Press "Enter" to skip to content

Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

«Китобларни пулли ижарага бериш конституцияга зид деб ҳисоблаймиз» — Расул Кушербаев

Ўзбекистонда мактаб дарсликлари ижараси учун нарх 108 фоизга ошгани, Халқ таълими вазирлиги эса бунга тушунтириш бергани хабар қилинганди. Қонунчилик палатаси депутати Расул Кушербаев мазкур ҳолатга ўз муносабатини билдириб, китобларни пулли ижарага бериш конституцияга зид эканини таъкидламоқда.

Депутат Ўзбекистон конституциясининг 41-моддасини келтириб, унда, жумладан, «Ҳар ким билим олиш ҳуқуқига эга. Бепул умумий таълим олиш давлат томонидан кафолатланади», дея белгиланганини эслатиб ўтган.

Ушбу конституцион норма талабларидан келиб чиқилса, давлат умумтаълим мактабларида таълим бериш билан боғлиқ барча жараёнлар бепул ҳисобланади. Бунда дарсликлар билан ўқувчиларни таъминлаш ҳам. Шу боис мактабларда дарслик китобларни пулли ижарага бериш ҳам конституцияга зид, деб ҳисоблаймиз. Бу бизнинг нуқтаи назаримиз ва уни тўғри деб ҳисоблаймиз. Бироқ бу борадаги якуний хулосани конституциявий судимиз билдирганида, янада мақсадга мувофиқ иш бўларди, — деб ёзади Кушербаев.

Маълумот учун, 2022 йилда президент фармони билан умумтаълим мактабларининг 3, 6, 7 ва 10-синфлари учун тўлиқ, шунингдек, 2 ва 3-синф учун машқ дафтарлари, барча синфлар учун инглиз тили, немис тили ва рус тили фанларидан жами 60 миллион нусха янги авлод дарсликлари (2021 йилда 25 миллион дарслик) чоп этилмоқда.

2022 йилда янги дарсликларнинг чоп этилиш харажатларининг, хусусан, дунё бозорида қоғоз нархи (фақатгина 2022 йилнинг ўзида қоғоз нархи 60-70 фоизга ошган) ва қоғозни мамлакатга етказиб бериш бўйича транспорт харажатларининг кескин ошиб кетиши дарсликларни чоп этиш учун харажатларнинг ҳам ошиб кетишига олиб келган.

Ижара тўлови миқдорлари дарсликлар учун амалга оширилган харажатлардан келиб чиқиб, бир дона дарслик учун ягона суммасини тўпламдаги дарслик ва машқ дафтарлари сонига кўпайтириш йўли орқали белгиланади. Бунда ягона сумма барча синф ва таълим тиллар учун бир хил этиб белгиланади.

Жорий ўқув йилида ўртача бир дона дарслик (машқ дафтари) учун ягона ижара тўлови 5707 сўмни ташкил этмоқда ва ўтган ўқув йилидаги миқдор (2740 сўм)га нисбатан 2967 сўмга (108 фоизга) ошган.

  • умумтаълим мактабларининг биринчи синф ўқувчилари учун — бепул;
  • 2-синфлар учун 18 дона дарслик ва иш дафтарларидан иборат тўплам ижараси нархи – 102 700 сўм;
  • 3-синф учун 18 та дарслик ва иш дафтарларидан иборат тўплам ижараси нархи – 102 700 сўм;
  • 4-синф учун 12 та дарслик ва иш дафтарларидан иборат тўплам ижараси нархи – 68 500 сўм;
  • 5-синфлар учун 15 та дарслик ва иш дафтарларидан иборат тўплам ижараси нархи – 85 600 сўм;
  • 6-синф учун 13 та дарслик ва иш дафтарларидан иборат тўплам ижараси нархи – 74 200 сўм;
  • 7-синф учун 18 та дарслик ва иш дафтарларидан иборат тўплам ижараси нархи – 102 700 сўм;
  • 8-синф учун 19 та дарслик ва иш дафтарларидан иборат тўплам ижараси нархи – 108 400 сўм;
  • 9-синф учун 19 та дарслик ва иш дафтарларидан иборат тўплам ижараси нархи – 108 400 сўм;
  • 10-синф учун 18 та дарслик ва иш дафтарларидан иборат тўплам ижараси нархи – 102 700 сўм;
  • 11-синф учун 21 та дарслик ва иш дафтаридан иборат тўплам ижараси нархи — 119 800 сўм.
  • биринчи синф ўқувчилари;
  • «Ижтимоий ҳимоя ягона реестри» ахборот тизимига киритилган оилаларнинг фарзандлари;
  • меҳрибонлик уйлари тарбияланувчилари;
  • жисмоний ёки руҳий ривожланишида нуқсони бўлган болалар учун ихтисослаштирилган мактаб ва мактаб-интернатлари ўқувчилари.

Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10

a) ta’limiy: o`quvchilarga odam genetikasi haqida umumiy ma`lumotlar berish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:

VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni :

Inson salomatligini saqlash, mustahkamlash va irsiy kasalliklarning oldini olishda genetika fanining tarmog‘i – odam genetikasi muhim o‘rin tutadi.

Odam Homo sapiens turiga mansub bo‘lib, biologik nazariyalarga ko‘ra u organik olamning tarkibiy qismi va uzoq davom etgan evolutsiya jarayoni mahsuli. Shu sababli ham tirik organizmlarga qo‘llaniladigan umumbiologik qonuniyatlar odam irsiyatini o‘rganishda qo‘llaniladi.

Insonning shakllanishida uning organik olam shajarasining yuqori pog‘onasini egallashiga umumgenetik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Odam ijtimoiy muhitda yashaganligi sababli, ularda oliy nerv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlar – aql, idrok, qobiliyat, nutq, mehnat qilish kabi xususiyatlar paydo bo‘lgan. Odam genetikasini o‘rganishda genetikaning duragaylash metodini qo‘llab bo‘lmaydi. Oilada farzandlar sonining kamligi belgi va xossalarning irsiylanishning xilma- xilligini aniqlash imkonini bermaydi, shu sababli odam irsiyati geneologik, sitogenetik, immunologik, biokimyoviy va populatsion statistik metodlar yordamida o‘rganiladi.

Odamgenetikasiinsonsalomatliginimustahkamlashdaamaliyahamiyatgaega, odamdagiirsiyatvao‘zgaruvchanlikqonuniyatlarinimolekula, hujayra, organizmvapopulatsiyadarajalaridao‘rganib, belgivaxususiyatlariningnormalvapatologikholatidagiirsiylanishivao‘zgarishiningqonuniyatlarinikashfetadi.

Barcha tirik organizmlar kabi odam irsiyatida ham mutatsion o‘z- garuvchanlik ro‘y beradi. Mutatsiyalarning odam organizmi va hayotiy jarayonlariga ko‘rsatgan ta’siriga ko‘ra foydali, zararli, neytral, letal, yarim letal turlarga ajratiladi.

Keyingi yillarda o‘rta yoshdagi odamlarning 70% ida tasodifiy irsiy o‘zgaruvchanlik – mutatsiyalarning ko‘p uchrashi aniqlangan. Mazkur mutatsiyalar jiddiy irsiy o‘zgaruvchanlik, inson hayotining davomiyligini cheklovchi, shuningdek, hayot va ish faoliyatiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadigan kasalliklarni vujudga keltiradi. Bugungi kundagi asosiy muammolardan biri inson genofondini saqlash orqali salomatlikni mustahkamlash sanaladi.

Shajaratuzish (geneologik) metodidan odamningnormalvakasallikbelgi-xususiyatlariningsabablarinio‘rganishmaqsadidamumkinqadarko‘proqavlodlariningnasl-nasabihaqidama’lumotto‘plash, tahlilqilishdafoydalaniladi. Mazkur metod yordamida insonning ko‘pgina belgilari, jumladan, gen kasalliklarining nasldan naslga o‘tish qonuniyatlarini aniqlash mumkin bo‘ladi. Shajara tuzish (geneologik) metodi yordamida odamdagi qobiliyat, iste’dod va boshqa fazilatlarning rivojlanishi irsiy omillarga bog‘liq ekanligi geneologik usul bilan aniqlangan. Masalan, musiqa, matematikaga bo‘lgan iste’dod va qobiliyatlar. Shajara tuzishda o‘ziga xos ramziy belgilardan foydalaniladi .

Dominant belgilar Retsessiv belgilar
Jingalak (geterozigotalarda taram-taram) soch To‘g‘ri soch
Sochning erta to‘kilishi Normal soch
Malla bo‘lmagan soch Malla soch
Qo‘y ko‘z Ko‘k yoki kulrang ko‘z
Sepkillar Sepkillar bo‘lmasligi
Pakanalik Normal bo‘y
Polidaktiliya Barmoqlar sonining normal bo‘lishi

Ko‘pgina kasalliklar retsessiv holda nasldan naslga o‘tishi genealogik usul yordamida aniqlangan. Qandli diabet, tug‘ma karlik, gemofiliya, shizofreniyaning ba’zi formalari shular jumlasidandir. Genealogiya usuli – eng universal, oddiy, qulay usul bo‘lib, belgining bir nechta avlodda irsiylanishini aniqlashga asoslangan.

Shajara tuzish: ma’lumotlar yig‘ish, shajara tuzish, shajarani tahlil qilish, xulosa yozish kabi bosqichlarda amalga oshiriladi.

Ma’lumotlar to‘plashda so‘rab-surishtirish, anketalar to‘ldirish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari olib boriladi. Avlodlar shajarasini tuzishda proband

21 -rasm. Autosomadagi retsessiv genning 22 -rasm. X – xromosomadagi retsessiv genning

irsiylanishi.

Autosoma – retsessiv tipda irsiylanish (A-R) – autosomada joylashgan retsessiv genlarga bog‘liq. Albinizm, chapaqaylik, ko‘k ko‘z, silliq soch, fenilketonuriya, rezus manfiy (Rh-), I 0 qon guruhi va boshqalar (21-rasm).

