Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi qanday bo‘lishi kerak
Fan nuqtayi nazaridan, ayniqsa, adabiyot darslarida, mashg‘ulot va adabiy kechalarda Navoiy, Bobur, Nodira, Zulfiya, badiiy asar qahramonlaridan Alpomish, Barchinoy, Farhod, Shirin, Otabek, Kumush obrazlarini mohirona gavdalantirish o‘quvchilarda shaxsiy sifatlarning yuksalib borishiga xizmat qiladi. Shuningdek, buyuk ajdodlarimiz hayotidan ibrat olish va ularga hurmat tuyg‘ulari yuksaladi.
11 sinf ona tili yillik ish reja
2023-03-03 15:09:41 142
PDF yuklash
Chop etish
Bilasizmi?
Xodimlarni bayram (ishlanmaydigan) kunlari ish beruvchining farmoyishi bo’yicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo’lsa, – ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo’yicha yo’l qo’yiladi.
Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko’ra ishni to’xtatib turish mumkin bo’lmagan joylarda, aholiga xizmat ko’rsatish zarurati bo’lgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib bo’lmaydigan ta’mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo’l qo’yiladi.
Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to’lanadi.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.
M. Qodiraliyev – Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi Rishton tumani adliya bo’limi boshlig’i
So`x tumanhokimligi rasmiy veb sayti
ESLATMA!
Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda ushbu mazkur sayt manbaa sifatida ko’rsatilishi shart
- Tuman hokimining nutqlari
- Vazifalar va funksiyalar
- Manzil
- Tashkiliy tuzilma
- Hokimlik
- Ochiq ma’lumotlar
- Bo’sh ish o’rinlari
- E’lonlar
- Sayt haritasi
Manzil:
O’zbekiston Respublikasi, Farg’ona viloyati, So’x tuman Amir Temur ko`chasi 5 uy.
Ish vaqti:9:00-18:00 Tushlik:13:00-14:00
Dam olish kuni:shanba yakshanba
Tel: 0 (373) 462-55-90
Faks: 8 (373) 462-55-90
Yangilanish
So’nggi marta saytdagi ma’lumotlar 03.03.2023
kuni yangilangan
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi qanday bo‘lishi kerak?
O‘n to‘rt yillik pedagogik faoliyatimdan shunday xulosaga keldimki, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari quyidagi kasbiy, shaxsiy, amaliy sifatlar sohibi bo‘lishlari kerak.
1. Notiq. Mantiq ilmiga asoslangan, haqiqiy ijodiy tafakkurga boy, go‘zal, aniq nutq sohibi bo‘lishi lozim. Zero, o‘quvchilarni tildan maqsadli va o‘rinli foydalanishga, sof adabiy tilda so‘zlashishga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi sof, ta’sirchan nutqiy nafosat egasi bo‘lishi talab etiladi.
2. Xattot. Ona tili fanining muhim vazifalaridan biri — o‘quvchilarni olgan bilimlarini til me’yorlariga amal qilgan holda yozma nutqda to‘g‘ri va bexato ifoda etishga o‘rgatish. Buning uchun, avvalo, o‘qituvchining o‘zi imlo qoidalari asosida yozadigan, yozma savodxon, chiroyli husnixatga ega bo‘lishi shart. Buyuk faylasuf Suqrot shunday yozadi: “Yaxshi so‘z ko‘ngilni, xushxat ko‘zni yoritadi”.
3. Lug‘atshunos. Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda lug‘atlar bilan ishlash muhim ahamiyatga ega. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” so‘zlarni to‘g‘ri yozish malakalarini shakllantirsa, “O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati” tilimizdagi so‘zlarning ma’nodoshlik qatori, nutqda ulardan o‘rinli foydalanish mahoratini rivojlantiradi. Masalan, 8-sinf ona tili darsligini tashkil etgan “Mumtoz matn va lug‘atlar bilan ishlash” darslari fan o‘qituvchisidan lug‘atshunos bo‘lishni talab etadi.
4. Senarist. Maktabda muhim sana va bayramlar bilan bog‘liq tadbirlar, shoir-yozuvchi, buyuk allomalarga bag‘ishlangan g‘azalxonlik, ruboiyxonlik, xotira kechalari, qo‘yingki, maktab hayoti bilan bog‘liq tadbirlar ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarisiz o‘tmaydi. Tadbirlar dasturini tuzganda o‘qituvchidan ijodiy mahorat va yangicha yondashuv talab etiladi. O‘tgan yilgi senariylardan foydalanish o‘quvchini zeriktirib, mavzuga bo‘lgan qiziqishlari susayishiga olib keladi.
5. Rejissor. Rejissurasi kuchli kinofilmlar, sahna asarlari klassik asarlarga aylanganidek, rejissurasi kuchli o‘qituvchilarining o‘quvchilari ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishadi. Bunda o‘qituvchining o‘tayotgan dars, mashg‘ulot va tadbir bosqichlarini o‘quvchilar qiziqishi, qobiliyatlaridan kelib chiqib namunali tashkil etish, boshqara olish mahorati namoyon bo‘ladi.
6. Aktyor. Har bir pedagog, birinchi navbatda, “O‘qituvchi” obrazini yaratishi lozim. Uyda, ko‘chada, ish faoliyatida har xil vaziyatlar bo‘lib turadi. O‘qituvchining vazifasi har qanday sharoitda ham o‘quvchiga yuqori optimistik ruhda sifatli ta’lim berish.
Fan nuqtayi nazaridan, ayniqsa, adabiyot darslarida, mashg‘ulot va adabiy kechalarda Navoiy, Bobur, Nodira, Zulfiya, badiiy asar qahramonlaridan Alpomish, Barchinoy, Farhod, Shirin, Otabek, Kumush obrazlarini mohirona gavdalantirish o‘quvchilarda shaxsiy sifatlarning yuksalib borishiga xizmat qiladi. Shuningdek, buyuk ajdodlarimiz hayotidan ibrat olish va ularga hurmat tuyg‘ulari yuksaladi.
7. San’atkor. Adabiyot ham aslida san’at — so‘z san’ati. Adabiyotni sevgan qalb, san’atning boshqa turlarini ham tushunadi. Shunday o‘quvchilar borki, darslikdagi mavzuga oid (ilmiy) axborotlarni a’lo bahoga o‘zlashtirolmaydi. Lekin shu mavzuga doir mo‘yqalamda, kashtada, zardo‘zlikda (san’atning boshqa turlarida) bajargan ishlari kishini lol qoldiradi. Bunda fan o‘qituvchisidan dars, mashg‘ulot, sinfdan tashqari tadbirlarda o‘quvchilarning iste’dod va qobiliyatlarini anglagan holda yondashish talab etiladi.
8. Shoir-yozuvchi. Maktab davrida qo‘liga qalam olib she’r yoki hikoya qoralamagan o‘quvchining o‘zi bo‘lmasa kerak. “Yosh qalamkashlar”, “Yosh ijodkorlar” kabi to‘garaklarda “O‘zim yozgan she’rimni, hikoyamni ko‘rib bering”, deya ustoziga talpinayotgan bu yosh yuraklarning hammasiyam kelajakda shoir yoki yozuvchi bo‘lmasligi mumkin. Ammo ular qaysi sohani egallamasin yangilik yaratuvchi, tashabbuskor, ezgu g‘oyalar ijodkori bo‘lishlari, shubhasiz. Bunda o‘qituvchining she’riyatga, badiiy adabiyotga oshuftaligi, adabiyot qoidalaridan xabardorligi, haqiqiy she’r, badiiy qimmati yuksak asar yozishda muallif mahorati haqidagi bilimlarni o‘quvchilar qalbiga singdira olishi maqsadga muvofiqdir.
9. Jurnalist. Ommaviy axborot vositalari ta’lim jarayonini aks ettiruvchi ko‘zgudir. Jurnalistika haqidagi ilk tasavvurlar maktab devoriy gazetasi, maktab radioeshittirishlari, o‘quvchilar tayyorlagan maxsus maktab nashrlaridan boshlanadi. O‘quvchilar respublika yoshlarining “G‘uncha”, “Tong yulduzi”, “Gulxan”, “Klass” kabi nashrlarida maqola, reportaj, taassurot, lavhalari chop etilishini, matbuot e’lon qilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lishni orzu qilishadi. Shuningdek, o‘qituvchining o‘zi ham faoliyati uchun muhim bo‘lgan gazeta-jurnallar bilan doimo birga bo‘lishi, o‘quvchilarni ham shunga undashi, nashrlarning kundalik hayotimizdagi ahamiyati haqida targ‘ibot ishlari nazarda tutiladi.
10. Kitobxon. O‘quvchilar qalbida mutolaaga mehr uyg‘otish, ularni kitobga do‘st qilish uchun, avvalo, o‘qituvchining o‘zi kitobxon bo‘lishi lozim.
Agar o‘quvchilarni haqiqiy kitobxon etib tarbiyalasak, kelajakda qaysi kasbni tanlamasin, shu sohaning zabardast vakili, yaxshilik qilishni o‘z hayotiy shioriga aylantirgan barkamol inson bo‘lishiga shubha yo‘q.
Faoliyatim davomida anglab yetgan haqiqatlarimni, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisiga xos bo‘lishi kerak bo‘lgan sifatlarni sanab o‘tdim. Balki bu sifatlar qatorini hali davom ettirsa bo‘lar. Maqsad bitta — bugunning o‘qituvchisi nomiga munosib bo‘lish.
Mohidil PO‘LATOVA, Shofirkon tumanidagi 40-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi