Таълим / Образование
12. Suv tansiqligi tufayli dehqonlarimiz bu yil ancha qiynalishdi. Ushbu gapda qaysi soʻz tufayli nutq aniqligi buzilgan? tansiq (tanqis boʻlishi kerak; paronim bilan bogʻliq xatolik)
Ona Tili Darsliklari – Скачать mp3 бесплатно
Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу Ona Tili Darsliklari в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию Onlayn Ona Tili Darslari Fonetika 1 Dars длительностью 31 мин и 18 сек, размер файла 41.19 MB.
Сейчас слушают
Se Jeg Gir Deg Wendy
Пан Карпо Группа Ламборджині
Chiroyingdan Gullarga Ber
Э Фью Моментс Лейтер
Кукушка Танец На 9 Мая
Weekend Heroes Dufus Dmitry Molosh Remix
Friday Night Funkin Anniversary Mod Acelerant Bonus Song
Asian Music Oriental Sounds
Underswap Death By Synths Песня Напстатона
Guy Kills Rockstar Remix By Post Malone
Ja Ja English Come Secure
Bigo Hot 1 Main Kuda Kudaan Sama Guling
Night Lovell Polozhenie Bass Boseted
Shukurullo Isroilov Ishonmasman Uzbek Prikol Music
That S Way It Is Red Dead Redemption 2
Try To Explain Individual Shuffle Ready Version The Flaming Lips
Tural Sedali Qoca Dunya Remix
African Boy Y R S Gwaup
Бургит Сени Акам Деганман
Таълим / Образование
Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади. Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 10-синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин.
Сўнгги йилларда нашр қилинган дарсликлар
Ўзбек тилида | На русском |
---|---|
Адабиёт 1 қисм (2017) Адабиёт 2 қисм (2017) Адабиёт (2022) |
Литература 1 часть (2017) Литература 2 часть (2017) Литература (2022) |
Алгебра ва анализ асослари Геометрия. 1 қисм (2017) Геометрия (2022) |
Алгебра и начала анализа Геометрия. 1 часть (2017) |
Алгебра ва анализ асослари Геометрия. 2 қисм (2017) Алгебра (2022) |
Алгебра и начала анализа Геометрия. 2 часть (2017) |
Биология (2017) Биология (2022) |
Биология (2017) Биология (2022) |
Чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик (2017) Чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик (2022) |
Начальная допризывная подготовка (2017) |
Давлат ва ҳуқуқ асослари (2017) | Основы государства и право (2017) |
Дунё динлари тарихи (2017) | История религий мира (2017) |
Француз тили (2017) | Французский язык (2017) |
География (2017) География (2022) |
География (2017) География (2022) |
Физика (2017) Физика (2022) |
Физика (2017) Физика (2022) |
Информатика (2017) Информатика (2021) |
Информатика (2017) |
Инглиз тили (2017) | Английский язык (2017) |
Жаҳон тарихи (2017) Жаҳон тарихи (2022) |
Всемирная история (2017) Всемирная история (2022) |
Маънавият асослари (2018) | Основы духовности (2017) |
Немис тили (2017) | Немецкий язык (2017) |
Она тили (2020) Она тили (2022) |
Русский язык (2017) Русский язык (2022) |
Кимё (2017) Кимё (2022) |
Химия (2017) Химия (2022) |
Рус тили (2017) Рус тили (2022) |
Узбекский язык (2017) Узбекский язык (2022) |
Ўзбекистон тарихи (2017) Ўзбекистон тарихи (2022) |
История Узбекистана (2017) История Узбекистана (2022) |
Тарбия (2021) | Воспитание (2021) |
Ўхшаш мавзулар
Мактаб ўқувчиларига ижарага берилган дарсликлар йўқолса қанча жарима тўланади?
2017-2021 ҳаракатлар стратегияси дастури
Тарбия фанидан 1-11 синф ўқувчилари учун дарслик ва ўқув қўлланмалар
11-синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар
9 синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар
Мустақил ўрганувчилар учун корейс тили дарслиги
0.3 M марта кўрилди
- ← Таълимга оид президент фармони лойиҳаси эълон қилинди
- Психологияга оид термин ва атамалар изоҳли луғати →
39 thoughts on “ 10 синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар ”
- Мила Payshanba Avgust 31st, 2017 at 07:57 Здравствуйте, спасибо за вашу работу. А учебники по другим предметам для 10 будут? Когда? И методички тоже. .
- admin Payshanba Avgust 31st, 2017 at 20:45 Здравствуйте, рад что вам хоть чем-то помог. Учебники пока есть только эти, как будут ещё добавлю здесь же.
- КамронбекDushanba Sentyabr 11th, 2017 at 17:56 admin….
Iltimos, agar iloji bo’lsa darsliklarning qaysilariga yillik dars ishlanmalar bo’lsa dr.k1998@mail.ru elektron manziliga jo’natvoring….
Agar buning uchun bowqa web-sahifani tavsiya etsangiz ham mamnun bo’lardim, agar rus tilida bo’lsa ham yana yaxshi….
Hikmat yusupov 10-11-sinf ona tilidan savol-javoblar 11-sinf ona tili (2018) Oʻzbek tili va uning taraqqiyoti
2. Biznes, biznesmen, millioner, savdogar, fermer, janob, kapital, parlament, firma kabi soʻzlar davr taqozosiga koʻra ijobiy boʻyoq kasb etmoqda. Ilgari bu soʻzlar qanday boʻyoqqa ega boʻlgan? Salbiylik
3. Dasturchi, ahdnoma, kafolatnoma; idoralararo, hukumatlararo, davlatlararo; nodavlat, nohukumat, notijorat, nomoddiy; mahalliylashtirish, kompyuterlashtirish, modellashtirish kabi yasalayotgan yangi soʻzlar oʻzbek tilining qaysi imkoniyatlari asosida yuzaga kelgan? Oʻzbek tilining ichki imkoniyatlari
4. Maʼnaviyat, millatparvar, qadriyat, jarroh, matbaa, muallif, munaqqid, tashxis, tijorat kabi soʻzlar qaysi yoʻl bilan tilimizga kirib kelgan? Eskirgan deb qaralgan soʻzlarni qaytadan tilga olib kirish yoʻli bilan
5. Vazir, viloyat, tuman, hokim, zobit kabi yangi soʻzlar qaysi yoʻl bilan yuzaga kelgan? Til tabiatiga uygʻun tarzda yangi maʼnolar yuklash yoʻli bilan
6. Kolxoz, sovxoz, ateist kabi soʻzlar hozirda qaysi zaxiradan joy olgan? Nofaol zaxiradan
NUTQ MADANIYATI
1. Soʻzingga ehtiyot boʻl, boshing ketmasin,
Tilingga ehtiyot boʻl, tishing sinmasin.
Nutq odobi haqidagi ushbu bayt qaysi asardan olingan? “Qutadgʻu bilig”
2. “Qutadgʻu bilig” asarida qoʻllangan “til ardami” birikmasining maʼnosi nima? Nutq odobi
3. Bilib soʻzlasa, soʻz donolik sanaladi,
Nodonning soʻzi oʻz boshini yeydi.
Nutq odobi haqidagi ushbu bayt qaysi asardan olingan? “Qutadgʻu bilig”
4. “Odobning boshi til” maqoli qaysi asarda qoʻllangan? “Devon-u lugʻotit turk”
5. Aql koʻrki soʻzdir va til koʻrki ‒ soʻz,
Kishi koʻrki yuzdir, bu yuz koʻrki ‒ koʻz.
Nutq odobi haqidagi ushbu bayt qaysi asardan olingan? “Qutadgʻu bilig”
6. Bir deganni ikki demak xush emas,
Soʻz chu takror topti, dilkash emas.
Nutq odobi haqidagi ushbu bayt muallifi kim? Navoiy
7. Tilshunoslikda nutq madaniyati termini qaysi maʼnolarda qoʻllaniladi? 1) tildan bemalol, maqsadga va nutqiy vaziyatga muvofiq tarzda foydalana olish, nutqda zaruriy sifatlarning barchasini mujassamlashtira bilishni taʼminlaydigan koʻnikma, malaka va bilimlarning jami; 2) tilshunoslikning tildan maqsadga va nutq vaziyatiga muvofiq tarzda foydalanish, nutqda zaruriy sifatlarni mujassamlashtirish qoidalarini ilmiy asosda oʻrganish va oʻrgatish bilan shugʻullanuvchi boʻlimi
8. Oʻzbek tilining taraqqiyoti, eng avvalo, uning qaysi sathida namoyon boʻladi? Leksik sathida
MADANIY NUTQ VA UNI SHAKLLANTIRUVCHI ASOSIY SIFATLAR
1. Nutqning madaniyligini taʼminlaydigan kommunikativ sifatlarning asosiylari qaysilar? Toʻgʻrilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, joʻyalilik
2. Ipidan ignasigacha iborasining maʼnodoshi qaysi? Miridan sirigacha, qilidan quyrugʻigacha
3. Ipidan ignasigacha iborasining varianti qaysi? Ignasidan ipigacha
4. Istarasi issiq iborasining variantini aniqlang. Yulduzi issiq, sitorasi issiq
5. Istarasi issiq iborasining ziddini aniqlang. Soʻxtasi sovuq
6. Qanday nutq madaniy nutq hisoblanadi? Kommunikativ sifatlarni oʻzida mujassamlashtirgan nutq
7. Nutqning qaysi kommunikativ sifati nutq madaniyatining 1-bosqichi sanaladi? Toʻgʻrilik sifati
8. Nutqning qaysi kommunikativ sifatlari nutq madaniyatining 2-bosqichi – oliy bosqichi sanaladi? Aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, joʻyalilik
NUTQNING TOʻGʻRILIGI
Yozma nutqning toʻgʻriligi va meʼyor
1. Oʻzbek adabiy tilida qanday meʼyorlar mavjud? 1) leksik (soʻz qoʻllash) meʼyorlar; 2) talaffuz meʼyorlari; 3) soʻz yasalish meʼyorlari; 4) morfologik meʼyorlar; 5) sintaktik meʼyorlar; 6) uslubiy meʼyorlar.
2. Oʻzbek tilidagi grammatik meʼyorlarga koʻra ega shaxs boʻlmasa, u koʻplik sonda boʻlsa-da, kesim koʻplik qoʻshimchasini oladimi? Olmaydi (Qushlar sayradi. Osmonda oq bulutlar suzib yuribdi)
3. Ich-etini yemoq iborasining variantini aniqlang. ichini yemoq, etini yemoq
4. Ich-etini yemoq iborasining maʼnodoshini aniqlang. Oʻz yogʻiga oʻzi qovrilmoq
5. Kayfi buzuq iborasining maʼnodoshini aniqlang. Taʼbi xira, taʼbi tirriq
6. Kayfi buzuq iborasining oʻxshashini aniqlang. Avzoyi buzuq
7. Nutq madaniyati haqidagi taʼlimotning markaziy masalasi nima? Nutqning toʻgʻriligi
8. Madaniy nutqning boshqa barcha kommunikativ sifatlari qaysi xususiyat boʻlgandagina yuzaga kela oladi? Toʻgʻrilik
9. Nutqning qaysi sifati boshqa barcha kommunikativ sifatlarning poydevori vazifasini bajaradi? Toʻgʻrilik
10. Nutqning qaysi kommunikativ sifati nutq tarkibi va qurilishining amaldagi adabiy til meʼyorlariga toʻla mosligi asosida yuzaga keladi? Toʻgʻrilik
11. Qaysi uslubda muayyan estetik maqsad bilan adabiy til meʼyorlaridan chekinish mumkin? Badiiy uslubda
12. Oʻzbek tilidagi grammatik meʼyorlarga koʻra ega shaxs boʻlmasa, u koʻplik sonda boʻlsa-da, kesim koʻplik qoʻshimchasini olmaydi. Ammo A. Qodiriy nima maqsadda Kumushbibining qora koʻzlari jiq yoshga toʻlib, kipriklari yosh bilan belandilar shaklida gap tuzgan? Tasvirga erka bir ohang baxsh etish uchun
13. Savodxonlikni taʼminlash asosi nima? Imlo qoidalari
14. Adabiy tilning yozma shaklida toʻgʻrilik sifatining taʼminlashi uchun yana ikki turli meʼyorga amal qilish lozim. Ular qaysilar? 1) imlo (orfografik) meʼyorlari; 2) tinish belgilari (punktuatsion) meʼyorlari.
15. Qaysi til hodisasi yozuvning harflar, raqamlar kabi boshqa vositalari hamda soʻzlar, morfemalar kabi til birliklari bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turlicha fikriy munosabatlarni, psixologik va intonatsion holatlarni ifodalashda favqulodda muhim oʻrin tutadi? Tinish belgilari
16. Omonim sanaladigan koʻz ilgʻamas iborasining maʼnosini izohlang. 1) bilinar-bilinmas, mayda; 2) cheksiz, poyoni koʻrinmaydigan.
17. U shu qorongʻuzor bilan qoʻshilishib ketgandek va qorongʻulikning quchogʻiga kira borgandek mevazorning ichkarisiga yura bordi. Ushbu gapda badiiy maqsad bilan soʻz yasalishi meʼyoridan chekinish holati qaysi soʻzda kuzatiladi? qorongʻuzor
18. Qanday nutq toʻgʻri nutq boʻla olmaydi? Adabiy til meʼyorlariga amal qilinmasdan tuzilgan nutq
19. Til unsurlaridan til qonuniyatlariga uygʻun, jamiyat taraqqiyotining muayyan davrida barqarorlashgan ijtimoiy-nutqiy amaliyot va anʼanaga muvofiq holda foydalanish qoidalari nima deb ataladi? Adabiy meʼyor
20. Gapning egasi shaxs boʻlmasa, u koʻplik sonda boʻlsa-da, kesim koʻplik qoʻshimchasini olmaydi. Ammo nima uchun Kumushbibining qora koʻzlari jiq yoshga toʻlib, kipriklari yosh bilan belandilar gapida bu qoidaga amal qilinmagan? Badiiy uslubdagi gap boʻlgani uchun
21. Nutqda maʼnodosh soʻzlardan toʻgʻri va oʻrinli foydalanish qaysi meʼyorga asoslanadi? Leksik (soʻz qoʻllash) meʼyor
22. Yoʻq, qorin janoblari toʻqlar, ertalab baliq yegan edik, faqat choy boʻlsa kifoya, – dedi u kulib. Ushbu gapda adabiy til meʼyorlariga nomuvofiq qoʻllangan, ammo badiiy vazifa bajargan birliklar qaysilar? janoblari soʻzi va toʻqlar soʻzidagi -lar qoʻshimchasi
23. Orif aka saratonning jazirama, kunlaridan birida, Ergashga bergan vaʼdasiga muvofiq, bogʻlardan xabar olgani Koʻykiga chiqib ketdi. Ushbu gapda yozma nutqning qaysi meʼyori buzilgan? Tinish belgisini qoʻllash (jazirama soʻzidan keyin vergul boʻlmaydi)
24. Oʻgʻli Hasanboyni bagʻriga mahkam bosib, shunday deyishni diliga tukkan Maʼrufjon Hayitboyevni suhbatga tortamiz. Ushbu gapda qaysi soʻzda imlo meʼyori buzilgan? tukkan (tuggan boʻlishi kerak)
25. Chol salmoqlab gap boshladi: – E, xotin oʻlmaydigan odam bormi? Ushbu gapda yozma nutqning qaysi meʼyori buzilgan? Tinish belgisini qoʻllash (xotin soʻzidan keyin vergul tushib qolgan)
26. It beparvo, eshaklarga yondash ketyapti. Ushbu gapda adabiy tilning qaysi meʼyori buzilgan? Leksik meʼyor (paronim soʻz xato qoʻllangan)
27. Bilmadim, mehmon kelibdi shekilli. Ushbu gapda yozma nutqning qaysi meʼyori buzilgan? Tinish belgisini qoʻllash (shekilli soʻzidan oldin vergul tushib qolgan)
28. Fuqarolar yigʻinlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishda jamoatchilik komissiyalarining oʻrni sezilarli boʻlayapti. Ushbu gapda qaysi soʻzda imlo meʼyori buzilgan? boʻlayapti (boʻlyapti boʻlishi kerak)
NUTQNING ANIQLIGI
Nutqning aniqligi va badiiy nutq
1. Valad arabcha soʻz boʻlib, qanday maʼnoni ifodalaydi? Bola
2. Avlod soʻzi oʻzbek tilida qaysi maʼnolarda ishlatiladi? 1) bir ota-bobodan tarqalgan nasl; 2) bir davrda tugʻilib oʻsgan kishilar.
3. Ajdod soʻz arabcha boʻlib, oʻzbek tilida qanday maʼnoga ega? Ilgari oʻtgan nasl-nasab, ota-bobolar
4. Miryoqub gʻururining kaltaklanishidan kelgan bir zaharxanda bilan kuldi, injener esa burungi kular yuzini ham niqtalab oldi. (Choʻlpon) Ushbu gapda gʻururning kaltaklanishi birikmasi qanday maʼno nozikligiga ega? Gʻururni azobli darajada poymol qilmoq
5. Miryoqub gʻururining kaltaklanishidan kelgan bir zaharxanda bilan kuldi, injener esa burungi kular yuzini ham niqtalab oldi. (Choʻlpon) Ushbu gapda kular yuzini niqtalamoq birikmasi qanday maʼno nozikligiga ega? Keskin va tamoman toʻxtatmoq
6. Oddiy nutqda Qor yonadi deyilsa, nutqning aniqligi buzilgan boʻladimi? Buzilgan boʻladi
7. Qalovini topsang, qor yonadi gapida ostiga chizilgan qismda nutqning aniqligi buzilgan boʻladimi? Buzilgan boʻlmaydi (Badiiy nutq boʻlgani uchun fikr goʻzal, obrazli va mubolagʻali ifodalangan)
8. Soʻzning tildagi maʼnosiga tamomila muvofiq tarzda qoʻllanishi, soʻzning voqelikdagi oʻzi ifodalayotgan narsa-hodisa bilan qatʼiy mosligi asosida yuzaga keladigan kommunikativ sfat nima deb ataladi? Nutqning aniqligi
9. Avlodlar merosini oʻrganamiz. Ushbu gapda nutqning qaysi sifati buzilgan? Aniqlik sifati (ajdodlar boʻlishi kerak)
10. Aniq nutq tuzish uchun qaysi til birliklaridagi maʼno oʻziga xosliklarini yaxshi tasavvur qilish kerak? Shakldosh, maʼnodosh, koʻp maʼnoli soʻzlar, paronimlar, soʻzlarning uslubiy boʻyogʻi
11. 1. Korxonaga yangi zamonaviy texnologiya oʻrnatildi. 2. Korxonaga yangi zamonaviy texnologiya oʻrnatildi. Qaysi gapda nutqning aniqligiga putur yetgan? 1-gapda
12. Suv tansiqligi tufayli dehqonlarimiz bu yil ancha qiynalishdi. Ushbu gapda qaysi soʻz tufayli nutq aniqligi buzilgan? tansiq (tanqis boʻlishi kerak; paronim bilan bogʻliq xatolik)
13. Badiiy-tasviriy vositalarning rang-barangligi doston oʻqimishliligini oshirgan. Ushbu gapda qaysi soʻz tufayli nutq aniqligi buzilgan? oʻqimishli (oʻqishli boʻlishi kerak)
14. Boshqa shaxsning kechirmalarini tushunish, oʻzingni uning oʻrnida his qilish masalasiga kelganda esa fan buni inkor etmaydi. Ushbu gapda qaysi soʻz tufayli nutq aniqligi buzilgan? kechirma (kechinma boʻlishi kerak)
15. Keyin, Qoʻchqor aka, bu robotlar juda arzonga tushadi, yoqilgʻi kerak emas – batareyalardan oziqlanadi. Ushbu gapda qaysi soʻz tufayli nutq aniqligi buzilgan? yoqilgʻi (yonilgʻi boʻlishi kerak)
16. Nihoyat, u horgʻin koʻz qobiqlarini ochdi. Ushbu gapda qaysi soʻz tufayli nutq aniqligi buzilgan? qobiq (qaboq boʻlishi kerak)
17. Goʻzal qiz Oysuluvning basharasidan ter quyilar edi. Ushbu gapda qanday soʻz tufayli nutq aniqligi buzilgan? Maʼnodosh soʻz (chehrasidan boʻlishi kerak)
18. Bolani ariqning narigi tomoniga oʻtqazib qoʻydi. Ushbu gapda qanday soʻz tufayli nutq aniqligi buzilgan? Paronim soʻz (oʻtkazib qoʻydi boʻlishi kerak)
