Jismoniy tarbiya bo’yicha ishlanma (konspekt) tuzish usuli
etamiz. Ushbu ishlanma dars ishlanmalari ichida har jihatdan o’qituvchi uchun qulay
Jismoniy tarbiya, Ijtimoiy fanlar
Jismonan baquvvat, sog‘lom, irodali va ruhan tetik farzandlarni kamolga yetkazishda jismoniy tarbiya fanining ahamiyati nihoyatda katta. Dars jarayonidagi nazariy bilimlar o‘g‘il-qizlarni ruhiy kamolotga yetaklab, ma’nan chiniqtiradi, ziyrakligi va zukkoligini yanada oshiradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar shaxsiy va ovqatlanish gigiyenasi, kun tartibini rejalashtirish, ertalabki badantarbiya mashqlarining ahamiyati haqidagi bilimlarga ega bo‘ladilar.
Amaliy mashg‘ulotlardagi jismoniy mashqlar esa o‘quvchini toblaydi, harakat imkoniyatlarini kengaytiradi. Yugurish, sakrash, uloqtirish mashqlari orqali bolaning jismoniy sifatlari rivojlanib, sport anjomlaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasi shakllanadi. Ta’lim jarayonida ushbu jihatlarning to‘liq namoyon bo‘lishi xalqaro nufuzli sport musobaqalarining bo‘lajak g‘oliblarini tayyorlashda asqotadi. Demak, jismoniy tarbiya darslarini qiziqarli, mazmunli tashkil etish uchun har bir o‘qituvchi yanada mas’uliyatli, yangilikka intiluvchan, ilg‘or metodlarni qo‘llash mahoratiga ega bo‘lishi zarur. Bu esa pedagoglarimizning zamonaviy innovatsiya va metodlarni o‘zlashtirgan holda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlanishini talab etadi.
Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining samaradorligi sport anjomlarining yetarliligi va sifati bilan bog‘liqdir. Shunday ekan, fan o‘qituvchisi kelgusi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida dastlab maktabdagi sport inventarlarining to‘liqligi hamda yaroqliligini ko‘zdan kechirib olishi, ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan ularning ta’minoti bo‘yicha choralar ko‘rishi lozim. Shuningdek, jismoniy tarbiya fanidan ko‘zlangan maqsadga erishishning asosiy omili — darsni to‘g‘ri tashkil etish bilan ham bog‘liq. Buning uchun o‘qituvchi quyidagilarga e’tibor qaratishi kerak:
Tayyorlov qismi — (10–12 daqiqa) o‘quvchilarni saflash, sog‘lig‘ini bilish jarayoni. Bu vaqtda navbatchining axboroti tinglanadi. O‘quvchilarning shaxsiy gigiyenasi tekshiriladi. Yangi mavzuga oid texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirilib, umumiy rivojlantiruvchi mashqlar — saf, yurish va yugurish mashqlari bajariladi.
Asosiy qism (20–25 daqiqa)da rejadagi mavzu bo‘yicha sport turining rivojlantiruvchi mashqlari bajariladi. Bu vaqtda o‘quvchilarning boshqa mavzu yoki o‘yinlar bilan chalg‘ishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Yakuniy qism — (3–5 daqiqa) dars tugashi jarayonidagi saflanish davri. Bu vaqtda o‘quvchilar nafas rostlashi, diqqatni jamlashiga e’tibor qaratiladi. Shu asnoda mashqlarni to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar rag‘batlantirilsa, darsda faolligi sezilmagan bolalarning kamchiliklari ko‘rsatib o‘tiladi. So‘ng uyga vazifa beriladi.
Jismoniy tarbiya darslari asosan amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘lgani uchun o‘qitishda “Musobaqa”, “Ko‘rsatmali”, “O‘yin” kabi innovatsion pedagogik texnologiya va metodlardan keng foydalanish tavsiya etiladi. Masalan:
“Musobaqa” usuli. Ushbu usulda sinfdagi o‘quvchilarni jamoalarga bo‘lib, ular o‘rtasida spartakiadalar (quvnoq startlar, harakatli, milliy va sport o‘yinlari ko‘rinishida) tashkil etiladi. Bu usul o‘quvchilarning harakat tizimlarini rivojlantirib, g‘oliblik uchun kurashish ishtiyoqini oshiradi. Musobaqa tarzida tashkil etilgan mashg‘ulot o‘quvchilarda ilg‘or bo‘lish, mashq va topshiriqlarni kimo‘zarga bajarish istagini namoyon etishi bilan qiziqarlilikni ta’minlaydi.
“Ko‘rsatmali” usuli murakkabroq sport turi elementini o‘rgatish darslarida qo‘llaniladi. Bunda o‘qituvchi biror o‘quvchi yordamida (yoki mustaqil ravishda) mashq elementini ko‘rsatib berish orqali mavzu mohiyatini yetkazadi.
“O‘yin” usuli orqali harakatli, milliy va sport o‘yinlari texnik elementlarini bajarishda o‘quvchilarning bevosita ishtiroki ta’minlanadi. O‘yinning mazmuni, shartlari va qoidalari tushuntiriladi. Bu usul bir qator afzalliklarga ega. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mashg‘ulotga jalb etish, darsga qiziqtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarga biror murakkab mashqni o‘rgatishda, shu usuldan foydalanish orqali maqsadga erishish mumkin.
Xalqimizning milliy o‘yinlari, muayyan hududlardagina saqlangan o‘yinlarni ommalashtirish, ularni targ‘ib etish, mashg‘ulotlarda qo‘llash ham jismoniy tarbiya darslarini mazmunan boyitadi. Jumladan, “Otib qochar”, “Qotdi”, “Ot- arava”, “Ot o‘yini”, “Qidirib top”, “Janbil”, “Danak”, “Yong‘oq o‘yini”, “Momo-momo”, “Xo‘roz-xo‘roz”, “Bekki tosh”, “Tepa kurash”, “Cho‘p ot”, “Taqir-tuqir qayrag‘och”, “Oltin darvoza”, “To‘g‘nog‘ich”, “Do‘ppi yashir”, “Chavandoz”, “Qo‘riqchi”, “Dahanaki jang”, “Chumchuq tushdi boshimga”, “Qo‘shiqning boshi”, “Do‘ppi tishlar”, “Davraga kir”, “Chig‘iriq”, “Chortak”, “Arqon o‘yin”, “Tosh o‘yin” kabi o‘yinlar bolajonlarning chaqqonlik, ziyraklik xislatlarini rivojlantiradi.
Quyida keng tarqalgan milliy o‘yinlardan misol keltiramiz.
“G‘isht urish” o‘yini. Bunda 4 dan ortiq o‘quvchi ishtirok etadi. O‘yinda g‘ishtning ostiga o‘quvchilar o‘zlariga tegishli zarqog‘ozlardan bittadan qo‘yadi. G‘ishtning oldida turib, navbatma-navbat qo‘llaridagi toshni uloqtiradilar. Kimning toshi uzoqqa yetib borsa, o‘sha ishtirokchi toshi joylashgan joyda turib, birinchi bo‘lib g‘ishtni nishonga oladi. G‘ishtni urib yiqitgan g‘olib zarqog‘ozlarga ega bo‘ladi. O‘yin shu tariqa davom etadi. O‘yinning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, o‘quvchilarda murosa, bir-birining qarorini hurmat qilish, merganlik, aniq mo‘ljalga olish, saxiylik, chaqqonlik kabi fazilatlar shakllanadi.
“Chiziq bo‘ylab” o‘yini. Yerga dor kabi chiziq chiziladi. Ishtirokchi chiziq ustida turadi. Ko‘zlari boylanadi. U mayda qadamlar bilan chiziq ustida yurishi kerak. Agar o‘quvchi chiziq ustidan oxirigacha adashmay yurib borsa, o‘yinda g‘olib hisoblanadi.
O‘yin o‘quvchilarda diqqatni bir joyga jamlash, kutilmagan vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmaslik, mo‘ljalni aniq ola bilish, tana muvozanatini maromida ushlash, mutanosib harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Xalqimizning bolalarni ziyraklik, chaqqonlikka o‘rgatuvchi milliy o‘yinlari bisyor. O‘qituvchining pedagogik mahorati, kasbiy malakasi hamda xalq o‘yinlaridan nechog‘lik xabardorligi mashg‘ulotlarning yanada qizg‘in o‘tishida seziladi. Demak, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik asnosida xalq o‘yinlari borasida ham izlanish olib borish zarur.
Avgust kengashlarida o‘tgan o‘quv yilida jismoniy tarbiya fanini o‘qitish borasida uchragan muammo va murakkab mavzularni muhokama qilish zarur. Bu jarayonda amaliyotchi o‘qituvchilar tomonidan o‘qitish va bilimdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan istiqbolli — keyingi o‘quv yilida samaradorlikka xizmat qiladigan takliflar bildiriladi.
Anjumanlarning sho‘ba yig‘ilishlarida muhokama qilish uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1) O‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot va 2015-2016-o‘quv yiliga mo‘ljallangan vazifalar;
2) Yangi takomillashgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar hamda tavsiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish masalalari;
3) Mavjud sport seksiyalari ishini takomillashtirish, ulardan oqilona va samarali foydalanish usullarini tatbiq etish;
4) Sport jihozlaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish masalasi;
5) “Umid nihollari” sport o‘yinlariga iqtidorli sportchi-o‘quvchilarni tayyorlab borish va maktablarda hududiy sport bellashuvlari, musobaqalar tashkil etish.
Ijtimoiy fanlar tc “Ijtimoiy fanlar”
Tarix, davlat va huquq asoslari, iqtisodiy bilim asoslari, milliy istiqlol g‘oyasi kabi fanlar( keyingi o‘rinlarda ijtimoiy fanlar )ning o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasida o‘ziga xos o‘rni bor. Xususan, o‘quvchilarni yurtga sadoqat, ona Vatanga muhabbat, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, mustaqillikni asrash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida o‘stirishda ushbu fanlar muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar bu fanlarni mukammal egallasa, o‘zligini anglaydi, faol fuqarolik pozitsiyasi shakllanadi, turli muammo va kutilmagan vaziyatlarda oqilona yo‘l tutish ko‘nikmalari shakllanadi.
Ushbu fanlarga oid darsliklar yangi o‘quv yilida qator yangiliklar bilan o‘quvchilar qo‘liga yetib bormoqda. Jumladan, joriy yilda 1-, 4-sinflarning “Odobnoma” kitobi, 5—6-sinf “Vatan tuyg‘usi”, 7-, 8-, 9-sinflar uchun “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda 5-sinf “Tarixdan hikoyalar” darsliklarining yangi avlodi yaratildi. Darsliklar zamon talablari asosida takomillashtirildi.
5-sinf “Tarixdan hikoyalar” (U.Jo‘rayev, Q.Usmonov, A.Nurqulov va boshqalar) darsligidagi statistikaga oid ma’lumotlar yangilandi. Darslik mavzulariga Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yili Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “ O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati ” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan ma’ruzasi mazmuni singdirildi. Shuningdek, darslikdan Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq mavzular, O‘zbekistonning bugungi kundagi tashqi siyosati strategiyasining mazmuni singdirilgan matnlar ham o‘rin oldi.
Milliy istiqlol g‘oyasi turkumidagi fanlarga oid darsliklar ham yuqorida tilga olingan ma’ruza mazmuni bilan boyitildi. Darsliklar dizayni va illustratsiyalari yangilandi.
O‘qituvchining izlanuvchanligi, darslarga ijodiy yondashishi — o‘qitish samaradorligiga erishishning muhim omili. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi fanlarni o‘qitishda muallimdan izlanuvchanlik, o‘quvchilarni qiziqtiruvchi metodlardan unumli foydalanish talab etiladi. O‘qitish sifat va samaradorligini oshirish uchun quyidagi usullar tavsiya etiladi:
Og‘zaki bayon qilish usuli. Bunda hikoya, monolog, dialog, suhbat, syujetli hikoya, analitik syujet metodlarining uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratgan holda badiiy va tarixiy adabiyotlardan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jarayonda o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyati ham shakllanadi, rivojlanadi.
Dars jarayonida har bir sinfning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning mustaqil ijodiy ishlashini tashkil qilish usuli. Bunda tarixga oid manbalar — adabiyotlar, hujjatlar, ko‘rgazmali vositalardan foydalaniladi. Shuningdek, ko‘rgazmalilikka tayangan metodlar, shartli-grafik illustrativ ko‘rgazmalilik, suratlar tahlili, rasm ishlash, kontur xaritani to‘ldirish, amaliy mashg‘ulotlarda qirqish, model va maketlar tayyorlash, mehnat qurollarini tayyorlash, tarixni o‘rganishda tadqiqotchilik metodlaridan foydalanish darslarning mazmunli o‘tishini ta’minlaydi.
Bu borada tarix fani o‘qituvchilariga amaliy-metodik yordamni tashkil etish maqsadida 8—9-sinflar uchun “O‘zbekiston tarixi”ni o‘qitish yuzasidan A.Zamonov muallifligida metodik majmua tayyorlandi.
Darslik bilim berishning asosiy manbai bo‘lib xizmat qilar ekan, undan samarali foydalanishda o‘qituvchiga katta mas’uliyat yuklanadi. Jumladan, ijtimoiy fanlarni o‘qitishda ham darsliklarning asosiy vazifalari quyidagilar ekanligini unutmaslik lozim. Darslik:
– fan bo‘yicha bilimlar tizimi;
– o‘quvchilar bilim va malakalarini integratsiyalash, majburiy o‘quv materiali yig‘indisi;
– bilimlarni nazorat qiluvchi;
– fanni mustaqil o‘rganish vositasi;
– shaxs shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi hamda tarbiyalovchilik vazifasini amalga oshiradi. Shuning uchun o‘qituvchi mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarda darslik bilan muntazam ishlash ko‘nikmasini ham shakllantirib borishi zarur.
O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rishda quyidagilarga e’tiborli bo‘lishi lozim:
– dars turlari va tuzilishini aniqlab olish;
– dars — o‘quv va tarbiyaviy ishning asosiy tashkiliy shakli ekanligiga e’tibor qaratish;
– zamonaviy dars, unga qo‘yiladigan talablarni bilish va unutmaslik;
– darslar mavzularining uzviyligi va didaktik jihozlanishiga erishish;
– ta’lim-tarbiya jarayonining maxsus shakllari, dars samaradorligini oshirishning muhim omili ekanligini yodda tutish.
O‘qituvchining shaxsiy xususiyatlari — kiyinishi, o‘zini tutishi, nutq madaniyati, gap ohangi va boshqa omillar ham darsga ta’sir ko‘rsatadi. Agar bu jihatlar o‘qituvchining dars berish kasbiy mahorati, tarbiyachilik faoliyati, baholash mezonlari bilan uyg‘unlashsa, ta’lim sifat va samaradorligi yanada ortadi.
Ta’lim jarayoniga interfaol usullarni joriy etishda o‘quvchilarning o‘zaro hamda o‘qituvchi bilan faol muloqoti yuzaga keladi. Bunday vaziyatni yuzaga keltirish uchun muallim guruhlarda ishlashning «Muayyan pozitsiyani egallash», «Muammolar daraxti”, “Matritsa”, “Zanjir” kabi va boshqa ommalashgan, interfaol usullardan foydalanishi tavsiya etiladi.
Jumladan, “Muammolar daraxti” usulida yaxlit bir muammo olinadi. Masalan, guruhlarda o‘quvchilarning bo‘sh o‘zlashtirishi yoki DTS talablari bajarilmasligi masalasi ko‘riladi. Jarayonda ushbu muammoning kelib chiqish omillariga e’tibor qaratiladi. Bunda muammolarning sababini aniqlash maqsadida nima uchun? nimaga? nega unday bo‘ldi? sababi nimada?, kim sababchi? kabi savollar o‘rtaga tashlanadi. Har bir savolning javobi ko‘rsatilib, tahlil qilinadi. So‘ng zarur qaror qabul qilinadi.
Alohida-alohida ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarning bog‘liqlik tomoni “Zanjir” usuli orqali bir-biriga ulab chiqiladi. Ularning yechimlari tahlil etilib, umumlashtiriladi.
O‘quvchilar o‘rtasida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish, ijtimoiy muammoga bag‘ishlangan (odam savdosi, ommaviy
madaniyat, kiyinish madaniyati kabi) seminarlar tashkil qilish, referatlar (ilmiy ishlar) yozish ham o‘g‘il-qizlarda mustaqil fikrlash, vaziyatga o‘z munosabatini bildirish ko‘nikmasini shakllantiradi.
Shulardan kelib chiqib, an’anaviy avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlarini tashkil etishda quyidagi masalalarga to‘xtalish tavsiya etiladi:
– o‘quvchilarda kompetentlilikni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standartlarining tajriba-sinov ishlari natijalari va kelgusidagi vazifalar;
– 2015-2016-o‘quv yilida nashr etilgan darsliklar va ulardagi yangiliklar bilan o‘qituvchilarning tanishib, darslarga tayyorlanib borishi;
– mustaqillik darslarini mazmunli tashkil etish;
– mustaqillik darslarida o‘quvchi-yoshlarga hozirgi tinch, osoyishta kunlarning qadriga yetish, keksalarni hurmat qilish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish o‘zbek xalqiga xos azaliy fazilat ekani xususida tushunchalar berish. Ushbu jihatlar jamiyatning o‘ziga xos yuksak ma’naviy va madaniy belgisi sifatida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani haqida tushunchalar berib, “Sen muqaddassan, Vatan!”, “Vatan yagonadir, Vatan bittadir!”, “Ona yurt o‘g‘lonlari”, “Milliy g‘oya, mafkura va yoshlar”, “Qudratli davlat farzandlarimiz!”, “O‘zbekiston kelajagi bizning qo‘limizda!”, “Seni ardoqlaymiz, aziz Vatanim!” mavzularida mustaqillik darslarini tashkil etish;
– dars samaradorligini oshirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, uning usullari, maqsad va vazifalarini aniq belgilash;
– o‘qitish samaradorligiga erishishning muhim omillaridan biri — pedagogik jamoalar o‘rtasida muntazam dars tahlilini yo‘lga qo‘yish;
– o‘quvchi-yoshlarda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
– umumta’lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mavzuga taalluqli asar va ma’ruzalari mazmunini ochib berish;
– ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha joylardagi tayanch maktablarda “Kim edigu, kim bo‘ldik” mavzusida tarbiyaviy soatlarni tashkil etish;
– o‘quvchilar bilimini baholashda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligini o‘rganish;
– o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlar, ularning kelib chiqish sabablari hamda yechimini aniqlash;
– o‘quvchilar ongida yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, xalq farovonligi kabi tamoyillarni shakllantirishda ijtimoiy fanlarning ahamiyati;
– o‘quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirishda tarixiy, badiiy adabiyotlarning o‘rni;
– taqdimot darslarini tashkil qilish va ularning samaradorligi;
– o‘quvchilarda hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishda ijtimoiy fanlarning o‘rni;
– o‘quvchilarda faol fuqarolik pozitsiyasi hamda kommunikativlikni shakllantirishda ijtimoiy fanlarning hissasi;
– tarix va iqtisodiy bilim asoslari fanlarini o‘qitishda matematik savodxonlikning o‘rni;
– dars jarayonida zamonaviy AKTdan foydalanishning metodik asoslari (amaliyot va tajriba).
Respublika ta’lim markazi
Jismoniy tarbiya bo’yicha ishlanma (konspekt) tuzish usuli
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R
Jismoniy tarbiya bo’yicha ishlanma (konspekt) tuzish usuli
-
Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy tarbiya bo’yicha namunali dars ishlanmasi
- Dars vaqti
- Darsning maqsadi
- Darsning tayyorlov qismi
- Darsning yakuniy qismi
- Savol
Jismoniy tarbiya bo’yicha ishlanma (konspekt) tuzish usuli
Jismoniy tarbiya darsining ishlanmasi (konspekt, bayonnoma) o’quv ishlarini
rejalashtirishning eng asosiy hujjati hisoblanadi. Dars ishlanmasini puxta tuzilishi
darsni samarali o’tishini ta’minlashga katta ta’sir ko’rsatadi. Dars ishlanmasi
tuzishga konkret talablar qo’yilsada uni puxta va na’munali tuzish o’qituvchidan ijodiy
yondoshuv bilim va tajriba talab qiladi. Na’munali davr talabiga mos yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanib tuzilgan dars ishlanmasini tuza olgan o’qituvchi albatta
ushbu rejaga ko’ra samarali dars ham o’tib bera oladi deyish mumkin. Dars ishlanmasi
har bir sinf uchun har bir darsga muljallab tuziladi. Albatta 1 soatga mo’ljallangan dars
ishlanmasi o’quv jarayonini tashkil etishga doir hujjatlarga mos bo’lishi kerak. Dars
ishlanmasi umumiy o’rta ta’limning DTSga jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv dasturiga,
o’quv ishlarining yillik, choraklik, oylik va haftalik rejalariga mos bo’lishi nazarda
tutilmog’da. Umumiy pedagogikada. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodi.
Novikov A.D, Matveyev A.P, Maxkamjonov K.M, Abdullayev A, Rafiyev X, Salomov
R.S, Xo’jayev P kabi mutaxasislarni tavsiyalariga ko’ra turli shakldagi dars
ishlanmalaridan foydalanish mumkin. Hozirgacha ishlab chiqilgan dars ishlanmalariga
va shaxsiy tajribalarga tayanib qo’yidagi dars ishlanmasini na’muna sifatida tavsiya
etamiz. Ushbu ishlanma dars ishlanmalari ichida har jihatdan o’qituvchi uchun qulay
Har bir dars uchun tuzilgan dars ishlanmasining puxta tuzilishi, vazifalarni to’g’ri
qo’yilishi darsni samarali tashkil etishni ta’minlaydi. Quyida 3-sinflar uchun na’muna
sifatida dars ishlanmasi beriladi.