Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinf, Qo‘chqorov V, Mahmudov O, Zamonov Z, 2018
Ma’naviyat — beqiyos kuch.
Ma’naviyat — inson ongiga ta’sir ko‘rsatadigan, uning dunyoqarashi, tafakkur tarzini muayyan yo‘nalishga soladigan yengilmas kuch. Ma’naviyat asosini jamiyat, millatga xos ma’naviy, madaniy va moddiy asoslar, an’analar, qadriyatlar, turmush tarzi, g‘oyalar va qarashlarni umumlashtiruvchi tushunchalar tashkil etadi.
Mahmudov, Z. Zamonov ma’naviyat asoslari
V. QO‘CHQOROV, O. MAHMUDOV, Z. ZAMONOV
MA’NAVIYAT
ASOSLARI
O‘rta umumta’lim maktablarining 10-11-sinflari
va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari
uchun darslik
Tuzatilgan ikkinchi nashri
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
tasdiqlagan
Тoshkent
«Yangiyo‘l Poligraf Servis»
2018
Mas’ul muharrir:
A. Xolbekov
— sotsiologiya fanlari doktori, professor.
N. Ismatova
— O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xodimi.
Taqrizchilar:
Sh. To‘rayev
— Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ilmiy ekspertiza
bo‘limi boshlig‘i, falsafa fanlari nomzodi, dotsent;
D. Bozorov
— O‘zMU «Falsafa va mantiq» kafedrasi dotsenti;
A. Xolov
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat bosh
qaruv akademiyasi katta ilmiy xodimi;
M. Xoliqova
— Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi XTXQTMO hududiy
markazi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi;
D. Ergasheva
— Toshkent shahar Sergeli tumani 8sonli umumta’lim maktab
ning «Ma’naviyat asoslari» fani o‘qituvchisi.
Respublika Ta’lim markazining «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari»
fani bo‘yicha ilmiymetodik kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
UO‘K: 17.022.1(075.3)
KBK: 87.60(5O‘)
Q 97 Qo‘chqorov, Vahob.
Ma’naviyat asoslari: O‘rta umumta’lim maktablarining 1011sinf
ari va o‘rta
maxsus, kasbhunar ta’limi muassasalari uchun darslik / V. Qo‘chqorov, O. Mah
mudov, Z. Zamonov. Ikkinchi nashr. Toshkent: Yangiyo‘l Poligraf Servis,
2018. 144 b.
UO‘K: 17.022.1(075.3)
ISBN 978-9943-5244-3-9 KBK: 87.60(5O‘)ya72
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan chop etildi.
© V. Qo‘chqorov, O. Mahmudov, Z. Zamonov. 20172018.
© Yangiyo‘l Poligraf Servis, 20172018.
ISBN 9789943524439
3
Kirish
Aziz o‘quvchi! Dunyoda har bir narsaning o‘zagi, mohiyati bo‘ladi.
Odamzod mohiyatini uning yaratuvchanligi, mustahkam irodasi, dinu diyona
ti, boshqalarga xolis yordamga kelishi, boshiga ofatg‘am tushganida hamdardlik
bildirishi, shodligiga sherik bo‘lishi, mehroqibati, bir so‘z bilan aytganda, go‘zal
ma’naviy olami tashkil etadi.
Shunday ekan, ma’naviyat kishining xulqu odobida qanday namoyon
bo‘ladi? Mana, masalan, Siz o‘zingizdan katta yoshdagilarga birinchi bo‘lib sa
lom berasiz, chunki otaonangiz shunday tarbiya bergan. A’lo baholarga o‘qish
ga intilasiz, chunki ustozmurabbiylardan shunday ta’lim olgansiz. O‘quv dar
gohida, jamoat joylarida umuman uyatli, qo‘pol so‘zlarni ishlatmaysiz, chunki
bunga ichki madaniyatingiz yo‘l qo‘ymaydi. Vatanni sotmaysiz, chunki u vij
donni, o‘zlikni sotgan bilan barobar! Bularning barchasi chiroyli xulqatvo
ringiz, qalbingiz ma’naviy go‘zalligi, ezgu e’tiqodingizning mustahkamligi tufay
lidir. Demak, ma’naviyat insoniyat ichki olamining nafis va nodir boyligi bo‘lib,
kishilarni ul kan bunyodkorliklar sari yetaklaydi. Ma’naviyati yuksak insonlar
ning ko‘payishi esa kuchli fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston xalqi va davlati tomonidan amalga
oshirilgan iqtisodiy islohotlar insoniy oliyjanoblik fazilatlari va yuksak ma’rifat
tuyg‘ulari bilan uyg‘unlikda olib borildi. Xususan, qadimiy obidalarimiz tub
dan qayta ta’mirlandi, qadimiy asarlar, bitiklar nashr etilib, keng jamoatchilik
ka taqdim etildi, urfodatlar, qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Mamlakatimizda
yashayotgan turli millat va elatlarning milliy qadriyatlari hamda an’analariga nis
batan yuksak ehtirom, hurmat ko‘rsatildi va h. k.
Bugun mamlakatimizda millatlararo tinchlik, totuvlik, hamjihatlik barqaror.
Darhaqiqat, O‘zbekiston davlati uning hududida yashovchi barcha xalq, millat va
elatlarning manfaatlarini birdek himoya qiladi, birdek qo‘llabquvvatlaydi.
Ma’naviy yuksalish, milliy o‘zlikni anglash tarixiy ong va tarixiy xotirasiz
rivoj lanmaydi, mukammal shakllana olmaydi.
«Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida «. hozirgi kunda ma’naviya
timizni asrash uchun nima qilish lozim va unga tahdid soladigan xurujlarga ni
mani qarshi qo‘yish kerak, deb so‘rasa, men avvalambor shu yurtda yashayotgan
har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug‘
ajdod larimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirishni, bugungi tez o‘zgarayot
4
gan hayot voqeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha
o‘zgarish larga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashi zarur», deya ta’kidlanadi.
Mana nima uchun yurtimizda Xotira va qadrlash kuni nishonlanadi, buyuk
ajdodlarimiz ruhi poklariga nisbatan yuksak ehtirom ko‘rsatiladi. Shu ma’noda
yurtimizda yangi o‘quv yilining birinchi kuni, ya’ni 2sentabr sanasi — Mustaqil
O‘zbekiston davlatchiligining asoschisi Islom Karimovning yorqin xotirasiga
bag‘ishlanishi ham bejiz emas.
Maqsadli yashab o‘tilgan hayot mazmunli va barakali bo‘ladi. Xuddi shu
singari, o‘z oldiga buyuk maqsadlar qo‘yib yashayotgan davlat ham tarix zarva
raqlarida o‘chmas iz qoldiradi. Bugun O‘zbekistonimiz taraqqiyotini yanada yuk
saltirish yo‘lida qabul qilingan Harakatlar Strategiyasining asosiy maqsadi ham
xalq manfaatlarini ta’minlashga, tinch va farovon turmush kechirish uchun zarur
bo‘lgan omillarni yaratishga qaratilgani bilan e’tiborlidir.
O‘zbek xalqidagi birbiriga bo‘lgan mehroqibat, samimiylik, kattalarga hur
mat, ayniqsa, otaonani qadrlash va ular keksayganda g‘amxo‘rlik qilish ko‘pgi
na dunyo xalqlari uchun ibrat sanaladi. Bizning bu qadriyatlarimiz aynan oilada
shakllanib, so‘ng jamiyatning ma’naviy rivojiga hissa bo‘lib qo‘shiladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ma’naviy yuksalishning samarasini
yangi bosqichga ko‘tarish xususida to‘xtalarkan, «. biz uchun muqaddas bo‘lgan
oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlikxotirjamlik, ahil
lik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviyma’rifiy ishlarni aniq mazmun
bilan to‘ldirishdan iborat bo‘lmog‘i zarur», deya uqtiradi.
Mazkur darslikda o‘quvchiyoshlarning qalbida milliy tafakkur va sog‘lom
dunyo qarash asoslarini singdirish, ularni ma’naviy tajovuzlarga qarshi sobit tura
olish ga qodir bo‘lgan matonatli, fidoyi, vatanparvar insonlar etib tarbiyalash maq
sadida ma’naviyatning tub mohiyatiga kirib borishga harakat qilindi. Har bitta mav
zuning boshida faollashtirish uchun savol va topshiriqlar berilgan. Aksariyat vaziyat
va misollar Siz va tengdoshlaringiz hayotidan keltirilgan. Bular sizning quyi sinfarda
olgan bilimlaringizni yodga olishda o‘ziga xos imtihon vazifasini o‘taydi.
Bundan tashqari, har bitta mavzu oxirida «Dars sabog‘i» va «Chistontopish
moq» berilgan. Ularni diqqat bilan o‘qing, «chistontopishmoq»larning javobi
ni oila a’zolaringiz bilan birgalikda muhokama qiling. Ular dunyoqarashingiz,
fikrmushohadangiz yanada kengayishiga xizmat qiladi, deb ishonamiz.
Aziz o‘quvchi! Muallifar jamoasi «Ma’naviyat asoslari» fanini puxta va
chuqur o‘zlashtirishda muvaffaqiyatlar tilaydilar.
5
Ma’naviyat — beqiyos kuch
1-§
FAOLLASHTIRUVCHI
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Ushbu rasmlar asosida ma’naviyatga ta’rif bering
va ma’naviyatga ta’sir etuvchi omillarni izohlang.
2. Ma’naviyat qachon yengilmas kuchga aylanadi?
3. Tarixiy qadamjolarga borganingizda qalbingizda
nimalarni his etasiz? Qanday ma’naviyruhiy
quv vat olasiz? Nima uchun bunday holat yuz be
rishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
a’naviyat — inson ongiga ta’sir ko‘rsatadigan,
uning dunyoqarashi, tafakkur tarzini muayyan
yo‘nalishga soladigan yengilmas kuch.
Ma’naviyat asosini jamiyat, millatga xos ma’naviy,
madaniy va moddiy asoslar, an’analar, qadriyatlar, tur
mush tarzi, g‘oyalar va qarashlarni umumlashtiruvchi
tushunchalar tashkil etadi.
Inson ma’naviyatining shakllanishida tarixiy xoti
ra alohida ahamiyatga ega. Ertalab uyqudan uyg‘ongan
inson tasodifan o‘zining kim ekanligini, ismi, sharifini
unutib qo‘ysa, atrofidagi yaqin insonlarini tanimay qolsa,
bu holat o‘sha inson, uning oilasi uchun katta fojia.
Agar millat o‘zining kim ekanligini unutsa, bu o‘sha
millat uchun ulkan halokatdir.
Dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi
bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundir
moqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avva
lambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyli
gi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan
judo qilishga urinadi. O‘zligini yo‘qotgan millat esa, ha
misha qullikka mahkumdir.
M
6
O‘z xalqi va yurti tarixini chuqur bilish,
uni tinimsiz o‘rganish, ajdodlarining savobli ishlarini
munosib davom ettirgan holda boy merosini asrabavay
lash, o‘tmishdan saboq chiqarish, tarixda ro‘y bergan
voqeahodisalarni xolis baholash, ularning oqibatini
to‘g‘ri tushunish aqli raso inson hayotining mazmunidir.
Inson o‘zining tarixiy xotirasiga ega bo‘lmasdan tu
rib, hayotida sodir bo‘layotgan ijtimoiy o‘zgarishlarning
mohiyatini tushunib yetolmaydi, kelajagini to‘g‘ri tasav
vur qila olmaydi. Shuning uchun ham jamiyatning har
bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlar har
xil aqidalar ta’siriga tushub qolmaydi. Tarix saboqlari in
sonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi.
Ma’naviyatning negizi va ma’nomazmunini belgi
laydigan asosiy xususiyatlar — insonning ruhiy poklani
shi va qalban ulg‘ayishidir.
Tarixiy xotira
mas’uliyatini chuqur
his etish, jamiyat
oldidagi daxldorlik,
avlodlar oldida o‘z
burchini bajarish
majburiyatini shakl
lantiradigan tarbiya,
«Kecha kim edigu,
bugun kim bo‘ldik»,
degan tamoyildir.
MULOHAZA UCHUN
1. Mazkur hikoyani o‘qing. «Vatan — oila — sulola» tushunchalari mohiya
tini izohlang.
2. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega aynan keksa yoshdagilar bilan suhbat
lashganimizda «kimning farzandisiz, otaonangiz kim, shajarangizni,
kat ta bobolaringizni bilasizmi?» — deb so‘rashadi?
SULOLALAR RAVNAQI
Xalqimizda «Vatan ostonadan boshlanadi», deyi shadi. Ostona bu — uy,
xonadon, oila, demak. Ma’lum bir oilalar avlodi esa sulola hisoblanadi. Qay
siki, sulola a’zolari elyurt manfaati yo‘lida xizmat qilib, xalq orasida obro‘e’ti
bor toparkan, bu yo‘l qolganlar uchun ibratlidir. Lekin, har qanday oila, sulola
ham o‘zo‘zidan ana shunday mavqega ega bo‘lishi mushkul. Buning uchun,
ushbu sulolaga mansub bo‘lgan kimdir uning ravnaqi uchun ilk marotaba «yo‘l
ochadi», boshqa bir a’zosi esa, bu an’anani mazmunan kengaytiradi.
Masalaning muhim tomoni — sulolalar obro‘sini saqlab, ushbu sharafi
ishni davom ettiradigan zurriyotlarni voyaga yetkazishdan iboratdir.
«Farzandnoma»
BILIB
OLING
7
Hayotimizda halol va pok yashash kabi oliyjanob fa
zilatlardan butunlay uzoq bo‘lib yashaydigan, hayotning
ma’nomazmunini o‘zicha talqin qiladigan kimsalar ham
bor. Ular o‘zlarini boshqalardan har tomonlama ustun
qo‘yib, baxt qushi boshiga qo‘ngandek his qiladilar. Bun
day holatlarni kuzatsangiz, qalbingizda hech qanday ik
kilanish va shubha paydo bo‘lmasin. Chunki, muqaddas
kitoblarimiz va qadriyatlarimiz, buyuk mutafakkir ajdod
larimiz merosi bizni doimo halol mehnat bilan yashashga,
mardlik, saxovatpeshalik va kamtarlikka chaqiradi.
To‘g‘rilik, halollik, tirishqoqlik, tejamkorlik, mehnat
sevarlik, shaxsiy ibrat kabi go‘zal fazilatlaru xususiyat
larga ega bo‘lish, ularga doimo amal qilib yashash —
komil insonning ma’naviy boyligini belgilab beradigan
asosiy mezonlar sanaladi.
Bugungi tezkor zamonda chinakam ma’naviyatli va
ma’rifatli odamgina o‘z milliy qadriyatlarini yuksaltirish
orqali o‘zligini teran anglashi, erkin va ozod O‘zbekis
tonning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashi
uchun fidoyilik ko‘rsata olishi mumkin. Mamlakatimiz
da halol va pok yashashni o‘zi uchun hayotiy e’tiqod,
oliy maqsad deb biladigan yurtdoshlarimiz ko‘pchilik
ni tashkil qiladi. Aynan shunday insonlar va ularning
ezgu ishlari tufayli bu yorug‘ olamda ma’naviyat hamisha
barqaror bo‘lib kelmoqda.
Insoniyat tarixi ma’naviyatsiz kishida hech qachon
odamiylik, mehroqibat singari fazilatlar bo‘lmasligini
tasdiqlaydi.
«Odamlar!
Eng avvalo ezgu
axloqqa ega
bo‘lishga harakat
qiling, zero,
axloq qonunning
asosidir».
Pifagor
Ma’naviyat — insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga
chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat,
iymone’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos
kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.
8
Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo inson
ni tushunish, anglash kerak. Ma’naviyat insonning ongu
shuuriga yillar davomida ona suti, oila tarbiyasi, ajdodlar
o‘giti, Vatan tuyg‘usi, hayotning ba’zida achchiq, ba’zida
quvonchli saboqlari bilan qatraqatra bo‘lib singib boradi.
Ayniqsa, tabiatga, odamlarga yaqinlik, doimo yaxshilik
ni o‘ylab yashash, halol mehnat qilish, dunyoning teng
siz ne’matu va go‘zalliklaridan bahramand bo‘lish
ma’na viyatga ruhiy ozuqa beradi, uni yanada kuchayti
radi.
Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy omillar ma’na-
viy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar-
dir. Shuning barobarida ilm-fan taraqqiyoti va uning
inson ma’naviyatini shakllantirishdagi o‘rni muhim hi
IJODIY FAOLIYAT
1. Ma’naviyat qanday qilib odamning ichki dunyo
si va irodasini baquvvat, iymone’tiqodini bu
tun qilishida namoyon bo‘ladi? Fikringizni 1,
2, 3rasmlar bilan bog‘lab asoslang.
2. 4rasmda berilgan tasvir sizda qanday fikr
uyg‘otdi? Bunday holatni oldini olish mumkin
midi?
3. Bugungi kunda ma’naviyatga qanday tahdidlar
mavjud?
4. Matnni o‘qing va undagi ijtimoiy, iqtisodiy, mada
niy qarashlar tushunchalari haqida fikr bildiring.
Ma’naviyat — insonning ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy va madaniy qarashlarini belgilab
beruvchi muhim vosita.
1
2
3
4
9
soblanadi. Barkamol farzand tarbiyasini mahalla, oila,
ta’lim-tarbiya uyg‘unligisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ay
nan shular inson ma’naviyatini shakllantirishda asosiy
mezonlar hisoblanadi.
Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq,
balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biridir. Chunki
bu tabarruk zaminimizda qanchadanqancha buyuk
zotlar, olimu ulamolar, sohibqironu sarkardalar ye
tishib chiqqanlar. Ular umumbashariy sivilizatsiya va
madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan, dunyoviy,
ayniqsa, diniy bilimlarni tarixan eng yuqori bosqichga
ko‘tarish gan.
Dars sabog‘i. Irodasi baquvvat, iymoni butun,
ezgu e’tiqodi mustahkam, vijdoni uyg‘oq, ruhan pokiza
bo‘lgan inson jamiyatimiz ma’naviy olamining gultoji, fa
zilatli insonlarning peshqadami sanaladi.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
UCHUN SAVOLLAR
1. «Хalqning eng buyuk boyligi» deganda nimalar
nazarda tutiladi?
2. Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat — yen
gilmas kuch» kitobidan ma’naviyatga oid tushun
chalarni o‘qib mavzu bilan bog‘lang.
3. Inson ma’naviyatining o‘lchovi nimada, deb
o‘ylaysiz?
Barchaga birdek xush yoqadi. U kim?
CHISTON-TOPISHMOQ
Ma’naviy hayotda
ham amaliy
hayotdagidek, kimki
bilimga tayansagina
kamol topadi
va yutuqlarga
erishaveradi.
«Tafakkur
gulshani»
BILIB
OLING
10
FAOLLASHTIRUVCHI
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Abdulla Avloniy ning quyida berilgan fikrini o‘qing.
Mazkur fikrni o‘zlikni anglash, inson baxti, komilli
gi kabi tushunchalar bilan bog‘lab tushuntiring.
«Inson javhari qobildir, agar yaxshi tarbiya topib, buzuq
xulqlardan saqlanib, go‘zal xulqlarga odatlanib katta bo‘lsa,
har kim qoshida maqbul, baxtiyor bir inson bo‘lib chiqar».
2. «Inson o‘zligini anglagani sari uning ma’naviyati
ham yuksalib boradi», deganda nimani tushunasiz?
3. Inson jamiyatda yashashdan qanday ma’na
viy manfaatdor? Uning barcha ezgu fazilatlari
ni o‘lchashni, chegaralashning imkoni bormi?
Fikringizni asoslang.
4. 2, 3 va 5rasmlar asosida «insoniyatni ezgulik
ka yetaklay digan mo‘jizakor zot» tushunchasiga
izoh berib ko‘ring.
5. 1, 2, 4, 6rasmlardagi yigit va qizlar misolida
«o‘zlikni anglash» tushunchasiga ta’rif bering.
nsoniyat bu yorug‘ olamda, asosan, besh narsa
ga, ya’ni «biz kimmiz», «qayerdan keldik», «ne
yumush bilan mashg‘ul bo‘ldik», «nima topdik»,
«qayerga ketamiz» kabi hayotiy savollarga turlicha javob
topishga harakat qiladi. Inson o‘zligini anglagan sari bu
savollarning javobini topib boraveradi.
Inson ma’naviyati
va o‘zlikni anglash
2-§
I
1
2
3
4
5
6
11
O‘zlikni anglash, bu urfodat, an’ana va qadriyat
lar orqali yonatrofidagilar, ijtimoiysiyosiy jarayonlar
ga bo‘lgan munosabatini tushunish, anglash demakdir.
O‘zlikni anglash uch darajada bo‘ladi:
Î
birinchisi, oilada va uning muhitida individning
shaxs darajasi sari shakllanib borishi;
Î
ikkinchisi, maktab va ma’lum bir jamoada o‘qishi
hamda faoliyat yuritishi orqali boshqalar bilan
munosabatda bo‘lishi;
Î
uchinchisi, o‘zgalar tomonidan shaxsning baho
lanishi, nazorat qilinishi va qadrlanishida kuza
tiladi.
Shu bilan birga, o‘zlikni anglash milliy ong va ta
fakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiyma’naviy
bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi.
Insonning insoniyligini belgilovchi muhim xusu
siyatlardan biri madaniyma’naviy sifatlarga ega bo‘lish
dir.
Inson jamiyatning gultoji. U jamiyatni obod etishi
yoki aksincha barbod qilishi mumkin. Inson o‘z mehna
ti orqali yashayotgan tabiiy muhitni o‘zgartiradi, moddiy
va ma’naviy boyliklar yaratadi, o‘zo‘zini takomillashtirib
boradi.
Inson toki tirik ekan, niyati faqat ulug‘vor ezgu ishlar
ga yo‘naltirilgan bo‘lsa, bundan eng birinchi navbatda uning
IJODIY FAOLIYAT
Quyidagi matnni o‘qing va matndagi «vatanparvarlik» tushunchasini o‘z
hayotingiz bilan bog‘lab tushuntiring.
Vatanparvarlik — inson qusurlarini yashirib, hayotning qaltis
va murakkab damlarida mas’uliyatni zimmaga oldiradigan hamda
jasoratga yetaklaydigan qudratli kuchdir.
«Inson o‘zligini
anglagani, nasl
nasabini chuqurroq
bilgani sari yuragida
Vatanga muhabbat
tuyg‘usi ildiz otib,
ulg‘aya boradi. Bu
ildiz qancha teran
bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan
yurtga muhabbat
ham shu qadar
yuksak bo‘ladi».
Islom Karimov
«Har bir millatning
dunyoda borlig‘ini
ko‘rsatadurgan
oyinai hayoti til va
adabiyotidur. Milliy
tilni yo‘qotmak
millatning ruhini
yo‘qotmakdur».
Abdulla Avloniy
12
oilasiga va yaqin insonlariga manfaat yetadi, o‘zi esa ma’na
viy yuksalib, komillik darajasiga erishib boraveradi. Zero,
komil insonning aqltafakkuri faqat bunyodkorlik va oli
janoblikka xizmat qiladi, ko‘zi faqat yaxshiliklarni ko‘radi,
qulog‘i faqat ibratli so‘zlarni eshitish ga moyil bo‘ladi.
Kishining o‘zligini anglashi jamiyatda mavjud
bo‘lgan obyektiv shartsharoitlar va subyektiv omillar
asosida shakllanadi. Bu jarayon jamiyat a’zolarining o‘za
ro munosabatlari, ularning hayotiy tajribalari davomida
sayqallanib, rivojlanayotgan qadriyatlar tizimi sifatida
kundalik hayotda muhim o‘rin tutadi.
Bilim — ta’limtarbiyaning boshi, baxtli, saodat
li yashash asosi. Shuningdek, odamiylikni ulug‘lovchi
qadriyat, sirlar ummonidagi dunyo mohiyatidan voqif
etuvchi bebaho xazinadir. Har bir inson odob o‘rgani
shi, barcha zaruriy kasbhunar hamda bilimlarni egallab,
iqtidorini yuksaltirib borishi lozim. Umr deb atalmish
hayot yo‘lida uchraydigan turli sinov, qiyinchilik, muam
molarni bartaraf etishda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma
va malakalari unga doimo asqotadi.
Demak, odamzod nimagaki harakat qilsa — xoh
yaxshilik, xoh yomonlik bo‘lsin, avvalo, uni o‘zining man
faati uchun qiladi. Bilim olish, foydali kasb o‘rganish dan
boshqa g‘ami bo‘lmagan beg‘ubor yoshlik damlarini, iq
tidorli qobiliyat va o‘tkir zehnini bo‘lmag‘ur va foydasiz
MULOHAZA UCHUN
1. Inson o‘zligini angashida ilmfanning o‘rni nimadan iborat?
2. Quyidagi matnni o‘qing. Gegelning bilish va o‘zlikni anglash haqidagi
fikrini mavzu bilan bog‘lab tushuntiring.
Bilishning haqligi o‘zini anglashdadir, o‘zini anglash esa bilishning
asosidir, chunki boshqa predmetni har qanday bilishning mavjudligi o‘zini
anglashdadir. Men bilamanki, predmet meniki (u mening tasavvurim),
shuning uchun uni bilganimda o‘zimni anglayman.
Odamlarga
nisbatan ularni
birlashtiruvchi
boshlang‘ich asos
insoniylikdir,
shuning uchun
ham odamlar
insoniyat turkumiga
kirganliklari tufayli
o‘zaro tinchlikda
yashamoqlari lozim.
Abu Nasr Forobiy
«Bu dunyoda
insonlarning dardu
tashvishlarini
o‘ylab yashash —
odamiylikning eng
oliy mezonidir».
Shavkat Mirziyoyev
13
ishlarga sarfash — har bir kishi uchun o‘zinio‘zi kechira
olmaydigan xatolardandir.
Ilmsizlik shunday razolat botqog‘iki, u kishi qalbida
umidsizlik, ertangi kunga ishonchsizlikni keltirib chiqara
di. Razolat botqog‘iga botgan inson esa o‘zligini yo‘qotadi.
Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinf, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018
Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinf, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018.
Учебник по основам духовности для 10-11 класса на узбекском языке.
Dunyoda har bir narsaning o‘zagi, mohiyati bo‘ladi. Odamzod mohiyatini uning yaratuvchanligi, mustahkam irodasi, din-u diyonati, boshqalarga xolis yordamga kelishi, boshiga ofat-g‘am tushganida hamdardlik bildirishi, shodligiga sherik bo‘lishi, mehr-oqibati, bir so‘z bilan aytganda, go‘zal ma’naviy olami tashkil etadi.
Mazkur darslikda o‘quvchi-yoshlarning qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini singdirish, ularni ma’naviy tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan matonatli, fidoyi, vatanparvar insonlar etib tarbiyalash maqsadida ma’naviyatning tub mohiyatiga kirib borishga harakat qilindi. Har bitta mavzuning boshida faollashtirish uchun savol va topshiriqlar berilgan. Aksariyat vaziyat va misollar Siz va tengdoshlaringiz hayotidan keltirilgan. Bular sizning quyi sinflarda olgan bilimlaringizni yodga olishda o‘ziga xos imtihon vazifasini o‘taydi.
Ma’naviyat — beqiyos kuch.
Ma’naviyat — inson ongiga ta’sir ko‘rsatadigan, uning dunyoqarashi, tafakkur tarzini muayyan yo‘nalishga soladigan yengilmas kuch. Ma’naviyat asosini jamiyat, millatga xos ma’naviy, madaniy va moddiy asoslar, an’analar, qadriyatlar, turmush tarzi, g‘oyalar va qarashlarni umumlashtiruvchi tushunchalar tashkil etadi.
Inson ma’naviyatining shakllanishida tarixiy xotira alohida ahamiyatga ega. Ertalab uyqudan uyg‘ongan inson tasodifan o‘zining kim ekanligini, ismi, sharifini unutib qo‘ysa, atrofidagi yaqin insonlarini tanimay qolsa, bu holat o‘sha inson, uning oilasi uchun katta fojia. Agar millat o‘zining kim ekanligini unutsa, bu o‘sha millat uchun ulkan halokatdir.
Dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. O‘zligini yo‘qotgan millat esa, hamisha qullikka mahkumdir.
MUNDARIJA.
Kirish.
1-§. Ma’naviyat — beqiyos kuch.
2-§. Inson ma’naviyati va o‘zlikni anglash.
3-§. Oila ma’naviyati.
4-§. Jamiyat ma’naviyatining shakllanishida mahallaning o‘rni.
5-§. Inson va jamiyat.
6-§. Fuqarolik jamiyatida inson tafakkuri.
7-§. Moddiy va ma’naviy hayot — inson ziynati.
8-§. Fuqarolik mas’uliyati va daxldorlik.
9-§. Ma’naviy xavfsizlik.
10-§. Mustahkam iroda — kuchli ma’naviyat kafolati.
11-§. Ma’naviyat komillikka yetaklaydi.
12-§. Inson ma’naviyatida ma’rifatning o‘rni.
13-§. Nafosat (estetika) va ma’naviyat.
14-§. Inson ma’naviyatini shakllantirishda imijning o‘rni.
15-§. Inson ma’naviyatida etiketning o‘rni.
10-sinfni yakunlaymiz!.
1-§. Inson — kishilik jamiyatining ijodkori.
2-§. Ma’naviyat — millat qiyofasi.
3-§. Ma’naviy barkamollik.
4-§. O‘zbekiston rivojining ma’naviy-axloqiy negizlari.
5-§. Milliy an’analarning inson ma’naviyati yuksalishiga ta’siri.
6-§. Ma’naviy merosning inson va jamiyat rivojiga ta’siri.
7-§. Oila — muqaddas qo‘rg‘on.
8-§. Ma’naviy qadriyatlar rivojida millatlararo totuvlik munosabatlari.
9-§. Muloqot va o‘zaro munosabatlarda ma’naviyatning o‘rni.
10-§. Aqliy salohiyatning jamiyat ma’naviy yangilanishidagi o‘rni.
11-§. Adabiyot — xalq qalbining ma’naviy ifodasi.
12-§. Ekologik madaniyat va ma’naviyat uyg‘unligi.
13-§. Yoshlar faoliyatida yuksak ma’naviyatni shakllantirish.
14-§. Globallashuv sharoitida milliy ma’naviyatga qarshi tahdidlar.
15-§. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda media madaniyatning ta’siri.
Umumlashtiruvchi dars.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinf, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу