Таълим / Образование
bilimlarni imkon boricha tushuntirish va sekin-asta kimyoviy tushunchalar hosil qilish yo’lida og’ishmay ishlashi kerak
1-mavzu: kirish. kimyo o’qitish metodikasi fani, vazifalari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALK TA`LIM VAZIRIGI Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti Ta`biyattaniw-geografiya fakul`teti Kimyo va ekologiya kafedrasi Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Ajieva M.B. KIMYO O’QITISH METODIKASI fani buyicha ma`ruza matni 1
Post on 09-Feb-2017
Documents
Kirish. Kimyo o’qitish metodikasi fani, vazifalari.
OZBEKISTON RESPUBLIKASI XALK TA`LIM VAZIRIGIAjiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika institutiTa`biyattaniw-geografiya fakul`tetiKimyo va ekologiya kafedrasiPedagogika fanlari nomzodi, dotsent Ajieva M.B.
KIMYO O’QITISH METODIKASIfani buyicha ma`ruza matniNUKUS – 2011Mavzu nomiBetlar
1-mavzu:Kirish. Kimyo o’qitish metodikasi fani, vazifalari. 4-7
1. Maktabning hozirgi zamon holati.
2. Kimyo o’qitish metodikasi vazifalari.
3. KOM metodik yunlishi.
4. KOM boshqa fanlar bilan bog’lanishi. 45
2-mavzu:Kimyo o’qitish metodikasi fani tarixidan8-9
1. Kimyo oqitish metodikasi tarixi.
2. Kimyo fani rivojlanishining 4 davri.
3. Kimyo oqituvchisining talim-tarbiyaviy vazifasi. 88
3-mavzu:Kimyo o’qituvchisining maqsadi va ta’lim-tarbiyaviy vazifalari.10-12
1. Kimyo va ilmiy dunyoqarash, materialistik va idealistik qarashlar.
2. Kimyo va ateizm. 1011
4-mavzu:Dasturlar. Asosiy va qoshimcha materiallar.13-20
1. Kimyo dasturlari tarixidan
2. Asosiy va qoshimcha materiallar
3. Davlat dasturlari tarixi. Hozirgi holat. 1315
5-mavzu:O’qitish prinsiplari va metodlari.21-25
1. O’qitishdagi asosiy uslublar.
2. Bayon etish, suhbat, ekskursiya, eksperiment, laboratoriya ishi, amaliy mashg’ulotlar.
3. Masalalar yechish, kitob, daftar bilan ishlash. 2122
6-mavzu:Oquvchilarning bilimlarini baholash va nazorat qilish.26-32
1. Bilimlarni baholash va nazorat qilish.
2. Seminar mashgulotlar. Diktant.
3. Darsni tahlil qilish.
4. Kartochka qollash dars xillari. 2628
7-mavzu:Kalendar rejalar tuzish.33-41
1. Yarim yillik va yillik rejalar.
2. Kimyo darslarida noananaviy uslublar. 3336
1. Fakultativ darslar shakllari, rejalash, otqazish.
2. Sinfdan tashqari mashgulotlar. Ekskursiya, togarakstol oyinlari, kimyoviy haftalik. 4248
9-mavzu:Dars davomida texnik vositalardan foydalanish.53-54
1. Kimyoda o’quv jihozlari, reaktivlar. Texnik vositalardan foydalanish.
2. Kimyoda korgazmali qurollardan foydalanish. 53
10-mavzu:Akademik litsey, kolledj, kechki va sirtqi maktablarda kimyo.55-58
1. Ta’lim qonuni. Akademik litsey va kolledjlarda kimyo.
2. Kechki va sirtqi maktabda kimyo5557
11-mavzu:”Kimyo va Ma’naviyat”.59-62
1. Kimyo kabinetida ishlash qoidalari.
2. Kimyo kabinetiga qo’yiladigan talablar. 6365
13-mavzu:Darslar o’tishdagi ayrim mavzular bo’yicha metodik yo’llanmalar.67-72
14-mavzu:Atom molekulyar ta’limotni o’qitish, kimyoviy tushunchalar xosil qilish metodik usullari.73-74
1. Dastlabki kimyoviy tushunchalar mavzusida atom molekulyar ta’limotni tushuntirish.
2. Modda, element, reaksiya, asosiy qonuniyatlar, kimyoviy formula, valentliklarni tushuntirish usullari. 73
15-mavzu:Metallar va metalmaslarni organishning metodik oziga xosligi.75-78
1. Metallar va metalmaslarning orta maktab kimyo kursidagi orni va uning oquv-tarbiyaviy ahamiyati.
2. Metallar va metalmaslar dastur materiallarini o’rganishdagi metodik yondoshishlar3. Mavzu o’rni va ahamiyati. O’rta maktab kimyo kursida elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi75
16-mavzu:O’rta maktab kimyo kursida davriy qonun va D.I.Mendeleev elementlar davriy jadvali. Atomlar tuzilishini jadval vasistema orqali tushuntirish.79-80
1. Davriy qonun va elementlar davriy jadvali mavzusini yoritish metodikasi.
2. s, p, d, f qavatlari, atom haqidagi tushunchani davriy qonun vajadvalga asoslanib yoritish. 79
17-mavzu:Organik kimyo o’qitishda metodik yondoshishlar.81-86
1. Organik kimyoda ma’ruza, seminar, konferenziya, amaliy mashg’ulotlar o’tqazish uslublari
2. Organik kimyodagi reaksiyalar tiplari. 81
18-mavzu:Atomlar tuzilishi qonuniyatlariga asosan D.I.Mendeleyev davriy qonuni va kimyoviy elementlar davriy jadvali.87-92
1. Energetik pog’onalar bo’yicha elektronlar taqsimlanishi. Atomlardagi elektronlar holati tavsifi.
2. Elektron qavatlar va qavatchalarda s-, p- va d-elektronlar taqsimlanishi.
3. Vodorod, lantanoidlar, aktinoidlar va sun’iy olingan elementlarning davriy jadvaldagi o’rni.
4. Valentlik. elementlar va ularning birikmalarining xossalarining davriy o’zgarishi.
5. Tabiat qonunlarini tushunishda, fan rivojlanishida davriy qonunning ahamiyati. 87
19-mavzu:Elektrolitik dissotsiatsiya qonuniyatlarini tushuntirish usullari.93-95
1. Elektrolitlar, elektrolitmaslar eruvchanligi, elektrolitik dissotsiatsiya
2. Tuzlar gidrolizi93
1-MAVZU: Kirish. Kimyo o’qitish metodikasi fani, vazifalari.
1. Maktabning hozirgi zamon holati.
2. Kimyo o’qitish metodikasi vazifalari.
3. KOM metodik yunlishi.
4. KOM boshqa fanlar bilan bog’lanishi.
Milliy talim dasturi, maktab oqituvchisi vazifasi. Metodik vazifalar. Metodologiya, fanlar aloqasi.
O’zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan boshlab, malakali, yetuk mutaxassislarga bo’lgan ehtiyoj keskin ortganligining guvohi bo’lib turibmiz. Maktabdan boshlab mustaqil fikrlovchi yigit-qizlarni tarbiyalash shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Yosh avlod ma’lum bilimlar yig’indisini bilibgina qolmay, mustaqil davlat quruvchiga xos ma’naviyat va ma’rifat egasi bo’lib, o’zining mehnatga munosabati va xulq atvori hammaga havas qildiradigan bo’lishi kerak.
Bizning mamlakatda o’qituvchiga, yosh avlodni tarbiyasiga katta imtiyozlar berilmoqda. Shu sababli oliy ta’lim oldida birinchidan studentlar jamoasiga bilimli, ma’naviyatli hamda o’zbek millatiga xos tafakkurga ega bo’lgan yoshlar qabul qilish, ularni bilim bilan qurollantirish va yuqori ma’nosida buyuk inson darajasiga etkazish kerakdir. Buni bajarishda fan o’qituvchilari xizmati kattadir.
O’qituvchi-mukamal shakllangan kimyo fani bo’yicha mutaxassis bo’lishi kerak. U kimyo fani, kimyoviy bilimlar va amaliy uslublardan tashqari bolalarning yoshiga qarab psixologiyasini bilish kerak. U oldindan bilim berishning hamma bosqichlarini amalga oshirish uslublarini mukammal egallashi kerak. O’zi dars beradigan fanning didaktik asoslarini bilib, bilimni berish umumiy uslublarini bolalar yoshlarini hisobga berib, o’zining hayotiy tajribasiga asoslanib bilimni etkazishi kerak.
O’qituvchi o’zining bilimini hamma vaqt to’xtamay oshirib borishi shart, ya’ni pedagogik texnologiyalarini egallashi, o’quv jarayoni mukammallashtirishga harakat qilishi kerak. Chunki o’qituvchi o’z izlanishlarida to’xtab qolsa, ertasiga u shablon qotgan fikrlab qoladi va yuqori xavas qiladigan darajadagi insonlar orasidan chiqib qoladi va o’quvchilar orasida unga nisbatan xurmat ozayadi, bolalar unga taqlid qilishi, xavas qilishi yo’qolaboshlaydi.
Har bir o’qituvchi boshqalar tajribalarini quruq nusxa qilmasdan, o’zining tajribasi bilan to’ldirishi kerak va shunda o’quv jarayoni mukammalashadi chunki har bir inson uziga xos uslub va unga xos shaxsiy xislatlarga ega.
Kimyo o’qitish uslublari ma’lum tartibda o’rganiladi. Avval o’qish jarayonining asosiy vazifalari qarab chiqiladi. Keyin o’qish jarayonini tashkil etish uslublari, o’qitish qurollari, shakli va o’qituvchi mexnatini ilmiy tashkil etish uslublari qarab chiqiladi.
Kimyo o’qitish uslublari faqat ma’ruzalar orqali etkazilmaydi, studentlar tajribalar ko’rsatish uslublarini bilishi, darslarni rejalashtirishni, kimyoviy masalalarni echish uslublarini, dars berish shakllarini va boshqalarni bilishi kerak. Shu sababli ular kurs ishlari bajarishi, pedagogik amaliyotda mustaqil ishlashi kerak. Uslublarni o’rgatayotganda maktab, akademik litsey, kasb hunar kolledjlarga ekskursiyalar qilish kerak. Maxsus kurslar, maxsus kurslardan amaliyotlar ham tashkil etish katta ahamiyatga ega.
Fan va texnikaning rivojlanishi o’quvchilarni bilimlar oqimiga va voqealar to’lqiniga bo’lgan qiziqishini kuchaytirmoqda. Bugungi kun nuqtai-nazaridan qaraydigan bo’lsak, o’quvchilar bilim faoliyati yuqori, aqliy faoliyati yaxshi va mustaqil fikrlay olishi zarur. O’quvchilardagi bunday xislatlarni maktab o’qituvchilari rivojlantirib boradilar. Mustaqil yurtimiz ravnaqi uchun, kelajak avlodimiz uchun bunday sharafli ishda mas’uliyat bilan ishlash har bir pedagogning burchi hisoblanadi. Bunday mas’uliyatli ishni hal etish o’quvchilarni chuqur va mustahkam bilimlar bilan qurollantirish, fanga qiziqtirish, mustaqil ishlash va fikrlashga qaratishni uslubiga bog’liq. Har qanday mutaxassis o’z ishi metodikasiga qanchalik e’tibor bersa, u shunchalik katta natijalarga erishadi. O’qituvchi ishining asosiy o’qitish metodikasi o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalash metodikasidir. Kimyo o’qituvchisi ishining asosi-kimyo o’qitish metodikasidir.
Kimyo metodikasi, boshqa o’quv predmetlari o’qitish metodikasi kabi, asl mohiyati bilan olganda, uchta asosiy masalani:
1) ta’lim-tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalarini;
2) bu ishning mazmuni;
3) o’quvchilarni ma’lumotli qilish va tarbiyalash protzessining xarakterini hal qilib beradi.
O’qituvchi o’z faoliyatida rejissyor, aktyor, muxarir, tashkilotchi vazifasini bajarishga majburdir, ulardan bittasi bo’lmasa bu o’qish jarayoniga salbiy ta’sir etadi. Kimyo o’qitish metodikasi darslarida Universitet ziyolilari yangi bilim bermay, student bilimini o’quvchiga yetqazish uslublarining metodlarini o’rgatadilar. Kimyo uslublari umumiy pedagogik yo’nalishlardan farqlanishi mumkin, shu sababli kimyo o’qitish metodikasi quyidagi uch vazifani bajarishga harakat qiladi:
1) Maktab kimyo darsligi uchun kerakli hajmda dalillarni tanlash;
2) Kimyo dars berish usullarini tanlash;
3) O’quvchilarning bilimini oshirishda o’qituvchi faoliyati orqali kitob, kino, radio, televizor va boshqa vositalardan foydalanishni o’quvchilarga o’rgatish.
Kimyo fanining xulosalari hayot bilan chambarchas bog’liq holda bo’lishini va falsafali talqin qilishini talab qiladi. Kimyo o’qitish o’quvchilarda asta-sekin kimyoviy dunyoqarash hosil qilishi kerak. Kimyo o’qituvchisining vazifasi:
– kelajagi buyuk mustaqil O’zbekistonimiz uchun o’quvchilarni hozirgi zamon kimyo fani asoslarini ongli ravishda va puxta o’zlashtirishga erishishi;
– o’quvchilarni kimyoning atrofdagi tabiatni izohlab berish va undan foydalanish uchun zarur bo’lgan ilmiy asoslari bilan tanishtirish;
– o’quvchilarda tabiatga to’g’ri, materialistik nuqtai nazardan qarash xususiyatlarini hosil qilishga alohida e’tibor berish;
– o’quvchilarni ilmiy bilishning vositalaridan biri bo’lgan kimyoviy eksprimentdan foydalana oladigan qilib tarbiyalash;
– o’quvchilarni mehnatga o’rgatish-ularni kelgusi amaliy faoliyatga tayyorlash zarurdir;
– o’quvchilarni kimyo faniga nisbatan qiziqishlarini yanada orttirish;
– o’quvchilarni mustaqil ravishda izlanuvchanlikka va bilim olishga o’rgatish;
– o’quvchilarda kundalik turmushda, hayotda bo’ladigan o’quv va malakalarini hosil qilish;
– o’quvchilarning qo’lidan keladigan ijtimoiy foydali ishga jalb qilish;
– kimyo fanining hayotimizdagi ahamiyatini tushuntirish;
– jismoniy baquvvat, aqlan yetuk insonlar darajasiga etqazish;
– elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi bilan konkret tanishish kimyo kursining asosiy mazmunini tashkil etadi;
Kimyo o’qitish o’quvchilarni tarbiyalashning qudratli vositasidir, kimyo o’qitish o’quvchilarni mehnatsevar va vataniga muhabbat qo’yadigan q’ilib, fanga chuqur qiziqadigan qilib, ilmiy predmetlar to’g’risida mustaqil fikr yuritish qobiliyatiga ega qilib, ijodiy faollik ko’rsatadigan, kimyodagi asosiy tushuncha va qonunlarning tadrijiy-tarixiy rivojlanishiga to’g’ri nuqtai-nazardan qaraydigan qilib tarbiyalashi kerak. Kimyo o’qitish uslublaridan xususan kimyo o’qitishga xos uslublar hamda umumpedagogik uslublarni qo’llash mumkindir. Masalan, tajriba va tushuntirish muammosi quyidagicha bo’lishi mumkin:
a) oldin tajriba, keyin izoh;
b) avval izoh, keyin tajriba;
v) izoh va tajriba birgalikda;
g) uyga vazifa qo’ralib, tajribani ko’rsatib, so’ngra izohlash.
Kimyo o’qitish yangi uslublarini ishlab chiqishda umumpedagogik tadqiqotlardan: pedagogik kuzatish, tadqiqotchining o’qituvchi va o’quvchi bilan suhbati, anketalash, kuzatilgan darsni pedagogik tashkil etish, tajriba q’aytadan sinab ko’pchilikka taklif etishni qo’llanilishi shartdir. Kimyo o’qituvchisi g’oyaviy shakllangan shaxs bo’lishi, fanni chuqur bilishi, tarbiyalash va o’qitishning asosiy nazariy bilimlarini amaliy faoliyatda to’g’ri qo’llay bilishi, hamda pedagogik tajribalardan xabardor bo’lishida kimyo o’qitish uslublari fanining alohida o’rni bor. Chunki bu fan maktabda kimyo o’qitish fanining mazmuni va uni o’quvchilar tomonidan tushunib olish qonuniyatlarini o’rgatuvchi, yo’naltiruvchi pedagogik quroldir. Kimyo o’qitish uslublarining mohiyati fan sifatida bu kimyo o’qitish jarayoni qonuniyatlaridir, bunga:o’qitish maqsadi, mazmuni, uslublari, shakllari, vositalari hamda o’qituvchi va o’quvchi orasidagi faoliyat kiradi. Kimyo metodikasining funksiyasi o’rta maktab o’quvchilarining asosiy faktlarni tushuncha qonuniyatlar va nazariyalarini, ularni kimyoga xos bo’lgan jumlalarda ifodalash optimal yo’llarini topishdan iborat. Didaktikaning asosiy xulosalari, qonuniyatlari va prinsiplariga tayanib ta’lim-tarbiyani va yetuklikni o’stiradigan kimyo o’qitishning asosiy vazifalarini metodika hal qiladi. O’quvchilarning kasb tanlashi politexnik ta’limot muammolariga katta e’tibor beriladi. Metodika esa didaktika kabi o’quvchilarning bilim olish faoliyatlarini rivojlantirish, o’stirish va dialektik materialistik dunyoqarash asoslarini hosil qilish masalalarini ko’rib chiqadi. Bunda kimyo metodikasining ta’siri har xil qiziqishga va boshqa o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan har xil yoshlarga turlicha ekanligiga e’tibor berilishi shartdir. Kimyo metodikasini ilmiy asosida hal qilish uchun maktab kimyo kursining konkret materiallariga dialektik-materialistik falsafa nuqtai nazaridan qarab asoslanish, pedagogikaning, fiziologiya va psixologiyaning hozirgi zamon ma’lumotlarini har tomonlama hisobga olishi albatta zarur.
Kimyo o’qitish metodikasi asosida quyidagi metodologik yo’nalishlar mavjud:
1. Umumiy dialektik uslub, bunda tushunchalarning fikrlash davomida rivojlanishi, o’qitishning har xil qismlarining o’zaro bog’liqligi, ichki qarama-qarshilikning o’zaro bog’liqligi, ularni yechishda muammoli yondashish.
2. Sistematik-struktur yondashish, bunda o’qitish uchun asosiy bo’limlarni ajratish, ularning o’zaro bog’liqligini topish, hamda elementlar o’zaro ta’sirining barqarorligini, yaqinligini ko’rsatish va maktab kimyo o’qitish metodikasini birligini ko’rsatish.
3. Yuqoridagi metodik kategoriyalarni uchta o’qitish funkziyalari: bilim berish, tarbiyalash va rivojlantirishga asoslanib qarash.
4. Kimyo o’qitish metodikasining asosini didaktik yondashish orqali qarab chiqish.
Kimyo o’qitish metodikasida o’qitish uslubini didaktik tarbiyalashni tarbiya qonuniyatlari, bilimini rivojlantirishni-psixologiya fanlari o’rgatadi. O’qitish davrida bu uchala tarkibiy qismlar o’zaro ta’sirlanadi va kimyo o’qi tish metodikasi asosida turadi. Demak, kimyo o’qitish metodikasi maktabda o’quvchilarga bilim berish, tarbiyalash va bilimini rivojlantirishni kimyo darslarini o’qitish davomida o’rgatadigan pedagogik fan ekan. Kimyo o’qitish metodikasi pedagogika, kimyo, jamiyatshunoslik va boshqa fanlarning qoq markazida joylashgan bo’lib ular bilan uzviy bog’liqdir.
Kimyo o’qitish metodikasi falsafa, siyosiy iqtisod kimyoviy va boshqa tushunchalar bilan kelajak o’qituvchinini qurollab, o’rta maktab sharoitiga moslashishiga tayyorlaydi.
1. Mustaqil Uzbekiston Respublikasida talim togrisida qabul qilingan qarorlarni ayting.
2. Maktab, akademik litsey, kollej tuzilishini tushuntiring.
3. Kimyo oqituvchisi qanday inson bolishi kerak.
4. Kimyo oqitish metodikasi fanini tahlil qiling.
5. Fanlar orasidagi boglanishini ayting.
1. N. Borisov. Kimyo oqitish metodikasi. Toshkent. 1966 y.
2. Yu. V. Pletner, V. S. Polosin. Kimyo oqitish metodikasidan praktikum. T., 1981y.
3. V. I. Sushko. Maktabda kimyo. T. Oqituvchi. 1991y. 2-MAVZU: KIMYO O’QITISH MeTODIKASI FANI TARIXIDAN
1. Kimyo oqitish metodikasi tarixi.
2. Kimyo fani rivojlanishining 4 davri.
3. Kimyo oqituvchisining talim-tarbiyaviy vazifasi.
Kimyo tarixi, D.I.Mendeleev, M.Lomonosov, S.Sozonov. Tasviriy kimyo davri, nazariy umumlashtirish davri. Elektron tasavvurlar. Talim-tarbiya, politexnik talim.
Kimyo o’qitish metodikasi oziqlanishiga ko’ra, kimyoning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bir vaqtda vujudga kelgan va rivojlangan.
Kimyo o’qitish metodikasini rivojlantirishda M. Lomonosov, N. Zinin, A.Voskresenskiy, D. Mendeleyev, A. Lavuaz’e, A. Butlerov, N. Beketov, L. Chugaev, D. Konovalov, Kekule, I. Kablukov, A. Reformatskiy, I. Pisarevskiy, B. Menshutkin va boshqa mashhur kimyogar olimlar o’z hissalarini qo’shganlar, chunki ular o’z shogirdlariga kimyodan dars ham berganlar. Bu olimlarning bir qator prinsipial yangi uslubda yozgan darsliklari ham bo’lgan.
Rus olimlari M.Lomonosov, D.Mendeleyev, A.Butlerov kimyo o’qitish metodikasining ilmiy asoslarini yaratishda ko’p xizmatlar qilganlar. Idealizm va emperizmga qarshi murosasiz kurash olib borish protsessida bu olimlar kimyodagi yangi yo’nalishlarni yaratishdan tashqari, ilmiy va materialistik asosda kimyo o’qitish metodikasiga xam asos solgandirlar.
M.Lomonosov (1711-1765) . rossiya tuprog’i o’z Platonlarini va o’tkir aqlli Nevtonlarini undirib chiqara olishi mumkin degan chuqur ishonch bilan gimnaziya va universitet tashkil etgan. Moskva universitetida maruzalar yozib ularni o’qigan.
D.Mendeleyevning “Kimyo asoslari” (Osnov ximii), “Orzu fikrlar” (Zavetne msli), “Ustozlar bilim yurtining loyixasi” (Proekt uchili nastavnikov) kitoblari dunyoga ma’lum bo’lgan, kimyoni amaliyotga yaqinlashtirgan. Kimyo asoslari haqida “Vu mening sevikli farzandim mening boshlang’ich fikrlarim, mening pedogogik tajribam, mening chin qalbimdan aytilgan fikrlarim anashu asarimdadir” deb aytgan. Kimyoni hayot bilan bog’liq bo’lishini targ’ib etgan. Xulosalar chiqarish bilan bir qatorda “shu xulosalarni chiqarish usullari tavsiyalarini bayon etish” – o’quvchilarni xulosalardan foydalanishga, “kimyoviy amaliyotni ya’ni tabiatdan so’rash va uning javoblarini laboratoriyalarda va kitoblarda eshitish san’atini o’zlashtirishga” o’rgatmoq lozim. Kimyo o’qitish o’quvchilarda sekin-asta kimyoviy dunyoqarash hosil qilishi kerak.
Mendeleyev o’quvchilarni kimyoning atrofdagi tabiatni izohlab berish va undan foydalanish uchun zarur bo’lgan ilmiy asoslari bilan tanishtirish:o’quvchilarda tabiatga to’g’ri, materialistik nuqtai nazardan qarash xususiyatlarini hosil qilishga alohida e’tibor berish: o’quvchilarni ilmiy bilimining vositalaridan biri bo’lgan kimyoviy tajribadan foydalana oladigan qilib tarbiyalash, o’quvchilarni mehnatga o’rgatish, ularni kelgusi amaliy faoliyatga tayyorlash zarur deb hisobladi. Uning fikricha kimyo o’qitish moddalarning o’ziga va shu moddalar bilan sodir bo’ladigan o’zgarishlarga asoslanishi kerak. Kimyogarlar moddalarning xossalarini va bu moddalar bilan bo’ladigan o’zgarishlarni fanda mavjud nazariyalar:moddalarning tuzilish nazariyasi, davriy qonun, kimyoviy elementlarning davriy sistemasi va boshqa nazariyalar asosida izohlab berish lozim deb hisobladilar. S.Sazonov (1866-1931) Uning fikricha kimyo o’qitishda eksperimentga e’tibor kuchayishi kerak degan edi.
U kimyoviy tajribalar qilib ko’rsatishning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini inkor etmadi, shu bilan birga, o’rta maktabda o’quvchilarning maxsus amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishga katta ahamiyat berdi. Uning “Elementarny kurs ximii” degan sistemalashgan dastlabki kimyo darsligi va “Perve rabot po ximii” degan kimyoviy tajribalar kitobida o’quvchilar tomonidan tajribalar bajarish texnikasi va metodikasini yozgan edi. Shundan so’ng Krapivin S. “Zapiski po metodike ximii”, hamda Gol’dfarb, Smorgunskiylar 1933 yilda birinchi stabil mukammal darslik chop etdilar. Ular tomonidan “Metodika prepodovaniya ximii” degan darslik ham yaratildi.
Kimyo o’qitish metodikasining rivojlanishida eski sovet tuzumidagi pedagogik akademiyaning ham roli katta edi. Chunki unda kimyo fani o’qitish metodikasi, maktab kimyo kabinetlarini jihozlash, o’quvchilarda kimyoviy tushunchalar hosil qilish, kimyodan masalalar va mashqlar to’plash, o’rta maktab kimyo o’quv kursida o’qitiladigan organik moddalar va shu kabi metodik muammolarni eksperiment yo’li bilan hal qilish muammolari sohalari keng tadqiq qilingan edi.
Bugun ham kimyo metodikasi oldida quyidagi masalalarni ilmiy ravishda ishlab chiqish vazifalari mavjud:
a) Kimyoning ilmiy asoslari;
b) Kimyo o’quv kursini tuzish sistemasi;
v) O’quvchilarni politexnik jihatdan tayyorlashning mazmuni va metodikasi;
g) Kimyo o’qitish protzessida o’quvchilarni tarbiyalash;
d) Maktabda o’tqaziladigan kimyoviy eksperiment metodikasi;
e) Kimyodan ta’lim tarbiya protzessining asosiy qonunlari;
j) Kimyodan o’tqaziladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar sistemasi va boshqalar.
Kimyo fanining rivojlanish davrlari.
Kimyo fani atigi uch asr muqaddam tarkib topgan va hozirgacha bir necha asosiy davrlarni o’tqazgan. O’rta maktab kimyo fanidan dars berishda bu davrlarni bilish lozim.
1. Tasviriy kimyo davri. XVIIIasr o’rtalarigacha bo’lgan, bunda qonun va nazariyalar bo’lmagan unda chiqqan darslik ham “demonstratziya fani” deb nomlangan.
2. Tajribaviy-nazariy kimyo davri XVIIIasrning o’rtasidan to XIX asrning o’rtasigacha bo’lgan davrdir. Bu davrda moddalar massasining saqlanish qonuni va boshqa amaliy ishlar paydo bo’ldi. Shu davrda kimyoning eksperimental nazariy xarakteri kimyo o’qitish metodlarida ham aks etdi. Ilgari qo’llanilib kelgan oddiy ko’rsatma metod o’rniga eksperimental metoddan foydalaniladigan bo’ldi. Ammo o’sha davrda, kimyo keng o’zida metodologik kurash borligi munosabati bilan, anti- materialistik g’oyalar kimyo o’qitishga ham kirib bordi. Metodik qarashlar o’ta ketgan emperizmning zararli g’oyalari bilan zaharlandi.
3. Uchinchi davr kimyoda eng buyuk nazariy umumlashtirishlar davri XIX asrning o’rtasidan to oxirigacha bo’lgan davr. Bunda Mendeleyev va Butlerov kitoblari chiqdi. D. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi va A. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi “Vvedenie k polnomu izucheniyu organicheskoy ximii” butun organik kimyo o’quv kursining asosiy prinsipi bo’lishiga qaramay uzoq vaqt rus maktablarida ham qo’llanilmay kelgan edi.
4. Kimyoda elektron tasavvurlar XIX asrning oxiridan taxminan XX asrning 20 yillarigacha bo’lgan davr atomlar tuzilishining kashf etilishi bilan bog’liq. Bu davrda moddalarning xossalari atomlar tuzilishi nuqtai nazaridan izohlab berildi: kimyoviy o’zgarishlarning mohiyati aniqlandi-oksidlanish, qaytarilish, ionlanish, elektroliz va boshqa protzesslarning mohiyati oydinlashtirib berildi: yangi atomlar, yangi sun’iy kimyoviy elementlar hosil qilindi va ishlatildi. Atomning ichki energiyasi deb atalgan g’oyat katta energiya manbai topildi.
Yuqoridagi ilmiy kashfiyotlar xar hil idealistik ideyalarni tomirlariga bolg’a urdi va birdan bir to’g’ri, tabiatning mohiyati hamda qonuniyatlarni aks ettiruvchi ideyalarni dialektik-materialistik ideyalarni mustahkamladi.
1. Kimyo fani va kimyo oqitish metodikasi fanlarining rivojlanishi bosqichlarini ayting. Olimlar, ularning fanga qoshgan hissalari haqida fikr yuriting.
2. Kimyo rivojlanishidagi davrni tahlil qiling.
3. Talim-tarbiya yunalishlarini tushuntiring.
1. I. N. Borisov. Kimyo oqitish metodikasi. T. 1966y.
2. Yu. V. Pletner, V. S. Polosin. Kimyo oqitish metodikasidan praktikum. N. 1981y.
3-MAVZU: kimyo o’qituvchisining maqsadi va ta’lim-tarbiyaviy vazifalari.
1. Kimyo va ilmiy dunyoqarash, materialistik va idealistik qarashlar.
2. Kimyo va ateizm.
Dialektik materializm, idealistik qarashlar. Vitalistik nazariya. Ateistik goyalar. Vatanparvarlik. Manaviyat. Ozbek olimlari.
Kimyo o’qituvchisining vazifasi yosh avlodni mustaqil Respublikamizni qurishga tayyorlash bilan belgilanadi. O’quvchilarni hozirgi zamon bilimlari bilan qurollantirish maktabimizning eng muhim vazifasidir va bu kimyo o’qituvchisiga ham yuklatilgandir.
O’quvchilarga kimyo o’qitish jarayonida politexnik ta’lim berish dialektik-materialistik dunyoqarash asoslarini hosil qilish, vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalash maktab hamda kimyo o’qituvchisining eng muhim vazifasidir. O’qituvchi o’quvchilarga politexnik ta’lim berish maqsadida:
1. O’quvchilarni eng muhim kimyoviy ishlab chiqarishlar bilan tanishtiradi, hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarishlariga asos bo’lgan ilmiy prinsiplarni alohida ta’kidlab o’tadi.
2. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining kimyoviy asoslarini ochib beradi.
3. O’quvchilarga kimyo va kimyo sanoatining yutuqlarini, shuningdek, ularning bundan buyon asosan qaysi yo’lda rivojlanishini ko’rsatib beradi.
4. Kimyoning eng yangi yutuqlaridan amaliy hayotimizda qanday foydalanilayotganligiga o’quvchilar e’tiborini jalb ettiradi.
5. O’quvchilarga eng muhim, amaliy hayotda albatta zarur bo’ladigan o’quv malakalar beradi.
6. O’quvchilarni ularning qo’lidan keladigan ta’lim-tarbiya maqsadlariga bo’ysundirilgan ijtimoiy foydali ishlarga jalb etadi.
Oquvchilarda dialektik-materialistik dunyoqarash asoslarini hosil qilish
Kimyo o’qitish o’quvchilarning konkret faktlar bilan tanishtiradi, kimyoviy tushunchalar va qonuniyatlari bilan, ulardan foydalanib keng dialektik-materialistik xulosalar chiqariladi.
Moddalar, ular tarkibidagi kimyoviy elementlar kimyoviy o’zgarishlar va moddalarning bir-biriga aylanishiga asoslanib o’qituvchi chinakam ilmiy dialektik-materialistik dunyoqarashlar muhim tomonlarini o’quvchilarga ochib beradi, ya’ni tabiatni bir-biridan ajralgan va bir-biriga bog’liq bo’lmagan narsalar, hodisalarning tasodifiy to’plami deb emas, balki bog’langan, bir butun deb qaramoq kerakligiga o’quvchilarni ishontiradi.
O’quvchilar kimyo kursining ko’pgina misollarida (atom va molekulalar, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari amfoterlik va boshqa misollarda) moddalarning o’zida va bu moddalarni tashkil etgan zarrachalarda ichki qarama-qarshiliklar namoyon bo’lishini, ana shu qarama-qarshiliklar kurashi moddalarni sifat jihatidan o’zgarishiga olib borishini bilib oladilar: o’quvchilar kimyoviy protzesslarda o’z xossalari jihatidan qarama-qarshi bo’lgan reagentlarning metallar bilan metalloidlarning, kationlar bilan anionlarning, kislotalar bilan asoslarning va shu kabilarning o’zaro ta’sir etishini ko’rib boradilar.
Shunday qilib o’qituvchi kimyo o’qitish protzessida dialektik-materialistik dunyoqarashning asosiy ideyalarini:
a) tabiatdagi modda va hodisalarning o’zaro bog’liq ekanligi;
b) tabiatning uzluksiz suratda o’zgarishi va taraqqiy etishi;
v) miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tishi;
g) qarama-qarshiliklar birligi va kurashi to’g’risidagi ideyalarni o’quvchiga ochib beradi.
O’qituvchi o’quvchilarga tabiatga mutlaqo ilmiy, materialistik qarashni:
a) olamning ob’ektivligini,
b) tabiatning materialligini,
v) materiyaning abadiyligi,
d) olamni bilib olish mumkinligini belgilab beruvchi ideyalarni sekin-asta, butun kimyo kursi davomida tushuntirib boradi.
Metodik prinsiplari. – O’quvchilarda dialektik materialistik dunyoqarash asoslari xosil qilish protzessining poydevori kimyoning o’zidir:bu ishning muvaffaqiyatli suratda hal qilinishi, avvalo butun kimyo o’qitishning to’g’ri qo’yilishiga bog’liq bo’lgan.
– O’quvchilar moddalarning o’zini va ular bilan bo’ladigan o’zgarishlarni qanchalik ravshan idrok etsalar ularning dialektik-materialistik xulosalari shunchalik tushunib qilingan xulosalar bo’ladi.
– Maktab kimyo kursiga tarixiy nuqtai nazaridan qarash o’quvchilarda fanning o’zi haqida to’g’ri tasavvur hosil qilishning eng muhim vositalaridan biridir.
– tarbiya jihatidan olganda, kimyo kursida moddalarning klassifikatziyasiga doir masala juda katta rol’ o’ynaydi.
– O’quvchilarda dialektik-materialistik dunyoqarash asoslarini hosil qilish uchun, nihoyatda mayda zarrachalarning va butun materiyaning o’z-o’zidan xarakatlarini zarrachalarining mexanik suratda siljishidangina iborat bo’lib qolmay, balki bu harakatlanish vaqtida zarrachalarning sakrash bilan (to’satdan) bo’ladigan sifat o’zgarishini ham o’quvchilarga isbotlab berish nihoyatda muhimdir.
– kimyo o’qituvchisi moddalarning sakrash bilan(to’satdan) bo’ladigan sifat o’zgarishi protzessining birlik va qarama-qarshiliklar kurashi formasida namoyon bo’lishini o’quvchilarga tushuntirib berishi juda muhimdir.
CuO + H2 = Cu + H2O
Bu reaksiyada ikki protzess mis qaytariladi, vodorod esa oksidlanadi, ikki yoqlama tabiat: mis qaytarilib, ayni vaqtda vodorodni oksidlaydi, vodorod esa oksidlanish bilan birga, o’zi misni qaytaradi. Bu reaksiya prozessida “qarama-qarshiliklar kurashi” sodir bo’ladi.
O’quvchilarni ilmiy-ateizm ruhida tarbiyalash. Kimyo darslarida umuman hamma g’oyaviy tarbiyaviy ishlar kabi, ilmiy-ateistik tarbiya ham tabiatning kimyoda o’rganiladigan hodisalarini materializm nuqtai nazaridan izchillik bilan izohlashga, o’quvchilarga hozirgi zamon kimyosining va kimyo sanoatining tabiat taraqqiyotiga materialistik qarash to’g’ri ekanligini tasdiqlovchi yutuqlari bilan tanishtirishga asoslanadi.
Kimyo o’qituvchisi shuni qattiq esda tutishi kerak moddalarning xossalari, kimyoviy hodisa, tushuncha va qonunlar materializm nuqtai nazaridan to’g’ri talqin qilinmasa, yaxshi ateistik tarbiya haqida so’z ham bo’lishi mumkin emas.
Kimyo o’qituvchisi, o’quvchilarni ilmiy ateizm ruhida tarbiyalash maqsadida, sekin-asta, butun kimyo kursi davomida:
a) olamda tabiatdan yuqori turadigan, tabiatni boshqaradigan alohida moddiy bo’lmagan ilohiy kuchlar bor.Olamni xudo bor qilgan. Bizni o’rab turgan olam sifat jihatidan o’zgarmaydi, xudo hoxlagan vaqtda qiyomat bo’ladi, degan rivoyatlarni ilm-fanga xilof ekanligini tushuntirib berishi;
b) olamning negizi materiya emas, balki energiyadir, atomlarning radioaktiv yemirilishi vaqtida materiya yo’q bo’ladi:tabiatda qonunlar bo’lmaydi: tabiatning modda va hodisalarini odam o’z ongidagina klassifikatsiya qiladi. Kimyoviy jarayenlar molekula va atomlar mexanikasidangina iboratdir, deb tasdiqlaydigan idealistik va mexanistik da’volarning puch ekanligini ochib berishi;
v) vitalizmning idealistik mohiyatini fosh qilish-anorganik va organik moddalar orasida birlik bor, o’simliklar va hayvonlar olami orasida bog’lanish mavjud, anorganik tabiat taraqqiy etadi, degan ideyalarni, materiyaning birligi ideyalarini o’quvchilarga ochib berishi;
g) fanning kuchini va ilmiy bilimning bepoyonligini ko’rsatishi – “olamda bilib bo’lmaydigan narsalar yo’q, balki hali ham bilib olinmagan, fan va praktika kuchi bilan ochiladigan hamda bilib olinadigan narsalar bor” ekanligiga. Tabiatning barcha modda va hodisalari o’zaro bog’langanligiga va bir-birini taqozo qilishiga;
Kimyoviy protsesslar bilan bog’liq bo’lgan barcha diniy “mo’jizalar” keng ommani aldashi, ularni mamlakatning siyosiy hayotida faol ishtirok etishdan chalg’itish maqsadida, tabiat hodisalarini buzib talqin etishdan iborat ekanligiga:kimyo va kimyo sanoati rivojlangan sari imkoniyatning tabiatni o’ziga tobora ko’p bo’ysundirishga va tabiatdan o’z amaliy maqsadlari uchun tobora ko’p foydalanishiga o’quvchilarni ishontirish:dinning ilmiy tekshirishlarga va ilg’or olimlarga qarshi kurashini ko’rsatish kerak.
Bizning mamlakatimizda diniy xurofotlarga qarshi kurash dinga ishonuvchilarga yoki din peshvolariga qarshi kurash deb qaralmaydi, ilmiy materialistik dunyoqarashning g’ayri ilmiy, diniy dunyoqarashga qarshi g’oyaviy kurashi deb, kishilarning hozirgi zamon fani hamda texnikasiga zid diniy xurofotlardan qutulishlarida ularga yordam berish maqsadida olib boriladigan kurash deb qaraladi.
Kimyo o’qituvchisi ilmiy-ateistik tashviqot sohasidagi ishini sistemali suratda butun kimyo kursi davomida olib boradi, bunda asosan quyidagi mavzu va masalalardan foydalaniladi:
1. Moddalar va ularning o’zgarishi.
2. Molekulyar atomistik ta’limot.
3. Kimyoning asosiy qonunlari.
4. Havo, kislorod
6. Suv va eritmalar
7. Azot va fosfor.
8. D. I. Mendeleyevning elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi.
9. Atomlarning tuzilishi.
10. Organik moddalar.
O’quvchilarni ilmiy ateizm ruhida muvaffaqiyatli suratda tarbiyalash o’qituvchining o’ziga-uning o’z ishining muhim ekanligini tushunishda, faktik materialni bilishiga, shuningdek, bu ishni o’tqazish metodikasini yaxshi o’ylab olishga va unga e’tibor bilan qarashiga bog’liqdir.
O’quvchilarni vatanparvarlik, xalqparvarlik ruhida tarbiyalash, yangi kishiga xos xislatlarni ularda hosil qilish. Kimyo o’qituvchisi o’z faoliyatida bugungi hozirgi zamon texnikasi asoslarini qiziqtirib, kelajak ixtisos olish uchun yaqinlashtirib hamda kelajak xayotlarida kerak bo’ladigan bilim va maslaklarni o’quvchilarga etqazishi kerakdir. Dars berish jarayonida o’qituvchi:
1. Materialni ravshan, to’lqinlanib, ehtiros bilan bayon etishi.
2. Kimyoviy eksperimentdan keng foydalanishi.
3. O’quvchilarning e’tiborini kimyoviy hodisalarning tashqi qiziqarli tomonidan bu hodisalarning mohiyatiga qaratib borishi.
4. O’quvchilarning nimalar bilan qiziqishiga doimo e’tibor berishi.
5. Kimyoning nazariy materialini yangi jamiyat qurilish masalalari bilan chambarchas bog’lab olib borishi.
6. Kimyo va kimyo sanoatining muvaffaqiyatlarini tanishtirishi.
7. Mashhur kimyogar olimlarni va kimyoviy ishlab chiqarishning novatorlarini ta’riflab berishi.
8. Bizning ilg’or kishilarimizning vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilayotganliklarini ochib berishi kerak.
O’qituvchi kimyo o’qitish jarayonida, o’quvchilarni:
a) moddalarni bilib olish va ular bilan ishlay bilishga;
b) kimyoviy hodisalarni kuzatish va ularni izohlab berishga;
v) laboratoriyadagi asbob uskunalar bilan ishlay olishga;
g) eng muhim kimyoviy operatsiyalarni bajarishga;
d) osonroq kimyoviy tajribalarni bajara olishga;
e) kimyoviy masalalarni yecha olishga;
j) darsliklardan, spravochniklardan va boshqa kimyoviy adabiyotdan foydalana olishga o’rgatib borishi kerakdir.
1. Dunyoviy fanlarning rivijlanishdagi ahamiyati.
2. Materializm, idealizm, vitalizm, ateizm va boshqa dunyoviy yonalishlarni sharhlang.
3. Fanlar orqali millatparvarlik, vatanparvarlikni yoriting.
4. Manaviyat va marifatni sharhlashda ozbek olimlarini misol keltiring.
1. I. N. Borisov. Kimyo oqitish metodikasi. T. 1966y.
2. Yosh ximik ensiklopedik lugat. T. 1990y.
3. Yu. V. Pletner, V. Polosin. Kimyo oqitish metodikasidan praktikum. T. 1981y.
4-MAVZU: dasturlar. asosiy va qoshimcha materiallar.REJA:
1. Kimyo dasturlari tarixidan
2. Asosiy va qoshimcha materiallar
3. Davlat dasturlari tarixi. Hozirgi holat.
Revolyutsiyadan so’ng darslar dastursiz o’tqazilgan. 1920 yilda Lebedev (Moskva) va Verxovskiy(Sankt-Peterburg)lar tomonidan taxminiy umumdavlat dasturlari taklif etilgan. Ikkala dasturlarda ham ayrim kamchiliklar bo’lgan. 1923 yild “GUS” (davlat o’quv kengashi) dasturi tasdiqlangan, uning bir qismi kimyodan iborat bo’lgan. 1932 yilda stabil kimyodan dastur tasdiqlandi, unda kimyo faninning o’quv materiali yilda bajariladigan o’quv soatlari va ular o’quvchilarning bilim ola olish saviyasiga qarab joylashtirildi va shuning natijasida o’quvchilarga yetkaziladigan aniq-ravshan bilimlar doirasi belgilandi. 1932 yilda V. Verxovskiy, L. Smorgonskiy, O. Gol’dfarb tomonidan “Anorganik kimyo”dan birinchi stabil darslik chop etildi. Shundan keyingi davrlarda O’zbekistonda sobiq Ittifoq tasdiqlagan dasturlar asosida darslar o’tqazildi. Mustaqil respublikamizda dunyo yangiliklarini hisobga olib, kimyo dasturlari qaytadan qarab chiqildi va o’shalarni hisobga olib, yangi 7-11 sinflarga mos dastur tasdiqlandi, bu esa o’z navbatida yangi darsliklar yozilishi va chop etilishiga sababchi bo’ldi. Dastur tuzayotganda asosiy e’tibor moddalarning xossalari va bu moddalar bilan bo’ladigan o’zgarishlarni izohlashga qaratilgandir. Moddalar bilan bo’ladigan o’zgarishlar esa shu moddalarning tuzilishi va uni aks ettirishda atom-molekulyar ta’limot asos ekanligiga asoslangandir. Kimyoviy tushunchalar kimyoviy elementlarni xarakterlaydigan ko’pgina konkret materialni o’z ichiga oladi. Atom-molekulyar ta’limot hamda kimyoviy elementlar va ularning eng muhim birikmalari to’g’risidagi ta’limotni hozirda D. Mendeleyevning davriy qonuni va davriy sistemasisiz tasavvur qilib bo’lmaydi uni kimyo dasturining asosi qilib tanlangandir. Kimyo asoslarini tushuntirishda eng muhim moddalar suv, xavo, temir, alyuminiy, mineral o’g’itlar, ko’pgina har kunlik hayotda qo’llaniladigan moddalar asos qilib olingan, hamda ularni tushuntirishda boshqa fanlar ahamiyati ham ko’rsatilgandir.
Dasturdagi asosiy va qo’shimcha materiallar. O’rta maktabda tipik elementlar, ularning tipik birikmalari va ular orasidagi tipik munosabatlar o’rganiladi. Kichik davrlar va asosiy gruppachalar elementlarining xossalari o’rganilishidagi qonuniyatlar asosiy materialdir, katta davrlar va qo’shimcha gruppachalardagi elementlar xossalarining o’zgarish qonuniyatlari esa qo’shimcha material hisoblanadi.
Asosiy material sifatida atom va molekula (elektron, proton, atom yadrosi, ion, valent elektron), elektrolitik dissoziaziya, almashinish va neytrallanish reaksiyasi, elektroliz, sul’fat kislota, selitra, kaliy xlorid, ammiak va boshqalar qaraladi.
Kimyo kursidagi asosiy materialning hajmini juda aniq belgilash zarurati qo’shimcha materialning ahamiyatini zarracha ham kamsitmaydi. Kimyoni yaxshi o’zlashtirishda qo’shimcha material katta rol’ o’ynaydi. O’quvchilar uchun asosiy material qat’iyan majburiydir va uni o’quvchi yaxshi o’zlashtirishi kerak. Qo’shimcha material o’quvchi uchun majburiy emas, o’quvchilar bu material to’g’risida eng umumiy tushunchaga ega bo’lishlari kerak.
Dasturda ko’rsatilgan umumdavlat bilimlar va o’quvchi uchun uning minimumi, shuningdek kimyodan o’tqaziladigan laboratoriya ishlari va amaliy ishlar ro’yxati xuddi boshqa fanlardagiday qat’iyan majburiydir va u tegishli tashkilotlar tomonidan vaqti-vaqtida tekshiriladi. Dasturlar 1921-1949 yillarda 7-10 sinflar uchun yagona bo’lgan. 1949-1950 yillardan boshlab 7-sinf hamda 8-10 sinf uchun aloxida yozilgan, bunda 7-sinfda kirish qismi, qolgan sinflarda asosiy kimyo bilimlari berilgan. 1949-50 o’quv yiligacha bo’lgan dastur va shu yildan boshlab ishlatiladigan dasturdagi mavzular quyidagicha berilgan:
1949-50 o’quv yiligacha bo’lgan dastur1949-50 o’quv yilidan boshlab ishlatiladigan dastur
1. Modda va ularning o’zgarishi 1. Modda va ularning ozgarishi. Moddaning molekulyar tuzilishi.
2. Suv2. Kimyoviy reaksiyalar. Atomlar
3. Kislorod va vodorod 3. Kislorod. Havo
4. Element to’g’risida tushuncha4. Vodorod
5. Moddalar massasining saqlanish qonuni. Havo 5. Asosiy kimyoviy qonunlar. Valentlik
6. Tarkibning doimiylik qonuni6. Suv va eritmalar
7. Atom-molekulyar ta’limot 7. Eng muxim kislotalar, asoslar va tuzlar
8. Oksidlanish va qaytarilish 8. Uglerod, yonish
9. Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlar9. Temir va boshqametallar
Kimiyoning asosiy kursi dasturi esa o’rta maktabning yuqori VIII X sinflari uchun quyidagicha:
1949-50 o’quv yiligacha bo’lgan dastur1949-50 o’quv yilidan boshlab ishlatiladigan dastur
1. Oksidlar,asoslar, kislotalar va tuzlar1. Oksidlar,asoslar,kislotalar va tuzlar.
2. Galogenlar. 2. Eritmalar.
3. Oltingugurt.kislorod gruppachasi.3. D.I.Mendeleyevning davriy sistemasi bilan tanishish
4. Azot va fosfor. 4. Galogenlar.
1. Uglerod va kremniy. 1. Azot va fosfor.
2. Elementlar davriy sistemasi va modda larning tuzilishi.2. Uglerod va uning birikmalari.
3. Eritmalar, elektrolitik dissozilanish nazariyasi.3. Organik moddalar:
4. Metallarning umumiy xossalari.a) Uglevodorodlar.
5. Ishqoriy va ishqoriy yer metallar. b) Spirtlar
6. Alyuminiy. v) Fenol
7. Temir. g) Oddiy efirlar
d) Organik karbon kislotalar.
e) Murakkab efirlar
j) Murakkab efirlar al’degidlar.
1. Organik ximiya Organik moddalar
a) uglevodorodlar 1.Tarkibida azot bo’ladigan organik moddalar
b) spirtlar, fenollar2. Elektrolitik dissoziaziya
v) al’degid va ketonlar3. Atomlar tuzilishi
g) murakkab efirlar4. Metallar
d) yog’lar 5. Davriy sistema gruppachalari bo’yicha elementlarning obzori
e) tarkibida azot bo’ladigan organik moddalar
Mamlakatda umumiy yetti yillik ta’limdan umumiy o’n yillik ta’limga o’tish to’g’risidagi va o’rta umumiy ta’lim maktablarida politexnika ta’limi joriy qilish to’g’risidagi qarorlari kimyo kursining mavjud dasturlarini tubdan o’zgartirishni talab etdi o’rta maktab uchun yangi dastur tuzish zaruratini tug’dirdi. Yangi dasturda 8-10 sinflarda asosiy e’tibor ximiyaviy elementlarni o’rganishga qaratilgan:
1954-55 o’quv yiligacha bo’lgan dastur1954-55 o’quv yilidan boshlab ishlatiladigan dastur
1. Moddalar va ularning o’zgarishi1. Moddalar va ularning o’zgarishi
2. Ximiyaviy reaksiyalar va atomlar2. Atomlar. Kimyoviy elementlar. Kimyoviy qonunlar.
3. Kislorod va havo 3. Kislorod. Havo. Yonish.
4. Vodorod 4. Vodorod. Suv.Valentlik.
5. Asosiy ximiyaviy qonunlar5. Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlar
6. Suv va eritmalar
7. Eng muxim kislotalar
8. Uglerod va yonish.
9. Temir va boshqa metallar
1. Oksidlar, asoslar, kislotalar.1. Ishqoriy metallar
2. Eritmalar 2. Galogenlar.
3. D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi.3. Kislorod va Oltingugurt
5. Kislorod va Oltingugurt.
Azot va fosfor.D.I.Mendeleyevning elementlar davriy qonuni.
Uglerod. Organik moddalar.Azot va fosfor.
Uglerod va kremniy.
1. Tarkibida azot bo’ladigan organik moddalar.Metallar.
2. Kremniy. Avogadro qonuni va uning kimyoda qo’llanilishi.
3. D.I.Mendeleyevning elementlar davriy qonuni va sistemasi.Organik moddalar.
4. Elektrolitik dissoziyalanish.
6. Davriy sistema gruppalari bo’yicha elementlarining obzori.
Bu dastur birin-ketin yettinchi sinflarda 1954-1955 o’quv yilida, VIII va IX sinflarda 1955-1956 o’quv yilida joriy qilindi.
1993-94 o’quv yili uchun ximiyadan programma mazmuni.
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi. ta’lim to’g’risidagi qonunig muvofiq “kimyo darslarini har xil yo’nalishli maktablar” uchun o’quv rejasini ishlab chiqdi.
Yangi o’quv dasturiga muvofiq maktabda VIII va IX sinflarda anorganik kimyo, X va XI sinflarda organik kimyo, XI sinflarda umumiy kimyo asoslari o’rganilmoqda.
1993-94 o’quv yili uchun kimyo darslarini har xil yo’nalishli maktablarda rejalashtirilgan holda dastur asosida ishlab chiqildi. Quyidagi maktablar uchun o’quv rejasini ko’rib chiqaylik.
1. O’qish o’zbek tilida olib boriladigan umumiy ta’lim maktablarining 1993-94 yili uchun o’quv rejasi.
Oqitiladigan fanlarSinflar boyicha haftalik soatlar
2. O’qish o’zbek tilida olib boriladigan umumiy talim maktablari uchun (haftasiga besh kunlik o’qish) o’quv rejasi.
Oqitiladigan fanlarSinflar boyicha haftalik soatlar
3. O’qish o’zbek tilida olib boriladigan umumiy talim maktablari uchun 1993-94 o’quv yili tajriba o’quv rejasi.
Sinflar boyicha haftalik soatlar
4. O’rta umumtalim maktablarining 1993-94 o’quv yili uchun o’quv rejasi. (Ixtisosiga doir bir necha o’quv fanlari chuqur o’rgatiladigan. maktablar uchun)
Oqitiladigan fanlarSinflar boyicha haftalik soatlar
5. O’qish o’zbek tilida olib boriladigan boshlang’ich sinflarda chet tilini o’rganadigan o’rta umumiy ta’lim maktablari uchun o’quv rejasi.
Oqitiladigan fanlarSinflar boyicha haftalik soatlar
6. Kimyo nazariy va amaliy jihatdan chuqur o’rgatiladigan maktablar uchun o’quv dasturi (VIII-XI-sinflar)
NOqitiladigan fanlarSinflar boyicha haftalik soatlar
1Aromatik kimyo 54/3—-
2Kimyoviy analiz asoslari–0/23–
Yuqoridagi o’quv dasturlaridan ko’rdikki, turli yo’nalishga ega bo’lgan maktablarda kimyo dars soatlari bir-biriga mos kelmaydi. Har birimiz maktabda shu dastur asosida dars o’tar ekanmiz, dars soatlari bo’yicha mavzularni to’g’ri taqsimlashni, qaysi mavzular o’tilishi shart-shartmasligini belgilay olishimiz kerak. Masalan, kimyo ixtisosiga ko’ra bo’lgan maktab uchun soatlar yetarlicha berilgan, bunda mukammal o’rgata olishimiz mumkin bo’ladi. Lekin pedagogika, ijtimoiy fanlar bo’yicha bo’lsa, bunda kimyo haftasiga bir soatni tashkil qiladi, bunda asosiy mavzular o’tilib uncha chuqur o’rgatilmaydi, faqat tushunchalar beriladi.
Dasturda organik va anorganik birikmalarning reaksiyalariga bo’ysunadigan kimyoviy reaksiyalar, ularning borish qonuniyatlari haqidagi bilimlarni umumlashtirishga imkon beradi.
Kimyoviy reaksiyalar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish fermentlarning katalitik roli, kataliz organik kimyodagi reaksiyalarning ba’zi bir xususiyatlari, kimyoviy reaksiyalarning mexanizmlari haqidagi nazariyani o’rganish orqali amalga oshiriladi.
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 16 avgust 1999 y “Umumiy o’rta ta’limning Davlat la’lim standartlari” tasdiqlandi va 2000-2001 o’quv yili 7 sinf, 2001-2002 uquv yili 8 sinf, 2002-2003 uquv yili 9 sinflarda joriy etiladigan buldi. Yangi standart bo’yicha kimyo 7-9 sinflarda haftada 2 soatda, ja’mi haftali 6 soat, jami soat 204 deb tasdiqlandi.
Kimyo fanidan o’quvchilar quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlari shart:
modda, uning tarkibi, tuzilishi, xossalari, tarkibini bilish;
kimyoviy element va ularning birikmadagi valentligini hamda kimyoviy formulalarni tuza bilish;
kimyoviy qonunlar va nazariyalarni, atom-molekulyar ta’limotni bilish;
anorganik birikmalarning eng muhim birikmalari tarkibi, xossalari va qo’llanilishini bilish;
kimyoviy elementlar Davriy qonuni va Davriy sistemani bilish;
kimyoviy bog’lanish turlarini bilish;
kimyoviy reaksiyadagi asosiy qonuniyatlarni anglash;
kichik Davrda joylashgan kimyoviy elementlar tavsifini bilish;
kislota, ishqor, tuzlarning dissoziazialanishini yoza olish;
ion almashinish tenglamalarini yoza olish;
metall va metallmasslarning ayrim vakillari xossalari va qo’llanishini bilish;
buyuk allomalarimiz va ularning kimyo rivojida qo’shgan xissalari haqida tasavvurga ega bo’lish;
Uzbekistonda olinadigan kimyoviy xom ashyolar va ularning mohiyatini anglash;
organik moddalarning tuzilish nazariyasini tushuntira olish;
anorganik va organik kimyoga oid masalalar yecha olish;
polimerlarning xossalari va qo’llanilishini tushuntira olish;
kimyoviy reaktivlar va jihozlardan foydalana olish;
kimyoviy ishlab chiqarish jarayoni, kimyoviy moddalardan foydalanishni ekologik nuqtai nazardan tushuntira olish;
Xaftasiga 2 soat, jami 68 soat
1. Kimyo fanining predmeti va vazifalari. Uni fan sifatida shakllanish tarixi. Markaziy Osiyoda va O’zbekistonda kimyo. Ozbekistondagi kimyogar olimlarning kimyo faniga qo’shgan hissalari2 soat
2. Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari20 soat
3. Kimyoviy elementlarning toifalanishi2 soat
4. Vodorod4 soat
5. Kislorod8 soat
6. Suv va eritmalar6 soat
7. Anorganik moddalarning eng muhim sinflari24 soat
8. Kimyoning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati4 soat
7-sinf o’quvchilari bilan o’tqaziladigan ekskursiyalarning taxminiy joylari. O’lkashunoslik muzeylari. Sanoat va qishloq xududi korxonalaridagi kimyo laboratoriyalari. Dorixona. Xujalik mollari magazini. Suv tozalash inshootlari. Foydali qazilmalar qazib olinadigan konlar va boshqa uqituvchi lozim topgan joylar.
Xaftasiga 2 soat, jami 68 soat.
1. 7-sinf kimyo kursining eng muhim mavzularini takrorlash
2. Elementlar Davriy sistemasi va atom tuzilishi
3. Kimyoviy boglanish
4. Elektrolitik dissotsialanish nazariyasi
6. Mineral o’g’itlarning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati
8-sinf o’quvchilari bilan o’tqaziladigan ekskursiyalarning taxminiy joylari. Oltingugurt, ko’mir va boshqa foydali tabiiy qazilmalar olinadigan joylar. Sanoat miqyosida kislorod, oltingugurt, azot olinadigan korxonalar, sul’fat kislota, mineral o’g’itlar ishlab chiqaradigan zavodlar, mineral o’g’itlar omborlari, mahalliy o’git va ularning mineral o’gitlar bilan aralashmasini tayyorlash joylari. Xo’jalik mollari magazini. Dorixonalar.
Xaftasiga 2 soat, jami 68 soat.
1. 8-sinf kimyo kursining eng muhim mavzularini takrorlash
2. Uglerod guruxi
4. Organik birikmalar
6. Kimyo va ilmiy-texnik taraqqiyot
7. Anorganik va organik kimyodan olgan bilimlarni umumlashtirish
9-sinf o’quvchilari bilan o’tqaziladigan ekskursiyalarning taxminiy joylari. Ko’mir, gaz, neft va boshqa tabiiy foydali qazilmalar olinadigan joylar. Sanoat miqyosida anorganik moddalar olinadigan korxonalar, neftni haydash va krekinglash sun’iy va sintetik tolalar, sun’iy charm, plastmassalar ishlab chiqaradigan zavodlar.
Sement, gisht, sapol, shisha va chinni zavodlari. Cho’yan, po’lat, aluyminiy va boshqa rangli metallar va qotishmalar ishlab chiqaradigan korxonalar. Cho’yan, po’lat va rangli metallarga ishlov berib, xalq iste’mol mollari ishlab chiqaradigan mahalliy korxonalar va hunarmandchilik ustaxonalari, xo’jalik mollari magazini, dorixonalar.
ORGANIK KIMYO. X-SINF.
Xaftada 2 soat, jami 68 soat, 4 soat zahira.1. Anorganik kimyo kursining asosiy masalalarini takrorlash
2. Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi. Kimyoviy bog’ lanishning elektron tabiati (5 s).
3. To’yingan uglevodorodlar
4. Aromatik uglevodorodlar
5. Uglevodorodlarning tabiiy manbalari va ularni qayta ishlash
6. Spirtlar va fenollar
7. Al’degidlar va karbon kislotalar
8. Murakkab efirlar, yog’lar
Xaftada 2 soat, jami 68 soat, 2 soat zahira.
1. Aminlar. Aminokislotalar. Azotli geteroziklik birikmalar
2. Oqsillar. Nuklein kislotalar
3. Yuqori molekulyar sintetik moddalar va ular asosida olinadigan polimer materiallar (7 s).
4. Organik kimyo kursidan olingan bilimlarni umumlashtirish
Bilimlarni chuqurlashtirish va umumlashtirish. 34 soat.
1. Atomlarning tuzilishi haqidagi ta’limot asosida Dmitriy Ivanovich Mendeleyevning
davriy qonuni va davriy sistemasi
2. Modda tuzilishi
3. Kimyoviy reaksiyalar
4. Mamlakatimizda xalq xo’jaligini rivojlanishida kimyoning roli
Nazariy va amaliy jihatdan chuqur o’rgatiladigan maktablar uchun dastur.
ANORGANIK KIMYO. 8-SINF
Xaftasiga 5 soat, jami 170 soat, 5 soat zahira.
1. Dastlabki kimyoviy tushunchalar
2. Kislorod. Oksidlar. Yonish.
3. Vodorod. Kislotalar. Tuzlar.
4. Suv. Eritmalar. Asoslar.
5. Anorganik birikmalarning eng muhim sinflariga oid ma’lumotlar.
6. D. I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy
sistemasi. Davriy qonuni. Atom tuzilishi
7. Kimyoviy bog’lanish. Moddalarning tuzilishi.
Birinchi yarim yillikda xaftada 4 soat,
ikkinchisida 3 soatdan, jami 120 soat, 3 soat zahira1. Elektrolitik dissotsilanish
2. Kislorod gruppachasi
3. Kimyoviy reaksiyalar.
4. Sul’fat kislota ishlab chiqarish.
5. Azot gruppachasi
6. Uglerod gruppachasi
7. Metallarning umumiy xossalari
8. D. I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi
I-III gruppaning asosiy gruppachasi
9. Temir-davriy sistemadagi yonaki gruppachalar elementlarining vakili
11. Anorganik kimyodan olingan bilimlarni umumlashtirish.
ORGANIK KIMYO. X-SINF
Xaftada 2 soat, jami 68 soat, 2 soat zahira.
1. Anorganik kimyo kursining asosiy masalalarini takrorlash
2. Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi.
Kimyoviy bog’lanishning elektron tabiati.
3. To’yingan uglevodorodlar
4. To’yinmagan uglevodorodlar
5. Aromatik uglevodorodlar
6. Uglevodorodlarning tabiiy manbalari va ularni qayta ishlash
7. Spirtlar va fenollar
Birinchi yarim yillikda 4 soat,
ikkinchi yarim yillikda 2 soat, jami 102 soat, 2 soat zaxira.
2. Al’degidlar va ketonlar
3. Karbon kislotalar
4. Murakkab efirlar. Yog’lar
6. Element organik moddalar
7. Aminlar. Aminokislotalar. Azotli geteroziklik birikmalar.
8. Oqsillar. Nuklein kislotalar.
9. Yoqori molekulyar sintetik moddalar va ular asosida olinadigan polimer materiallar(16 s)
10. Organik kimyo kursidan olingan bilimlarni umumlashtirish
Bilimlarni chuqurlashtirish va umumlashtirish. 43s.
1. Atomlarning tuzilishi haqidagi ta’limot asosida Dmitriy Ivanovich
Mendeleyevning davriy qonuni va davriy sistemasi
2. Modda tuzilishi
3. Kimyoviy reaksiyalar
6. Mamlakatimizda xalq xo’jaligini rivojlanishida kimyoning roli
Yuqorida ikki xil yo’nalishga ega bo’lgan maktablar uchun mavzular taqsimlangan. Bundan ko’rinadiki, har bir mavzuni o’tishda berilgan dars soatiga amal qilgan holda o’quvchilarga shu mavzuni yorita olishi ya’ni tushuntira olishi kerak bo’ladi. Bu esa o’qituvchilar uchun katta ma’suliyat yoklaydi.
Dasturlarga asoslanib darsliklar va o’quv qo’llanmalari taklif etilgan. Revolyutsiyadan so’ng avval darslik o’rniga ish kitoblari taklif etilgan va unda asosan amaliy jihatdan eng muhim maktab komplekslarini mustaqil suratda bilib tushunib olish uchun zarur materiallar taklif etilgan, ish kitoblar atrof, o’lka va xo’jalik materiallariga e’tibor etilgan, amaliy ishlar ham xuddi shunday vazifalarni bajargan. Kimyodan ish kitoblarining asosiy qismi o’quvchilarning tadqiqot ishlaridan iborat bo’lgan. yoqorida aytib o’tganimizday birinchi stabil darsliklarni Verxovskiy anorganik va organik kimyodan yozgan. 7-sinf uchun esa 1949 yilda Kiryoshkin, 8-10 sinflar uchun esa Levchenko darslik yozgan. 1954 yilga kelib 7-sinfda yana Kiryoshkin yozgan kitob, 8-10 sinflarda S. Shapovalenko, Yo. Xodakov darsliklari, hamda kechroq 10-sinf uchun Zvetkovning organik kimyo darsligi maktablarda darslik sifatida qo’llanildi. 1958 yilda Ya.Gol’dfarb, L. Smorgonskiy tomonidan “Kimyodan masalalar va mashqlar to’plami” taklif etilgan edi. 80 yillar oxirida konkursda g’alaba qilgan darsliklar 8-11 sinflarda ko’p qo’llanildi, ular o’zbek tiliga tarjima qilingan edi. Lekin bugunga kelib deyarli hamma darsliklar o’zbek olimlari tomonidan yozilgan.
2000-2001 O’QUV YILIDA QUYIDAGI DARSLIKLAR ISHLATILMOQDA:
1. Anorganik kimyo S. Teshabaev, M. Nishonov. O’qituvchi. 2000y. 7sinf
2. Anorganik kimyo M. Mamajanov, S. Teshabaev, M. Nishonov. O’qituvchi. 2000y. 8sinf
3. Anorganik kimyo M. Mamajanov, S. Teshabaev, M. Nishonov. O’qituvchi. 9 sinf, 2000y.
4. Organik kimyo. G. E. Rudzitas, F. Feldman. O’qituvchi. 10sinf
5. Kimyo. G. E. Rudzitas, F. Feldman. O’qituvchi. 1995y, 11sinf
6. Umumiy kimyo. D. Muftaxov. O’qituvchi. 2000y, 11sinf
Oxirgi kuzatishlar shuni ko’rsatadiki kimyo darslarida O’zbekistondagi kimyo korxonalaridagi ishlab chiqarishda qullanilayotgan texnologiyalarga oid ma’lumotlarni berish asos bo’lmoqda. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho’rtangaz qurilishi, Navoiydagi Amerika texnologiyasi asosida oltin saralash va quyish zavodi, Olmoliq tog’-metallurgiya kambinatida ishlab chiqarilgan maxsulatlar xaqida ma’lumotlar o’quvchilarda o’z Vatani, ona tuprog’ini e’zozlash, milliy g’urur kabi tushunchalarni shakllantirishga erdam beradi.
O’rta Osiyoda yashab o’tgan olimlar kimyo soxasini rivojlantirishga katta xissa qushganlar (akademiklar M. N. Nabiev va boshqalar).
Avgust kengashlarida o’qituvchilar orasida davra suxbatlari quyidagi mavzularda o’tqazilgan:
1. Milliy g’oya va mafkuraning darslarda aks etishi
2. O’qituvchilar bilimini baxolash reyting usuli.
3. Kimyo darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
4. Kimyo darslarida noan’anaviy dars o’tish tajribasidan
5. Kimyo darslarida maxalliy material
5-MAVZU: o’qitish prinsiplari va metodlari.
4. O’qitishdagi asosiy uslublar.
5. Bayon etish, suhbat, ekskursiya, eksperiment, laboratoriya ishi, amaliy mashg’ulotlar.
6. Masalalar yechish, kitob, daftar bilan ishlash.
Dars borishi illyustratziya, evristik uslublar. Bayon etish, suhbat, eksrursiya, eksperiment, laboratoriya ishi, amaliy mashg’ulotlar. Tajriba. Masalalar. Kitob,daftar.
KIMYO O’QITISH PRINSIPLARI.
fikrlash protsessi xilma-xil nerv bog’lanishlarining hosil bo’lishiga asoslanadi;
o’quvchilarning bilish qobiliyati o’ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega;
o’qitishning birinchi bosqichida o’qituvchining vazifasi o’quvchilarda muayyan qo’zg’atuvchilar (moddalarning o’zi va hodisalar yoki ular to’g’risida og’zaki aytilgan axborotlar) tomonidan vujudga keltirilgan tuyg’ularni idrok darajasiga ko’tarishdek o’quvchilar miyasida ularni boshqa, ilgari hosil qilingan tuyg’u va idroklar bilan bog’lab, umumiy tafakkur protsessiga qo’shib yoborishdan iboratdir;
o’qituvchining o’qitish protsessining ikkinchi bosqichidagi vazifasi, asosan, o’quvchilarda hosil bo’lgan tasavvur va tushunchalarni anglatishdan, o’quv materialining yozaki o’zlashtirishining oldini olishdan iboratdir;
bilimlarni yaxshi tushuntirish va chuqurlashtirish;
o’quvchilarning bilimlaridagi formalizm degan iborani bilimlarning ifodasini ularning mazmunidan ajralib qolishi deb, o’quv materialini aniq tushunmay, mexanik suratda esda qoldirish deb tushunmoq kerak;
o’quvchilar bilimining formal bo’lishi maktabda ta’lim-tarbiya protsessining noto’g’ri qo’yilganligi oqibatidir;
tushunchalar hosil qilish protsessida eng asosiy momentlar-idrok etish, tushunib olish, puxtalash va tadbiq etishdir.
KIMYO O’QITISH MeTODLARI
Metod bu “yo’l” demakdir va u dogmatik, illuostrativ, evristik bo’lishi mumkin. O’qitishning dogmatik metodi o’qituvchining materialni og’zaki, ko’rsatma vositalaridan foydalanmay dalil isbotsiz va faqat o’quvchilarni bu materialni takrorlashga va yod olishgagina jalb etish bilan bayon qilishdan iborat.
Illuostrativ metod ham tayyor bilimlar metodidir:illuostrativ metod dogmatik metoddan o’quv materialini dalil isbotlar bilan, ko’rsatmali qurollardan foydalanib bayon etadi. Evristik metod esa asosan o’quvchilarning o’zlari qiladigan ish asosida tuziladi, o’quvchining bevosita rahbarligi ostida o’zlari hal etadilar o’zlaricha kashfiyot qiladilar. Bu metodning “evristik” degan nomi yoki boshqacha qilib aytganda “tadqiqot” metodi degan nomi ham ana shundan kelib chiqqan.
Kimyo o’qituvchisidan o’quv materialini o’zi ham bayon etishi, o’quvchilarni ham mustaqil ishlashga o’rgatish talab etiladi. Xuddi shu talabga muvofiq kimyo o’qitish metodlari 2 ga bo’linadi:
a)bayon etish metodlari;
b) mustaqil ishlash metodlari
Maktablarda eng ko’p qo’llaniladigan metodlar:
1. O’qituvchining o’quv materialini bayon etish metodi, bunda so’zlab berish, lekziyalar, suhbatlar, ekskursiyalar, demonstratsion tajribalarlar va ko’rsatmali o’qitishning boshqa vositalaridan foydalanish.
2. Mustaqil ishlash metodlari-laboratoriya ishlari, amaliy mashg’ulotlar, kimyodan masalalar yechish va adabiyot bilan ishlash.
O’QITISH MeTODI NIMA ?
O’qituvchining o’quvchilarga bilim va malakalar berishiga, shuningdek, o’quvchilarda dunyoqarash hosil qilishga yordam beradigan vosita va yo’llar majmui o’qitish metodidir.
O’qitish metodlariga qo’yiladigan umumiy talablar:
normal tashkil qilingan ta’lim-tarbiya protsessi biror universal metoddan emas, balki mavjud metodlarning hammasidan kimyoda foydalanishni talab qiladi;
mustaqil ishlash metodlarigina emas, balki hamma metodlar ham o’quvchilar faolligini imkoni boricha qo’zg’atishi kerak. Bu metodlar o’quvchilarning harakat aktivliginigina emas, balki fikrlash aktivligini ham qo’zg’atishi ayniqsa muhimdir;
barcha metodlar o’quvchilarning kimyo asoslarini ongli suratda, puxta o’zlashtirishinigina ta’minlab qolmay, balki o’quvchilarda kuzata bilish, eshita bilish, asosan esa fikrlay bilish malakasini ham hosil qilishi o’quvchilarning dasturda ko’rsatilgan bilim va o’quvchilarni ongli ravishda bilib olishlari uchun mustahkam poydevor yaratib borishi ham kerak.
Har bir metod o’quv materialining mazmuni va umumiy xarakteriga, o’quvchilarning saviyasiga va tayyorgarligiga, shuningdek ayni maktabning konkret sharoitiga (kimyo laboratoriyasi bor yo’qligiga)asboblar, reaktivlar va zarur boshqa materiallar bilan qanchalik ta’minlanganligiga qarab tanlanadi. Shablon bo’lishi xavflidir.
O’QUV MATeRIALINI BAYON ETISHO’qituvchining jonli so’zi bo’lmasa, tayyor bilimlar bayon etilib turmasa, normal tashkil etilgan ta’lim tarbiya protsessining bo’lishi mutlaqo mumkin emas. Kimyo darslarida o’quv materialini bayon etish protsessida eng ko’p qo’llaniladigan usullar:so’zlab berish, lekziya, suhbat va ekskursiyadir. Bayon etishda bu usullardan qaysi birining qo’llanilishi o’quv materialining mazmuniga va o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga bog’liq bo’ladi.
So’zlab berish va lekziya protsessida o’qituvchining vazifasi, asosan o’quvchilarning fikrini imkon boricha qo’zg’atishdan iborat bo’ladi. So’zlab berish va lekziyaga o’qituvchi yaxshilab tayyorgarlik ko’radi: ayni mavzuga oid eng mazmunli va eng qiziqarli faktik materialni tanlab oladi, bu materialni ma’lum tartibda joylashtiradi, ko’rsatma qo’llanmalar to’g’risidagi masalani hal qiladi-o’quvchilarga qanday tajribalarni, moddalarni, jadval va sxemalarni qo’rsatish kerakligini belgilab oladi. Bu yerda jurnal, gazeta, badiiy adabiyot, kinofil’m va shu kabilardan olingan eng qiziqarli konkret faktlar ham ahamiyatga ega bo’ladi. Kimyo kursining boshida o’qituvchi materialni qisqacha so’zlab berish bilan kifoyalanadi. So’ngra 8-sinf oxiriga kelib va 9-sinfda so’zlash sekin-asta murakkablashtiriladi. 9-10 sinflarda lekziyaga o’quv materialini darsning ancha ko’p qismi davomida bayon etishga o’tiladi. 11 sinfda esa kengaytirilgan lekziya o’tqaziladi. Lekziya qariyb butun dars davomida uzilmaydi, suhbat bilan tugaydi. So’zlab berish darsi davomida, bayon etishda, laboratoriya mashg’ulotlarida darslikdan dars davomida foydalanish mumkin.
Suhbat. Suhbatning xususiyati shuki, o’qituvchi suhbat vaqtida bayon etish bilan birga, yangi bilimlar olish protsessiga o’quvchilarni o’zini ham ma’lum darajada jalb qiladi. O’quvchilarda tasavvurlar zonasi qancha ko’p bo’lsa, suhbat shuncha mazmunli qiziq va samarali bo’lib o’tadi. Suhbatda o’qituvchi bilan birga butun sinf faol qatnashadi. Sinfni boshqarib borish-butun suhbatning muvaffaqiyatli chiqishi garovidir. Bu yerda ikkala asosiy prinsipga amal qilish juda muhimdir:
a) suhbatni ayrim o’quvchi bilan emas, balki butun sinf bilan o’tqazish;
b) sinfga ergashib bormay, balki suhbat davomida butun sinfni ergashtirib borish lozim.
Bu prinsiplarga rioya qilmaslik, albatta ta’lim-tarbiya protsessining buzilishiga olib boradi. Asosiy savollarni oldindan yaxshilab tayyorlash suhbatni normal tashkil qilishning zarur shartidir. O’quvchilarning savollariga lo’nda, qisqa va to’g’ri javob berish kerak. Belgilangan rejaga qat’iy rioya qilish, asosiy fikrdan chetga chiqmaslik juda muhimdir. Vaqtni tejash maqsadida kimyo o’qituvchisi suhbat o’tqazish uchun:
a) O’quvchilarga qanday savollarni va qanday tartibda berish kerakligini;
b) O’quvchilarda qanday savollar tug’ilishi mumkinligini;
v) Suhbat jarayonida nimalar ko’rsatish kerakligini;
g) Nimani va qanday qilib yozishni;
d) Suhbatni vaqt jihatidan qanday taqsimlash lozimligini ilgaridan aniqlab olishi kerakdir.
Ekskursiyalar nazariya bilan amaliyotni bir-biriga chambarchas bog’laydi: o’quvchilarga moddalarning bir-biriga aylantirilishiga oid ishlab chiqarish protsesslarini ajratilgan holda emas, balki o’zaro bog’liq holda ko’rsatadi. O’qituvchi o’quv ekskursiyasini har qaysi sinfda maktabdan uzoq bo’lmagan atigi 1-2 ob’ektda o’tqazadi, bu zavod, fabrika, jamoa xo’jaligi va kichikroq laboratoriyalar ham bo’lishi mumkin. “Kompleks” ekskursiyalar (kimyo, geografiya, fizika va boshqalar) bilan birgalikda o’tkazilishi mumkin.
KIMYO O’QITISH PROTSeSSIDA EKSPeRIMeNT.
Kimyoviy eksperiment va kimyoning nazariy materiali bir-biriga chambarchas bog’langan bo’lishi kerak. eksperiment:laboratoriya ishi va amaliy mashg’ulotlardir. Sakkizinchi sinflarda asosan laboratoriya ishlari, yoqori sinflarda esa amaliy mashg’ulotlar o’tqaziladi. Laboratoriya ishlari darsning nazariy qismi orasida o’tqaziladi va asosan darsda o’tganilayotgan mavzuning biror masalani aniq bilib olishiga qaratilgan bo’ladi. Amaliy mashg’ulotlarning asosiy vazifasi esa maxsus darsda nazariy masalalarni aniq bilib olishdan ko’ra ko’proq o’quvchilarda kimyoviy eksperiment texnikasi sohasida mustaqil ishlab bilishi malakalari hosil qilishdan iboratdir.
Eng muhim metodik usul-kimyoviy tajribalar qilib ko’rsatish ham ana shu kimyoviy eksperimentga kiradi. O’qish jarayonida demonstratsiya ham juda katta rol’ o’ynaydi. Laboratoriya ishlari ham ko’proq ahamiyatga ega, chunki hamma o’quvchilarga o’qituvchi ishtirokida ko’rsatiladi.
LABORATORIYA ISHLARILaboratoriya ishlari o’quvchilarning yangi materialni ancha tushunib idrok etishlari uchun yordam beradigan juda muhim vositalardan biridir. Mavjud programmaga muvofiq laboratoriya rejalari maktabning barcha sinflarida o’tiladi. 7-sinfda o’quvchilar daftarlariga yozadigan narsani, og’zaki o’qituvchi so’zlab yozdiradi, yokori sinflarda esa o’quvchilar mustaqil suratda yozadilar va o’qituvchi yozilganlarni albatta tekshirishi kerak. Amaliy mashg’ulotlar. Amaliy mashg’ulotlar o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, o’quvchilar bu mashg’ulotlarda butun dars bo’yi, ba’zan esa yoqori sinflarda birdaniga ikki dars davomida ishlaydilar. Bu mashg’ulotlar odatda kimyo kursining tegishli bo’limlari yoki butun bir temasi o’rganilgandan keyin o’tqaziladi. O’quvchilar dasturda ko’rsatilgan amaliy mashg’ulotlarni bajarishi majburiydir. Ma’lumki imtihon biletlariga nazariy savollargina emas, balki dasturda ko’rsatilgan tajribalar ham kiritilgan. O’quvchilar amaliy mashg’ulot vaqtida tajribani ongli o’tqazish, kimyoviy eksperiment texnikasini o’rganish, hodisani to’g’ri izohlash, konkret faktlarni umumiy qoidalariga qo’llashi kerak.
KIMYOVIY TAJRIBALAR KO’RSATISH.
Tajriba yaxshi tayyorlanib, xavfsizligiga e’tibor berish kerak. Agar o’qituvchi o’z ishiga e’tibor bilan qarasa, kimyo programmasida ko’rsatilgan tajribalarning hammasi muvaffaqiyatli chiqadi, bu tajribalarni o’tqazish uchun zarur bo’lgan sharoitini bilmagan o’quvchilarda ular muvaffaqiyatli chiqmaydi. Probirkada o’tqazilgan tajriba o’quvchilarni idrok qilishida qiyinchilikga olib keladi. Shu sababli kattaroq probirkada, kolba, menzurkalarda ko’rsatish kerak, yirik ob’ektlarni ko’rsatish va taqsimlab beriladigan kollekziya materiallaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. O’qituvchi tajriba qilib ko’rsatish protsessida uzoqdan yaxshi ko’rinmaydigan ob’ektlarni butun sinfni aylanib ko’rsatib chiqishi, ayrim holda tajriba ob’ekti orqasiga oq qog’oz yoki qora qog’oz qo’yib ko’rsatishi kerak.
Kimyoda miqdoriy masalalar sifatga oid masalalar, kimyoviy tushunchalar, nazariyalar, qonunlarga oid masalalar katta ahamiyatga ega. Miqdoriy masalalar xillari: moddalarning formulalarini tuzish, formulalar bo’yicha hisoblash, kimyoviy tenglamalar tuzish, kimyoviy tenglamalar bo’yicha hisoblash, eritmalarga oid hisoblash. Sifatga oid masalalar: moddalarni bilib olish, moddalarni tozalash, moddani hosil qilish, moddalarning klassifikaziyasi, kimyoviy tushunchalar, davriy qonun va atomlarning tuzilishi. Kimyoviy masalalarning majburiy minimumi:
8-SINFDA formulalar bo’yicha moddalarning molekulyar ogirligini va modda tarkibidagi elementlarni nisbatlarini hisoblab topish;
moddalar qanday og’irlik nisbatlarda o’zaro ta’sir etilishi va qanday og’irlik nisbatlarda hosil bo’lishini reaksiya tenglamasi bo’yicha hisoblab topish;
berilgan foiz konzentraziyalar ma’lum miqdor eritma tayyorlash uchun kerak bo’ladigan erituvchi va eritiladigan modda miqdorlarini hisoblab topish;
ma’lum konzentraziyali ma’lum miqdor eritma tarkibidagi erigan modda miqdorini hisoblab topish;
kimyoviy birikmalar tarkibida necha foizdan elementlar borligini birikma formulasi bo’yicha hisoblab topish;
moddaning malum miqdoridan hosil qilinishi mumkin bo’lgan mahsulot miqdorini shu modda formulasi bo’yicha hisoblab topish;
ko’rsatilgan moddadan ma’lum miqdorda hosil qilish uchun kerak bo’ladigan moddalarning miqdorini va moddaning ma’lum miqdoridan hosil qilinishi mumkin bo’lgan modda miqdorini reaksiya tenglamalari bo’yicha hisoblab topish.
9-SINFDA moddalarning nazariy yo’l bilan hisoblab topilganiga nisbatan necha foiz chiqishini aniqlash;
reaksiya uchun moddaning biri ortiqcha olingan bo’lsa, reaksiya natijasida hosil bo’lgan mahsulot tarkibiga kiradigan moddaning miqdorini aniqlash;
tarkibida ma’lum foiz qo’shimcha bo’lgan moddalardan hosil qilinadigan moddaning miqdorini aniqlash.
10-SINFDA modda tarkibidan elementlarning foiz bilan ifodalangan miqdoriga asoslanib, bu moddaning eng oddiy formulasini topish;
moddaning gazsimon holatidan zichligi ma’lum bo’lgan taqdirda uning molekulyar og’irligini topish;
modda tarkibidagi elementlarning foiz bilan ifodalangan miqdorlari va uning gazsimon holatidagi zichligi ma’lum bo’lgan taqdirda, shu moddaning molekulyar formulasini topish;
moddaning kimyoviy formulasi bo’yicha uning zichligini topish;
ma’lum og’irlik miqdordagi gazning normal sharoitda egallashi mumkin bo’lgan hajmini topish;
ma’lum miqdordagi moddalar o’zaro ta’sir etganda hosil bo’ladigan gazning normal sharoitdagi hajmini hisoblab topish;
aytilgan moddadan ma’lum miqdorda hosil qilish uchun zarur bo’lgan gaz xajmini xisoblab topish.
KITOB BILAN ISHLASH.
Insoniyat tomonidan to’plangan bilimlarni asosan adabiyot o’qish yo’li bilan bilib oladi. Kimyo o’qitish jarayonida ham o’quvchilarni kitob bilan mustaqil ishlashga o’rgatish kerakdir. Bunda darslik bilan ishlashning sinfda hamda uyda ishlash yo’llarini o’rgatish kerak. Dars davomida kitobdagi shu masalaga oid hamma narsani emas balki eng muximini o’qituvchining yordami talab qilinadigan eng qiyinlarinigina bayon etish va shu bilan tajribalar uchungina emas, o’quvchilarning darslik bilan mustaqil ishlashi uchun ham vaqt qoldirish lozim. O’quvchilarga darslikdan tasviriy materialdan ishlab chiqarish protsesslarining sxemalaridan, kimyoning amaliy hayotda ishlatilishi to’g’risidagi ma’lumotlardan., laboratoriya ishlarining tafsilotlaridan, takrorlash uchun berilgan savollardan mashq va misollardan mustaqil suratda foydalanishni taklif etish kerak.
O’quvchilarga quyidagicha topshiriqlar berish lozim:
sinfda tushuntirib berilmagan materialni darslikdan foydalanib bilib olish;
tegishli rasmlar, diagrammalar va sxemalar chizib, ularni tushuntirib berish;
darslikdagi mashqlarni bajarish;
mavzu oxirida berilgan savollarga javob qaytarish;
darslikdan asosiy kimyoviy tushunchalarni topish, ularni faktik material bilan konkretlashtirish;
darslikdagi materialdan foydalanib amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanish va boshqalar.
Darslik bilan ishlash o’qituvchining bevosita rahbarligi ostida qilinadigan ishdan sekin-asta o’quvchilarning mustaqil ishlashiga aylanishi lozim.
O’quvchilarning fan ko’rsatkichlaridan, maxsus spravochniklardan, jadvallardan (moddalarning eruvchanligi, metallarning faolligi qatori, elementlar davriy sistemasi va jadvali va xokazo) o’quv dasturida ko’rsatilgan eng muhim hozirgi zamon ishlab chiqarishlar sxemalaridan foydalanishga ham o’rgatish kerak, bu ularning amaliy hayotida ham kerak bo’ladi.
OLINGAN BILIMLARNI PUXTALASH.
Maktab vazifalaridan asosiysi o’quvchi tomonidan har qaysi fan asoslarini mustahkam va puxta o’zlashtirishini so’zsiz ta’minlash vazifasi turadi. O’quvchilar bilimlarining puxta bo’lmasligiga sabab ko’pincha o’qituvchi faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayonining yomon tashkil etilishi sabablidir. O’quvchilarga bilimni puxta berish uchun umumpedagogik prinsiplarga amal qilinadi:yangi materialni o’rganish, ayni zamonda ilgari o’rganilgan materialni takrorlash va puxtalashdir. Ilg’or o’qituvchilar kimyo kursining boshidayoq o’quvchilardan har qaysi o’quv yilida qanday asosiy tushunchalarni va qanday chuqurlikda talab qilish kerakligini rejalab oladilar. Ular o’quvchilarda har bir kimyoviy tushunchani hosil qilish o’zaro uzviy bog’langan ketma-ket bir qator bosqichlardan iborat jarayonlardir, ayni tushunchani hosil qilishda, bilimning oldingi bosqichi puxta o’zlashtirilgandagina undan keyingi bosqichga o’tish mumkin deb hisoblaydilar.
O’quv materialini takrorlash vaqtida o’quvchilarga ma’lum bo’lgan barcha kimyoviy tushunchalarni ancha yoqori darajaga ko’tarish ularning yangi tomonlari va bog’lanishlarini ko’rsatish kerak. Shunday qilib o’qituvchi o’quv materiallarning puxta o’zlashtirish maqsadida:
maxsus takrorlash bilan butun ta’lim-tarbiya jarayonini shunday tashkil etishi kerakki, yangi materialni o’rganish o’quvchilar uchun ma’lum bo’lgan material bilan hamma vaqt chambarchas bog’langan holda olib borilishi lozim;
bilimlarni imkon boricha tushuntirish va sekin-asta kimyoviy tushunchalar hosil qilish yo’lida og’ishmay ishlashi kerak
DAFTARGA YOZIB BORISH
Yozuvlar qisqa bo’lishini, darsliklardagilar takrorlanmasligi, dastur talablaridan chetga chiqmasligi lozim. Yozuvlarda asosiy e’tiborni rasmga, formulalarga hamda reaksiyaga va tenglamalariga qaratish kerak. Bilim olish yozuvni kamaytirilishiga olib borsin. Mashqlar, masalalar, laboratoriya ishlari, amaliy mashg’ulotlar, tajribalar, muhim moddalarning qisqacha tavsifi yozilishi lozim. Dars rejasi ham yozilishi kerak. 7-sinfda daftarda yoziladigan narsalarni o’qituvchi aytib turadi, sinf doskasiga ham yozib yozdiradi. 8-9 sinf o’quvchilari sekin-asta mustaqil suratda yozishga o’tadilar. Daftarning so’ngi betlariga eng muhim kimyoviy tushunchalar va kimyoviy terminlarning ta’riflari yozib borilsa ma’quldir. O’quvchilar grafikli chizish bo’yicha ham savodli bo’lishlari kerak. Rasmni chizishda geometrik proekziya usulidan foydalanish kerak, har qaysi fanni ma’lum izchillikda-bosqichlar bilan chizishga o’rgatish kerak.
1. O’qitishdagi asosiy umumpedagogik va o’ziga xos xususiy o’qitish yunalishlari haqida gapiring.
2. Bayon etish, suhbat, Ma’ruza, eksrursiya, eksperiment, amaliy ishlar, masalalar yechish, kitob, daftar bilan ishlarsh usullarini sharhlang.
1. I. N. Barisov. Kimyo o’qitish metodikasi. Toshent, 1966 y.
2. Namangan viloyat xalq ta’lmi boshqarmasi o’qituvchilar malakasini oshirish instituti, Ibrat 1-5, 1991y.
3. M. F. Nishonov, A. Rustamova, R. N. Nishonova. Kimyodan test sinovlari. Farg’ona, 1992 y.
4. V. M. Potapov, I. N. Chertkov. Organik ximiyafan o’z bilimini tekshirish. Toshkent, 1969 y.
6. O. Xudoyqulova. Kimyo fani o’qituvchilari uchun uslubiy tavsiyalar toplami. Namangan viloyati o’qituvchilarning malakasini oshirish instituti, Namangan. 1966 y, 62-bet.
6. Ya. V. Pletner, V. S. P olosin. Ximiya o’qitish metodikasidan praktikum. Toshkent, 1981 y. 207 bet.
7. V. I. Sushko. Maktabfa kimyo. Toshkent, O’qituvchi, 1991 y.
6-MAVZU: oquvchilarning bilimlarini baholash va nazorat qilish.REJA:
1. Bilimlarni baholash va nazorat qilish.
2. Seminar mashgulotlar. Diktant.
3. Darsni tahlil qilish.
4. Kartochka qollash dars xillari.
Kartochka, grafoproektor, elektrolitik dissitsiatsiya, havo, seminar darslari. Seminar mavzulari, kimyoviy diktantlar, kimyoviy formulalar tuzish, tahlil daftarini tutish.
O’quvchilarning bilimlarini baholash va nazorat qilishga oid dars rejasi.
Mavzu: Uglevodorodlar mavzusi bo’yicha sinov kontrol ish.
1. Darsning maqsadi: O’quvchilarning uglevodorodlar mavzusidan olgan bilimlarini aniqlash.
2. Darsni jihozlash: 40 dona 8-10 variantda kartochka tayyorlash va grafproektor uchun savollar yozilgan kodotransporant tayyorlash. Grafoproektor “Lektor-2000”, ekran.
3. Darsning borishi: Birinchi bosqich:O’quvchilarni sinov ishga tayyorlash. (5 minut). Daftarlar tarqatish. Kartochkalarni tarqatish (grafoproektor bilan ishlaganda savollar ekranda beriladi).
Ikkinchi bosqich (35 minut).
– O’quvchilarning sinov savollar ustida ishlashi.
– Savollarga javob yozish.
– Har bir o’quvchining mustaqil ishlashiga erishish.
– Sinfda tinchlik bo’lishini taminlash.
Uchinchi bosqich: (2 minut). Sinov kartochkalarni yig’ib olish.
To’rtinchi bosqich: (2 minut). Uyga vazifa: O’tilganlarni takrorlash, yechilmagan savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorgarlik. Sinov ish uchun mo’ljallangan kartochkalar namunasi (savollar boshqa bo’lishi mumkin). Namuna uchun bu o’rinda faqat bir variant savollarni keltiramiz. 6-Variant. Uglevodorodlar mavzusiga oid (10 sinf).
1. 4-etil, 5-metil, okten-1 formulasini yozing.
2. Toluolga uch molekula vodorod biriktirsak qanday uglevodorod hosil bo’ladi, reaksiyani yozib izohlang.
3. C4H16ning kimyoviy xossalarini ko’rsatuvchi rekziya tenglamalarini yozib izohlang.
4. Massasi 456 gramm bo’lgan geptanning toluolga aylanishida qancha hajm vodorod (normal sharoitda) hosil bo’ladi?
Xuddi shunday miqdordagi geksan benzolga aylanishidachi?
Bu savollarni doskaga yozish ko’p vaqt talab etadi. Variantlar kam bo’ladi. Bunday paytda o’quvchilarning bilimi aniq baholanmasdan qolishi mumkin. Kodotransporant bilan ishlash ancha qulaylik tug’diradi. Bunda har bir variant uchun bittadan savol yozilib, ekranda to’rt marta ko’rsatiladi. Birinchi savol ustida ishlash tugallanishi bilan ikkinchi, so’ngra uchinchi va to’rtinchi savollar o’rtaga tashlanaveradi. Programmalashtirilgan qisqa muddatli mashinali yoki mashinasiz ishlar ham katta qulaylik tug’diradi.
Masalan, 9-sinfda elektrolitik dissozialanish nazariyasi buyicha 14 soat atrofida dars o’tilgandan so’ng, o’quvchilar bilimini tekshirish maqsadida xuddi shunday kontrol’ ish o’tqazish mumkin.
Kartochka namunasi: Kimyo, 9-sinf(Bunga 15 minut vaqt ajratiladi).
1. Quyidagilarning qaysi biri elektrolitik eritma?
a) Shakar eritmasi;
b) Osh tuzi eritmasi
2. Quyidagi tuz eritmalarining qaysilaridan elektroliz yo’li bilan metall ajratish mumkin emas?
3. Gidroksoniy ionini ko’rsating.
4. Amfoter gidroksidini ko’rsating.
5. Kislotalarning dissoziyalanish tenglamasini ko’rsating.
a) HCl( H+ + Cl–; b)NaCl ( Na+ + Cl–; v) NaOH ( Na+ + OH–;
6. Asoslarni ko’rsating.
7. K2Cr2O7 tuzi elektr maydonining qaysi qutbiga qarab sariq rang harakat qiladi?
8. Nordon tuzni ko’rsating.
a) Na2SO4, K2SO4; b) NaHSO4, KHSO4;
9. Kationit qanaqa zaryadlangan ionni almashtira oladi?
a) musbat zaryadlangan ion;
b)manfiy zaryadlangan ion.
10. Ion almashinish reaksiyasini ko’rsating.
a) NaCl + KOH = KCL + NaOH;
b) CuCl2+ 2AgNO3=Cu(NO3)2+2AgCl;
v) Na2SO4+2HCl = 2NaCl + H2SO4.
O’quvchilarning javobi quyidagicha bo’ldi:
9-“B” sinf o’quvchisi Baxodir Toshmatov. 5. 10. 2001y.
Javoblar to’g’ri, baxosi 5, imzo, o’qituvchining familiyasi.
Kartochka savollarining vaziyatga ko’ra boshqacharok tuzish xam mumkin.
Masalan: Ushbu reaksiyalarni to’liq yozing, tenglashtiring, qanday reaksiya natijasida 12,4 litr vodorod olish mumkin? Kislotalardan qaysi biri ko’p talab etilishini ko’rsating.
Ko’rinib turibdiki, kodotransporant yoki kartochkalar yordamida sinov ish o’tqazish katta qulayliklar tug’diradi. 10 -15 minut davomida uch-to’rt va undan ortiq savolning javobi yechiladi. Bundan tashqari o’tilgan mavzuni mustahkamlash hamda o’quvchilar bilimini baholash uchun vaqt yetarli bo’ladi. Dars jarayonida o’quvchilar, bilimi qanchalik ko’p kontrol qilinsa, ular mavzuni shu qadar chuqurroq o’zlashtiradilar.
Havo mavzusini suhbat uslubida o’tqazish.
Dars maqsadi: O’quvchilarda havo gazlar aralashmasi ekanligini tushuntirish: ya’ni kisloroddan, azotdan, karbonat angidrid gazlaridan va inert gazlardan iboratligi.
Bu vazifani u savollarga ajratadi:
1. Havoning tarkibiga qanday gazlar kiradi?
2. Havoda ularni qanday uchratsa bo’ladi?
3. Havo nima:toza moddami yoki aralashmami?
4. Bu aralashmani qanday bilish mumkin.
O’qituvchi darsga kirib o’quvchilarni yangi mavzuni tinglashga tayyorlab havo nimadan tarkib topgan, oddiy moddami yoki murakkab yoki aralashmami degan savolni o’rtaga tashlaydi. Savol hammaga tushunarli, chunki ular kislorodni kimyo darsida, karbonat angidridni biologiya darsida, azot haqidagi ma’lumotlarni kimyo va biologiya darslarida olishgan. Shuning uchun havo oddiy modda emasligi unda kislorod, azot, karbonat angidrid borligini isbot qilishlari mumkin. Bu gazlar borligini qanday kuzatish mumkin? Bu savollarga javob berishlari uchun o’quvchilar bir necha tajribalarni eslashlari mumkin. Bu tajribalarda kislorod, azot va karbonat angidrid gaz xossalari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishgan. Shuning uchun o’qituvchi havo tarkibida joylashgan gazlar to’g’risida uchta savol qo’yishi mumkin. Havoda qanday kislorodni kuzatish mumkin? Bu tajriba haqida so’zlab bering. O’quvchilar ko’proq tajribani gapirishda qiynaladilar, ularning moddalarni toza kislorodda havodagidan yaxshi yonishi to’g’ri javobdan chalg’itadi. Cho’pning havoda oddiy yonishini ular havoda kislorodda yonishi deb hisoblaydilar. Bunday holda o’qituvchini o’quvchilar bilan karbonat angidrid gaz xossalarini qaytaradi. O’quvchilar biologiya kursidan havoda azot borligini yaxshi bilishadi. Birinchi eksperimentli isbotini ular kimyoda tahlil yo’li bilan modda tarkibini saqlanishi qonunini o’rganishda fosforni havoda yonish misolida mustahkamlaydilar. Bu bilim mustahkam bo’lishi uchun maxsus tajribada ko’rsatib, xulosa chiqarish kerak. Umumiy muammoning ikkinchi qismi havo gazlar aralashmasidan iborat ekanligini isbot qilishdan boshlanadi.
Suhbatga misol keltiramiz. Suhbat boshlanishidan oldin o’qituvchi dars mavzusini e’lon qildi (o’qituvchining ba’zi bir savollariga o’quvchilar javob berishdi).
O’qituvchi: Kimyo va biologiya darslarida qanday mavzularni o’rgangansizlar?
2-o’quvchi: Karbonat angidrid.
O’qituvchi: Kislorod xossalari to’g’risida gapirib beringlar?
1-o’quvchi: Kislorod rangsiz, hidsiz, havodan bir oz og’irroq, suvda eriydi.
2-o’quvchi: Kislorod ko’p moddalardan o’zining yondiruvchanlik xususiyati bilan farq qiladi. Kislorod ko’p moddalar bilan birikadi.
O’qituvchi: Karbonat angidrid xossalari to’g’risida gapiring.
1-o’quvchi: Bunda yonayotgan alanga o’chadi.
2-o’quvchi: Ohakli suvni loyqalatadi.
O’qituvchi: Azot xossalari to’g’risida gapiring.
O’quvchi: Azot-inert gaz. Bunda yonayotgan alanga o’chadi.
O’qituvchi: Havoda kislorod mavjudmi?
O’quvchi: Ha, mavjud.
O’qituvchi: Havoda kislorod mavjudligini qanday isbot qilish mumkin?
O’quvchi: Shamni yoqib havosi bilan bo’lgan bankaga tushirganingizda sham yonib turaveradi.
O’qituvchi: Havoda karbonat angidrid gaz mavjudmi?
O’quvchi: Ha, mavjud.
O’qituvchi: Borligini qanday isbot qilish mumkin?
O’quvchi: Biz karbonat angidrid gazi chiqaramiz, u havo bilan aralashib ketadi.
O’qituvchi: Havoda azot mavjudmi?
O’quvchi: Ha, mavjud.
O’qituvchi: Havoda fosfor yonganda u nima bilan qo’shiladi?
O’quvchi: Fosfor kislorod bilan qo’shiladi.
O’qituvchi: Fosfor bilan qo’shilganda havoning hamma qismi sarflanadimi?
O’quvchi: Yo’q, hammasi emas.
O’qituvchi: Agar qolgan havoga yonayotgan cho’pni tushirsak, nima yuz beradi?
O’quvchi: U o’chadi.
O’qituvchi: Nima uchun?
O’quvchi: Bankada kislorod qolmagan.
O’qituvchi: U yerda nima qolgan?
O’quvchi: U yerda azot qolgan.
Keltirilgan dialogdan ikki xil suhbat olib borish usuli o’rtasidagi farq mavjud. Ikkinchi suhbat davomida o’quvchilar vazifalarni o’zlari yechmay o’qituvchining ta’siri ostida yechdilar. Ularning aqliy faoliyati qisqa javob qidirish yo’li bilan chegaralanishda ikkala suhbat metodini o’qituvchi uchun qiyinligi kelib chiqadi. Shu bilan birga amaliyotda qo’llanilganligi uc
Таълим / Образование
Кимё — моддаларнинг тузилиши ва ўзгаришини ўрганадиган фандир. Кимё бошқа фанлар қатори инсон фаолиятининг маҳсули сифатида вужудга келиб, табиий эҳтиёжларни қондириш, зарурий маҳсулотларни биридан иккинчисини хосил қилиш ва турли ҳодисалар сирларини билиш мақсадида рўёбга чиқди.
Кимё (арабчадан کيمياء, келиб чиққан бўлиб, миср лаҳжасидаги Кемет (қора) сўзидан олинган дея тахмин қилинади. Шунингдек Миср давлатининг қадимиги номи: қора туплоқ ва қўрғошин — Та-Кемет «қора ер» дея таржима қилинади.
Кимё табиатдаги барча мавжудотлар турли кўринишдаги кимёвий моддалардан таркиб топганлигига асосланган ҳолда, уларнинг бир турдан бошқа турга ўзгариш қонуниятларини, шунингдек, моддаларнинг хоссаларини ўрганувчи фан ҳисобланади.
Кимё фанидан ўз билимингизни синаб кўринг!
1. Металл нитрат тузи ўз массасига тенг массали сувда эритилганда эритмадаги нитрат анионларининг масса улуши 31/82 га тенг бўлди. Тузни аниқланг.
(α=1, гидролиз жараёнини ҳисобга олманг)
2. 127 ◦ C да реакциянинг тезлиги 0,8 mol/(l·s) га тенг. Температура 5%га оширилса, реакция тезлиги (mol/(l·s)) қандай бўлади?
(γ=2) Температура Кельвинда ҳисоблансин.
3. Жами боғлар сони 24 та бўлиб, σ- ва π-боғлар сони айирмаси 12 га тенг бўлган модда формуласини кўрсатинг.
4. Aлкан ва алкендан иборат 44,8 литр (н.ш.) аралашма (D(H2)=28,5) 160 г. бромни бириктиради. Aгар углеводородлар таркибидаги углеродлар сони ўзаро тенг бўлса, алкенни топинг.
5. He, CO ва номаълум газ аралашмасининг гелийга нисбатан зичлиги 5 га тенг. Шу аралашмада He ва CO тенг ҳажмда, CO ва номаълум газ тенг массада бўлса, номаълум газни топинг.
6. 0,2M ли натрий фосфат (α=75%) ва 0,4M ли алюминий хлорид (α=60%) диссоциаланишидан ҳосил бўлган анионлар сонидан катионлар сонининг айирмасини топинг.
11-sinf kimyo test javoblari
pedagogik texnologiya darajalari. 2 sinf tabiiy fan. sovuq haroratga chidamli o simliklar qanday nomlanadi. ikkinchi talim edu uz ruxsatnoma. tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari. vitamin a rdi. ingliz tili daraja testi. bilim olish haqida aforizmlar. politex instituti fakultetlari. Tayyor biznes reja. talim vositalari ppt. shavkat mirziyoyev biografiyasi. inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti. ozbekistonda talim tizimidagi islohotlar. 1-sinf musiqa darslik. boshlang ich sinflarda informatika. at&t call protect. 4-sinf ona tili darslik 2020 javoblari. ona tili olimpiada test 9-sinf. tarix ish reja 2020. tasvir bo lagini ajratib olishning boshqa usullari. Xperia 1 III 価格. 9-cu sinif riyaziyyat testleri pdf. ozbek tili leksikasining boyish manbalari referat. 9 sinf yangi darsliklar. psixologik tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi. cambridge university press webinars. journal of history culture and art research. wired earphones with good mic quality. top 10 educational websites. matematika 6 sinf uchun testlar. prezidentga murojaat yuborish. ozbekiston milliy universiteti fakultetlari haqida malumot. individual va guruhiy konsultatsiya pdf. 9-sinf ingliz tili darslik 2019. oylik maoshi 2021. milliy xavfsizlik atamasi kim tomonidan kiritilgan. ingliz tili grammatikasi hasanboy. ozbek tili darsliklari.
har bir dars nimalar asosida tuziladi
atlas 6 sinf pdf. . atom tuzilishi tomson modeli. . madaniyatshunoslik fanining maqsad va vazifalari. . facebook chat app id. . doga min side. . asaka bank ish vaqti. . tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining predmeti maqsadi va vazifalari. . new round-up 1 english grammar practice students book. . iqtisodiyot lug at. . nima gluten sensor where to buy. . madrasalarga qabul 2021 2022. . geografiya fanidan mustaqil ish. . ontologiya borliq haqidagi talimot. . amyoba haqida malumot. . kimyo test javoblari 11-sinf. microsoft odbc driver. . cct weekly practice science answer key. . akademik litsey toshkent. . 7 sinf fizika konspekt. . ozbek tilining hayotimizdagi ahamiyati. . al xorazmiy pdf. . kimyo test javoblari 11-sinf. sotsiologiya kitob pdf. . 8 sinf biologiya masalalar javoblari. . togri oqish nima. . radiogroup boshqarish obyekti. . pixel 3xl antutu. . britaniya menejment instituti. . kimyo test javoblari 11-sinf. 10 sinf informatika 3 chorak test. . kam ishlatiladigan so zlar. . tennis group cambridge. . galaktika haqida faktlar. kimyo test javoblari 11-sinf. tabiatni asrang matn yaratish. . ingliz tili kitoblar pdf. . Umurtqasizlar zoologiyasi pdf. . 6-sinf tarix kitobi. . iphone 12 pro. . 4-sinf ingliz tili darslik. . professional tax act telangana. . biologiya fanidan taqvim mavzu reja. . professional tax slab 2020-21. . ona tili 10-sinf pdf. .
referat uchun rasmlar fl studio 12 pirls baholash tadqiqotida yuqori daraja necha balldan boshlanadi? alisher navoiy kecha kelgumdur debon raqamli jamiyat tushunchasi fransiya haqida malumot 2021 yangi o zbekiston universiteti fakultetlari hayvonlar haqida ertaklar nomlari 6-sinf rus tili kitob javoblari 2017 ta lim tizimini boshqarish ppt
- kimyo test javoblari 11-sinf
- kimyo test javoblari 11-sinf
- kimyo test javoblari 11-sinf
- kimyo test javoblari 11-sinf
- kimyo test javoblari 11-sinf
- kimyo test javoblari 11-sinf
talim krediti olish tartibi. are emulsifiers gluten-free. fransuz tili online test. 9 sinf ona tili yillik konspekt. rus tilidan kirib kelgan sozlar. toshkent davlat irrigatsiya instituti fakultetlari. 10 sinf informatika imtihon biletlari. 9-sinf informatika darslik pdf 2020. leksik qatlamlarning badiiy asardagi orni. o yinlar nazariyasi. html css js haqida. xalqaro jurnalistika fakulteti haqida. microsoft excel tutorial. gymnastics for toddlers denver. jahon tarixi 11 sinf. 2-sinf ona tili darslik 2018. appsc notification 2021. kimyo biologiya maktablari. bolalar uchun ingliz tili skulte pdf. talim mazmuni slayd. ogizdagi yaralarni davolash. rustamxon dostoni slayd.
kimyo test javoblari 11-sinf. diplom edu uz. . ingliz tilida tayyor insholar. . test master online. . corel draw dasturi referat. . goethe-institut taschkent prüfungen. . tabiatda kuzatish metodi. . test to release cost. . kaspersky free antivirus. .
los angeles county department of mental health headquarters. Sardor hafizov ingliz tili GRAMMATIKASI pdf skachat. pisa-based test for schools. top graphic designer salary. yaxshi tarbiya inson ziynati. alisher navoiy sherlari bolalar uchun. tarix test baza. 6 sinf biologiya kitob javoblari. insight homes design center. donor akseptor boglanish. college board registration. srbija danas novine bez cenzure. eng keng tarqalgan test topshiriqlarining turini ko‘rsating. Dtm 2020 ona tili va adabiyot javoblari. malabon city hall directory. tur firma ochish. buddaviylik dini ppt. andijon viloyati haqida. ozbekiston qishloq xojaligi mahsulotlari. jismoniy tarbiya nazariyasi test. bolalarda qandli diabet belgilari. ingliz tili b2 darajasi. salmonella typhi h 180 means. nazokat komilova adabiyot. kasbiy psixologiya ppt. informatika imtihon javoblari 2021. 1 soatlik tarbiyaviy soat dars ishlanma. psixologik treninglar pdf. ozbekiston tarixini davrlashtirish masalalari. 10 sinf kimyo pdf.
- sotsiologiya fani nimani organadi
- inauguration of joe biden
- temir beton konstruksiyalari ppt
- cet exam date 2021
ish reja 2021-2022
qush nomlari matn. . online kredit olish humo. . peace and human rights issues and concepts. . 10 sinf imtihon savollari 2021. . ta technix e30. . anemaxor o simliklar. . neft va gaz yangiliklari. .
yosh bolada bosh qizishi
mektebeqeder hazirliq qebul 2021-2022. lab atrofi ko‘karishi. atmosfera havosining ifloslanishi va uning oldini olish. yosh kitobxon uz. citrix grady epic. pilocarpine sweat test. adobe photoshop dasturida bitta tasvirda nechtagacha qatlam hosil qilish mumkin. ona tilim 32 yoshda. how to go plaza singapura by mrt. odam genetikasi slayd. 5 sinf matematika kitobi 2021. android ilovalar yaratish. suv muzlaganda massasi. 6-sinf tarixdan online test. floating player picture-in-picture mode. rus tili dars ishlanma. अरवल रेलवे स्टेशन. kimyo test javoblari 11-sinf. smoke free campaign. portal ishonch telefonlari. tdtu kontrakt narxlari. minglik mavzusida dars ishlanma. 1-sinf alifbe kitobi 2021. kompyuter grafikasi fanidan test savollari. ona tili va adabiyot testlar javoblari bilan. elastik kuch formulasi. urganch iqtisodiyot universiteti. ekologik partiya saylov oldi dasturi. 10 sinf ona tili va adabiyot fanidan olimpiada savollari. largest laser in the world. 9 sinf imtihon savollari. dastlabki kimyoviy tushunchalar. cambridge english phd acceptance rate. oxford and cambridge world ranking. kimyo test javoblari 11-sinf. musiqa fanidan slaydlar. zoom join audio. falsafa milliy bolishi mumkinmi. european court of human rights address. boshlang ich sinflarda gap mavzusini o rgatish metodikasi. pisa exam 2020 class 10. books about disability awareness. ozbekiston 24 telegram. serum vst rutracker. fizik hodisalar deb nimaga aytiladi. wpf combobox get selected item. photoshop tilini ozgartirish. samdaqi kirish ballari 2021.
ona tili sher. kimyo test javoblari 11-sinf. mcat biology review 2020-2021 pdf. Ułóż zdanie z wyrazem. o quv adabiyotlar qo yiladigan talablar. cambridge assessment network vle. dars jadvali apk. 4-sinf õqish kitobi 2020. paxta yogi ishlab chiqarish. huquqiy axborot texnologiyalari. hozirgi davrda ekologik tanglikning kelib chiqishining asosiy sababi. muammoli masalalar pdf.