Press "Enter" to skip to content

Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi qanday bo‘lishi kerak

10. Kitobxon. O‘quvchilar qalbida mutolaaga mehr uyg‘otish, ularni kitobga do‘st qi­lish uchun, avvalo, o‘qituvchining o‘zi kitob­xon bo‘lishi lozim.

10 sinf ona tili va adabiyot dars ishlanma

⚡️ Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test sinovlari

�� Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari barcha hududlarda 2023-yil 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

⏳ Bunda test sinovlari o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan o‘tkazilib, 10:00 da boshlanadi.

✅ Test sinovida talabgorlarga 45 ta topshiriq va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat vaqt beriladi.

�� Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

����‍�� Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 23-yanvar kunidan boshlab my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Izoh: Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga 08:30 dan boshlab shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida kiritiladi.

Ona tili va adabiyot Milliy sertifikat
: 306 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-01-19 08:23:51 | Показать пост
213
0
Ona tili va adabiyot Milliy sertifikat
: 306 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-01-15 18:49:46 | Показать пост
377
0

Assalomu alaykum, o’quvchilar!
Sovuqda qiynalmayapsizmi?
Ertadan darslarimizni boshlaymiz, inshaalloh.
ESLATMA.
Kechki guruhlardagi o’quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida darslarimiz 1 soat oldinga suriladi!
Xullas, 13.00.dagi darslarimiz 12.00.da, 15.00.dagi darslarimiz 14.00.da boshlanadi.
Bu faqat ta’til kunlariga tegishli!

Ona tili va adabiyot Milliy sertifikat
: 306 | на пост: 0 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
2023-01-11 09:17:52 | Показать пост
401
0

Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi qanday bo‘lishi kerak?

O‘n to‘rt yillik pedagogik faoliyatimdan shunday xulosaga keldimki, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari quyidagi kasbiy, shaxsiy, amaliy sifatlar sohibi bo‘lishlari kerak.

1. Notiq. Mantiq ilmiga asoslangan, haqiqiy ijodiy tafakkurga boy, go‘zal, aniq nutq sohibi bo‘lishi lozim. Zero, o‘quv­chilarni tildan maqsadli va o‘rinli foydalanishga, sof adabiy tilda so‘zla­shishga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi sof, ta’sirchan nutqiy nafosat egasi bo‘lishi talab etiladi.

2. Xattot. Ona tili fanining muhim vazifalaridan biri — o‘quvchilarni olgan bilimlarini til me’yorlariga amal qilgan holda yozma nutqda to‘g‘ri va bexato ifoda etishga o‘rgatish. Buning uchun, avvalo, o‘qituvchining o‘zi imlo qoidalari asosida yozadigan, yozma savodxon, chiroyli husnixatga ega bo‘lishi shart. Buyuk faylasuf Suqrot shunday yozadi: “Yaxshi so‘z ko‘ngilni, xushxat ko‘zni yoritadi”.

3. Lug‘atshunos. Ona tili va adabi­yot fanini o‘qitishda lug‘atlar bilan ishlash muhim ahamiyatga ega. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” so‘zlarni to‘g‘ri yozish ma­lakalarini shakllantirsa, “O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati” tilimizdagi so‘zlar­ning ma’nodoshlik qatori, nutqda ulardan o‘rinli foydalanish mahoratini rivojlantiradi. Ma­salan, 8-sinf ona tili darsligini tashkil etgan “Mumtoz matn va lug‘atlar bilan ishlash” darslari fan o‘qituvchisidan lug‘atshunos bo‘lishni talab etadi.

4. Senarist. Maktabda muhim sana va bayramlar bilan bog‘liq tadbirlar, shoir-yozuvchi, buyuk allomalarga bag‘ishlangan g‘azalxonlik, ruboiyxonlik, xotira kechalari, qo‘yingki, maktab hayoti bilan bog‘liq tadbirlar ona tili va adabiyot fani o‘qituv­chilarisiz o‘tmaydi. Tadbirlar dasturini tuzganda o‘qituvchidan ijodiy mahorat va yangicha yondashuv talab etiladi. O‘tgan yilgi senariylardan foydalanish o‘quvchini zeriktirib, mavzuga bo‘lgan qiziqishlari susayishiga olib keladi.

5. Rejissor. Rejissurasi kuchli kinofilmlar, sahna asarlari klassik asarlarga aylanganidek, rejissurasi kuchli o‘qituv­chilarining o‘quvchilari ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishadi. Bunda o‘qituvchi­ning o‘tayotgan dars, mashg‘ulot va tadbir bosqichlarini o‘quvchilar qiziqishi, qobiliyatlaridan kelib chiqib namunali tashkil etish, boshqara olish mahorati namoyon bo‘ladi.

6. Aktyor. Har bir pedagog, birinchi navbatda, “O‘qituvchi” obrazini yaratishi lozim. Uyda, ko‘chada, ish faoliyatida har xil vaziyatlar bo‘lib turadi. O‘qituv­chining vazifasi har qanday sharoitda ham o‘quvchiga yuqori optimistik ruhda sifatli ta’lim berish.

Fan nuqtayi nazaridan, ayniqsa, adabiyot darslarida, mashg‘ulot va adabiy kechalarda Navoiy, Bobur, Nodira, Zulfiya, badiiy asar qahramonlaridan Alpomish, Barchinoy, Farhod, Shirin, Otabek, Kumush obrazlarini mohirona gavdalantirish o‘quvchilarda shaxsiy sifatlarning yuksa­lib borishiga xizmat qiladi. Shuningdek, buyuk ajdodlarimiz hayotidan ibrat olish va ularga hurmat tuyg‘ulari yuksaladi.

7. San’atkor. Adabiyot ham aslida san’at — so‘z san’ati. Adabiyotni sevgan qalb, san’atning boshqa turlarini ham tu­shunadi. Shunday o‘quvchilar borki, darslikdagi mavzuga oid (ilmiy) axborotlarni a’lo bahoga o‘zlashtirolmaydi. Lekin shu mavzuga doir mo‘yqalamda, kashtada, zardo‘zlikda (san’atning boshqa turlarida) bajargan ishlari kishini lol qoldiradi. Bunda fan o‘qituv­chisidan dars, mashg‘ulot, sinfdan tashqari tadbirlarda o‘quvchilar­ning iste’dod va qobiliyatlarini anglagan holda yondashish talab etiladi.

8. Shoir-yozuvchi. Maktab davrida qo‘liga qalam olib she’r yoki hikoya qoralamagan o‘quvchining o‘zi bo‘lmasa kerak. “Yosh qalamkashlar”, “Yosh ijodkorlar” kabi to‘garaklarda “O‘zim yozgan she’rimni, hikoyamni ko‘rib bering”, deya ustoziga talpinayotgan bu yosh yuraklar­ning hammasiyam kelajakda shoir yoki yozuvchi bo‘lmasligi mumkin. Ammo ular qaysi sohani egallamasin yangilik yaratuvchi, tashabbuskor, ezgu g‘oyalar ijodkori bo‘lishlari, shubhasiz. Bunda o‘qituvchining she’riyatga, badiiy adabiyotga oshuftaligi, adabiyot qoidalaridan xabardorligi, haqiqiy she’r, badiiy qimmati yuksak asar yozishda muallif mahorati haqidagi bilimlarni o‘quvchilar qalbiga singdira olishi maqsadga muvofiqdir.

9. Jurnalist. Ommaviy axborot vositalari ta’lim jarayonini aks ettiruvchi ko‘zgudir. Jurnalistika haqidagi ilk tasavvurlar maktab devoriy gazetasi, maktab radioeshittirishlari, o‘quvchilar tayyorla­gan maxsus maktab nashrlaridan boshlanadi. O‘quvchilar respublika yoshlarining “G‘uncha”, “Tong yulduzi”, “Gulxan”, “Klass” kabi nashrlarida maqola, reportaj, taassurot, lavhalari chop etilishini, matbuot e’lon qilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lishni orzu qilishadi. Shu­ningdek, o‘qituvchining o‘zi ham faoliyati uchun muhim bo‘lgan gazeta-jurnallar bilan doimo birga bo‘lishi, o‘quvchilarni ham shunga undashi, nashrlar­ning kundalik hayotimizdagi ahamiyati haqida targ‘ibot ishlari nazarda tutiladi.

10. Kitobxon. O‘quvchilar qalbida mutolaaga mehr uyg‘otish, ularni kitobga do‘st qi­lish uchun, avvalo, o‘qituvchining o‘zi kitob­xon bo‘lishi lozim.

Agar o‘quvchilarni haqiqiy kitobxon etib tarbiyalasak, kelajakda qaysi kasbni tanlamasin, shu sohaning zabardast vakili, yaxshilik qilishni o‘z hayotiy shioriga aylantirgan barkamol inson bo‘lishiga shubha yo‘q.

Faoliyatim davomida anglab yetgan haqiqatlarimni, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisiga xos bo‘lishi kerak bo‘lgan sifatlarni sanab o‘tdim. Balki bu sifatlar qatorini hali davom ettirsa bo‘lar. Maqsad bitta — bugunning o‘qituvchisi nomiga munosib bo‘lish.

Mohidil PO‘LATOVA, Shofirkon tumanidagi 40-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi