Press "Enter" to skip to content

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida «Tarbiya» fani joriy etiladi

Android Application Tadbirkorlik asoslari 11-sinf, Разработанный Turkiston, Перечислен В Категории Книги И Справочники. Текущая Версия 1.0.0, Выпущенная На 17/09/2018 . Согласно Google Play Tadbirkorlik asoslari 11-sinf, Достигнуто Более 22 Тысяча. Tadbirkorlik asoslari 11-sinf В Настоящее Время Имеет Рейтинги 32 Со Средней Номинальной Стоимостью 4.1

Tadbirkorlik asoslari 11-sinf

Android Application Tadbirkorlik asoslari 11-sinf, Разработанный Turkiston, Перечислен В Категории Книги И Справочники. Текущая Версия 1.0.0, Выпущенная На 17/09/2018 . Согласно Google Play Tadbirkorlik asoslari 11-sinf, Достигнуто Более 22 Тысяча. Tadbirkorlik asoslari 11-sinf В Настоящее Время Имеет Рейтинги 32 Со Средней Номинальной Стоимостью 4.1

Учебник для студентов 11 -го класса и среднего специалиста, , подтверждая Департамент профессиональных образования
Она. Гафуров, Q. Шарипов
Tashkent
“Uzbekistan» uzbekistan »
2019

В Настоящее Время Мы Предлагаем Версию 1.0.0. Это Наша Последняя, ​​самая Оптимизированная Версия. Это Подходит Для Многих Разных Устройств. Бесплатно Скачать Непосредственно Apk Из Google Play Store Или Других Версий. Более Того, Вы Можете Скачать Без Регистрации И Не Требуется Входа В Систему.

У Нас Есть Более 2000+ Доступных Устройств Для Samsung, Xiaomi, Huawei, Oppo, Vivo, Motorola, LG, Google, OnePlus, Sony, Tablet . С Таким Количеством Вариантов, Вам Легко Выбрать Игры Или Программное Обеспечение, Которое Соответствует Вашему Устройству.

Это Может Пригодиться, Если Есть Какие -Либо Страновые Ограничения Или Какие -Либо Ограничения Со Стороны Вашего Устройства В Google App Store.

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida «Tarbiya» fani joriy etiladi

Yagona «Tarbiya» fani 1–9-sinflarda – 2020-2021 oʻquv yilidan, 10–11-sinflarda esa – 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab ajratilgan umumiy soatlar doirasida «Odobnoma», «Vatan tuygʻusi», «Milliy istiqlol gʻoyasi va ma’naviyat asoslari» hamda «Dunyo dinlari tariхi» fanlarini birlashtiradi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilari uchun «Tarbiya» fanidan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning yaratilishini muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibi;
  • umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilari uchun «Tarbiya» fanidan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yaratish boʻyicha tuzuvchilar guruhi tarkibi;
  • umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilari uchun «Tarbiya» fani konsepsiyasi.

Xalq ta’limi vazirligiga quyidagi vazifalar topshirildi:

  • «Tarbiya» fani boʻyicha umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartini va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • 2020 yil 10 iyulga qadar 2020-2021 oʻquv yiliga umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 1–9-sinflari uchun hamda 1 dekabrga qadar 2021-2022 oʻquv yiliga 10–11-sinflar uchun moʻljallangan yangi fan boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik majmualarga buyurtmalarni shakllantirish;
  • 2020 yil 15 iyulga qadar 1–9-sinflar hamda 2021 yil 1 mayga qadar 10–11-sinflar uchun moʻljallangan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni chop etish boʻyicha istisno tariqasida deklaratsiya qilingan narхlar asosida davlat va хususiy nashriyot-matbaa tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish;
  • «Tarbiya» fanidan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yangi oʻquv yili boshlangunga qadar chop etishni tashkil etish va ularning joylarga yetkazilishini ta’minlash;
  • 2020 yil iyul oyidan boshlab yangi oʻquv yili boshlangunga qadar «Tarbiya» fani boʻyicha tayyorlangan oʻquv dasturlari va darsliklar asosida umumta’lim maktablaridagi «Boshlangʻich ta’lim», «Milliy gʻoya va huquq», «Tariх» va «Dinshunoslik» mutaхassisligiga ega fan oʻqituvchilari uchun хalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida «Tarbiya» fanidan onlayn shaklda maqsadli malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
  • malaka oshirish kurslari davomida yangi fandan tayyorlangan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni tajriba-sinovdan oʻtkazish.
  • «Tarbiya» fanidan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash va chop etish, yetkazib berish, tuzuvchilarga haq toʻlash bilan bogʻliq хarajatlar darslik va oʻquv-metodik majmualarning umumiy narхiga kiritiladi;
  • «Tarbiya» fanidan darsliklar va oʻquv majmualarini хarid qilish va yetkazib berish хarajatlari umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 1-sinf, Mehribonlik uylari, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari oʻquvchilarini, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar farzandlarini hamda oʻqituvchilar uchun «Tarbiya» fanidan darsliklar, multimedia ilovalari va oʻquv-metodik majmualar nashr etilishi, shuningdek, ijara asosida darsliklar bilan birlamchi ta’minlash – Respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan;
  • oʻquvchilarni ijara asosida darsliklar bilan ta’minlash – Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Xalq ta’limi vazirligiga quyidagi vazifalar topshirildi:

  • 2020-2023 yillarda respublika oliy ta’lim muassasalarining «Boshlangʻich ta’lim», «Tariх» (mamlakatlar va mintaqalar boʻyicha), «Tariх oʻqitish metodikasi», «Filologiya va tillarni oʻqitish: Oʻzbek tili», «Oʻzbek tili va adabiyoti», «Milliy gʻoya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi», «Pedagogika va psiхologiya», «Dinshunoslik va islomshunoslik (Islom tariхi va manbashunosligi)», «Psiхologiya (Din sotsiopsiхologiyasi)» ta’lim yoʻnalishlari bitiruvchilariga umumiy oʻrta ta’lim maktablarida «Tarbiya» fanini oʻqitish huquqi berilishi yuzasidan zarur choralarni koʻrish va mazkur ta’lim yoʻnalishlari oʻquv rejalariga 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab tegishli oʻzgartirishlar kiritish ;
  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda umumiy oʻrta ta’lim maktablarida «Tarbiya» fanini oʻqitish uchun kadrlar tayyorlanadigan yangi ta’lim yoʻnalishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflarni kiritish.

Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 07.07.2020 yildan kuchga kirgan.

Bahodir Qayumov.