‘lmoqda.

Kun.uz’ga kelib tushgan murojaatlarda aytilishicha, ayrim maktablarda yangi o‘quv yili uchun dars soatlari taqsimlanish jarayonida shundoq ham dars soatlari kam bo‘lgan «Tarbiya» darslari boshlang‘ich sinf va tarix o‘qituvchilari o‘rtasida taqsimlanmoqda. Birinchi galda ushbu fanni o‘qitishi kerak bo‘lgan «Milliy g‘oya va huquq» fani o‘qituvchilari esa chetda qolib ketayotgan holatlar uchramoqda.

Aslida «Tarbiya» fanini qaysi yo‘nalish mutaxassislari o‘qitishi kerak? Ushbu savol bilan Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorovga murojaat qildik.

«Qarorga ko‘ra, «Boshlang‘ich ta’lim», «Tarix» va «Dinshunoslik» mutaxassislari malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi va «Tarbiya» fanini o‘qitishlari mumkin bo‘ladi.

Nima uchun faqat «Milliy g‘oya va huquq» fani o‘qituvchilari malaka oshirish kurslarida o‘qitilmayapti, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bunday yo‘l tutilishiga sabab – hozirgi kunda respublikaning ayrim hududlarida «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi» yo‘nalishidagi mutaxassislarning yetishmasligidir. Shuning uchun qo‘shimcha yo‘nalish o‘qituvchilarini ham o‘qitish ko‘zda tutilgan.

«Tarbiya» fani yangi ekani, shu bilan birga, «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» fani o‘qituvchilariga bo‘lgan ehtiyoj barcha hududlarda ham birday to‘liq qoplanmagani uchun Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida «Boshlang‘ich ta’lim», «Milliy g‘oya va huquq», «Tarix», «Dinshunoslik» mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari uchun «Tarbiya» fanidan onlayn shakldagi maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

«Tarbiya» faniga ajratilgan dars soatlari, avvalo muassasada faoliyat yuritayotgan «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» mutaxassislariga taqsimlanib, bir stavkadan ortiqcha dars soati yuzaga kelgandagina yuqorida nomlari keltirilgan va tegishli malaka oshirish kursidan o‘tgan boshqa fan mutaxassislariga berilishi mumkin.

Qarorning 5-bandida keltirilganidek, respublika oliy ta’lim muassasalarining «Boshlang‘ich ta’lim», «Tarix» (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), «Tarix o‘qitish metodikasi», «Filologiya va tillarni o‘qitish: O‘zbek tili», «O‘zbek tili va adabiyoti», «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi», «Pedagogika va psixologiya», «Dinshunoslik» va Islomshunoslik (Islom tarixi va manbashunosligi)», «Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)» ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Tarbiya» fanini o‘qitish huquqi berilishi esa 2020/21 o‘quv yilidan boshlab, OTMlar o‘quv rejasiga mazkur fan kiritilgandan so‘ng amalga oshiriladi», – deya aniqlik kiritdi Shuhrat Sattorov.

Maktablarda 2020-yildan “Tarbiya” fanini joriy etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish choralari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur qaror loyihasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 23-avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Qayd etilishicha, mazkur qaror loyihasida nazarda tutilgan “Tarbiya” fani umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amalda bo‘lgan “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy g‘oya” va “Dunyo dinlari tarixi” kabi fanlarni birlashtirgan holda joriy etiladi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fani 1—9-sinflarda 2020/2021-o‘quv yilidan, 10—11-sinflarda 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Qaror bilan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1—11-sinflari uchun ‘Tarbiya’ fani Konsepsiyasi”ni, “Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yaratish bo‘yicha tuzuvchilar guruhi tarkibini tasdiqlash nazarda tutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, 2020-yilning aprel—may oylarida “Tarbiya” fanining 1—9-sinf darsliklari va o‘quv-metodik majmualari tajriba-sinovdan o‘tkaziladi.

Tajriba-sinov natijalariga ko‘ra, takomillashtirilgan holda chop etilgan “Tarbiya” darsliklari va ularning multimedia ilovalari yangi o‘quv yili boshlangunga qadar maktablarga yetkazib beriladi, deyiladi vazirlik xabarida.