Press "Enter" to skip to content

ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA INTEGRATIV YONDASHUVNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

Добро пожаловать на сайте TAQVIM.UZ

11 sinf ona tili adabiyot test

Сегодня: 03-Март, 2023 год. Пятница

Добро пожаловать на сайте TAQVIM.UZ

Вход в персональный кабинет

Ни одной сценарий не найдено!

Iltimos, kuting…

СЕГОДНЯ: 03 Март, 2023 г.. Пятница

Ona tili va adabiyot fanidan testlar

To`plamni tayyorlashda muallif o’quvchilarning saviyasini hisobga olgan holda mazmunan sodda, aniq va tushunarli testlar tuzgan va DTM tomonidan tayyorlangan test savollaridan foydalangan.

Файлы книги

Имя файла Объём
Ona_tili_va_adabiyot_fanidan_testlar_Ona-tili_adabiyot_fanidan_test_-_21.11_.2010_20-24-01_.pdf 2.7 Мб Скачать

Что бы скачать зарегистрируйтесь на сайте или авторизуйтесь.

Похожие книги

Комментарии

Пока ни кто не высказал свое комментарий!

Все материалы принадлежат сайту www.taqvim.uz и защищены законом „Об авторстве“ Республики Узбекистан.

© 2023-yil. Respublika bolalar kutubxonasi

ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA INTEGRATIV YONDASHUVNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

integratsiya / integrativ yondashuv / metod / tadqiqot / fanlararo aloqadorlik / yangi texnologiyalar. / integration / integrative approach / method / research / interdisciplinary connection / new research.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gavhar Bahromovna Axmedxanova, Nodira Djoxongirovna Xolikova

Maqolada ta’lim tizimiga integratsiya jarayonining kirib kelishi hamda ona tili va adabiyot darslarini o‘qitishda integrativ yondashuvning ahamiyati haqida so‘z boradi. Shuningdek, umumta’lim maktablarida ona tili va adabiyot darsliklarida berilgan mavzularni bir-biriga bog‘lagan holda tushuntirish usullari va metodlarini ishlab chiqish ko’zda tutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Gavhar Bahromovna Axmedxanova, Nodira Djoxongirovna Xolikova

ONA TILI TA’LIMIDA FANLARARO ALOQADORLIK
UMUMTA’LIM MAKTABI ONA TILI DARSLARIDA DARS O‘TISHNING YANGICHA TALQINLARI
TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA ONA TILI FANINING O‘RNI VA O‘ZBEK TILINING NUFUZI
ONA TILI TA’LIMIDA LUG’AT BILAN ISHLASH MASALALARI

QOZOQ TILI VA ADABIYOTINI O’QITISHDA TALABALAR KOGNITIV FAOLIYATNI FAOLLASHTIRISH TA’LIMNING MUHIM OMILIDIR

i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF AN INTEGRATIVE APPROACH IN NATIVE LANGUAGE AND LITERATURE CLASSES

The article discusses the process of integration into the taste system and the importance of an integrative approach in the teaching of mother tongue and literature. It is also planned to develop methods and techniques of explaining the topics covered in the textbooks of mother tongue and literature in secondary schools.

Текст научной работы на тему «ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA INTEGRATIV YONDASHUVNING AHAMIYATI»

ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA INTEGRATIV YONDASHUVNING

Gavhar Bahromovna Axmedxanova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 4-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Nodira Djoxongirovna Xolikova

Maqolada ta’lim tizimiga integratsiya jarayonining kirib kelishi hamda ona tili va adabiyot darslarini o’qitishda integrativ yondashuvning ahamiyati haqida so’z boradi. Shuningdek, umumta’lim maktablarida ona tili va adabiyot darsliklarida berilgan mavzularni bir-biriga bog’lagan holda tushuntirish usullari va metodlarini ishlab chiqish ko’zda tutilgan.

Kalit so’zlar: integratsiya, integrativ yondashuv, metod, tadqiqot, fanlararo aloqadorlik, yangi texnologiyalar.

THE IMPORTANCE OF AN INTEGRATIVE APPROACH IN NATIVE LANGUAGE AND LITERATURE CLASSES

The article discusses the process of integration into the taste system and the importance of an integrative approach in the teaching of mother tongue and literature. It is also planned to develop methods and techniques of explaining the topics covered in the textbooks of mother tongue and literature in secondary schools.

Key words: integration, integrative approach, method, research, interdisciplinary connection, new research.

Bugungi kunda ta’lim sohasiga har qachongidan ham ko’proq ahamiyat berilmoqda. Bu esa, o’z navbatida ta’limning birlamchi ishtirokchilari bo’lgan o’qituvchilarga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Chunki bugungi kun o’qituvchisi har sohada yetuk va bilimdon bo’lmog’i shart va zarurdir. O’qituvchi o’quvchilarga fanga doir yetarli bilimlarni berish, fanga bo’lgan qiziqishini oshirish bilan birgalikda ularning tasavvurida fanlarning o’zaro uzviy bog’liqligini, biri ikkinchisini taqozo etishi to’g’risidagi muayyan tushunchani hosil qilishi zarur. Bu kabi masalalarda integratsiyaning – fanlararo aloqadorlikning o’rni juda muhimdir.

Ona tili va adabiyot darslarini tashkil etishda integrativ yondashuvdan keng foydalanish – o’quvchilarning fanga doir bilimlarini puxta o’zlashtirishida yetakchi samara beradi.

Keyingi yillarda ta’limda integrativ yondashuv jarayonlarini tadqiq qilishda ko’plab izlanishlar olib borildi. Shuningdek, ona tili va adabiyot darslarini integrativ o’qitishning samaradorligi va bu jarayonga xos ta’lim metodlarini ishlab chiqish kabi masalalar ko’ndalang qo’yildi. Xususan, A.G’ulomov, H.Ne’matov, B.Ziyomuhammadov, B.Abdullayeva singari olimlarning ishlarida fanlararo integratsiyaning ona tili va adabiyot ta’limidagi o’rni xususida qimmatl i fikrlar uchraydi. Til ta’limida integrativ yondashuv xususida U.Musayev, D.Yo’ldosheva kabi pedagoglarlarning ilmiy izlanishlaridan ham ma’lumotlar olish mumkin. Jumladan, K.Mavlonovaning “Ona tili darslarini adabiyot darslari bilan badiiy matn orqali integratsiyalash masalalari” bo’yicha olib borgan izlanishlari ham alohida ahamiyat ega

“Integratsiya” – ayrim bo’laklarning yoki elementlarning bir-biriga qo’shilishi, bir butunga aylanishi, yaxlitlanishidir [1.380]. “Integratsiya” tushunchasi XVIII asrdayoq Spenser tomonidan izohlangan edi. Integratsiyani tafakkur o’stirish omili sifatida qarab, uni fanlararo aloqa va ta’lim shakllarini sintezlash tarzida talqin etish mumkin.

Ma’lumki, o’quv fanlari miqdorini oshirish, albatta, har doim ham ijobiy natija beravermaydi. Chunki bugungi zamonaviy texnologiya son orqasidan quvish emas, balki sifat o’zgarishlarining ham bo’lishini taqozo etmoqda. Bu borada rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalanish mumkin. Chunki ular allaqachon o’z ta’lim tizimiga integratsiyani olib kirgan va integrativ fanlarni joriy qilgan. Buyuk Britaniya, Koreya, Shveysariya, Vengriya, AQSh, Rossiya va boshqalar shular jumlasidandir. Bugungi kunda bizning ta’lim tizimimizga ham integratsiyalashish jarayoni kirib keldi. Integratsiya – “butun” degan ma’noni bildiradi, demak, bu tafakkur o’sishi jarayonining turli qism va elementlarini bitta butunga birlashtirishdir. Bu esa, ta’limda fanlararo aloqadorlikni, fanlarni bir-biri bilan chambarchas bog’liq holda o’qitishni ko’rsatadi. Ta’lim tizimida ona tili darslarini olib borishda bu fanni bevosita adabiyot bilan bog’lab o’qitish yaxshi natija beradi. Masalan, 5-sinf ona tili darsligini olaylik. Ushbu darslikda “Leksikologiya” bo’limini o’rganish uchun 39 soat ajratilgan. Bu bo’lim va undagi mavzularni adabiyot faniga bog’lagan holda badiiy asarlar, hikmatli so’z va maqollar, she’rlar orqali tahlil etilsa, bu ham ta’limiy, ham tarbiyaviy mohiyat kasb etadi. Quyidagi 6-sinf adabiyot darsligidan olingan parcha O’tkir Hoshimovning “Urushning so’nggi qurboni” hikoyasidan olingan bo’lib, o’quvchilar parchada ajratib ko’rsatilgan so’zlarni tahlil qilish orqali, har bir so’zning lug’aviy ma’nosini, salbiy va ijobiylik

