Bloger DTMga 2019-yilgi test savollari aynan qaysi darsliklar asosida tuzilishiga oydinlik kiritishni so‘rab murojaat qildi
Hurmatli, DTM vakillari.
Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda foydalanish tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
2019/2020 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini topshiradigan abituriyentlar tomonidan qabul test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun qaysi darsliklardan foydalanish zarurligi haqida ko‘plab savollar tushmoqda, deb ma’lumot beradi www.dtm.uz
Ushbu savol bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi:
2019/2020 o‘quv yili oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish qabul test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari tomonidan tavsiya etilgan darsliklardan foydalanish mumkin (ro‘yxat DTMning saytida e’lon qilingan)
Test topshiriqlari amaldagi tartibga binoan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 261-sonli qarorining 8-bandi) umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi .
Joriy yilda test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar bilan birgalikda o‘quv dasturlarida o‘rganish nazarda tutilgan ayrim badiiy adabiyotlar keltirilgan. Test topshiriqlari ham ushbu badiiy adabiyotlardan tuziladi, mazkur adabiyotlarni to‘liq o‘qib chiqish tavsiya etiladi. (DTM saytida darsliklar ro‘yxatining past qismida izoh berilgan).
Qaysi darsliklardan foydalanish xususida quyidagi turdagi darsliklar mavjud:
Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etilgan darsliklar;
10-sinf va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’limi muassasalari o‘quvchilari uchun tavsiya etilgan darsliklar, 11-sinf va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari uchun tavsiya etilgan darsliklar.
Bo‘lajak abituriyentlar o‘zi o‘qiydigan (yoki bitirgan) ta’lim muassasasi uchun tavsiya etilgan darsliklarni o‘qish zarur, boshqa ta’lim turi yoki ta’lim muassasalari uchun tavsiya etilgan darsliklarni o‘qish talab etilmaydi.
Test topshiriqlari tegishli ta’lim muassasalari uchun tavsiya etilgan o‘quv dasturlari asosida tuziladi. Abituriyentlar uchun savollar kitobini shakllantirishda ular bitirgan ta’lim muassasa turi, ushbu turdagi ta’lim muassasalarida foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar inobatga olinadi.
Bloger DTMga 2019-yilgi test savollari aynan qaysi darsliklar asosida tuzilishiga oydinlik kiritishni so‘rab murojaat qildi
Huquqshunos, bloger Xushnudbek Xudayberdiyev Davlat test markaziga iltimosnoma yo‘lladi. Ta’kidlanishicha, bu aslida uning emas, balki yuz minglab yoshlarning iltimosidir.
“Barchamizga ma’lumki, yangi o‘quv yili boshlanishi bilan bitiruvchi yigit-qizlarimiz test sinovlariga tayyorgarlikni yanada jadallashtirib yuborishadi. O‘zi tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha test savollari tushadigan uchta fandan jiddiy shug‘ullanishni boshlashadi.
Mana, yangi o‘quv yilining salkam 1 yarim oyi ham ortda qoldi. Lekin hanuzgacha kelgusi yilda tushadigan test savollari aynan qaysi darsliklar asosida tuzilishi ma’lum emas. Avvalgi yillarda ham darsliklar ro‘yxati ming afsuski kechroq e’lon qilinar edi. Ammo joriy yilgi holat har yilgidan ham o‘zgacha. Sababi uzoq yillik tanaffusdan keyin O‘zbekistonda ilk marta maktablarning 11-sinf bitiruvchilari ham OTMlarga hujjat topshirishadi. Bu esa darsliklar bilan bog‘liq vaziyatni yanada chigallashtirmoqda.
Agar akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining darsliklari hamda o‘rta maktablarning darsliklari o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lsa, unda test savollarini shakllantirish qay tartibda bo‘ladi, degan savol ko‘pchilikni o‘ylantirmoqda. Maktabda tahsil olgan abituriyent akademik litsey va kollej darsliklarini ham qo‘shimcha o‘qishga majbur bo‘ladimi? Yoki uning teskarisi, kollej bitiruvchisi 10—11-sinf darsliklarini ham o‘qishi kerakmi?
Xullas, savollar va tushunmovchiliklar bisyor, hozircha javobi yo‘q.
Hurmatli, DTM vakillari.
Iltimos, tezroq darsliklar masalasiga oydinlik kiritib bersangiz.
Masalaning bir jihatini unutmaslik kerakki, test jarayonlariga oid yangiliklar qancha kech e’lon qilinsa, yangilikni hazm qilish muddati qancha qisqa bo‘lsa, xalq orasida tushunmovchilik shuncha ko‘payadi va bu oxir-oqibat ko‘chadagi firibgarlarning korrupsion tuzog‘i uchun sharoit yaratib beradi”, — deyiladi murojaatda.