Press "Enter" to skip to content

10 sinf davlat huquq asoslari darslik

Regulyativ funksiya davlatning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi o’rnini belgilaydi:

Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi

Darslik davlat va huquq sohasidagi zamonaviy ilmiy konsepsiyalarni inobatga olgan holda tayyorlangan bo‘lib, uning mavzulari an’anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammolar hamda nuqtayi nazarlar talqini asosida yoritilgan. Unda mamlakatda shakllanayotgan fuqarolik jamiyati, demokratik davlatchilik va huquqiy tizim xususiyatlariga oid nazariy xulosalar o‘z ifodasini topishi barobarida, davlat va huquqning vujudga kelishi, mohiyati, mexanizmi, funksiyalari, shakllari, ularning jamiyatni modernizatsiyalashdagi roli jonli tarzda bayon etilgan.
Darslik yuridik oliy o‘quv yurtlarining talabalari, o‘qituvchilari, mutaxassislar, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar hamda davlat va huquq masalalariga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.

  • Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь и/или войдите на сайт используя форму сверху.
  • Регистрация
  • Узнайте сколько стоит уникальная работа конкретно по Вашей теме:
  • Сколько стоит заказать работу?

10 sinf davlat huquq asoslari darslik

Fan;Davlat va Huquq asoslari

Bajardi : Tekshirdi :____________

I . Davlatning vujudga kelishini oddiygina qilib quyidagicha tushunish mumkin . Davlatning vujudga kelishi uchun ijtimoiy tabaqalashuv vujudga kelgan. Ijtimoiy tabaqalashuv esa turli sinflarni vujudga keltirgan, ya’ni hukmron va qaram sinflarni. Dastlabki, qaram sinflarni vujudga kelishi uchun faqatgina moddiy ehtiyoj sabab bo’lgan. Ya’ni bir guruh odamlar turli xil yo’llar bilan ortiqcha mulk evaziga boyiy boshlaganlar va shu mulki orqali boshqa bir guruh odamlarni boshqara olganlar. Agarda tarixga nazar tashlasak, turli xil davlatlarning vujudga kelishidagi tabaqalashuv turli xil omillar asosida sodir bo’lgan.

Davlatning kelib chiqishi to’g’risidagi masala ko’p asrlar davomida ko’plab mutafakkir faylasuflar, huquqshunoslar, tarixchilarni o’ylantirib kelgan. Davlat va huquqning kelib chiqishi haqida turli xil nazariyalar mavjud. Shulardan ayrimlarini ko’rib chiqish mumkin.

1. Ilohiy (teologik) nazariya. Bu nazariya asoschilari vakillari davlatning xudo tomonidan yaratilganini uqtiradilar., “butun hokimiyat xudoniki” degan qoidani ilgari suradilar. Bu nazariya qadimda paydo bo’lgan va o’rta asrlarda keng tarqalgan.

2. Patriarxal nazariya tarafdorlari davlat kattalashib ketgan oiladan bevosita kelib chiqqn, monarx hokimiyati esa go’yo oilaning barcha a’zolariga rahbarlik qiladigan otadan meros bo’lib o’tgan deb hisoblaydilar. Ushbu nazariya Yunonistonda paydo bo’lgan Aflotun va Arastu o’z asarlarida asoslab berganlar. Aflotun o’zining mashhur “Davlat” asarida oiladan o’sib chiqqan adolatli davlatni ifodalaydi.

3. Shartnoma nazariya. Gollandiyada ushbu nazariyani Grosiy va Spinoza, Angliyada – Lokk va Gobbs, Fransiyada Russo, Rossiyada A.N.Radishchev rivojlantirgan. Uning fikricha, hokimiyat xalqqa tegishli bo’lib, xalq uni monarxga bergan. Normal hayot kechirish uchun odamlar davlat tuzish to’g’risida o’zaro shartnoma tuzadilar, ixtiyoriy sur’atda unga o’z huquqlarining bir qismini topshiradilar. Keyinchalik ularning ma’lum bir shaxsga bo’ysunishlari haqida ikkilamchi shartnoma tuziladi.

4. Zo’ravonlik nazariyasi ga ko’ra bir qabila 2-qabilani bosib oladi va natijada bosib olingan qabilaga itoatkor hisoblanadi. Bosib olgan qabila esa hokimiyatini mustahkamlash uchun davlat tuzadilar.

5. Irrigatsiya nazariyasi ga ko’ra, davlatlarning kelib chiqishi, ularning ilk shakllari Sharqda ulkan suv inshootlarini qurish va ulardan foydalanish bilan bog’liq.

6. Sinfiy nazariya namoyondalari fikricha, davlat iqtisodiy sabablar – ijtimoiy mehnat taqsimoti, qo’shimcha mahsulot va xususiy mulkning paydo bo’lishi, jamiyatnig qarama-qarshi iqtisodiy manfaatlarga ega sinflarga ajralishi tufayli kelib chiqqan. Bunda davlat hukmron sinf manfaatlarini himoya qiladi.

7. Psixologik nazariya . Bu nazariya asoschilari davlatning paydo bo’lish sabablarini insonning ruhiy holati, biopsixikinstinklari bilan bog’laydilar. Taniqli rus olimi L.I.Petrajitskiy go’yo inson ruhiyatiga buyuk shaxslarga tobelik, bo’ysunish ehtiyoji mavjud, degan g’oyani o’rtaga tashlaydi.

8. Islom nazariyasi. Bu nazariya islomda fiqh fani doirasida VIII-X asrlarda tarkib topgan. Uni ta’riflashda klassik musulmon huquqida hokimiyat munosabatlarini tartibga soluvchi Qur’on va Sunna qoidalari ko’p emasligini nazardan qochirmaslik muhimdir. Bundan tashqari “davlat” atamasining o’zi ular tomonidan qo’llanilmaydi. Faqat “imomat” va “xalifalik” tushunchalari mavjud. Ular keyinchalik musulmon davlatini ifodalashda qo’llana boshlagan.

Davlatning kelib chiqishi haqidagi Islom ta’limoti asosida eng yirik huquqshunoslardan biri al-Mavardi qarashlari ham yotadi.

II. Huquqiy davlat-huquqning hukmronligi, qonunning ustunligi, barchaning qonun va mustaqil sud oldida tengligi ta’minlanadigan, insoning huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vakolatlarining bo’linishi prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat.

Huquqiy davlatning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:

1. Huquqning hukmronligi. Davlat hududida bo’lgan barcha shaxslar-ushbu davlat fuqarolari, xorijliklar, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar, davlat hokimiyati idoralari huquqqa bo’ysunadilar.

2. Konstitutsiya va qonunning ustunligi. Konstitutsiya va qonunlar huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir. Turli xil davlat idoralari chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar qonunlarga zid bo’lmasligi kerak.

3. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi, ularning himoya qilinishi va ta’minlanishi. Inson huquqlari va erkinliklari unga tug’ilganidan tegishli bo’lib, ular insondan ajralmasdir. Barcha fuqarolar qonun va mustaqil sud oldida tengdirlar.

4. Davlat va fuqaroning o’zaro mas’uliyati. Davlat qonunlarda shaxs erkining me’yorini belgilab qo’yar ekan, xuddi shu chegaralarda o’zini ham qaror qabul qilishda cheklab qo’yadi.

5. Jamiyatdagi hokimiyatning qonuniyligi. Hokimiyat qonuniy deb e’tirof etilishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi shart: demokratik saylovlar yo’li bilan shakllantirilgan bo’lishi, samarali faoliyat yuritib, jamiyatda barqarorlik va qat’iy tartibni ta’minlashi, ham mamlakat ichkarisida, ham xalqaro miqyosda tan olinishi.

6. Hokimiyat vakolatlarining bo’linishi. Davlat hokimiyati bir qo’lda to’planib qolmasligi uchun hokimiyatning uchta tarmog’ini-qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini ajratib qo’yish kerak. Ushbu hokimiyat tarmoqlarining har biri o’z vakolati doirasida amal qiladi.

7. Sudning mustaqilligi. Sud davlat hokimiyatining boshqa ikki tarmog’i kabi mustaqildir. Boshqacha aytganda, sud faoliyatiga hech kimning aralashishiga yo’l qo’yilmaydi.

8. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning samarali ishlashi. Agar inson huquqlari va erkinliklari poymol etilsa yoki bunga tahdid mavjud bo’lsa, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar unga yordam berishlari kerak. Ushbu huquq va erkinliklarni himoya qilishlari kerak.

9. Huquqiy madaniyatning yuksak darajada ekanligi. Huquqiy madaniyatning eng muhim ko’rsatkichi jamiyatdagi huquqiy ong darajasidir. Huquqiy ong huquqqa munosabat, qonun talablarini bajarish zarurligini anglash darajasini ifodalaydigan huquqiy qarashlar yig’indisi. Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilish, huquqni hurmat qilish va huquqiy qoidalarga rioya etishda namoyon bo’ladi.

10. Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi. Siyosiy huquqlar va erkinliklar kafolatlanishi, xalq davlat boshqaruvida doimo ishtirok etishi, rivojlangan fuqarolik jamiyati shakllanishi va ma’lum bir muxolifatning bo’lishi zarur.

Huquqiy davlat etatik davlatdan butunlay ajralib turadi. Mazkur tafovut davlat hokimiyatini tashkil qilish va amalga oshirishning barcha taraflari, shuningdek, oldida turgan vazifalarni hal etish shakl va usullari, jamiyat, millat va elatlar, ijtimoiy guruhlar va alohida fuqarolar, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari kabi tarmoqlarni qamrab oladi.huquqiy davlat normativ qonunlarni qabul qilish va e’tirof etish bilan cheklanib qolmaydi. Davlatning huquqni amalga oshirish borasidagi faoliyati uning asosiy vazifasi hisoblanadi. Huquqiy davlat uchun fuqarolarning davlat oldida va davlatning fuqarolar oldida o’zaro mas’ulligi xosdir.

III. Davlatning funksiyalari ichki va tashqi funksiyalarga bo’lina- di. Davlatning ichki funksiyalari mamlakat ichki hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatining asosiy yo’nalishidir.

Ichki funksiyalariga quyidagilar kiradi:

· regulyativ (tartibga solish, boshqarish);

· qo’riqlash (saqlash, muhofaza qilish);

Regulyativ funksiya davlatning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi o’rnini belgilaydi:

Qo’riqlash funksiyasi davlatning huquq bilan mustahkamlangan va tartibga solingan ijtimoiy munosabatlarni ta’minlash va himoya qilishga qaratilgan quyidagi faoliyatini taqozo etadi:

fuqarolar huquq va erkinliklarini muhofaza etish;

tabiatni muhofaza qilish;

barcha shakllardagi mulklarni himoya qilish;

huquqni muhofaza qilish;

Tashqi funksiyalar – davlatning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yo’nalishlari.

1.Xalqaro hamkorlik: tashqi siyosiy faoliyat; tashqi iqtisodiy faoliyat.

2. Mudofaa va milliy xavfsizlikni ta’minlash.

Xalqaro hamkorlik har qanday davlat uchun hayotiy zaruratdir. Yer yuzida hozir 200 dan ortiq davlat bor. Ularning har biri me’yorda hayot kechirish va o’zaro hamkorlik qilishga ehtiyoj sezadi. Xalqaro hamjamiyat xalqaro huquqning o’zagini tashkil etuvchi umume’tirof etgan prinsip va qoidalarning butun boshli majmuasini ishlab chiqqan. Davlatlar va xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlik ana shu prinsiplar asosida amalga oshiriladi.

Suveren davlat bo’lgan O’zbekiston Respublikasi jahondagi barcha davlatlar bilan faol hamkorlik qilmoqda, ko’plab xalqaro tashkilotlar, jumladan, eng nufuzli xalqaro tashkilot bo’lgan BMT ning a’zosidir.

Davlatning mamlakat mudofaasi va xavfsizligini ta’minlash funksiyasini, eng avvalo, mamlakatning Qurolli Kuchlari hamda Milliy xavfsizlik xizmati bajaradi.

IV. Davlat shakli deganda, davlatning tuzilishi va boshqaruv usulini belgilaydigan tashqi xususiyatlari tushuniladi. Davlat hakli quyidagi uchta jihatni o‘zida ifodalaydi:

ü davlat boshqaruvi shakli;

ü davlat tuzilishi shakli;

ü siyosiy tuzum;

Boshqaruv shakli deganda, oliy davlat hokimiyati, uning idoralari, aholi bilan o’zaro munosabati, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushuniladi. Boshqaruv shakliga ko’ra davlatlar monarxiya va respublikaga bo’linadi.

“Monarxiya” so’zi yunonchada “yakka hokimlik” ma’nosini bildiradi. Monarxiya oliy hokimiyat yakka hokim-davlat boshlig’ining qo’lida bo’lgan va bu hokimiyat meros qilib beriladigan davlat boshqaruvi shaklidir. Monarxiya mutlaq va cheklangan bo’ladi. Davlat hokimiyatini boshqa bironta idora bilan cheklanmagan monarx (qirol, podsho, imperator) amalga oshirsa, (masalan, Saudiya Arabistoni), bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi.

Agar monarxning hokimiyati konstitutsiya asosida amal qiladigan biron-bir vakolatli idora bilan cheklangan bo’lsa, bunday monarxiya cheklangan, konstitutsiyaviy, parlament shaklidagi monarxiya bo’ladi (masalan, Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya). Davlat tuzilishi bo’yicha oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ) bo’ladi.