Barcha postlar ONA TILI VA ADABIYOT
ONA TILI UMUMIY LUG’AT aborigenlar – tub joyliklar ansambl – o‘zaro mos va uyg‘un qismlarning birikuvidan iborat bino va inshootlar majmuyi atmosfera – yerni va boshqa planetalarni o‘rab turgan gazsimon qobiq bog‘ot – bog‘lar, bog‘li joylar cherik – qo‘shin daf’atan to‘satdan degrez – cho‘yandan qozon quyuvchi dorug‘a – shahar hokimi e’tiqod – qattiq ishonch, dildan e’tirof etiluvchi tushuncha, nuqtayi nazar, qarash, iymon ekologiya – odam va tabiat munosabatini o‘rganuvchi fan gardun – dunyo, osmon gavhar – sayqallangan olmos gisu – soch hojib – eshik og‘asi ijtimoiy – inson va jamiyat hayotiga oid jar solmoq – baland ovoz bilan e’lon qilmoq juzlab – kitob varaqlarini mahkamlab tikmoq kardiolog – yurak shifokori ko‘rgilik kishi hayotida yuz bergan erk-ixtiyoridan tashqari ko‘ngilsiz voqea kurant – minoraga o‘rnatilgan soat ma’rifat – bilim, fan; ma’lumot; tanishish majmua – to‘plam malham – davo bo‘ladigan narsa maqom – Sharq musiqasidagi musiqiy ohang, kuy yo‘li, tartibi, shakli materik – qit’a mehr, shams, xurshid quyosh mezon – o‘lchov muqoyasa qiyoslash, solishtirish nufuz – obro‘-e’tibor, ta’sir odamiylik odamga, chin insonga xos xislatlar ozon – kislorodning bir ko‘rinishi, o‘ziga xos hidi bo‘lgan gaz preparat – dori-darmon purviqor – go‘zallik va viqorga boy qatli om – yoppasiga qirish rabot – karvonsaroy raiyat – xalq saltanat – mamlakat shahid – haqqoniyat yo‘lida qurbon bo‘lish shashmaqom – olti qismdan iborat o‘zbek musiqa asari sipoh – askar SMS so‘zi inglizcha short – “qisqa”, message – “xabar” va servise – “xizmat” so‘zlaridan olingan bo‘lib, qisqa xabarlar xizmati degan ma’noni anglatadi. suvoriy – otliq askar ta’na-dashnom – pand-nasihat, malomat tamaddun – madaniyat tamal toshi – poydevor tuzuk – nizom valiahd – toj-u taxt vorisi xuruj – kasallikning kuchayishi yorg‘ichoq donni maydalash va un qilish uchun ishlatiladigan tosh asbob zabarjad – yashil rangli qimmatbaho tosh ziroat – dehqonchilik g‘urub – quyoshning botish payti @uztilim
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Ro’ziyeva Zebo Nuriddinovnaning 4- “A” sinfda «Tovushlar va harflar» mavzusida o’tkazgan ochiq dars ishlanmasi.
Sinf: 4- “A” sinf. Sana : 22-oktabr 2018-yil. Fan: Ona tili.
Darsning mavzusi: Tovushlar va harflar. (90-92-mashqlar)
Darsning maqsadi: a)Ta`limiy: o`quvchilarga tovushlar, ularning so`z ma`nolarini farqlashi, to`g`ri talaffuzi, belgilari, tovushlarning harflar bilan yozilishi, harflarning belgilari, grafik jihatdan to`g`ri shakllantirish haqidagi bilimlarni eslatish orqali mustahkamlash; FK1: unli va undosh tovushlar talaffuzi va imlosi, so`zlarni bo`g`inga bo`lish va ko`chirishni, so`zlarni bo`g`in-tovush va tovush harf jihatidan tahlil qilishni bilish; FK2: talaffuz me`yorlariga va bo`g`in ko`cherish qoidasiga rioya qila olish.
b) Tarbiyaviy: o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; TK4: o`zidan kattalarga, o`rtoqlariga va o`zidan kichiklarga yordam berish.
d) Rivojlantiruvchi: o`quvchilardagi fonetik idrokni rivojlantirish; TK2: media vositalaridan, didaktik materiallardan foydalanish.
Dars turi: mustahkamlovchi dars.
Dars usuli: suhbat, analitik metodi, ta`limiy o`yin.
Dars jihozi: darsga oid ko`rgazmalar, tovushlar uchun katakchalar, kesma harflar, tarqatmalar, multimedia ilovalari
Dars rejasi: I.Tashkiliy qism (5 daqiqa)
II. O’tilgan mavzuni so’rash (10 daqiqa)
III. Yangi mavzu bayoni (20 daqiqa)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (7 daqiqa)
V.Baholash.Darsni yakunlash (2 daqiqa)
VI. Uyga vazifa (1 daqiqa)
Darsning borishi: o`quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish. Psixologik iqlim yaratish.
O`qituvchi: Bolajonlar sog`lommisiz?
Darsimizga tayyormisiz?
O`quvchi: Ustoz bizlar sog`lommiz
Darsga tappa-tayyormiz.
O`qituvchi:Darsimiz nima bolajonlar?
O`quvchilar:Ona tili-onajonim tili -bu .
I Tashkiliy qism. Good morning pupils. How is on dyute today. Navbatchi axboroti. Davomatni aniqlash. Savol-javob o`tkaziladi?
Navbatchi: Sinfda men navbatchi
Gullarga suv quyuvchi
Davomatni oluvchi
Tozalikni saqlovchi
-Bolajonlar, endi biz uch guruhga: “Bilimdonlar”, “Zukkolar” va “Donolar” guruhlariga bo`linamiz.
Guruh nomlariga ta`rif beriladi.
1-guruh:- Biz bilimdon bolalar
Ilm olishga chanqoq.
Aqlimiz ishga solib,
Bo`lamiz yana faolroq.
2-guruh:- Biz zukko o`quvchilar,
Sezgirlik shiorimiz.
Har qandayin savolga,
Bor to`g`ti javobimiz.
3-guruh:- Bizlar dono o`quvchi
Har savolni bilguvchi
Ahil bo`lib birlashing
Ilm sirlarin oching!
-Yashang! Endi shiorimizni ayting-chi.
Bilim olish istagi Biz uchun farzdir.
Shiorimiz bizning , Dars-muqaddasdir.
1.Hozir o`lkamizda qaysi fasl?
2.Kuz faslida ob-havoda qanday o`zgarishlar bo`ladi?
3.Kuz faslida dalalarda qanday ishlar bajariladi?
4.Kuz faslida qanday muhim sanalar nishonlanadi?
5.O`zbek tiliga kim asos solgan?
6. O`zbek tiliga Davlat tili maqomi qachon berilgan?
7. Hozir necha yil to`ldi?
-O`quvchilar: Ona tilim, jon tilim,
Sen o`zingsan, jon tilim.
Yuragimning to`rida,
Sayrab turgan bulbulim.
Bobolarim ruhi shod bugun,
Ona tilim qadri ko’p baland.
O’z tilini qadrlab elim,
Boshi bo’ldi yana sarbaland.
Tilim, qadring tiklandi yana,
Imkon berdi yashashga qonun.
Yurtimizda bugun tantana,
Yigirma birga to’libsan mana.
Men bugun madh etay ona tilimni,
Ona tilim axir onamday buyuk.
O’zbeklarning tilin-o’zbek tilining
Jumlayi kalomi biz uchun suyuk.
Sahna ko`rinish namoyish etiladi. Tilni madh etuvchi maqollar aytiladi.
II O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu so`rab mustahkamlanadi, uyga vazifa tekshiriladi. Aylanma daftarlar almashtiriladi.
Husnixat daqiqasi Hisobli do`st ayrilmas.
O`quvchilarning yozuvini nazorat qilinadi. Husnihat bilan yozish aytiladi.
“Bilimdonlar” guruhi. “Zukkolar” guruhi.
1.Vatanimizning nomi nima? 1.O’zbekiston qachon mustaqillikka erishdi?
2.O’zbek tiliga kim asos solgan? 2.Jo`ra bobo ketayotganda nega ko`zlariga yosh oldi?
3. 1000 va 2 sonining bo`linmasi? 3.Kometalar nima?
4.Uyushiq bo`laklar nima bilan bog`lanadi? 4. Quyosh sistemasida nechta sayyora bor?
5.A. Navoiyning qaysi buyuk asarini bilasiz? 5.Odobning boshi nima?
6. Kubning yoqlari nechta 6.Nutqning qanday shakllari bor?
“Donolar” guruhi.
1. Ustoz va murabbiylar kuni qachon nishonlanadi? 4. 40 va 5 sonlarining ko`paytmasi necha bo’ladi?
2. So`z turkumlari qaysilar? 5.Qishlog`ining xaritasini kim chizdi?
3.O’zbek alifbosida nechta harf bor? 6. Meteorlar nima?
III Yangi mavzuning bayoni .
O`qituvchi: Bugun biz siz bilan tovushlar va harflar mavzusini o`rganamiz.
1.O`zbek alifbosida nechta harf bor?
2.Nechta tovush bor?
3.Unli va undosh tovushlar nechta?
4. Harf birikmasi nechta va qaysilar?
90-mashq. She`rni ifodali o`qing. She`r nima haqida yozilgan. Mashq sharti o`quvchilar tomonidan o`qiladi.
Vatanni sev, tuprog`ini o`p: Har qarichi muqaddas bizga.
Cho`lidagi hatto quruq cho`p Jondan aziz yuragimizga.
-Ajratilgan so`zlarda nechta tovush bor?
-Ular nechta harf bilan yozilgan?
-She`rning misralari qanday harf bilan boshlangan?
— Gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo`yilgan?
— She`r necha misradan iborat?
— She`r misralaridagi qofiyadosh so`zlarni toping.
Vatanni- so`zida 7 ta tovush, 7 ta harf bilan ifodalangan. Qarichi-so`zida 6 ta tovush, 6 ta harf bilan ifodalangan. Muqaddas-so`zida 8 ta tovush, 8 ta harf bilan ifodalangan.
O`quvchilar ajratilgan so`zlarni doskaga yozadilar. O`z guruhlariga rag`bat kartochkalari olib beradilar.
O`qituvchi: Bizning nutqimiz so`zlardan iborat. So`zlar tovushlardan iborat. Tovushlarni biz talaffuz qilamiz va eshitamiz. Tovushlar yozuvda harflar bilan belgilanadi. Harflarni biz ko`ramiz va yozamiz. Tovushlar orqali so`zlar bir – biridan farqlanadi: tut, tol, til
1-topshiriq: multimedia orqali. O`qing. Nuqtalar o`rniga so`z ma`nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan harflarni mosini qo`ying. Topshiriqni bajarish uchun qavs ichidagi harflarni qo`yish lozim.
91-mashq. O`qing. Ko`chiring. So`z ma`nolarini farqlayotgan tovushlarning tagiga chizing. So`zlarning ma`nosini tushuntiring. So`zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslang. Qaysi tovushlarning aytilishi yozilishiga mos kelmaydi? Nima uchun? O`ylab ko`ring.
O`quvchilar mashqni ekranda va doskada bajarib rag`batlantiriladilar.
Mard-mart, yod-yot, sop-sof. Shoh-shox, xush-hush, uxladi-uhladi, asr-asir, asl-asil.
Mard-qo`rqmas, dovyurak, botir,mart-bahor faslining birinchi oyi, yod-eslamoq, yodga olmoq,yot-yotmoq, uxlamoq, sop-ketmonning, o`roqning dastasi, ushlagichi, sof-toza, tiniq. Shoh-podsho,shox-daraxtning molning shoxi, xush-xush kelibsiz, xush ko`rdik,hush-esi, xayoli, uxladi-yotdi, dam oldi,uhladi-uh tortdi, asr-100 yil,asir- tutqin, bandi, asl-asl nusxasi, aynan,asil-noyob, nodir.
Dam olish daqiqasi. O`quvchilar inglizcha qo`shiq aytadilar.
92-mashq. O`qing. So`zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslang. Ko`chiring.Tekshiring. So`zlarning yozilishini esda tuting. Havo, baho, Kamol, Shavkat, shavla, davlat. Oftob, choyshab, maktub, ozod, avlod, ajdod. Chumchuq, supurgi, tutun, kumush, qulupnay.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
2-topshiriq: multimedia orqali. Berilgan so`zlar tovush-harf tomonidan tahlil qilinadi.
“So`zdan so`z yasang”, “Kemachalar suzmoqda” ta`limiy o`yini. O`quvchilarga Konstitutsiya so`zida ishtirok etgan harflardan foydalanib so`zlar hosil qilish kerak. Konstitutsiya- kon, in, soya, it, institut, sut, soniya, soat, sot, tut,
Saylanma diktant. Ona tiliga oid so`zlarni yozib oling.Kino, gap, kesim, kulmoq, o`yin, ayituv, matn, ega, burchak, lug`at, qo`shimcha, alifbo.
“Tovushni angla” o`yinida o`quvchilarga biror bir narsaning tovushi disk orqali eshittiriladi, o`quvchilar uni anglab topadilar. So`ng to`g`riligini aniqlash uchun monitor orqali video lavhalar ko`rsatiladi.
“Tushunchalar tahlili” ta`limiy o`yini
T/r Tushunchalar To`g`ri Noto`g`ri
1 Shaxs va narsani bildirib qanday? qanaqa? so`rog`iga javob bo`lgan so`zlar ot deyiladi? +
2 Gapda so`zlar o`zaro ma`no jihatidan bog`lanadi. +
3 Gapda ega, kesim, ikkinchi darajali bo`laklar uyushib kelmaydi +
4 Undalma fikrning kimga qarata aytilganini bildiradi +
V.Baholash.Darsni yakunlash. Guruhlarning to`plagan ballari jamlanib g`olib guruh aniqlanadi. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. 93-mashq.
barcha postlar ONA TILI VA ADABIYOT
. 1. “Hayratu-l-abror” 2. “Farhod va Shirin” 3. “Layli va Majnun” 4. “Sab’ai sayyor” 5. “Saddi Iskandariy” 6. “Lisonu-t-tayr” 7. “Ilk devon” 8. “Oqquyunli muxlislar devoni” 9. “Badye’ ul-bidoya” 10. “Navodiru-n-nihoya” 11. “G’aroyibu-s-sig’ar” 12. “Navodiru-sh-shabob” 13. “Badoye’ ul-vasat” 14. “Favoyidu-l-kibar” 15. “Devoni foniy” 16. “Tarixi anbiyo va hukamo” 17. “Tarixi muluki ajam” 18. “Nasoyimu-l-muhabbat” 19. “Holoti Sayyid Hasan Ardasher” 20. “Holoti Pahlavon Muhammad” 21. “Xamsatu-l-mutahayyirin” 22. “Majolisu-n-nafois” 23. “Mahbubu-l-qulub” 24. “Risolai muammo” 25. “Muhokamatu-l-lug’atayn” 26. “Mezonu-l-avzon” 27. “Munshaot” 28. “Munojot” 29. “Sab’atu abhur” 30. “Nazmu-l-javohir” 31. “Arbain” 32. “Mufradot” 33. “Fusuli arba” 34. “Ruhu-l-quds” 35. “Aynu-l-hayot” 36. “Tuhfatu-l-afkor” 37. “Qutu-l-qulub” 38. “Minhoju-n-najot” 39. “Hiloliya” Kanal: ⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️ @uztilim
Ko’proq ko’rsatish .
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
Qo‘llanma: She’riy san’atlar Formati: Pdf Kanal: @uztilim
She’riy san’atlar.pdf
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
“Buning” so’zi tarkibida qachon fonetik hodisa bo’ladi, qachon fonetik hodisa bo’lmaydi? “Bu” ko’rsatish olmoshiga -ing egalik affiksi qo’shilsa “Bu+ing=buning” hosil bo’ladi va tovush ortishi bo’ladi. Bu olmoshiga -ning qaratqich qo’shilsa ham hosil bo’lgan so’z “Bu+ning=buning” bo’lib ikkisi bir xil shaklda bo’ladi. Lekin birida fonetik hodisa ro’y bergan va u egalik qo’shimchasi (-ing).Boshqasida esa fonetik hodisa yo’q va u qaratqich kelishigi (-ning) qo’shimchasi. Testda ikki xil savolda adashish mumkin, ya’ni fonetik hodisada va morfemik tahlil so’ralganda. Buni qanday ajrtsa bo’ladi? Buni yo’li oson: “Bu” ko’rsatish olmoshi o’rniga ot qo’yib ko’rish orqali aniqlasa bo’ladi, ya’ni: 1) Buning bir baloni biladi. 2) Buning kitobi qiziqarli ekan. Yuqoridagi gaplarda ko’rib turganingizdek shakl bir xil, ajratish uchun “Bu” olmoshi o’rniga “qiz” so’zini qo’yib ko’ramiz: 1) Qizing bir baloni biladi.(Buning bir baloni biladi). 2) Qizning kitobi qiziqarli ekan. (Buning kitobi qiziqarli ekan). Demak, 1-gapda fonetik hodisa bor (Bu+ing=buning) va -ing egalik qo’shimchasi qo’llangan, 2- gapda esa fonetik hodisa yo’q (Bu+ning=buning) va -ning qaratqich shakli.“Buning” so’zi tarkibida qachon fonetik hodisa bo’ladi, qachon fonetik hodisa bo’lmaydi? “Bu” ko’rsatish olmoshiga -ing egalik affiksi qo’shilsa “Bu+ing=buning” hosil bo’ladi va tovush ortishi bo’ladi. Bu olmoshiga -ning qaratqich qo’shilsa ham hosil bo’lgan so’z “Bu+ning=buning” bo’lib ikkisi bir xil shaklda bo’ladi. Lekin birida fonetik hodisa ro’y bergan va u egalik qo’shimchasi (-ing).Boshqasida esa fonetik hodisa yo’q va u qaratqich kelishigi (-ning) qo’shimchasi. Testda ikki xil savolda adashish mumkin, ya’ni fonetik hodisada va morfemik tahlil so’ralganda. Buni qanday ajrtsa bo’ladi? Buni yo’li oson: “Bu” ko’rsatish olmoshi o’rniga ot qo’yib ko’rish orqali aniqlasa bo’ladi, ya’ni: 1) Buning bir baloni biladi. 2) Buning kitobi qiziqarli ekan. Yuqoridagi gaplarda ko’rib turganingizdek shakl bir xil, ajratish uchun “Bu” olmoshi o’rniga “qiz” so’zini qo’yib ko’ramiz: 1) Qizing bir baloni biladi.(Buning bir baloni biladi). 2) Qizning kitobi qiziqarli ekan. (Buning kitobi qiziqarli ekan). Demak, 1-gapda fonetik hodisa bor (Bu+ing=buning) va -ing egalik qo’shimchasi qo’llangan, 2- gapda esa fonetik hodisa yo’q (Bu+ning=buning) va -ning qaratqich shakli. “Buning” so’zi tarkibida qachon fonetik hodisa bo’ladi, qachon fonetik hodisa bo’lmaydi? “Bu” ko’rsatish olmoshiga -ing egalik affiksi qo’shilsa “Bu+ing=buning” hosil bo’ladi va tovush ortishi bo’ladi. Bu olmoshiga -ning qaratqich qo’shilsa ham hosil bo’lgan so’z “Bu+ning=buning” bo’lib ikkisi bir xil shaklda bo’ladi. Lekin birida fonetik hodisa ro’y bergan va u egalik qo’shimchasi (-ing).Boshqasida esa fonetik hodisa yo’q va u qaratqich kelishigi (-ning) qo’shimchasi. Testda ikki xil savolda adashish mumkin, ya’ni fonetik hodisada va morfemik tahlil so’ralganda. Buni qanday ajrtsa bo’ladi? Buni yo’li oson: “Bu” ko’rsatish olmoshi o’rniga ot qo’yib ko’rish orqali aniqlasa bo’ladi, ya’ni: 1) Buning bir baloni biladi. 2) Buning kitobi qiziqarli ekan. Yuqoridagi gaplarda ko’rib turganingizdek shakl bir xil, ajratish uchun “Bu” olmoshi o’rniga “qiz” so’zini qo’yib ko’ramiz: 1) Qizing bir baloni biladi.(Buning bir baloni biladi). 2) Qizning kitobi qiziqarli ekan. (Buning kitobi qiziqarli ekan). Demak, 1-gapda fonetik hodisa bor (Bu+ing=buning) va -ing egalik qo’shimchasi qo’llangan, 2- gapda esa fonetik hodisa yo’q (Bu+ning=buning) va -ning qaratqich shakli @uztilim
Ko’proq ko’rsatish .
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
’ ’: Alisher Navoiy 1. Turkiy tilda birinchi bo’lib “Xamsa” yozgan 2. Turkiy adabiyotda ilk bor chiston yaratgan 3. Turkiy tilda birinchi bo’lib aruzga doir “Mezon ul-avzon”, tazkirachilikka oid “Majolis un-nafois” asarining muallifi Abdulla Qodiriy 1. O’zbek romanchiligining asoschisi 2. “Uloqda” hikoyasi bilan o’zbek realistik hikoyachiligini boshlab bergan 3. “Felyetonlar qiroli” nomini olgan Yusuf Xos Hojib 1. Turkiy tildagi dastlabki yirik (Qutadg’u bilig) yozma badiiy doston muallifi Cho’lpon 1. Birinchi bo’lib roman-diologiya yozgan (Kecha va kunduz) Zahiriddin Muhammad Bobur 1. Turkiy adabiyotdagi ilk memuar asar (Boburnoma) mullifi Anbar Otin 1. Adabiyotimiz tarixida ilk bor falsafiy-publistik yo’nalishda ijod qilgan. “Risolayi falsafayi siyohdon” (Qarolar falsafasi risolasi) Mahmud Koshg’ariy 1. Turkcha-arabcha lug’atning ilk namunasini yaratgan birinchi tilshunos olim. “Devoni lug’ot at-turk” 2. Qo’shiq atamasini ilk marotaba qayd etgan 3. Munozara janrining asoschisi “Qish va Bahor” Kanal / @uztilim
Ko’proq ko’rsatish .
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
✨✨✨Adiblar tugʻilgan oilalar ✅ @uztilim 1. Imom Buxoriy – muhaddislar 2. Ezop – qullar 3. H. Olimjon – mehnatkash 4. M. Shayxzoda – ziyoli 5. H.K. Andersen – kambag’al etikdo’z 6. A. Qodiriy – bog’bon 7. Mirkarim Osim – ziyoli 8. G’. G’ulom – kamabag’al dehqon 9. Oybek- bo’zchi 10. Usmon Nosir – hunarmand 11. Asqad Muxtor – ishchi 12. O’. Hoshimov – oddiy ishchi 13. Ekzyuperi – zodagonlar 14. A. Navoiy – xizmatchi 15. Z.M. Bobur – temuriyzoda 16. Muqimiy – novvoy 17. Sheroziy – ma’rifatli 18. A. Avloniy – hunarmand to’quvchi 19. Erkin Vohidov – muallimlar oilasi 20. Janni Rodari- hunarmand 21. Abdulla Qahhor – temirchi 22. Said Ahmad – boy- badavlat 23. Musa Jalil – dehqon 24. Abay – chorvador boy oila 25. Zulfiya – hunarmand- degrez 26. P.Qodirov – cho’pon 27. Hamza Hakimzoda Niyoziy – tabib 28. Saida Zunnunova – xizmatchi 29. Mirmuhsin – kulol 30. Uvaysiy – ziyoli 31. Zavqiy – mahsido’z 32. Maxtumquli – dehqon, hunarmand 33. Cho’lpon – savdogar 34. Mirtemir – dehqon va chorvador 35. Maqsud Shayxzoda – shifokor 36. Muhammad Yusuf – oddiy zahmatlash 37. Sergey Yesenin – oddiy dehqon 38. Ogahiy – Mirob 39. Furqat – savdogar 40. Omon Matchon – pochtachi 41. Halima Xudoyberdiyeva – bog’bon 42. Chingiz Aytmatov – hunarmand va qo’bizchi 43. O’ljas Sulaymon – harbiy xizmatchi 44. Ahmad Yassaviy – shayx 45. Jek London – fermer oilasida 46. Boborahim Mashrab – bo’zchi kosib 47. Anbar Otin – Bo’zchi, belbog’chi 48. Fitrat – savdogar Abdurahimboy oilasida 49. Rauf Parfi – dehqon. Kanalimizdan uzoqlashmang.
Ko’proq ko’rsatish .
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
#ADABIYOT_VAQTI_ @uztilim ‼️Kerakli savol-javoblar: 1️⃣ Ilohi kelmasin senga mahosil. Qaytayin,bo’lmadi maqsudim hosil. Yurarga quvvating,holing qolmasa Kel orqamga ko’tarayin bir fasl. Bu parchada qaysi asar qahramoni kimga murojaat qilgan? J: “Kuntug’mish” dostonida Kuntug’mish Xolbekaga.✅✅✅ 2️⃣ “Sohibqiron” dramasida Amir Temur quyidagi so’zlarni kimga aytadi? “Xuddi shundoq shakldagi poykonlar bilan Sijistonda yog’iy meni yaralagandi.Bir oyog’im ham bir qo’lim hanuz nogiron.Ajab hokim o’shanda sen malham qo’yganding.Eslaysanmi o’sha kunni?” J: Amir Husaynga✅✅✅ 3️⃣ Qaysi javobda Oybekning “Dilbar-davr qizi” asari bilan bir xil janrdagi asar nomi berilgan? J: “Baxtigul va Sog’indiq” va “O’ch”✅✅✅ 4️⃣ Qaysi shoir o’zbek xalqining yig’ma obrazini “Sonsiz egatlarga sochilmish, ana, Mening orzularim,mening o’ylarim ” tarzida umumlashtirgan? J: Abdulla Oripov✅✅✅ 5️⃣ Navoiyning tazkirachilikka oid asari qaysi? J: Majolis un-nafois✅✅✅ 6️⃣ Onasining vafot etishi,otasining falaj bo’lib qolishi tufayli kosiblik bilan ro’g’or tebratgan ijodkor kim? J: Zavqiy✅✅✅ 7️⃣ “Nevara” dostoni muallifi kim? J: Mirmuhsin✅✅✅ 8️⃣ Ogahiy o’zbek tiliga tarjima qilgan “Haft paykar “asarining muallifi kim? J: Nizomiy Ganjaviy✅✅✅ 9️⃣ Turob To’laning baletto librettosi qaysi? J:Samarqand afsonasi✅✅✅ 1️⃣0️⃣ Thakurning Xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan she’riy to’plami qaysi? J: Gitanjali✅✅✅ 1️⃣1️⃣ Janni Rodarining “Shahzoda Plombir “ertagi qaysi turkumga mansub? J: Rim ertaklari✅✅✅ 1️⃣2️⃣Ilmi nujum va tabobat bilan shug’ullangan ijodkor kim? J: Furqat✅✅✅ 1️⃣3️⃣”Bu turk xalqiga qurolli dushman keltirmadim,,Yalovli otni yugurtirmadim.” Ushbu mardonavor so’zlar qaysi qahramon tilidan aytilgan? J: To’nyuquq✅✅✅ 1️⃣4️⃣ Siyosatdan tamomila chetda turuvchi,bunday muammolar hal qilinadigan joylardan minglab chaqirim uzoqda umr kechiruvchi kamtargina badiiy qahramon kim? J: Sobitjon(Asrga tatigulik kun)✅✅✅ 1️⃣5️⃣ Nihon taxallusida ijod qilgan ijodkor kim? J: Hamza Hakimzoda Niyoziy✅✅✅ 1️⃣6️⃣ Iymoni butun onalarga,ayyollarga madhiya qaysi asar? J: Surat bilan suhbat(Saida Zunnunova)✅✅✅ 1️⃣7️⃣ Oybeking “Navoiy”romanida Alisher Navoiyning sodiq mulozimi sifatida tilga olingan shaxs kim? J: Valibek✅✅✅ 1️⃣8️⃣”Chashma”,”Ikkinchi imtihon”,”Ishqim va rashkim” kabi she’rlar to’plami muallifi kim J: Xayriddin Saloh✅✅✅ 1️⃣9️⃣ “Alpomish “dostonida “Bul o’zbakning oti o’zib boradi,Qorajon bir baloni qiladi” jumlasi kimning tilidan aytilgan? J: Ko’kaldosh✅✅✅ 2️⃣0️⃣ Asqad Muxtorning bolalarga bag’ishlangan she’riy to’plami qaysi? J: Chin yurakdan✅✅✅ 2️⃣1️⃣ “G’uncha yanglig’ burkanib”,”Bahorni sog’inganda”,”Olov sochlar” kabi she’riy to’plam yozgan ijodkor kim? J: Hamid Olimjon✅✅✅ 2️⃣2️⃣ Insonning qadr-qimmati uchun jon kuydirgan ijodkor kim? J:Usmon Nosir✅✅✅ 2️⃣3️⃣ Lermontovning “Maskarad ” asarini kim o’zbek tiliga tarjima qilgan? J: Oybek✅✅✅ 2️⃣4️⃣ “Insonni tug’ish va o’stirish qanchalar qiyin,o’ldirish esa oson” Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: Oq kema✅✅✅ 2️⃣5️⃣ “Oqshomlari buvim boshliq hammamiz oldi ochiq ayvonda uvunto’da ko’rpa-yostiqlarga o’ralib,bittagina O’ratepaning kir ip sholchasi ustida uxlaymiz” Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: Mening o’g’rigina bolam✅✅✅ 2️⃣6️⃣ “Kerak ishq ahli qul bo’lmoq bu so’zga: Ki shahliq o’zgadur,oshiqlik o’zga” Ushbu misralar qaysi qahramon haqida? J: Xusrav✅✅✅ 2️⃣7️⃣ Romen Rollaning “Jan Kristof”asari necha jildlik? J: 10 jildlik✅✅✅ 2️⃣8️⃣ Furqatning Fuzuliy g’azaliga o’xshatma tarzida yozilgan g’azali qaysi? J: Surmadin ko’zlar qaro. ✅✅✅ 2️⃣9️⃣Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy “asariga necha xil janrga oid asarlar kiritilgan? J: 16 xil✅✅✅ 3️⃣0️⃣Ozod Sharafiddinovning dastlabki kitobi qaysi? J:” Zamon.Qalb. Poeziya” BIZ BILAN ASLO YENGILMAYSIZ @uztilim @uztilim
Ko’proq ko’rsatish .
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
ABDULLA QAHHOR Hikoyalari “O’g’ri” “Bemor” “Kampirlar sim qoqdi” ”Anor” “Ming bir jon” “Adabiyot muallimi” “Dahshat” “Nurli cho’qqilar” Qissalari ”Qishloq hukm ostida” (ilk kitobi) “Sinchalak” “O’tmishdan ertaklar” “Muhabbat” “Zilzila” (tugallanmagan) Romanlari “Sarob” “Qo’shchinor chiroqlari” Komediyalari “Shohi so’zana” “Og’riq tishlar” ”Tobutdan tovush” ”Ayajonlarim Tarjimalari “Kapitan qizi” – Pushkin (qissa) “Uylanish” – Gogol ( komediya) “Revizor” – Gogol ( komediya) ”Urush va tinchlik” ( Rafiqasi Kibriyo Qahhorova bilan birga ) Lev Tolstoy ( roman ) Manzilimiz:@uztilim
Ko’proq ko’rsatish .
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
Roman mavzu jihatdan 5ta guruhga bo’linadi: 1.Tarixiy roman: A. Qodiriyning ”O’tkan kunlar”, O. Yoqubovning ”Ulug’bek xazinasi’. 2.Harbiy roman: Oybekning ”Quyosh qoraymas”, Shuhrat ”Shinelli yillar”. 3.Zamonaviy roman: ”P. Qodirovning ”Olmos kamar” , O.Yoqubovning ”Diyonat”. 4.Sarguzasht roman: X.To’xtaboyevning ”Sariq Devin minib”, ”Sariq devning o’limi”. 5.Ijtimoiy-falsafiy roman: A.Muxtor ”Davr mening taqdirimda” @uztilim
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
Shoir va yozuvchilarning asarlarining necha jildligi: ❇️Hamid Olimjon — 10 jild ❇️M.Shayxzoda — 6 jild ❇️Oybek — 20 jild ❇️Mirtemir — 4 jild ❇️E. Vohidov — 4 jild (Saylanma) ❇️A.Navoiy — 20 jild ❇️Fitrat — 2 jild ❇️Said Ahmad — 3 jild ❇️R. Thokur — 8 jild (o’zbek tiliga tarjima qilinganlari) ❇️A. Oripov — 4 jild ❇️”Al Jome as-Sahih — 10 jild uztilim
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
AL – JOME’ AS – SAHIH Uchta xislatni o‘zida mujassam etgan kishining iymoni mukammal bo‘ladi: ☑️ 1. Insofli va adolatli bo‘lmoq ☑️ 2. Barchaga salom bermoq ☑️ 3. Kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq Islomdagi eng yaxshi xislatlar : ☑️ 1. Ochlarga taom bermoqlik ☑️ 2. Tanigan va tanimaganga salom bermoqlik “Rasululloh”ning ma’nosi nima? ☑️ Allohning elchisi, payg‘ambar Alloh kimlarni yaxshi ko‘radi? ☑️ 1. Gunohi azimlardan va faxsh ishlardan o‘zini olib qochuvchilarni ☑️ 2. G‘azablangan taqdirda ham kechira oluvchilarni ☑️ 3. Tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qiluvchilarni ☑️ 4. G‘azabini yutuvchilarni ☑️ 5. Odamlarning gunohlaridan o‘tuvchilarni Alloh kimlarni sevadi? ☑️ Yaxshilik qiluvchilarni Birovni kurashib yiqitgan polvon emas . ☑️ G‘azablangan vaqtida jahlini yutgan odam polvondir Bir odam Rasulllohdan: “Menga maslahat qiling” – deganda Rasululloh qanday maslahat beradi? ☑️ “G‘azablanmagin” Yetim boqqan odamning fazilati qanday? ☑️ U odam bilan Rasululloh yonma-yon yashaydi. Rasululloh shu gapidan so‘ng ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juft qilib ko‘rsatadi Alloh kimlarni bu dunyoda yarlaqab martabasini ulug‘ qilib, oxiratda jannatga kirishni nasib etadi? ☑️ 1. Iymon keltirganlarni ☑️ 2. Ilmni yuksaltirganlarni “Qavl”ning ma’nosi nima? ☑️ So‘z “Hidoyat “ning ma’nosi nima? ☑️ Alloh taolo bandalariga ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘l. ☑️ Yo‘llanma Ilm nimaga o‘xshatiladi? ☑️ Ko‘p yog‘gan yomg‘irga © Eshmurodov Elshod Kanal linkisiz ko’chirib olish mumkin emas ! @uztilim
Ko’proq ko’rsatish .
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida har xil tushunchalarga ta’rif beriladi. Bu postimiz orqali tushunchalar va ta’rifini bir joyga jamladik. Saxovat: 1) Insoniyat bog‘ining hosildor daraxti, balki u daraxtning foydali mevasidir. 2) odamiylik mulkining mavj urib turgan dengizidir, balki u to‘lqinli dengizning bebaho gavharidir. Hilm: 1) Inson vujudining xushmanzara mevalik bog‘idir va odamiylik olamining javohirga boy tog‘idir. 2) Hodisalar to‘la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo‘ladi va insoniyat qadrini o‘lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirsa ham bo‘ladi. 3) Axloqli odamning qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir. 4) Yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning behuda harakatidan himoya qiluvchi. 5) U orqali odam xaloyiqning izzat-hurmatiga sazovor bo‘ladi. 6) U tufayli kattalardan kichiklarga iltifot va marhamat yetishadi. Til: 1) Baxt bag‘ishlovchi toza ruh manbayi ham u, yomonliklar keltiruvchi nahs yulduzining chiqar joyi ham u. Safar: 1) Erituvchi va kuydiruvchi ko‘radir. U erish-kuyish esa er kishining vujud oltinini toblab xom gil(loy)dan tozalovchidir. 2) Ayriliqqa uchraganlarni maqsadiga yetkazuvchi va mahrumlarni murod uyiga olib kiruvchidir. 3) Xom odamlarni pishiruvchi va taomlarni singdiruvchidir. 4) Kishilarni olam ajoyibotlaridan bahramand qiladi, g‘aroyibotlar dunyosidan xabardor qiladi. 4) Aziz kishilarning mozorlarini ziyorat qilish fayziga musharraf va mukarram bo‘lmoq ham undan. 5) Yo‘lovchining yurishiga quvvat beruvchi ham u va ko‘ngliga har tomonga borish zavqini soluvchi ham u. 6) Musofirni turli joy va manzillar bilan tanishtiruvchi ham u; dunyoni kezish yo‘liga soluvchi ham u. 7) Issiq-sovuqda jonga orom beruvchi ham u; achchiqchuchukdan ko‘ngilni ogohlantiruvchi ham u. @uztilim
Ko’proq ko’rsatish .
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
ADABIYOT-VAQTI #savol-javob. ❤️ Asar qahramonlari haqida ⏹Boburning havasini keltirgan,soqollari oppoq ,qoshlariga ham oq tushgan obraz. ✅Javhariy(Yulduzli tunlar) ⏹Burni ham yumshoq,òrdaknikiday yalpoq,bamisoli kemirchagi yòqday,bòylari baland emas,ajinlari qat-qat etib turadi. ✅Mòmin chol. (Oq kema) ⏹Yuzidan muloyimlik,tòģrilik ma’nosi tomib turadigan. ✅Oftob oyim(Òtkan kunlar) ⏹Xushròy kòzli polvon. ✅Nasim polvon(Yulduzlar mangu yonadi) ⏹Bir oģiz gapni silliq va yoqimli qilib gapirolmaydigan sodda va tòng odam. ✅Akbarali mingboshi.(Kecha va kunduz) ⏹Jahli chiqsa òzi bilan òzi gaplashadigan obraz. ✅Ò.Hoshimov onasi. (Dunyoning ishlari) ⏹Birovga aralashmaydigan,kamgap,”indamas” obraz. ✅Nizomjon.(Ufq) ⏹Har bir sòzidan zahar tomib turadigan,ingichka xirilloq ovoz egasi. ✅Sulton Jondor. (Uluģbek xazinasi) ⏹Jizzaki,sezgir,arzimagan narsaga kishidan kòngli qoluvchi obraz. ✅A.Mashxadiy(Navoiy romani) ⏹Chamandagul dòppili qirq yoshlardagi,fòrum kishi. ✅Rahmat hoji(Shum bola) ⏹Yetmish yoshlarga kirgan,oppoq soqollari kòksiga tushib turgan obraz. ✅Polvontog’a (Sariq devni minib) ⏹Qarib ketgan,sochlari tòkilib,boshining yarmi yalonģachlanib qolgan,zahil bir befayzlik zohir bòlgan obraz. ✅Bòrixon(Qorakòz Majnun) ⏹Baland bòyli, yuzini chuqur ajinlar tilkalagan,qora,kòz ichiga chòkkan,chòtir odam. ✅Bektemir(Chinor) ⏹Ģayratli va zehnli,xipcha bel,yaģrini keng,qirģiz qovoq obraz. ✅Husayn Boyqaro(Zulmat ichra nur) ⏹Soģlom yuzli,kòzlari bolalarcha òynoq,jingalak sochli,qishloqcha sodda qiz. ✅Gulnor (Qutluģ qon) ⏹Xudo urgan badbaxt,ziqna odam. ✅Sariboy bòlis(Shum bola) ⏹”Aybsiz aybdor”obraz. ✅Zebi (Kecha va kunduz) ⏹”Najot farishtasi”. ✅Kumushbibi (Òtkan kunlar) ⏹Diydasi qattiqroq,òktam,tòmtoq mòylovli. ✅Egamberdi Yaqubov (Muzqaymoq) ⏹Mavridsiz laylaklar ichida bemahal ģurrak. ✅Anvar (Mehrobdan chayon) ⏹Tabiatida musulmonchilik ham millatparvarlik ham jamlangan obraz. ✅Ziyoli (Padarkush) ⚡️IN GOD-WE TRUST⚡️ @Uztilim
Ko’proq ko’rsatish .
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
Ijodkorlarning onalari Xolambibi – Usmon Nosirning onasi Oyshabibi – Muqimiyning onasi Oyshabibi – Cho’lponning onasi Oyshabegim – Nodiraning onasi Mustafbibi – Fitratning onasi Roqiya bibi – G’ofur G’ulomning buvisi Robiya bibi – Xudoyberdi To’xtaboyevning buvisi Komila aya – Hamid Olimjonning onasi Hakima aya – O’tkir Hoshimovning onasi Nagima Aytmatovna – Chingiz Aytmatovning onasi Gulshan – Odil Yoqubovning onasi Shahodatbonu – Oybekning onasi Turdi Karvon qizi – Abdulla Oripovning onasi ⚡️⚡️⚡️#kerakli ✏️ @Uztilim
Ko’proq ko’rsatish .
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
Abdulla Oripov (1941-2016) ✏️ She’rlari: «Qushcha», «Sen bahorni sogʻinmadingmi» «Yuzma yuz» «Oʻzbekiston» «Yurtim shamoli» «Qoʻriqxona» «Munojotni tinglab» ✏️Dostonlari: «Ranjkom» «Jannatga yoʻl» ✏️ She’riy toʻplamlari: «Mitti yulduz» «Koʻzlarim yoʻlingda» «Onajon» «Ruhim» «Qasida» «Xotirot» «Yurtim shamoli» «Jannatga yoʻl» «Hayrat» «Hakim va ajal» «Najot qal’asi» «Yillar armoni» «Haj daftari» «Saylanma» «Hikmat sadolari» «Ishonch koʻpriklari» ✏️Tarjimalari: Dante Aligeyrining «Ilohiy komediya» (Doʻzax qismi bu asar ta’sirida shoir «Jannatga yoʻl dostonini» yozgan. L Ukrainka, Pushkin, Nekrasov, Q.Quliyev, T.Chevchenko, R Hamzatov va boshqalar; @Uztilim
Ko’proq ko’rsatish .
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
#55369_sertifikatlar #ona tili
55369_sertifikatlar.pdf
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
Natijalarning joriy holati. Test muallifi: Qurbonaliyeva Xonzoda Fan: ona tili. Test kodi: 55369 Savollar soni: 10 ta ✅ Natijalar: 1. Abdullahakimov Abdushukur – 10 ta 2. Sodiqova Zilola – 10 ta 3. Fayzullayeva Gulzoda – 9 ta 4. Halimova Maftuna – 9 ta 5. Qobilova Mohiniso – 8 ta 6. Mahmudova Pokiza – 8 ta 7. Tovboyeva Madinabonu – 8 ta 8. Boboqulov Oybek – 8 ta 9. Orolova Muxlisa – 7 ta 10. Odilxon – 7 ta 11. Abdumoʻminova Ziyoda – 7 ta 12. Nasimova Munisa – 7 ta 13. Usmonova Zuhra – 7 ta 14. Hayitova Dilafruz – 7 ta 15. Artiqova Xavojon – 6 ta 16. Abdumalikov Abduxalil – 6 ta 17. Hjfdgjjghh Ghdsgjjo – 5 ta 18. Ro`ziyeva Dilorom – 5 ta 19. Gaforov Rizo – 3 ta
Ko’proq ko’rsatish .
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
ADABIYOT VAQTI O’xshash ”Oltin devor” drama (komediya)si Erkin Vohidov ”Oltin qirg’oq” to’plami Ibroyim Yusupov ”Oltin soch” operasi Musa Jalil ”Oltin yaproqlar” hikoyalar to’plami O’lmas Umarbekov ”Oltin zanglamas” romani Shuhrat ”Oltin buzoqcha” romani Ilf va Petrov ”Oltin vodiydan shabadalar” romani Oybek ”Oltin medal” she’ri G’afur G’ulom ”Mening oltin Bengaliyam” she’ri R. Thokur ”Qasoskorning oltin boshi” romani X. To’xtaboyev @Uztilim
Ko’proq ko’rsatish .
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
⛔⛔Agar kimdir test bot bilan ishlashga qiynalsa @zoda_05 profiliga test javoblarini jõnatishlari mumkin .
~08 noy 2022, 16:09
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
Test boshlandi. Test muallifi: Qurbonaliyeva Xonzoda Fan: ona tili. Savollar soni: 10 ta Test kodi: 55369 Javoblaringizni @e_test4_bot ga quyidagi ko’rinishlarda yuborishingiz mumkin:
55369*abcdabcd.
55369*1a2b3c4d5a.
55369#abcdabcd.
55369#1a2b3c4d5a.
☝️ Eslatma! Javoblar aynan @e_test4_bot ga yuborilishi shart, boshqasiga emas.
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
1.Qaysi javobda o’zaro ma’nodosh bo’lgan juft otlar berilgan? A.Ur-yiqit B.Ko’z-qosh C.O’y-xayol 2.Tarkibida fe’l turkumiga oid so’z mavjud bo’lmagan qoshma otni aniqlang? A.Iskabtopar B.Kaltakesak C.Beshotar 3.Bulbul gulzorni izlar, boyo’g’li esa hamisha vayronani ko’zlar. Ushbu gapdagi yasama so’zlar qaysi turkumga mansub? A.Ot,sifat B.Ot,fe’l C.Ot 4.Qayerda tinchlik bo’lsa, u yerda sotqinlik, aldamchilik g’am-g’ussa bo’lmaydi. Yasama otlar nechta? A.2ta B.3ta C.4ta 5.Yasama mavhum ot qatnashgan gapni toping? A.Hasad-yurakning zanglashi B.Toshkentlik mehmonga registon juda yoqdi C.Qaysarlik mag’lubiyat sababchisidir. 6.Qaysi maqolda 2 o’rinda narsa oti qatnashgan? A.Ko’kka boqma, ko’kka boq B.Sayoq yurgan tayoq yeydi C.Asal aynimas,saryog’ chirimas 7.Mavhum otlarni toping? Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g’ayrat, ham dadillik baxsh etgandek bo’ladi. A.3 B.5 C.4 8.Yasama sifatdan yasalgan ot qaysi qatorda qatnashgan? A.Yoqimli do’st suhbati olis yo’lni yaqin qilur B.Sergaplik dushmanimizdir, chunki u ayblarni oshkor qiladi C.Andishali odam iffatli bo’ladi 9.Shunday yashar sokin, bezavol.Pastakkina tandiri bilan,Katta uyda kichkina bir chol, kichkina bir kampiri bilan. Ot so’z turkumiga ois so’zlarni toping? A.6 B.5 C.4 10.Ikkinchi qismi jarangli va jarangsiz undoshdan tarkib topgan sodda yasama so’z bo’lgan qo’shma so’zni belgilang? A.Tishkovlagich B.Chidamlilik C.Tinchliksevar @Uztilim @Uztilim @Uztilim
Ko’proq ko’rsatish .
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
@Uztilim Kanalimizning qadrli a’zolari. Sizlarga mavzusi bo’yicha testlar taqdim etiladi Testlarni ishlab, bilimingizni yanada mustahkamlang BIZ BILAN ASLO YENGILMAYSIZ ✨✨✨ @Uztilim✨✨✨
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
Morfologiya bõlimi OT mavzusidan test ishlashni xohlaysizmi ?
Anonim ovoz berish
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
”Dunyo”ga berilgan oʻxshatishlar 1. Dunyoni “bozor” deya taʼriflash ⚜Ahmad Yassaviy hikmatlarida 2. Dunyoni “mehmonxona”deya taʼriflash ⚜Erkin Vohidov “Inson” qasidasida 3. Dunyoni “koshona” deya taʼriflash ⚜Erkin Vohidov “Inson” qasidasida 4. Dunyoni “hayratxona” deya taʼriflash ⚜Nodira “Etib ket” gʻazalida 5. Dunyoni “qafas” deya taʼriflash ⚜Alisher Navoiy “Boʻlmas emish” radifli ruboiyisi 6. Dunyoni “koʻl” deya taʼriflash ⚜Abayning “Nasihatlar” 7. Dunyoni “anglab boʻlmas sir” deya taʼriflash ⚜Abdulla Oripov “Birinchi muhabbatim” 8. Dunyoni “tuynuksiz qasr” deya taʼriflash ⚜Abdulla Oripov “Birinchi muhabbatim” @Uztilim
Ko’proq ko’rsatish .
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
Tun tavsiyasi “Menga bo’laveradi” demang, ”Menga eng yaxshisi kerak”deng! “Charchadim” emas, ”Dam olishim kerak”deng. “Aybdorman” emas, ”Bu menga tajriba bo’ldi ” deng. “Vaqtim yo’q”emas, ☝️”Keyinroq bajaraman”deng. “Harakat qilaman” emas, ”Bajara olaman” deng. “Men bunga loyiq emasman” demang, ”Men eng yaxshilariga loyiqman”deng. “Hammasi yaxshi” deyish o’rniga, ”Menda hammasi zo’r” deb ayting. @Uztilim
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
#Liderkitob ”Yulduzli tunlar” Pirmiqul Qodirov Yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ong tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega boʻlgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. ulugʻ adib Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlarning ma’naviy olami shunga yarasha boʻladi. Ushbu nashrning oʻziga xos jihatlaridan biri shundaki, unda bugungi yosh kitobxonlarga ayrim soʻz hamda iboralar yanada tushunarli boʻlmogʻi uchun tegishli va zarur izohlar ham berilgan. Ko’proq kitoblarni quyidagi manzilda yuklab oling: @kelajaklider_toshvil_kutubxona
Ko’proq ko’rsatish .
52Кодиров Юлдузли тунлар.pdf
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
ILK, ILK, ILK ✍Qushcha – A.Oripov, ilk she’r ✍Tanburim ovozi – Mirtemir, ilk she’r ✍Hayot varaqlari – Zulfiya, ilk she’rlar Biz boramiz – M.Jalil, ilk to’plam Tilak, Tong edi, Totli damlar – Asqad Muxtor, ilk she’riy asar Qo’shiqlar kitobi – H.Heyne, ilk she’riy to’plam Mitti yulduz – A.Oripov, ilk she’riy to’plam Salom senga – Saida Zunnunova, ilk she’r Qizingiz yozdi – S.Zunnunova, ilk she’riy to’plam Oqshom qo’shiqlari – R.Thokur, ilk she’riy to’plam She’rlar – Turob To’la ilk she’riy to’plam Shu’lalar qo’ynida – Mirtemir, ilk she’riy to’plam Dinamo – G’.G’ulom, ilk she’riy to’plam Ko’klam – H.Olimjon, ilk she’riy to’plam ✏️Uchuvchi – Ekzyuperi, ilk hikoya ✏️Xatingni kutaman – O’.Umarbekov, ilk hikoya ✏️Qishloq bolalari – N.Dumbadze, ilk hikoyalar to’plami ✏️Tortiq – S.Ahmad, ilk hikoyalar to’plami ✏️Daryolar tutashgan joyda – A.Muxtor, ilk qissa ✏️Yangi ariq – M.Osim, ilk qissa ✏️Jamila – Mirmuhsin, ilk qissa ✏️Qamar – Mirmuhsin, ilk doston ✏️Devon – Navoiyning muhlislari tuzgan ilk to’plam ✏️Badoye ul-bidoya – Navoiyning o’zi tuzgan ilk devoni ✏️Istar ko’ngil – T.Sulaymon, ilk kitob ✏️Studentlar – P.Qodirov, ilk kitob O’tkan kunlar – A.Qodiriy, ilk roman Kecha va kunduz – Cho’lpon, ilk roman-dilogiya Ziyod va Adiba – Mirmuhsin, ilk she’riy roman Janub chopari – Ekzyuperi, ilk roman Opa-singillar, A.Muxtor, ilk roma @uztilim
Ko’proq ko’rsatish .
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
MORFEMIKA☑️☑️☑️ 1) Morfemika 2 qismga bo’linadi: a)asos(yetakchi morfema) b)qo’shimcha(ko’makchi morfema). Eslatma! Morfemikada so’zning eng kichik ma’noli qismi o’rganiladi. Qo’shimchalar vazifasiga ko’ra 2 xik bo’ladi: 1)so’z yasovchi qo’shimchalar; 2)lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar; So’z yasovchi qo’shimchalar 1) So’z yasovchi qo’shimchalarning asosiy vazifasi-asosga qo’shimcha qo’shilib, yangi ma’no hosil qilish. 2)So’z yasovchi qo’shimchalarni yangi ma’no beruvchi yoki lug’aviy ma’no ifodalovchi ko’makchi morfemalar ham deyiladi. 3)Aksaryat so’z yasovchi qo’shimchalar asosga qo’shilib, so’rog’ini o’zgartiradi: M: kitob(nima?)-kitobxon(kim?) Eslatma! Sodda so’z tarkibida so’z yasovchi qo’shimcha bo’lsa, sodda yasama so’z hisoblanadi. Suvdon, aqlli Eslatma! Sodda so’z tarkibida so’z yas. qo’sh-cha bo’lmasa, sodda tub so’z hisoblanadi. Kitoblar, ko’prik; Eslatma! 4 ta mustaqil so’z turkumida so’z yasalish hodisasi bor: 1)Ot-zargar; 2)Sifat-.bilimdon; 3)Fe’l-qizar; 4)Ravish-vahshiylarcha. @uztilim
Ko’proq ko’rsatish .
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
ONA TILI UMUMIY LUG’AT aborigenlar – tub joyliklar ansambl – o‘zaro mos va uyg‘un qismlarning birikuvidan iborat bino va inshootlar majmuyi atmosfera – yerni va boshqa planetalarni o‘rab turgan gazsimon qobiq bog‘ot – bog‘lar, bog‘li joylar cherik – qo‘shin daf’atan to‘satdan degrez – cho‘yandan qozon quyuvchi dorug‘a – shahar hokimi e’tiqod – qattiq ishonch, dildan e’tirof etiluvchi tushuncha, nuqtayi nazar, qarash, iymon ekologiya – odam va tabiat munosabatini o‘rganuvchi fan gardun – dunyo, osmon gavhar – sayqallangan olmos gisu – soch hojib – eshik og‘asi ijtimoiy – inson va jamiyat hayotiga oid jar solmoq – baland ovoz bilan e’lon qilmoq juzlab – kitob varaqlarini mahkamlab tikmoq kardiolog – yurak shifokori ko‘rgilik kishi hayotida yuz bergan erk-ixtiyoridan tashqari ko‘ngilsiz voqea kurant – minoraga o‘rnatilgan soat ma’rifat – bilim, fan; ma’lumot; tanishish majmua – to‘plam malham – davo bo‘ladigan narsa maqom – Sharq musiqasidagi musiqiy ohang, kuy yo‘li, tartibi, shakli materik – qit’a mehr, shams, xurshid quyosh mezon – o‘lchov muqoyasa qiyoslash, solishtirish nufuz – obro‘-e’tibor, ta’sir odamiylik odamga, chin insonga xos xislatlar ozon – kislorodning bir ko‘rinishi, o‘ziga xos hidi bo‘lgan gaz preparat – dori-darmon purviqor – go‘zallik va viqorga boy qatli om – yoppasiga qirish rabot – karvonsaroy raiyat – xalq saltanat – mamlakat shahid – haqqoniyat yo‘lida qurbon bo‘lish shashmaqom – olti qismdan iborat o‘zbek musiqa asari sipoh – askar SMS so‘zi inglizcha short – “qisqa”, message – “xabar” va servise – “xizmat” so‘zlaridan olingan bo‘lib, qisqa xabarlar xizmati degan ma’noni anglatadi. suvoriy – otliq askar ta’na-dashnom – pand-nasihat, malomat tamaddun – madaniyat tamal toshi – poydevor tuzuk – nizom valiahd – toj-u taxt vorisi xuruj – kasallikning kuchayishi yorg‘ichoq donni maydalash va un qilish uchun ishlatiladigan tosh asbob zabarjad – yashil rangli qimmatbaho tosh ziroat – dehqonchilik g‘urub – quyoshning botish payti @uztilim
Ko’proq ko’rsatish .
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
5 – ONA TILI UMUMIY LUG’AT aborigenlar – tub joyliklar ansambl – o‘zaro mos va uyg‘un qismlarning birikuvidan iborat bino va inshootlar majmuyi atmosfera – yerni va boshqa planetalarni o‘rab turgan gazsimon qobiq bog‘ot – bog‘lar, bog‘li joylar cherik – qo‘shin daf’atan to‘satdan degrez – cho‘yandan qozon quyuvchi dorug‘a – shahar hokimi e’tiqod – qattiq ishonch, dildan e’tirof etiluvchi tushuncha, nuqtayi nazar, qarash, iymon ekologiya – odam va tabiat munosabatini o‘rganuvchi fan gardun – dunyo, osmon gavhar – sayqallangan olmos gisu – soch hojib – eshik og‘asi ijtimoiy – inson va jamiyat hayotiga oid jar solmoq – baland ovoz bilan e’lon qilmoq juzlab – kitob varaqlarini mahkamlab tikmoq kardiolog – yurak shifokori ko‘rgilik kishi hayotida yuz bergan erk-ixtiyoridan tashqari ko‘ngilsiz voqea kurant – minoraga o‘rnatilgan soat ma’rifat – bilim, fan; ma’lumot; tanishish majmua – to‘plam malham – davo bo‘ladigan narsa maqom – Sharq musiqasidagi musiqiy ohang, kuy yo‘li, tartibi, shakli materik – qit’a mehr, shams, xurshid quyosh mezon – o‘lchov muqoyasa qiyoslash, solishtirish nufuz – obro‘-e’tibor, ta’sir odamiylik odamga, chin insonga xos xislatlar ozon – kislorodning bir ko‘rinishi, o‘ziga xos hidi bo‘lgan gaz preparat – dori-darmon purviqor – go‘zallik va viqorga boy qatli om – yoppasiga qirish rabot – karvonsaroy raiyat – xalq saltanat – mamlakat shahid – haqqoniyat yo‘lida qurbon bo‘lish shashmaqom – olti qismdan iborat o‘zbek musiqa asari sipoh – askar SMS so‘zi inglizcha short – “qisqa”, message – “xabar” va servise – “xizmat” so‘zlaridan olingan bo‘lib, qisqa xabarlar xizmati degan ma’noni anglatadi. suvoriy – otliq askar ta’na-dashnom – pand-nasihat, malomat tamaddun – madaniyat tamal toshi – poydevor tuzuk – nizom valiahd – toj-u taxt vorisi xuruj – kasallikning kuchayishi yorg‘ichoq donni maydalash va un qilish uchun ishlatiladigan tosh asbob zabarjad – yashil rangli qimmatbaho tosh ziroat – dehqonchilik g‘urub – quyoshning botish payti © Komila Masharipova ❗️Abituriyentlarga yetkazib qo‘ying. | @ONA_TILI_TEZKOR | https://t.me/+Vhl1k-RGEklKmzlI https://t.me/+Vhl1k-RGEklKmzlI
Ko’proq ko’rsatish .
~29 okt 2022, 17:59
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
Abiturientlarga faqat omad! Albatta bu sinovdan ko’proq mehnat qilganlar o’tadi. Shunday ekan vaqtni zoya ketkazmang! OLG’A.
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
Badiiy asarlar ro’yhati
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
Ona tili va adabiyot fanidan 2023-yil bo’ladigan imtihon uchun tasdiqlangan darsliklar ro’yhati
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
“Morfemika @Ona_tili_tezkor kanali uchun Nozima O’tkirovna testi.” testi 30 ta savol · ⏱ 1 daqiqa
Bu testni boshlash
Guruhda testni boshlash
Testni ulashish
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
❇️Paronim qo‘shimchalar❇️ Tilimizda talaffuzdosh (paronim) qo‘shimchalar ham borki, ularni o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlatish kerak. Bu yozma savodxonlikning hujjatidir. Ayrimlarida esa talaffuzga ham alohida e’tibor qaratmoq joiz. Quyida ularga to‘xtalib o‘tamiz. -li//-lik Eng ko‘p almashib qo‘llaniluvchi paronim qo‘shimchalar. Bunda -li o‘rnida -lik ko’proq ishlatiladi: aqllik bola, yog‘lik qo‘l. Aslida esa aqlli bola, yog’li qo’l bo’ladi. Nega aqllik yoki yog’lik emas? -li asosda ifodalangan narsaga egalik ma’nosini anglatadi. Aqlli – aqlga ega; yog’li – yog’ga ega, yog’ bor. -chan/-chang Bu juftlik kam uchraydi. Ammo ma’no farqini bilmoq foydalidir. Ishchan odam, ko’ngilchan qiz; mahsichang chiqdi, ko’ylakchang yuribdi. -man/-mand Bu juftlikni ham farqlay olish shart. Orzumand odam, kasalmand odam. Orzuman, kasalman deb yozish mumkin emas. -kaz/-qaz Birgina o’tkaz-o’tqaz formasida kuzatiladi. Bayramni o’tkazdik. Ko’chatlarni o’tqazdik. O’tkaz – gorizontal harakat, o’tqaz – vertikal harakat. -lik/-liq Otalik – otaning bolalar oldidagi vazifasi. Otaliq – homiylik. Bo’shlik – bo’sh bo’lish: xamir non uchun hali bo’shlik qiladi. Bo’shliq – vakuumli joy -guncha/-gancha -guncha – paytni anglatish uchun, -gancha holatni anglatish uchun ishlatiladi: dars tugaguncha (tugaydigan paytgacha); baqirgancha (baqirgan holatda) -ing/-in -ing o’rnida -in ishlatish hozirda juda ommalashgan. Boring emas borin, ayting emas aytin holida. Ikkinchisi jiddiy xato. -lar/-la -lar o’rnida -la ishlatish ham “bolalab” ketgan. Bolalar o’rnida bolala yozish mumkin emas. “bolala”ning mazmuni “bola qil” demakdir.
Ko’proq ko’rsatish .
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
Lug’aviy shakl yasovchi shakllar quyidagilar: 1.Ko’plik shakli 2.Kichraytirish shakllari 3.Erkalatish shakllari 4.Chegara shakli 5.Qarashlilik shakli 6.Sifatning lug’aviy shakllari 7.Sonning lug’aviy shakllari @SUPER_ONA_TILII Fe’lning lug’aviy shakllari: 8.Bo’lishsizlik shakli 9.Nisbatlar 10.Ravishdosh 11.sifatdosh 12.Harakat nomi 13.Harakatning kuchsizligini ko’rsatuvchi shakllar 14.Harakatning kuchliligini ko’rsatuvchi shakllar Shu o’rinda harakatning kuchliligini ko’rsatuvchi shakllarga to’xtalib o’taman! Shakllari: – i(to’zi) -la(quvla,savala) -qa(chayqa) -gila(yugurgila) -kila(tep/kila/moq -qila(chop/qila/moq) -g’ila(ez/g’ila/moq) “Tepkila” so’ziga e’tibor qaratamiz. Shu o’rinda ” tep asos, -ki ot yasovchi,-la fe’l yasovchi” kabi mormefik tahlil qilishdi ko’p abituriyentlar! Ammo bu xato. Tep-asos -kila(lug’aviy shakl yasovchi) Agar ushbu so’z gapda,agar “Sardor otasidan tepki yedi” kabi misolda kelsa, tep/ki shaklida ma’noli qismga bo’linadi va (yasama so’z) hisoblanadi
Ko’proq ko’rsatish .
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
ADABIY SAN‘AT TURLARI FARD- ✅ arabcha «yakka yolgʻiz» degan ma’noni bildiradi .Fardning koʻpligini mufradot «fardlar»deyishadi Fardning qofiyalanishi: a-a yoki b-b Misol: Bu gulshan ichra yoʻqdur baqo guliga sabot, Ajab saodat erur yaxshlik bilan chiqsa ot.„ A Navoiy” Qit’a ✅ arabcha soʻz boʻlib «kesik, qism, boʻlak»degan ma’nolarni bildiradi.Uni mat’lasi yoʻq gʻazalga oʻxshatish mumkin. Qit’aning qofiyalanishi: b – a, d – a. Misol: Soʻzchi holin boqma, boq soʻz holini, Koʻrma kim der oni, koʻrgil kim ne der. Mustazod ✅ arabcha «orttirilgan»degan ma’noni bildiradi gʻazal kabi qofiyalanadi Mustazodning qofiyalanishi: a-a, b-a, d-a. Misol: Mashrabning «Bul xasta vujudimni meni oʻrtadi butkul » deb boshlanuvchi mustazodi https://t.me/Uztilim
Ko’proq ko’rsatish .
ONA TILI VA ADABIYOT
Bilimdonlikning sir-u asrori g’ayrat hamda matonat bilan o’qish va o’rganishdir. Orzular mavjud, maqsad oliy, marra esa juda yaqin.
2.1k 936 44.40%
Nusxalangan!
⚠️ Quydagi taxalluslarni yodingizda saqlang. 1) Navoiy, Foniy- Alisher Navoiy✔️ 2) Bobur- Zahiriddin Muhammad Bobur✔️ 3) Puryoyvaliy, Puryorvali, Qitoliy- Pahlavon Mahmud✔️ 4) Qul Ahmad, Ahmad, Xo’ja Ahmad, Ahmadiy, Miskin Ahmad, Qul Xo’ja Ahmad, Yassaviy- Ahmad Yassaviy✔️ 5) Saroyi- Sayfi ( qilich ) Saroyi✔️ 6) Yugnakiy- Ahmad Yugnakiy Mahmud o’g’li✔️ 7) Somiy- Shamsiddin Somiy✔️ 8) Ozariy- Lutf Alibek Ozariy✔️ 9) Fanoiy- Kamoliddin Husayn Fanoiy✔️ 10) Sakkokiy- asl ismi noma’lum taxallusining ma’nosi ” pichoqchi ” ✔️ 11) Atoiy- Ahmad Yassaviyning jiyani, Ismoil ota farzandlaridandur. To’liq ma’lumot saqlanmagan.✔️ 12) Lutfiy- asl ismi Lutfulla. Ayrim manbalarda ” Shoshiy ” deb tilga olinadi.✔️ 13) Rudakiy- Abu Abdullo Ja’far ibn Muhammad Rudakiy✔️ 14) Firdavsiy- shoirning otasi Eronning Tus shahri hokimining ” Firdavs ” nomli bog’ida bog’bon bo’lgan. Taxallus shundan kelib chiqqan degan qarashlar bor.✔️ 15) As- Saolibiy- Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad✔️ 16) Xo’jandiy- ma’lumotlar saqlanmagan. Adib Xo’jand qishlog’ida tug’ilgan.✔️ 17) Gadoiy- asl ismi noma’lum . Abulqosim Bobur ( 1452-1457 yillar ) davrida yashagan.✔️ 18) Husayniy- Husayn Boyqaro✔️ 19) Xoja- Poshshoxo’ja Abdulvahobxoja o’g’li Xoja✔️ 20) Farog’iy- asl ismi Turdi. ✔️ 21) Mashrab, Devoni Mashrab, Devonayi Mashrab, Eshoni Mashrab, Hazrati shoh Mashrab- Boborahim Mullavali o’g’li Mashrab✔️ 22) Chimyoniy, Huvaydo- Xo’janazar Huvaydo.✔️ 23) Sirojiy- asl ismi Sirojiddin. Huvaydoning o’g’li.✔️ 24) G’oyibnazar So’fi- Huvaydoning otasi bo’lib shu nom ostida tanilgan.✔️ 25) Sohib- Salohiddin bo’lib Huvaydoning nabirasi. Shoir bo’lgan.✔️ 26) Uvaysiy- Jahon Otin✔️ 27) Amiriy- Amir Said Muhammad Umarxon.✔️ 28) Nodira, Komila, Maknuna – asl ismi Mohlaroyim.✔️ 29) Xon- Muhammad Alixon ( Ma’dalixon ) Nodira va Umarxonning o’g’li.✔️ 30) Gulxaniy- Muhammad Sharif.✔️ 31) Maxmur- asl ismi Mahmud.✔️ 32) Akmal- Mulla Shermuhammad. Maxmurning otasi✔️ 33) Munis- Shermuhammad Amir Avazmuhammad o’g’li.✔️ 34) Ogahiy- Muhammadrizo Erniyozbek o’g’li.✔️ 35) Feruz- Said Muhammad Rahimxon Bahodirxoni Soniy.✔️ 36) Muqimiy- Muhammad Aminxo’ja Mirzaxo’ja o’g’li✔️ 37) Furqat- Zokirjon Mullo Xolmuhammad o’g’li.✔️ 38) Zavqiy- Ubaydullo Solih o’g’li.✔️ 39) Komil Xorazmiy, Xorazmiy- Pahlavon Muhammadniyoz Abdulla Oxund o’g’li.✔️ 40) Barno, Dilshodi Barno- Dilshod Rahimqul So’fi qizi.✔️ 41) Anbar Otin- Farmonqul va Ashurbibi qizi.✔️ 42) Xayyom, Xayma- Abdulfath Umar binni Ibrohim . Xayyom ma’nosi- chodir yasovchi, chodir tikuvchi.✔️ 43) Parfi, Rauf Parfi- Rauf Parfiyev ✔️ 44) Ali, Muhammad Ali- Muhammad Ali Axmedov.✔️ 45) O’tar- Polvonniyoz O’tar Gadoniyoz o’g’li. Avaz O’tarning otasi.✔️ 46) Zulfiya- Zulfiya Isroilova✔️ 47) Abay- asl ismi Ibrohim.✔️ 48) Rasvo- Cho’lponning otasi ✔️ 49) Ozodiy- Maxtumqulining otasi✔️ 50) Nihoniy- Hamza Hakimzoda Niyoziy✔️ Taxalluslar davomi. 51) Hijron- Abdulla Avloniy✔️ 52) Vaxshiy- Muhammad Sharif So’fizoda✔️ 53) Mijmar, Fitrat- Abdurauf Fitrat✔️ 54) Julqunboy, Ovsar, Shilg’ay, Dumbul, Qodiriy- Abdulla Qodiriy✔️ 55) Xilvatiy- asl ismi Mulla Yo’ldosh To’raboy o’g’li✔️ 56) Firog’iy- Maxtumquli✔️ 57) Fuzuliy, Bag’dodiy- Muhammad Sulaymon o’g’li✔️ 58) Ramziy, Bedil- Mirzo Abdulqodir asl ismidir✔️ 59) Vosifiy- Zayniddin Muhammad ibn Abduljamil✔️ 60) Nishoniy- Subxonqulixon ( Buxoro xoni ) ✔️ 61) Muhtojiy, Jununiy , Sifliy, Ayniy- Sadriddin Saidmurodzoda✔️ 62) Vafoiy- Ahmad Xojibek✔️ 63) Kamoliy- ma’lumot saqlanmagan Navoiy asarlarida ” Koshifiy ” deb ham qo’llangan.✔️ 64) Qalandar, Andijonlik, Mirza Qalandar, Cho’lpon- Abdulhamid Sulaymon o’g’li✔️ 65) Baloiy- Mehmet Chalabiy Yaxyo qozi. Mehri xotunning otasi.✔️ 66) Bolasog’uniy, Otauli- Yusuf Xos Hojib✔️ 67) Norin Shilpiq, Sarimsoq, Gulyor, Mavlono Kufur, Nish- Abdulla Qahhor✔️ 68) Yo’qsul- Bahrom Ibrohimov✔️ 69) Shavkat- Sidqiy Hondayliqiy✔️ 70) Oybek- Muso Toshmuhammad o’g’li✔️ 71) G’ayratiy- Abdurahim Abdulla o’g’li✔️ 72) Shavqiy Kattaqo’rg’oniy- asli ismi Muhammad Sharif✔️ 73) Shuhrat- Alimov G’ulom Aminjon o’g’li.✔️ 74) Ubaydiy- Ubaydullaxon(xon bo’lgan )✔️ @Onatilidanyordam