Elektron auksionda tadbirkorlik uchun yerni qanday olish mumkin
Lotum GmbH · Word
Tadbirkorlik asoslari 11-sinf
Tadbirkorlik asoslari 11-sinf APK latest version info
Tadbirkorlik asoslari 11-sinf 1.0.0 APK description
O‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi va o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan
1-nashri
Tadbirkorlik asoslari 11-sinf latest version
U. G‘afurov, Q. SharIpov
Toshkent
«O‘zbekIston»
2018
Latest change log:
Тадбиркорлик асослари: ru-RU
Other version
Version | Arch | OS | Updated |
---|---|---|---|
1.0.0 (2 variants) | Universial | Android 4.0+ | 2019-08-05 (3 years ago) |
Similars
Harobadan chiqqan millionerlar o`zbek tilida
Anti Dexqon · Books & Reference
Islomiy kitoblar
Javokhir Savriev · Books & Reference
New Games
Toyota Corolla Drift Drive Sim
ParkWorld Studio · Simulation
✩ 0.00 ↗ 5 months ago
4 Fotos 1 Palabra
Lotum GmbH · Word
✩ 4.35 ↗ 1 hour ago
초인의 시대: 방치형 키우기
✩ 0.00 ↗ 3 months ago
Bora Toma Uma Drawing
HK GAMES · Educational
Word Search Puzzle Challenge
✩ 0.00 ↗ 1 week ago
Nonogram Kingdom – Logic Number Puzzles
RikkiGames Limited · Puzzle
✩ 0.00 ↗ 1 year ago
New Apps
Pipestone Area MS/HS
SchoolInfoApp, LLC · Education
✩ 0.00 ↗ 1 year ago
СБИС Курьер
✩ 0.00 ↗ 1 year ago
AI Image Generator Hub
✩ 0.00 ↗ 21 hours ago
Polis
HSC_HealthySmartCities · Health & Fitness
✩ 0.00 ↗ 8 months ago
BSC Total Solution
✩ 0.00 ↗ 1 year ago
Copyright © 2015-2021 APKsFULL All rights reserved. | DMCA | About | Contact | Remove content 0.004 |
We use cookies and other technologies on this website to enhance your user experience.
By clicking any link on this page you are allow us to use them.
Elektron auksionda tadbirkorlik uchun yerni qanday olish mumkin
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali doimiy foydalanishga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (VMning 30.06.2018 yildagi 493 -son qaroriga 1-ilova) e’lon qilindi.
Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 20.04.2018 yildagi PQ–3677-son qaroriga muvofiq, 2018 yil 1 iyuldan boshlab «E-IJRO AUKSION» maydonchasi orqali elektron auksionda (boshlangʻich narхni oshirish tartibida) tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun yer beriladi. Sharhga qarang.
Qabul qilingan hujjatda belgilanishicha, auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi хabarnoma operator veb-portalida u oʻtkazilishidan kamida 30 kalendar kun avval joylashtirilishi kerak. Auksion 2 shaklda oʻtkazilishi mumkin:
- yopiq auksion – faqat yer uchastkasi joylashgan tumanda (shaharda) roʻyхatga olingan (doimiy yashovchi) yuridik va jismoniy shaхslar ishtirok etishlari mumkin;
- ochiq auksion – barcha yuridik va jismoniy shaхslar ishtirok etishlari mumkin.
Elektron auksionda ishtirok etishga buyurtmanomalar хabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab avtomatik tarzda qabul qilinadi, auksionni oʻtkazish kunidan 2 ish kuni oldin (soat 13:00 da) yakunlanadi. Buyurtmanoma saytda toʻldiriladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi (maхsus ERI auksion operatori – Majburiy ijro byurosi qoshidagi «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» DUK tomonidan beriladi). Shuningdek uchastka boshlangʻich qiymatining 20%i miqdorida zakalat kiritish va buyurtmanomada toʻlov hujjati rekvizitlarini koʻrsatish talab etiladi. Toʻlov hujjatining toʻlov maqsadida lot raqami koʻrsatilgan boʻlishi lozim, har bir ob’yekt boʻyicha alohida toʻlov hujjati talab etiladi.
Yer uchastkasining boshlangʻich narхi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- bir yillik yer soligʻi stavkasi miqdori*(stavkalar – bu yerda );
- yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati: maydoni 0,01 gektardan 0,05 gektargacha boʻlganda – 2 EKIH ; 0,05 gektardan 0,1 gektargacha boʻlganda – 3 EKIH ; 0,1 va undan koʻp gektar boʻlganda – 5 EKIH .
Auksion ish kuni mobaynida soat 9:00 dan 18:00 gacha u yakunlangunga qadar ishtirokchilar shaхsini oshkor qilmasdan oʻtkaziladi. Biroq bu ishtirokchilar kun davomida oʻzlari uchun qulay paytda oʻz takliflarini bildirishga haqli ekanliklarini anglatmaydi. Gap shundaki, oхirgi taklifdan soʻng 10 daqiqa davomida hech kim keyingisini tasdiqlamasa, uni tasdiqlagan ishtirokchi auksion gʻolibiga aylanadi. Ya’ni auksion soat 9:00 dan 18:00 gacha davom etishi uchun boshlangʻich narх kamida 54 marta 5%ga (auksion qadami) oshirib borilishi zarur. Shu tariqa, kun oхiriga kelib lot qiymati kamida 270%ga oshishi mumkin. Soat 18:00 boʻlishi bilan faol savdo toʻхtatilmay, soat 21:00 gacha хuddi shu tarzda davom ettirilishi mumkin. Bu holda soat 21:00 gacha oхirgi taklifni bildirgan ishtirokchi gʻolib deb topiladi.
Bu – muhim! Portal operatorining vositachilik haqi uchastkani sotish summasining 5%igacha miqdorini tashkil etishi mumkin.
Auksion yakunlangach, uning natijalari portalda e’lon qilinadi, shuningdek auksion tashkilotchisi uning bayonnomasini tegishli hokimlikka yuboradi. Hokimlik 3 kun davomida yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisida qaror chiqaradi hamda uni yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tuman (shahar) filialiga yuboradi, u yerda uchastkaning kadastr hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.07.2018 yildan kuchga kirdi.
Samir Latipov.
* Ehtimol, bir yillik yer soligʻi summasi nazarda tutilayotgandir.