Press "Enter" to skip to content

10-sinflar uchun yillik ish rejalar darsliklar 2021-2022

Yangi maqsadga yangi turdagi darslik, yangicha mazmun, yangicha usul va vositalar olib keli­shi va yangi shaxsni — tadbirkor, axborot manbalarini chuqur biladigan, undan o‘ziga kerakli ma’lumotlarni tez topa oladigan, bu ma’lumotlar ichida o‘zi yashab turgan muayyan sharoit uchun eng qulay va serunumidan foydalana oladigan tezkor tadbirkor shaxsni yetishtirishni ta’minlashi mumkin. Shuning uchun yangi darsliklar mashqlar majmuasidan emas, balki topshiriq­lar tizimidan iborat bo‘lmog‘i kerak. Lekin bunday darslik bilan ishlash uchun ta’lim ishtirokchilari ona tilidan ta’lim jarayonida zarur bo‘lgan axborot banklari bilan to‘la ta’minlangan bo‘lishi kerak.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili o‘qituvchilariga ochiq xat

Maktab partasida o‘tirgan bolalarimizning barchasi tilshunos bo‘lishi kerakmi? Aziz hamkasbim. Hurmatli ustozjonlar! Onadek mo‘tabar tilimizning ta’limi bilan shug‘ullanayotgan jonfido muallimjonlar!

Sizning mehnatlaringizni, aslida, hech bir tosh-u tarozi bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Ba’zan o‘z farzandiga ham toshmehr odamlarga duch kelamiz, shundaylar haqida o‘qib qolamiz. Albatta, yoqa tutib aytamiz: “Inson zoti shunday bo‘lishi mumkinmi?”. Siz maktab partasida o‘tirgan yuzlab bolalarga mehr ko‘rsatasiz, bilim berasiz. Ularning yorqin kelajagi uchun qayg‘ura­siz. Fidokorlikni o‘rgatasiz va fidoyilikda namuna bo‘lasiz. Tanlagan kasbimizning mashaqqati ham, sharafi ham shunda bo‘lsa kerak. Zero, “Bir soatlik ilm o‘rgatmoq, yuz soatlik toat-ibodatdan ko‘ra yaxshiroq” ekanligi bizning amaliy faoliyatimiz negiziga aylangan. Demak, qilayotgan ishimiz savob, savob va yana savobdan iborat. Shundaymikan?!

Keling, aziz hamkasbim, gapni uzoqroq­dan boshlaylik. Biz ona tili ta’limi bilan shug‘ullanamiz. Ona tili — (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan) maktabda barcha o‘quv predmetlarini ham o‘rganish, ham o‘rgatish vositasi. Tili o‘zbek tilida chiqqan, o‘z ona tilida so‘zlashadiganlar uchun bu tafakkur tili hamdir. Demak, dunyoning lisoniy manzarasini har bir o‘zbek o‘zi uchun ona tili vositasida bunyod etadi, tom ma’noda, ona tili xazinasiga ega bo‘ladi va umri davomida bu tuganmas xazinadan foydalanaveradi, foydalanaveradi…

Vaholanki, bu yorug‘ olamda inson istalgan davraga so‘zi orqali kirib boradi, uning ortida ham so‘zi qoladi, inson so‘nggi nafasida ham lablari pichirlab so‘z aytadi. (Hatto tushlarimizni ham ona tilimizda ko‘ramiz.) Biz kalom ilmining ta’limi egalari va har bir o‘zbek uchun tafakkur tilining targ‘ibotchilari ekanligimizni inkor etib bo‘lmaydi.

Aytaylik, sizning o‘quvchingiz (o‘g‘il bola) maktabni o‘rtacha baholarda o‘qib tugatdi. Oliy ta’limga hujjat topshirdi, shartnomaga ilinishiga ham 5–10 ball yetmay qoldi. (Qo‘shimcha to‘lov asosida o‘qishi uchun oila budjeti “to‘g‘ri kelmadi”.) Xo‘sh, bola endi nima ish bilan shug‘ullanadi?! (Siz-u biz bu savolga javob berolmasligimizni bilaman.) Deylik, o‘sha o‘quvchingizning bobo­si: “Bolam, er kishisan. Oilaga yordam berishni o‘rgan. Har kuni halol mehnat qilib uyga ikkitagina non kiritsang ham, katta gap. Hayotni, odamlar bilan muomalani o‘rgan” deb, kichikkina arava yasatib berib bolani bozorga chiqardi.

Bugun bolaning aravasiga hech kim yuk ortmadi. Qorni ochgan bola non do‘koniga kirsa, bitta obinon 1.200 so‘m va bitta buxanka non 1.700 so‘m turibdi. Bolaning cho‘ntagida ming so‘m puli bor. Bitta obinon sotib olishiga (arzimas pul) 200 so‘m yetmaydi. Sobiq o‘quvchingiz non do‘konidagi amakiga (yoki opaxonga) deyapti: “Men ergashgan qo‘shma gaplarning besh turini bilaman. Undalmali gaplar haqida bilaman. Fe’lning ma’noviy guruhlarini sanab beraymi? Kesim, ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi haqidagi qoidalarni aytib beraymi? Holning oltita turini aytaymi? Ajratilgan izoh bo‘laklar…Unli, undoshlarning til oldi va til orqaligi, lablangan-lablanmaganligi, quyi keng, o‘rta keng, yuqori torligi, til undoshning lab-lab, lab-tish, til oldi, til yoni, til o‘rta, til orqa tovushi­ning yaqin til orqa, chuqur til orqaligi…”.

O‘quvchi non olishi uchun yetmayotgan 200 so‘m uchun sizning 5-sinfdan 11-sinfgacha (naq 7 yil) o‘rgatganlaringizdan “madad so‘radi”. Tabiiy­ki, non sotuvchi 200 so‘m kamiga non sotmaydi va bolani telbalikda ayblab haydab soladi.

Sizning maktabda 7 yil davomida mashaqqat chekib, o‘quvchini sinfga qamab o‘rgatgan son-sanoqsiz qoidalaringiz bola­ning bir martagina qor­nini to‘yg‘azishi uchun ham yaramadi-ya?!

Tahlil: Amaldagi maktab “Ona tili” darsliklariga e’tibor beraylik. Xo‘sh, ularda (“Bilib oling”, “Esda tuting” shaklidagi) qan­cha grammatik qoidalar berilgan?

5-sinf “Ona tili” darsligida – 192 ta;

6-sinf “Ona tili” darsligida – 194 ta;

7-sinf “Ona tili” darsligida – 117 ta;

8-sinf “Ona tili” darsligida – 51 ta;

9-sinf “Ona tili” darsligida – 40 ta;

10-sinf “Ona tili” darsligida – 26 ta;

11-sinf “Ona tili” darsligida – 25 ta.

Ammo bu hali hammasi emas. Agar 9-, 10-, 11-sinf “Ona tili” darsliklarida berilgan qoidalar­ning har biri 1-1,5 sahifa egallashini inobatga olsak, ular miqdori o‘rtacha uch barobarga oshadi. (Bu umumiy qoidalar miq­dorining 800 dan oshishini ko‘rsatadi.)

Hadisi shariflardan birida shunday deyi­ladi: “Ilmga rag‘bati bo‘lmagan kishiga ilm o‘rgatmoq — gunohga botmoq, behuda ilm o‘rgatmoq esa ikki karra gunohga botmoq­dir.” Biz o‘quvchilari­mizga behuda ilm o‘rgatmayapmizmi?! Professor B.Mengliyev ta’biri bilan aytganda: “Maktabda yoshlarimiz ona tili mashg‘ulotlarida boshi ham, adog‘i ham yo‘q, buning ustiga darslikdan darslikka o‘tish, sinfdan sinfga ko‘chish bilan keskin o‘zgarib turadigan son-sanoqsiz ilmiy (lingvistik) qoidalarni yodlashga maj­bur bo‘lishayotganligi” bolaga nima beryapti?!

Biz qachon o‘quvchilarimizga til o‘rga­tish bilan tilshunoslik asoslarini o‘rgatish masalasini farqlab olamiz? Qachongacha bolalarimizga “keraksiz ilmni o‘rgatib” ilm o‘rgatmoq savobidan bebahra qolaveramiz?

Agar bilsangiz, o‘quvchi uchun umr bo‘yi kerak bo‘ladigan 3 toifadagi qoidalar bor (men buni takror ta’kidlayapman). Bular:

1) orfografiya qoidalari (bu qoidalar umr bo‘yi kishining yozma savodxonligini tartibga solib turadi);

2) orfoepiya qoidalari (bu qoidalar umr bo‘yi kishining og‘zaki nutqini adabiy me’yorlarga moslashtirib turadi);

3) punktuatsiya qoidalari (Bu qoidalar umr bo‘yi kishining yozma nutqida nima demoqchili­gini ko‘rsatib turadi).

Qolgan barcha qoidalar mutaxassis sifatida biz uchun, o‘zimiz uchun zarur.

Yana ta’lim berishda nega buncha darslikka “yopishib oldik?” Darslik nima o‘zi?! Darslik, avvalo, didaktik ta’lim vositalaridan biri. Didaktik ta’lim vositalari deganda ta’lim jarayonida ishlatiladigan, foydalaniladigan barcha vositalar — darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik tavsiyalar-u ishlanmalar, ko‘rgazmalar, ko‘rsatmali va tarqatma materiallar, testlar, nostandart topshiriqlar, lug‘atlar, ma’lumotnomalar, qomuslar majmuyi tushuniladi.

Biz qanday darsliklar bilan ishlashni istayapmiz? Albatta, dastur asosida tuzilgan, ta’lim mazmunini aks ettiruvchi o‘quv materialini ham, uning o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilish usullarini ham, ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi uchun zarur sanal­gan tahlil (analiz), umumlashtirish (sintez) uchun materialni ham, o‘quv materialidagi tarqoq hodisalarni bir-biriga bog‘lovchi qonuniyatlarini ham o‘z ichiga olgan, bir so‘z bilan aytganda, ta’lim oluvchi uchun ma’lum miqdordagi bilimlarni, malaka, ko‘nikma, odatlarni o‘ziga singdirish uchun tayanch manbani istayapmiz.

Darslik (muayyan o‘quv predmeti ta’limi­dan kutayotgan natijamizga qarab) ta’lim maqsadi, mazmuni va usuli bilan uzviy bog‘liqlikda har xil bo‘ladi. O‘quvchiga qoida-yu ta’riflar asosida ma’lum miqdor­dagi bilimlarni berishga mo‘ljallangan darslik o‘quvchi o‘zlashtirishi nazarda tutilgan bilimlar va hosil qilinishi kerak bo‘lgan malaka hamda ko‘nikmalarni deyarli to‘la qamrab oladi va bu holatda o‘quv materiali, asosan, darslik bilan cheklanadi. Maqsad bitta: o‘quvchi darslik materialini bilsa bas. Bunday darslik bilan ishlash tom ma’nodagi ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivoj­lantirishga to‘sqinlik qiladi.

Darslik topshiriqlar tizimida o‘quvchi­ning mustaqil izlanishi uchun yo‘llanmalar berib borganda, ta’lim oluvchining axborot banklariga doimiy murojaatini talab qilganda, uni ijodiy faoliyatga undagandagina u o‘z maqsadiga eri­shishi mumkin. Shuning uchun darslik bilan dars davomida ta’lim oluvchi bajarishi lozim bo‘lgan topshiriqlar tizimi(algoritmi)ni va zaruriy o‘quv materialini aralashtirmaslik lozim. Biz hozir darslik deganda ham mavzu talqinini, ham o‘quv materialini, ham ta’lim oluvchi bajarishi lozim bo‘lgan amaliyotlar va ularning tartibi­ni ham, ta’lim oluv­chi kelishi kerak bo‘lgan yechim(xulosa)ni ham o‘z ichiga olgan majmuani tushunyapmiz.

Haqiqiy ijodiy tafakkur sohibini shakl­lantirish va rivojlantirishga mo‘ljallangan darslik yuqorida zikr etilgan darsliklardan farq qilmog‘i lozim; yangi maqsadlar uchun yangi turdagi darsliklar zarur. Eski qolipda yozilgan darsliklardan xalos bo‘lmay, bolalarimizni yangicha fikrlashga o‘rga­tish mumkin emas. Yangicha o‘qitishda, ijodiy

tafakkur sohibini yetishtirishda o‘quv materiali darslik materiallaridan ancha keng bo‘lmog‘i shart. Jumladan, ona tilidan darsliklar o‘quvchilarga xilma-xil lug‘atlardan (axborot banklaridan), qomuslardan, ma’lumotnomalardan, maktabda o‘qitiladigan boshqa o‘quv predmetlari bo‘yicha olgan bilimlari va ma’lumotlaridan, tajri­bali kishilar(o‘quvchilarning yaqinlari)dan qo‘shimcha material olishga, bu — darslikda berilmagan material ustida ijodiy ishlar tizimini loyihalashtirgan taqdirdagina ko‘zlagan maqsadiga erisha oladi. Aks holda, u o‘quvchi oyoq-qo‘liga kishan, tafakkuriga g‘ov bo‘ladi.

Bu borada amaldagi yangi 8-sinf “Ona tili” darsligida bir qadar ijobiy o‘zgarishlar seziladi. Darslikdagi milliyligimiz zami­nidan uzilmagan, tarbiyaviy ahamiyati beqiyos matnlarning, fikr-u mulohazalar­ning o‘quvchi hukmiga havola etilishi, shu­ningdek, “behuda qoidabozlik”larning 5-, 6-, 7-sinf “Ona tili” darsliklariga nisbatan o‘r­tacha uch barobar qisqargani, baralla aytish zarurki, quvonarli hol.

Yangi maqsadga yangi turdagi darslik, yangicha mazmun, yangicha usul va vositalar olib keli­shi va yangi shaxsni — tadbirkor, axborot manbalarini chuqur biladigan, undan o‘ziga kerakli ma’lumotlarni tez topa oladigan, bu ma’lumotlar ichida o‘zi yashab turgan muayyan sharoit uchun eng qulay va serunumidan foydalana oladigan tezkor tadbirkor shaxsni yetishtirishni ta’minlashi mumkin. Shuning uchun yangi darsliklar mashqlar majmuasidan emas, balki topshiriq­lar tizimidan iborat bo‘lmog‘i kerak. Lekin bunday darslik bilan ishlash uchun ta’lim ishtirokchilari ona tilidan ta’lim jarayonida zarur bo‘lgan axborot banklari bilan to‘la ta’minlangan bo‘lishi kerak.

“Ma’rifat” gazetasining joriy yil 19-fevral soni “Ona tilimizning nufuzini oshirish mavsumiy masala emas” shiori ostida to‘laligicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosiga bag‘ishlanganligi kishini sevintiradi. Shu sondagi bir maqolada: “Bu vazifalar(8-sinf yangi “Ona tili” darsligi topshiriq­lari — izoh bizniki)ni bajarish uchun “O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” zarur. Muammo shundaki, bu kabi lug‘atlar o‘quvchilar tugul, hatto ko‘pchilik o‘qituvchilarda ham yo‘q! Internetdan topib yoki elektron nusxa­lardan foydalanish mumkin, ammo ulardan dars jarayonida foydalanish uchun hamma o‘qituv­chida yoki maktablarda imkoniyat mavjudmi?!” degan mulohaza meni o‘ylantirdi. Negaki, bugun maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallab tayyorlangan lug‘atlar­ning 10 dan ortig‘i amalda. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (5 tomli)dan tortib “O‘zbek tili paronimlar lug‘ati”gacha yuzga yaqin lug‘at-u qomuslarning elektron nusxasi internet tizimida joylashgan. Shukurki, ularni istagancha saqlab olish imkoniyatimiz bor. Albatta, bu imkoniyat o‘quvchida ham bor.

“Shaharda hamma sharoiti muhayyo-da, gapiraveradi”, degan mulohazaga bormang. Yurtboshimiz tashabbusi bilan eng chekka qishloq maktablarida ham kompyuter sinflari tashkil etildi. Siz shu maktab kompyuterlari xotirasiga hech bo‘lmasa, ellikta lug‘atning elektron shaklini joylay oldingizmi? Ona tili mashg‘ulotlarini kompyu­ter sinflarida o‘tishga harakat qilib ko‘ryapsizmi? E’tibor bering. Dars payti o‘quvchingiz bir nafasgina bo‘sh qoldi deguncha telefoniga qarab oladi. Nega biz o‘quvchimizning telefoni xotirasiga o‘zbek tili lug‘atlarini joylay olmayapmiz? (Axir ingliz tili o‘qituvchilari buni yaxshi uddalashyapti-ku?!)

Muammolar bisyor. Biz hammamiz birgalashib muammolar yechimini izlashga harakat qilmayapmiz. (Chamamda, o‘zimizni harakat qila­yotganga o‘xshab ko‘rsatyapmiz, xolos.)

Bugun maktab darsliklarini tanqid qilish­ga ko‘nikib qoldik. Bu qaysidir jihatdan yaxshi. Ammo dunyoda eng qiyin yumushlardan biri — darslik tayyorlash. Sababki, tayyorlagan mahsulotingdan ming-minglab kishi foydalanadi. Ta’lim oluvchi sen darslikda “chizgan chiziq” asosida bilim oladi va uning natijasi kamida 10–15 yilda jamiyatda “balqib chiqadi”. Masalan, maktab ona tili mashg‘ulotlari o‘z vazifasi — barcha darslar amaliy xarakterda bo‘lib ularda o‘quvchini so‘z mantig‘ini anglash, so‘z va birikmalarni o‘z o‘rnida qo‘llay olish malaka va ko‘nikmalari­ni, shuningdek, sharqona nutq odobini o‘rgatish o‘rniga qoidabozlikka o‘tib ketdi. (Go‘yo maktab partasida o‘tirgan hamma o‘quvchi tilshunos bo‘lishi shartday?!) Natija nima bo‘ldi? Natijada ona tili mashg‘ulotlari hayotdan deyarli uzilib qoldi. O‘quvchi tarbiyasidagi o‘rnini boy berdi…

Zero, umumta’lim maktablarida o‘qiti­ladigan ona tili darslari o‘quvchiga tilshunoslik asoslarini emas, tilning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishni, ya’ni tilni o‘rgatishi zarur.

Shu o‘rinda Respublika ta’lim markaziga ham ba’zi e’tirozlarimiz bor. Nega darsliklar tuzishda rivojlangan mamlakatlar(masalan, Yaponiya, Turkiya, Fransiya, Rossiya va b.)ning tajribalari maxsus o‘rganilmayapti? Nega maktab darsliklarini tuzish va amaliyotga tatbiq etish tanlovlari anonim tarzda o‘tkazilmaydi? (Ya’ni tayyorlangan darslik mutaxassis-ekspert tekshiruvidan keyin alohida tanlab olinmagan maktabning eksperiment sinfi amaliyotida omilkor o‘qituv­chilar tomonidan (mual­liflari sir saqlangan holda) sinab ko‘rilma­yapti?) Nega yangi darsliklarning mualliflari kim bo‘lishi avvaldan ma’lum? “Maktab darsliklarini tayyorlashga faqat soha olimlari yoki professorlar haqli” degan yozilmagan, ammo rad etilmayotgan qonunlardan voz kechish payti allaqachon yetmadimikan?! Bugun darsliklar tuzish borasida “kim deganiga emas, nima degani­ga boq”aylik.

Siz bugun maktab “qozonida qaynayapsiz”. O‘quvchiga nima kerakligini boshqalardan ko‘ra SIZ ko‘proq his etasiz. Nega yangi avlod darsliklarini tuzishga kirishmaysiz?! Juda boy til­ning egasimiz. E’tibor bering-a, birgina go‘zal qiz birikmasi takibidagi go‘zal so‘zini qancha ma’nodoshi (yoki ma’no nozikligida farq qiluvchi muqobili) bilan almashtira olamiz: chiroyli qiz, bejirim qiz, xushbichim qiz, husnli qiz, husndor qiz, xushro‘y qiz, ko‘rkam qiz, ko‘hlik qiz, barno qiz, suluv qiz, nazokatli qiz, latofatli qiz, deganday qiz, zebo qiz, sohibjamol qiz, ketvorgan qiz, tamtam qiz… Hali bu sirani yana davom ettirish imkoni bor…

Onadek mo‘tabar tilimizning ta’limi bilan shug‘ullanayotgan jonfido muallim-u muallimajonlar.

Bugun qo‘l qovushtirib o‘tirmasdan bolalarimiz uchun ona tili darslarida zarur bo‘lgan ta’limiy vositalarni birgalashib tayyorlaylik. Chunki O‘zbekiston bolalari hammamizning farzandlarimizdir.

BuxDU filologiya fakulteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi

10-sinflar uchun yillik ish rejalar darsliklar 2021-2022

10-sinflar uchun barcha fanlardan 2021-2022 o’quv yiliga mo’ljallangan yillik taqvim-mavzu rejalar va darsliklarni yuklab oling.

10-sinf ish rejalar 2021-2022 yuklab olish

10-sinflar uchun adabiyot fanidan yillik ish rejalar — yuklab olish;

10-sinflar uchun ona tili yillik ish reja — yuklab olish;

10-sinflar uchun Biologiya fanidan yillik ish reja — yuklab olish;

10-sinflar uchun fizika fanidan ish reja — yuklab olish;

10-sinflar uchun geografiya fanidan yillik ish reja — yuklab olish;

10-sinflar uchun jahon tarixi fanidan yillik ish reja — yuklab olish;

10-sinflar uchun O’zbekiston tarixi fanidan yillik ish reja — yuklab olish;

10-sinflar uchun davlat va huquq asoslari fanidan yillik ish reja — yuklab olish;

10-sinflar uchun jismoniy tarbiya fanidan yillik ish reja — yuklab olish;

10-11-sinflar uchun CHQBT fanidan yillik ish rejalarni — yuklab olish.

10-sinflar uchun kimyo fanidan yillik ish reja — yuklab olish;

10-sinflar uchun ingliz tili fanidan yillik ish reja — yuklab olish;

10-sinflar uchun nemis tili fanidan yillik ish reja — yuklab olish;

10-sinflar uchun fransuz tili fanidan yillik ish reja — yuklab olish;

10-sinflar uchun o’zbek tili fanidan yillik ish reja — yuklab olish;

10-sinflar uchun rus tili (milliy) fanidan yillik ish reja — yuklab olish;

10-sinf rus tili yillik ish reja — yuklab olish.

10-sinflar uchun darsliklar to’plami

O‘zbek tilida Rus tilida Qoraqalpoq tilida Tojik tilida Turkman tilida Qirg‘iz tilida Qozoq tilida
Adabiyot 1-qism, Adabiyot 2-qism Adabiyot 1-qism, Adabiyot 2-qism Adabiyot Adabiyot Adabiyot Adabiyot Adabiyot
Algebra va analiz asoslari. Geometriya Algebra va analiz asoslari. Geometriya Algebra va analiz asoslari. Geometriya Algebra va analiz asoslari. Geometriya Algebra va analiz asoslari. Geometriya Algebra va analiz asoslari. Geometriya Algebra va analiz asoslari. Geometriya
Algebra va analiz asoslari. Geometriya 2-qism Algebra va analiz asoslari. Geometriya 2-qism Algebra va analiz asoslari. Geometriya 2-qism Algebra va analiz asoslari. Geometriya 2-qism Algebra va analiz asoslari. Geometriya 2-qism Algebra va analiz asoslari. Geometriya 2-qism Algebra va analiz asoslari. Geometriya 2-qism
Biologiya Biologiya Biologiya Biologiya Biologiya Biologiya Biologiya
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
Davlat va huquq asoslari Davlat va huquq asoslari Davlat va huquq asoslari Davlat va huquq asoslari Davlat va huquq asoslari Davlat va huquq asoslari Davlat va huquq asoslari
Dunyo dinlari tarixi Dunyo dinlari tarixi Dunyo dinlari tarixi Dunyo dinlari tarixi Dunyo dinlari tarixi Dunyo dinlari tarixi Dunyo dinlari tarixi
Fransuz tili Fransuz tili Fransuz tili
Geografiya Geografiya Geografiya Geografiya Geografiya Geografiya Geografiya
Fizika Fizika Fizika Fizika Fizika Fizika Fizika
Informatika va axborot texnologiyalari Informatika va axborot texnologiyalari Informatika va axborot texnologiyalari Informatika va axborot texnologiyalari Informatika va axborot texnologiyalari Informatika va axborot texnologiyalari Informatika va axborot texnologiyalari
Ingliz tili Ingliz tili Ingliz tili
Jahon tarixi Jahon tarixi Jahon tarixi Jahon tarixi Jahon tarixi Jahon tarixi Jahon tarixi
Ma’naviyat asoslari Ma’naviyat asoslari Ma’naviyat asoslari Ma’naviyat asoslari Ma’naviyat asoslari Ma’naviyat asoslari Ma’naviyat asoslari
Nemis tili
Ona tili Rus tili Qoraqalpoq tili Tojik tili Turkman tili Qirg‘iz tili Qozoq tili
Organik kimyo Organik kimyo Organik kimyo Organik kimyo Organik kimyo Organik kimyo Organik kimyo
O’zbek tili
O’zbekiston tarixi O’zbekiston tarixi O’zbekiston tarixi O’zbekiston tarixi O’zbekiston tarixi O’zbekiston tarixi O’zbekiston tarixi
Rus tili Rus tili

Скачать годовые календарно-предметные планы и учебники на 2021-2022 учебный год для 10 класса по всем предметам.

План работы 10 класса на 2021-2022 год скачать

Годовые планы работы по литературе для 10 класса — скачать;

Годовой план работы по родному языку для 10 класса — скачать;

Годовой план работы по биологии для 10 класса — скачать;

План работы по физике для 10 класса — скачать;

Годовой план работы по географии для 10 класса — скачать;

Годовой план работы по всемирной истории для 10 класса — скачать;

Годовой план работы по истории Узбекистана для 10 класса — скачать;

Годовой план работы на 10 класс по предмету государственно-правовые основы — скачать;

Годовой план работы по физической культуре на 10 класс — скачать;

Годовые планы работы 10-11 классов по предмету CHQBT — скачать.

Годовой план работы по химии на 10 класс — скачать;

Годовой план работы по английскому языку на 10 класс — скачать;

Годовой план работы по предмету Немецкий язык для 10 класса — скачать;

Годовой план работы по предмету французский язык для 10 класса — скачать;

Годовой план работы по предмету узбекский язык для 10 классов — скачать;

Годовой план работы по предмету Русский язык (национальный) для 10 класса — скачать;

Годовой план работы по русскому языку для 10 класса — скачать.

Сборник учебников для 10 класса.

узбекский, русский, каракалпакский, таджикский, туркменский, киргизский, казахский
Литература Часть 1 Литература Часть 2 Литература Часть 1 Литература Часть 2 Литература Литература Литература Литература Литература
Основы алгебры и анализа. Основы геометрии, алгебры и анализа. Основы геометрии, алгебры и анализа. Основы геометрии, алгебры и анализа. Основы геометрии, алгебры и анализа. Основы геометрии, алгебры и анализа. Основы геометрии, алгебры и анализа. Геометрия
Основы алгебры и анализа. Геометрия Часть 2 Основы алгебры и анализа. Геометрия Часть 2 Основы алгебры и анализа. Геометрия Часть 2 Основы алгебры и анализа. Геометрия Часть 2 Основы алгебры и анализа. Геометрия Часть 2 Основы алгебры и анализа. Геометрия Часть 2 Основы алгебры и анализа. Геометрия часть 2
Биология Биология Биология Биология Биология Биология Биология
Первоначальная подготовка перед проектом Первоначальная подготовка перед проектом Первоначальная подготовка перед проектом Первоначальная подготовка перед проектом Первоначальная подготовка перед проектом Первоначальная подготовка перед проектом Первоначальная подготовка перед проектом
Основы государства и права Основы государства и права Основы государства и права Основы государства и права Основы государства и права Основы государства и права Основы государства и права
История мировых религий История мировых религий История мировых религий История мировых религий История мировых религий История мировых религий История мировых религий
французский это французский язык
французский язык
География География География География География География География
Физика Физика Физика Физика Физика Физика Физика
Информатика и информационные технологии Информатика и информационные технологии Информатика и информационные технологии Информатика и информационные технологии Информатика и информационные технологии Информатика и информационные технологии
английский английский английский
Всемирная история Всемирная история Всемирная история Всемирная история Всемирная история Всемирная история Всемирная история
Основы духовности Основы духовности Основы духовности Основы духовности Основы духовности Основы духовности
немецкий язык
Родной язык Русский Каракалпакский Таджикский Туркменский Киргизский Казахский
Органическая химия Органическая химия Органическая химия Органическая химия Органическая химия Органическая химия Органическая химия

узбекский язык
История Узбекистана История Узбекистана История Узбекистана История Узбекистана История Узбекистана История Узбекистана
русский язык
русский язык

Sizni ushbu maqolalar ham qiziqtirishi mumkin:

  1. 1-sinflar uchun yillik ish rejalar va darsliklar 2021-2022
  2. 2-sinflar uchun yillik ish rejalar va darsliklar 2021-2022
  3. 3-sinflar uchun yillik ish rejalar va darsliklar 2021-2022
  4. 4-sinflar uchun yillik ish rejalar va darsliklar 2021-2022
  5. 5-sinflar uchun yillik ish rejalar va darsliklar 2021-2022
  6. 6-sinflar uchun yillik ish rejalar va darsliklar 2021-2022
  7. 7-sinflar uchun yillik ish rejalar darsliklar 2021-2022
  8. 8-sinflar uchun yillik ish rejalar darsliklar 2021-2022
  9. 9-sinflar uchun yillik ish rejalar darsliklar 2021-2022
  10. Barcha fanlardan yillik ish rejalar 2021-2022 1-11-sinf