xususiyatini farqlab, badiiy asarni yanada teranroq anglab yetadi. “Ziqna bo ‘lmay, o ‘l! – deb o ‘yladi xotinini so ‘kib, – azaldan qurumsoq edi, zamon og ‘irlashgandan buyon battar bo ‘ldi “.

Umumiy o’rta ta’lim bosqichlarida, mavzular oddiydan murakkabga tomon o’sib boradi. Masalan, 9-sinfda o’quvchilar ona tili darslarida badiiy matnning til xususiyatlarini, uslublarini bilishlari, shu orqali o’z nutq madaniyatini rivojlantirishda bajariladigan ish turlaridan biri undan biror til hodisasi yoki uslubini aniqlash va izohlash, nutq uslublarini bir-biridan farqlay olishlari kerak bo’ladi. Buning uchun o’qituvchidan nazariy bilimlarni yetkazib berish va ularni amalda qo’llay olish uchun o’quvchilarda yetarli ko’nikma va malakalarni hosil qilish talab etiladi. Bunda dastlab o’qituvchi nutq uslublari haqida umumiy ma’lumot beradi va o’quvchilarga kerakli manbalarni yozdirib o’tadi. Yangi mavzu bayonidan so’ng o’qituvchi mavzuni bevosita boshqa fanlar bilan bog’laydi. Buning uchun o’qituvchi o’quvchilar qo’liga har xil turdagi matnlar aks etgan tarqatma materillarni tarqatadi. Bu bilan o’qituvchi darsning qiziqarli o’tishi va shu bilan bir qatorda o’quvchining faol bo’lishiga imkon yaratadi. Masalan, quyidagi materiallardan foydalanishimiz mumkin:

1 – Yaxshi ham boshqa bolalar bilishmadi, dedi Gulchehra xo’rsinib, -bilishganda, bittasi emas, bittasi aytib qo ‘yardi. – Ha, rozi bo ‘ldi Abdulla, rosa to ‘polon bo ‘lardi. – Men amakidan qo ‘rqaman. Ko ‘zi yomon. Gulchehra Dadavoy amakining ko ‘zlarini ko ‘rsatmoqchi bo ‘lib olaydi, o ‘xshata olmadi. Abdulla kulib yubordi. (O’.Umarbekov. “Odam bo ‘lish qiyin ” asaridan)

2 Qalandarovning hovlisi kattagina ekan. Bir tomonda uncha did bilan solinmagan bo ‘lsa ham, kattagina imorat, sirkor ayvon: uning ro’parasida hovuz, chog’roq shiypon, sim tortib ko’tarilgan tok, bog’cha, poliz. lekin bularning hammasi hovli egasining havasi zo’ru, hafsala va didi yo ‘qligini ko ‘rsatib turar edi: tokning bir necha novdasi simga o ‘z holicha tirmashibdi-yu, qolgani yerda yotibdi; meva daraxtlarining ostini, polizini sho ‘ra va g’unay bosib ketibdi. (Abdulla Qahhor. “Sinchalak”)

3 Vatan, istiqlol, ma’naviyat. bu so’zlar inson ongidagi eng buyuk

tushunchalarni ifodalashda purhikmat so’zlardir. Agar insonda shu so’zlarning birortasi yo’q bo’lsa, hayotning qayeridir kemtik bo’lib turaveradi. (Gazetadan)

4 2019-yil 21-oktabrdagi “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to ‘g’risida”gi PF-5850- sonli farmon O ‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi manfaatdor tashkilotlarni jalb qilgan holda 2021-yil 1-yanvardan boshlab markaziy telekanallarda “Tilga e’tibor”, “Ona tilida so’zlashamiz”, “Notiqlik mahorati”, “Til – millat ko ‘zgusi”, “Kitob bilim manbai”, “Bilimli yoshlar – kelajak bunyodkori” kabi turkum ko’rsatuv va eshittirishlarni tashkil qilib, muntazam ravishda efirga uzatib borilishini ta’minlasin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

5 Yomg’ir – suyuq tomchi holidagi atmosfera yog’ini. Tomchining diametri 0,5-0,6mm bo’ladi. Yomg’ir bulutlardagi mayda suv zarralarining qo’shilib yiriklashuvidan hosil bo’ladi. Yomg’ir ikki xildir: jala yomg’ir, shivalama yomg’ir. Jala yomg’ir to’p-to’p bulutlardan yog’adi, ko’p vaqt o’tmay to ‘xtaydi, tomchilari yirik bo ‘ladi. (Darslikdan)

Matnlardan ko’rinib turibdiki, o’qituvchi har bir uslubni o’quvchiga tushuntirishda integrativ yondashadi. O’quvchilar qo’lidagi matnlar jamlanmasini o’qituvchi bilan birgalikda kuzatib boradi va bu uning ko’z o’ngida qolishiga yordam beradi. O’qituvchi tushuntirishni boshlaydi: birinchi matn badiiy asardan olingan bo’lib, u so’zlashuv uslubiga xosligini va shu uslubga xos belgilarni ko’rsatib o’tadi. Ikkinchi matnda badiiy uslub ishtirok etganini va bu uslubni yoritish uchun badiiy asarga yuzlanganini aytadi. Uchinchi matnda publisistik uslubning yozma shaklini aytib, bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir etish bo’lib, soddalik, tushunarlilik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilish zarurligi aytiladi. To’rtinchi matn rasmiy uslubida yozilganligini tushuntirish bilan bir qatorda rasmiy uslub turlariga yana bir marotaba

to’xtab, quyida berilgan matn rasmiy uslubning sof qonunchilik uslubida yozilganligini sharhlab o’tadi. Va nihoyat, beshinchi matnda o’qituvchi ilmiy uslubni o’rganish uchun fizika faniga murojaat etganligini aytib o’tadi va ilmiy uslubni yana bir bor takrorlab o’tadi. O’qituvchini bu usul, yani uslubiyat mavzusini boshqa predmetlarga murojaat etish yo’li bilan tushuntirishi o’quvchilarning yangi mavzuni tez va oson o’rganishini ta’minlaydi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ona tili darslarini adabiyot bilan uyg’unlikda olib borish, o’quvchilarning badiiy-estetik dunyoqarashini yanada boyitadi. Ona tilida darslarida yangi mavzuni tushuntirishda adabiyot darsligida berilgan hikoya, she’r, maqol, hikmatli so’zlar va badiiy asarlardan misollar keltirib, darsni integrativ tarzda tashkil etish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu keyinchalik ularning ilmiy salohiyatini yanada oshirishga, oliy ta’limda tahlil yuzasidan bilim, ko’nikma, malakalarga ega bo’lib, til bo’yicha nazariy ma’lumotlarini mustahkamlab borishda yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI (REFERENCES)

1. Mavlonova, K. (2016). Ona tili darslarida badiiy matnning til xususiyatlarini integratsiyalash asosida o’rganish metodikasi. Mashhur-press.

2. Musayev, U. (2002). Integratsiya darajalari. Xalq ta ‘limi – №6

3. O’zbek tilining izohli lug’ati. (1981). M.: Русский язык.

4. Холикова, Н. (2020). Узбек мумтоз адабиётида хотин-кизлар образининг бадиий тадрижи (Ширин образи мисолида). Academic research in educational sciences, (3).

5. Kholikova, N. D. (2020). The genesis and poetic evolution of character Shirin. Alisher Navoi and the XXI centure.

6. Djokhongirovna, K. N. (2020). The period of national awakening in uzbek poetry echo of the treasure voice of the nation. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 4045-4054.

7. Холикова, Н. (2020). 9-синф адабиёт дарсида ширин образини генезисига кура урганиш. Science and Education, ^(Special Issue 2).

8. Kholikova, N. (2020). POETIC FEATURES OF UZBEK POETRY OF THE NATIONAL AWAKENING PERIOD. Theoretical & Applied Science, (4), 615-623.