Press "Enter" to skip to content

10 sinf ingliz tili darslik audio

�� Freedom writers (2007)
�� Subtitles: English
⭐️ IMDB 7.6
�� Film genre: #drama #teen
♻️ Compressed
#movies

Ingliz tili kursiga bormay IELTSdan yuqori natija olish mumkinmi?

Navbatdagi maslahatimni chet tilini mustaqil o’rganish mumkinmi, degan mavzuga qaratmoqchiman. Undagi fikrlar o’zimning shaxsiy tajribam va kuzatishlarimga asoslangan va hammaga ham to’g’ri kelmasligi mumkin.

Xullas, savol quyidagicha: ingliz tilini har xil o’quv kurslariga bormasdan turib a’lo darajada o’rganish mumkinmi? Bu savolning qisqa javobi shuki, albatta, mumkin. Batafsil javobni sharhlashdan olidin shuni ham aytib qo’yishim kerak: mustaqil o’rganish usuli hammaga ham emas. Ya’ni, siz mustaqil o’qib-o’rganishdan rohatlanadigan va reja asosida o’z ustingizda ishlay oladigan odamlar toifasidan bo’lsangiz, sizga ustozning keragi yo’q. Lekin shunday odamlar ham borki, ular doim kimningdir yo’l-yo’rig’iga, ko’rsatmasiga ehtiyoj sezadi va undaylar uchun chet tilini o’rganishda o’qituvchi bilan birga ishlash samaraliroq bo’lishi mumkin.

Men bu yerda ingliz tilidan boshlang’ch ma’lumotga ega, ozmi-ko’pmi oddiy matnlarni o’qib tushunadigan va o’zi haqida bir-ikki og’iz ingliz tilida gapirib bera oladigan darajadagi talabalar haqida gapiryapman.

Agar ingliz tili siz uchun yangi olam bo’lsa, ya’ni hammasini boshidan boshlamoqchi bo’lsangiz, unda, albatta, bitta oqituvchining etagidan tutib o’rganganingiz ma’qul. Hozir maktablarda, kollej-litsey va oliy o’quv yurtlarida aksariyatimiz allaqachon ingliz yoki boshqa chet tilini boshlang’ich darajada o’rganib bo’lganmiz. Endigi maqsadingiz uni mukammallashtirib, IELTSdan kamida 6 yoki 7 bal olish, shunday emasmi?

Misolni o’z tajribamdan boshlasam. Men ingliz tilini o’rganishni 9-sinfdan boshlaganman. Ungacha maktabda nemis tili o’qiganmiz. Xullas, nemis tilidan imtihon topshirib litseyga kirganimdan keyin ingliz tilini boshidan boshlab o’rganishga to’g’ri keldi. Chunki bu litseyda faqat ingliz tili o’qitilar ekan. Litseyimizda yangi qabul qilinganlarni ikkita sinfga bo’lishgan: shu paytgacha ingliz tilini maktabda o’rganib kelgan o’quvchilar sinfi va menga o’xshab ingliz tilini o’rganishni endi alifbodan boshlayotgan, ya’ni bu til haqida hech vaqo bilmaydiganlar sinfi.

Xullas, ingliz tilini 9-sinfda alifboni o’rganishdan boshladim. Qizig’i, oradan bir yil o’tib bizning sinfimiz ingliz tilini o’rganish ko’rsatkichlari bo’yicha litseyga ingliz tilini allaqachon o’rganib kelgan talabalar sinfidan o’zib ketdi.

Mavzu aslida bu haqda emas. Savol ingliz tilini mustaqil o’rganish haqida. Demak, shu haqda yozaman endi. Litseyni bitirish arafasida men ham abiturientlik deb atalgan ajoyib bir davrni boshdan kechirganman. Jahon tillari universitetiga tayyorlanayotgan edim. Shuning uchun bor kuchimni ingliz tilini yaxshilashga qaratdim.

Tumanimizda ingliz tili repetitorlari orasida obro’si eng yuqori bo’lgan bir o’qituvchi ayol bo’lardi. Shu odamning kursiga yozilishga qaror qildim. O’sha paytlarda ham yosh bo’lishimga qaramay, o’qishga repetitorsiz tayyorlanib kirish mumkin, degan fikrda bo’lganman. Shuning uchun ona tili va tarix fanlaridan hech qachon repetitorga bormaganman. Lekin ingliz tili chet tili bo’lgani uchun unga repetitor olishga qaror qildim. Buning sabablaridan yana bir shu ediki, o’sha paytlar (2000-2001-yillar haqida gapiryapman) maktab darsliklari va axborotnomadan tashqari ingliz tilida hech qanday o’qitish materiallari yo’q edi. O’qishga kirgunimcha hatto bitta lug’atim ham bo’lmagan. Shuning uchun ingliz tilidan kursga borishga qaror qildim.

Borib xato qilmagan ekanman. Chunki u o’qituvchi bizga «English Grammar in Use» kabi biz u paytlar hali ko’rmagan, xorijda chop etilgan kitoblar asosida dars o’tardi. Har bir darsdan so’ng beradigan testlari ham axborotnomadan emas, balki chet elda chiqqan test kitoblaridan bo’lardi va ular juda murakkab edi.

Shu o’qituvchim kurs oxirida sening o’qishga kirishingga garantiya beraman, lekin bu gapni uncha-munchasiga aytmayman, degan edi. Odatda, u kimga bu gapni aytsa, o’sha abiturient o’qishga kirar ekan. Xullas, juda xursand bo’ldim va uning aytganlari to’g’ri chiqdi: 2001-yil ingliz tilidan 32 ta test yechib, Jahon tillari universitetiga byudjetga o’qishga kirdim.

Albatta, bunda menga dars bergan o’qituvchimning xizmati katta. Chunki u menda mavjud bo’lmagan darsliklar va manbalar orqali dars o’tgan va shu orqali muvaffaqiyat qozonishimni ta’minlagan. Hozir esa shu darslik va qo’llanmalarning hammasini topa olasiz. Hatto internetdan ko’plab kitoblarni va testlarni bepul yuklab olishingiz mumkin. Testlarni javoblari bilan va nega bu javob to’g’ri ekani haqidagi tushuntirishlari bilan topish mumkin. Xullas, bugun eng yaxshi ustozingiz «Google» desam, balki sal mubolag’a bo’lar, lekin xato emas.

Ingliz tilini yaxshi o’rganishda o’qituvchining roli qancha deb so’rasangiz, men muvaffaqiyat qozonish 90 foiz o’zingizning mehnatingizga bog’liq, deb aytgan bo’lardim. O’qituvchining sizga yo’l-yo’riq ko’rsatishi muvaffaqiyatingizning 10 foizini ta’minlashi mumkin. O’zi mustaqil dars qilib o’zlashtira olmaydigan talaba eng yaxshi repetitorga yillab qatnasa ham, ahvoli o’zgarmaydi. Bunga misollar juda ko’p. Litseydagi sinfdoshlarim orasida har uchala fandan eng qimmat va eng obro’li domlalarga repetitorga borib, bir necha yil davomida o’qishga kira olmagan, kontraktga ham ilinmagan do’stlarim bo’lgan. Ularni qoralash yoki kamsitish niyatim yo’q. Aytmoqchi bo’lganim, 99 foiz mehnat sizdan talab qilinadi. O’qituvchi sizga yo’lni ko’rsatib berishi mumkin, xolos. Bu yo’ldan esa siz o’zingiz yurib o’tishingiz kerak…

Keyinroq xorijda o’qish ham nasib etdi. Buning uchun Toshkentda TOEFL testini topshirdim. Shunda ham maxsus kursga qatnashni lozim topmadim. Bu paytga kelib, TOEFLga tayyorlovchi kitoblar va testlarni topish ancha osonlashgan edi. Demak, kerakli hamma resurslar bor, ularni o’qishim kerak, xolos, deb o’ylaganman.

2009-yil AQShda magistratura darajasida o’qish imkoniyatini beradigan grantga hujjat topshirdim. Hujjatlarim birinchi bosqichdan o’tishi bilan suhbatga chaqirishdi. Suhbatdan ham muvaffaqiyatli o’tdim va kutilmaganda 10-15 kun ichida TOEFL testini topshirishim uchun kunini va vaqtini belgilab qo’yishdi. Shu paytgacha ham TOEL kitobini o’qib tayyorlanib yurgandim, lekin bu grant uchun test topshirishga va tayyorlanishga bir-ikki oy vaqtim bo’lsa kerak, deb o’ylagandim.

Buning ustiga «Paper-based TOEFL» topshirishimiz kerak ekan. Bu testda hamma testlarning javobini qog’ozga belgilaysiz, inshoni ham qo’lda yozish kerak. Eng qiyini, imtihonning audio qismida audiosuhbatlarni xonadagi magnitafon orqali qo’yib berishadi. Agar magnitafonning kolonkasi sifatli bo’lmasa yoki xonaning uzoq bir burchagida bo’lsangiz va ovozni yaxshi eshitmasangiz, ahvolingiz voy degani. Men, yaxshiyamki, magnitafonning oldida, birinchi qatorda o’tirdim. Shunda ham, men uchun eng qiyini imtihonning «Listening Comprehension» qismi bo’ldi.

Testga o’zim mustaqil tayyorlandim. Internetdan «Paper-based TOEFL»ga tayyorlanish materiallarini topib, printerdan chiqarib oldim va shular asosida tayyorlandim.

Imtihonni yaxshi topshirdim: balim 600 chiqdi. Bu IELTS bo’yicha 7 yoki 7,5 ga to’g’ri keladi. Oradan bir necha kun o’tib GRE uchun imtihonni belgilashdi. GRE juda-juda qiyin imtihon. Hali ham eslasam, yuragim uvushadi. Undan necha bal olganimni aytmay qo’ya qolay. �� Chunki yaxshi chiqmagan. Ammo GREdan juda baland bal olishingiz shart emas. AQSh universitetlari xorijliklar uchun GREni topshirish qiyin ekanini yaxshi bilishadi va anketangizning boshqa jihatlari yaxshi bo’lsa, pastroq GRE bali bilan ham o’qishga olishlari mumkin. Meni ham o’qishga olishdi va AQShda to’liq grant asosida magistratura darajasida tahsil olish imkoniyatini qo’lga kiritdim. Bu haqda avvlagi blogpostimda ham yozgandim.

Mavzudan biroz uzoqlashdik. Aytmoqchi bo’lganim, tilni boshlang’ich darajada bilsangiz, IELTSga ham, boshqa imtihonlarga ham o’zingiz mustaqil tayyorlana olasiz. Ayniqsa, hozir ingliz tilini o’rganish resurslari juda ko’p. Lug’atlar ham, kitoblar ham. Internetda esa hamma narsani topish mumkin. Siz faqat yaxshi reja asosida o’zingizning ustingizda muntazam ishlashingiz kerak, xolos.

Bu gaplarim bilan til kursida o’qiyotgan yoki repetitorga borishni rejalayotgan talabalarni fikridan qaytarish niyatim yo’q. Mustaqil ingliz tilini yaxshi o’rganayotgan talaba, agar o’qituvchidan qo’shimcha dars olsa, o’rganish tezligi yanada oshishi tabiiy, albatta. Lekin moddiy imkoniyati yo’q yoki domlaga qatnab dars olishga sharoiti bo’lmagan talabalar bo’lsa, aslo o’kinmang va siz ham mustaqil ingliz tilini a’lo darajada o’rgana olasiz, demoqchiman, xolos. Bunga tirik misol o’zim. ��

Yaxshi niyat yarim mol, deganlaridek, avvalo, oldingizga maqsadni to’g’ri qo’yishingiz va shu maqsadga erishish uchun nimalar qilish lozimligi haqida yaxshi reja tuzib olishingiz kerak. Shu rejaga og’ishmay rioya qilsangiz, maqsadingizga, albatta, erishasiz.

Bilim olish uchun ikkita narsani bilishingiz kerak: nimani o’qishni va o’sha narsani qanday o’qishni. Chunki o’qiyman desangiz, axborot hozir juda ko’p. Ular orasidan o’zingizga mos va eng keraklisini topishingiz lozim va o’qigan narsangizdan foyda olishingiz uchun uni qanday o’qishni ham bilishingiz kerak. Vaqtdan samarali foydalanish va qanday unumli dars qilish haqida ham alohida yozish niyatim bor. Bu haqda endi kelgusida gaplashamiz.

Agar til o’rganishga oid zarur kitoblarni xorijdan sotib olishni istasangiz, Grantlar.Uz bu borada sizga yordam berishi mumkin. Saytimizda kitoblar va boshqa ta’lim olishga oid mahsulotlar sotiladigan do’kon ochish niyatimiz bor. Buning uchun, avvalo, talab bo’lishi kerak. Agar sizda bunga qiziqish bo’lsa, bizga xabar bering.

Behzod

10 sinf ingliz tili darslik audio

Ingliz tili o’qituvchilari va o’rganuvchilar uchun maxsus kanal
“HR Edu-Servis” MCHJ
GUVOHNOMA: №865873
Sayt: www.hasanboy.uz

REKLAMA XIZMATI YO’Q!

About
Blog
Apps
Platform

School English Teachers
57.3K subscribers
10812_6min_posture_for_web_au_

BBC 6 Minute English – Stand up straight!
#listening #6minute_english #practice

18.4K views 07:06
100812_6min_posture.pdf
BBC 6 Minute English Extra – Stand up straight! transcript
18.7K views 07:06

Vocabulary from the programme

���� a good posture
���� gavdani to’g’ri tutish
when someone stands up straight with their shoulders back

���� slouch
���� egilgan holatda turish yoki o’tirish, bukchayish
a way of sitting or standing with the shoulders hanging forward

���� hunch
���� bukchaymoq, egilmoq
to lean forward with your shoulders raised or to bend your back and shoulders into a rounded shape

���� deportment
���� xatti-harakat, yurish
the way a person walks and stands

���� tension
����
zo’riqish
when muscles feel tight and stressed

���� RSI
����
biror harakatni qayta-qayta qilaverishdan hosil bo’ladigan og’riq.
A pain caused by repeating the same action over and over again. It stands for ‘repetitive strain injury’

���� natural alignment
����
tabiiy bir tekisda bo’lish
the way our back is supposed to be without any strain or stress being placed on it by the way we walk
#vocabulary

20.9K views 07:06

Ingliz tilidan daraja aniqlash imtihoni (boshqa nomlari CEFR – Milliy sertifikat – Multi-level) imtihon kunlari quyidagi sanalarda o’tkaziladi����

5-martdagi Multilevel imtihoniga ro’yxatdan o’tishning so’ngi kuni 19-fevral.

☝️ Imtihon Respublikamizning barcha viloyatlarida tashkil qilinadi. Imtihon narxi: 405 ming so’m.

Sifatli ro’yxatdan o’tkazib berish xizmati uchun @forcefr1 yoki @register_uzz ga murojaat qiling

24.3K views 07:43

Erin Gruwell teaches a class of at-risk students who are divided by their race and harbour animosity against one another. Soon, she decides to unite them and pursue education beyond high school.

20.5K views 04:19
Freedom Writers (2007).mkv

�� Freedom writers (2007)
�� Subtitles: English
⭐️ IMDB 7.6
�� Film genre: #drama #teen
♻️ Compressed
#movies

21.5K views 04:19

⚡️Maktablarda oʻrgatiladigan kasb va hunarlar roʻyxati

Maʼlumot uchun, endilikda tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, oʻquvchilarga maktabning oʻzida 64 xil ishchi kasblar oʻrgatiladi.

21.8K views 04:36

➡️ 7-11 sinf Prepare darsligi mashq daftari (Workbook) audiolari. To’liq holda
(1-6-sinflar Worbook audiolari Student’s book audiolari ichida)

Please open Telegram to view this post
18.3K views 05:06
7-sinf WB Audio.rar

7-sinf Prepare Workbook (mashq daftari) audiolari

8-sinf WB Audio.rar

8-sinf Prepare Workbook (mashq daftari) audiolari

9-sinf WB Audio.rar

9-sinf Prepare Workbook (mashq daftari) audiolari

10-sinf WB Audio.rar

10-sinf Prepare Workbook (mashq daftari) audiolari

11-sinf WB Audio.rar

11-sinf Prepare Workbook (mashq daftari) audiolari

20.0K views 05:06

Maktablarda 100 mingta to‘garak tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi
2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish, ta’lim muassasalarida bepul to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur topshiriqlar belgilangan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarda kasb-hunar ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida umumta’lim muassasalarida 100 mingta to‘garak tashkil etish bo‘yicha zarur ishlar boshlangan.

Ushbu maqsadlar uchun davlat budjetidan 79,5 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lib, to‘garaklar yo‘nalishini aniqlash bo‘yicha o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.

Bunda o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, IT injiniring, tarjimonlik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etishga ustuvorlik berilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

23.0K views 06:39

⚡️Pedogogika universitetlariga qabul ikki bosqichli imtihon orqali amalga oshilishi mumkin

Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qaroriga asosan, 2024/2025 o‘quv yilida tajriba-sinov tariqasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga (alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno) qabul jarayonlari ikki bosqichda, jumladan birinchi bosqichda — dastlabki imtihon shaklida, ikkinchi bosqichda — kirish test sinovlari orqali amalga oshiriladi. Bunda:

dastlabki imtihon va kirish test sinovlari Davlat test markazi (hozirgi nomi Bilim va malakalarni baholash agentligi) tomonidan o‘tkaziladi;

dastlabki imtihon doirasida abituriyentlarning pedagogik kasbga moyilligi o‘rganiladi;

kirish test sinovlarida qatnashishga faqat dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga ruxsat etiladi.

��2024-yil 1-yanvarga qadar Universitetning pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartibni ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

��Shuningdek, qarorda tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqib, pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga qabul imtihonlarini ikki bosqichda o‘tkazish tartibini pedagog kadrlar tayyorlovchi boshqa oliy ta’lim muassasalariga ham tatbiq etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish vazifasi belgilangan.

10 sinf ingliz tili darslik audio

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Ingliz tili darslarida o‘yinlar

Ko‘rganlar, jami:
Nashr yili:

O’zbek (kir), Ingliz

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.

Elektron kitob
E’tibor bering “Sotib olingan kitoblar qanday o’qiladi?” bo’limi bilan tanishib chiqing!

Buyurtma berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting

Do‘stlarizga tavsiya eting

  • Annotatsiya
  • Kitobidan parcha
  • Fikr va mulohazalar

Мазкур қўлланмада инглиз тилини бошланғич босқичларда ўргатишда қўлланиши мумкин бўлган ўйинлар ва уларнинг сценарийлари ҳамда услубий кўрсатмалари берилган. Қўлланмадаги материаллар инглиз тилини бошланғич босқичларда ўргатилувчи мавзулар тартиби бўйича жойлаштирилган бўлиб, унда 100 дан ортиқ ўйин сценарийлари жамланган. Қўлланма инглиз тили ўқитувчилари учун инглиз тилини ўрганувчи ўқувчилар билан синфда ва синфдан ташқари ишларни ташкил қилиш учун мўлжалланган.

Ранглар
(Colours)

1. Кийимлардўкони-1 (A Clothes Shop-1)

Ўйинмақсади: Рангларни эслаб қолиш (кўриш аъзолари орқали).

Ажратилганвақт: 5—7 дақ.

Заруржиҳозлар: Иккита бир ҳил, аммо турли рангдаги кийимлар (ҳақиқий ёки ўйинчоқ), масалан кўк ва қора шим, жигарранг ва кулранг юбка ва ҳ.к.

Хонани тайёрлаш:

а) агар кийим ҳақиқий бўлса, уларнинг ярми ўқитувчининг ўнг тарафида қолган ярми ўнг тарафида жойлаштирилади, бунда бир ҳил турдаги кийимлар битта жойга жойлаштирилмаслиги зарур;

б) агар кийимлар қоғоздан ясалган ёки ўйинчоқ бўлса, улар доскага магнит билан ёки стендга тўғнағич билан маҳкамланади: бир қисми доска (стенд)нинг ўнг томонига қолган қисми чап томонига.