O ZBEKISTON RESPUBLIKASIICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
Tadbir davomida Andijon tumanining “Yangi Andijon” massividagi qurilish hamda obodonlashtirish ishlari koʻzdan kechirildi. Massiv hududiga dastavval 1200 ta archa, pavloniya hamda kashtan koʻchatlari ekilib, yil davomida 3000ga yaqin yangi koʻchatlar ekish va parvarishlash rejalashtirilgan.
X Odamlar 5: Birinchi sinf (2011) (O’zbek tilida)
Filmda professor Charlz Xavier va Magnetoning qanday shakllanganliklari, Xavier mutant bolalar uchun professorlik maktabini tashkil etish jarayoni va qiyinchiliklari tasvirlanadi. Mutantlarni qanday o’qitish va unga qarshi bo’lgan davlat siyosati haqida gap boradi. Shu borada filmning asosiy syujeti qilib Xavier va Magneto eng yaxshi do’stlar qanday qilib bir-biriga ashaddiy dushmanga aylangaliklari haqida gap boradi. Ushbu filmni tamosha qilishingizni tavsiya etamiz chunki X odamlar kinolarini bu qismisiz tushunish qiyin.
X Odamlar 5: Birinchi sinf uzbek tilida
G’aroyib odamlar 5: Birinchi sinf uzbek tilida
Savol: Kinolarda nima uchun Ruscha, Inglizcha, Ispancha yoki boshqa tillardagi joylari bor?
Javob: Chunki Televidenyalarda beriladigan kinolarda uyatsiz joylari yoki juda shafqatsiz kadrlar qirqiladi. Biz esa siz kinoni to’liq tushunib yetishingiz uchun kinoni qirqmasdan (qirqilgan joylarini boshqa tillarda) joylab boramiz!
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
Aholi muammolariga eʼtibor qaratish hamda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash yuzasidan Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo ishchi guruh Andijon tumanida oʻrganish olib bordi
Maktabgacha taʼlim muassasalarida sharoitlarni yaxshilash hamda maktablarda oʻquvchilarni hunarga oʻrgatish ishlarini baholash maqsadida Andijon tumanida joylashgan 55-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi faoliyati oʻrganildi.
Taʼlim maskani 604 nafar oʻquvchilar uchun moʻljallangan boʻlib, unda namuna sifatida yoshlarni hunarga oʻrgatish vazifasi ijroga qaratilgan. Maktabda 10 va 11 sinf oʻquvchilari uchun savat toʻqish, koʻrpacha tikish, mebel taʼmirlash, poyabzal tuzatish, qandolatchilik, tayyor mahsulot qadoqlash, shirinliklar va ovqat pishirish, chevarlik hamda tikuvchilikka moslashgan oʻquv sinflari faoliyat yuritmoqda.
Yoshlarni muammolarini oʻrganish va ular oʻrtasidagi nizoli vaziyatlarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha maktab qoshida faoliyat olib boruvchi inspektor psixolog xodimning faoliyati bilan ham tanishildi. Yoshlarni taʼlimga yoʻnaltirish, maʼnaviyatli va barkamol boʻlib ulgʻayishiga qaratilgan dasturlarning ijrosi taʼminlanishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Eʼtiborlisi mazkur maktabning hunarga oʻrgatish boʻyicha namunali faoliyati bilan boshqa viloyatlarning xalq taʼlimi masʼullari va tuman xodimlari tajriba almashish amaliyoti keng yoʻlga qoʻyilgan.
Shuningdek Ichki ishlar vaziri tomonidan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikni mahallabay jilovlash dasturlarining ijrosi borasida “Sadda tagi” mahallasida shakllantirilgan beshlikning hamkorlik masalalariga jiddiy eʼtibor qaratilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.
Yil davomida bironta jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻymagan “Sadda tagi” mahallasi profilaktika inspektori A.Abrorovning xizmat faoliyati namunali, deb baholandi va uning ijobiy tajribasini boshqa mahallalarda joriy qilish topshirildi.
Aholining turmush tarzini yaxshilash borasidagi ishlarni oʻrganish jarayonida “Sadda tagi” mahallasida eksperiment tariqasida barpo etilgan sendvich paneldan iborat yengil konstruksiyali yigʻma uylar Mamadaliyevlar xonadoni misolida tanishildi.
Tadbir davomida Andijon tumanining “Yangi Andijon” massividagi qurilish hamda obodonlashtirish ishlari koʻzdan kechirildi. Massiv hududiga dastavval 1200 ta archa, pavloniya hamda kashtan koʻchatlari ekilib, yil davomida 3000ga yaqin yangi koʻchatlar ekish va parvarishlash rejalashtirilgan.
Ushbu massivdagi 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻquvchilar uchun yaratilgan yoʻl harakati xavfsizligi xonasi oʻrganildi. Maʼlum boʻlishicha mazkur oʻquv xonalari ayni kunda viloyat boʻyicha 64 ta maktab va 85 ta bolalar bogʻchasida yaratilib, zaruriy jihozlangan.
Oʻrganish ishlari jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda soha rahbarlarining ish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Ishchi guruh oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.
IIV Axborot xizmati