Ingliz tilini o‘rganish uchun 15 ta eng yaxshi ilova
• Aralash texnika bu yerda biz ixtiyoriy ravishda turli xil texnikalarni birlashtira olamiz. Masalan, bunda bolalar o’yin o’ynashi, qo’shiqlar aytishi, rasm chizishi, turli xil harakatlar orqali yangi so’zlarni ko’rsatib berishi mumkin . Texnikaning afzalligi xilma-xillikda. Bunda o’quvchi faqat bitta narsa orqali cheklanib qolmaydi.
BOSHLANG’ICH SINFLARDA INGLIZ TILI O’QITISHNING INNOVATSION USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»
aralash texnika / qiziqarli o’yinlar / boshlang’ich sinflar / zamonaviy innovatsion metodlar / pantomima. / mixed technique / interesting games / primary classes / modern and innovative methods / pantomime.
Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nodira Qurbonaliyeva, Shabnam Jo’Raboyevna Toliboboyeva
Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning til o’rganishga bo’lgan qiziqishini oshirish uchun ingliz tili o’qitishning samarali, zamonaviy va innovatsion metodlari haqida to’xtalib o’tiladi.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Nodira Qurbonaliyeva, Shabnam Jo’Raboyevna Toliboboyeva
O’RTA MAKTABLARDA INGLIZ TILINI O’QITISHDA INNOVATSION YONDOSHUV
Ingliz tilida otning semantik turlarini umumta’lim maktablarida o’qitish metodikasi
Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishning samarali usullari
BOSHLANG’ICH SINFLARNI O’QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
QOZOQ TILI VA ADABIYOTINI O’QITISHDA TALABALAR KOGNITIV FAOLIYATNI FAOLLASHTIRISH TA’LIMNING MUHIM OMILIDIR
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
INNOVATIVE METHODS OF TEACHING ENGLISH IN PRIMARY SCHOOLS
This article presents productive, modern and innovative methods of teaching English, in order to get learners more interested in learning English in primary classes .
Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFLARDA INGLIZ TILI O’QITISHNING INNOVATSION USULLARI»
BOSHLANG’ICH SINFLARDA INGLIZ TILI O’QITISHNING INNOVATSION
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi
Ilmiy rahbar: Shabnam Jo’raboyevna Toliboboyeva
Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda o’quvchilaming til o’rganishga bo’lgan qiziqishini oshirish uchun ingliz tili o’qitishning samarali, zamonaviy va innovatsion metodlari haqida to’xtalib o’tiladi.
Kalit so’zlar: aralash texnika, qiziqarli o’yinlar, boshlang’ich sinflar, zamonaviy innovatsion metodlar, pantomima.
INNOVATIVE METHODS OF TEACHING ENGLISH IN PRIMARY SCHOOLS
Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region Research advisor: Shabnam Joraboevna Toliboboeva
This article presents productive, modern and innovative methods of teaching English, in order to get learners more interested in learning English in primary classes.
Keywords: mixed technique, interesting games, primary classes, modern and innovative methods, pantomime.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, yoshlarning chet tillarini o’rganishga bo’lgan qiziqishi oshdi va davlatimiz tomonidan til o’rganishga ko’plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: “Hozirgi paytda xorijiy tillarni o’rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bugun jahon hamjamiyati o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir”. Ayniqsa, boshlang’ich ta’limda ijobiy
o’zgarishlarga sabab bo’lgan qarorlardan biri bu O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog’risida” PQ-1875-soni Qaroridir . Ushbu qarorga muvofiq chet tillarini , asosan , ingliz tilini boshlang’ich sinfdan boshlab o’rgatish, ularni chet tillarini o’rgatishga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish uchun barcha umumta’lim maktablarda 1-sinfdan boshlab ingliz tili darslarini turli xil qiziqarli o’yinlar tarzida o’qitish va shu bilan birga o’quvchilarning og’zaki nutqini ham rivojlantirish, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o’qish va grammatikani o’qitishni zamonaviy, innovatsion usullar orqali o’tish bosqichma-bosqich boshlandi.
So’nggi paytlarda ingliz tilini o’rganadigan har qanday yoshdagi odamlar soni juda ko’paymoqda. Buning sababi, hayot jarayonida ingliz tilini bilmasdan yashash qiyinlashib bormoqda. Ammo til o’rganish ham yosh davrlariga bog’liq. Hatto, olimlar bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o’zlashtirishni isbotlashgan. Bolalarda til o’rganishga bo’lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko’pligi va o’rgangan ma’lumotlarni tez xotirada saqlashi buning asosiy sabablaridandir.
Xitoy ixtirochilaridan biri Masaru Ibuka mashhur “Ushdan keyin juda kech” kitobida yozganidek: “. bolaning miyasi cheksiz miqdordagi ma’lumotlarga ega bo’lishi mumkin. “. Yana shunga e’tibor qaratish kerakki, 6-7 yoshdagi bolalar ma’lumotlar ma’nosini tushinib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning unchun ham ingliz tilini o’rganayotgan boshlang’ich sinf o’quvchilariga tilni o’rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o’rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani charchatishi va til o’rganishga bo’lgan qiziqishini susaytirip qo’yishi mumkin. Chunki boshlang’ich sinfdagi o’quvchilarga chet tilini o’rgatish qiyin shu bilan birga mas’uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi . Shuning uchun ham boshlang’ich sinflarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o’rgatish uchun quyidagi innovatsion metodlardan foydalanish mumkin :
• Ko’rish orqali eslab qolish . Ma’lumki, yosh bolalar eshitgan ma’lumotlaridan ko’ra, ko’proq ko’rgan predmetlarini eslab qoladi. Shunday ekan , darsni turli xil ko’rgazmali qurollar, plakatlar orqali, ko’zga ko’rinadigan va kundalik hayotda ko’p ishlatiladigan narsa, buyumlarga yozish orqali yangi so’zlarni o’rgatish va o’rgangan yangi so’zlari ishtirokida gaplar tuzish . Masalan, kitob (book), stol (table), doska (blackboard) , ruchka ( pen), oyna ( window) va shu kabilarga yozish. Kundalik hayotda ko’p ishlatiladigan bunday narsa-buyumlar ko’zga doimo tushib turishi va doimo qo’llanishi bois, bola bu so’zlarni ixtiyorsiz tarzda o’rganadi .
• Qo’shiq va she’rlar orqali tushinish yoki eslab qolish qiyin bo’lgan so’zlarni musiqaga solib kuylash. Bunda yangi so’zlarni eslab qolish bilan birga, bolaning og’zaki nutqi ham rivojlanadi. Bunga misol qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini qo’shiq qilib o’rganishlari shunchaki yodlashdan ko’ra samarali ekanligini ko’rsatish mumkin .
• TO raqobatdosh grammatika va so’z boyligini o’zlashtirishga yordam beradigan o’yinlarning aksariyatini o’z ichiga oladi . Bunda bolalar o’qituvchi bergan turli xil topshiriqlarni bajaradi . Natijada o’quvchilar orasida raqobat vujudga kelib, til o’rganishga bo’lgan qiziqishi yanada oshadi. Zero, Xitoy mutafakkirlari aytganidek: ” Insonning barcha qiziqishlari raqobat orqali vujudga keladi”.
• Aralash texnika bu yerda biz ixtiyoriy ravishda turli xil texnikalarni birlashtira olamiz. Masalan, bunda bolalar o’yin o’ynashi, qo’shiqlar aytishi, rasm chizishi, turli xil harakatlar orqali yangi so’zlarni ko’rsatib berishi mumkin . Texnikaning afzalligi xilma-xillikda. Bunda o’quvchi faqat bitta narsa orqali cheklanib qolmaydi.
• Multfilmlar orqali o’rgatish. Ma’lumki, bolalar turli xil multfilmlarni ko’rishga qiziqadi. Ingliz tilidagi multfilmlarni ko’rish jarayonida esa, multfilmdagi gaplarni tushunmasa-da, multfilim qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan so’zlarni tushunishga intiladi. Bu esa bolalar uchun qiziq va til o’rganishlari uchun samarali yo’l.
• Qiziqarli o’yinlar orqali o’rganish; Ingliz tili fanini o’qitishda turli xil o’yinlar orqali o’rgatishning o’rni beqiyosdir. Dars davomida har xil o’yinlar o’ynatib turish sinfda fanni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni yanada oshiradi, faol bo’lmagan o’quvchilarni ham darslarda yaxshiroq qatnashishga undaydi. Quyidagi o’yinlar so’zimizga misol bo’la oladi.
• “Quvnoq topishmoqlar”(Merry Riddles) o’quvchilarga topishmoqlar o’rgatish ingliz tilini o’rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o’zlariga notanish bo’lgan so’zlarni o’rganadilar va o’ylab topishmoq javobini topadilar.
• “Pantomima” (pantomime) . Bunda o’qituvchi o’quvchilarga biron bir so’zni aytadi va o’quvchi uni ko’rsatadi. Qolgan o’quvchilar esa so’zni topib, inglizcha nomini aytishi kerak bo’ladi .
• Sezgi a’zolar orqali o’rganish (sabzavot, mevalar , oziq-ovqatlarni tatib ko’rish, turli xil buyumlarni ushlab ko’rish, gullarni hidlab ko’rish). Ushbu yangi metodni o’rganishdan oldin bir amaliyotchi psixologning fikrlarini keltirish kerak: “Bolalarning esida biror narsaning mahkam o’rnashib qolishini xohlovchi pedagok bola sezgi organlarining mumkin qadar ko’prog’ini ko’zi, qulog’i, tovush organi, muskul sezgisi va hatto, hidlash va ta’m bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi kerak”.
Darhaqiqat, sezgi a’zolar orqali til o’rganish boshqa usullarga qaraganda foydali va samarali hisoblanadi . Masalan, o’quvchi birgina olmani tatib ko’rish jarayonida uning rangi, ta’mi, hajmi, hidi qanday ekanligini biladi va uning inglizcha nomini ham aytadi. Natijada esa, o’qituvchi bolalardan ranglarning inglizcha nomini so’rab qolsa, bolalar darrov meva yegan paytini eslaydi. Demak, bunday usullardan foydalanish o’quvchining ma’lumotlarni uzoq muddatda xotirasida saqlab qolishga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’quvchilariga til o’rgatishni majburiyat sifatida emas, aksincha, qiziqarli o’yinlar va innovatsion metodlardan foydalangan holda olib borishi , ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo’lib xizmat qilishi mumkin. Shunday ekan, ta’lim tizimi ham o’z oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shahsni tarbiyalashni vazifa qilib qo’yar ekan, kelgusida biz bo’lajak o’qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo’llarini yanada mukammalroq ishlab chiqish bilan o’z hissamizni qo’shishimiz mumkin .
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1875-sonli qarori.
2. Turdaliyeva G.N “Boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar”// 2020 .
3. Bekmuratova U.B . ” Ingliz tilini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” // Toshkent 2012.
4. Toliboboeva, S. J. (2020). TEACHING INTERCULTURAL COMMUNICATION IN ENGLISH. ScienceandEducation, 1(SpecialIssue 2).
5. Толибобоева, Ш. (2020). Ingliz tilini o’qitishdagi zamonaviy ta’lim texnologiyalari. YoungScientist, 19(309), 581-582.
6. Juldasheva, N. N. (2020). Хорижий тилларни укитишда ахборот технологиялар ва инновацион методларнинг урни. Молодой ученый, (12), 332-333.
7. Ashirbaeva, A. (2020). POSITIVE TRAITS OF TEACHING LANGUAGE THROUGH LITERATURE. ScienceandEducation, 1(SpecialIssue 2).
8. Umirova, Z. (2020). IMPORTANCE OF LEARNING FOREIGN LANGUAGES. International Scientific Conference of Students and Young Scientists “FARABIALEMF.
Ingliz tilini o‘rganish uchun 15 ta eng yaxshi ilova
Hozirda ingliz tilini o‘rganish keng ommalashgan, bu borada texnologik yechimlar ham talaygina. Quyida xalqaro tilni o‘rganishda eng qulay va foydali bo‘lgan 15 ta ilovani e’tiboringizga havola etamiz.
Ushbu dasturlarni iOS yoki Android smartfoningizga o‘rnating va istalgan vaqtda, istalgan joyda yangi tilni bemalol o‘rganish imkoniga ega bo‘ling.
Quyida keltirilgan barcha ilovalar o‘rganuvchining ingliz tilini bilish darajasiga qarab mo‘ljallangan. Qiyinlik darajasini belgilashingiz, shuningdek, o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan rejimni bo‘sh vaqtingizga qarab moslashingiz mumkin. Bitta dasturni tanlash va u bilan har kuni shug‘ullanish siz uchun yetarli.
Ilovalarni lug‘at boyligini oshirish va grammatikani takrorlash vositasi sifatida mustaqil yoki ingliz tili kurslariga qo‘shimcha element sifatida ishlatilishingiz mumkin.
1. Lingualeo
Ilova ommabop xizmatni turli xil mashg‘ulotlar bilan birgalikda taklif qiladi. Bu mashqlar so‘z boyligini kengaytirishga, shuningdek, o‘qish, yozish va tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Mashqlar gamifikatsiyaga asoslangan bo‘lib, ingliz tiliga qiziqishni yo‘qotmasdan, doimo intilishga undaydi.
2. Duolingo
Ilova kuniga bir necha daqiqa sarflash orqali ingliz tilini o‘yin shaklida o‘rgatadi. Oldin oddiy fe’llar va iboralardan boshlaysiz, sekinlik bilan mashqlar grammatikaga asoslanib boradi.
3. Poliglot 16
Ushbu ilova xuddi shu nomdagi kurs muallifi, taniqli poliglot Dmitriy Petrovga tegishli. Uning so‘zlariga ko‘ra, dastur atigi 16 ta darsda ingliz tilini bazaviy darajada o‘zlashtirishga imkon beradi. Kuniga kamida 15 daqiqa ajratish orqali, siz grammatika qoidalarini o‘rganasiz, kerakli so‘zlarni eslab qolasiz va erkin muloqot uchun iboralar tuzishni o‘rganasiz.
4. Memrise
Memrise – ingliz tilini zavqlantiruvchi mashg‘ulotga aylantiruvchi va yangi so‘zlarni yodlashni osonlashtiradigan o‘yin ko‘rinishidagi yana bir dastur. Memrise sarguzasht olamining kuratori sizni sirlarga boy olam bo‘ylab sayohatga chorlaydi. Bu sayohat davomida sizni sirli topshiriqlar va dushman agentlari kutib turadi. Bu yo‘lda sizga ajoyib yordamchilar ko‘maklashib boradi.
5. BBC Learning English
Ushbu dastur BBC’ning rasmiy ilovasi bo‘lib, unda ingliz tilini o‘rganish uchun radio va turli eshittirish korporatsiyalarining teledasturlarida chiqqan materiallar yig‘ilgan. Audiokontentdan tashqari, grammatikani o‘rganish, iboralar tuzish va yangi so‘zlarni o‘zlashtirish imkonini beruvchi turli xil mashqlar mavjud.
6. easy ten
Ushbu dastur yordamida siz har kuni berilgan leksik mashqni bajarish orqali 10 ta yangi so‘z yodlaysiz. Ilova ko‘p vaqtni talab qilmaydi: kuniga 20 daqiqa vaqt ajratish kifoya. Dastur 20 mingdan ortiq so‘zlarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, talaffuzni yaxshilashga ko‘maklashuvchi maxsus mashqlar ham mavjud. Bundan tashqari, yangi so‘zlarni tematik ro‘yxatlarga ajratishingiz va qo‘shimcha motivatsiya uchun progressingizni kuzatib borishingiz mumkin.
7. Words
Ushbu ilova App Store’ning “Ta’lim” sohasidagi eng yaxshi dasturlar kategoriyasiga tasodifan tushib qolmagan. Dasturning ma’lumotlar bazasida 8 mingdan ortiq so‘z mavjud va undan oflayn rejimda foydalanish mumkin. Asosiy afzalligi: ilova foydalanuvchi darajasiga moslashadi va vazifalarda ilgari qiyinchilik tug‘dirgan so‘zlarni aniqlaydi, keyingi mashqlarda o‘sha so‘zlar siz eslab qolmaguncha berib boriladi.
8. LearnEnglish Grammar
Bu ingliz tilini takomillashtirishni istaganlar uchun Britaniya Konsulligi tomonidan taklif qilingan ilovadir. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, u grammatikani o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, istalgan darajaga erishishda yordam beradi. Mashq qilasiz, test savollariga javob berasiz va turli mavzulardagi iboralar tuzilishini kuzatib borish orqali boy tajribaga ega bo‘lasiz.
9. Rosetta Stone
Ushbu ilova, asosan, yangi so‘zlarni yodlashga e’tibor qaratadi. Shu bilan borga, talaffuzni baholash dasturi o‘rganilgan so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi. Ilova bepul taqdim etiladi, ammo pullik materiallar ham mavjud.
10. Voxy
Ushbu ilovaning boshqalaridan asosiy farqi shundaki, u real vaqtda sizning ehtiyojlaringiz va xohishlaringizga moslashadi. TOEFL’ga tayyorlanishni xohlaysizmi? Yoki sayohat paytida kerak bo‘ladigan iboralarni o‘rganib olmoqchimisiz? Balkim, ingliz tilidagi suhbatga tayyorgarlik ko‘rayotgandirsiz? Marhamat! Bunda ingliz tilida so‘zlashadigan malakali murabbiylar sizga yordam berishadi.
11. Rememba
Yangi iboralarni yodlash va so‘z boyligini kengaytirish uchun maxsus yaratilgan oddiy va qulay dastur. O‘qish jarayoni kartochka usuliga asoslanadi, ular o‘zlashtirishga qarab kamroq yoki tez-tez namoyish etiladi. So‘zlarni o‘zingiz qo‘shishingiz yoki tayyor lug‘at to‘plamidan foydalanishingiz mumkin.
12. English Grammar in Use
Cambridge University Press’dan grammatikani rivojlantirishga qaratilgan ilova. English Grammar in Use yordamida yordamida siz artikllar, noto‘g‘ri fe’llar va otlarni avtomatik ravishda ishlatishingiz mumkin bo‘ladi.
13. 15 000 Useful Phrases
Muloqot jarayonida ko‘p ishlatiladigan 15,500 dan ortiq qiziqarli iboralarni o‘z ichiga olgan ilova-lug‘at. Shuningdek, bu ibora va so‘zlarni professional ish muhitida ham bemalol qo‘llashingiz mumkin.
14. WordBook
Dastur shunchaki lug‘at emas, haqiqiy xazina endi sizning smartfoningizda: 150 ming so‘z, imlo tekshiruvi va anagramlarni yaratish uchun so‘zlarni qidirish imkoniyati. Bundan tashqari, ilova har kuni sizga taqdim etadigan so‘zlarini yodlab borasiz. Lug‘at oflayn rejimda ishlaydi.
15. Puzzle English
Mavjud ko‘nikmalarga qaramasdan, ingliz tilini o‘rganish uchun video va audio jumboqlar, shuningdek, boshqa qiziqarli topshiriqlarni taklif qiluvchi qiziqarli dastur. O‘quv dasturi foydalanuvchi maqsadiga qarab individual ravishda tuziladi.
11 sinf ingliz tili kitobi
English Uzbek Audio Darslik
Христианская Музыка Группа Альфа Альбом Старые Песни О Главном
Мадина Давлатова Ва Чурабек Вой Вой 2019
Pran Chai Chakhu Na Chai Usha Uthup
Kun Bormi Xurshid Rasulov
Музыкальная Шкатулка Белое Пианино С Балериной
Dusttale Last Genocide Phase 4 Music
Elvin Grey Прости Малыш Brazell Remix Video Remix
Aram Asatryan Sev Sev Acher Remiqs By
If You Knew Sousa And Friends Louis Clark Royal Philharmonic Orchestra
Neeme Järvi The School For Scandal Op 5 Overture
A Million Dreams
Monster Truck Cars From Disney Cars Movie Lightning Mcqueen Monster Truck
Last Night Rosiles
Katysancheskii Musically Hot Twerk Dance
Нетипичная Махачкала Девочка Танцует В Ресторане Фигура Бомба
Diamonds Jesper Lund
Оорулу Кылдын Адамды Зулпукар Акимбаев
Ooh Baby Rich Money
Goblin And The Mosquito Michael Lewin
Cristóbal Fones Sj Tengo Un Lugar Para Ti Feat Cristóbal Fones Sj
Wi Fi Indigoendo
To Fight Vocals Only
Hang Drum Galaxy 5
Milegi Milegi Sachin Jigar Mika Singh