Davlat va huquq asoslari, 10 sinf, Kostetskiy V, 2017
27.Xalqaro Konvensiyaga muvofiq aqliy va ijodiy faoliyat natijalariga nisbatan alohida shaxsiy va mulkiy huquqlar majmuasi qanday nomlanadi?
10 sinf davlat va huquq asoslari
1”Davlat xalq irodasini ifoda etib,uning manfaatlariga xizmat qiladi.Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar”Ushbu qoida Konstitutsiyaning nechanchi moddasida berilgan?
A 1-modda B 2-modda S 3-modda D 4-modda
2.Konstitutsiyagamuvofiq:Davlatimiz xalqaro munosabatlarning to’la huquqli subyekti ekanligi qaysi moddasida bayon etilgan?
A 15-modda B 14-modda S 16-modda D 17-modda
3.Xalqaro huquq funksiyasi to’g’ri berilgan qatorni aniqlang.
A tartibga soluvchi,muxofaza etuvchi S qo’riqlovchi,o’rgatuvchi
B yo’naltiruvchi,birlashtiruvchi D Tarbiyalovchi.yo’naltiruvchi
4.Germaniya,Fransiya,Ispaniya,Italiya da qaysi huquqiy oila e’tirof etiladi?
A Roman-german B Ingliz –Amerika S Diniy-an’anaviy D Umumiy huquq
5.BMT ustavi qachon imzolangan?
A 1948-yil 10.12 B 1945-yil 12.02 S 1945-yil 24.10 D 1946-yil 20.12
6.Xalqaro muammolar bo’yicha konsultativ xulosalar beruvchi organ -bu…
A BMT Xavfsizlik kengashi B Xalqaro sud S Vasiylik kengashi D BMT kotibiyati
7.O’zbekiston Bolalar huquqlari haqidagi Konvensiyani qachon imzoladi?
A 1992-yil B 1989-yil S 1991-yil D 1994-yil
8.”O’zbekistonRespublikasi Fuqaroligi to’g’risida”gi Qonun qachon qabul qilingan?
A 1990-yil 12.12 B 1992-yil 03.10 S 1992-yil 02.07 D 1994-yil 15.09
9.O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Inson huquqlari bo’yicha Vakili qnday nomlanadi?
A Ombudsman B Advokat S Prokuror D sudya
10.Davlat tomonidan o’rnatilgan va himoya qilinadigan barcha uchun majburiy bo’lgan xulq –atvor meyorlari qanday nomlanadi?
11.Mamlakatimizda jinoiy jazoning o’limga mahkum etish turi qachondan bekor qilingan?
A 2005-yil 3.02 B 2008-yil 01.01 S 2009-yil 01.04 D 2004yil 02.05
12.Yunoncha “Xalq xokimiyati” degan ma’noni anglatuvchi so’z?
A Demokratiya B Respublika S Referendum D Ombudsman
13.Barcha fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan burchlarni bajarishi qaysi moddada qayd etilgan?
A 47-m B 49-m S 51-m D 52-m
14.Konstitutsiyaning 48-moddasida fuqarolarning qanday majburiyatlari bayon etilgan?
A Tarixiy obidalarni asrash S Qonunlarga rioya etish
B Atrof-muhitga extiyotkorona munosabatda bo’lish D Soliq va yig’imlarni to’lash
15.Davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan jamoatchilik munosabatlarini tartibga soladigan huquq tarmog’i-bu…
A Fuqarolik huquqi B Oila huquqi S Mehnat huquqi D Ma’muriy huquq
16.Quyidagi huquqiy manbalarning qaysi biri ma’muriy huquq manbalari sirasiga kirmaydi?
AO’zb.Res.Konstitutsiyasi B O’zb Res Oila kodeksi S Prezident farmonlari D O’zb Res.VM qarorlari
17.Quyidagilardan qaysilari ma’muriy huquq subyekti sanalmaydi?
A Mansabdor shaxslar B 16 yoshga to’lgan O’zb Res fuqarolari S chet el fuqarolari D to’g’ri javob yo’q
18.Mamlakatimizda qaysi kodeks 1995-yil 1-apreldan kuchga kirgan?
A Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks B OIla kodeksi S Fuqarolik kodeksi D Soliq kodeksi
19.Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan mahrum etish qanday jazo chorasi sanaladi?
A jinoiy B fuqaroviy S mulkiy D Ma’muriy
20.Boshqa kishilarga yengil tan jarohati yetkazish qanday javobgarlikni keltirib chiqaradi?
A Ma’muriy B fuqaroviy S mulkiy D Jinoiy
21.Mulkdor tomonidan tarixiy yoki madaniy boylik bo’lgan mol-mulkni yo’q qilinishiga yo’l qo’yilmasligi
Fuqarolik kodeksi qaysi moddasida bayon etilgan?
A 198m B 199-m S 200-m D 204-m
22.Muayyan shaxslar va tashkilotlar tomonidan o’z istagi bilan bajarilgan bepul harakat qanday nomlanadi?
23”O’zbekiston Respublikasi Istemolchilar to’g’risidagi” qonun qachon qabul qilingan?
A 1997-yil 29.08 B 1995-yil 21.01 S 1996-yil 26.04 D 1999-yil 13.09
24Tovar sotib olinganligini yoki ishning haqi to’langanligini tasdiqlovchi ,tovarning bahosi haq to’langan sana,sotuvchining nomi va joylashgan manzili haqida ma’lumot ko’rsatilgan hujjat qanday nomlanadi?
A Kassa cheki B Tovar cheki S Shtrix-kod D Lizenziya
25.Xaridor sotib olingan tovarni qancha muddatda xuddi shu turdagi tovarga alishtirishi mumkin?
A Alishtirish mumkin emas B 7 kun ichida S 10 kun D 14 kunlik muddat ichida
26.Istemolchilar huquqlarining buzilish holatibbaniqlansa,fuqarolarning sudga murojaat qilish huquqi qaysi
Moddasida bayon etilgan?
A 27-m B 28-m S 29m D 30-m
27.Xalqaro Konvensiyaga muvofiq aqliy va ijodiy faoliyat natijalariga nisbatan alohida shaxsiy va mulkiy huquqlar majmuasi qanday nomlanadi?
A Xususiy mulk B Daromad S Davlat mulki D Intelektual mulk
28.”Asar kimning ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo’lsa ,ana shu fuqaro asar mualllifi deb e’tirof etiladi…”Ushbu qoida Fuqarolik kodeksi qaysi moddasida bayon etilgan?
A 1048 –m B 1046-m S 1045-m D 1051-m
29.Quyida berilgan belgilar rasmiy ramzlar hisoblanmaydi?
A Bayroq B Orden S Tarixiy inshooti D Pul birligi
30.Mualliflik huquqi amal qilish muddati to’g’ri belgilangan qatorni aniqlang.
A Muallifning butun hayoti va vafotidan so’ng 50yil davomoida
B Muallifning butun hayoti va vafotidan so’ng 60 yil davomoida
S Muallifning butun hayoti va vafotidan so’ng 70yil davomoida
D Muallifning butun hayoti va vafotidan so’ng 80yil davomoida
31.Har bir shaxsning mehnat qilish huquqi Konstitutsiyaning qaysi moddasida bayon etilgan?
A 35-m B 36-m S 37-m D38-m
32”Har bir shaxsning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlanadi,bu himoya mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar ,shuningdek mehnat nizolarini ko’ruvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi”Ushbu qoida Mehnat Kodeksi qaysi moddasida bayon etilgan? A 7-m B 8-m S 9 D 10-m
33.Mehnat Kodeksiga muvofiq qaysi hollarda ishlash majburiy hisoblanadi?
A Harbiy xizmatni o’tash davrida B Mehnat shartnomasi tuzilgandan so’ng
S Favqulodda holat sharoitlarida D Sud hukmi kuchga kirishi asosida
34.Mehnat shartnomasi qanday muddatga tuzilishi mumkin?
A Nomuayyan muddatga B Muddat belgilanmaydi S Muayyan yoshga yetgunga qadar D to’g’ri javob yo’q
35.Mehnat shartnomasi qanday shaklda tuziladi?
A Og’zaki tarzda B tomonlar kelishuviga asosan S bu qonunda belgilanmagan D yozma shaklda
36.15 yoshli voyaga yetmagan xodim bir vaqtning o’zida qancha yuklarni tashishga ruxsat etiladi?
A 3kg dan ortiq bo’lmagan B 4.1kgdan ortiq bo’lmagan S 5kgdan ortiq bo’lmagan D 6kgdan ortiq bo’lmagan
37.16 yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganlar ish vaqtining 1/3qismi yuklarni qo’lda ko’tarish va tashish normasi qizlar uchun necha kgdan oshmasligi zarur?
A 2kg B3kg S 3.5kg D 4kg
38.15yoshdan 16yoshgacha bo’lgan shaxslardan ish beruvchi quyidagi qaysi hujjatni talab qilmaydi?
A Me3hnat daftarchasi B ota-onasidan yoki vaasiylardan birining yozma roziligi
S tug’ilganlik to’g’risida guvohnoma D sog’lig’I to’g’risida ma’lumotnoma
39.Qonun hujjatlariga muvofiqsinov muddati qanchadan oshib ketmasligi zarur?
A 3 oydan B 2 oydan S 4 oydan D 2.5 oydan
40.O’zbekiston Respublikasida mehnatga haq to’lashning necha xil shakli mavjud?
A 3 XIL B 2 XIL S 4XIL D 5XIL
41.Konstitutsiyaning III bo’lim qoidalari qanday munosabatlarni tartibga solidi?
42.Konstitutsiyaning 43-moddasida nima bayon etilgan?
43Jamoat birlashmalariga birlashish fuqarolarning qanday huquqi sanaladi?
44.Konstitutsiyaviy huquq fanining o’rganish obyekti…
45.Har bir shaxsga sud orqali himoyalanish huquqi Boshqonunimizning qaysi moddasida yoriyilgan?
46.Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara etish haqidagi qaror qaysi organ tomonidan qabul qilinadi?
47.O’zbekiston Res Fuqarolik Kodeksi qachondan kuchga kirgan?
48. .O’zbekiston Res Fuqarolik huquq manbalarini ko’rsating?
49.Kimlar Fuqarolik huquqi subyektlari sanaladilar?
50.Qanday hollarda bitimlar haqiqiy emas deb topiladi?
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Davlat va huquq asoslari, 10 sinf, Kostetskiy V., 2017
Aziz o‘quvchi! Quyi sinflarda siz davlat va huquqning kelib chiqishi, davlat shakllari, xalq hokimiyatchiligi, huquqiy normalar, huquq sohalari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning tuzilishi, maqsad va vazifalari haqida bilimlarga ega bo‘lgansiz. Bu darslikda berilgan bilimlar esa huquqiy bilimlaringizni oshirishga hamda mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquq sohalari bilan tanishishingizga yordam beradi. Darslikdagi amaliy topshiriqlar orqali olgan bilimlaringizni mustahkamlaysiz.
XALQARO OMMAVIY VA SHAXSIY HUQUQ.
Zamonaviy xalqaro huquq ommaviy va shaxsiy qismlarga bo‘linadi. Xalqaro ommaviy huquq davlatlar va ommaviy hukumatni taqdim etadigan
siyosiy tashkilotlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Shaxsiy huquq xorijiy, jismoniy va yuridik shaxslar qatnashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan, turli davlatlarga tegishli firmalar o‘rtasidagi munosabatlar, turli mamlakatlar fuqarolarining nikoh tuzishi va hokazolar.
Xalqaro huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlarda qatnashish uchun yuridik maqomga ega shaxslar xalqaro huquqning subyektlari hisoblanadi.
MUNDARIJA.
O‘quvchilarga.
I-BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI — XALQARO HUQUQ SUBYEKTI.
1-§. Huquq — shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi.
3-§. Birlashgan Millatlar Tashkilotining maqsad va vazifalari.
4-§. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi.
5-§. Inson huquq va erkinliklarini himoyalash mexanizmi.
II-BO‘LIM. KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ ASOSLARI.
6-§. Davlatda qonunning ustuvorligi.
7-§. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asoslari.
8-§. Insonparvarlik prinsipi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumining asosi.
III-BO‘LIM. MA’MURIY HUQUQ ASOSLARI.
9-§. O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy huquq.
10-§. Ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlik.
11-§. Ma’muriy jazo va uning turlari.
IV-BO‘LIM. FUQAROLIK HUQUQI ASOSLARI.
12-§. O‘zbekiston Respublikasida Fuqarolik huquqi.
13-§. Bitimlar va vakillik.
14-§. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar.
15-§. Fuqarolik-huquqiy shartnomalar shartlari.
16-§. Iste’molchilar huquqlari va majburiyatlari.
17-§. Ishlab chiqaruvchi tomonidan tovar sifatiga beriladigan kafolat.
18-§. Intellektual mulk huquqi.
19-§. Fuqarolik ishining sudda ko‘rib chiqilishi bosqichlari.
V-BO‘LIM. MEHNAT HUQUQI ASOSLARI.
20-§. Mehnatga oid munosabatlar.
21-§. Ishga qabul qilish.
22-§. Mehnatni muhofaza qilish.
23-§. Ishga qabul qilinayotganda hujjatlarni rasmiylashtirish.
24-§. Mehnatga наq to‘lash va intizom.
25-§. Ish vaqti va dam olish vaqti. mehnat shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish.
26-§. Mehnat nizolari va ularni hal etish tartibi.
27-28-§§. Yakuniy takrorlash.
Yuridik atamalar lug‘ati.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Davlat va huquq asoslari, 10 sinf, Kostetskiy V., 2017 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
10 sinf davlat va huquq asoslari
Fan;Davlat va Huquq asoslari
Bajardi : Tekshirdi :____________
I . Davlatning vujudga kelishini oddiygina qilib quyidagicha tushunish mumkin . Davlatning vujudga kelishi uchun ijtimoiy tabaqalashuv vujudga kelgan. Ijtimoiy tabaqalashuv esa turli sinflarni vujudga keltirgan, ya’ni hukmron va qaram sinflarni. Dastlabki, qaram sinflarni vujudga kelishi uchun faqatgina moddiy ehtiyoj sabab bo’lgan. Ya’ni bir guruh odamlar turli xil yo’llar bilan ortiqcha mulk evaziga boyiy boshlaganlar va shu mulki orqali boshqa bir guruh odamlarni boshqara olganlar. Agarda tarixga nazar tashlasak, turli xil davlatlarning vujudga kelishidagi tabaqalashuv turli xil omillar asosida sodir bo’lgan.
Davlatning kelib chiqishi to’g’risidagi masala ko’p asrlar davomida ko’plab mutafakkir faylasuflar, huquqshunoslar, tarixchilarni o’ylantirib kelgan. Davlat va huquqning kelib chiqishi haqida turli xil nazariyalar mavjud. Shulardan ayrimlarini ko’rib chiqish mumkin.
1. Ilohiy (teologik) nazariya. Bu nazariya asoschilari vakillari davlatning xudo tomonidan yaratilganini uqtiradilar., “butun hokimiyat xudoniki” degan qoidani ilgari suradilar. Bu nazariya qadimda paydo bo’lgan va o’rta asrlarda keng tarqalgan.
2. Patriarxal nazariya tarafdorlari davlat kattalashib ketgan oiladan bevosita kelib chiqqn, monarx hokimiyati esa go’yo oilaning barcha a’zolariga rahbarlik qiladigan otadan meros bo’lib o’tgan deb hisoblaydilar. Ushbu nazariya Yunonistonda paydo bo’lgan Aflotun va Arastu o’z asarlarida asoslab berganlar. Aflotun o’zining mashhur “Davlat” asarida oiladan o’sib chiqqan adolatli davlatni ifodalaydi.
3. Shartnoma nazariya. Gollandiyada ushbu nazariyani Grosiy va Spinoza, Angliyada – Lokk va Gobbs, Fransiyada Russo, Rossiyada A.N.Radishchev rivojlantirgan. Uning fikricha, hokimiyat xalqqa tegishli bo’lib, xalq uni monarxga bergan. Normal hayot kechirish uchun odamlar davlat tuzish to’g’risida o’zaro shartnoma tuzadilar, ixtiyoriy sur’atda unga o’z huquqlarining bir qismini topshiradilar. Keyinchalik ularning ma’lum bir shaxsga bo’ysunishlari haqida ikkilamchi shartnoma tuziladi.
4. Zo’ravonlik nazariyasi ga ko’ra bir qabila 2-qabilani bosib oladi va natijada bosib olingan qabilaga itoatkor hisoblanadi. Bosib olgan qabila esa hokimiyatini mustahkamlash uchun davlat tuzadilar.
5. Irrigatsiya nazariyasi ga ko’ra, davlatlarning kelib chiqishi, ularning ilk shakllari Sharqda ulkan suv inshootlarini qurish va ulardan foydalanish bilan bog’liq.
6. Sinfiy nazariya namoyondalari fikricha, davlat iqtisodiy sabablar – ijtimoiy mehnat taqsimoti, qo’shimcha mahsulot va xususiy mulkning paydo bo’lishi, jamiyatnig qarama-qarshi iqtisodiy manfaatlarga ega sinflarga ajralishi tufayli kelib chiqqan. Bunda davlat hukmron sinf manfaatlarini himoya qiladi.
7. Psixologik nazariya . Bu nazariya asoschilari davlatning paydo bo’lish sabablarini insonning ruhiy holati, biopsixikinstinklari bilan bog’laydilar. Taniqli rus olimi L.I.Petrajitskiy go’yo inson ruhiyatiga buyuk shaxslarga tobelik, bo’ysunish ehtiyoji mavjud, degan g’oyani o’rtaga tashlaydi.
8. Islom nazariyasi. Bu nazariya islomda fiqh fani doirasida VIII-X asrlarda tarkib topgan. Uni ta’riflashda klassik musulmon huquqida hokimiyat munosabatlarini tartibga soluvchi Qur’on va Sunna qoidalari ko’p emasligini nazardan qochirmaslik muhimdir. Bundan tashqari “davlat” atamasining o’zi ular tomonidan qo’llanilmaydi. Faqat “imomat” va “xalifalik” tushunchalari mavjud. Ular keyinchalik musulmon davlatini ifodalashda qo’llana boshlagan.
Davlatning kelib chiqishi haqidagi Islom ta’limoti asosida eng yirik huquqshunoslardan biri al-Mavardi qarashlari ham yotadi.
II. Huquqiy davlat-huquqning hukmronligi, qonunning ustunligi, barchaning qonun va mustaqil sud oldida tengligi ta’minlanadigan, insoning huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vakolatlarining bo’linishi prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat.
Huquqiy davlatning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:
1. Huquqning hukmronligi. Davlat hududida bo’lgan barcha shaxslar-ushbu davlat fuqarolari, xorijliklar, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar, davlat hokimiyati idoralari huquqqa bo’ysunadilar.
2. Konstitutsiya va qonunning ustunligi. Konstitutsiya va qonunlar huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir. Turli xil davlat idoralari chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar qonunlarga zid bo’lmasligi kerak.
3. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi, ularning himoya qilinishi va ta’minlanishi. Inson huquqlari va erkinliklari unga tug’ilganidan tegishli bo’lib, ular insondan ajralmasdir. Barcha fuqarolar qonun va mustaqil sud oldida tengdirlar.
4. Davlat va fuqaroning o’zaro mas’uliyati. Davlat qonunlarda shaxs erkining me’yorini belgilab qo’yar ekan, xuddi shu chegaralarda o’zini ham qaror qabul qilishda cheklab qo’yadi.
5. Jamiyatdagi hokimiyatning qonuniyligi. Hokimiyat qonuniy deb e’tirof etilishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi shart: demokratik saylovlar yo’li bilan shakllantirilgan bo’lishi, samarali faoliyat yuritib, jamiyatda barqarorlik va qat’iy tartibni ta’minlashi, ham mamlakat ichkarisida, ham xalqaro miqyosda tan olinishi.
6. Hokimiyat vakolatlarining bo’linishi. Davlat hokimiyati bir qo’lda to’planib qolmasligi uchun hokimiyatning uchta tarmog’ini-qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini ajratib qo’yish kerak. Ushbu hokimiyat tarmoqlarining har biri o’z vakolati doirasida amal qiladi.
7. Sudning mustaqilligi. Sud davlat hokimiyatining boshqa ikki tarmog’i kabi mustaqildir. Boshqacha aytganda, sud faoliyatiga hech kimning aralashishiga yo’l qo’yilmaydi.
8. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning samarali ishlashi. Agar inson huquqlari va erkinliklari poymol etilsa yoki bunga tahdid mavjud bo’lsa, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar unga yordam berishlari kerak. Ushbu huquq va erkinliklarni himoya qilishlari kerak.
9. Huquqiy madaniyatning yuksak darajada ekanligi. Huquqiy madaniyatning eng muhim ko’rsatkichi jamiyatdagi huquqiy ong darajasidir. Huquqiy ong huquqqa munosabat, qonun talablarini bajarish zarurligini anglash darajasini ifodalaydigan huquqiy qarashlar yig’indisi. Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilish, huquqni hurmat qilish va huquqiy qoidalarga rioya etishda namoyon bo’ladi.
10. Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi. Siyosiy huquqlar va erkinliklar kafolatlanishi, xalq davlat boshqaruvida doimo ishtirok etishi, rivojlangan fuqarolik jamiyati shakllanishi va ma’lum bir muxolifatning bo’lishi zarur.
Huquqiy davlat etatik davlatdan butunlay ajralib turadi. Mazkur tafovut davlat hokimiyatini tashkil qilish va amalga oshirishning barcha taraflari, shuningdek, oldida turgan vazifalarni hal etish shakl va usullari, jamiyat, millat va elatlar, ijtimoiy guruhlar va alohida fuqarolar, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari kabi tarmoqlarni qamrab oladi.huquqiy davlat normativ qonunlarni qabul qilish va e’tirof etish bilan cheklanib qolmaydi. Davlatning huquqni amalga oshirish borasidagi faoliyati uning asosiy vazifasi hisoblanadi. Huquqiy davlat uchun fuqarolarning davlat oldida va davlatning fuqarolar oldida o’zaro mas’ulligi xosdir.
III. Davlatning funksiyalari ichki va tashqi funksiyalarga bo’lina- di. Davlatning ichki funksiyalari mamlakat ichki hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatining asosiy yo’nalishidir.
Ichki funksiyalariga quyidagilar kiradi:
· regulyativ (tartibga solish, boshqarish);
· qo’riqlash (saqlash, muhofaza qilish);
Regulyativ funksiya davlatning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi o’rnini belgilaydi:
Qo’riqlash funksiyasi davlatning huquq bilan mustahkamlangan va tartibga solingan ijtimoiy munosabatlarni ta’minlash va himoya qilishga qaratilgan quyidagi faoliyatini taqozo etadi:
fuqarolar huquq va erkinliklarini muhofaza etish;
tabiatni muhofaza qilish;
barcha shakllardagi mulklarni himoya qilish;
huquqni muhofaza qilish;
Tashqi funksiyalar – davlatning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yo’nalishlari.
1.Xalqaro hamkorlik: tashqi siyosiy faoliyat; tashqi iqtisodiy faoliyat.
2. Mudofaa va milliy xavfsizlikni ta’minlash.
Xalqaro hamkorlik har qanday davlat uchun hayotiy zaruratdir. Yer yuzida hozir 200 dan ortiq davlat bor. Ularning har biri me’yorda hayot kechirish va o’zaro hamkorlik qilishga ehtiyoj sezadi. Xalqaro hamjamiyat xalqaro huquqning o’zagini tashkil etuvchi umume’tirof etgan prinsip va qoidalarning butun boshli majmuasini ishlab chiqqan. Davlatlar va xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlik ana shu prinsiplar asosida amalga oshiriladi.
Suveren davlat bo’lgan O’zbekiston Respublikasi jahondagi barcha davlatlar bilan faol hamkorlik qilmoqda, ko’plab xalqaro tashkilotlar, jumladan, eng nufuzli xalqaro tashkilot bo’lgan BMT ning a’zosidir.
Davlatning mamlakat mudofaasi va xavfsizligini ta’minlash funksiyasini, eng avvalo, mamlakatning Qurolli Kuchlari hamda Milliy xavfsizlik xizmati bajaradi.
IV. Davlat shakli deganda, davlatning tuzilishi va boshqaruv usulini belgilaydigan tashqi xususiyatlari tushuniladi. Davlat hakli quyidagi uchta jihatni o‘zida ifodalaydi:
ü davlat boshqaruvi shakli;
ü davlat tuzilishi shakli;
ü siyosiy tuzum;
Boshqaruv shakli deganda, oliy davlat hokimiyati, uning idoralari, aholi bilan o’zaro munosabati, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushuniladi. Boshqaruv shakliga ko’ra davlatlar monarxiya va respublikaga bo’linadi.
“Monarxiya” so’zi yunonchada “yakka hokimlik” ma’nosini bildiradi. Monarxiya oliy hokimiyat yakka hokim-davlat boshlig’ining qo’lida bo’lgan va bu hokimiyat meros qilib beriladigan davlat boshqaruvi shaklidir. Monarxiya mutlaq va cheklangan bo’ladi. Davlat hokimiyatini boshqa bironta idora bilan cheklanmagan monarx (qirol, podsho, imperator) amalga oshirsa, (masalan, Saudiya Arabistoni), bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi.
Agar monarxning hokimiyati konstitutsiya asosida amal qiladigan biron-bir vakolatli idora bilan cheklangan bo’lsa, bunday monarxiya cheklangan, konstitutsiyaviy, parlament shaklidagi monarxiya bo’ladi (masalan, Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya). Davlat tuzilishi bo’yicha oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ) bo’ladi.