Press "Enter" to skip to content

Https: //t. me/buxorovbkuz

5-bob. G‘oliblarni taqdirlash.

Ona tili Test 2021

Ona tili fanidan 5-11 sinf kitoblari yuzasidan test savollar to’lpami

Последняя версия

16 сент. 2021 г.
Разработчик
Google Play ID
Количество установок

App APKs

Ona tili test APK

Ona tili Test 2021 APP

Ona tili fanidan 5-11 sinf kitoblari yuzasidan test savollar to’lpami. Bu dastur orqali siz o’zlashtirgan bilimlaringizni mustahkamlab olishingiz mumkin. Dasturdan foydalanib testlarni yeching va shu dastur foydalanuvchilari o’rtasida reytingingizni ko’taring.

Популярные запросы

LD Player – #1 Android Emulator

Лучший Эмулятор Андроида для ПК

Приложения · Hot

Google Play Маркет Google LLC · Инструменты

InstaPro Sam Mods · Социальные

YouTube Vanced Team Vanced · Видеоплееры и редакторы

自由浏览 Greatfire.org · Связь

HushSMS Uploader · Инструменты

Популярные

MyStat mobile ITstep · Образование

ELSCHOOL АО «Башкирский регистр социальных карт» · Образование

Калькулятор в столбик Andrei Brusentsov · Образование

Интра 42 Paul Varry · Образование

O’zbekcha Ruscha Tarjimon BEST TRANSLATE APPS · Образование

Словарь WordHunt (Вордхант) OneDict · Образование

ОК ГДЗ – получи за домашку 5 SIA Ksenokss · Образование

Химический калькулятор safchemist · Образование

Bypass FRP Lock Techeligible · Образование

Англо – Русский Переводчик Suvorov-Development · Образование

APKCombo Installer

Порядок установки XAPK, APKS, OBB?

https://t.me/buxorovbkuz

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-martdagi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusni amalga oshirishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-11sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Men g’olibman” loyihasi doirasida “Ona – buyuk zot” viloyat ko‘rik-tanlovini (keyingi o’rinlarda “Tanlov” deb yuritiladi) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.

1-bob.Umumiy qoidalar

1.1.Tanlov Buxoro viloyati xalq ta‘limi boshqarmasi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladi.

1.2. Tanlov Respublika bolalar kutubxonasi, Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Buxoro viloyat bolalar kutubxonasi, Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi, Xalqaro Turon yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi hamkorligida o‘tkaziladi.

2-bob.Tanlovning maqsad va vazifalari

2.1.Tanlov o’quvchilarning ma’naviyatini yuksaltirish,madaniy saviyasini rivojlantirish va hamda kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishlarini uyg’oyish hamda ularning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, maktabdan tashqari ta‘lim muassasalari va darsdan tashqari faoliyat ko’rsatayotgan kitobxonlik to’garaklaridagi o’quvchilar qamrovini oshirish maqsadida o’tkaziladi.

Vazifalari:

-kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish, onaga bo‘lgan mehr-muhabbat, hurmat, sadoqat va uni e’zozlash tushunchalarini yoshlar ongiga singdirish;

– o‘quvchilar o‘rtasida badiiy adabiyot mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish orqali keksa avlodga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;

-o’quvchi yoshlarning iste‘dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilish;

3-bob. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibi

3.1.Tanlov Buxoro viloyati xalq ta‘limi boshqarmasi va viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etiladi va o’tkaziladi.

3.2.Tanlovda viloyatdagi barcha umumiy o’rta ta’lim maktablari qatnashishlari mumkin.

3.3. Ko’rik-tanlov 2 bosqichda quyidagi tartibda o’tkaziladi:

1-bosqich – Tanlovning birinchi bosqichi tuman (shahar) umumta’lim maktablarining 5-7, 8-9, 10-11-sinf o‘quvchilari orasidan shakllantirilib, 28-fevralga qadar o’tkaziladi va g‘olib ishtirokchilar ro‘yxati (sinflar kesimida 1-o`rin egalari) 1-mart kuni Buxoro viloyat bolalar kutubxonasiga yetkazib beriladi.

3.4.Tanlovning birinchi bosqichi umumta‘lim maktabida Ma‘naviy va ma‘rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari,ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari, ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchi va kutubxonachi hamkorligida tashkil etiladi.

2-bosqich– Tanlov joriy yilning 2-mart kuni Buxoro viloyat bolalar kutubxonasida bo‘lib o‘tadi.

3.5.Tanlovning viloyat bosqichida 13 ta tuman (shahar) umumta‘lim maktablaridan eng yaxshi natijani ko’rsatgan 3 nafardan g‘olib o‘quvchilar qatnashadi.

3.6.Tanlov ishtirokchilarini baholash uchun taalluqli tashkilotlar vakillaridan iborat hakamlar hay‘ati tuziladi.

4-bob.Tanlov shartlari va baholash mezonlari.

4.1.Tanlov quyidagi 2 ta shart asosida o’tkaziladi:

4.2. Tanlov ishtirokchilari hakamlar hay’ati tomonidan quyidagi shartlar asosida 100 ballik tizimda baholanadi.

1-shart: “Savol-javob” sharti bo`lib, tanlov ishtirokchilari onalarni madh etuvchi asarlar yuzasidan taqdim etilgan 3 ta savollarga yozma javob beradilar. Bu shart uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi va 60 balgacha baholanadi.

2-shart: “Sheriyat” sharti bo`lib, tanlov ishtirokchilari ona va ayol mavzusida biror bir asar yoki qissadan monolog yoki she‘r aytib beradi. Bu shart uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi va 40 balgacha baholanadi.

Ishtirokchilardan quyidagilar talab qilinadi:

– Ifodali yod olish;

5-bob. G‘oliblarni taqdirlash.

5.1.Tanlov g’oliblari, nominatsiya sovrindorlari va ishtirokchilari tanlov tashkilotchilari hamda hamkor tashkilotlar tomonidan I, II, III darajali diplom va quyidagi nominatsiya (“Eng zukko kitobxon”) bilan taqdirlanadi.