Press "Enter" to skip to content

Математика, 2 синф, Уринбаева Л, 2021

-Sog’lom ona-sog’lom bola yili.

2-sinf matematika fanidan dars ishlanma

Kerakli jihozlar: darslik, dars ishlanma, kompyuter, proyektr, tarqatmalar, mavzu yuzasidan plakatlar.

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzu bayoni

Darsning borishi

Tashkiliy qism : O ’ quvchilarning matematika darsiga tayyorgarligini tekshirib , o ’ quv qurollari va darsliklarini nazoratdan o ’ tkazish . Aylanma daftarlarni almashtiri , uy vazifasini bajarilishi yuzasidan tahlil o ’ tkazish va kerakli ko ’ rsatmalar berish . Savol- javob o’tkazaman:

-O’quvchilar, qani kim aytadi, 2015-yil qanday nomlangan edi?

-keksalarni e’zozlsh yili.

2016-yil qanday nomlanar ekan?

-Sog’lom ona-sog’lom bola yili.

Qani o`quvchilar endi matematika fanining rivojlanishiga o`zining ko`plab xissalarii o`shgan buyuk matematik olimlarimizni eslab o`taylikchi, qani qaysi matematik olimlarimizni bilamiz?

-Muso Al Xorazmiy, Mirzo Ulug`bek, Al-farg`oniy, Al-Beruniy

Juda yaxshi o`quvchilar, bizlar ham ular kabi buyuk matematik bo`lishga harakat qilishimiz lozim. Buning uchun albatta a’lo o`qishimiz, darslarni diqqat bilan tinglab, faol qatnashihsimiz lozim.`

Oq`quvchilar Beruniy bobomiz birinchilardan bo’lib ona sayyoramizning kichik maketini–yani globusni yasaganlar. Bu inson matematik bo`lsh bilan birga yer yuzasini o`rganish bo`yicha ham juda ko`plab ishlarni amlaga oshirganlar. Ha, aytgancha o`quvchilar bugun aprel oyining 22-kuni xalqaro miqiyosda Ona-sayyoramiz kuni sifatida nishonlanar ekan. 2009 yil BMT tomonida e`lon qilingan bo`lib, u bizning umumiy uyimiz va uni juda ham ehtiyot qilishimiz lozim shiori ostida bu bayram o`tkaziladi. Mana o`quvchilar bugungi kun haqida ham biro z bo`lsada ma’lumotlarga ega bo`ldingiz.

Endi darsimizni boshlaymiz. O’tgan darsda biz qanday mavzu o’tgan edik?

Asosiy qism: O’tilgan mavzuni mustahkamlash: O’tilgan mavzu: 5ni ko`paytirish va 5ga bo`lish yuzasidan misol va masalalar bajarish.

O`quvchilar guuhlarga bo`lib olinadi.

O’quvchilar, bugun guruhlarga bo’linib, musobaqa tarzida darsni tashkil etamiz. Keling guruhlarga bo’linib olamiz. Guruhlarni nomlash uchun yuqirida tilga olib o`tgan

matematik bobokolonlarmiz nomlaridan foydalanishimiz mumkin.

Guruhlarni Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Al-Farobiy bilan nomlari nomlanadi.

Ilgari ham biz siz bilan musobaqa tarzida daslarni o`tganmiz o`quvhilar. Bugun ham huddi shu tarzda musobaqa tarzida darsni tashkil etiladi.

Buning uchun siz berilgan topshiriqlarni chaqqonlik va epchillik bilan ahillikda birinchi bo`lib bajarishlaringiz lozim. Topshiriqlarni bajarishda faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`bat kartochkalari bilan baholanib boradi. Birinchi bo`lib bajargan guruh esa alohida rag`bat kartochkasini qo`lga kiritadi. Har bir o quvchi o`z guruhiga rag`bat karochkasi olib kelish uchun astoydil harakat qilishi lozim. Demak darsni boshladik.

Birinchi topshiriq o`tilgan mavzu yuzasidan bo`ladi. Oquvchilar sizlarning qo’`lingizda magnitli sonlar va magnitni yopishtirish uchun patnis turibdi. Har bir guruh a’zolari shu patnisda berilgan misollarni navbati bilan yechishlari lozim. Birinchi bo`lib bajargan guruh g`olib sanaladi va rag`bat kartochkasini qo`lga kiritadi. Qani boshladik. Endi guruhlar mana shu yozgan misollaringizga og`zaki masala tuzing. Har bir guruh o`z masalasi blan tanishtirsin.

Guruhlar masalasi tinglanib, g`ollib guruh baholanadi va rag`bat kartochkasi bilan taqdirlanadi.

Hurmatli guruh a`zolari sizlarni yanada faol bo`’lishga chorlab qolaman. Juda yaxshi harakat qildingiz. Endi diqqatingizni bugun o`tiladigan mavzuga qarating. Bugungi mavzu: 5ni ko`paytirish va 5ga bo`lish jadvali. Slayd orqali mavzu namoyish etiladi.

O`quvchilar biz siz bilan 5ni ko`paytirish va 5ga bo`lish yuzasidan misol masalalr bajargan edik. Bugun 5ga ko`paytirish jadvali bilan tanishamiz.

Doskada ko`rgazmalar asosida 5 sonini bir necha marta qo`shiv 5ga bo`lish amallari tushuntiriladi.

Darslikda berilgan misollar asosida slayd orqali 5ni ko`paytirish va 5ga bo`lish jadvali namoyish etiladi.

– Oquvshilar eslab olaylik ko`paytirishga qanday tarif beramiz?

– Bir hil sonlarni qo`shish.

– Juda yaxshi. Bu yerda oquvchilar, 5 soni nimani bildiradi?

– Necha marta qo’shilganini.

– Mana bu yerda 6*5=30 ifoda berilgan. Demak o`quvchilar 5*6=30 b`olgani uchun 6*5=30 buni hamma tushundimi?

– Juda yaxshi, barakalla!

– Endi O`quvchilar darsligimizda berilgan 2-misolni bajaramiz. Buning uchun tayyor turing har bir guruhda 1o`quvchi bittadan misolni doskada bajaradi. Qaysi guruh misollarni birinchi bo`lib bajarsa ushbu guruh go`lib hisoblanadi.

O`quvchilar dokada misollarni bajaradilar. Birinchi va xatosiz bajargan guruhlar g`olib bo`ladi. Misol Slayd orqali namoyish etiladi

3-masala. Masala ham musobaqa tarzida yechib boriladi. Uch guruhdan 3ta o`quvchi belgilab olinadi va ushbu o`quvchilardan qaysi biri masalani birinchi bo`lib bajarsa ushbu o`quvchining guruhi g`olib hisoblanib baholanadi. Slayd № 5

4-misol. Jadval slayd orqali namoyish qilinadi. O`quvchilar esa jadvalni to`ldirishda magnitli sonlardan foydalanadilar. So`nga ular jadvaldagi bajargan amallarini ingliz tilida aytib beradilar. Slayd № 6

Guruhlarda birinchi bo`lib bajargan o`quvchilar g`olib deb topiladilar.

5-masalani bajarish uchun 3 ta guruhda har bir o`quvchiga tasma beriladi.

Ular 9 smli tasmani teng 3 qismga bo`ladilar. Qaysi guruhda ushbu vazifani eng ko`p o`quvchi to`g`ri bajargan bo`lsa ushbu guruh g`olib bo`ladi.

Oquchilarni baholash va mavzuni yakunlash:

O`quvchila mana mavzuni yakunladik. Endi g’olib guruhna aniqlash vaqti kedi. Qani qolingizdagi rag`bat kartochkalarni hisoblang. Nechta 5 va nechta 4 baholar oldingiz.

Karra jadvalidan foydalanib baholaringizni jami necha bo`lishini aytingchi?

O`quvchilar ballarni hisoblab bo`lgach, G`olib guruh aniqlanadi va rag`batlantiriladi.

Uyga vazifa 6-7 misol masala . Masala vamisolni bajarilishi yzasidan ko`rsatm berib darsni yakunlayman

ANGREN SHAHAR

18-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI

ISOQOVA GULNOZA KARIMJONOVNANING

“5 ni ko`paytirish va 5ga bo’lish” mavzusida

Matematika fanidan

bir soatlik

Angren-2015-201 6 o’quv yili

Математика, 2 синф, Уринбаева Л., 2021

Учебник по математике для 2 класса на таджикском языке.

Фрагмент из книги:
Хонаҳои кӯчаи шаҳр аз 1 то 24 рақамгузорӣ карда шудааст. Барои рақамгузорӣ кардани хонаҳо чанд маротиба рақами 2 истифода шудааст?

Примеры.
Давлатбек, Дилноза ва Давронбек ҳамагӣ 27-то себ чиданд. Агар Дилноза аз Давлатбек 3-то кам ва аз Давронбек 3-то зиёд себ чида бошад, Дилноза чандто себ чидааст?

Дар маҳфили шоҳмот 17-то писарон ва якчандто духтарон буданд. Ба маҳфил пас аз 8-то духтари дигар ҳамроҳ шудан, миқдори духтарон аз писарон 4-то кам шуд. Дар маҳфили шоҳмот чанд нафар духтарон буданд?

Дар сабад якчандто себ буд. Аз боғ боз 72-то себи дигар чида баъд аз ба сабад гузоштан, себҳои дар сабад буда 97-то шуд. Аввал дар сабад чандто себ буд?

МУНДАРИҶА.
ТАКРОРИ МАВОДҲОИ ДАР СИНФИ 1-УМ ОМӮХТАШУДА.
БОБИ 1. ҶАМЪ ДАР ДОХИЛИ 100.
БОБИ 2. ТАРҲ ДАР ДОХИЛИ 100.
БОБИ 3. ШАКЛҲОИ ГЕОМЕТРӢ.
БОБИ 4. ЗАРБ НАМУДАНИ АДАДҲО.
БОБИ 5. ТАҚСИМ НАМУДАНИ АДАДҲО.
БОБИ 6. ИФОДАҲОИ АДАДӢ ВА ҲАРФӢ. МУОДИЛАҲО.
БОБИ 7. ҚИСМҲОИ БУТУН. ВАҚТ.
БОБИ 8. КОР БО МАЪЛУМОТҲО.
ТАКРОРӢ.
СУПОРИШҲОИ МАНТИҚӢ ВА ШАВҚОВАР.

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Математика, 2 синф, Уринбаева Л., 2021 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу