Таълим / Образование
– sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo`lsa (ruhiy kasalligi yoki aqliy zaifligi sababli);
10 sinf huquq darslik
Oila huquqi asoslari
1. Oila huquqi tushun c hasi.
2. Nikoh tushun c hasi, uni tuzish tartibi va shartlari.
3. Nikoh shartnomasi,er va xotinning sha x siy, mulkiy huquqlari.
4. Ota-onalik va uning huquqiy oqibatlari.
Tayan c h iboralar:
Oila, ota-ona, farzandlar, oila va davlat, nikoh, nikoh tomonlarining tengligi, er-xotin, nikoh shartnomasi, aliment.
Oila huquqi tushun c hasi, predmeti, tamoyillari va manbalari . Oila uzoq davom etgan tari x iy taraqqiyot natijasidir, jamiyat tuzilishining ob` y ektiv zarur, ajralmas qismidir.
Oila eng muhim ijtimoiy vazifalarni: insonni yaratish, bolalarni tarbiyalash, odamlarni jismoniy va ma`naviy jihatdan kamol toptirish, ularni ma`naviy birlashtirish, birgalikda x o`jalik yuritishni ta`minlash, o`zaro yordam ko`rsatish, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini ta`minlash, demografiya jarayonlarini ya x shilash vazifalarini bajaradi.
Oila bolalar to`g`risida g`am x o`rlik qilishga, ona va bola manfaatlarini muhofaza etishga, onalikni rag`batlantirishga qaratilgan tadbirlar turkumini nazarda tutuv c hi huquq oilaviy munosabatlarni mustahkamlashning muhim vositasi hisoblanadi.
Oila davlat himoyasiga olingan bo`lib, Konstitu ts iyada bu haqda shunday deyiladi:
“Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir, hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega”. Oila-kishilarning tabiiy-biologik, huquqiy va ma`naviy munosabatlariga asoslangan birlik.
Oila huquqi er-xotinlar, ota-onalar va bolalar, shuningdek oilaning boshqa a`zolari o`rtasidagi sha x siy va mulkiy munosabatlarni tartibga solib turuv c hi huquq tarmog`idir. Ammo oilaviy munosabatlarning bar c hasi ham huquq tomonidan tartibga solinmaydi. Bu munosabatlarning aksariyati a x loqiy, ruhiy tusda bo`lib, o`z mohiyatiga ko`ra ularni huquq yo`li bilan tartibga solib bo`lmaydi. Oila huquqi fuqarolik huquqi bilan c hambarshas bog`liqdir.Oila huquqi fuqarolik huquqidan q u yidagi x ususiyatlari bilan farqlanadi:
1) Oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqiga x os bo`lmagan yuridik faktlardan vujudga keladi;
2) Oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqidan farqli o`laroq, ko`proq sha x siy-huquqiy mohiyatga ega;
3) Oilaviy huquq sub` y ektlarining huquq va majburiyatlari begonalashtirilmaydigan, ya`ni boshqalarga topshirib bo`lmaydigan huquq va majburiyatlardan iborat.
Oila huquqi predmeti – oilaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlardan iborat. Oila huquqi normalari q u yidagilardir:
– nikohdan o`tish tartibini va shartlarini belgilaydi;
– oilada er-xotin o`rtasida, ota-onalar va bolalar, oilaning boshqa a`zolari o`rtasida paydo bo`ladigan sha x siy va mulkiy munosabatlarni tartibga solib turadi;
– boshqalarning bolalarini o`ziga bola qilib olish, vasiylikka olish, homiylik qilish, bolalarni o`z tarbiyasiga olish munosabati bilan vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solib turadi;
– nikohni bekor qilish tartibi va shartlarini belgilaydi;
– fuqarolik holati to`g`risidagi hujjatlarni ro`y x atdan o`tkazish tartibini belgilaydi.
Oila huquqining manbasi:
– O`zbekiston Respublikasi Konstitu ts iyasi;
– 1998 yil 30 aprelda qabul qilinib, 1998 yil 1 sentyabridan kushga kiritilgan.
Oila Kodeksi; -O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining ayrim moddalari;
– Oila to`g`risidagi qonunlar.
Oila huquqining asosiy qoidalari:
– oilada barsha masalalarni hal qilishda er-xotinning teng huquqligi;
– onalikni muhofaza qilish va rag`batlantirish;
– balog`atga y etmagan bolalarni tarbiyalash to`g`risida g`am x o`rlik qilish;
– nikoh ittifoqining erkinligi va i x tiyoriyligi;
– oilaviy munosabatlar qatnash c hilarining bir-birini ma`naviy va moddiy jihatdan qo`llab –quvvatlashi hamda bir-biri to`g`risida g`am x o`rlik qilishi.
Nikoh tushun c hasi . Bu tushun c ha oila huquqining asosiy tushun c halaridan biri hisoblanadi. Nikohning ta`riflari x ilma- x il bo`lib, ulardan eng maqbuli q u yidagishadir: “Nikoh-bir-birini sevgan va nikoh yoshiga y etgan erkak va ayolning umuminsoniy qadriyatlar va Sharq an`analariga asoslangan oilada bolalarni tarbiyalashga yo`naltirilgan, o`zaro sha x siy nomulkiy va mulkiy huquq va majburiyatlarni keltirib c hiqaradigan qonun asosidagi oilani yaratish maqsadidagi o`zaro kelishilgan, butun umrga mo`ljallangan ittifoqdir”.
Nikoh va oila bir-biri bilan uzviy bog`liq tushun c halar. Shu jihatdan, oila-eng avvalo jamiyat asosini tashkil etuv c hi, bolalarni tarbiyalash va ularni sha x s sifatida shakllantirish muhiti bo`lgan birlam c hi ya c heykadir. Y o ki boshqa c ha qilib aytganda, oila jamiyatning ilk bo`g`inidir.
Oila muqaddasdir. Jamiyat unga g`amho`rlik qiladi. Oilaning muqaddasligi ga yondashuv turli c ha bo`lishi mumkin. Bugungi kunda ayrim muta x assislar, masalan,so ts iologlar oila bo`lishi u c hun erkak va ayolning o`zaro munosabati yetarli asos deb hisoblamoq c hi bo`ladilar. Ularning fikri c ha farzandlar bu y erda rol o`ynamaydi. Yuristlar esa oila bo`lishi u c hun, albatta qonuniy nikoh bo`lishi, ya`ni erkak va ayolning o`zaro ittifoqi tegishli organlar ro`y x atidan o`tishi kerak, aks holda erkak va ayolning birga yashashi ( ne c ha yilligidan qat`iy nazar) nikohni keltirib c hiqarmaydi deb hisoblaydilar. Shundan kelib c hiqib diniy rasm-rusmga asoslangan nikohni huquqiy ahamiyatga ega emas deb e`tirof etiladi.
1) o`zaro nikoh tuzishni istagan sha xs ning nikoh yoshiga y etishi;
2) nikohdan o`tuv c hilarning o`zaro roziliklari.
Bundan boshqa shartlar ham mavjud, ya`ni muhabbat bo`lishi, biri-birisi bilan bog`lanib qolishi, bir-birini yoqtirishi kabi. Bunday shartlarni ayrim huquqshunoslar tan olsa, ayrimlari rad etishadi.
Nikoh yoshi. Oila kodeksining 15-moddasiga binoan O`zbekistonda erkaklar u c hun o`n sakkiz yosh, ayollar u c hun o`n etti yosh y etib belgilangan. Nikoh yoshi uzrli sababalarga ko`ra, mahalliy hokimiyat organlarining ru x sati bilan, ko`pi bilan bir yilga kamaytirilishi mumkin. Nikoh yoshi har bir mamlakatning o`z shart-sharoitidan kelib c hiqadi va u hamma joyda bir x il qilib belgilangan emas.
Q u yidagi holatlar nikoh tuzishga qarshilik qilishi mumkin:
– nikohga kiruv c hilardan birining boshqa nikohda bo`lishi;
– nasl-nasab shajarasi bo`yi c ha to`g`ri tutashgan qarindoshlar o`rtasida, tug`ishgan va o`gay aka-ukalar bilan opa-singillar o`rtasida, shuningdek, farzandlikka oluv c hilar bilan farzandlikka olinganlar o`rtasida;
– nikohga kiruv c hilardan birining ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilishi.
Tibbiy ko`rikdan o`tish. Oila Kodeksining 17-moddasi “Nikohlanuv c hi sha x slarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish” deb nomlangan. Unga binoan, nikohlanuv c hi sha x slarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish, shuningdek, tibbiy-irsiy hamda oilani rejalashtirish masalalari bo`yi c ha maslahatlar berish nikohlanuv c hi sha x slar roziligi bilan davlat sog`liqni saqlash tizimi muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Nikoh tuzish tartibi. Qonunga ko`ra, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi.
Nikoh tuzish nikohlanuv c hilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza bergan kundan boshlab bir oy o`tganidan keyin, ularning sha x san o`zlari ishtirokida amalga oshiriladi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi nikohni ro`y x atga olishni rad etganda, shikoyat bilan sudga yoki bo`ysunishiga ko`ra yuqori turuv c hi organga murojaat qilinishi mumkin.
Q u yidagi holatlarda nikoh tugatilishi mumkin:
– er-xotindan birining vafoti yoki ulardan birini vafot etgan deb e`lon qilinishi oqibatida;
– er-xotindan biri yoki har ikkalasining arizasiga muvofiq nikohdan ajratish oqibatida;
– sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan er-xotinning vasiysi bergan ariza natijasida.
Nikohni ajratish. U ikki x il yo`l bilan amalga oshiriladi.
1) Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohni ajratish.
Bu balog`atga y etmagan bolalari bo`lmagan er-xotinning o`zaro roziligi asosida amalga oshiriladi. Q u yidagi holatlarda nikohdan ajratish er-xotinning arizasiga binoan balog`atga y etmagan bolalarining borligidan qat`iy nazar amalga oshiriladi:
– sud tomonidan bedarak deb topilgan bo`lsa;
– sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo`lsa (ruhiy kasalligi yoki aqliy zaifligi sababli);
– sodir etgan jinoyati u c hun u c h yildan kam bo`lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etilgan bo`lsa.
2) Sud tartibida nikohdan ajratish. U q u yidagi hollarda amalga oshiriladi:
– nikohdan ajratishda er-xotindan birining yo`qligi sababli;
– umumiy balog`atga y etmagan bolalari bo`lgan er-xotinning o`zaro roziligi bilan.
Nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ajratilganda ajratilganlik ro`y x atga olingan kundan, nikohdan sud d a ajratilganda esa, sudning hal qiluv qarori qonuniy ku c hga kirgan kundan boshlab nikoh tugatiladi.
Nikohni haqiqiy emas deb topish. U sud tartibida amalga oshirilib, q u yidagilar asos deb olinadi:
– nikohni tuzish shartlarining buzilishi;
– nikohni tuzishga halaqit beruv c hi holatlarning mavjudligi;
– er-xotin yoki ulardan biri oila qurishni maqsad qilmagan, ya`ni sohta nikoh,
– nikohlanuv c hi sha x slardan birining tanosil kasalligi yoki odam immuniteti taq c hil l igi virusi borligini yashirishi.
Nikoh shartnomasi . Er va xotinning shaxsiy, mulkiy huquq va majburiyatlari.
Nikoh ro`y x atga olingan paytdan boshlab nikohni tuzganlar er-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan e`tiboran ular o`rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. Er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik va Oila Kodekslari normalari bilan tartibga so linadi. Er-xotinning mulkiy munosabatlari ikki x il usul bilan tartibga solinadi:
1) Er-xotin mulkining qonuniy tartibi;
2) Er-xotin mulkining shartnomaviy tartibi.
1. Er-xotin mulkining qonuniy tartibi.- Er-xotin nikoh davomida birgalikda ort t irgan mol-mulklariga egalik qiladilar, undan foydalanadilar va bu mulkni tasarruf etadilar.
Er-xotin nikoh davomida orttirgan mol-mulklarni, shuningdek nikoh qayd etilgun g a qadar, bo`lajak er-xotinning umumiy mablag`lari umumiy mulki hisoblanadi.
Er va xotinning har birining mulki. Bu er va xotinning nikohga qadar o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulki, shuningdek, ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulkidir.
Qimmatbaho buyumlar va zebu ziynatlardan boshqa sha x siy foydalanishdagi buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal va h), garshi nikoh davomida er va xotinning umumiy mablag`i hisobiga olingan bo`lsa ham, ulardan foydalanib kelgan er va xotinning x ususiy mulki hisoblanadi.
Nikoh bekor qilinganda faqat birgalikdagi mol-mulkni bo`lish masalasi qo`yiladi. Er va xotinning har birining mulki o`zaro bo`linmaydi. Balog`atga y etmagan bolalar u c hun sotib olingan narsa-ashyolar ham bo`linmaydi. U bolalar bilan birga yashaydigan er yoki xotinga berilishi kerak.
2. Er va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi. U nikoh shartnomasini tuzish orqali rasmiylashtiriladi. Nikoh – nikohlanuv c hi sha x slarning yoki er va xotinning nikohda bo`lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilov c hi kelishuvidir (Oila kodeksining 29-moddasi).
Nikoh shartnomasi nikohgasha ham (u davlat ro`y x atiga olinguniga qadar), nikoh davrida ham tuzilishi mumkin. Faqat nikoh ro`yhatga olinishidan oldin tuzilgan nikoh shartnomasi u davlat ro`y x atiga olingan kundan e`tiboran huquqiy ku c hga kiradi. Qoida tariqasida nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tasdiqdan o`tkaziladi.
Nikohga kirishda nikoh shartnomasi er-xotining ikkalovining o`zaro roziligi bilangina tuzilishi mumkin. Nikoh davomida taraflarning kelishuviga binoan nikoh shartnomasi o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.Nikoh shartnomasining mavjudligi nikohning majburiy shartlariga kirmaydi. Nikoh shartnomasining bekor qilinishi nikohni ajratishga olib kelmaydi, lekin nikohning ajratilishi nikoh shartnomasining bekor qilinishiga sabab bo`ladi.
Nikoh shartnomasining mazmuni. Nikoh shartnomasiga ko`ra er va xotin birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibini o`zgartirishga, er va xotinning bar c ha mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yohud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o`rnatishga haqlidir. Shartnoma er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo`lg`usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin (OK,23-modda).
Nikoh shartnomasiga muvofiq er va xotin:
– o`zaro moddiy ta`minot berish;
– oila x arajatlarini ko`tarish;
– bir-birining daromadida ishtirok etish;
– boshqa sha x slar bilan mulkiy shartnomalar tuzish;
– birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullan ish bo`yi c ha o`z huquq va majburiy at larini belgilab olish;
– nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga beriladigan mulkni aniqlab olish;
– nikoh shartnomasiga er va xotinning mulkiy munosabatlariga oid boshqa qoidalarni kiritishga haqlidir.
Ota-onalik va uning huquqiy oqibatlari . Bolalar muayyan ota-onalardan tug`ilganligining belgilangan tartibda tasdiqlanishi ota-onalar bilan bolalar o`rtasidagi huquqiy munosabatlar vujudga kelishining negizini tashkil etadi. Nikohda bo`lgan ota-onadan tug`ilgan bolaning paydo bo`lishi ota-onaning nikohi bilan bog`liq hujjatlarda qayd etiladi va tasdiqlanadi. Bunda er-xotinning birga yoki alohida yashashining ahamiyati yo`q. Bolaning tug`ilganlik haqidagi guvohnomasi unda nomlari ko`rsatilgan ota-onadan yoki onadan tug`ilganligiga dalildir, Ona tibbiyot muassasida bolaning shu onadan tug`ilganligini tasdiqlov c hi hujjatlar asosida aniqlanadi. Ota , erkakning bolaning onasi bilan nikohda turganligi dalili aniqlanadi. Bolaning onasi bilan nikohda turmagan otaning otalik huquqi ota va onaning birgalikda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari d a arizalari bilan yohud er va xotindan birining arizasiga binoan sud taribida belgilanadi. Ota-onalarning yozma qaydi ota yoki ona sifatida yozib qo`yilgan sha x s yohud bolaning haqiqiy otasi yoki onasining talabi bilan faqat sud tartibida rad etilishi mumkin. Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Mobodo bolaning ota-onasi turli familiyalarda bo`lsa, o`zaro kelishuvga ko`ra, bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi.
Bolaning asosiy huquqlari q u yidagilar:
1. Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o`z ota-onasini bilish, ularning g`am x o`rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega (OKning 65-moddasi).
2. Ota-onasining nikohi bekor qilinganda yoki sud tomonidan haqiqiy emas deb topilganda ham, ota-onalar alohida-alohida yashaganlarida ham bola o`z ota-onasi bilan ko`rishish huquqiga ega (ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalar bundan mustasno), (Oila Ko d eksining 66-moddasi).
3. Bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlar bola bilan ko`rishib turish huquqiga ega (OKning 77-moddasi).
4. Ota-ona (ulardan biri) bolani tarbiyalash va ta`lim berish bo`yi c ha o`z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda yohud o`z huquqlarini suiste`mol qilganda bola o`zini himoya qilinishini so`rab vasiylik va homiylik organiga, o`n to`rt yoshga to`lgash, mustaqil ravishda sudga murojaat qilish huquqiga ega (OKning 67-moddasi).
5. Oilada bolaning manfaatlariga taal l uqli har qanday masala hal qilinayotganda bola o`z fikrini ifodalashga , har qanday sud yoki ma`muriy muhokoma davrida so`zlashga haqli (OKning 68-moddasi).
6. Bola ismi va familiyasini o`zgartirish huquqiga ega (OKning 70-moddasi).
Voyaga y etmagan bolalarning mulkiy huquqlari:
– Ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo`lish huquqiga ega emas.
– Voyaga y etmagan bolalar o`z ota-onasidan va boshqa sha x slardan qonunda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda ta`minot olish huquqiga ega.
– Ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo`lishi mumkin va birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va undan foydalanishlari mumkin.
– Voyaga y etmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda x ususiy mulk egasi bo`lishga haqlidirlar.
– Ota-ona farzandlikka oluv c hilar, vasiylar va homiylar voyaga y etmagan bolalarning x ususiy mulkini fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqaradilar va tasarruf etadilar.
– Ota-ona farzandlariga nisbatan teng huquq va teng majburiyatlarga ega.
– Ota-ona o`z bolalarining qonuniy vakillari hisoblanadilar, hamda har qanday yuridik va jismoniy sha x slar bilan bo`lgan munosabatlarda, sudda alohida vakolatsiz ularning hu q uqlarini va manfaatlarini himoya qiladilar.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish. Ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bo`yin t o vlagan hollarda ota-ona sud hukmiga ko`ra ota-onalik huquqidan mahrum qilinish yohud ularning ota-onalik huquqlari c heklanishi mumkin.Bunga q u yidagi hollarda yo`l qo`yiladi:
1) Ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan, aliment to`lashdan bo`yin t o vlasa;
2) Uzrsiz sabablarga ko`ra o`z bolasini tug`ruq x ona, davolash,tarbiyalash muassasasidan olishdan bosh tortsa;
3) Ota-onalik huquqini suiste`mol qilsa, shafqatsiz muomala qilsa, jismoniy ku c h ishlatsa yoki ruhiy ta`sir etsa;
4) Muttasil i c hkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo`lgan bo`lsa;
5) O`z bolalarining hayoti yoki sog`ligiga yohud eri(xotini)ning hayoti yoki sog`ligiga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo`lsa.
Ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-ona bolalarga nisbatan bar c ha huquqlardan mahrum bo`ladi.Biroq, bu ota-onani o`z bolasiga ta`minot berish majburiyatidan x alos etmaydi.
Q u yidagi holatlarda ota-onalik huquqidan c heklanishga yo`l qo`yiladi:
1) bolani ota-ona (ulardan biri) bilan qoldirish ota-onaga (ulardan biriga) bog`liq bo`lmagan sabablarga ko`ra bola ushun x avfli bo`lganda;
2) bolani ota-ona ( ulardan biri) bilan qoldirish oqibatida ota-onaning x ulq-atvori bola u c hun x avf tug`dirsa, ota-onani (ulardan birini) ota-onalik huquqidan mahrum qilish u c hun esa, yetarli aniqlanmagan taqdirda.
Aliment majburiyatlari – oilaning mehnatga layoqatsiz a`zolarining ishlab topgan mablag`larining bir qismini oilaning mehnatga layoqatsiz a`zolarini ta`minlashga ajratish majburiyatlaridan iborat. Ta`minot bo`yi c ha majburiyatlarga q u yidagilar ega bo`ladi:
1) Voyaga y etmagan bolalariga nisbatan, shuningdek, yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz voyaga y etgan bolalariga nisbatan ota-onalar.
2) Y o rdamga muhtoj mehnatga layoqatsiz ota-onasiga nisbatan voyaga y etgan farzandlar.
3) Mehnatga layoqatsiz yordamga muhtoj eri(xotiniga nisbatan xotin (er).
4) Voyaga y etmagan yoki voyaga y etgan mehnatga layoqatsiz yordamga muhtoj aka-ukalari va opa-singillariga nisbatan aka-ukalar va opa-singillar.
5) Voyaga y etgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj nevaralarning ota-onasi, eri yoki xotini va voyaga y etgan mehnatga layoqatli bolalari bo`lmasa yohud ulardan ta`minot u c hun mablag` ololmasa, ularga nisbatan bu majburiyat bobo va buvining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
6) O`zlarining voyaga y etgan bolalaridan yohud eri yoki (xotinidan) (sobiq eri xotinidan) ta`minot olmaydigan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bobo va buviga ta`minot berish majburiyati yetarli mablag`ga ega bo`lgan voyaga y etgan mehnatga layoqatli nabiralar zimmasiga yuklatilishi mumkin.
7) Agar o`gay ota va o`gay ona o`zlarining mehnatga layoqatli bolalaridan ta`minot ololmagan hollarda mehnatga layoqatsiz o`gay ota va o`gay onaga nisbatan sudning hal qiluv qarori asosida ta`minlash majburiyati o`gay o`g`il yo qizga yuklatilishi mumkin.
Oila Kodeksining 99-moddasiga binoan, voyaga y etmagan bolalariga ta`minot berish haqida ota-ona o`rtasida kelishuv bo`lmasa, ularning ta`minoti u c hun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola-u c hun to`rtdan bir qismi, ikki bola u c hun-u c hdan bir qismi,u c h va undan ortiq bola u c hun- yarmisi miqdorida undiriladi. To`lovlar miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin. Har bir bola u c hun undiriladigan aliment miqdori eng kam ish haqining us c hdan bir qismidan kam bo`lmasligi kerak.
Sudga murojaat etmay, aliment to`lash to`g`risidagi kelishuvga kelgan er-xotin ushbu kelishuvni notarial tasdiqlab olishlari kerak. Bu – kelishuv ijro varaqasi ku c hini beradi.
Adabiyotlar:
– O`zbekiston Respublikasi Konstitu ts iyasi. Toshkent . , 2003 yil
– I.Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-tom. Toshkent . ,1996 yil
– Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushun c halar va tamoyillar. Toshkent . , 2001 yil
– O`zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi. Toshkent . , 1998 yil
– F.Ota x o`jaev. Nikoh va uning huquqiy tartibga solinishi.Toshkent . , 1995 yil
– G.Abdumajidov. Fuqarolik va Oila munosabatlari.
– Huquqshunoslik. O`quv qo`llanmasi. Toshkent . , 2002 yil.
Таълим / Образование
Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади. Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 10-синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин.
Сўнгги йилларда нашр қилинган дарсликлар
Ўзбек тилида | На русском |
---|---|
Адабиёт 1 қисм (2017) Адабиёт 2 қисм (2017) Адабиёт (2022) |
Литература 1 часть (2017) Литература 2 часть (2017) Литература (2022) |
Алгебра ва анализ асослари Геометрия. 1 қисм (2017) Геометрия (2022) |
Алгебра и начала анализа Геометрия. 1 часть (2017) Геометрия (2022) |
Алгебра ва анализ асослари Геометрия. 2 қисм (2017) Алгебра (2022) |
Алгебра и начала анализа Геометрия. 2 часть (2017) Алгебра (2022) |
Биология (2017) Биология (2022) |
Биология (2017) Биология (2022) |
Чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик (2017) Чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик (2022) |
Начальная допризывная подготовка (2017) |
Давлат ва ҳуқуқ асослари (2017) | Основы государства и право (2017) |
Дунё динлари тарихи (2017) | История религий мира (2017) |
Француз тили (2017) | Французский язык (2017) |
География (2017) География (2022) |
География (2017) География (2022) |
Физика (2017) Физика (2022) |
Физика (2017) Физика (2022) |
Информатика (2017) Информатика (2021) |
Информатика (2017) |
Инглиз тили (2017) Инглиз тили (2022) |
Английский язык (2017) Английский язык (2022) |
Жаҳон тарихи (2017) Жаҳон тарихи (2022) |
Всемирная история (2017) Всемирная история (2022) |
Маънавият асослари (2018) | Основы духовности (2017) |
Немис тили (2017) | Немецкий язык (2017) |
Она тили (2020) Она тили (2022) |
Русский язык (2017) Русский язык (2022) |
Кимё (2017) Кимё (2022) |
Химия (2017) Химия (2022) |
Рус тили (2017) Рус тили (2022) |
Узбекский язык (2017) Узбекский язык (2022) |
Ўзбекистон тарихи (2017) Ўзбекистон тарихи (2022) |
История Узбекистана (2017) История Узбекистана (2022) |
Тарбия (2021) | Воспитание (2021) |
Ўхшаш мавзулар
Рус тили фанидан методик қўлланма (2-11 синф)
«Дарс – муқаддас» услубий тавсия
2-синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар
Имтиҳон саволлари 2016-2017(жавоблари билан)
Инглиз тилини ўрганувчилар учун китоб (English for Businessmen. Г. А. Дудкина)
9 синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар
0.3 M марта кўрилди
Ижтимоий тармоқларда улашиш:
- ← Ўзбек тили фанидан тақдимотлар тўплами (2 синф)
- «Ипак йўли» туризм халқаро университети →
39 thoughts on “ 10 синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар ”
- Мила Payshanba Avgust 31st, 2017 at 07:57 Здравствуйте, спасибо за вашу работу. А учебники по другим предметам для 10 будут? Когда? И методички тоже. .
- admin Payshanba Avgust 31st, 2017 at 20:45 Здравствуйте, рад что вам хоть чем-то помог. Учебники пока есть только эти, как будут ещё добавлю здесь же.
- КамронбекDushanba Sentyabr 11th, 2017 at 17:56 admin….
Iltimos, agar iloji bo’lsa darsliklarning qaysilariga yillik dars ishlanmalar bo’lsa dr.k1998@mail.ru elektron manziliga jo’natvoring….
Agar buning uchun bowqa web-sahifani tavsiya etsangiz ham mamnun bo’lardim, agar rus tilida bo’lsa ham yana yaxshi….
Sana: Sinf:10 MAVZU: KITOBLAR DUNYOSI. 1-DARS
(Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘zlarning qo‘llanishi)
Darsning maqsadi:
1.O‘quvchilarga uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘zlarning qo‘llanishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.
2.Kitobxonlik,kitobsevarlik tushunchasini shakllantirish,Prezidentimizning kitobxonlik to‘g‘risidagi qarori bilan tanishtirish,badiiy adabiyot o‘qishga bo‘lgan qiziqishni o‘stirish yurish-turishda madaniy me’yorlarga jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish. mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish.
3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish; inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi:
A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash.“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu.
Foydalanish uchun so‘zlar : Kitob, yaqin, do‘st, oilamizning, sarguzasht asarlar, sevimli qahramonlar, mashg‘uloti, maktab kutubxonasida, ibrat olaman, jahon adabiyoti, shaxsiy kutubxona, to‘ldirib boraman.
2-topshiriq. Matnni o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering.
Kitob o‘qishning hikmati
Kunlardan bir kuni amir kasal bo‘lib qoladi. Saroy tabiblari uni davolay olmaydilar. Shunda Buxoro tabiblari orasida endigina nom chiqarib kelayotgan Abu Ali ibn Sino haqida gapirib qolishadi. Amir uni saroyga chaqirishlarini buyuradi. Ibn Sino amirni davolaydi. Bundan xursand bo‘lgan amir uni saroy tabiblariga boshliq qilib tayinlaydi va «Tila tilagingni!» deydi. Ibn Sino amirdan kutubxonadan foydalanishga ruxsat berishini so‘raydi. Amir ruxsat beradi. Shunday qilib, mashhur olim amir kutubxonasidan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.
foyda – польза, выгода alloma – ученый tasodif – случай, случайность
Bilib oling!
Uyushiq bo‘laklarining ma’nolarini jamlab, umumlashtirib keladigan so‘z va so‘z birikmalari umumlashtiruvchi so‘z deb ataladi.
Umumlashtiruvchi so‘zlar, odatda, jamlovchi olmoslar va sonlar bilan ifodalanadi va tire yoki ikki nuqta bilan yoziladi.
Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘lakdan oldin kelsa, umumlashtiruvchi so‘zdan keyin ikki nuqta qo‘yiladi. Asrorning ikki o‘rtog‘i: Diyor va Abror chiqib qoldi.
Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘lakdan keyin kelsa, umumlashtiruvchi so‘zdan oldin tire qo‘yiladi. Uylar, daraxtlar, ko‘chalar – hammasi atrofning qorong‘iligidan ko‘rinmay ketdi
1-mashq. Nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi umumlashtiruvchi so‘zlardan mosini qo‘yib yozing.
1. Onam bilan opam – . (ikkita, ikki, ikkovlari) dorixonada ishlaydilar. 2. Sen bilan men – . (uchovimiz, ikkovimiz, ikkinchi) sport musobaqasida ishtirok etar ekanmiz. 3. Bog‘ning turli joylarida har xil . (sabzavotlar, poliz ekinlari, mevalar) nok, o‘rik, olma, jiyda va hokazo anchagina . 4. Samad va O‘rol . (ikkovingiz, to‘rtovingiz ) ertaga vaqtli keling. 5. Quyosh, havo, suv . (hammasi, birga) bizning eng qadrli do‘stimiz.
D) Mustahkamlash
2-mashq. Nuqtalar o‘rniga uyushiq gap bo‘laklarini qo‘yib yozing. Umumlashtiruvchi so‘zlarni toping.
1. . , . , . – badiiy asarlar hisoblanadi. 2. O‘zbek yozuvchilaridan: . , . , . asarlarini qiziqib o‘qiyman. 3. . , . . – barchamiz aziz onajonimizni tabrikladik. 4. Sinfga yangi kelganlar: . , . va . sinf rahbarining oldiga kirishsin. 5. Muxarram atirgul yaproqchalaridek: . , . , . qizcha edi. 6. . , . , . , . – barchasi turkiy xalqlardir. 7. . , . , . – hammasi qorong‘ilik qa’riga cho‘mdi.
F) Baholash
Uyga vazifa. O‘qigan kitoblaringiz ro‘yxatini tuzing va eng sevimli asaringiz haqida so‘zlab bering.
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________
Sana: Sinf:10
MAVZU: KITOBLAR DUNYOSI. 2-DARS
(Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘zlarning qo‘llanishi)
Darsning maqsadi:
1.O‘quvchilarga uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘zlarning qo‘llanishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.
2.Kitobxonlik,kitobsevarlik tushunchasini shakllantirish,Prezidentimizning kitobxonlik to‘g‘risidagi qarori bilan tanishtirish,badiiy adabiyot o‘qishga bo‘lgan qiziqishni o‘stirish yurish-turishda madaniy me’yorlarga jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish. mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish.
3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish; inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.
Darsning turi: mustahkomlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi:
A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.
3-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing.
Kutubxonadagi uchrashuv
Saidkamol: Kutubxonaga qachon kelding?
Doniyor: Men hozir keldim, sen ham shu kutubxonaga a’zomisan?
Saidkamol: Ha, men ham shu kutubxonaga a’zoman. Senga qanday kitob kerak?
Doniyor: Menga Erkin Vohidovning she’riy to‘plamlari kerak.
Saidkamol: Menga ham shoirning «So‘z sehri» asari, «O‘zbegim» she’rlari kerak.
Doniyor: Shoirning «So‘z sehri» asari bir dona ekan. Uni ham men oldim. Agar xohlasang biznikiga yur. Birga o‘qiymiz.
Saidkamol: Men hozir onamga telefon qilib ruxsat so‘ray.
– Allo, assalomu alaykum, onajon. Yaxshi ishlayapsizmi? Agar ruxsat bersangiz, Doniyorning uyiga borib, kitob o‘qimoqchi va dars tayyorlamoqchi edim.
Saidkamolning onasi: – Vaalaykum assalom, Doniyorning onasini taniyman, ularning oilasi yaxshi, tinch. Borib kitob o‘qishing, birga dars qilishing mumkin.
Do‘stlar xursand bo‘lishib, kutubxonadan chiqishdi.
4-topshiriq. Matnni o‘qing va berilgan topshiriqlar asosida suhbatlashing.
Kitoblar fazilati haqida
Qadimgi arab shoirlaridan biri aytadi: «Gaplari malol kelmaydigan borimizda ham, yo‘g‘imizda ham ishonchli, sadoqatli suhbatdoshlarimiz bor. O‘tgan zamon voqealaridan bilganlarini bizga yetkazadilar. Maslahat, odob va mustahkam iroda ifoda etadilar. Ularda qo‘rqinchli kasallik, xavfli holat yo‘q, barmoqlari bilan ham, mushtumlari bilan ham bizni qo‘rqitmaydilar. Ularni tirik desam, yolg‘onchi bo‘lmayman, jonsiz desam aqlsiz hisoblanaman. Jahonda ulardan yaxshiroq do‘st yo‘q. Kishi yolg‘iz qolsa, ular zeriktirmaydi. Ularda orom boru, ozor yo‘q»
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Matn nima haqida?
- Qanday kitoblarni o‘qigansiz?
3-mashq. Berilgan gaplardagi umumlashtiruvchi so‘zlarni topib, uyushib kelgan so‘zlarni aniqlang.
1. Daraxtlardagi barcha sayroqi qushlar: sa’va, bulbul, mayna va boshqa qushlar unga jo‘r bo‘ldi.
2. Bog‘da yetilgan olma, anor, uzumlar – hammasidan oldik.
3. Hammasi: olmazor va o‘rikzor, anjirzor va anorzorlar orqada qolmoqda edi.
4. Insonda hamma narsa: yuz, kiyim, qalb go‘zal bo‘lmog‘i lozim.
5. Bog‘imizdagi mevalar: olma, o‘rik, olxo‘rilar mo‘l hosil qildi.
6. To‘rt narsa ko‘ngildagi orzularni ro‘yobga chiqaradi: g‘ayrat, shijoat, matonat, himmat.
D)Mustahkamlash
5-topshiriq. Berilgan hikmatlarni o‘qing va mazmuni yuzasidan suhbatlashing. Umumlashtiruvchi so‘zni toping.
1. Kitob – insoniyat to‘plagan hikmatlar xazinasi va bilim manbayi. 2. Kitob – bizning eng sodiq, beminnat do‘stimiz. 3. Kitob – har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir. 4. Boyligim, borim kitob, tandagi jonim kitob. 5. Kitob – to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi va eng yaqin maslahatchimiz. 6. Kitobsiz bilim, bilimsiz taraqqiyot yo‘q.
6-topshiriq. O‘qing va matn asosida suhbatlashing.
Sevimli kitobim
Mashhurlardan biri «O‘zimdagi barcha yaxshi xislatlar uchun kitobdan minnatdorman», degan ekan.
Men ham kitob o‘qishni yaxshi ko‘raman. Tarixiy romanlarni o‘qish menga yoqadi. Ulardan buyuk shaxslar hayoti haqida bilib olaman.
Men o‘zbek tilini yaxshi bilaman. Shuning uchun o‘zbek tilida ham kitoblar o‘qiyman. Hozir men Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanini o‘qiyapman. Bu kitob menga juda yoqadi. Unda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyati ancha keng yoritib berilgan. Menga, ayniqsa, uning sadoqatli va irodali ekani yoqadi. Vatanni sevishni undan o‘rganish kerak. Kitobni qo‘limga olsam, hamma narsani unutaman. Uni qo‘ldan qo‘ygim kelmaydi. Uning davomi ham bor – «Avlodlar dovoni». Men bu kitobni ham o‘qib chiqaman.
F)Baholash
Uyga vazifa. O‘qigan kitoblaringiz yuzasidan berilgan jadvalni to‘ldiring.
Asarning muallifi va nomi | Asar nima haqida | Asosiy qahramonlar |
Oybek. «Bolalik» qissa | Beg‘ubor bolalik, bolalik xotiralari. | Oybekning bolaligi, do‘sti Turg‘un, opasi Karomat. |
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________
Sana: Sinf:10
MAVZU:KITOBLAR DUNYOSI. 3-DARS
(Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘zlarning qo‘llanishi)
Darsning maqsadi:
1.O‘quvchilarga uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘zlarning qo‘llanishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.
2.Kitobxonlik,kitobsevarlik tushunchasini shakllantirish, Prezidentimizning kitobxonlik to‘g‘risidagi qarori bilan tanishtirish,badiiy adabiyot o‘qishga bo‘lgan qiziqishni o‘stirish yurish-turishda madaniy me’yorlarga jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish. mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish.
3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini, o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish; inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.
Darsning turi: mustahkomlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi:
A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.
Oybek (1905-1968)
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905-yil 10-yanvarda Toshkentning Gavkush mahallasida bo‘zchi oilasida dunyoga kelgan. Shoir dastlab eski maktabda, so‘ngra «Namuna» maktabida, Navoiy nomidagi ta’lim va tarbiya texnikumida o‘qidi.
Oybek yoshligini eslab shunday yozgandi: «Yop-yorug‘ oydin kechada uyimizning yassi tomida onam bilan turardim; to‘lishgan oy osmon bo‘ylab suzardi, u menga juda ham
go‘zal ko‘rinardi. Men unga qo‘llarimni cho‘zib intilar va «oyi, oyni olib bering», – deb xarxasha qilardim. Bo‘lg‘usi adibning bu so‘zlari kuchli ramziy ma’noga ega.
Oybek hayotda «Adabiyot osmonida oy» darajasiga ko‘tarildi. O‘rta Osiyo davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida o‘qidi. So‘ngra Sankt-Peterburgdagi Plexanov nomidagi xalq xo‘jaligi institutida o‘qib kelgan. Oybek O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais, O‘zbekiston Fanlar akademiyasida gumanitar bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritdi.
Oybek «Tuyg‘ular», «Ko‘ngil naylari» she’riy to‘plamlari, «Musicha», «Fonarchi ota» hikoyalari, «Navoiy», «Quyosh qoraymas» romanlarini yozgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Fanlar Akademiyasining akademigi bo‘lgan. Oybek 1968-yilda vafot etdi.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi – народный писатель Узбекистана
7-topshiriq. Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering.
Turg‘un ikkovimiz shoshilib bozor tomon yuguramiz. Soat o‘n bir o‘n ikki, qirq tiyin pulni belboqqa qattiq tugib olganman. Egnimda uzun yaxtak, boshimda yangi do‘ppi, oyoq yalangman.
- Kitob juda ham qimmat. – Meni alday boshlaydi Turg‘un. – Olamiz bir ma-zali narsa. .
- Yo‘q-yo‘q! – deyman darrov uning niyatini payqab. – Kitob yaxshi narsa. Hali qarab tur, unda har bir ajoyib baytlar borki, tushunmaysan, e, qo‘y-yey. – bir zum sukutdan keyin davom etaman: – marojniy shirin narsa-yu, lekin oyimdan qo‘rqaman, pulni Karom opam kitobga bergan.
- Tortisha-tortisha bozorga yetamiz. Bozor qizg‘in. Aravalar, otlar, xa-chirlar, eshaklar tiqilinch. Nonvoylar serob. Birining boshida savat, birining qo‘lida savat: «jizza non yumshoqqina, barragina. » deya qichqira-qichqira bozor oralab yuradilar.
Turg‘un ikkovimiz har bir do‘kon oldida to‘xtab, rastani xo‘p aylanamiz. Tomda urishib talashib yurgan kuchuklarga Turg‘unning ko‘zi tushib qoladi:
- E, attang, deydi meni turtib. – biror joy yo‘qmikan tomga chiqishga? Ku-chuklar ko‘p ekan, yaxshisini tanlab olib ketardik.
- Amaki, Muqimiy bormi? .
- Muqimiy bor, – deydi yumshoq tabassum bilan kitobfurush.
- Har xil kitoblarni o‘qiyman, – deyman-da, birdan kulib yuboraman, – qizlarga kerak edi. Muqimiyni yaxshi ko‘rib o‘qiydi qizlar. Yaxshi baytlari bor-da, amaki.
Avaylab, qo‘limga olaman. Yaxshi ishlangan, chiroyli muqova, kichkina
Asta varaqlayman, pichirlab, ichimda o‘qiyman.
- Ota, necha pul? – so‘rayman kitobni yopib.
- Yur-e, yomon kitob, bo‘lmaydi, olma! Oshiq-ma’shuqdan boshqa gap yo‘q ichida, – qistaydi meni turtkilab Turg‘un.
- Omisan-da, ma’nosini tushunmaysan. Muqimiy ajoyib shoir. Opam aytgan, topib kel, shu kitobni degan, – jahlim chiqib tushuntiraman Turg‘unga.
- Yaxshi. Ma’nolik narsa. Muqimiyni ko‘rganman. Xushfe’l, dono odam edi marhum. Muqimiy kattakon shoir. Qo‘qonda turadi u kishi. Bu – shoirning yurak parchasi! Bolam, narxi ikki tanga.
Kitobni qo‘ltig‘imga tiqaman. Bozordan chiqqandan so‘ng, jar yoqasida birpas o‘tirib, suv ichamiz. Yo‘l-yo‘lakay qovurma baliq, go‘shtkuydi, kaboblar har qadamda. Ularning burqiragan hidi juda yaxshi. Ammo chaqa qani?
- Ey, o‘qisang, eshittirib o‘qi-ya, bo‘lmasa qadamingni tezlat, – deydi Turg‘un o‘qrayib.
- Xo‘sh, ma’nosini tushundingmi, o‘rtoq? Bu bayt qo‘shiqdek totli, ma’nodor narsa.
- Uning gapi qulog‘imga kirmaydi, xayolim kitobda.
orasidan suqilib – прoсовываться между kitob do‘koni – книжный магазин
rasta – ряд лавок, торговый ряд ajoyib – удивительный
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Oybekning hayoti va ijodi haqida gapiring. 2. «Bolalik» qissasining asosiy qahramoni kim deb o‘ylaysiz? 3. Bosh qahramon nimaga qiziqadi?
Bosh qahramonning o‘rnida bo‘lganingizda siz nima qilar edingiz?
Uyga vazifa. Oybekning «Bolalik» qissasini o‘qing va gapirib bering
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling