Ona tili, 8 sinf, Qodirov M, 2019
24. Xalq dostonlari mazmuniga ko’ra necha turga bo’linadi?
Oʻzbekiston: 18 yoshgacha boʻlganlar uchun: ingliz tilidan olimpiadada qatnashib, Macbook yutib oling!
Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va yoshlarning xorijiy tillar boʻyicha savodxonlik darajasini oshirish maqsadida “Aqlliavlod.uz” taʼlim platformasi jamoasi tomonidan Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti Respublika miqyosida 4-bosqichli “Aqlli avlod” onlayn olimpiadasi tashkil etilmoqda. Mazkur olimpiada ingliz tilidan boʻlib oʻtadi. Olimpiadada ingliz tili darajasi B1 darajada boʻlgan, 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar qatnashishi mumkin.
Olimpiadada ishtirok etish istagida boʻlgan talabgorlar mustaqil ravishda @aqlliavlodbot tizimida roʻyxatdan oʻtadilar va olimpiada sinov-shartlari bilan oldindan tanishadilar. Birinchi bosqichdan uchinchi bosqichgacha boʻlgan ishtirokchilar @aqlliavlodbot rasmiy bot yuborgan havola orqali saralanadi.
Olimpiada ishtirokchilari roʻyxatdan oʻtish vaqtida shaxsiy maʼlumotlarining toʻgʻri va aniq toʻldirilayotganligiga ahamiyat berishlari lozim. Olimpiadada 3 saralashdan oʻtgan har bir nomzodning telefon raqamiga maxsus ID kod yuboriladi. Ushbu kod orqali ishtirokchining (shaxsiy kabineti) faollashtiriladi.
Olimpiada 5 bosqichda oʻtkaziladi:
1-bosqich (20-sentyabrdan 20-oktyabrgacha): Saralash (onlayn shaklda). Olimpiadada ishtirok etuvchi nomzodlar @aqlliavlodbot orqali yuborilgan maxsus havoladagi 30 ta test savollari boʻyicha oʻz bilimlarini sinaydi. Ishtirokchi nomzodlarning natijalari 50 balldan yuqori boʻlganda keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. Tuzilgan savollar hamkor oʻquv markazlari va loyiha tashkilotchilari tomonidan tayyorlanadi.
2-bosqich (10-15-noyabr): Saralash (onlayn shaklda) jarayonidan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilar @aqlliavlodbot orqali yuborilgan maxsus havoladagi 40 ta test savollari boʻyicha oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazadilar, shuningdek, qoʻshimcha tarzda yozish koʻnikmalarini (writing skills) sinovdan oʻtkazish maqsadida maʼlum mavzuda 300 soʻzdan iborat insho matnini yuboradilar. Ishtirokchi nomzodlarning natijalari 70 balldan yuqori boʻlganda keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. Tuzilgan hamkor oʻquv markazlari va loyiha tashkilotchilari tomonidan tayyorlanadi.
3-bosqich (10-15-yanvar): Saralash (onlayn shaklda) jarayonidan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilar @aqlliavlodbot orqali yuborilgan maxsus havoladagi 25 ta test savollari boʻyicha oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazadilar, shuningdek, qoʻshimcha tarzda oʻqish koʻnikmalarini (reading skills) sinovdan oʻtkazish maqsadida oldindan belgilab qoʻyilgan mavzuda matn bilan tanishib, matndagi 5 ta savolga aniq va kreativ javoblar matnini yuboradilar. Ishtirokchi nomzodlarning natijalari 80 balldan yuqori boʻlganda keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritishadi. Tuzilgan savollar hamkor oʻquv markazlari va loyiha tashkilotchilari tomonidan tayyorlanadi.
4-bosqich: Yakuniy bosqich (oflayn shaklda) saralash jarayonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan belgilangan viloyatda 3 kunlik xorijiy tillarga ixtisoslashgan oromgohda ishtirok etadilar, ishtirokchilar oromgohda “AqlliAvlod” onlayn olimpiadasining yakuniy bosqichi uchun oʻz bilimlarini Reading, Writing, Speaking va Grammar koʻnikmalari boʻyicha sinovdan oʻtkazadilar. Oliy sovrinni qoʻlga kiritish (5-bosqich) uchun ishtirokchilar belgilangan maʼlum mavzuda motivatsion 300 soʻzli insho yozadilar. Tuzilgan savollar hamkor oʻquv markazlari va loyiha tashkilotchilari tomonidan tayyorlanadi.
Olimpiada gʻoliblarini ragʻbatlantirish
Olimpiadada qatnashib sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan yoshlarga I, II, II darajali QR kodli diplom hamda quyidagi sovgʻalar taqdim etiladi.
1-oʻrin: Macbook hamda maxsus medal.
2-10-oʻringacha egallagan barcha ishtirokchilarga Cefr imtihonlari uchun toʻlov miqdori toʻlab beriladi, shuningdek, maxsus medallar taqdim etiladi.
Olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etgan har bir ishtirokchiga maxsus QR-kodli sertifikatlar, olimpiadaning logolari aks etgan maxsus soat, xorijiy tillardagi sara adabiyotlar toʻplami, polo-futbolka va sumkalar taqdim etiladi.
Ona tili, 8 sinf, Qodirov M., 2019
Учебник по родному языку для 8 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Til – fikrni bayon etish va o‘zgalar fikrini tushunishning eng asosiy vositasi. U o‘z vazifasini og‘zaki va yozma shaklda bajaradi. Til ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: adabiy nutq va sheva nutqi. Faqat adabiy nutq yozma shaklga ega. Shevaning belgilab qo‘yilgan qonuniy me’yorlari yo‘q.
SHARAFLI BURCH.
Bir kuni mavlono Alisher Navoiy mulozimlari bilan otda uzoq tog‘ sayridan qaytib kelayotgan edi. Yo‘l qabriston
oralab o‘tar ekan. Qabristonga yuz qadamlar qolganda mavlono otdan tushib, boshini quyi solib yo‘lida davom etibdi. Mulozimlari ham otlaridan tushib, uning ortidan ergashibdilar. Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib, yo‘lda davom etishibdi. Biroz yurishgandan so‘ng mulozimlar shoirning qabristonga yaqinlashganda
otdan tushishi sababini so‘rabdilar. Alisher Navoiy ancha vaqt sukut saqlab turibdi-da, keyin mulozimlaridan norozi ohangda shunday deb javob beribdi:
– Bu yerda xalqimizning jigargo‘shalari, tabarruk padari buzrukvorlari mangu uyquga ketganlar. Bular yonidan ot choptirib, changitib o‘tish insonlik sha’niga isnoddir, nahotki shuni ham bilmasalaring? Buni bilmaslik – tiriklikdagi o‘liklik. Ota-bobolarimiz xokini, xotirasini e’zozlamoq har bir kishining sharafli burchidir.
Mulozimlar otasi oldida ayb ish qilib qo‘ygan boladek to Hirotning qorasi ko‘ringuncha tillarini tishlab, aqlini peshlab boribdilar.
MUNDARIJA.
Kirish.
1-dars. «So‘zdan so‘zning farqi bor.».
2-dars. Adabiy nutq me’yorlari. Nutqning ko‘rinishlari.
1-BO‘LIM O‘TILGANLARNI TAKRORLASH.
3-dars. Mustaqil so‘z turkumlari.
4-dars. Yordamchi so‘zlar.
5-dars. Undov, taqlid va modal so‘zlar.
6-dars. Olmoshning ma’no turlari.
7-dars. Ravishning ma’no turlari.
8–9-darslar. Nazorat ishi va tahlili.
2-BO‘LIM IJODIY MATN. INSHO VA UNING TURLARI.
10-dars. Ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn.
11-dars. Insho – ijodiy ish.
12-dars. Inshoning mavzu va mazmuniga ko‘ra turlari.
13-dars. Insho rejasi.
14-dars. Sodda va murakkab rejalar.
15-dars. Adabiy mavzulardagi insholar.
16-dars. Erkin mavzudagi insholar.
17-dars. Inshoga epigraf tanlash.
18-dars. Ilmiy insho.
19-dars. Mustahkamlash darsi.
20–21-darslar. Yozma nazorat ishi va uning tahlili.
3-BO‘LIM SINTAKSIS, OHANG VA TINISH BELGILARI.
22-dars. Sintaksis haqida umumiy tushuncha. So‘z birikmasi.
23-dars. Teng va tobe bog‘lanish.
24-dars. So‘z birikmasi va so‘zlar qo‘shilmasi, qo‘shma so‘z.
25–26-darslar. Mumtoz matn va lug‘atlar bilan ishlash.
27-dars. «Eng chiroyli va ta’sirchan nutq» tanlovi.
4-BO‘LIM GAP.
28-dars. Gapning ifoda maqsadi.
29-dars. Mumtoz matn va lug‘atlar bilan ishlash.
30-dars. Gapning tuzilishiga ko‘ra turlari.
31-dars. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
32-dars. Mustahkamlash darsi.
33-dars. Nazorat ishi.
34-dars. Nazorat ishi tahlili.
5-BO‘LIM SODDA GAP SINTAKSISI.
35-dars. Sodda gap. Gap bo‘laklari.
36-dars. Mumtoz matn va lug‘atlar bilan ishlash.
37-dars. Kesim. Fe’l kesim va ot kesim.
38-dars. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
39-dars. Sodda kesim va murakkab kesim.
40-dars. Bog‘lamalar.
41-dars. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
42-dars. Kesimning birikma va ibora bilan ifodalanishi.
43-dars. Og‘zaki nutq mahorati bo‘yicha nazorat ishi.
44–45-darslar. Nazorat ishi va tahlili.
46-dars. Ot kesim va ega orasida tirening ishlatilishi.
47-dars. Ega.
48-dars. Egali va egasiz gap.
49-dars. Atov gap.
50-dars. So‘z-gap.
51-dars. Yig‘iq va yoyiq gap.
52–53-darslàr. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
54–55-darslàr. Sodda gap va gap bo‘laklari yuzasidan tahlil.
56–57-darslar. Nazorat ishi va tahlili.
6-BO‘LIM IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLAR.
58-dars. Hol.
59–60-darslar. Mumtoz matn va lug‘atlar bilan ishlash.
61-dars. To‘ldiruvchi.
62-dars. Mumtoz matn va lug‘atlar bilan ishlash.
63-dars. Aniqlovchi va uning turlari.
64-dars. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
65–66-darslar. Nazorat ishi va tahlili.
67–68-darslar. Gap bo‘laklari tartibi.
69–70-darslar. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
71-dars. Gap urg‘usi.
72–73-darslar. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
74-dars. To‘liq va to‘liqsiz gaplar.
75-dars. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
MUSTAHKAMLASH DARSLARI.
76–77-darslar. Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari yuzasidan tahlil.
78–79-darslar. Nazorat ishi va uning tahlili.
7-BO‘LIM UYUSHIQ VA AJRATILGAN BO‘LAKLI GAPLAR, GAP BO‘LAKLARI BILAN ALOQAGA KIRISHMAYDIGAN BO‘LAKLAR.
80-dars. Gapning uyushiq bo‘laklari.
81–82-darslar. Mumtoz matn va lug‘atlar bilan ishlash.
83-dars. Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘z va unda ohang hamda tinish belgilari.
84–85-darslar. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
86-dars. Ajratilgan bo‘lakli gaplar.
87–88-darslar. Ajratilgan bo‘lakli gaplarda ohang va tinish belgilari.
89–90-darslar. Nazorat ishi va tahlili.
91-dars. Kiritmalar (Kirish so‘z).
92-dars. Undalma.
93-dars. Undalmalarda tinish belgilari.
94-dars. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
95–96-darslar. Mustahkamlash.
97–98-darslar. Nazorat ishi va tahlili.
99-dars. Ish qog‘ozlari ustida ishlash.
100-dars. Asosiy atamalar ustida ishlash.
101-dars. Takrorlash.
102-dars. Yakuniy dars va yozgi ta’tilga topshiriqlar.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Ona tili, 8 sinf, Qodirov M., 2019 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
9-sinf ona tili va adabiyot fanidan olimpiada testi 1
1.Qo’shma gapning teng huquqli qismarini bog’lashda ushbulardan qaysi biri ishtirok etadi?
1) va 2) hamda 3) ammo 4) lekin 5) chunki 6) shuning uchun
a) 1,2,5,6 b) 1,3,4,5 c) 2,3,5,6 d) 1,2,3,4
2.Bog’langan qo’shma gapni aniqlang?
a) Mashrab shuni yaxshi biladiki, shuning uchun o’rtog’ini aldamaydi.
c) Kim ichkilikdan madad istasa, go’r atrofida bo’ladi
d) Kun issiq edi, shuning uchun cho’milgani ketdi
3.Jahl-dushman, aql esa do’stdir. Berilgan gapning qismlari o’zaro qanday vosita yordamida bog’langan?
a) ohang yordamida b) zidlov bog’lavchisi yordamida
c) ayiruv bog’lovchisi yordamida d)esa so’zi yordamida
4. Zebo kuldi-da, cho’zilib tugunni oldi. Ushbu qo’shma gap qismlari nima yordamida bog’langan?
a) faqat ohang yordamida b) yuklama yordamida
c) zidlov bog’lovchisi yordamida d)ayiruv bog’lovchisi yordamida
5. Ayiruv bog’lovchisi bilan bog’langan uyushiq to’ldiruvchi gapni toping?
a) Goh oyim, goh buvim kelib turdi.
b) ortiq ishongisi kelmay, avval Avazga so’ng Turdiga qaradi.
c) Qizlar goh undan, goh bundan gaplashishdi. d) dam yig’laydi, dam kuladi.
6. Ko’p o’yla, oz so’zla. Ushbu gapda holning qaysi turi qo’llanilgan?
a) miqdor holi b) ravish holi c) maqsad holi d) sabab holi
7. Somon birovniki bo’lsa ham, somonxona o’zingniki bo’lsin. Ushbu gapdagi kesimni aniqlang?
a) bo’lsa ham b) bo’lsa ham bo’lsin
c) o’zingniki bo’lsin d) birovniki bo’lsa ham, o’zingniki bo’lsin
8. Ot bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchini toping?
a) Bir azobning bir rohati bor b) oltin kuz mevalarni g’arq pishirdi
c) supada qator o’tiribmiz d) shu paytda uy eshigi ochildi
9. Qaysi qatorda ega bilan kesim orasida tire, noto’g’ri qo’yilgan.
a) butun umidimiz – sendan b) bilim olish – yuksalish
c) besh karra besh – yigima besh d) hunarlini qo’li – gul
10. Otlashgan sifatdosh ega vazifasida qo’llangan misolni toping?
a) Yurgan – daryo, o’tirgan – bo’yra b) tez yurar poyezdda keldim
c) ko’pni yomonlagan, ko’muvsiz qolar d) mehr ko’rsatganni hurmat qil
11. “Alpomish“ dostonida o’n ming uyli boysun Qo’ng’irod eli ko’chayotganda Barchin nechta tuyaga sepini ortadi? a) 40 b) 50 c) 60 d) 70
12. “Qissasi Rabg’uziy” asarida quydagi so’zlarni kim aytgan: “ Ey azroyil bu kundin qiyomatga tegi manning ummatlarga, jon bermak qattiqligi bor ersa ul qattiqlikni manga yuklagil. Ul qattiqliklar manga bo’lsin ulinmatlarimga bo’lmasin”
a) Ibrohim Alayhsalom b) Muhammad Alayhsalom
c) Iso Payg’ambar d) Nuh payg’ambar
13. Asli Shahrisabzlik turkiy urug’lardan bo’lgan Xusrav Dehlaviy Nizomiydan keyin necha yildan so’ng “ Xamsa” asarini yaratadi?
A) 100 b) 150 c) 200 d) 250
14. Boysariboy Qalmoq elida qanday nom ko’tardi?
a) Cho’pon b) podshoh c) Kelganboy d) ko’chmanchi
15. Kim Alpomishga ot bermaslikka tayinlaydi?
a) Qultoy b) Qaldirg’ch c) Boybo’ri d) Ultontoz
16. Boysariboyning Boysun- Qo’ng’irot elida qancha yilqisi bor edi?
a) sanoqsiz b) 90 to’qay c) 100 to’qay d) 10000 to’qay
17. Surhayl kambir o’g’illarining ismini ketma-ket belgilang?
1-Ko’kaldosh 2-Ko’kaman 3-Ko’kqashqa 4-Boyqashqa 5-Jonqashqa 6-Toyqashqa
- 1,2,3,4,5,6,8 b) 1,2,3,4,5,6,7 c) 1,2,3,4,6,7,8 d) 1,2,3,4,5,6,7,8
a) imom b) rostgo’ylik, to’g’rilik c) qanoat d) xayru-ehson
19. Leksikologiyada nimalar o’rganiladi?
20. Ayiruv bog’lovchili qo’shma gap deb nimaga aytiladi? Misol yozing
21. Qo’shma gaplarni bog’lovchi vositalar qaysilar?
22. Qo’shma gap turlari necha xil? Misol yozing
23. Oybarchin huzuriga kim Alpomish tomonidan sovchilikka boradi?
24. Xalq dostonlari mazmuniga ko’ra necha turga bo’linadi?
25. Dostonlarda pesonajlarning tezkor va shiddatli harakatlari necha bo’g’inli she’rlar bilan ifodalanadi?
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
10 sinf ona tili olimpiada testlari
Eng ko’p beriladigan savollarga javoblar
Qanday tanlov? Matematika fanidan Xalqaro Kenguru tanlovi
Kimlar uchun? O’zbekiston Respublikasi 1-11 sinf maktab o’quvchilari uchun
Qayerda? O’zbekiston Respublikasi maktablarida ( Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Xiva, Namangan, Andijon singari barcha yirik shaharlarda)
Qachon? 2023 yil 25 martda
Qanday qilib ishtirok etishim mumkin? 10 fevralgacha qadar Olympia.uz saytida ro’yhatdan o’tish va 100 000 so’m miqdorida to’lovni amalga oshirish orqali
Qanday shaklda? Savol va beshta javob variantlari mavjud test shaklida
Tanlovdan yana nima olaman? Esdalik sovg’alari va sertifikat.
Eslatib o’tamiz, Kenguru tanlovining barcha ishtirokchilari uchun qimmatbaho sovg’alar o’yini bor. Shartlar shu yerda: https://t.me/contest_kenguru_uz/2790
Tanlov qoidalari
Imtihon o’tkazilish vaqti 1 soat 15 daqiqa davom etadi. Tanlov vazifalari 1-4 sinf bolalari uchun 24 ta savoldan iborat bo’lib, 5-11 sinf bolalari uchun esa 30ta vazifalardan tashkil topadi. Har bir savolga bor yo’g’I bitta to’g’ri javob mavjud. Vazifalar uch darajaga bo’lingan: 3 ball – oson, odatda kulgili vazifalar; 4 ball – maktab dasturiga yaqin vazifalar; 5 ball qiyin, chuqur fikrlashga undaydigan vazifalar. Belgilangan vazifaning doirasi va mazmuni uning to’liq bajarilishini talab qilmaydi; Vazifa savollariga maktab dasturidan tashqari savollardan ham tashkil topishi mumkin! Tanlov qatnashchisi eng ko’pi bilan 126 (1-4 sinflar uchun) yoki 150 (5-11 sinflar uchun) ball yig’ishi mumkin. Tanlov davomida o’quv qo’llanmalardan, konspektlardan, elekton hisoblagichlardan, boshqa elektron uskunalardan foydalanish va boshqa qatnashchilar bilan masalalarning echimlarini va javoblarini muhokama qilish man etiladi. Tanlov o’tkazilishi rasman tugatilmagunga qadar tanlov o’tkazilayotgan joyni tark etish qat’iyan man etiladi. Agarda bunga qattiq zarurat paydo bo’lgan bo’lsa qatnashchi qo’lini ko’tarib tashkilotchilarning yordami bilan galma-galdan xojatxonadan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari tanlov qatnashchisi o’z chanqoqlarini bosishlari maqsadida tashkilotchilardan suv so’rashlari mumkin (har bir imtixon o’tkazilishi ko’zda tutilgan xonalar suv va bir marotaba ishlatish uchun mo’ljallangan idishkar bilan ta’minlangan). Xojatxonaga chiqich uchun ajratilgan vaqt tanlov o’tkazilish vaqtini uzaytirilishiga olib kelmaydi. Tanlov vazifalari ustida mustaqil va halol ravishda ishlash – musobaqa ishtirokchilariga qo’yilgan tashkilotchilarning asosiy talabi; Ushbu talabga rioya etmaslik ishtirokchilarni tanlovdan chetlashtirilishlariga olib keladi, ya’ni ularning natijalari hisoblanmaydi. Tanlov yakunlanganidan so’ng, imzolangan javoblar varaqasi tanlov tashkilotchilariga topshiriladi. Hisob kitob uchun ishlatilgan varaq va tanlov vazifalari to’plamini tanlov qatnashchisi o’zi bilan olib ketishi mumkin. Tanlov ishtirokchilarining natijalari musoboqadan 1-1,5 oy o’tgach qo’shimcha ma’lumot shaklida taqdim etiladi.
- Super aksiya! Kenguru-2023 tanlovi ishtirokchilari orasida o’ynaymiz: 23.01.2023
- “Kеnguru” matematik tanlovi tashkilotchilarining aksiyasi 19.12.2022
- KENGURU-2023 TANLOVIGA RO’YXATDAN O’TISH BOSHLANDI 15.11.2022