O‘zbek tili, 11 sinf, Muxitdinova X, 2020
⚡️Endilikda ish tajribasiga ega boʻlgan ayollar oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi
11 sinf chyot kitobi
Ingliz tili o’qituvchilari va o’rganuvchilar uchun maxsus kanal
“HR Edu-Servis” MCHJ
GUVOHNOMA: №865873
Sayt: www.hasanboy.uz
REKLAMA XIZMATI YO’Q!
About
Blog
Apps
Platform
School English Teachers
57.2K subscribers
⚡️Pul evaziga chiqarilayotgan maqolalar va tabdirlarda g‘oliblik oʻqituvchiga ustama uchun imtiyoz beradimi?
degan savolga Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova quyidagicha javob berdi:
“Ilgari oʻqituvchi ustama olish uchun, albatta, biror jurnal yoki gazetada maqolasi chiqqan boʻlishi kerak edi.
Chunki Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori boʻyicha pedagogdan baholanayotgan oʻquv yilida ommaviy axborot vositalari, taʼlimga oid veb-saytlardagi chiqishlari, ilmiy-metodik jurnallar va turli anjumanlarda maqola, tezis, konsepsiya hamda istiqbolli rejalari bilan qatnashish orqali taʼlim-tarbiya jarayonini yanada yaxshilashga oid ishlari boʻlishi talab etilardi. Endilikda qarorga oʻzgartirish kiritilgan va bu talab bekor boʻlgan.
Oʻqituvchilarga xizmat safari xarajatlarini qoplab berish esa belgilangan tartiblarga koʻra amalga oshiriladi. Nodavlat tashkilotlarning turli tadbirlarida qatnashish xarajatlarini davlat mablagʻlari hisobidan qoplash holati qonunga zid hisoblanadi”.
26.8K views 12:27
Daraja aniqlash testi (Multi-level) yozma ishlarini tekshirish jarayoni toʻliq yakunlanmagani sababli chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari 24-fevral kuni e’lon qilinadi.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz!
Bilim va malakalarni baholash agentligi (DTM)
25.1K views 15:39
Navoiyda hokim maktablarga tekshirish yubordi. Bu hukumat qaroriga zid
Navoiy shahri hokimi Muratxan Egamqulov hududdagi maktablar faoliyatini o‘rganish uchun hokimlik xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzdi. Mazkur ishchi guruh a’zolari maktablarga borib, direktorlar va o‘qituvchilarga bosim o‘tkazayotgani aytilmoqda. Hokimning bu harakati hukumat qarori, balki davlat rahbari olib borayotgan siyosatga zid.
28.4K views edited 06:16
Shavkat Mirziyoyev: Har bir islohotda o‘qituvchilar ko‘z oldimda bo‘ladi
Prezident Qashqadaryo viloyatiga tashrifini Qarshi tumani Yangi Batosh mahallasidagi yangi maktab bilan tanishuvdan boshladi. Bu yerda davlat rahbari o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi.
27.1K views 08:49
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2023-yil 9-16-fevral kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (24-26-fevral) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
Bilim va malakalarni baholash agentligi
26.0K views 15:29
⚡️Endilikda ish tajribasiga ega boʻlgan ayollar oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi
O‘zbekistonda kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan ayollar oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz kirishlari mumkin bo‘ladi.
Ta’lim olgandan so’ng ular tanlagan yo’nalish bo’yicha yana 5 yil ishlashi kerak bo’ladi.
32.9K views 05:04
O’qituvchilarni koridorlarda tartibni saqlash uchun navbatchilikka qo’yish mumkinmi?
O’qituvchini maktab karidorlarida tartibni saqlashi uchun navbatchi qilib qo’yish mumkinmi. Agar mumkin bo’lsa navbatchilikni bajarmaganligi uchun maktab rahbariyati qanday chora qo’llashi mumkin?
YURIST JAVOBI:
❌ Oʻqituvchilarga navbatchilik qildish majburiyatini yuklashning oʻzi notoʻgʻri.
Chunki Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 206-son buyrugʻida belgilangan oʻqituvchining lavozim majburiyatlari ichida bunday majburiyat yoʻq.
♂ Demak, bu holatda ish beruvchi xodimga bu majburiyatni yuklashi huquqiy jihatdan asosga ega emas.
Mehnat kodeksi kodeks 177-moddasida ish beruvchining burchlari belgilangan. Ular orasida ish beruvchi xodimdan uning mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni, qonunga xilof yoki xodim va boshqa shaxslarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiruvchi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab etishga haqli emasligi ham belgilangan.
❌ Bundan koʻrinib turibdiki, ish beruvchi oʻqituvchilarga ularning mehnat vazifangizdan boshqa ishni buyurishi qonunan ta’qiqlanadi.
❗️Bunday vaziyatlarda ish beruvchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 49-moddasi bilan (ya’ni mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish) bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ⓜ️ @Yurist_Xizmati
34.3K views 17:07
Nega oʻqituvchi sal koʻproq oylik olsa hammayoqqa piar qilib yozib chiqamiz? Boshqa sohalar:bank, soliq, vazirlikdagi vallomatlar shunchaki oladi bu maoshni. Rivojlangan davlatlarda 80 ming dollar boʻb yotibdi pedagoglar oyligi, AQSH da 6-oyda oʻqituvchilik qilgani uchun mashina ham tekin sovgʻa qilinadi, deyishgandi borgan oʻqituvchilar.
Men koʻnglingizni sovutmoqchi emasman, lekin kulgim keladi. Etaplar, ustamalar, shartlarsiz ham maosh yuqori boʻlsa oʻquvchilar ham hurmat qiladi bizni. Masalan, men oʻqituvchiman. Eng soʻnggi rusumdagi avtomobil minib, qimmat kiyinib maktabga borsam, hamma hamkasblarim ham shunday sharoitda yashasa, bolalar oʻz-oʻzidan oʻzgaradi.Oʻqituvchilik qimmat kasbligini bilsa, hurmati oshadi.Hokim boʻlaman, melisa boʻlaman, prokuror boʻlaman deyavermay, oʻqituvchi boʻlaman, deydi. Koʻz oʻngida pul kuchi gavdalanadi. Bilim ham boʻlish kerak, lekin busiz ham iloji yoʻq-da.Odmi kiyinib, qaltirab oʻtirgan odamga kim ham boʻysunardi?! Ishonmasangiz, sinab koʻringlar. Oʻquvchilarim qoʻlimdagi arzon soatimgacha e’tibor berishardi.
© Imaginative Girl
33.6K views 02:48
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hojiboy Tojiboyev – O`qituvchilarning oyligi qachon oshadi?
35.0K views edited 04:31
Farg‘onada 1,5 ming dollar evaziga ingliz tili sertifikatini olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston tumanida fuqaro CEFR C1 ingliz tili sertifikatini 1,5 ming dollar evaziga sotib olmoqchi bo‘lgan.
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida xalqaro sertifikat olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Qayd etilishicha, departament hamda DXXning O‘zbekiston tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro M.Sh. va boshqalar fuqaro J.A. ga ingliz tilini bilish darajasini beruvchi CEFR C1 toifali xalqaro sertifikatni hech qanday imtihon topshirmasdan 1,5 ming dollar evaziga olib berishni va’da qilgani aniqlangan. Ular oldindan 1 000 dollarni olganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: kun.uz
28.3K views 16:04
School English Teachers
Farg‘onada 1,5 ming dollar evaziga ingliz tili sertifikatini olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi O‘zbekiston tumanida fuqaro CEFR C1 ingliz tili sertifikatini 1,5 ming dollar evaziga sotib olmoqchi bo‘lgan. Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida…
Insonda miya degan a’zo bo’ladi. Ba’zilar shu a’zoni uncha ishlatmaydi. Ishlatsa og’riydi deb o’ylashsa kerak. Xullas shu 1500$ni miyaga investitsiya kiritsa va kurslarga yozilsa deylik 50$ dan o’quv markazlarga yaxshi o’qituvchi topib darslarga yozilsa va oyiga 100$ dan kitob olish, o’qishga qatnash va boshqa harajatlarga atasa, oylik 150$ harajat bilan 10 oy puxta tayyorgarlik ko’rsa bo’ladi. Bor fokusni o’qishga qaratib, buncha vaqt tayyorgarlik bilan imtihonga topshirib hattoki A2 darajadan C1 darajagacha chiqish mumkin.
Maktabda yo’q bilim bilan 10 oy ishlab bor ana 2000$ oylik olarsiz. Shu vaqtda maktabda ishlamangda (o’quvchilarizga rahmiz kelsin) anu cho’ntagizdagi 1500$ni miya degan narsaga sarflang. Faningizni haqiqiy mutaxassisiga aylaning. C1 sertifikatni qo’lga kiriting. Keyin istalgan maktabga o’sha sertifikat bilan borib, yaxshigina dars soati olib, yaxshigina maosh uchun ishlayverasiz. Muhimi o’quvchilaringiz oldida ham, rahbaringiz oldida ham yuzingiz yorug’ bo’ladi. Qo’shimcha kurslar o’tib daromadizni yanada oshirishingiz mumkin bo’ladi. Hech kimdan tilingizni qisiq yeri bo’lmaydi. Olgan bilimlaringiz sizga BIR UMRGA asqotadi. Sertifikat sotib olganingizda esa 1500$ to’laysiz kimgadir, bu bilan miyada bir nima paydo bo’lib qolmaydi. Bir umr hadiksirab o’tasiz, tekshirish kelmasin, imtihon bo’lmasin, ochiq dars o’t deb qolmasin, o’quvchilar qiyinroq savol berib qolishmasin deb. Eng achinarlisi anavi sotib olgan sertifikatingizni muddati 2 yilda tugaydi. 2 yildan keyin yana 1500$ to’lab yangilashizga to’g’ri keladi. 2 yilni ichida uncha summa oylik olasizmi yoki yo’qmi?
Fikrlar subyektiv, xulosani miyaga qo’yib bering! (og’rimaydi)
O‘zbek tili, 11 sinf, Muxitdinova X., 2020
Учебник по узбекскому языку для 11 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
O‘zbekiston 130 dan ortiq millat va elat yashaydigan ko‘p millatli davlat hisoblanadi. Yurtimiz mustaqillik davrida ko‘plab sohalarda yutuqlarga erishib kelmoqda. O‘zbekiston bu vaqt davomida mustaqil davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti kabi ko‘plab xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘ldi. Hozirgacha 140 qa yaqin davlat bilan diplomatik aloqalar o‘rnatib, jahonda o‘zining ochiq siyosati bilan e’tibor qozonib kelmoqda.
ILM VA HUNAR O‘RGANISH.
Ajdodlarimizdan bir ulamo aytgan ekan: “Ilm yoki hunar o‘rgan, u sening yoshlik paytlaringda to‘g‘ri yurishingni ta’minlaydi. Katta bo‘lganingda buyuk shaxsga aylanishingda asosiy sabablardan biri bo‘ladi. Ilm va hunar doim sening hamrohing bo‘lib, adashishingdan va qoqilishingdan saqlaydi”. Darhaqiqat, yoshlikda ilm yoki hunar o‘rganish payida bo‘lish kerak.
Ilm yoki hunar o‘rganishning shartlari ham bor: avvalo, ilm va hunarni ziyraklik va rag‘bat bilan egallash lozim. Qolaversa, ilm va hunarni yaxshi niyatlarni ko‘zlab, turmushga tatbiq etish uchun o‘rganish zarur. Shunda u insonlarning og‘irini yengil, hayotini farovon qiladi. Ilmli va hunarmand kishi esa bundan huzurlanadi, zavqlanadi.
MUNDARIJA.
1-mavzu. O‘zbekiston – kelajakda. (Uyushiq bo‘laklar).
2-mavzu. Ziyraklik. (Ajratilgan bo‘laklar).
3-mavzu. Buyuk ajdodlarimiz. (Kiritma bo‘laklar).
4-mavzu. O‘lkamizning asl farzandlari. (Undalma).
5-mavzu. Orzumdagi kasb. (Monologik matn).
6-mavzu. Hunarning sharofati. (Dialogik matn).
7-mavzu. Kino tadbirkorligi. (Matn bilan ishlash).
8-mavzu. Qardosh xalqlar do‘stligi. (Iboralar).
9-mavzu. Dunyo tan olgan adiblar. (Ko‘chma ma’noli so‘zlar).
10-mavzu. Vaqt qadri. (Sinonim va antonim so‘zlar).
11-mavzu. Iste’mol madaniyati. (Omonim so‘zlar).
12-mavzu. Xatoni tan olish. (Tasviriy ifodalar).
13-mavzu. Sayohatning foydasi. (Nutq uslublari.So‘zlashuv va badiiy uslub).
14-mavzu. Savdoning xosiyati. (Rasmiy va ilmiy uslub).
15-mavzu. Odamiylik bahosi. (Publitsistik uslub).
16-mavzu. Ota ibrati. (O‘tilganlarni takrorlash).
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу O‘zbek tili, 11 sinf, Muxitdinova X., 2020 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу