Press "Enter" to skip to content

2 sinf matematika darslik ustida ijodiy ishlash

Kasrning o’nli yozuvida verguldan keyingi:

2 sinf matematika darslik ustida ijodiy ishlash

Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorov «Gazeta»ga bergan intervyusida darsliklarni yozishda o‘quvchidan «universal odam» yaratish maqsad qilinmasligi, o‘qituvchilarga esa standartlarda belgilangan maqsadlarga erishishda mustaqillik berilishi kerakligi, shuningdek, Milliy o‘quv dasturining maqsadi va rejalari, darsliklar yaratishdagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.

— Respublika ta’lim markazining oxirgi bir yilda amalga oshirgan eng katta loyihasi — barcha fanlardan Milliy o‘quv dasturlari yaratilishi bo‘ldi. Milliy o‘quv dasturlari yaratishning zarurati nimada edi? Milliy o‘quv dasturi amaldagi davlat ta’lim standartidan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?

— Birinchi navbatda «Milliy o‘quv dasturi o‘zi nima?» degan savolga javob beradigan bo‘lsak, Milliy o‘quv dasturi — biz xohlayotgan maktab bitiruvchisi qiyofasini aniq-tiniq chizib beruvchi hujjat. Standartlar qanchalik aniq bo‘lsa, o‘qituvchining dars berishi shunchalik oson bo‘ladi. Standartlarni kompas sifatida olishimiz mumkin, o‘qituvchi esa shu kompasga qarab harakat qiladi.

Yaqinda Jahon banki o‘tkazgan ta’lim bo‘yicha forumda Polshalik mutaxassislarning ta’kidlashicha, ularning davlatlaridagi ta’lim islohotlarining muvaffaqiyatini ta’minlagan omillardan biri qaysi fan nimaga xizmat qilishi va qaysi ko‘nikmalarni rivojlantirishi kerakligining aniq belgilanganligi bo‘lgan. (Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti (OECD) tahliliga ko‘ra, Polshada 1999 yilgi ta’lim islohotlari mamlakatning PISA tadqiqotlarida ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga olib kelgan — tahr.) Biz hozir mana shu jarayonni amalga oshiryapmiz, ya’ni har bir fan rivojlantirishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalarni belgilab beryapmiz. Shu paytgacha faqat bitiruvchi sinflar (4, 9, 11) uchun talablar belgilangan, lekin har bir sinf kesimida o‘quvchilarda rivojlanishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalar belgilanmagan edi.

Ikkinchi jihat — maqsadni belgilab olgandan keyin, shu maqsadga erishish uchun nimani o‘qitishimiz kerak? Biz shu paytgacha eskirgan, davrini yashab bo‘lgan kontentni ham o‘qitib keldik. Mavzularning haddan tashqari ko‘pligi ham yana bir muammo edi. Milliy o‘quv dasturida nazariy mavzular qisqartirilib, ko‘proq amaliy jihatiga e’tibor berdik. Hozir milliy o‘quv dasturida amaliy mavzular hajmi 20%dan 60%gacha oshdi. Ko‘proq bolani hayotga tayyorlaydigan, hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladigan mavzular olib qolindi.

Mavzularni tanlashda biz o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga oldik. Mavzularda fanlararo integratsiyani, fanlarning o‘zaro uyg‘unligini ham hisobga oldik. Fanlararo integratsiya hisobiga ayrim fanlarni birlashtirish imkoni ham paydo bo‘ldi. Masalan, 1−6 sinflarda bitta «tabiiy fanlar» paydo bo‘ldi, buning ichida fizika ham, kimyo, biologiya, geografiya ham bor.

Milliy o‘quv dasturining oldingi standartdan farqi — XXI asrda o‘quvchi muvaffaqiyatga erishishi uchun kerak bo‘lgan asosiy kompetensiyalarni rivojlantirishni maqsad qilib oldik. Bular — tanqidiy fikrlash, ijodiy fikrlash, kommunikativlik (muloqotga kirishish), axborot bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish va faol fuqarolik. Bizga qanday avlod kerak? Bizga ilg‘or fikrlaydigan, qat’iyatli, o‘z maqsadi sari harakat qiladigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, muammoni ijobiy yechadigan shaxslar kerak. Bunday shaxslar iqtisodiyotni rivojlantira oladi, jamiyatni boshqara oladi, hayotimizni o‘zgartira oladi. Milliy o‘quv dasturiga XXI asr ko‘nikmalarini singdirish orqali shunday shaxslarni tarbiyalashga harakat qilamiz.

2017 yilgi ta’lim standartlaridan yana bitta katta farq — oldingi standart chiziqli dasturga asoslangan bo‘lsa, milliy o‘quv dasturida spiralsimon dasturni ko‘ramiz. Chiziqli dasturda o‘quvchi bir mavzuni o‘tgandan keyin bu mavzuga boshqa qaytilmaydi. Spiralsimon dasturda esa o‘quvchilar oldin o‘rgangan tushunchalariga qaytib, uni chuqurlashtirishadi va uning asosida yangi ko‘nikmalarni shakllantirishadi.

Yana bir muhim jihati — agar 2017 yilda tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari uchta komponentdan iborat bo‘lsa, milliy o‘quv dasturida yana uchta komponent qo‘shildi. Yangi qo‘shilgan komponentlar — fanni o‘qitish konsepsiyasi, metodologiya va baholash.

Metodika qanday o‘zgardi? 2017 yilgi standartlar ko‘proq yod olishga asoslangan edi. Ma’ruza metodi ustun edi, ya’ni o‘qituvchi gapiradi, o‘quvchi tinglaydi. 11 yil tinglab o‘rgangan o‘quvchi 12-yilda ham kimnidir tinglagisi keladi. Unda qaror qabul qilish ko‘nikmasi rivojlanmagan bo‘ladi. Natijada bu o‘quvchi hayotda mustaqil harakat qila olmaydi. Milliy o‘quv dasturida shuni o‘zgartirishga harakat qildik.

Masalan, Finlyandiya tajribasida «fenomenal ta’lim» degan tushuncha mavjud. Bu — yon-atrofda sodir bo‘layotgan, bola eshitayotgan, ko‘rib turgan voqea-hodisalar asosida o‘qitish. Xorij tajribasida «Inquiry-based learning» (o‘quvchilar oldiga muammolar qo‘yilishi va o‘quvchilar bu muammolarni hal qilish jarayonida o‘rganishlariga asoslangan ta’lim — tahr.) tushunchasi ham mavjud. Milliy o‘quv dasturida o‘quvchilarda aynan yon-atrofda bo‘layotgan voqealarni kuzatish, savollar qo‘yish va savollarga javob izlash orqali o‘rganish metodikasini singdirishga harakat qildik.

Loyihalar asosida o‘qitishni taklif qilyapmiz. O‘quvchilar nimanidir bajarib ko‘rishsin, yasab ko‘rishsin. Loyihalar ustida ishlayotganda o‘quvchilar jamoa bo‘lib ishlashni o‘rganishadi. Jamoa bilan ishlashda esa yaxshi bir lider, menejer, yaxshi suhbatdosh, yaxshi jurnalist, yaxshi rassom paydo bo‘lishi mumkin. Bunday ko‘nikmalar o‘quvchida 1-sinfdan rivojlanib borsa, kelgusida uni kasbga yo‘naltirish oson bo‘ladi.

Masalan, tabiiy fanlarda «STEM mashg‘ulotlari» deb atalgan mashg‘ulotlarni kiritdik. Bu mashg‘ulotlar bir necha fanlarni qamrab oladi. Ular o‘quvchida dunyoni yaxlit anglashga yordam beradi. Masalan, «suv» mavzusida o‘quvchi suvni geografiya, biologiya, fizika nuqtayi nazardan o‘rganadi.

— Milliy o‘quv dasturi asosida 1−2-sinflar uchun darsliklar yaratildi. Oldin yaratilgan, hozir amalda bo‘lgan darsliklar bilan yangi yaratilayotgan darsliklarning farqi nimada?

— Shu paytgacha aksariyat darsliklar olimlar tomonidan yozilgan. Darsliklar murakkab yozilgan, o‘quvchining ruhiy va jismoniy rivojlanishi hisobga olinmagan. Maktabni «fanlar akademiyasi»ga aylantirib tashladik. Universal odam yaratmoqchi bo‘ldik, lekin biz o‘qitgan avlodning aksariyati «palag‘da» bo‘lib chiqdi. Biz yo‘qotgan avlod, xorijda yurgan migrantlar aksariyati — noto‘g‘ri ta’limning qurbonlari.

Shuni hisobga olib, oldingiday faqat ikkita-uchta olim bir bo‘lib yozgan darslik yozish emas, bu olimlarning yoniga o‘qituvchilarni ham qo‘yyapmiz. Har bir mavzu yozilganida, o‘qituvchilar uni borib sinflarda tajriba o‘tkazishdi. Endi darsliklar kabinetlarda o‘tirib, maktabni hech qachon ko‘rmaganlar tomonidan yaratilmaydi.

Bir muallif yaqinda «Haqqing yo‘q meni mualliflikdan chiqarishga, chunki bu fanga men asos solganman» dedi. Savol berdim: «Qachon oxirgi marta maktabga borgansiz?» O‘zlari ham eslolmadilar. Darslik yozish jarayonida albatta o‘quvchiga dars beradigan mutaxassis — o‘qituvchi qatnashishi kerak.

Standartlar, dasturlar va darsliklar yozishdan oldin biz mualliflarni xalqaro ekspertlar yordamida qayta-qayta o‘qitdik. Mana shu jarayonda mualliflar saralab olindi. Misol sifatida aytishim mumkin, bir fanda shunday holat bo‘ldi. Eski avlod mualliflari bilan loyiha doirasida shartnoma qildik. Shartnoma muddati o‘tib ketsa ham ular standartlarni yozib berishmadi. Keyin bu jamoa bizga yana eski narsani olib kelib berishdi. Shunda boshqa jamoani, yoshlar jamoasini jalb qilishga majbur bo‘ldik. Yoshlar jamoasi ishlashga rozi bo‘ldi, lekin bir muddat o‘tgandan keyin rad qilishdi. Ma’lum bo‘ldiki, eski jamoa yangi jamoaning ilmiy rahbarlariga chiqib, bosim o‘tkazishgan.

Ochiq jang bo‘lgan holatlar ham bo‘ldi. Masalan, matematika fanida yoshi katta mualliflar aytishdiki, «biz Al-Xorazmiy, Al-Beruniylar avlodimiz, qanday qilib matematikani osonlashtiramiz?» Bizning qarashimiz bo‘yicha, yangi matematika darsliklari sodda, hayotiy, amaliy bo‘lishi kerak edi. Yoshi katta matematiklar esa soddalashtirishga qarshi bo‘lishdi.

Xalqaro hamkorlarimizning aytishicha, 2000 yillar boshida AQShda ham shunday jarayon bo‘lgan. Matematikani hayotga yaqinlashtirishda «Nega matematikani soddalashtirdinglar?» deb noroziliklar bo‘lgan. Aslida bu soddalashtirish matematikani tushunishga xizmat qilgan.

Yangi tayyorlangan 1-sinf «Matematika» darsligi

Bu kabi misollarni har bir fanda ko‘rish mumkin. «Ona tili va o‘qish savodxonligi» fanida (milliy o‘quv dasturida boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish bitta fanga birlashtirilgan) grammatik qoidalarga emas, nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga urg‘u berdik. Buni aksariyat yoshi katta olimlar hazm qilishga qiynalishdi. Bizda ko‘proq ilmiy ishlar grammatika yo‘nalishida qilingan, nutq ko‘nikmalariga e’tibor qaratilmagan.

Yangi tayyorlangan 1-sinf «Ona tili va o‘qish savodxonligi» darsligi (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablar uchun)

— Darsliklar yozishga yangi jamoalarni jalb qilgan ekansiz, oldingi darsliklar mualliflarining bunga munosabati qanday bo‘ldi? Qarshiliklar bo‘lmadimi?

— Yangi avlod va eski avlod o‘rtasidagi farq, fikrlar qarama-qarshiligi har doim bo‘lgan. Eski avlod o‘z tamoyillarini saqlab qolishga, yangi avlod o‘z qarashlarini olib kirishga harakat qiladi. Yoshlarning takliflarini deyarli barcha hollarda eski avlod vakillari rad qilishdi. Shuning uchun ham darsliklarni tayyorlashda yangilik tarafdori bo‘lgan, o‘z ustida ishlashdan qo‘rqmaydigan mualliflarni olib qolib, boshqalardan voz kechishga majbur bo‘ldik.

Ayrim yoshi katta mualliflarni darslik yozishga jalb qilmaganimiz uchun tazyiqlar, qo‘ng‘iroqlar ham bo‘ldi, o‘rtaga odamlarni qo‘yishdi. Lekin bunday mualliflarni jamoaga qo‘shishning bitta katta xavfi — yana eskicha darsliklarning yaratilishi, jamoada ziddiyatning kuchayishi edi. Kimlargadir qachondir imkoniyat berilgan, bugun biz buning natijasini ko‘rib turibmiz. Endi yangi mualliflarga ham imkoniyat berib ko‘rishimiz kerak. Shundagina raqobat paydo bo‘ladi.

Ish jarayonida shuning guvohi bo‘ldimki, aksariyat mualliflar bizning fikrlarimizni tan olishmaydi. Darsliklar yozish jarayonida shunday holatlar bo‘ldiki, metodistlar va o‘qituvchilarning fikrlari, takliflari ko‘p marotaba asossiz rad qilindi. Bu kabi mualliflarga saboq bo‘lishi uchun, ular yagona emasliklarini, ularga raqobat borligini ko‘rsatish uchun ham yangi mualliflarni jalb qilish kerak. Shunda oldingi avlod mualliflari ham o‘z ustida ishlashadi.

— Sizning fikringizcha, darslik kerakmi va u yagona bo‘lishi kerakmi?

— Hududlarda yurib, shuni ko‘rdimki, o‘qituvchilar darsliklarga suyanib qolishgan. O‘qituvchilarda akademik mustaqillik yo‘q, ya’ni ularning aksariyati standartlar asosida ishlash nimaligini bilmaydi. O‘qituvchi qaysi sinfda nimalarni rivojlantirish kerakligini bilmaydi, chunki ularga har bir sinf uchun aniq talablarni belgilab beradigan standartlar berilmagan. Shuning uchun darslik o‘qituvchi uchun standart bo‘lib qolgan.

Surxondaryo viloyatiga borganimda, o‘qituvchilar so‘rashdi: «Nega „Tarbiya“ darsliklarida qoidalar yo‘q? Biz o‘quvchilarga nimani yodlatishimiz kerak?»

Shunday mamlakatlar borki, ularda darsliklar yo‘q. Lekin sifatli ta’lim bor. Biz o‘qituvchilarni darslikka qaramlikdan xalos qilishimiz kerak. O‘shandagina ta’limda juda katta o‘zgarish sodir bo‘ladi.

Yagona darslik bo‘lishi kerak emas. Xususiy maktablarga borsak, ular har xil darsliklardan foydalanayotganini ko‘rishimiz mumkin. Biz borayotgan manzil — ko‘p darsliklarning bo‘lishi. Misol uchun, hozir bir vaqtning o‘zida ikkita jamoa tomonidan ona tili, matematika, ingliz tili va informatika darsliklari yaratilyapti. Bitta fandan har xil darslik. Respublika ta’lim markazi mualliflari tomonidan shu fanlar bo‘yicha bir darslik, boshqa guruh mahalliy ekspertlar tomonidan esa boshqa bir darslik yaratilmoqda. Ikkinchi loyihani USAID moliyalashtirmoqda va RTI instituti amalga oshirmoqda. Keyingi yil ayrim fanlarda o‘qituvchilarga qaysi darsliklardan foydalanishni tanlash imkoniyatini bermoqchimiz.

Ingliz tili va informatikadan Kembrij darsliklarini mahalliylashtiryapmiz, ya’ni o‘zimizda nashr etish uchun tayyorlaymiz. Informatika darsliklari tarjima qilinyapti.

Shu o‘rinda bir savol tug‘ilishi mumkin: nimaga bugun raqobatga yo‘l qo‘yilmadi (darslik yaratish uchun nashriyotlarga tanlov e’lon qilinmadi)? Buning birinchi eng katta sababi — mualliflar masalasi, ya’ni mualliflar maktabi yo‘qligi. Ko‘p darsliklar mualliflari olamdan o‘tgan va darsliklar [mualliflik huquqi] ularning farzandlariga qolgan, ular esa darsliklarni o‘zgartirishga qarshi. Shuningdek, ko‘p mualliflar keksayib qolgan va ular yangiliklarni, yangi yondashuvlarni qabul qila olmaydi. Yosh olimlar, yosh tadqiqotchilar bor, ular esa deyarli hech qachon darslik yozib ko‘rmagan.

Ikkinchi eng katta sabab — nashriyotlar salohiyati. Nashriyotlarda ham darsliklar tayyorlash menejmenti tizimi yo‘q. Nashriyotlar kim bilan ishlashni bilishmaydi.

Biz hozirgi vaziyatda tanlov e’lon qilganimizda ham eski darsliklarning kelish ehtimoli yuqori bo‘lardi.

Biz yosh olimlar, tadqiqotchilar bilan birlashib, «zamonaviy darslik o‘zi nima?» degan savolga javob topishga harakat qildik. Bu jarayonga mahalliy ekspertlarni, amaliyotchi o‘qituvchilarni va xalqaro ekspertlarni jalb qilamiz. Mana shu uch tomon bir bo‘lib, «zamonaviy darslik o‘zi nima?» degan savolga javob qidirib ko‘raylik, zamonaviy darslikni yaratib ko‘raylik. Shu jarayonda salohiyat paydo bo‘ladi, biz mualliflar maktabini shakllantirib olamiz va kimning nimaga qodirligini bilib olamiz. Keyingi rejalarimiz esa ularning o‘zini ochiq raqobat maydoniga qo‘yib yuborish. Nashriyotlar ularga chiqishi mumkin, ular bilan hamkorlik qilib o‘z darsliklarini yaratishi mumkin va raqobat muhiti shakllanishi mumkin.

— Yaqinda o‘zbek tilining ta’lim rus va boshqa tillarda olib borilayotgan maktablarda xorijiy til metodikasi asosida o‘qitilishi ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv qilindi. Ko‘p hollarda ta’lim rus tilida olib boriladigan maktab bitiruvchilari o‘zbek tilida gapira olmaydi. O‘zbek tili bo‘yicha yangi darsliklar boshqa millat vakillariga o‘zbek tilini o‘rgata oladigan darslik bo‘ladimi?

— O‘zbek tili bo‘yicha milliy o‘quv dasturini ishlab chiqishda CEFR (Tillarni egallashning Umumevropa kompetensiyalari — tahr.) asos qilib olindi. Buning eng katta yutug‘i — o‘quvchining yosh xususiyatlari hisobga olinib, malaka talablari ishlab chiqildi. Har bir sinf uchun bola nechta so‘zni bilishi kerak, qanday lingvistik bilimlarga ega bo‘lishi kerak — aniqlab berildi. Shu malaka talablari asosida dastur ishlab chiqildi, bu dastur asosida darslik tayyorlanmoqda.

Hozirgi darsliklarni ko‘rsak, birinchi darslardan qiyin-qiyin she’rlar, qiyin so‘zlarni berib qo‘yishgan. Ularni boshqa millat vakillari tugul, o‘zbek bolalari ham tushunishda qiynalishadi. Murakkab so‘zlar, murakkab she’rlar, murakkab gaplarning berilishi natijasida o‘quvchida fanga nisbatan ishtiyoq susayib boradi. Yangi darslikda ko‘proq badiiy matnlarga emas, nutqiy vaziyatlarga, dialoglarga e’tibor berdik. Yangi darslikni yozgan jamoa ichida amaliyotchi o‘qituvchilar bor, ular muammoni bilishadi.

Amaldagi (yuqorida) va yangi tayyorlangan (pastda) 2-sinf o‘zbek tili darsliklari (ta’lim rus va boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun)

— Ta’lim o‘zbek va boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun rus tili darsliklari Rossiya bilan hamkorlikda yaratildi. Bu esa «Rossiya davlati o‘z mafkurasini, o‘z manfaatlarini singdirishiga sabab bo‘lmaydimi?» degan xavotirlar yangrashiga sabab bo‘ldi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

— Loyiha doirasida darsliklar O‘zbekistonda tayyorlanyapti va mualliflar ham O‘zbekistonlik mualliflar. Rossiyalik hamkorlar — Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti metodik jihatdan yordam berishyapti. Darsliklar rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish metodikasiga asoslanadi.

Til o‘qitishda biz til egalari bilan hamkorlik qilishimiz kerak. Masalan, ingliz tili darsliklarini yaratishda Kembrij universiteti bilan hamkorlik qilyapmiz. To‘g‘ri, xorijiy til darsliklarida tili o‘rganilayotgan mamlakatlar, ularning madaniyati haqida ham ma’lumotlar beriladi. Hozirgi ta’limda shunday kompetensiya bor — madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi, bag‘rikenglik, boshqa millatlar va madaniyatlarni hurmat qilish.

Tilni o‘rganishning o‘zi yetarli emas. Misol uchun, tilni o‘rganib, bir mamlakatga tushsangiz, u yerdagi an’analarni tushunmasangiz, ularga hurmatsizlik qilsangiz, bu — ta’limning xatosi. Darsliklarda tili o‘rganilayotgan mamlakatlar haqida, ularning tarixi, madaniyati haqida ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Bu degani — mafkurani (ideologiyani) singdiryapti degani emas.

Bizda til o‘qitish metodikasi 1950−60 yillar darajasida qolib ketgan. Sir emas, aksar yurtdoshlarimiz farzandlarini rus tilini o‘rgansin, deb rus sinflariga berishni xohlashadi. Lekin o‘zbek sinflarida o‘qib turib ham rus tilini o‘rganish mumkin-ku? Afsuski, o‘zbek sinflari uchun yozilgan rus tili darsliklari birinchi til (ona tili) metodikasiga asoslangan, ko‘proq grammatikani o‘rgatishga qaratilgan.

Yangi tayyorlangan 2-sinf rus tili darsligi (ta’lim o‘zbek va boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun)

— Yaqinda ayrim saytlar tarix, biologiya darsliklarida evolyutsion ta’limotning singdirilganligi haqida yozishdi va «maktablarimizda odam maymundan tarqalgan deb o‘rgatilmoqda» degan fikr bildirishdi. Ayrim olimlar bunga o‘z munosabatlarini ham bildirishdi. Darslik yozilayotganda bu darslikka qanday kontent kirishi kerak va qanday kontent kirishi kerak emas? Shuni kim belgilaydi va bunda nimalar hisobga olinadi?

— Darslik uchun mavzular standartlar va o‘quv dasturlari asosida tanlanadi. Bu mavzularni belgilaydigan yo‘riqnomalar yoki cheklovlar yo‘q. Darslikda qaysi mavzular, qanday aks etishi o‘qituvchi va muallif o‘rtasidagi hamkorlikda tug‘iladi. Bundan tashqari, har bir fan yo‘nalishida ilmiy tadqiqot institutlari bor, ular bilan hamkorlikda tayyorlanadi. Bunda xalqaro tajriba hisobga olinishi, o‘rganilishi mumkin, milliy qadriyatlar va an’analarga ham diqqat qilinadi.

Комил Жалилов, «Газета» 5 207

  • # darsliklar
  • # shuhrat sattorov

2 sinf matematika darslik ustida ijodiy ishlash

DARSNING BLOK SXEMASI:

Dars bosqichlari Ajratilgan vaqt
1 Tashkiliy qism 3-daqiqa
2 O’tilgan mavzuni mustahkamlash 8-daqiqa
3 Yangi mavzu bayoni “Guruhlar bilan ishlash” 20-daqiqa
4 O’tilgan mavzuni mustahkamlash 10-daqiqa
5 Darsni yakunlash 2-daqiqa
6 Uyga vazifa 2-daqiqa

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni milliy istiqlol g’oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning manfiy va musbat sonlarni taqqoslashga doir o’quvchilarning bilim va malakalarini shakllantirish.

Shakl : savol -javob, jamoa, taqdimot.

Vosita:Darslik,guruhlar uchun topshiriqlar yozilgan jadvallar.

Usul: guruhlar ishi.

Nazorat: O’z- o’zini nazorat qila olish

  1. Mavzu: Kvadratlar ayirmasi formulasi.
  2. Maqsad:
  3. Ta’limiy maqsad: o’quvchilarda DTS asosida qisqa ko’paytirish formulalaridan bo’lgan kvadratlar ayirmasi formulasi mavzusi bo’yicha BKMlar hosil qilish va misollar yordamida mustahkamlash;

Bilimlar: o’quvchilarda qisqa ko’paytirish formulalari haqida bilimlar hosil qilish; O’quvchilar qisqa ko’paytirish formulalarini keltirib chiqarishni o’zlashtirish;

Ko’nikmalar: O’quvchilarda qisqa ko’paytirish formulalari bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish; O’quvchilarda qisqa ko’paytirish formulalarini misollarga tadbiq qilish ko’nikmasini hosil qilish

Malaka: O’quvchilarda qisqa ko’paytirish formulalari malakalrini hosil qilish;

O’quvchilar qisqa ko’paytirish formulalarini ifodalarini soddalashtirishda, hisoblashlarda foydalanish malakasini hosil qilish.

  1. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni bo’sh vaqtdan unumli foydalanish, fan va sport to’garaklariga jalb qilish, darsdan so’ng o’zlari yoqtirgan kasblari bo’yicha shogirdlik tushush bo’yicha tarbiyalar berib borish.

3 Rivojlantiruvchi maqsad:

O’quvchilarda “Vaqt-g’animat”, “Vaqting ketti – naqting ketti” maqollar haqidagi tushunchalarini rivojlantirish.

  • Darsning turi: Noan’anaviy.
  1. Darsning uslubi: interfaol
  2. Darsning jihozi: Darslik, formulalar, tarqatma materiallar, krossvordlar.
  3. Darsning borishi:
  4. Tashkiliyqism: o’quvchilar bilan salomlashish. O’quvchilar davomatini aniqlash, uy vazifalarini tekshirish.
  5. O’tilgan mavzularni takrorlash uchun savollar:
  6. Birhad va ko’phad deb nimaga aytiladi?
  7. Umumiy ko’paytuvchi deb nimaga aytiladi?
  8. Umumiy ko’paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarish deganda nimani tushunasiz?
  9. Guruhlash usuli nima?
  10. Yig’indini kvadrati formulasini
  11. Ayirmaning kvadrati formulasini

Darsni tashkil etishda o’qituvchi o’quvchilarni o’ziga jalb qilish uchun yurtimizda bo’layotgan o’zgarishlar, eng so’ngi yangiliklar, buyuk allomalarimirimizning matematika faniga qo’shgan hissalari, asarlari, matematika fani bilan boshqa fanlar o’rtasidagi aloqa, o’quvchilar tanlaydigan kasb-hunarlarda matematika fanining ahamiyati haqidagi tushunchalarini oquvchilardan so’rash va o’zi mustahkamlashi mumkin.

O’tilgan mavzularni takrorlashda o’qituvchi o’quvchilarga quyidagi tarqatma materiallaridan krossvordlardan foydalanib, o’quvchilar bilimlarini baholashi mumkin. Bunda tarqatma materiallarni ikki qismga ajratib yarmiga savol yoki misollar formulalar yozish mumkin. Qolgan yarmiga o’quvchilar javob yozadilar.

Birhad deb nimaga aytiladi?
Ko’phad deb nimaga aytiladi?
Umumiy ko’paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarish nima?
Yig’indining kvadrati formulasini yozing.
Ayirmaning kvadrati formulasini yozing.

Dars davomida quyidagi formulalardan foydalanish mumkin:

(a+b) 2 =a 2 +2ab+b 2
(a+b) 2 =a 2 -2ab+b 2

O’quvchilarni dars davomida zeriktirmas likuchun krossvordlardan ham foydalanish mumkin:

1 Hamma tomoni teng bo’lgan to’rtburchak.

  • Butun son.
  • Burchak o’lchov birligi.
  • Ikki nuqta orasidagi masofa.
  • I kki nur kesishishidan hosi lbo’lgan shakl.
  • Ikki to’g’ri chiziqning o’zaro

7 Noma’lum son qatnashgan tenglik.

1. A
2. L
3. G
4. K E S M A
5. B
6. R
7. A

Matematik terminlarni yozing.

M
A
T
E
M
A
T
I
K
A

Yangi mavzuni bayoni:

Masala. Tomonining uzunligi a ga teng bo’lgan kvadratdan tomonining uzunligi b ga teng teng bo’lgan kvadratni qirqib olinsa, qolgan shaklning yuzini toping. Yechish:

a
a-b S1 a-b
a-b b
S2

Ixtisoslashtirilgan boshlang’ich sinflarda matematikani o’qitish

Ixtisoslashtirilgan sinflarda matematika mashg’ulotlar boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalashda, ularga kasb-hunar tanlashga oid bilim berishda yuqori natijalar beradi. Ayniqsa, iqtidorli o’quvchilarda fanga qiziqishi, dunyoqarashi, zehni namoyon bo’ladi. Bu esa boshlang’ich sinf o’quvchilariga to’la- to’kis bilim berishda har bir o’quvchining shaxsiy xususiyatlarini o’rganishda o’quvchining qobiliyati namoyon bo’ladi. SHu o’rinda o’qituvchi birinchi bosqichda o’quvchilarga matematikaga qiziqishi va iqtidorini aniqlashga imkon berib, ular bilan til topa oladi.

Boshlang’ich sinflarda mashg’ulotlar didaktik o’yinlar, olimpiadalar, kechalar, viktorinalar o’tkazishga yordam beradi. Ilmiy texnik taraqqiyot matematikaga bog’langanligi sababli asta-sekin murakkabroq masalalar yechimini o’rganishga imkoniyat beradi.

Boshlang’ich sinflarda bunday mashg’ulotlarda o’quvchilarning matematik tafakkuri, fikrlash qobiliyati rivojlanadi.

Ixtisoslashtirilgan boshlang’ich sinflarda matematika darsini o’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishini har tomonlama hisobga olgan holda olib borish lozim.

Ixtisoslashtirilgan sinflarda matematika mashg’ulotlar haftasiga 5+2 bo’lib, dastur mazmuniga 2 soat qo’shimcha o’tiladi. Bunda o’qituvchi o’quvchilarni qiziqishi va o’zlashtirishiga qarab fanlararo aloqadorlikni hisobga olgan holda olib boradi.

III — IV sinflarda ko’pincha murakkab masalalar ustida ishlash uchun ko’proq vaqt ajratiladi.

Boshlang’ich sinflarda mashg’ulotlarni tashkil etish mohiyati juda katta ahamiyat kasb etadi. Matematikaga ixtisoslashtirilgan boshlang’ich sinflarda o’qitish- darslik materiallarini takrorlamaydigan lekin uni mustahkamlashga xizmat qiladigan (murakkab) o’quv materiallar o’rganilib, boshlang’ich sinf o’quvchilarining darsdan olgan bilimini mustahkamlash va chuqurlashtirishga qaratilishi lozim.

Ayniqsa, sharq mutafakkirlari ijodini o’rganish, matematika darslari samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish har bir mashg’ulotlarda tavsiya etiladi.

Boshlang’ich matematika o’qitish jarayonida o’quvchilarning mantiqiy fikrni o’stirish.

Boshlang’ich matematika o’qitishda o’quvchilarning mantiqiy fikrini o’stirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Eng avvalo, matematik bilimlarni bolalar aniq tushunishi uchun moslashtirilgan narsalarni o’zaro bog’liqlikda, biridan ikkinchisini hosil qilish tartibida keltirib chiqaradilar.

Narsalar va atrofdagi haqiqatning mavjudligini bila borish bilan biz narsalarni qismlarga ajratish va bir qancha elementlardan bir butun narsalarni tuzishni tushuntira boramiz. Butun bir narsani qismlarga ajratib fikrlashni «tahlil» deb ataymiz. Predmet va hodisalarni o’zaro bog’lab o’rganishni esa «sintez» deb ataymiz. Bu ikki fikrlash operatsiyasi o’zaro bir- biri bilan bog’liqdir.

Tahlil va sintez o’zaro bog’langan bo’lib, arifmetik qonuniyatlarni o’qitishda qanday qo’llansa, misol va masalalar yechishda ham shunday qo’llaniladi.

O’qitishning birinchi qadamidayoq, ya’ni, birinchi o’nlikni o’qitishda o’quvchilar ko’rgazmali qurol yordamida predmetlar to’plamini ularni elementlarga ajratib tahlil qiladi va ko’rgazma asosida elementlarni sintez (birlashtirib) qilib to’plam hosil qiladi.

Shunga o’xshash ko’rgazmali tahlil va sintezlar natijasida o’quvchilar ichki nutq yordamida fikrlab, ongli tahlil va sintez qilishga erishadilar.

Masalan, o’quvchi o’qituvchi yordamida “1- qatorga 5 marka, 2- qatorga 4 marka yopishtirildi. Ikki qatorga necha marka yopishtirildi” – degan masalani yechishi kerak.

Oldin o’quvchi o’qituvchi yordamida masala mazmunini tahlil qiladi. Masalada berilgan sonlarni (5 va 4) alohida markalarga ajratib, masalani shart va savol qismini aniqlaydi. O’quvchi ikki qatordagi markalarni fikran o’zaro birlashtirib sintez qiladi va masalaga javob topadi.

Bu yerda o’quvchi eng avval masalani tahlil qildi, masalada sonli berilganlarni va talab qilinganlarni aniqladi va sintez qilib javab topdi.

Boshlang’ich matematika o’qitishda taqqoslashdan ham keng foydalaniladi. Taqqoslash yordamida son, misol va masaladagi narsalarning bir xil va farq qiluvchi tomonlari aniqlaniladi.

Masalan, o’quvchiga sonni bir necha birlikka orttirish va bir necha marta orttirish to’g’risida taqqoslash berilgan bo’lsin:

O’qituvchi rahbarligida o’quvchi masalani taqqoslaydi va bir xil tomonlarni: ikkala masalada ham berilgan sonlar bir xil, ikkala masalada ham ikki qutidagi qalamlar haqida gapirilgan, savollar ham bir xil. Farqi: 1- masalada 2- qutida uch qalam ortiq, 2-masalada 2- qutida 3 marta ortiq qalam bor deyiladi.

Masala yechilgandan keyin o’quvchilar qaysi masala qaysi amal bilan yechilganini taqqoslaydi. 1-si qo’shish, 2- ko’paytirish bilan bajarildi. SHundan keyin masala sharti bilan masalani yechish usulini moslashtiradi.

Natijada o’quvchi nechta ortiq yoki kam degan shartda qaysi amallar ishlatilishini va necha marta ortiq yoki necha marta kam deganda qaysi amallar ishlatilishini fikrlab oladi.

Ba’zan ko’p qiymatli sonlar bilan masalalar yechishda analogiya usulini ham qo’llaydilar. Masalan: III- sinfda shunday masala yechiladi: ikkita meva saqlagichda 1568 kg olma bor edi. Birinchi meva saqlagichdan 240 kg, ikkinchisidan 364 kg olingandan keyin ikkalasida ham bir xil miqdorda olma qoldi. Har qaysi meva saqlagichda qancha olma bo’lgan?

Masalani yechishdan oldin o’qituvchi quyidagi masalani yechishni tavsiya qildi: ikki bolada 90 so’m bor edi. Ulardan birinchisi 45 so’m, ikkinchisi 35 so’m sarf qilganidan keyin ikkalasida baravar pul qoldi. Har bir bolada qanchadan pul bo’lgan?

O’quvchilar bu masalani hatto og’zaki ham yechishi mumkin. Bu masalani yechish rejasi va yo’llarini aniqlagandan keyin oldingi masalani shunga o’xshash yo’l bilan yechadi.

2 sinf matematika darslik ustida ijodiy ishlash

Darsning texnologik xaritasi

2. Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, ota-onaga mehr-oqibat va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.

3. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Har bir o’quvchida mavzu haqidagi tushuncha hosil qilish, ularda shaxsiy fikrini erkin ayta olish va fanga qiziqishlarini yanada oshirish

Shakl: Jamoa va kichik guruhlarda ishlash

Vosita: darslik, ko’rgazma, tarqatma materiallar, tezkor savol-javoblar.

1 Tashkiliy qism 5 min.
2 O’tgan mavzuni mustahkamlash 10 min.
3 Yangi mavzu bayoni 15 min.
4 O’tilgan mavzuni mustahkamlash 10 min.
5 Baholash va uyga vazifa 5 min.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars usuli: noan’anaviy dars

Dars uslubi: bilim, ko’nikma, malaka hosil qilish

Dars jihozi: darslik, taqratma materiallar, ko’rgazmali qurollar, televizor

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomadni aniqlash, uyga vazifani tekshirish.

O’qituvchi: Navbatchi axboroti tinglanadi va kunning muhim yangiliklari o’quvchilar tomonidan aytiladi. Keyin esa o’quvchilarning uyga vazifalari tekshirib chiqiladi.

O’quvchilar 2 guruhga bo’lib olinadi va darsimiz musobaqa tarzida o’tkaziladi. Bunda har bir bosqichdan yaxshi natija bilan o’tgan guruh maktab tomon bir pog’ona yuqorilaydilar. Musoboqa shartlari:

  1. “Domino” o’yini. (O’quvchilar o’tgan mavzuni takrorlash bosqichida domino savollariga javob berishadi va ketma-ketlikni to’g’ri aniqlashlari kerak) 2.Zukko jamoa sharti (bunda o’quvchilar doskada misollar ishlashadi)

3.Qiziqarli savol-javob sharti

  1. Sonli jumboq o’yini
  2. Suratdagi jumboqni yeching sharti.

O’quvchilarning dars davomidagi ishtiroki kartochkalar yordamida baholab boriladi.

  1. O’tgan mavzunini takrorlash: O’tgan mavzuni takrorlash “domino o’yini” tarzida o’tkaziladi. Barcha savollarga to’liq javob bergan o’quvchilar baholab boriladi
  2. ulushni boshqa nom bilan atang.
  3. 1 sm ni metrda ifodalang.
  4. Kasrning maxraji va surati nimani anglatadi?
  5. Maxraji bir xil kasrlarni qanday taqqoslaymiz?

5.Sonlar nurida ikkita kasrdan qaysi biri kattaligini qanday aniqlaymiz?

  1. kasr kattami yoki kasrmi?
  2. 18 ning qismi nechaga teng bo’ladi?
  3. Maxraji 8 ga teng bo’lgan ikkita to’g’ri va ikkita noto’g’ri kasr ayting.
  4. tonnada necha kilogramm bor?
  5. Aralash son deb qanday songa aytiladi?
  6. Bir xil maxrajli kasrlar qanday qo’shiladi?
  7. Noto’g’ri kasr aralash songa qanday aylantiriladi?

13.O’nli kasrlarni taqqoslash qoidasini ayting.

14.Qanday sonlarni o’nli kasr ko’rinishida yozish mumkin?

III. Yangi mavzu bayoni

O’nli kasrlarni qo’shish (ayirish) uchun

  • Oldin ularning verguldan keying raqamlari soni nollar qo’shib tenglashtiriladi
  • So’ng ular “ustun” qilib, vergul vergulning tagiga tushadigan qilib yoziladi
  • Vergulga e’tibor bermasdan qo’shish (ayirish) bajariladi
  • Hosil bo’lgan songa tepadagi o’nli kasrlar vergullari tagiga tushadigan qilib vergul qo’yiladi

Aytish joizki, o’nli kasrlarni ularning verguldan keying raqamlarini nollar qo’yib tenglashtirmasdan ham qo’shish va ayirish mumkin. Bu holda, nollar yozilmasdan ular bo’sh o’rinlarda turibdi deb ish ko’riladi.

1-misol. 4,5 va 1,451 o’nli kasrlarni qo’shaylik.

Oldin ularning verguldan keying raqamlari sonini englashtiramiz. Buning uchun ulardan birinchisining o’ng tomoniga ikkita nol qo’yamiz: 4,5=4,500.

So’ng uni aralash son ko’rinishida yozamiz va qo’shamiz:

Demak, 4,5 va 1,451 o’nli kasrlarning yig’indisi 5,951 ga teng. Bu natijani o’nli kasrlarni “ustun” ko’rinishida qo’shib ham hosil qilish mumkin.

0,658=0,6+0,05+0,008 bu yozuv 0,658 sonining xona birliklari bo’yicha yoyilmasi yoki xona qo’shiluvchilari bo’yicha yig’indisi deb ataladi.

Shunday qilib, 0,658 soni o’nli kasrning verguldan keying birinchi 6 raqami-o’ndan birlar sonini, ikkinchi 5 raqami-yuzlar birlar sonini va uchinchi 8 raqami esa mingdan birlar sonini ko’rsatadi.

Kasrning o’nli yozuvida verguldan keyingi:

  • Birinchi xona-o’ndan birlar xonasi;
  • Ikkinchi xona-yuzdan birlar xonasi;
  • Uchinchi xona-mingdan birlar xonasi deb ataladi.

O’nli kasrlar uchun qo’shish qonunlari

Natural sonlarda bo’lgani kabi o’nli kasrlar uchun ham qo’shishning o’rin almashtirish va guruhlash qonunlari o’rinli bo’ladi.

O’nli kasrlar uchun qo’shishning o’rin almashtirish qonuni: a+b=b+a

O’nli kasrlar uchun qo’shishning guruhlash qonuni: (a+b)+c=a+(b+c)

O’nli kasrlar uchun qo’shishningo’rin almashtirish qonunidan foydalanib oxirgi ikki qo’shiluvchining o’rnini almashtirib olamiz:

O’nli kasrlar uchun guruhlash qonunidan foydalanib qo’shiluvchilarni quyidagicha guruhlab olamiz va amallarni bajaramiz:

“Zukko jamoa” sharti. Qaysi jamoa misol va masalalarni xatosiz yechsa yana bir pog’ona yuqorilaydi.

Omborga birinchi kun 2,14 t, ikkinchi kuni esa 3,65t yuk tushirildi. Bu ikki kun ichida omborga qancha yuk tushirilgan?

Yechish: 2,14+3,65=5,79 tonna

a)3,8+6,1=9,9 b)0,02+0,01=0,03 d)1,23+9,77=11

e)0,003+0,006=0,009 f)1,02+0,99=2,01 g)24,2+0,8=25

a)8,23+2,18=10,41 b)11,35+6,47=17,82 d)82,12+54,42=136,54

e)4,22+10,82=15,04 f)10,32+10,01=20,33 g)0,321+0,346=0,667

a)6,83+5,1=11,93 b)1,3+6,47=7,77 d)82,1+5,42=87,52

e)4,20+0,8=5 f)10,52+10=20,52 g)1,3+0,346=1,646

a)9,5-6,1=3,4 b)12,23-9,12=3,11 d)8,9-3,6=5,3

e)24,7-0,3=24,4 f)0,06-0,02=0,04 g)0,008-0,001=0,007

“Mantiqiy savol-javob” sharti

1.Shunday sonni topingki, uni 7 ga ko’paytirib, chiqqan sondan 1 ni ayirsa 90 hosil bo’lsin? (13)

2unligi 12 m bo’lgan yog’ochni 4 ta bo’lakka bo’lish uchun uni necha marta kesish kerak? (3marta)

3.Oilada 5 nafar o’g’il bo’lib, har birining bittadan singlisi bor. Oilada nechta farzand bor? (6 ta)

  1. 3 yildan keyin Baxtiyor 14 yoshda bo’ladi. 5 yil avval Baxtiyor necha yoshda bo’lgan? (6 yosh)

5.Soat 5 da yomg’ir yog’a boshladi va 6 soatdan keyin yomg’ir to’xtab, bulutlar tarqab ketdi, lekin quyosh chiqmadi buning sababi nima? (tungi vaqt aytilgan)

6.Och qoringa nechta tuxum yeyish mumkin? (1 ta)

7.Uch o’rtoq bozorga ketayotib, 3ta tanga topib olishdi. Agar o’rtoqlardan bittasi o’zi bozorga ketayotgan bo’lsa, nechta tanga topgan bo’lardi? (3 ta)

  1. Bir son o’yladim. Uni 7 ga bo’lib, keyin 7 qo’shib, 7 ga ko’paytirsam 77 soni paydo bo’ldi. Men qanday sonni o’ylagan edim? (28)
  2. 36m matoni sotuvchi har bir xaridorga 3 m dan sotdi. Sotuvchi necha marta kesgan?(11marta)
  3. Birinchi terakda 9 ta, ikkinchisida undan 5 ta ko’p olma bor edi. Ikkala daraxtda nechta olma bor? (terakda olma pishmaydi)

“Sonli jumboq” o’yini. Bunda o’quvchilar sonli piramidadagi bo’sh kataklarni to’g’ri to’ldirishlari kerak.

Suratdagi jumboqni yeching sharti

Dars so’nggida qaysi guruh tezroq pog’onalardan o’tib maktabga yetib kelsa shu jamoa g’olib jamoa deb e’lon qilinadi.

  1. O’quvchilarni baholash (2-3daq)
  2. Uyga vazifa berish (2-3daq) (834-836-misol)