X- xromosomaga birikkan dominant genning irsiylanishi (X-D). Masalan: qandsiz diabet, D vitamini bilan davolanmaydigan raxit, ikkinchi kurak tishi yo‘qligi, tish emali qo‘ng‘ir bo‘lishi va boshqalar.

X- xromosomaga birikkan, retsessiv genning (X-R) irsiylanishi. Masalan: gemofiliya, daltonizm, namozshomko‘rlik (22-rasm). Y – xromosomaga birikkan genning irsiylanishi. Masalan: gipertrixoz, ixtioz
Yangi mavzuni mustahkamlash

  1. Odamda dominant holda irsiylanadigan belgilar haqida gapirib bering.
  2. Odamda retsessiv holda irsiylanadigan belgilar haqida bilasizmi?
  3. Geneologik metodni tushuntirib bering.
  4. Sitogenetik metodining mohiyatini tushuntiring.
  5. Egizaklar metodi qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?

Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10- A 10- B 10- V
29– Mavzu: Odamda uchraydigan irsiy kasalliklar. 25 §
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid umumiy tushunchalarni berish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:

VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangimavzubayoni :

Reproduktiv salomatlikka inson salomatligini asrash va mustahkamlashning asosiy tarkibiy qismi sifatida e’tibor qaratiladi. Respublikamizda reproduktiv salomatlikni asrash bo‘yicha qator me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. Reproduktiv (lot. re – tiklanish, takrorlanish ma’nosida, produco – yarataman). Reproduktiv salomatlik deganda insonning o‘zidagi mavjud irsiy axborotni keyingi avlodga yaxlit, genlarni mutatsiyalarga uchratmagan holda o‘tkazish natijasida o‘zidan sog‘lom nasl qoldirib, avlodlarning bardavomligini ta’minlash tushuniladi.

Reproduktiv salomatlik – bu reproduktiv tizim va uning faoliyatiga bog‘liq barcha masalalar borasida faqat kasallik va kamchiliklar yo‘qligi bo‘libgina qolmay, balki to‘liq jismoniy, aqliy va ijtimoiy muvaffaqiyatlar holati hamdir. Reproduktiv huquq – bu barcha er-xotin juftliklar va alohida shaxslarning farzandlar soni, ular orasidagi oraliq va ularning tug‘ilish vaqti haqida erkin hamda to‘liq mas’uliyat hissi bilan qaror qabul qilishi va buning uchun shart bo‘lgan ma’lumot va vositalarga ega bo‘lishi borasidagi asosiy huquqlarni tan olish sanaladi. Reproduktiv salomatlikka erishish uchun quyidagi tamoyillar: jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklarni oldini olish, tashxislash va davolash (OITSning oldini olish), bepushtlikning oldini olish, o‘sma kasalliklari va o‘sma oldi kasalliklarining oldini olish, farzandlarni ona suti bilan boqish, onalik va bolalikning muhofazasi, o‘smirlar reproduktiv salomatligi va jinsiy tarbiyasiga amal qilinishi lozim. Mamlakatimizda bolalar va o‘smirlarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish – bu davlat siyosati darajasida eng ko‘p e’tibor qaratilayotgan masalalardan biridir. Respublikamizda ona va bola salomatligini muhofaza qilish tizimi rivojlanib, har bir viloyat va yirik shaharlarda perinatal va skrining markazlari tashkil etilgan. Umuman olganda, sog‘lom farzandni voyaga yetkazish, aholi, xususan, bolalar va o‘smirlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash bo‘yicha qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Har bir o‘quvchi reproduktiv salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bilishi, ularni e’tibordan chetda qoldirmasligi lozim. Qarindosh- urug‘lar o‘rtasida nikoh, erta homiladorlik, alkogol, narkotik moddalarni iste’mol qilish, chekish va uning homilaga ta’siri, ekologiya va ijtimoiy holat reproduktiv salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sirasiga kiradi.

Reproduktiv salomatlik nafaqat ayolning, balki erkakning ham o‘zidan sog‘lom zurriyot qoldira olish davridagi salomatligidir. Ayniqsa, bu borada o‘smir yigit-qizlarning salomatligiga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Bunda asosiy e’tibor oila farovonligini ta’minlash, ularda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, onalar va bolalar salomatligini saqlash, oilalarning tom ma’noda mustahkamligini ta’minlash kabilar nazarda tutiladi. Notinch, ichuvchi, giyohvand moddalarni iste’mol qilish kabi zararli odatlari mavjud oilalarda tug‘ilgan farzandlar, shuningdek, reproduktiv salomatligiga befarq qaraydigan yoshlar, ayniqsa, bo‘lajak onalarning tamaki chekish, spirtli ichimliklar ichish, giyohvandlik kabi zararli odatlari reproduktiv salomatligiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Ko‘rsatib o‘tilgan xavf omillari keyinchalik ularning oilalarida irsiy kasalliklarga chalingan farzandlarning dunyoga kelishi, homilada fiziologik jarayonlarning normal kechishining buzilishida kuzatiladi.

Reproduktiv salomatlikka kuchli tahdid soladigan omillardan biri irsiy kasalliklar sanaladi. Naslda irsiy kasalliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida nikohlanadigan yoshlar tibbiy-genetik konsultatsiyadan o‘tishi qonun bilan belgilangan.

Tug‘ma kasalliklarni irsiy kasalliklardan farq etish zarur. Tug‘ma kasalliklar homilaning rivojlanishidagi buzilishlar, masalan, onaning homiladorlik davrida og‘ir infeksiya kasalliklariga chalinishi, chekish va alkogol ichimliklarini qabul qilinishi, oiladagi notinchlik, asab buzilishi, ichki va tashqi muhitning zararli omillari ta’sirida vujudga keladi, aksari hollarda nasldan naslga o‘tmaydi.

Odam irsiyatining molekular darajada o‘rganilishi, odamdagi belgi va xususiyatlarning irsiylanish qonuniyatlarini tahlil qilish, mazkur belgilarning populatsiyada tarqalishi, mutatsiyani keltirib chiqaradigan omillarning irsiyatga ta’sirini aniqlash imkonini beradi.

Genetikaningasosiytarmoqlaridanbiribo‘lgantibbiyotgenetikasi, genetikaningumumiyqonuniyatlarigaasoslanganholdairsiykasalliklarnianiqlash, oldiniolishvadavolashyo‘llariniishlabchiqadi.

Gen kasalliklari va ularning kelib chiqish sabablari. Odam hujay- rasidagi xromosomalar: autosom va jinsiy xromosomalarga ajratiladi. Autosoma xromosomalaridagi genlar mutatsiyasi oqibatida quyidagi kasalliklar vujudga keladi:

Ba’zi odamlarda qo‘l va oyoq panjalarining tutashib ketishi – sindaktiliya, panjalarda qo‘shimcha barmoqlarning hosil bo‘lishi – polidaktiliya gen kasalliklari sanalib, dominant holda irsiylanadi. Odamda retsessiv mutatsiya oqibatida vujudga keladigan gen kasalliklari aniqlangan. Masalan, albinizm kasalligi teri, soch, ko‘zning kamalak pardasida pigmentlarning bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi.

Sizga ma’lumku, meyoz jarayonining normal o‘tishi normal gametalar hosil bo‘lishini ta’minlaydi (63-rasm). Kariotipdagi ayrim juft xromosomalar sonining o‘zgarishi (me’yordan ortishi yoki kamayishi) oqibatida vujudga keladigan kasalliklar genom mutatsiyalari aniqlangan.

Autosoma xromosomalar sonining o‘zgarishi tufayli chiqadigan kasallikka misol qilib, «Daun sindromi»ni olish mumkin. «Daun sindromi»ning ke­lib chiqishiga 21-juft gomologik xromosomaning bittaga ortib ketishi, ya’ni trisomik holatda bo‘lishi sababchidir. «Daun sindromi»ga uchragan shaxslar kariotipida xromosomalar soni 47 ta bo‘ladi. Bu kasallik autosoma xromosomalarning o‘zgarishi natijasida vujudga kelganligi sababli ayol va erkaklarda uchraydi.

Bu kasallikka chalingan bemorlarga xos belgilar quyidagilardan iborat: Bemorning boshi nisbatan kichik, yuzi va peshonasi keng, ko‘zlari kichik, bir- biriga yaqin joylashgan, og‘zi yarim ochiq, aqli zaif, bepusht bo‘ladi.

23-rasm. Erkaklarda meyoz jarayonida xromosomalarning hujayralarga taqsimlanishi buzilishining oqibatlari: 1,2 – Klaynfelter sindromi;3,4 – Shereshevckiy-Terner sindromi.

24-rasm . Ayollarda meyoz jarayonida xromosomalarning hujayralarga taqsimlanishi buzilishining oqibatlari: 1 – X trisomiyasi; 2 – Klaynfelter sindromi; 3 – Shereshevskiy-Terner sindromi; 4 – hayotchan emas
Klaynfelter sindromi kasalligi faqat erkaklarda uchraydi. Sitogenetik tahlil natijasida ularning jinsiy «X» xromosomalar soni normaga nisbatan bittaga ko‘payganligi aniqlandi. Oqibatda Klaynfelter sindromi kasal- ligiga duchor bo‘lgan shaxslar jinsiy xromosomalar bo‘yicha XXY geno- tipiga ega bo‘ladilar. Shuning hisobiga ulardagi diploid xromosomalar soni odatdagicha 46 ta emas, balki 47 ta bo‘ladi.

Klaynfelter sindromi kasaliga duchor bo‘lgan shaxslarda jismoniy, aqliy jihatdan o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Ularda qo‘l va oyoqlar haddan tashqari uzun bo‘ladi. Yelka chanoqqa nisbatan tor bo‘lib jinsiy bezlarning rivojlanishi buziladi. Balog‘atga yetish davridan boshlab, bir qadar aqliy qoloqlik yuzaga keladi. Bu kasallik o‘rta hisobda yangi tug‘ilgan 500 ta o‘g‘il boladan bittasida uchraydi.

Ayollarda jinsiy xromosomalar mutatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan,«Shereshevskiy-Terner sindromi» ka sal ligi uchraydi. Bu kasallikka duchorbo‘lgan ayollarda juft gomologik jinsiy xromosomalar soni bittaga kamayadi.Ularda xromosoma soni 46 ta emas, balki 45 ta bo‘lib qoladi. Bunday ayollarningbo‘yi juda past, bo‘yni juda qisqa bo‘ladi. Ularda tuxumdon rivojlanmagan,ikkilamchi jinsiy belgilar ham juda sust namoyon bo‘ladi. «Shereshevskiy-Terner sindromi» kasalligi o‘rta hisobda yangi tug‘ilgan 5000 qizdan bittasida uchraydi (23–24-rasmlar).

Bugungi kunda skrining tizimi barcha viloyatlardagi hududiy, Qora- qalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridagi Respublika skrining markazidan iborat bo‘lib, ular homilador ayollar va chaqaloqlar skrining tekshiruvlaridan o‘tkazmoqda. Ushbu bo‘limlar faoliyati oilada bolalarning tug‘ma va irsiy xastaliklar bilan tug‘ilishining oldini olishga qaratilgan. Genetik, nevropatolog, endokrinolog, ginekolog shifokorlarning maslahatlari, shuningdek, bemorni maxsus usullar yordamida tekshirish irsiy kasallikka tashxis qo‘yish va kasallik alomatlariga qarab davolash, oilada irsiy kasallik bilan bola dunyoga kelishining oldini olish imkonini beradi.
Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar:

1. Yurtimizda onalar va bolalar salomatligini saqlash uchun qanday ishlar olib borilmoqda?

2.Gen kasalliklari va ularning kelib chiqish sabablari haqida gapirib bering.

3. Klaynfelter sindromi, Shereshevskiy-Terner sindromi, Daun kasalliklarining belgilarini tushuntiring.

4.Irsiy kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish uchun nima qilish kerak deb o‘ylaysiz?

5.Reproduktiv salomatlikni saqlashda Respublika «Ona va bola skrining» markazi faoliyatini yoriting.

Mustaqil bajarish uchun topshiriq: «Inson salomatligi – jamiyat boyligi»

mavzusida referat tayyorlang.

Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10- A 10- B 10- V
30- Mavzu: Gen muhandisligi tadqiqot obyektlari va rivojlanish tarixi. 26- §

I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid tushunchalar berish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish. Fanga bo`lgan qiziqishini oshirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:

VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangimavzubayoni :

Organizmlar genlari yoki genlar majmuasining faoliyatini inson manfaat- larini ko‘zlagan holda o‘zgartirilishiga gen muhandisligi (gen injeneriyasi yoki genetik injeneriya) deb ataladi. Gen muhandisligi – rekombinant RNK va DNKlar olish, organizm (hujayra)dan genlarni ajratish, genlarni boshqarish (manipulatsiya), genlarni boshqa organizmlarga kiritish va DNKdan tanlangan genlarni olib tashlash yo‘li bilan sun’iy organizmlar yaratish texnologiyalari va usullari jamlanmasidir.

Bir molekula oqsilning biologik sinteziga javobgar bo‘lgan, DNK zanjiridagi nukleotidlar qatori gen deb ataladi. Murakkab biologik jarayon ketma-ketligini boshqarishda ishtirok etadigan, genetik tuzilishi bo‘yicha deyarli bir-biriga o‘xshash bo‘lgan bir necha genlar, genlar majmuasi yoki oilasini tashkil qiladi. Gen muhandisligi fanining maqsadi genlarning ichki tuzilishini va xromosomada tutgan o‘rnini ehtiyojga mos ravishda o‘zgartirib, ularning faoliyatini idora etishdir.

Gen muhandisligi (gen injeneriyasi) fani irsiyatning moddiy asosi – DNK molekulasini spetsifik tarzda bo‘laklarga bo‘luvchi va har qanday DNK bo‘lagini bir-biriga uchma-uch biriktiruvchi enzimlar hamda DNK bo‘laklarini uzunligi bo‘yicha bir-biridan o‘ta aniqlik bilan ajrata oluvchi elektroforez usulining kashf etilishi oqibatida vujudga keldi.

Irsiyatning moddiy asoslarini o‘rganish tarixi. Buyuk fransuz olimi Lui Paster bakteriyalarning xilma-xilligini, ularda irsiyat mavjudligini va xususiyatlarining irsiyatga to‘la bog‘liqligini bakteriyalarni klonlash usuli bilan ilk bor ko‘rsatib berdi.

1952-yil Joshua va Ester Lederberglar bakteriyalarda genlar mutatsiyasining o‘z-o‘zidan sodir bo‘lishini bakteriya koloniyalaridan nusxa (replika) ko‘chirish usulini qo‘llash vositasida isbot qilib berdi. Bu olimlar mutant hujayralarni replika ko‘chirish usuli bilan ajratib olishni ishlab chiqdilar.

Bir turga mansub bo‘lgan, lekin ayrim genlari bilan bir-biridan farqlanuvchi bakteriya hujayralari alohida shtamm deb ataladi. Genetik xususiyatlarini hisobga olib shtammlarga nom beriladi. Masalan, «lac» (lak, minus) shtammda laktozani parchalovchi genning faoliyati u mazkur fermentning noaktiv, ya’ni mutant formasini sintez qiladi. Har qanday shtammga oid mutatsiya oqibatida o‘zgarib, bir dona bakteriya bo‘linib ko‘payishi natijasida hosil bo‘lgan hujayralar to‘plami mazkur shtammning kloni deb ataladi. Bir klon tarkibiga kiruvchi bakteriya hujayralarning irsiyati bir xildir.

1915-yildaTuortvaD’Errelfaglarningzararlanganbakteriyalarichidao‘z-o‘zidanko‘payib, ularnioldirishimumkinliginiisbotladilar. Mikrobio- loglarfaglardanxavfliinfeksionkasallikqo‘zg‘atuvchimikroblargaqarshifoydalanishniumidqilganedilar. Lekinbizyuqoridako‘rganimizdekbakteriyalaro‘z-o‘zidanspontanravishdahosilbo‘ladiganmutatsiyalartufaylifaglargachidamlilikxossasigaegabo‘ladilar. Bu mutatsiyaning naslga berilishi bakteriyani fag tomonidan batamom qirilib ketishidan saqlaydi.

1950-1970-yillarda DNKning qo‘sh zanjir ekanligi, DNKning ma’lum qismini kesuvchi restriktaza fermenti, genetik kod va uning oqsilni sintez qilishdagi ahamiyati o‘rganilgan, laboratoriya sharoitida gen sintez qilingan. 1970-1990-yillarda DNKni klonlash texnologiyasi, somatik hujayralarni gibridlash yo‘li bilan monoklonal antitanani ishlab chiqaruvchi gibridoma yaratilgan, rekombinant bakteriyalar yordamida birinchi marotaba somatostatin gormoni olingan, transgen o‘simlik yaratilgan. Rekombinant DNKdan foyda- lanish istiqboli fanda yangi yo‘nalish – gen muhandisligining paydo bo‘lishiga zamin yaratdi.

Gen muhandisligi fanining maqsadi – bir organizmdagi qimmatbaho xu- susiyatga ega genlarni ikkinchi organizmga ko‘chirib o‘tkazish yoki shu genlar faoliyatini kuchaytirish orqali ikkinchi organizmda yo‘naltirilgan o‘zgarishlar (transformatsiya) keltirib chiqarish va bu o‘zgarishlardan inson manfaatlari yo‘lida foydalanishdir.
Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar:

1. Genetik injeneriya qanday fan?

2. Genetik injeneriya fanining paydo bo‘lishi va uning maqsadlari haqida so‘zlab bering.

3. Genetik injeneriya tadqiqot obyektlari nimalardan iborat?

4. Fanning rivojlanish tarixi haqida nimalarni bilasiz?

Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10- A 10- B 10- V
31- Mavzu: Hujayraning genetik elementlari . 27- §

I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid umumiy tushunchalarni berish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:

VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangimavzubayoni :

Xromosomalar. Hayot shakllarining barchasi o‘z tuzilishi va faoliyatini belgilovchi irsiy elementlarga ega. Viruslarning irsiy elementlari DNK yoki RNK molekulasida ifodalangan bo‘ladi. Prokariotning asosiy nasl apparati halqasimon DNK dan iborat bo‘lib, nukleoid deyiladi va sitoplazmada joyla­shadi. Bakteriya DNK si gistonli oqsillar bilan kompleks hosil qilmaydi, nati- jada xromosoma tarkibiga kiruvchi barcha genlar «ishlab turadi». Eukariotlar- ning irsiy axboroti xromosomalarda mujassam bo‘lgan, xromosomalar DNK va gistonli oqsillardan iborat bo‘ladi. Eukariotlarning bir-biridan farqlanishi ulardagi irsiy axborotning turlicha bo‘lishiga bog‘liq. Ular xromosomalar soni va ulardagi genlar miqdori va sifati bilan farq qiladi.

Plazmidlar. Plazmidlar hujayraning asosiy xromosomasidan bir necha yuz barobar kichik DNK qo‘sh zanjirli halqasidan iborat. Plazmidlar o‘rtacha 3-10 dona genlardan tuzilgan va ikki toifaga bo‘linadi. Bularning birinchisi transmissibl plasmid bo‘lib, u transpozon yoki bakteriofag irsiy molekulasi kabi hujayra asosiy xromosomasining maxsus DNK izchilligini kesib, rekombinatsiya bo‘la oladi. Transmissibl plazmid asosiy xromosomaga birikkandan keyin o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. Asosiy xromosomadan mustaqil ravishda o‘z-o‘zini replikatsiya qila olmaydi. Ayni paytda bunday plazmidlarda joylashgan genlar asosiy xromosomada o‘z faoliyatini bajaradi.

Hujayra bo‘linganda rekombinatsiyalanuvchi plazmidning genlari asosiy xromosoma genlari bilan birikkan holda nasldan naslga beriladi. Ikkinchi toifa plazmidlar avtonom holda replikatsiyalanuvchi plazmidlar deb ataladi. Bunday plazmidlar asosiy xromosomaga birika olmaydi, asosiy xromosomalardan mustaqil ravishda o‘z-o‘zini replikatsiya yo‘li bilan o‘nlab va hatto yuzlab marta ko‘paytira oladi. Avtonom plazmidlar bakteriya yoki zamburug‘ bo‘linganda qiz hujayralar orasida tasodifiy ravishda taqsimlanadi. Shu bilan birga avtonom plazmid bir hujayradan ikkinchisiga hujayra qobig‘i va membranasining teshiklaridan o‘ta oladi. Plazmidlar tarkibi, asosan, antibiotik yoki zaharli toksin parchalovchi ferment sintez qiladigan genlardan iborat. Shu tufayli plazmidlar bakteriya, achitqi va zamburug‘larning antibiotik va zaharli toksinlarga chidamliligini ta’minlaydi.

Transpozonlar. Ko‘chib yuruvchi elementlar organizmlar evolutsiyasida muhim o‘rin tutadigan genetik birliklar bo‘lib, ular xromosomalarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yuruvchi fragmentlaridir. Bunday elementlar o‘tgan asrning 40-yillarida AQSH olimasi B. Mak Klintok tomonidan kashf qilingan va bu ishi uchun olima 1984-yil Xalqaro Nobel mukofoti bilan taqdirlangan .

Retrotranspozonlar – DNK ning bir bo‘lagi bo‘lib, ular tuzilishi jihatidan RNK-tutuvchi viruslarni eslatadi. Bunday elementlar o‘zlaridan teskari transkriptaza yordamida o‘z nusxasini sintezlab, bu nusxani DNKning boshqa joyiga ko‘chib o‘tishi (insersiyalanishi)ni ta’minlaydi. Ko‘chish davomida retrotranspozonlarning eski nusxasi o‘z joyida qoladi va faqat ularning nusxasigina ko‘chiriladi. Natijada DNK miqdor jihatdan ko‘payadi.

Uchinchi turdagi ko‘chib yuruvchi elementlar – retropozonlar deb ataladi.

Retropozonlar – ko‘chish mexanizmi bo‘yicha retrotranspozonlarga o‘xshaydi, ya’ni ularning nusxalari sintezlanib, boshqa joyga ko‘chadi. Biroq asosiy farq ular tuzilishi jihatidan viruslarga mutlaqo o‘xshamaydi va nusxa ko‘chirish uchun o‘zlarida teskari transkriptaza fermentiga ega emas. Bu uch turdagi ko‘chib yuruvchi elementlar organizmlar genomining ko‘p miqdorini tashkil qiladi. O‘simliklar genomining qariyb 50 foizi transpozon, retrotranspozon va retropozonlardan tashkil topgan. Masalan, makkajo‘xori donlarida antotsian (qizil) pigmentning paydo bo‘lib yo‘qolishi antotsian rangni beruvchi gen ichidagi transpozonning ko‘chishi bilan izohlanadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar:
1. Genetik injeneriya qanday fan?

2. Genetik injeneriya fanining paydo bo‘lishi va uning maqsadlari haqida so‘zlab bering.

3. Genetik injeneriya tadqiqot obyektlari nimalardan iborat?

4. Fanning rivojlanish tarixi haqida nimalarni bilasiz?

5. Plazmidlar asosan qanday genlardan tuzilgan?

6. Qaysi toifa plazmid qanday qilib bakteriyalaming antibiotikka chidamliligini tez amalga oshiradi?

7. Transmissibl va avtonom plazmidalarning hujayra irsiyatiga ta’sirini tushuntiring.

8. Transpozonlar qanday tuzilgan?

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10- A 10- B 10- V
32- Mavzu: Hujayra irsiyatini o‘zgarishiga olib keladigan jarayonlar. 28 §
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga hujayra irsiyatining moddiy asoslari haqida tushunchalar berish, olgan bilimlarini nazorat qilish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:

VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni :

Gen muhandisligi maqsadi – rekombinant DNK yaratish va shu asosda organizm uchun foydali yangi belgilarni va xususiyatlar hosil qilishdir. Tabiatning o‘zida ham shu kabi rekombinatsiya jarayonlari yuz berishi kuzatiladi. Viruslar, faglar, bakteriyalar o‘zidagi genetik moddani boshqa organizmlarga o‘tkazish xususiyatiga ega.

Rekombinantlar hosil bo‘lishining 3 xil usuli mavjud: transformatsiya, transduksiya, konyugatsiya.Amerika olimlari Lederberg va Tatum 1946-yilda bakteriyalarda jinsiy jarayonlar sodir bo‘lishini aniqladilar. Bakteriyalarda jinsiy jarayonlar genetik material bilan almashinuv rekombinatsiya yo‘li bilan amalga oshadi. Bunda donor hujayra DNKsining bir qismi retsipiyent hujayraga beriladi va uning DNKsi bilan qo‘shiladi. 1940-yillarga kelib xromosomalar tarkibini o‘rganish chuqurlashdi. Xromosoma tarkibi DNK va oqsildan iboratligi aniqlandi. Bu davrda ko‘pchilik olimlar irsiyatning asosi oqsil deb tushunar edilar. Keyinchalik irsiyatning asosi oqsil emas, nuklein kislotalar bilan bog‘liqligi isbotlandi. Organizm belgi va xususiyatlarining nasldan naslga o‘tishida nuklein kislotalar muhim ahamiyatga ega ekanligi 1928-yili Angliya bakteriologi Frederik Griffit, keyinchalik 1944-yilda amerikalik mikrobiolog-genetik O.Everi bakteriyalar ustida olib borgan tajribalarida aniqlandi. Transformatsiya. Ma’lum sharoitda bir organizm irsiy molekulasi har qanday bo‘lagining ikkinchi organizm irsiy molekulasi tarkibiga birikish hodisasiga «transformatsiya» deb ataladi.

Pnevmokokklardagi transformatsiya hodisasi 1928-yili ingliz bakteriologi F. Griffit tomonidan ixtiro qilingan. Uning tajribasi pnevmokokklarning ikki xil – S- va R-shtammlari ustida o‘tkazilgan. Pnevmokokk bakteriyasining S-shtammi maxsus qo‘shimcha kapsulaga ega bo‘lib, sirti silliq, R-shtammda esa kapsula bo‘lmaydi va sirti g‘adir-budur (S – inglizcha smooth – silliq, R – inglizcha rough – g‘adir-budur). S-shtamm bakteriyaning kapsulasi sichqon organizmi immun sistemasi ta’sirini o‘tkazmaganligi sababli, u kasallik qo‘zg‘atuvchi bo‘lib, sichqonlarda pnevmoniya kasalligini keltirib chiqaradi va sichqonlar o‘ladi.

R-shtamm esa kasallik keltirib chiqarmaganligi sababli, bu shtammlar bilan yuqtirilgan sichqonlar nobud bo‘lmaydi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi S-shtamm qizdirilganda ular o‘ladi va o‘ldirilgan bakteriyalarni sichqonlarga yuborilganda sichqonlarda kasallik paydo bo‘lmaydi. Sichqonlarga qizdirish natijasida o‘lgan bakteriyalar S-shtammi bilan kasallik qo‘zg‘atmaydigan R-shtammga kiruvchi tirik bakteriyalarni birgalikda qo‘shib yuqtirilganda sichqonlarning o‘lishi kuzatilgan. O‘lgan sichqonlarda bakteriyalarning S-shtammi topilgan. Bu hodisaning mohiyati 66-rasmda ifodalangan.

25-rasm. O. Eyveri, K. Makleod va M. Makkartilar tajribasi
Pnevmokokkning S-shtammidan qandaydir modda R-shtammga o‘tishi natijasida R-shtammning ayrimlari S-shtammga aylangan, ya’ni transformatsiya hodisasi ro‘y bergan. Lekin F. Griffits S-shtamm bakteriyalarning qanday moddasi irsiy axborotni tashib yurishini bila olmagan.

1944-yilga kelib O. Eyveri, K. Makleod va M. Makkarti Griffits tajribasini qaytadan takrorladilar va S-shtammida uning patogenlik xususiyatini tashib yuruvchi DNK ekanligini ma’lum qildilar. Ular pnevmokokk bakteriyalarning xili streptomitsinga chidamli va chidamsiz shtammlari ustida tajriba olib bordi. Laboratoriya sharoitida probirkada streptomitsinga chidamli bakteriyalarni parchalab, uning DNK moddasi ajratib olindi. Olingan toza DNK chidamsiz bakteriyalar o‘sayotgan muhitga o‘tkazildi va kuzatib borildi.

Fagnobudbo‘lganhujayradansog‘lomhujayragao‘tayotganidanobudbo‘lganbakteriyaxromosomasiningbirorbo‘laginio‘zibilanbirgaolibo‘tkazishimumkin. Bitta bakteriyalar hujayrasidan ikkinchisiga faglar orqali genlarning o‘tishiga transduksiya deyiladi. Faglar orqali ikkinchi bakteriya hujayrasiga o‘tgan genlar bu bakteriyaning irsiyatini o‘zgartiradi (68-rasm).

Konyugatsiya (lot. conjugatio – «qo‘shilish» degan ma’noni anglatadi).

Bakteriyalardakonyugatsiyajarayonibirbakteriyahujayrasidagigenetikmaterialniikkinchibakteriyagaolibo‘tkazishusulibo‘lib, bundaikkitabakteriyaingichkako‘prikchabilanbog‘lanadivashuko‘prikchaorqalibirhujayra (donor)danboshqasi (retsipiyent)gaDNKningbiripio‘tadi. RetsipiyentningirsiyxususiyatlariDNKbo‘lagidauzatilgangenetikaxborotmiqdorigaqarabo‘zgaradi

Yangi mavzuni mustahkamlash

Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10- A 10- B 10- V
33- Mavzu: Genetik injeneriyada qo‘llaniladigan fermentlar. 29