19. Bilaman uzoqning ishi qiyin. Bir ogʻiz mujda yuborish shunchalik mushkul edimi? Ushbu gapda qanday soʻz tufayli nutq aniqligi buzilgan? Maʼnodosh soʻz (xabar boʻlishi kerak)
20. Nutqning aniqlik sifati qaysi nutqda oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi? Badiiy nutqda
21. Qaysi nutqda obrazlilik asosiy boʻlganligi uchun soʻz maʼnosidagi siljishlar, koʻchishlar koʻp kuzatiladi? Badiiy nutqda
22. Bahor keldi – Bahor yashillik bilan yasanib keldi. Berilgan gaplarning qaysi biri oddiy, qaysi biri badiiy nutq shakli? 1-oddiy, 2-badiiy nutq
NUTQNING MANTIQIYLIGI
Mantiqiylik va nutq kompozitsiyasi
1. Har qanday nutqning tayanchi, har qanday nutq sogʻlomligining zamini nima? Mantiq va grammatika
2. “Grammatika odamlar nutqini togʻrilagani kabi ‒ u shuning uchun ham vujudga kelgandir ‒ mantiq ilmi ham xato kelib chiqishi mumkin boʻlgan joyda tafakkurni toʻgʻri yoʻldan olib borish uchun aqlni toʻgʻrilab turadi. Grammatikaning tilga va til ifodalariga boʻlgan munosabati mantiq ilmining aql va aqliy tushunchalarga boʻlgan munosabati kabidir”. Ushbu fikr kimga tegishli? Forobiy
3. “Grammatika har doim til ifodalarida xatolar kelib chiqishi mumkin boʻlganda, tilning oʻlchovi boʻlganidek mantiq ham har doim aqliy tushunchalarda xato kelib chiqishi mumkin boʻlganda, aql oʻlchovidir”. Ushbu fikr kimga tegishli? Forobiy
4. Traktor va mashinalar yelday uchadi gapi mantiqiy tuzilganmi? Mantiqiy tuzilmagan (traktor yelday uchmaydi)
5. Nutqning mantiqiyligi ifoda nuqtayi nazaridan koʻproq tilning qaysi sathlari bilan bogʻliq? Morfologiya va sintaksis
6. 1. Loqaydlik tufayli koʻrsak ham, indamaymiz. 2. Koʻrsak ham, loqaydlik tufayli indamaymiz. Qaysi gapda jumladagi soʻzlar tartibi toʻgʻri va mantiqiy qoʻllangan? 2-gapda
7. Matnda bogʻlilikning qaysi 3 jihatini farqlash maqsadga muvofiq? 1) mazmuniy bogʻliklik; 2) mantiqiy bogʻlilik; 3) kompozitsion bogʻlilik.
8. Matnda mazmuniy bogʻlilik nimalarning qoʻllanilishi orqali namoyon boʻladi? Abzas va mustaqil gaplarni bogʻlovchi leksik-grammatik vositalar (leksik takrorlar, koʻrsatish va 3-shaxsdagi kishilik olmoshlari)
9. Matnda mantiqiy bogʻlilik nimalarning qoʻllanilishi orqali namoyon boʻladi? Gaplar, abzaslar oʻrtasidagi mantiqiy munosabatlarning funksional-sintaktik vositalar (demak, shunday ekan, shunday qilib, bundan tashqari, xullas kabi kirish soʻzlar, yuqorida, quyida, endi, bundan keyin kabi soʻz va soʻz shakllari, va, hamda, ammo, lekin, biroq kabi bogʻlovchilar orqali)
10. Matnda kompozitsion bogʻlilik nimalarning qoʻllanilishi orqali namoyon boʻladi? Qayd etmoq lozimki, aniqki, taʼkidlamoq joizki, yuqorida aytib oʻtilgani kabi sintaktik qurilmalar orqali
11. Inshoning kompozitsion qurilishi qaysi qismlardan iborat boʻladi? Kirish, asosiy qism, xulosa
12. Koʻplar ogʻizlari bilan tinglardilar gapi qanday nutqda mantiqsiz, qanday nutqda mantiqli sanaladi? Nobadiiy nutqda mantiqsiz, badiiy nutqda mantiqiy
13. Nutqda til vositalarining mantiq va toʻgʻri tafakkur qonuniyatlariga mos tarzda mazmuniy birikishi qaysi kommunikativ sifatga tegishli? Mantiqiylik
14. Har doim til ifodalarida xatolar kelib chiqishi mumkin boʻlganda tilning oʻlchovi boʻladigan til boʻlimi qaysi? Grammatika
15. Soʻzlovchi mantiqan toʻgʻri nutq tuzishi uchun ona tili fanining qaysi boʻlimlariga oid bilimlarga ega boʻlishi kerak? Leksikologiya va grammatika
16. Tilshunoslikning qaysi sohasiga doir bilimlar soʻzlarning bogʻlanish munosabatlarini muvofiqlashtirib turadi? Grammatika (morfologiya va sintaksis)
17. Demak, shunday ekan, yuqorida, quyida, va, hamda, ammo kabi funksional-sintaktik vositalar orqali matnning qaysi jihatlari namoyon boʻladi? Mantiqiy bogʻlilik
NUTQNING SOFLIGI
Nutqning sofligi va badiiy nutq
1. Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarning asosiylari qaysilar? 1) shevaga xos soʻz, ibora, grammatik shakllar, urgʻu va talaffuz; 2) oʻrinsiz qoʻllangan chet soʻz va soʻz birikmalari (varvarizmlar); 3) “ishlamaydigan” yoki parazit soʻzlar; 4) idoraviy soʻz va iboralar (kanselyarizmlar)
2. Fargʻona shevasidagi buvak soʻzi adabiy tilda qanday ataladi? Chaqaloq
3. Nutqda oʻrinsiz qoʻllangan chet soʻz va soʻz birikmalari nima deb ataladi? Varvarizmlar
4. Nutq sofligini buzadigan idoraviy soʻz va iboralar nima deb ataladi? Kanselyarizmlar
5. Nutq sofligini buzadigan dagʻal, haqorat soʻz va iboralar nima deb ataladi? Vulgarizmlar
6. Tilshunoslikda parazit soʻzlar koʻproq qanday nutqda ishlatiladi? Ogʻzaki nutqda
7. Shuytib kepqoganman-da men bu yoqlarga, bolam. Ushbu gapda nutqning sofligi qaysi unsur yordamida buzilgan? Sheva unsuri
8. Xoʻjayin, shu, shu, desangiz. Shu… bizning mashina dovonning naryogʻida, shu, radiatori teshilib, shu, qolib ketibdi. Ushbu gapda nutqning sofligi qaysi unsur yordamida buzilgan? Parazit soʻzlar
9. Sizlarnikdek situatsiyada har qanday bola ham bunday natijalarga erisholmaydi. Ushbu gapda nutqning sofligi qaysi unsur yordamida buzilgan? Varvarizm
10. Oʻgʻilginamni yaxshi bilasan, qoʻydek yuvosh bola. Kelinim, yashamagur, uni ham rasvo qildi. Ushbu gapda nutqning sofligi qaysi unsur yordamida buzilgan? Vulgarizm
11. Rasmiy-idoraviy qoliplashgan soʻz va iboralar qaysi uslubdagina qoʻllaniladi? Rasmiy uslubda
12. Personajning madaniy-maʼnaviy saviyasini kinoyaviy taʼkidlash maqsadida, yaʼni estetik maqsad bilan rasmiy-idoraviy qoliplashgan iboralar qanday matnda qoʻllanilishi mumkin? Badiiy matnda
13. Aytilmoqchi boʻlgan fikrni yetarli darajada aniq tasavvur qilmaslik, fikrlar oʻrtasidagi tizimli munosabat idrokining yetishmasligi, fikrning quyilib kelmasligi natijasida nutq oqimida yuzaga keladigan uzilishni, qandaay boʻlmasin, “yopish”, tegishli uygʻun ifodani oʻylab topish uchun ketadigan vaqtda nutqning yaxlitligini taʼminlash ehtiyoji bilan bogʻliq holatda ayni maʼnosidan begona qilingan holatda qoʻllansa, nima deb ataladi? Parazit soʻzlar
14. Badiiy nutqda personajlarning milliy mansubligi, madaniy-maʼrifiy saviyasiga urgʻu berish uchun oʻzbek tiliga kirib oʻzlashmagan chet soʻz va birikmalar qoʻllansa, ular nima deb ataladi? Varvarizmlar
15. Badiiy matnda soʻzlovchi nutqiy malakasining yetarli emasligini koʻrsatish uchun qoʻllanadigan soʻz va birikmalar nima deb ataladi? Parazit soʻzlar
16. Badiiy nutqda qahramonning muayyan hududga mansubligini taʼkidlash maqsadi bilan ishlatiladigan soʻzlar nima deb ataladi? Shevaga xos soʻzlar
17. Nutqda e-e-e, hm-m-m, he-yey-ye kabi tovush “oqim”lari, xoʻ-oʻ-oʻsh, haligi, anaqa, masalan, demak, shu, innankeyin, yaʼni, aytaylik, bildingizmi, tushundingizmi, men sizga aytsam, gap shundaki, qarang kabi lugʻatlarda aniq maʼnosi mavjud soʻz va iboralar ayni maʼnosidan begona qilingan holda qoʻllansa, bunday soʻzlar nima deb ataladi? Parazit soʻzlar
18. Badiiy nutqda qahramon ichki dunyosi, tarbiyalanganlik darajasini boʻrttirib ifodalash niyatida dagʻal va haqorat soʻz-iboralar qoʻllansa, ular nima deb ataladi? Vulgarizmlar
19. Pisatellarning dachasi bor deb eshitardim. Ushbu gapda nutqning sofligini buzgan unsur nima? Varvarizm
20. – O, yaxshi ekan. Yozda Toshkentda nafas oboʻmiy qoladi… Bilasiz-ku oʻziyiz? Ushbu gapda nutqning sofligini buzgan unsur nima? Sheva unsuri
21. Boya… toʻsatdan boʻlganiga… shoshib qopmiz. Shunga… haligi…soʻragan pulingizni opkeldim. Ushbu gapda nutqning sofligini buzgan unsurlar nimalar? Parazit va shevaga xos soʻzlar
22. Endi Qizilsoyga yaqin borsang, oʻldiraman, juvonmarg! Ushbu gapda nutqning sofligini buzgan unsur nima? Vulgarizm
23. Sabzavotlar bir ovozdan qozonga tushishdi. Choynakning oʻrni boʻshatilsin. Ushbu gaplarda nutqning sofligini buzgan unsur nima? Kanselyarizm
24. Nutqning qaysi belgisi adabiy til va jamiyatdagi maʼnaviy-axloq qoidalariga yot boʻlgan unsurlardan xoliligi bilan belgilanadi? Nutqning sofligi
25. Badiiy matnlarda personajning madaniy-maʼrifiy saviyasini kinoyaviy taʼkidlash maqsadida qanday til birliklaridan foydalaniladi? Rasmiy-idoraviy qoliplashgan soʻz-iboralar (kanselyarizmlar)
NUTQNING BOYLIGI
1. Nutqning boylik sifati boshqa uslublarga qaraganda qaysi uslubda alohida oʻrin tutadi? Badiiy uslubda
2. Nutqning boyligini taʼminlashda qaysi til vositalari ishtirok etadi? Leksik, semantik, grammatik, intonatsion vositalar
3. Oʻz ijodida 26 mingdan ortiq soʻz qoʻllagan ijodkor kim? Navoiy
4. Qaysi til vositasi nutq boyligini taʼminlashda katta imkoniyatga ega? Maʼnodoshlik
5. Oʻz ijodida 21 mingdan ortiq soʻz qoʻllagan ijodkor kim? Pushkin
6. Nutq taʼsir va tasvir quvvatini namoyon qilishi uchun qaysi sifatga ega boʻlishi zarur? Boylik sifatiga
7. Qaysi nutq uslubida atayin takrorlardan foydalaniladi? Badiiy uslubda
8. Matnda soʻz, soʻz birikmasi, gap takroridan qochishning eng qulay yoʻllaridan biri nima? Maʼnodoshlik
9. Ayni bir til unsuri nutqda qanchalik kam takrorlangan boʻlsa, bu nutqning qaysi darajasi shunchalik yuqori boʻladi? Boylik darajasi
10. Kapalaklarni aytmaysizmi? Bir-birini quvlab guldan gulga qoʻnayotgan kapalaklarga mahliyo boʻlmay ilojing yoʻq. Oʻtkir oʻrtoqlari bilan gul terib yurib, chiroyli kapalakka koʻzi tushib qoldi. Ushbu matnda nutq boyligiga putur yetkazgan unsure nima? Soʻz takrori
11. Qaysi nutq uslubida atayin takrorlardan foydalaniladi? Badiiy uslubda
12. Nutqning boylik darajasini pasaytiruvchi jihat qaysi? Soʻzlarni oʻrinsiz takrorlash
13. Bu gʻayritabiiy vajohatga toʻla sas oʻtovda keng, ogʻir poʻstinga oʻralguncha endigina uyqu toʻriga chirmalgan Ermanga shunchaki itning ovozi emas, balki yer bagʻirlab oʻrmalab kelayotgan baloyi azim – qirq ming oyoqli yovuz, dahshatli bir maxluqning sharpa – sadosidek tuyuldi. Ushbu gapda nutq boyligiga xizmat qiluvchi asosiy unsur nima? Maʼnodosh soʻzlar
14. Nutqning qaysi sifati tegishli fikr ifodasi uchun qoʻllangan til birliklarining xilma-xilligi, rang-barangligi bilan oʻlchanadi? Boylik sifati
NUTQNING JOʻYALILIGI
Joʻyalilik va uslublar
1. Har qanday nutq ifodalanmoqchi boʻlgan axborotnng mazmuni, tinglovchi yoki oʻquvchining yoshi, ijtimoiy maqomi, nutqning ogʻzaki yoki yozma ekanligi, nutq vaziyatiga toʻla mos kelishi zarur. Bu taʼrif nutqning qaysi sifatiga xos? Nutqning joʻyaliligi (soʻzni nutqda oʻrinli qoʻllash)
2. Kichkintoylar nutqida “Sogʻlikda koʻrishaylik! Omon boʻlsak, albatta, koʻrishamiz!” kabi iboralar qoʻllansa, nutqning qaysi xususiyati buziladi? Joʻyalilik
3. Bolalarni tarbiyachi oʻz oldiga chaqirib, minnatdorchilik bildiradi. Ushbu gapda qaysi soʻz nojoʻya qoʻllangan? Minnatdorchilik bildirmoq
4. Yaqin kishisini yoʻqotgan odamdan koʻngil soʻrash, unga taʼziya bildirish uchun tuziladigan nutqda qaysi soʻz oʻrnida vafot etmoq, olamdan koʻz yummoq, oʻtib qolmoq, u dunyoga ketmoq kabi “yumshoqroq” muqobillari qoʻllaniladi? Oʻlmoq
5. Kecha aytishdi, qabristonning tepasiga “Xush kelibsiz” deb yozilgan emish. Ushbu gapda nutqning qaysi sifatiga putur yetgan? Joʻyalilik
6. Negadir men Sirojni yoqtirar edim. Beozor, dilkash, odamoxunligi uchunmi, bilmayman, haytovur, yaxshi koʻrardim. 4-sinf oʻquvchisi nutqidan olingan ushbu gapda qaysi soʻzlar nojoʻya qoʻllangan? beozor, dilkash, odamoxun, haytovur
7. Bobom nimagadir xafa. – Keldingmi, doʻndigʻim? – deb xomush jilmaydilar. Ushbu parchada qaysi soʻz nutq joʻyaliligini buzgan? doʻndigʻim
8. Bashirjon unga qaradi-yu: “Ha, nima boʻldi?” – deb soʻradi ayolning boshidagi oq roʻmoliga ishora qilib.
– Uzoqroq bir qarindoshimiz kecha…
- Hm-m! – dedi boshliq hissiz. – Oʻldimi?
9. Vafo attor unga yaqin kelib, kafti bilan kesib gapirdi: “Mani sintim (yoshim) yetmish ikkida. Oʻttiz ikki pora kalomi sharifni xatm qilganman. Mullo sifotinda shariat nomidan fatvo beramankim, shul maxluqi olloh, yaʼni xari badbaxt eshshakning rangi kabut, yaʼni koʻkdur va yana qornida homilasi bordur”. Ushbu parchada nutqning qaysi sifati buzilgan? Joʻyalilik
10. Vafo attor unga yaqin kelib, kafti bilan kesib gapirdi: “Mani sintim (yoshim) yetmish ikkida. Oʻttiz ikki pora kalomi sharifni xatm qilganman. Mullo sifotinda shariat nomidan fatvo beramankim, shul maxluqi olloh, yaʼni xari badbaxt eshshakning rangi kabut, yaʼni koʻkdur va yana qornida homilasi bordur”. Ushbu parchada diniy vaʼz uslubini qaysi uslubga koʻchirish natijasida yumoristik kulgi yuzaga kelgan? Soʻzlashuv uslubiga
11. Bir uslubga xoslangan soʻz, ibora, sintaktik qurilma yoki shu kabi birlikning boshqasiga oʻtkazilishi natijasida nutqning qaysi sifatiga putur yetadi? Joʻyalilik
12. Jamgʻarmoq soʻzi koʻproq qaysi uslubga xoslangan? Rasmiy uslubga
13. Ramazon aytuvchilar koʻpayib ketgan edi… Mabodo ulardan oldinroq biror eshikka borib qolsak, jamgʻargan narsalarimizni zoʻravonlik bilan tortib olishardi. Ushbu parchada qaysi soʻz nojoʻya ishlatilgan? jamgʻargan
14. Nutqning qaysi sifatini taʼminlashda soʻzlovchi va tinglovchining maqomi, yosh xususiyatlari hisobga olinadi? Joʻyalilik
15. Er hurpayib, ikki kun yigʻladi. Oxiri, bolasini koʻtarib, uydan chiqib ketdi. Bechora mushtipar er, bolani bagʻriga bosib, yigʻlab-yigʻlab onasinikiga ketyapti. Oʻgʻil bola yor-yor bilan uydan chiqib ketdimi, qoʻshgani bilan qoʻsha qarisin ekan, bola koʻtarib, uyga qaytib kelgulik qilmasin ekan. Ushbu parchada er va xotinning maqomini atayin almashtirish natijasida yaratilgan kulgi nutqning qaysi sifati buzilishi asosida yuzaga kelgan? Joʻyalilik
NUTQNING IFODALILIGI
1. Ifodalilik qaysi nutqning zaruriy sifatlaridan hisoblanadi? Badiiy nutqning
2. Qaysi nutq uslubida ifodalilikka nisbatan kamroq eʼtibor qaratiladi? Rasmiy uslubda (rasmiy ish qogʻozlarida)
3. Nutq ifodaliligining bitmas-tuganmas manbalari qaysilar? Tilning tovush qurilishi, soʻz xazinasi, morfologik shakllar, sintaktik birliklar, intonatsiya
4. Tilda ifodalilikni taʼminlashga xizmat qiladigan imkoniyatlar tilning qaysi birliklarida mavjud? Tilning barcha birliklarida
5. Tilning lugʻat boyligidagi soʻzlar bilan frazeologik iboralar solishtirilganda qaysi birining ifodalilik nuqtayi nazaridan imkoniyati sezilarli darajada katta? Iboralar
6. Tilning qaysi birligining deyarli barchasi ekspressivlikka, obrazlilikka, alohida ifodalilikka ega? a) tovush b) soʻz c) qoʻshimcha d) ibora
7. Yetti uxlab tushiga kirmagan iborasining soʻz bilan ifodalangan maʼnodoshi nima? Kutmagan
8. Uchiga chiqqan iborasining soʻz bilan ifodalangan maʼnodoshi nima? Oʻtaketgan
9. Yer bilan osmoncha iborasining soʻz bilan ifodalangan maʼnodoshi nima? Beqiyos (juda)
10. Turgan gap iborasining soʻz bilan ifodalangan maʼnodoshi nima? Albatta
11. Ikki dunyoda ham iborasining soʻz bilan ifodalangan maʼnodoshi nima? Hech qachon
12. Yeng ichida iborasining soʻz bilan ifodalangan maʼnodoshi nima? Yashirin
13. Frazeologik iboralar oʻz maʼnodoshlari boʻlmish soʻzlarga nisbatan qaysi jihatlar yorqin aks etadi? Maʼnoni kuchli ifodalash, obrazlilik
14. Iboralarning asosiy qoʻllanish oʻrni, yashash joyi, asosan, qaysi uslub sanaladi? Badiiy uslub
15. Qaysi uslublarda iboralar deyarli qoʻllanmaydi? Ilmiy va rasmiy uslublarda
16. Majlisda unga: “Sen bola, chuchvarani xom sanab yuribsan. Shoshma hali, joʻjani kuzda sanaymiz. Bu qanaqasi, sirkang suv koʻtarmaydigan boʻlib qopti”, – deyishdi. Ushbu gapda nechta ibora qoʻllangan? 3 ta
17. Nutqda deyarli barcha asosiy holatlarda soʻzning qanday maʼnosi emotsional-ekspressiv boʻyoqdorlik kasb etadi? Koʻchma maʼno
18. Koʻchimning qaysi turida soʻzlovchining tasvirlanayotgan narsa yoki tushunchaga kesatiqli, pichingli, istehzoli, umuman, subyektiv-kulgi aralash munosabatini ifodalash vositalaridan boʻlganligi uchun ham soʻz yoki iboraning toʻgʻri maʼnosiga zid, yaʼni inkor, emotsional-ekspressiv boʻyoqli maʼno voqelanadi? Kinoya
19. Bu yerga termulib parishon dunyo, Toʻgʻrilab oladi qoʻlda soatin. Ushbu misralarda ostiga chizilgan soʻzda qaysi maʼno koʻchishi mavjud? Metonimiya
20. Koʻchimning qaysi turida soʻz yoki ibora oʻz maʼnosiga tamomila qarama-qarshi boʻlgan koʻchma maʼnoda ishlatiladi? Kinoya
21. Manglayi tirishar zinapoyaning,
Panjara kuylaydi misoli chiltor.
Terlab ketganini koʻrsang oynaning…
Hamma narsa seni kutar intizor.
Ushbu sheʼriy parchada qancha metafora qoʻllangan? 3 ta
22. Koʻchimning qaysi turida soʻz yoki iboraning tildagi maʼnosi bilan nutqda reallashgan koʻchma maʼnosi oʻrtasidagi zidlik kuchli taʼkid oladi va shunga koʻra birdaniga diqqatni jalb etadi? Kinoya
23. Kinoyaviy qoʻllangan soʻz yoki ibora qaysi nutqda oʻziga xos intonatsiya bilan aytiladi? Ogʻzaki nutqda
24. Bugun jugʻrofiya oʻqituvchisi darsga kelmadi. Xomtok qilaman deb soʻridan yiqilib, oyogʻini sindiribdi. Ajoyib “xushxabar”dan keyin sinf boʻshadi-qoldi. Ushbu parchada ostiga chizilgan soʻzlarda koʻchimning qaysi turlari qoʻllangan? Kinoya va metonimiya
25. Kinoyaviy qoʻllangan soʻz yoki ibora qaysi nutqda koʻpincha qoʻshtirnoq bilan ajratiladi? Yozma nutqda
26. Oʻxshatishlar qaysi unsurlardan tarkib topadi? 1) oʻxshatiladigan narsa (yoki subyekt); 2) oʻxshatish etaloni; 3) oʻxshatish asosi; 4) oʻxshatishning shakily koʻrsatkichi
27. Yigit musichadek beozor ekan misolida oʻxshatishunsurlarini aniqlang. Yigit – oʻxshatiladigan narsa, musicha – oʻxshatish etaloni, beozor – oʻxshatish asosi, -dek – oʻxshatishning shakily koʻrsatkichi
28. Oʻxshatishlarning turlari qaysilar? 1) erkin oʻxshatishlar; 2) turgʻun (doimiy) oʻxshatishlar
29. Erkin oʻxshatishlar yana qanday atama bilan ataladi? Original oʻxshatishlar
30. Oʻxshatishning qaysi turi yozuvchining oʻz ijodiy mahsuli sanaladi? Erkin oʻxshatish
31. Oʻxshatishning qaysi turida oʻxshatish etalonida ifodalangan obraz barqarorlashgan boʻladi? Turgʻun oʻxshatishda
32. Oʻxshatishning qaysi turi vaqtlar oʻtishi bilan til jamoasida urfga kirib, domiy ifodalar sifatida turgʻunlashgan, umumxalq tilidan joy olib ulgurgan boʻladi? Turgʻun oʻxshatish
33. Miryoqub ikki kishining pichirlashib gaplashganini eshitdi, yuragi objuvoz likopiday ura boshladi gapida oʻxshatishning qaysi turi qoʻllangan? Erkin oʻxshatish
34. Uning bu xislati ham hammaga otning qashqasiday maʼlum. Ushbu gapda oʻxshatishning qaysi turi qoʻllangan? Turgʻun oʻxshatish
35. Maydalab oʻrilgan sochlardek egatlarga taralgan suvlar – nay koʻksidan oqayotgan ohanglar kabi sirli-sirli jildiraydilar. Ushbu gapda oʻxshatishning qaysi turi qoʻllangan? Erkin oʻxshatish
36. Bolalari qoʻrqqanlaridan baqadek qotib qolishdi. Ushbu gapda oʻxshatishning qaysi turi qoʻllangan? Turgʻun oʻxshatish
37. Nutqda ifodalilikni shakllantirishda nimalar qatnashadi? Iboralar, koʻchimlar, kinoya, oʻxshatishlar
38. Til vositalarini ifoda maqsadiga toʻla tarzda tanlash asosida nutqning qaysi kommunikativ sifati yuzaga chiqadi? Ifodalilik
39. Nutqning ifodaliligini taʼminlovchi fonetik vositalar – bir xil tovush bilan boshlanuvchi soʻzlar koʻpincha nutqning qaysi shaklida kuzatiladi? Badiiy nutqda
40. Qaroq qoshing, qalam qoshing, qiyiq qayrilma qoshing, qiz,
Qilur qatlima qasd qayrab – qilich qotil qaroshing, qiz.
Ushbu sheʼriy parchada q tovushining takrori natijasida nutqning qaysi sifati yuzaga kelgan? Ifodalilik
41. Yaratish zavqidan sipqorgin toʻyib,
Kelajak poyiga baxsh etgin jonni.
Ozodlik, obodlik baxtini suyib,
Boshingga koʻtargin Oʻzbekistonni.
Ushbu sheʼriy parchada nutqning ifodaliligini yuzaga keltiruvchi iboralar necha oʻrinda qoʻllangan? 2 oʻrinda
42. Ignaday narsani tuyaday qilmoq iborasining soʻz bilan ifodalangan maʼnodoshi qaysi? Boʻrttirmoq
43. Igna ustida oʻtirmoq iborasining soʻz bilan ifodalangan maʼnodoshi qaysi? Bezovta boʻlmoq
44. Qoʻy ogʻzidan choʻp olmagan iborasining soʻz bilan ifodalangan maʼnodoshi qaysi? Yuvosh, moʻmin
45. Tegganga tegib, tegmaganga kesak otadigan iborasining soʻz bilan ifodalangan maʼnodoshi qaysi? Xira, tegajoq
46. Qutlugʻ joy koʻp erur ushbu dunyoda,
Yulduzni koʻzlagan lochin ham talay.
Ushbu sheʼriy parchada nutqning ifodaliligini yuzaga keltiruvchi lochin soʻzida koʻchimning qaysi turi yuzaga kelgan? Metafora
47. Nutq ifodaliligini yuzaga keltiruvchi qaysi unsur asosida ikki narsa yoki tushunchani qiyoslash yotadi, yaʼni ikki narsa yoki tushuncha oʻrtasidagi muayyan munosabat (oʻxshashlik, aloqadorlik, umumiylik) asosida tasviriylik, ifodalilik, aniqlikni kuchaytirish maqsadi bilan ulardan birining nomi ikkinchisiga koʻchiriladi? Koʻchimlar asosida
48. Qozonning qulogʻi birikmasida qanday metafora qoʻllangan? Doimiy metafora
49. Toki gʻolib ekan muzaffar oʻlka, Shaʼniga sheʼr aytmoq shoirga odat. Ushbu parchada koʻchimning qaysi turi qoʻllangan? Metonimiya
50. Undan-ku bir tirnoq – men qoldim. Yaxshimi, yomonmi, har qalay, ismini familiya qilib yuribman. Ushbu gapda tirnoq soʻzi koʻchimning qaysi turiga mansub? Sinekdoxa
Fargʻona, Xorazm sor, lochinlari.
Ushbu sheʼriy parchada ostiga chizilgan soʻzlarda koʻchimning qaysi turi qoʻllanilgan? Metafora
52. Oʻzbek Navoiyni oʻqimay qoʻysa, Oltin boshning kalla boʻlgani shudir. Ushbu sheʼriy parchada ostiga chizilgan soʻzda koʻchimning qaysi turi qoʻllanilgan? Metonimiya , va metafora
53. Undan keyin sizning dasturxoningizni solib, qoʻlingizga suv berib qizingizning choklarini tikishib, xizmatingizni qilib yotardim. Ushbu gapda ostiga chizilgan soʻzda koʻchimning qaysi turi qoʻllangan? Sinekdoxa
54. Kamarlar odatda togʻning belida, shamoldan pana, atrof yaxshi koʻrinadigan yerda boʻladi. Ushbu gapda koʻchimning qaysi turi qoʻllanilgan? Metafora
55. Yuzlari tandirdan endi uzilgan noonday qizil, moʻlovli biro dam uloq boshiga keldi. Ana shu moʻylov bakovul boʻldi. Ushbu parchada ostiga chizilgan soʻzda koʻchimning qaysi turi qoʻllangan? Sinekdoxa
56. Yoqimli hid dimogʻini qitiqladi. Ushbu gapda koʻchimning qaysi turi qoʻllanilgan? Metafora
57. Balki, tush koʻrganday qolursiz hayron, Eshitib Toshkentning sabr-u toqatin. Ushbu gapda ostiga chizilgan soʻzda koʻchimning qaysi turi qoʻllangan? Metonimiya
58. Toshbolta unga ham ikki ogʻiz “shirin” gaplaridan aytmoqchi edi, qizning koʻzlariga koʻzi tushib, shashtidan qaytdi. Ushbu gapda ostiga chizilgan soʻzda koʻchimning qaysi turi qoʻllanilgan? Kinoya
59. 1. Shakuriy muallim bolaning burroligi, zakovatidan behad quvondi. 2. Mulla Ostonaquldagi zehn burroligi yeti yilda ham “Haftiyak”dan nari oʻtishga yoʻl qoʻymadi. Berilgan qaysi gapda burroligi soʻzi kinoya asosida qoʻllangan? 2-gapda
60. Kulmasdan chidab boʻlmaydigan maqomlarda u ham kuladi, lekin u kulish – kasal odamning kulishiday ogʻir, bir xil sovuq hazillarday malol keltiruvchi boʻlardi. Ushbu gapda oʻxshatishning qaysi turi qoʻllanilgan? Erkin oʻxshatish
61. Til vositalarini ifoda maqsadiga toʻla muvofiq tanlash asosida qaysi kommunikativ sifati yuzaga chiqadi? Ifodalilik
NUTQ MADANIYATI VA NUTQ TEXNIKASI
1. Nutq texnikasini yetarli darajada egallashda umumiy tarzda boʻlsa-da, qanday bilimlardan boxabar boʻlish kerak? Fonetikaga doir bilimlardan
2. Nutq texnikasi deganda nimalar nazarda tutiladi? Ovozning sifati, nutq jarayonida toʻgʻri nafas olish, tovush va tovush qoʻshilmalarini aniq talaffuz qilish – aniq diksiya, nutq oqimining mazmun ifodasiga uygʻun tarzda tez yoki sekinligi
3. Nutqda yaxlit ohangning shakllanishida qaysi unsurlar qatnashadi? Urgʻu, toʻxtam (pauza), mazmuniy-hissiy intonatsiya
4. Hovliga ikki bolali ayol kirib keldi gapida qaysi soʻzdan keyin toʻxtam boʻlsa, “Hovliga bolasi bor ikkita ayol kirib keldi” mazmuni anglashiladi? Ikki soʻzidan keyin
5. Hovliga ikki bolali ayol kirib keldi gapida qaysi soʻzdan keyin toʻxtam boʻlsa, “Hovliga ikkita bolasi bor bitta ayol kirib keldi” mazmuni anglashiladi? Ikki bolali birikmasidan keyin
6. Qaysi unsur gapning mazmuniy-hissiy yoʻnalishini koʻrsatadi? Intonatsiya
7. Gapning mazmuniy hissiy turlari qaysilar? Darak, soʻroq, undov gaplar va h.k
8. 1. Ona bolalariga ertag-u naqllarni aytib berdi. 2. Ona bolalariga ertag-u naqllarni aytib berdi? 3. Ona bolalariga ertag-u naqllarni aytib berdi! Uchala gapda nimaning oʻzgarishi gapning boshqa mazmuniy turi yuzaga kelishiga sabab boʻlgan? Intonatsiya
9. Olma (ot) – olma (feʼl), akademik (ot) – akademik (sifat) soʻz juftliklarida nima maʼno farqlashga xizmat qilgan? Soʻz urgʻusi
Ona tili 10-sinf
Android Application Ona tili 10-sinf, Разработанный Turkiston, Перечислен В Категории Книги И Справочники. Текущая Версия 1.0.0, Выпущенная На 30/07/2018 . Согласно Google Play Ona tili 10-sinf, Достигнуто Более 61 Тысяча. Ona tili 10-sinf В Настоящее Время Имеет Рейтинги 104 Со Средней Номинальной Стоимостью 4.1
Родной язык
<> Учебник для студентов средних образовательных агентств <> national
Республика Узбекистан
People
Министерство Лими, одобренное
“Национальная энциклопедия Узбекистана”
Авторство: N. м Махмудов, а. Штрих Собиров,
y. р. Одилов, г. Штрих Ziyodullayeva
В Настоящее Время Мы Предлагаем Версию 1.0.0. Это Наша Последняя, самая Оптимизированная Версия. Это Подходит Для Многих Разных Устройств. Бесплатно Скачать Непосредственно Apk Из Google Play Store Или Других Версий. Более Того, Вы Можете Скачать Без Регистрации И Не Требуется Входа В Систему.
У Нас Есть Более 2000+ Доступных Устройств Для Samsung, Xiaomi, Huawei, Oppo, Vivo, Motorola, LG, Google, OnePlus, Sony, Tablet . С Таким Количеством Вариантов, Вам Легко Выбрать Игры Или Программное Обеспечение, Которое Соответствует Вашему Устройству.
Это Может Пригодиться, Если Есть Какие -Либо Страновые Ограничения Или Какие -Либо Ограничения Со Стороны Вашего Устройства В Google App Store.