Ona tili
Umumta’lim maktablarining 4-, 8-, 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ta’lim sifati monitoringi amalga oshirildi. O‘quv yili oldidan o‘tkaziladigan taraddud kengashlarida monitoring va bilimlar bellashuvi natijalaridan kelib chiqib, aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar ham berilishi maqsadga muvofiqdir.
11 sinf ona tili ochiq dars ishlanmasi
Maqsad : Ta’limiy maqsad: bo`lish haqida bilimini mustahkamlash. Bo`lishga doir misol va masalalar yechish. Mulohaza haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: matematikani sevishga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad : bo`lish haqidagi bilim-ko`nikma va malakalarini rivojlantirish.
Usuli : Aralash
Turi : Yangi bilim beruvchi dars
Jihozi: Darslik, ko`zgazma, rasm, tarqatma materiallar, slaydlar.
Darsning borishi :
1.Tashkiliy qism. (Sinf xona va bolalarning darsga tayyorgarligini nazorat qilaman)
2. O`tgan darsni so`rash va mustahkamlash.
Uyga vazifani so`rayman. 738-masala 780-ifodalarning javoblarini o`quvchilardan so`rab nazorat qilaman. Savollar bilan o`tgan darsni mustahkamlayman.
1)Bo`lish nima? (O`quvchilardan so`rayman )
2)Amallar tartibi qanday bajariladi?
3.Yangi darsning bayoni .
781-misol og`zaki. Yechilish usulini tushuntiraman.
42320 :46 21708 27 190228 38
414 920 216 804 190 5006
2)Xuddu shu hisoblashlar nisbatan qanday qisqa yozilganini ko`rib chiqing:
42320 46 21708 27 190228 38
414 920 216 804 190 5006
92 108 228
92 108 228
Bu misolni yechishdan oldin o`quvchilarni 3-guruhga bo`lib olaman.Bunda har guruhdan
Bittadan bola chiqarib, o`z guruhining daraxtiga olma osib , rag`batlantirilib boriladi.
1-guruh 2-guruh 3-guruh
39520 52 30668 34 164807 29
364 760 306 902 145 5683
312 68 198
312 68 174
Topshiriqdagi 3-chi misolni qaysi guruh a’zosi birinchi yechib ulgursa , o’sha guruh a’zosi yechadi. 9483 29
Guruh a’zolarining mehnatlari olma bilan rag`batlantirilib boriladi.Bu topshiriq o’quvchilardan to`liq tushuntirib berilishi talab qilinadi.
783- masala og`zaki yechiladi.
Velosipedchi bir soat 14 km soat tezlik bilan, ikki soat 15 km soat tezlik bilan va yana bir soat 12 km soat tezlik bilan yurdi.
Masalaning shartlaridan foydalanib ,quyidagi ifodalar nimani bildirishini tushuntiring:
1. 1+2+1 (jami vaqt yig`indisi)
2. 14+15×2+12 (jami Masofa)
3. (14+15×2+12):(1+2+1) (o`rtacha tezlik)
Masalaning sharti o`quvchilardga o`qitiladi va tushuntiriladi. Qaysi guruh a’zosi yechimining javobini topsa , daraxtiga olma bilan rag`batlantiriladi.
784-masala .Masalaning sharti o`quvchilarga o`qitilib ,tushuntiriladi va yechimini qaysi guruh a’zosi to`g`ri va aniq yechishiga qarab rag`batlantiriladi.
Yechimi. 5184:24=216ta fevral oyidagi
6426:27=238 ta mart oyidagi
238-216=20 ta ko`p
Javob: 20 ta ko`p poyabzal mart oyida chiqargan.
785 – topshiriq .Mulohazalar bilan tanishamiz. Bu yerda ko`rgazmali rasmdan foydalanaman.
Tulkichaning mulohazasi to`grimi yoki noto`g`rimi? (noto`g`ri)
Har qaysi mulohaza to`g`rimi yoki noto`g`rimi? (noto`g`ri)
Toshkent- O`zbekistonning poytaxti. ( To`g`ri)
Fevral 30-kundan iborat. (noto`g`ri)
11- eng kichik ikki xonali son (noto`g`ri)
1-eng kichik son emas. (noto`g`ri)
5>3 (To`g`ri)
5×8=40 ekani noto`g`ri. (To`g`ri)
9+6=15 ekani noto`g`ri ( to`g`ri)
Mulohaza mavzusini tushuntiraman.To`g`ri yoki noto`g`ri ekanligi haqida aytish mumkin bo`lgan darak gap mulohaza deyiladi.Istalgan boshqa gap mulohaza bo`lmaydi.
Mavzudan kelib chiqib, guruh a’zolari o`rtasida zig-zak o`yinini tashkil qilaman.Misollar kartochkalarda uchala qatorga alohida beriladi.
1-qator 2-qator 3-qator
1.9-soni 4-sonidan 5 ta birlik ko`p. 1.8-soni 3- sonidan 4-ta birlik ko`p. 1.7-soni 2-sonidan 4-ta birlik ko`p.
2.30×3=90 2.23×2=56 2.41×1=41
3. 3.soat=150m 3.3km=3000m 3.24-soat =3sutka
88:2=33 4.72:8=8 4.48:2=25
To`rtburchaknining bo`yi 6 sm 5.to`rtburchakning bo`yi 8 sm ,eni 4 sm 5.to`rtburchakning bo`yi 3 sm eni 4sm
Yuzi ? Y= 36 sm kv. P=? P=24 sm.kv
Eni 5sm perimetrini toping.
Oyin sharti tushuntiriladi. O`quvchilar javoblarni tekshirib o`z chizmalarini yozuv taxtasiga chizadilar. Mashg`ulot yakunlangach chizmani o`qituvchi yozuv taxtasiga osib o`z chizmalarini tekshirib ko`rishlarini aytadi va navbatdagi rag`batlantirishini iladi.
Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. O`quvchilar ingliz tilida she’r aytib mashq qiladi.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Aqliy hujum o`tkaziladi. Tezkor savollar.
1-guruh
1.Noma’lum qo`shiluvchini topish uchun nima qilinadi?
2.Agar vaqt , masofa ma’lum bo`lsa,tezlik qanday topiladi?
3.3 xonali sonni 2 xonali songako`paytirish uchun nima qilinadi?
4.Agar qo`shiluvchilardan biri 0 bo`lsa, yig`indi nimaga teng bo`ladi.
5.Ko`pburchakning tomonlarining yig`indisi nima deyiladi?
2-guruh
1.Noma’lum bo`linuvchini topish uchun nima bo`linadi?
2.Qanday burchak yoyiq burchak deyiladi?
3.Agar tezlik, masofa aniq bo`lsa, vaqt qanday topiladi?
4.Agar misolda amallar aralash holda berilsa amal qanday bajariladi?
5.Agar kamayuvchi va ayriluvchi bir-biriga teng bo`lsa, ayirma nimaga teng bo`ladi?
3-guruh
1.Noma’lum ko`paytuvchini qanday topiladi?
2.Agar harakatning tezligi, vaqti ma’lum bo`lsa masofa qanday topiladi?
3.Aylananing diametri nima deb ataladi?
4.Qanday o`lchov birligi bor?
5.Ko`paytirish nima?
Uchala guruhning tezkor savollariga javobi tahlil qilinadi va rag`batlantiriladi.
Dars yakunida guruhlarning yig`gan olmalari soni hisobga olinadi va g`olib guruh aniqlanadi.
5.Baholash. Dars davomida yaxshi qatnashgan o`quvchilar baholanadi va izohlanadi.
6.Uyga vazifa. 786 – 787- misollar.
FIZIKA fanidan dars ishlanmalari
Mavzu: TRANSFORMATORNING TUZILISHI VA ISHLASHI
Transformatorning tuzilishi va ishlashi
Maqsad
O‘quvchilarga transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi haqida bilimlar berish .
Vazifalar
O ‘ quvchilarga transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi
h aqida bilimlar berish va ularni o‘zgaruvchan induksion
tokni hosil qilishda gi o`rni muhimligini tushuntirish.
O‘zgaruvchan tokning kuchlanishini o‘zgartirish mumkinligi va undan sanoatda, texnikada foydalanishni tushuntirish orqali fanga qiziqtirish.
O ‘ quv jarayonining mazmuni
O‘quvchilarga transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipini
slayd namoyish qilish orqali tushuntirish. U ndan sanoatda, texnikada foydalanishni tushuntirish orqali fanga qiziqtirish.
O ‘ quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi
Metod: Faol ma’ruza, g uruhlar bilan ishlash
Vosita: T arqatma savollar, transformator, voltmetr, ulovchi simlar, kompyuter texnikasi, dioproektor , d oska, bo‘r.
Nazorat: O g ‘zaki nazorat , o ‘ quvchilarni ba h olash.
Baholash . 5 ballik tizim asosida.
Kutil ayot gan natijalar
O‘qituvchi;
O ‘ quvchilarga transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi
haqida bilimlar berish, hamda sanoatda, texnikadagi ahamiyatini tushuntirishda interfaol metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, faolligi, darsga, fanga nisbatan qiziqishini orttiradi.
O‘quvchi.
Yangi bilimlarni egallaydi. Olgan bilimini amaliyotga qo‘llashni o ‘ rganadi.
Kelgusi rejalar
O ‘ q ituvchi:
O‘quvchilarni fizika faniga qiziqtirish yo‘llari va pedagogik texnologiyalarni darsda tadbiq etish uchun o‘z ustida ishlash, mavzuni fan-texnikada qo`llanilishi bilan tajribasini boyitish.
O‘quvchi :
Transformatordan a maliyotda foydalanish, qo ‘ shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashni o`rganish. O‘z fikrini ravon bayon qila olish.
Mashg ‘ ulotning borishi
Asosiy atamalar va tushunchalar:
-transformator
-o ‘ zgaruvchan tokni transformasiyalash
-yuksaltiruvchi transformator
-pasaytiruvchi transformator
-transformatsiya koeffits iy enti
I . Darsning tashkil etilishi: (2 minut)
a) sinfga kirishda o ` quvchilar o‘qituvchi tayyorlagan emblemalarini oladilar va borib o‘tiradilar.
b) salomlashish, davomatni aniqlash;
c ) o‘quvchilarni darsga hozirligini ko‘rib chiqish.
Darsning blok-chizmasi
Dars bosqichlari
Tashkiliy qism
Uy vazifasini so ‘ rash
Yangi mavzu bayoni ( kichik ma’ruza )
Yangi mavzu bo ‘ yicha masala yechish va test o ‘ tkazish
O ‘ quvchilarni rag ‘ batlantirish
Uyga topshiriqlar
II. O ‘ tilgan mavzu bo ‘ yicha so‘rash ( 6 minut)
O ‘ quvchilar guruhlarga bo ‘ linib olinadi.
1- guruh: Amper guruhi 2- guruh: Volt guruhi 3- guruh: Om guruhi
O‘qituv ch i tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan savol va topshiriqlarni guruh sardorlari ch iqib tanlab oladilar .
1-guruhga “I nduksion tokning yo ‘ nalishini tushuntiring”
2-guruhga “ O ‘ zgaruvchan tok va uning grafigini qanday hosil qilish mumkin. ”
3-guruhga “ Induksion tok feneratorining tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring” .
Guruhlar taqdimoti
III. Yangi mavzu bayoni (16 minut).
1.Transformatorning tuzilishi va ishlashi.
2. Yuksaltiruvchi transformator .
3. Pasaytiruvchi transformator .
4. Transformatorda energiyaning aylanishi.
5. Transformatsiya koeffitsiyenti.
O‘qituvchi tomonidan kompyuter orqali dioproektorda o‘quvchilarga transformatorning tuzilishi va ishlashi ekranda ko‘rsatiladi va transformatorga ta’rif beriladi.
O‘zgaruvchan tokning chastotasini o‘zgartirmasdan kuchlanishni bir qiymatdan ikkinchi qiymatga o‘zgartirib beruvchi asboblar transformatorlar deyiladi.
Generatorlarda hosil qilingan kuchlanish ularning quvvatiga qarab turlicha bo‘ladi. Bundan tashqari uzoq masofalarga elektr energiyasini uzatishda simlarning qizishi tufayli isroflar bo‘ladi. Bunday hollarda o‘zgaruvchan tokning kuchlanishini bir qiymatdan ikkinchi qiymatga o‘zgartish zaruriyati tug‘iladi. Bu vazifani transformator deb ataluvchi elektr mashinasi bajaradi.
Transformator ikkita chulg‘am va o‘zakdan iborat. Kuchlanishni ko‘paytirib beruvchi transformatorni yuksaltiruvchi transformator, kamaytirib beruvchi pasaytiruvchi transformator deyiladi.
Yuksaltiruvchi transformatorda birlamchi chulg’am yo`g ` on simdan kam o‘ramli qilib yasaladi. Ikkilamchi chulg’am nisbatan ingichka simdan ko‘p o‘ramli qilib yasaladi.
Yuksaltiruvchi transformatorda n2>n1 va U2 > U1 bo`ldi. P asaytiruvchi transformatorda n2 n1 va U2 U1 bo‘ldi.
Transformatorda energiyaning aylanishi. Transformator birlamchi chulg‘amidagi ma’lum kuchlanishli elektr energiyani ikkilamchi chulg‘amdagi boshqa kuchlanishli elektr energiyaga aylantiradi.
Transformatorning ikkilamchi chulg‘amida kuchlanish necha marta ort s a tok kuchi shuncha m a rt a kamayadi.
U – Birlamchi o ‘ ramdagi kuchlanish.
I – Birlamchi o ‘ ramdagi tok kuchi
U – Ikkilamchi o ‘ ramdagi kuchlanish
I – Ikkilamchi o ‘ ramdagi tok kuchi
T ransformasiya koeffisiyentini quyidagi formula bilan aniqlanadi.
k= yoki k=
bu yerda birlamchi va ikkilamchi galtakdagi o ‘ ramlar soni Transformatorning foydali ish koeffisiyenti < FIK>
Takomil l ashgan transformatorlarning FIK juda yuqori bo‘lib, 99% tashkil etadi.
IV. Mustahkamlash: (15 minut)
Masalani yechish.
Birlamchi chulg‘amda 300 ta o‘ram bor. Agar transformatorning transformatsiya koeffits iy enti 15 ga teng bo‘lsa, yuksaltiruvchi transformatorning ikkilamchi chulg‘amida nechta o‘ram bo‘ladi?
Berilgan Formula Yechish 300. 15=4500
O‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan ijodiy test savollari kadoskop orqali slaydda ko‘rsatiladi. O‘quvchilar testni o‘qib, daftarlariga javobini belgilaydilar.
1. “Transformator- . asbob” . Gapni davom ettiring.
A) o‘zgarmas tokning kuchlanishini o‘zgartiruvchi
B) o‘zgaruvchan tokning kuchlanishini o‘zgartiruvchi
C ) o‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilovchi
D) o‘zgaruvchan tok chastotasini o‘zgartiruvchi
2. Transformatorning o ‘ zagi nima sababdan alohida listlardan yig‘iladi
A) mustahkamligini oshirish uchun
B) magnit kuch chiziqlarni to‘plash uchun
C ) magnit maydonini kuchaytirish uchun
D) isroflarni kamaytirish uchun
3. k 1 bo ‘ lganda . transformator deyiladi.
A) p asaytiruvchi B) yuksaltiruvchi
C ) chulg‘amli D) tok hosil qiluvchi
O‘quvchilar testning javobini topib bo‘lgandan so‘ng, o‘ qituvchi tomonidan testning javobi ekranda ko‘rsatiladi. O ‘ quvchilar bir-birlarining testini almashtiradi va tekshiradi. O ‘ qituvchi test savollari orqali hamma o ‘ quvchilarga reyting ball qo ‘ yadi.
V. O‘ quvchilarni rag ‘ batlantirish va baholash (3 daqiqa)
Dars yakunida o‘ quvchilar t o‘ plagan ballariga qarab ra g‘ batlantiriladi.
VI. Uyga topshiriq: ( 3 minut)
Mavzuni o‘qib kelish va savollariga javob yozib kelish.
Transformator (ishdan chiqqan) olib, uning chulg‘amidagi simlarni yeching va chulg‘amlardagi o‘ramlar sonini sanang. Transformatorning tuzilishini ko‘zdan kechirib, xulosalaringizni daftarga yozing.
Ona tili
Maktabda ona tili fanini o‘qitishning ijtimoiy ahamiyati shundaki, bu fanni chuqur o‘zlashtirgan o‘quvchining nutqi rivojlanib, milliy madaniyati yuksaladi. Qalbida vatanparvarlik hissi jo‘sh uradi. Bu yo‘lda esa o‘quvchilarga faqat ilm o‘rgatish emas, balki ularning til malakasini oshirish ham dolzarb vazifadir.
Avgust anjumanlarida ona tilini o‘qitishda o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malaka bilan birga hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutgan DTS va o‘quv dasturlari loyihalarining tajriba-sinovi natijalari yuzasidan amaliyotchilarning fikr-mulohazalarini tinglash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish masalalari keng muhokama qilinishi lozim. Bilimlar bellashuvi hamda fan olimpiadalari natijalarining tahlili, 5–9-sinf “Ona tili” darsliklari bilan ishlashdagi muammolar, darslik mazmuni yuzasidan fikr-mulohazalar umumlashtirilib, tavsiyalar ishlab chiqilishi, kelgusidagi rejalar belgilab olinishi maqsadga muvofiq.
Sho‘ba yig‘ilishlarida yangi o‘quv yili uchun qayta nashr qilinib, yildan yilga ta’limiy va tarbiyaviy mazmuni takomillashtirilib kelinayotgan 5-, 6-, 7-sinf (N.Mahmudov va boshqalar), 8-sinf (M.Qodirov va boshqalar), 9-sinf (N.Mahmudov va boshqalar) “Ona tili” darsliklari haqida fikr yuritishga alohida e’tibor qaratish kerak. Darslik bilan ishlashda o‘qituvchilarning o‘quv dasturi talablarini teran anglashi, dastur materiallari asosida darslarni rejalashtirish, mavzu uchun berilgan amaliy mashq va topshiriqlar bilan ishlashga o‘rgatish orqali o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, dars jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan o‘rinli foydalanish zarurligiga ham ahamiyat berish talab etiladi.
Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilardagi bilim va iqtidorni rivojlantirish uchun fan yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari optimallashtirilib, amaliyotga tatbiq qilingan edi. Ona tilini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarda ham ta’lim samaradorligiga erishish maqsadida o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqilmoqda. Jumladan, ixtisoslashtirilgan o‘quv dasturi asosida o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun 5–7-sinflar bo‘yicha “Nutq madaniyati” (A.Nurmonov va boshqalar) o‘quv qo‘llanmasi yaratildi va nashrga tayyorlanmoqda. Bu borada o‘qituvchilar qanday ishlarni amalga oshirishi kerakligi yuzasidan davra suhbatlari uyushtirish lozim.
Sho‘ba yig‘ilishlarida yakuniy va bosqichli attestatsiya, fan olimpiadalari, bilimlar bellashuvining natijalari o‘rtaga tashlanishi, yutuqlar omili, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarish va kelgusi rejalar belgilanishi lozim.
Avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarini quyidagi namunaviy mavzular bo‘yicha rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish, o‘qitish usullarini qo‘llash yuzasidan o‘zaro bahs-munozaralar o‘tkazish hamda kelgusi rejalarni ishlab chiqish tavsiya etiladi:
I. Yozma ishlarda yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlashda pedagogik texnologiyalardan foydalanish (5–9-sinflarda o‘tkaziladigan diktant nazorat ishlari misolida).
Til ta’limida yozma nutq ustida ishlash og‘zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon. Chunonchi, bu nutq turining murakkab tabiati — imlo qoidalariga amal qilish, tinish belgilarini o‘rinli qo‘llash, fikrning uslub talabiga muvofiq bayon qilinishidir. Yozma nutq o‘quvchidan grammatik va mazmun jihatidan to‘g‘ri jumla tuzishni, har bir so‘zni o‘z o‘rnida — to‘g‘ri qo‘llashni, fikrni ixcham, uslub jihatidan sodda va ravon ifodalashni talab etadi. Bu jihatlar o‘quvchidan yozma savodxonlikni talab qiladi.
5-sinf o‘quv dasturida har bir chorakda o‘quv soatidan kelib chiqib, 6 tadan nazorat ishi belgilangan. O‘quvchilarning imloviy va tinish belgilari bo‘yicha savodxonligi ustidan nazorat, asosan, diktant, bayon va insholar orqali amalga oshiriladi. O‘quvchilarning yozma ishlarini o‘qituvchi tekshiradi, imloviy, grammatik, tinish belgilariga doir va boshqa xil xatolarni tuzatadi, baholaydi. Diktantda uchraydigan xatolarning ba’zilari ayrim o‘quvchilargagina xos bo‘lib, bu orfografik-grammatik qoidalarni tushunmaslikdan yoki uni unutganidan kelib chiqadi. Ba’zi xatolar sinfdagi ko‘pchilik o‘quvchilarga xos bo‘ladi. Xatolar ustida ishlashda quyidagi usullardan foydalanilsa, bunday muammolar tezroq barham topadi:
1. O‘qituvchi diktantda yo‘l qo‘yilgan xatolarning turlarini aniqlaydi va uning yoniga qancha o‘quvchi qaysi so‘zlarni xato yozganini ustun shaklida belgilaydi. Hisobga olishning bu turida o‘qituvchi qaysi mavzu bo‘sh o‘zlashtirilgani, qaysi o‘quvchi ko‘p mavzuni bilmaydi yoki unutgan, qaysi o‘quvchining bilimi puxta va asosli ekanini aniqlab oladi. Xatolarni hisobga olishning bu usuli faqat imlo xatolarini emas, tinish belgilariga oid xatolarni tahlil etishda ham qo‘l keladi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qituvchilar diktantda yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘quvchilarning o‘zlariga o‘tilgan qoidalarni eslatish yo‘li bilan tuzattirish, bu borada ularni hamkorlikka chorlash usuliga murojaat etmaydilar. Xatolar ustida ishlash masalasida hamkorlikdagi ta’lim joriy etilganicha yo‘q. Yozma ishlardagi xatolarni tuzatishda pedagogik texnologiyaning metod va usullaridan foydalanish samarali hisoblanadi. Demak, o‘qituvchi har bir diktant tahlilini o‘tkazishda undan oldingi yozma ishda o‘quvchiga qanday topshiriq berganini ham hisobga olishi lozim.
O‘qituvchi diktant tahlili darslariga tayyorlanganda, quyidagilarga amal qilishi maqsadga muvofiq:
— o‘quvchining yozma ishini sifatli tekshirish;
— yo‘l qo‘yilgan xatolarni guruhlash, tinish va individual xatolar ustida ishlash tizimini tuzib chiqish;
— uyga beriladigan vazifani puxta o‘ylab, o‘quvchi yo‘l qo‘ygan xatosini bartaraf etishiga yordam berishini ta’minlash lozim.
Ta’kidlash joizki, yozma savodxonlikni rivojlantirishda punktuatsiya, ya’ni tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llashga oid bilimlar alohida ahamiyat kasb etadi. Savodli yozish va husnixat malakasi barcha kasb egalari, soha mutaxassislari uchun birdek zarur. Buning uchun o‘zbek tilidagi ishora-imlo qoidalarini mukammal bilish zarur. Bir guruh yetakchi olimlar tomonidan “O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari” (T.: 2014, “Ma’naviyat” nashriyoti) kitobi chop etildi. Bundan o‘qituvchilar amaliyotda keng foydalanishlari mumkin.
II. Sho‘ba yig‘ilishlarida ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish bo‘yicha muhokama va munozaralar o‘tkazish.
Chunki ta’lim tizimidagi eng yaxshi tajribalarni ommalashtirish o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish ishlarini yaxshilashga, sifat-samaradorlikka erishishga olib keladi. Ommalashtirish uchun tavsiya etilayotgan ilg‘or tajriba quyidagi mezonlarga javob bermog‘i zarur:
1. Tajribaning amaliy ahamiyati va dolzarbligi: ommaviy ravishda qo‘llash imkoniyatining kengligi.
2. Ishning natijaviyligi: bir necha marta yuqori natijaga erishganligi, turli sharoitlarda sinab ko‘rilganligi.
3. Tajribaning yangiligi: amaliyotdagi metodikaga qo‘shgan yangi usullar, pedagogik jarayonda yangi qonuniyatlarni kashf etishga ta’siri, pedagogika va metodikadagi erishilgan natijalarga mosligi.
4. Isbotlanganligi: o‘quvchilar egallayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarning sifat ko‘rsatkichlari natijaviyligi.
5. Barqarorligi: pedagogik amaliyotda zarurligi, faolligi, istiqbolliligi.
6. Optimalligi: minimal vaqt, sharoit va vositalarda yuqori natijaga erishganligi.
Sho‘ba yig‘ilishida aynan ona tili va adabiyot fani yo‘nalishida ilg‘or ish tajribalari tuman, viloyat, respublika miqyosida ommalashtirilgan o‘qituvchilar faoliyati, ularning erishgan yutuqlari haqida davra suhbatlari yoki taqdimotlar o‘tkazish ham o‘rinlidir.
III. O‘quv jarayonida ta’lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biri — AKTni keng qo‘llash.
Har bir mavzuni AKTdan foydalanib o‘tish uchun, avvalo, elektron darslik, qo‘llanma, dars ishlanma, o‘quv film, ko‘rgazmali materiallar va boshqa anjomlar muhayyo bo‘lishi lozim. Dars jarayonida faqat o‘tilayotgan mavzuga oid materiallardan — elektron dars ishlanmasi, multimediali elektron ishlanmalar (o‘quv filmi) yoki videofilm, didaktik materiallardan foydalanish samaradorlikni ta’minlaydi. O‘quvchi darsni ma’ruza shaklida eshitishdan ko‘ra, ko‘proq ko‘z bilan ko‘rib, ba’zi jarayonlarni bevosita kompyuterda bajarsa, o‘zlashtirishi tezlashadi va osonlashadi. Jarayonda muammo usulidan foydalanish lozim. Muammoning yechimini topishda guruhlarga bo‘linib masalani hal etish, muloqot usuli, mantiqiy fikrlash kabi usullar ham dars samaradorligini ta’minlaydi.
Bu borada “Urg‘u va uning turlari (5-sinf), “Fe’lning munosabat shakllari” (6-sinf), “Modal so‘zlar” (7-sinf), “Sodda va qo‘shma gaplar”, “Ma’lumotnoma matni va ijodiy tavsifiy matn” (8-sinf), “Ko‘chirma gapli qo‘shma gap”, “Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi” (9-sinf) kabi mavzular yuzasidan Multimedia umumta’lim fanlarini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda videodarslar yaratilib, amaliyotga taqdim etilgan.
“Mahorat maktablari”da o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar, ilg‘or tajribalarning o‘rganilishi, maktab ishini yanada samarali, yuqori saviyada olib borishga, yangi usul va metodlarning o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Odatda, amaliyotchi-o‘qituvchilar har uch yilda malaka oshirsa, “Mahorat maktablari” tizimi orqali har oyda kasbiy malakasini oshirib bormoqdalar. Bu, o‘z navbatida, muallimlarni izlanish, o‘z ustida ishlash, yangiliklarni o‘zlashtirish, kasbiy faoliyatini yanada jonlantirishga undashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sho‘ba yig‘ilishlarida bu jihatga to‘xtalib, to‘plangan ilg‘or tajribalarni almashish lozim.
Umumta’lim maktablarining 4-, 8-, 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ta’lim sifati monitoringi amalga oshirildi. O‘quv yili oldidan o‘tkaziladigan taraddud kengashlarida monitoring va bilimlar bellashuvi natijalaridan kelib chiqib, aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar ham berilishi maqsadga muvofiqdir.
Sho‘ba yig‘ilishlarida metodbirlashmaning asosiy ish faoliyati ham sarhisob qilinishi lozim. Faol metodbirlashma a’zolari, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari ish tajribasini “Mahorat darslari” usulida hamkasblariga o‘rgatishi o‘qituvchilarning kasbiy malakasini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Yangi o‘quv yilida ta’lim mazmunini yaxshilash, sifat va samaradorligini oshirish yuzasidan quyidagi vazifalar belgilab olinadi:
1. Xalq ta’limi xodimlarining 2016-2017-o‘quv yili oldidan o‘tkaziladigan an’anaviy avgust kengashlari yalpi va sho‘ba yig‘ilishlaridan kutilayotgan asosiy maqsad — o‘qitish mazmunini takomillashtirish, ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha hukumatimiz hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan qaror va buyruqlarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan vazifalarni belgilab olish.
2. Ta’lim-tarbiya jarayonining sifat darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar (davomat, o‘qituvchining darsga tayyorgarligi, dars tahlili va boshqalar) asosida joylarda ta’lim-tarbiya jarayonini tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha rahbar va xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish.
3. O‘qitishning zamonaviy usullari va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirishga erishish, ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirish, bu sohadagi tajribalarni ommalashtirish.
4. Masofaviy metodik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha taqdim etilgan videoseminar, videodarslar va ta’lim portallariga qo‘yilgan materiallardan unumli foydalanish.
5. O‘qituvchilarning Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi saytlariga joylashtirilgan resurslardan samarali foydalanishlari, o‘z ustida mustaqil ishlashi, ijodiy izlanishi, o‘zaro tajriba almashishi, dars kuzatishi hamda tahlil qilishi uchun zarur sharoit yaratish choralarini belgilash.
6. Pedagoglarning malakasi va kasbiy mahoratini oshirish, umumta’lim fanlarining sifatli o‘qitilishini ta’minlash maqsadida “Mahorat maktablari” faoliyatini yanada takomillashtirish, oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish.
7. O‘quv muassasalarida mavjud bo‘lgan axborot-kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish, barcha pedagog xodimlarning internet tarmog‘idan keng foydalangan holda o‘z bilim va malakalarini oshirishlari uchun sharoit yaratish.
8. Metodik kengash, metodbirlashma faoliyati samaradorligini va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha pedagoglarga amaliy yordam ko‘rsatish.
9. Ta’lim sifati monitoringi natijasida bilim va tajribasi kamligi aniqlangan o‘qituvchilar ro‘yxatini tuzish, ular uchun doimiy harakatdagi maxsus o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etish va ular faoliyatini o‘quv yili davomida tahlil qilib borish, o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlar ustida ishlash metodikasini o‘qituvchilarga o‘rgatishga doir mavzular kiritish va ularni o‘qitishni tashkil etish.
An’anaviy avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlari amaliyotchi va metodistlar uchun asosiy metodik yordam va yo‘llanma berish tadbiri ekanini hisobga olib, yig‘ilishlarni imkon darajasida noan’anaviy usullarda qiziqarli, o‘qituvchi va metodistlarni pedagogik jihatdan puxta qurollantiradigan tarzda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
R espublika ta’lim markazi