10-sinf ona tili va adabiyot 1-yarim yillik
D) To’n, xalat kabilarning chetiga tikiladigan ensiz mato – mag’iz
19. Milliy til yana qaysi uslubda qo’llaniladi?
Ona tili
Quyida berilganlardan imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlarni aniqlang. 1) teleko‘rsatuv; 2) taqiqlamoq; 3) hokandoz; 4) uydurma; 5) mas’ul; 6) hatti-harakat
. Qaysi gapda aniqlovchi vazifasidagi so‘z imlosida xatolik kuzatiladi?
Yangi uy bilan mukofatlanganlar quvonchi cheksiz edi.
Yot illatlarni jamiyatimizdan tak-tugi bilan sug’urib tashlaymiz.
Do‘stim, ta’magirlik har qanday insonni qabohat sari yetaklaydi.
Yaxshilik va farovonlikning ildizi ilm bilan rivojlanadi.
. Qaysi javobda imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z qatnashgan bog‘langan qo‘shma gap berilgan?
Bu hol surinkali davom etdi va bola serjahl bo‘lib qoldi.
Biz voqea sodir bo‘lgan joyga borishimiz va hammasini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rishimiz lozim.
Bu savollardan shu malum bo‘ldiki, aybnoma uydirma emas ekan.
U qora ayg‘irning chilvirini bolalarga tutqazdi-da, o‘zi dabdurustdan chollarning suhbatiga qo‘shildi.
Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?
Men bu yerda o‘t yoqayapman.
Ko‘pkarida ot boskan yigitni hozirgina shifoxonaga olib ketishdi.
Urganch Davlat universiteti qayerda joylashgan?
Choy qaynatib ichishni-da unutdi.
Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? 1) mukofot; 2) tayziq; 3) taxlit; 4) dafatan; 5) favqulodda; 6) har chog‘.
. Toshkentga har kuni minglab sayohlar tashrif buyiradilar. Ular mamlakatimizning bosh shahriga qarab, yurtimizdagi bunyodkorlik ishlari xaqida fikr yuritadilar. Ushbu parchada imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlarning turkumini aniqlang.
ot, fe’l, ko‘makchi
olmosh, fe’l, ko‘makchi
ravish, ot, bog‘lovchi
ot, fe’l, bog‘lovchi
Qaysi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilmagan?
Bolalar atrofni to‘yib-to‘yib tomosha qilishdi.
Vatan muqaddas tushincha sanaladi.
Shunda uchchala ayolning o‘g‘illari kelib qolishibdi.
Darxaqiqat, endi uning qo‘lidan osonlikcha qutulib bo‘lmaydi.
Quyidagi gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlar soni nechta? G ‘azapdan o’zingni asra, chunki u tufayli inson ishlarini, ezgu maqsatlarini unutadi.
Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan?
taasurot, tamon, badiiy
manfaat, tomom, badiy
taaluqli, tomon, baxr
taalluqli, navbat, tamom
Quyidagi berilgan so‘zlardan qaysilari to‘g‘ri yozilgan? 1) chehra; 2) saxna; 3) xovuz; 4) tuhfa; 5) muxtoj; 6) suhbat.
Qovog‘idan doim qor yog‘adi, vajohati doim qish, doim izg‘irin. Yo bir maslahatni aytib bo‘ladi, yo ro‘zg‘or ishini. Koshki, boshqa mo‘min-musulmonday bir kasb qilib, besh-o‘n tanga topib kelsa. Yo‘q, yo‘q! O‘zi to‘y-mo‘yga borib, qornini to‘yg‘azib kelsa bo‘ldi, boshqa bilan ishi yo‘q! “Uyda xotinim bor, qizim bor, ular nima yeydi?” deb o‘ylamaydi. “Kecha va kunduz” romanidan olingan ushbu parchada ta’riflanayotgan obraz nomi qaysi javobda berilgan?
Akbarali mingboshi
Razzoq so‘fi
. Qaysi javobda aniqlovchi vazifasidagi so‘z imlosida xatolikka yo‘l qo‘yilgan?
Bu ko‘rsatuv tamoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Do‘stim, ta’magirlik insonni qabohat sari yetaklaydi.
Kotiba qiz tanlovda mukofotlanganlar ro‘yxatini yozib chiqdi.
Bugungi farovon hayotimizning qadriga yetmog‘imiz kerak
Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?
Qo‘rqoq do‘st dushmandan xafvlidir.
Qiz ertayu kech soatga qaraydi, daqiqalar sanaydi.
Usta Binoqul shishib ketgan oyoqlarini sudrab bosgancha zorlanib inqillaydi.
Yoshlarimizga ko‘z tegmasin, ular bizdan ko‘ra aqlliroq, bilimdonroq bo‘lib o‘sishayapti.
. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang.
konstitusiya, qast, maqsat
esdalik, dekloratsiya, nisholla
qasd, deklaratsiya, nisholda
konstututsiya, maqsad, estalik
Quyida berilgan so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan xato yozilgan? hordiq, muxandis, xakam, ko‘hna, ahd, muxojir, halqum.
. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan?
mudofaa, jigarband, jaxolat
iste’dod, bunyodkorlik, hujum
jaxongashta, navo, mahliyo
mehmondo‘st, ijotkor, rayhon
. Qaysi gapda ega vazifasidagi so‘z imlosida xatolikka yo‘l qo‘yilgan?
Bu tushuncha xayotimizda yalovbardor bo‘lmog‘i lozim.
Xushmuomilalik ham insonning ko‘rki sanaladi
Qora qozon qaynovdan qolmasin.
Katta mushkillik qarshisida, u ojiz qolgan edi.
. Qaysi gapda imloviy xato yozilgan so‘z to‘ldiruvchi vazifasida kelgan?
Shirin uyqudan voz kechib, kitoblar bilan do‘st tutungan inson vaqtlar o‘tib muvaffaqiyatga erishadi.
Xalq ezozi inson uchun eng oliy mukofot hisoblanadi.
Xalq uchun o‘z umrini baxshida etgan insonning nomi hech qachon unitilmaydi.
Fikr-muloxazalarimni kengash a’zolariga bildirdim.
. Qaysi gapda ega vazifasidagi so‘z imlosida xatolikka yo‘l qo‘yilgan?
Bu ko‘rsatuvni tomoshabinlar rosa olqishladi.
Do‘stim, ta’magirlik insonni qabohat sari yetaklaydi.
Yangi uy bilan mukofatlanganlar quvonchi cheksiz edi.
Yot illatlarni jamiyatimizdan tak-tugi bilan sug‘urib tashlaymiz
. Imloviy jihatdan xato yozilgan hol qatnashgan gapni aniqlang.
Otaxonning dovdirab, nima deyishni bilmay tutulib gapirganini ko‘rgan yigit unga dalda bermoqchi bo’ldi.
Qisqa vaqt ichida oliygohning o‘quv binolari qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.
Yurtimiz yuksalishiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan ko‘plab yurtdoshlarimiz mUnosib taqdirlandi.
Hamshiraning xushmuomalalik bilan aytgan o‘sha so‘zlari uni anchagacha chuqur o‘yga toldirib qo‘ygandi.
10-sinf ona tili va adabiyot 1-yarim yillik
1. O’zbek tilida so’zlashuvchilarning soni yer yuzida qanchani tashkil etadi?
A) 35 mln dan ortiq B) 32 mln dan ortiq C) 33 mln dan ortiq D) 30 mln dan ortiq
2. O’zbek tilida so’zlashuvchilarning qanchasi O’zbekistonda yashaydi?
A) 23 mln dan ortiq B) 24 mln dan ortiq C) 25 mln dan ortiq D) 26 mln dan ortiq
3. Adabiy til nima?
A) Milliy tilning ko’rinishi. B) Kishilarning nutqidagi hududiy tildir.
C) O’zbek milliy tilining tarkibida, uning doirasida bo’ladi.
D) Rivojlangan, boyigan, takomillashgan va me’yorlashgan oily shakli.
4. Milliy til nima?
A) Ma’lum millat vakillari uchun umumiy bo’lgan til.
B) Xalq shevalari, oddiy so’zlashuv unsurlari, jargonlarni o’z ichiga oladi.
C) Milliy madaniyatning ko’zgusi sifatida ularni ruhan birlashtiradigan vosita.
D) Barcha javoblar to’g’ri.
5. Grammatika nimani o’rgatadi?
A) Nutq uslublariga daxldor til xususiyatlari. B) To’g’ri gapirish va yozish.
C) Nutq uslublarini o’rganadi. D) Gaplarning bog’lanishini o’rganadi.
6. Uslubiyat deganda nimani tushunasiz?
A) Nutq uslublarini o’rganadi. B) Til munosabatlarini o’rganadi.
C) Nutq munosabatlarini o’rganadi D) Til va so’zlarning me’yorlarini o’rganadi.
7. O’qituvchi dars mashg’ulotida qanday uslubdan foydalanadi?
A) So’zlashuv. B) Ilmiy. C) Badiiy D) Rasmiy
8. Qaysi uslub bir jihati bilan boshqa uslublardan farq qiladi?
A) Ilmiy uslub B) Publitsistik uslub C) So’zlashuv uslub D) Badiiy uslub
9. Murshid so’zining ma’nosi nima?
A) Saboq beruvchi pir, shayx, ustoz B) Dushman, g’anim
C) Islo dini tarqalgan mamalakatlarda bilimdon kishilarga berilgan nom.
D) So’fiylik yo’liga kirgan shaxs
10. Muloqot vaziyati va sharoitiga muvofiq qaysi uslublar nutqning yozma shakliga mansub?
A) Publitsistik B) Badiiy C) Ilmiy D) Barcha javoblar
11. Badiiy uslubga xos so’zni toping.
A) Ovqat B) Taom C) Ne’mat D) Xo’rak
12. Nutqni to’g’ri va ta’sirli tuzishda qaysi uslub yetakchilik qiladi?
A) So’zlashuv B) Badiiy C) Publitsistik D) Rasmiy
13. Salbiylik va ijobiylik bo’yog’iga ega so’zlarni toping.
Aravaning orqasidan iljaygan kalla ko’rindi. Qiz Umidga qarab jilmaydi.
A) Iljaygan – salbiy. B)Jilmaydi – ijobiy. C) Iljaygan – salbiy va ijobiy. D) A va B
14. Menejment so’zining ma’nosi nima?
A) Zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish.
B) Korxona va kompaniya egasi bo’lmagan boshqaruvchi.
C) Mahsulot ishlab chiqarish va sotish D) Bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli
15. Yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol so’zlaridagi ma’lum uslubga xoslanganligi va uslubiy bo’yog’ini farqlang.
A) Yuz – biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq.
Chehra, jamol – badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq.
B) Yuz, bet – biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq. Chehra, jamol – badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq.
C) Yuz – biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq – badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq.
Chehra, jamol – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq.
D) Yuz, bet – badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq. bet, aft, bashara, turq – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq. Chehra, jamol – biron-bir uslubga xoslanmagan
16. Tig’i ishqing yorasidur butmagan,
Dardini har kimga aytib butmagan.
Hajr sahrosida ohim o’tidin,
Anda gul yoxud giyohe butmagan. (A.Navoiy)
Shakldosh so’zlarning ma’nosini izohlang.
A) tugamagan, o’smagan, tuzalmagan B) tuzalmagan, tugamagan, o’smagan
C) tugamagan, tuzalmagan, o’smagan D) o’smagan, tugamagan, tuzalmagan
17. A.Navoiyning shohbaytlaridan qaysi biri to’g’ri berilgan?
A) Quyoshlig’ istasang, kasbi kamol et, Kamol kosib etarsen, bemalol et.
B) Haq yo’lida kim senga bir harf o’qutmish ranch ila, Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganch ila
C) Har kishikim, birovga qozg’ay chog’, Tushgay ul chog’ aro o’zi nogoh.
D) Hunarni asrabon netkumdur oxir, Olib tufroqqamu ketkumdir oxir.
18. Adip so’zining manosi …
A) Adabiy asarlar ijodkori, yozuvchi B) Tortmoq, olmoq C) Mol-mulk
D) To’n, xalat kabilarning chetiga tikiladigan ensiz mato – mag’iz
19. Milliy til yana qaysi uslubda qo’llaniladi?
A) So’zlashuv va publitsistik B) So’zlashuv va rasmiy
C) So’zlashuv va badiiy D) So’zlashuv va ilmiy
20. Kolorit so’zining ma’nosi nima?
A) Rasm, ranglarning uyg’unligi B) O’tmish, hayotning o’tgan qismi
C) Biror narsaning o’ziga xos tomoni, xususiyatlari D) A va C
21. Kim haqida: “………………… naziri yo’q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko’p va xo’b aytqon emas…” qaysi mutafakkir shoir o’z fikrlarini bayon etgan?
22. Qaysi shoir aruz ilmiga bag’ishlab qaysi asarni yaratdi?
23. Qaysi mutafakkir shoir tilshunoslikka bag’ishlab yozilgan asarini belgilang.
24. Qaysi shoir 1530 yilda Agrada vafot etadi va o’zining vasiyatiga ko’ra uning xoki qaysi shaharga olib kelinadi?
25. Qaysi shoir haqida: “U turli go’zal fazilatlar, maqtovga loyiq sifatlarga ega podshoh edi”, deb qaysi shaxs tomonidan fikr bildirilgan?