Press "Enter" to skip to content

Поиск материала «0‘zbek tili, Ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 7-sinfi uchun darslik, Muxitdinova X. S, Avlakulov Y. I, Nuriddinova D. A, 2017» для чтения, скачивания и покупки

13

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI LUG‘ATINI FAOLLASHTIRISH USULLARI

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga so‘z ma’nosini tushuntirish va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari lug‘atini faollashtirish usullari bayon qilingan. В данной статье излагается методика обяснения значений слов учащимся начальных классов и пути активизации словарья младших школьников.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini rivojlantirishning asosiy yo‘nalish-laridan biri so‘z ustida ishlash, ya’ni lug‘at ishidir. Ona tili va o‘qish darslarida bajariladigan lug‘at ishi o‘quvchining so‘z boyligini oshirishda muhim ahamiyat-ga ega. M. R. Lvovning ma’lumot berishicha, IV sinfgacha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘zlashtiradigan yangi so‘zlarning yarmi o‘quvchilar lug‘atiga ana shu darslar orqali kiradi. “Lug‘at ishi ‒ o‘qituvchi faoliyatidagi bir lavha emas, balki rus tili kursining barcha bo‘limi bilan bog‘langan tizimli, yaxshi tashkillashtiril-gan, pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tuzilgan ishdir” ‒ deb yozgan edi taniqli metodikachi olim A. V. Tekuchev [9].

Lug‘at ishi bosqichlarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1) so‘z ma’nosini tushuntirish, 2) so‘zni faollshtirish, 3) so‘zni nutqda qo‘llash.

O‘quvchilar lug‘atini faollashtirish ‒ ona tili va o‘qish darslarida bajariladigan lug‘at ishining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shuning uchun o‘qituvchining vazifasi ‒ o‘quvchi lug‘atidagi nofaol so‘zlarni faol lug‘at zaxirasiga o‘tkazish uchun o‘quvchiga nofaol so‘zlarning birikuvchanligi va qo‘llanish sohasini o‘zlashtishga yordam berishdan iborat. O‘quvchi biror so‘zni o‘z qayta hikoya-lashi, hikoyasi, suhbati, xati, bayoni, inshosida atigi bir marta qo‘llasa ham, bu so‘z faollashgan hisoblanadi. So‘zni o‘zlashtirish uning ma’nosi, birikuvchaligi va qo‘llanish doirasini bilishdan iborat.

O‘quvchiga yangi so‘z ma’nosini tushuntirish, uning so‘zni to‘g‘ri tushunishiga erishish zarur. Buning uchun esa o‘qituvchi so‘z ma’nosini tushuntirish usullarini bilishi va ulardan o‘rinli foydalanishi lozim. M. R. Lvov so‘z ma’nosini tushuntirishning quyidagi usullarini ajratadi: ko‘rgazmali, kontekstual, sinonim keltirish, mantiqiy ta’rif berish, batafsil tavsiflash, antonim keltirish, so‘zning yasalish tarkibini tahlil qilish [7, 17‒24].

“Ona tili” va “O‘qish kitobi” darsliklarida o‘quvchilar uchun tushunarsiz va ularning nutqida nofaol bo‘lgan bir qancha so‘zlar uchraydi. O‘quvchilar lug‘atini faollashtirishda asosan ana shu so‘zlar ustida ishlash zarur.

O‘quvchilar lug‘atini faollashtirish quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:

1.So‘z ma’nosini bir yoki bir necha usul yordamida tushuntirish:

a) kontekst yordamida;

b) shu so‘zning ma’nodoshi yordamida;

d) shu so‘zning antonimi yordamida;

e) tavsifiy yo‘l bilan (lug‘atdan foydalanib yoki o‘qituvchning o‘zi mustaqil ravishda).

2.So‘zni o‘qish va yozish (so‘zning to‘g‘ri talaffuzi va imlosi ustida ishlash).

3.So‘zning qo‘llanish namunalari ustida ishlash (tayyor so‘z birikmasi va gaplar ustida ishlash).

O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘rganilayotgan so‘zlar qo‘llangan tayyor so‘z birikmalari va gaplar bilan tanishtiradi.Ularning ayrimini aytib turib yozdirish mumkin.

4.So‘zning semantik aloqalari ustida ishlash.

O‘quvchilarni so‘zlarning paradigmatik aloqalarni ajratish va o‘zlashtirishga o‘rgatuvchi mashqlar ular lug‘atining boyishiga yordam beradi. Bunday mashqlar kerakli so‘zni tanlash, jumla mazmunini aniq yetkazish, so‘zning ma’no qirralarini tushunish qobiliyatini shakllantiradi.

5. O‘rganilayotgan so‘zlar ishtirokida mustaqil ravishda so‘z birikmasi va gap tuzdirish.

Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish kitobida uchraydigan o‘quvcilar uchun tushunarsiz so‘zlar mazmuniy xususiyatiga ko‘ra turlichadir. Shuning uchun bu so‘zlarning ma’nosini tushuntirishda ularning xususiyatiga mos ravishda eng samarali usulni tanlash lozim. Bu o‘rinda bir necha darslikdagi so‘zlar misolida so‘z ma’nosini tushuntirishning samarali usulini tanlash haqidagi fikrlarimizni bayon qilamiz.

Boshlang‘ich sinf “Ona tili” va “O‘qish kitobi” darsliklarida o‘quvchilarga ma’nosi tushunarsiz bo‘lgan so‘zlar ancha uchraydi. Ularning ma’nosini yuqorida ko‘rsatilgan va boshqa usullar bilan tushuntirish mumkin.

1. Darsliklarda uchraydigan quyidagi so‘zlarning ma’nosini rasmini ko‘rsatish yo‘li bilan tushuntirish mumkin: yalpiz, isiriq, kiyiko‘ti, ermon (1,6), kashta (1,7), garmdori, qal’a, fabrika, raketa (1,17), chang‘i (1,19), qur’on (1,19), so‘na (1,19), so‘gal (1,19), sa’va (1,19), to‘ng‘iz (1,19), turna, sholi (1,21), sharshara (1,21), charos(1,22), shabnam (1,22) gumbaz (1,22), marvaridgul (1,77), soda (1,29), sa’va (1,29), olxo‘ri (1,31), husayni (1,38), chang‘i (1,41), konki (1,41), paroxod (1,42), qayin (1,43), zarg‘aldoq (1,46), do‘lana (1,51), tola (1,67), parovoz, teplovoz, elektrovoz, vagon (1,71), tog‘olcha (1,77), metro (1,78), kamalak (1,79), tuman (1,79), mosh (1,80), binafsha (1,80), chuchmoma (1,80), gulsapsar (1,80), norin (1,80), shilpildiq (1,80), qarag‘ay (1,85) karvon (1,87), zangori (1,90), feruza (1,96), pe-shayvon (1,109), na’matak (1,177), qirg‘iy (1,178), olcha (1,137), saroy (6,7), piyma (6, 11), tunuka (6, 12), po‘stin (6, 14), soy (6,16), arpa (6,16), chuchmoma, yalpiz, jag‘jag‘, ismaloq (6,43), turna (6,44), ko‘za (6, 54), pona (6, 60), chinor (6,102), xarita (3,10), minora (3, 13), chayla (3, 22), umrboqi, ko‘kalapish, doniyor ( 3,22), taqa (3,75), tivit, tovus, beqasam (3,90).

Ko‘rinib turibdiki, bu so‘zlar aniq, ya’ni ko‘z bilan ko‘riladigan narsalarning nomini bildiradi. Ot va sifat turkumiga mansub so‘zlarning ma’nosini tushun-tirganda narsa tasvirlangan suratni, fe’l turkumiga oid so‘zlarni tushun-tirganda esa sujetli suratni ko‘rsatish lozim.

2. Quyidagi so‘zlarning ma’nosini ularga sinonim keltirish orqali tushun-tirish mumkin. Istiqlol – mustaqillik, nurafshon – yorug‘, muborakbod etmoq – tabriklamoq, samo – osmon, ko‘k, gulshan – gulzor, sabo – shabada, munosabat – bog‘lanish, dorivor – shifobaxsh, yaproq – barg, hadya etmoq – bermoq, sovg‘a qilmoq, tub – tag, ahil – inoq, huvullamoq – bo‘shamoq, javon – shkaf, dastyor – yordamchi, alloma – olimlar, muhlat – vaqt, darg‘azab bo‘lish – g‘azablanish, shu’la – nur, ehtirom – hurmat, badavlat – boy, tazyiq – zug‘um, an’ana – odat, ta’na – dashnom, ta’ziya – aza, ma’lumot – xabar, ma’yuslanmoq – xafa bo‘lmoq, chashma – buloq, choq – payt, arg‘imchoq – ip, darz – yoriq, ranj – qiyinchilik, ganj – boylik, xazina, sust – sekin, bol – asal, tabassum – kulgi, muddat – vaqt, tasalli – yupanch, musaffo – sof, toza, mutolaa – o‘qish, do‘kon – magazin, zoriqmoq – muhtoj bo‘lmoq, noyob – topilmas, undirmoq – o‘stirmoq, mamnun – xursand, gavjum – to‘la, surkash – surtish, ohista – sekin, et – go‘sht, daromad – kirim, xontaxta – stol, xazonrezgilik – barglarning to‘kilishi, ezgulik – yaxshilik, boldoq – zirak, najot – yordam, mo‘‘tadil – o‘rtacha, sarvqomat – tik, chanqagan – suvsiragan, so‘yla – gapir, so‘zla, toblanmoq – chiniqmoq, gazlama – mato, yo‘ldosh – hamroh, choyshab – ko‘rpa, silliq – tekis, intizom – tartib, olam – dunyo, mug‘ombir – ayyor, chaqa – tanga, parranda – qush, istirohat – dam olish, nishon – mo‘ljal, tebranmoq – qimirlamoq, husn – chiroy, sohil – qirg‘oq, pardoz – bezak, chaman – gulzor, parvarish qilmoq – boqmoq, olishmoq – kurashmoq, urishmoq, jajji – kichkina, mitti, mador – quvvat, g‘ubor – chang, dog‘, jussa – gavda, o‘git – nasihat, yumush – ish, jamlamoq – to‘plamoq, lazzat – rohat, jasorat – jasurlik, ulug‘ – buyuk, tortig‘ qilmoq, sovg‘a qilmoq, suyukli – sevimli, boqmoq – qaramoq, maftun bo‘lmoq – mahliyo bo‘lmoq, beg‘ubor – toza, sof, ko‘lanka – soya, ensiz – qisqa, enli – keng, g‘alati – qiziq, hushyor – sezgir, ziyrak, sayyoh – sayohatchi, turist, ilk – birinchi, tashna – suvsiz, chanqoq, hangu-mang – hayron, bezovta – notinch, maysa – o‘t.

Bu usulni qo‘llaganda o‘qituvchi shuni nazarda tutishi kerakki, so‘zlarni sinonim orqali tushuntirish o‘quvchilar har bir izohlovchi sinonimning ma’nosini yaxshi tushungandagina maqsadga yetadi. Shuning uchun so‘zning ma’nosini tushuntirish uchun keltiraligan sinonim sifatida faqatgina bolalar yaxshi tushunadigan umumiste’mol so‘zlarni tanlash kerak.

3. Darsliklardagi o‘ta umumiy, keng tushunchani bildiruvchi so‘zlarning ma’nosini ular nomlaydigan narsalarni sanab keltirish orqali tushuntirish mumkin.

Hasharot bu – qurt, chumoli, ari, qo‘ng‘iz, o‘rgimchak.

Meva – olma, nok, anjir, o‘rik, shaftoli.

Matn – hikoya, she’r, ertak.

Poliz – qovun, tarvuz, handalak.

Ajdod – ota, bobo, buvi, bobokalon.

Avlod – farzand, nevara, evara, chevara.

Texnika – traktor, mashina, kombayn, televizor, dazmol.

4. Darslikdagi ko‘pgina so‘zlarning ma’nosini ularning tarkibiy qismlari – morfemalar orqali aniqlash mumkin. Shu narsa ma’lumki, kattalar ham, o‘quvchilar ham noma’lum so‘zni bo‘lish va ma’lum bo‘lgan o‘zakdosh so‘z bilan mazmuniy aloqa o‘rnatish asosida ochishga harakat qiladi. 3-sinf darsligida quyidagi so‘zlarni so‘z yasalish tarkibi – o‘zak va yasovchi qo‘shimcha orqali tushuntirish mumkin.

Oromgoh – orom – o‘zak, -goh – so‘z yasovchi qo‘shimcha, joy degan ma’noni anglatadi. Demak, bu so‘z orom, dam oladigan joy ma’nosini bildiradi. Xabardor – xabar – o‘zak, -dor – so‘z yasovchi qo‘shimcha, egalik ma’nosini bildiradi. Demak, bu so‘z xabari bor degan ma’noni bildiradi, qalamkash – qalam – o‘zak, kash – so‘z yasovchi qo‘shimcha, tortmoq, chizmoq degan ma’noni bildiradi. Demak, bu so‘z qalam bilan ishlovchi kishini, ya’ni shoir, yozuvchilarni bildiradi. Ma’rifatparvar – ma’rifat – o‘zak, parvar – so‘z yasovchi qo‘shimcha, otdan anglashilgan narsani tarbiyalash, shunga yaxshi munosabat kabi ma’nolarini bildiradi. Demak, bu so‘z ma’rifatni sezuvchi, unga intiluvchi degan ma’noni bildiradi. Da’vogar – da’vo – o‘zak, gar – so‘z yasovchi qo‘shimcha, otdan ishlab chiqaruvchi kasb yoki faoliyat egasini bildiruvchi shaxs oti yasaladi. Demak, bu so‘z da’vo qiluvchi degan ma’noni bildiradi. Ta’sirchan – ta’sir – o‘zak, chan – so‘z yasovchi qo‘shimcha, egalik, ortiqlik ma’nosini bildiradi. Demak, bu so‘z ta’siri bor, kuchli yoki ta’sirga tez uchraydigan degan ma’noni bildiradi. Ma’murchilik – ma’mur – o‘zak, -chilik – so‘z yasovchi qo‘shimcha. Bu so‘zning ma’nosini bilish uchun o‘zakning ma’nosini bilish kerak. Ma’mur so‘zi o‘zbek tilining izohli lug‘atida obod, farovon, to‘kin deb izohlangan. Demak, ma’murchilik so‘zi to‘kinchilik ma’nosini bildiradi. Childirimkash – childirma – o‘zak, -kash – so‘z yasovchi qo‘shimcha, kasb-hunar egasi bo‘lgan shaxs oti yasaydi. Demak, bu so‘z childirma chaluvchi degan ma’nonini bildiradi.

Gulchambar – guldan qilingan chambarak.

Sharsimon – shar – o‘zak, -simon – so‘z yasovchi qo‘shimcha, o‘xshash degan ma’noni bildiradi. Demak, bu so‘z sharga o‘xshash degan ma’noni bildiradi.

O‘quvchilarga so‘z yasovchi qo‘shimchaning ma’nosi bir marta tushuntirilsa, shu qo‘shimcha qo‘llangan boshqa so‘zlarning ma’nosini ularning o‘zi aniqlayveradi.

Serqatnov – qatnov – o‘zak, ser – so‘z yasovchi qo‘shimcha, ko‘p degan ma’noni bildiradi. Demak, bu so‘zning ma’nosi qatnoy ko‘p degani.

Serhikmat – hikmati ko‘p, hikmatga boy.

Sohibkor – sohib – o‘zak, -kor – so‘z yasovchi qo‘shimcha, kasb egasi mutaxassislik, mashg‘ulot bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs oti yasaydi. Bu so‘z o‘z kasbining ustasi degan ma’noni bildiradi.

Badfe’l – fe’l – o‘zak, bad – so‘z yasovchi qo‘shimcha, yomon degan ma’noni bildiradi. Demak, bu so‘z fe’li yomon degan ma’noni anglatadi.

G‘o‘zapoya – g‘o‘za – o‘zak, poya – so‘z yasovchi qo‘shimcha. Bu so‘z g‘o‘zaning poyasi degan ma’noni bildiradi. Jangovor – jang – o‘zak, ovor – so‘z yasovchi qo‘shimcha. Bu so‘z kurashchan, faol degan ma’noni bildiradi. Mashinasoz – mashina – o‘zak, soz – so‘z yasovchi qo‘shimcha, tuzatuvchi degan ma’noni bildiradi. Demak, bu so‘z mashina tuzatuvchi degan ma’noni bildiradi.

Hazilkash – hazil – o‘zak, kash – so‘z yasovchi qo‘shimcha, qiluvchi degan ma’noni bildiradi. Demak, bu so‘z hazil qiluvchi degan ma’noni bildiradi.

5. Darsliklardagi sinonimi mavjud bo‘lmagan quyidagi so‘zlar ma’nosini o‘quvchilarga tasviriy yo‘l bilan tushuntirish mumkin.

Anjuman – keng ko‘lamli, katta yig‘ilish.

Fuqaro – biror mamlakatning doimiy aholisi.

Ma’vo – turar joy.

Tazyiq – kuch bilan, zo‘rlab o‘tkazilgan ta’sir, siquv.

An’ana – avloddan-avlodga o‘tib boradigan urf-odat.

Ma’rifat – tabiat, jamiyat va inson haqidagi chuqur hamda ezgulikka yo‘naltirilgan bilim.

Qur’on – musulmonlarning Olloh tomonidan Muhammad payg‘ambarga vahiy qilingan (tushirilgan) muqaddas kitobi.

Qit’a – yerning dengiz va okeanlar bilan qurshalgan oltita alohida qismidan har biri.

So‘gal – badanga ko‘pincha qo‘l yoki oyoqda bo‘ladigan qattiq yumaloq o‘simta.

Mo‘jiza – odatdan tashqari kishini hayron qoldiruvchi hodisa yoki ish, narsa.

So‘na – urg‘ochisi hayvonlarning qonini so‘radigan, erkagi o‘t bilan ovqatlanadigan yirik pashsha.

6. Mavhum tushunchani bildiruvchi so‘zlar ma’nosini obrazlar yordamida tushuntirish mumkin. (Bu haqda batafsil qarang: [8].) Bir-ikkita misol keltiramiz.

Adolat so‘zini obrazli ravishda quyidagicha tushuntirish mumkin: «O‘quvchilar, adolat bu odamlarga bir xilda munosabatda bo‘lishdir. Adolat taroziga o‘xshaydi. (O‘qituvchi tarozining rasmini ko‘rsatadi.) Tarozining ikkala pallasiga bir xil yuk qo‘yilsa, uning ikki pallasi teng bo‘ladi. Bir pallasiga og‘irroq yuk qo‘yilsa, tarozining bir pallasi baland, bir pallasi past bo‘ladi. endi hayotdan misol keltiraman. Masalan, bir otaning 2 o‘g‘li bor. Ota bozordan 4 ta olma olib keldi. Ikkala o‘g‘ilga 2 tadan olma bersa, bu adolatdan bo‘ladi. Bir o‘g‘liga bitta, ikkinchi o‘g‘liga uchta olma bersa, bu adolatsizlik bo‘ladi».

Jur’at so‘zini obrazli tarzda quyidagicha tushuntirish mumkin: « O‘ qu v chilar, jur’at – bu xavf-xatar, qiyinchiliklardan hayiqmay qilingan ish. Hayotda ko‘p holda kishiga jur’at kerak bo‘ladi. Masalan, tishingiz og‘rib qolsa, tish shifokoriga borishingiz uchun jur’at kerak. Yoki matematikadan sizga qiyin misol berilgan bo‘lsa, uni yechish uchun ham jur’at kerak. Jur’atni, o‘quvchilar, jarlik ustidan sakrab o‘tayotgan otga o‘xshatish mumkin. Chunki jarlik ustidan sakrab o‘tish uchun katta jur’at, jasorat kerak. O‘quvchilar, hayotda qiyinchiliklardan qo‘rqmay, jur’at bilan ish tutsangiz, ko‘zlagan maqsadingizga erishasiz».

So‘z ma’nosini tushuntirish ‒ hali o‘quvchilar lug‘atini boyitishning birinchi bosqichi xolos. So‘z o‘quvchining “o‘z mulki”ga aylanishi, ya’ni faol lug‘atiga kirishi uchun katta ishni amalga oshirish talab qilinadi. Nutq o‘stirish bo‘yicha tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu borada shablon va rejasizlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Har bir dars uchun rejalashtiriladigan so‘z ustidagi izchil, puxta, doimiy ish olib borilishi lozim.

O‘quvchilar uchun tushunarsiz va nofaol so‘zlarni faollashtirishning quyidagi yo‘llari mavjud:

1. Boshlang‘ich sinf “Ona tili” darsliklarida berilgan o‘quvchilar lug‘atini faollashtirishga doir mashqlarni bajartirish.

2. O‘qish darslarida o‘qiganlarini qayta hikoyalash, suhbat, bayon, inshoda yangi va nofaol so‘zlarni qo‘llash.

3. Ona tili va o‘qish darslarida o‘qituvchining o‘zi tomonidan tuzilgan mashq va topshiriqlardan foydalanish.

4. Ona tili darsligidagi mashqlarga qo‘shimcha topshiriqlar ilova qilish.

Biz bu maqolada uchinchi va to‘rtinchi yo‘l haqida so‘z yuritamiz.

Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar lug‘atini faollashtirish uchun o‘qituvchining o‘zi tomonidan tuziladigan quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:

1. Har bir qatordagi o‘zakdosh so‘zlarni toping.

Qadrli, aziz, qadrdon;

Vafodor, sadoqatli, bevafo;

Mehrli, xushfe’l, mehribon;

Qo‘pol, qo‘rs, qo‘pollik.

O‘zakdosh so‘zlarni ajratib yozing. O‘zagini belgilang. Shu so‘zlardan istagan birini qo‘llab gap tuzing.

2. Sabr, hurmat, e’tibor so‘zlariga o‘zakdosh so‘zlar toping.

Izohli lug‘atdan bu so‘zlarning ma’nosini o‘qing va eslab qoling.

1) Insonni nima uchun hurmat qilish mumkin?

2) Har qanday odam hurmatga loyiqmi?

3. Har bir so‘zning qaysi turkumiga kirishini aniqlang.

Ishonch, ishonmoq, e’tibor, ishonchli, mehmondo‘st, mazax qilmoq, xafa qilmoq, xushfe’l, bag‘ritosh, nafratlanmoq, yaxshi ko‘rmoq, loqayd, hurmat, halol, rost, rostgo‘y, shafqatsiz, insonparvar.

So‘zlarni uch ustunchaga ajratib yozing: ot, sifat, fe’l. Insonning ijobiy xislatlarini ayting. Bag‘ritosh va mehribon so‘zlarining ma’nosini tushuntiring.

4. Berilgan so‘zlarga qarama-qarshi ma’noli so‘zlar topib yozing.

Dono odam ‒ nodon odam ; xushfe’l yigit ‒…; jasur askar ‒…; shirinso‘z bola ‒…; bag‘ritosh odam ‒…; qahrli nigoh ‒…

Foydalanish uchun so‘zlar: badfe’l, mehribon,qo‘rqoq, qo‘pol, mehrli.

5. Berilgan sifatlarning umumiy jihati nimada? Ularning ma’nosida qanday farq bor?

Xushmuomala, shirinso‘z, xushfe’l, nazokatli, odobli, muloyim, kirishimli, dilkash.

6. Lug‘at diktanti.

Birinchi ustunchaga odamlar qanday bo‘lishi kerakligi bildiruvchi, ikkinchi ustunchaga qanday bo‘lmasligi kerakligini bildiruvchi so‘zlarni yozing.

Xushfe’l, qo‘pol, yolg‘inchi, halol, vijdonli, qasoskor, sabrli, shafqatli, to‘g‘ri-so‘z, shafqatsiz.

Shu so‘zlardan uchtasini tanlab gap tuzing.

7.Quyidagi gaplardan to‘g‘ri so‘zining ma’nolarini qiyoslang.

To‘g‘ri odam yolg‘on gapimaydi.Nodirning javobi to‘g‘ri.

Qaysi so‘zlar birinchi gapga, qaysi so‘zlar ikkinchi gapga mos keladi: halol, aniq, insofli, rost.

8.Yumshoq va muloyim so‘zlarini quyida berilgan qaysi otlar bilan bog‘lash mumkin?

Divan, so‘z, odam, mum, kulgi, yostiq, xamir, ko‘rpa, muomala.

9.Qarama-qarshi ma’noli so‘z yozib, ma’nosini izohlang.

shafqatsiz ‒…;

xushmuomala ‒ …;

Boshlang‘ich sinf “Ona tili” darsliklaridagi mashqlarga quyidagi qo‘shimcha topshiriqlarni tavsiya qilamiz:

1. 2-sinf “Ona tili” darsligidagi [4] 25-mashqqa. Inoq, intizom, ilg‘or, ilm, pichan, nihol, koinot so‘zlari ishtirokida so‘z birikmasi tuzing.

Foydalanish uchun so‘zlar: do‘stlar, rioya qilmoq, mamlakat, maktab, o‘rmoq, o‘tqazmoq, cheksiz, olmoq.

Inoq, ilm, nihol, koinot so‘zlariga ma’nodosh so‘zlar toping .

2. 2-sinf “Ona tili” darsligidagi 53-mashqqa. Haykal, hamshira, handalak, hashar, harorat, hoshiya so‘zlari ishtirokida so‘z birikmalari tuzing.

Foydalanish uchun so‘zlar: xushbo‘y, Navoiy, ayol, umumxalq, xona, daftar.

Shu so‘z birikmalaridan uchtasini tanlab gap tuzing.

3. 3-sinf ”Ona tili” darsligidagi [1] 21-mashqqa. Anhor, olxo‘ri, javon, nordon, arqon, poda, beda, sabr so‘zlari ishtirokida so‘z birikmasi tuzing. Foydalanish uchun so‘zlar: katta, kitob, uzun, qora, tezoqar, ko‘m-ko‘k, olma.

Poda so‘zining uyur, gala so‘zlaridan farqini ayting.

4. 3-sinf “Ona tili” darsligidagi 39-mashqqa. An’ana, marifat, e’tirof, ta’na, ta’ziya so‘zlarining ma’nosini lug‘atdan foydalanib izohlang.

Shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi tuzing.

An’ana, marifat, ta’na so‘zlariga ma’nodosh so‘zlar toping.

5 . 3-sinf “Ona tili” darsligidagi 40-mashqqa.

Ma’naviyat, ma’rifat, da’vogar, ta’sirchan, ma’murchilik, mas’uliyat, ta’-minot, e’tiqod, ma’yuslanmoq so‘zlarining ma’nosini lug‘atdan foydalanib izohlang. Ta’sirchan, ma’murchilik, ma’suliyat, e’tiqod, ma’yuslanmoq so‘zlariga ma’nodosh so‘zlar toping. Shu so‘zlar ishtirokida bittadan gap tuzing.

Mashqda berilgan mazkur so‘zlar ma’nisini 3-sinf o‘quvchisi bilmaydi. Bu so‘zlar ustida lug­‘at ishi o‘tkazilmasa, ular hatto o‘quvchining nofaol lug‘atiga ham kirmay qoladi.

6. 3-sinf “Ona tili” darsligidagi 42-mashqqa. Lu g‘ atdan foydalanib qur’on, qo‘rg‘on, mo‘jiza, da’vat, so‘na, ma’sul, me’mor, qit’a, so‘gal, sa’va, to‘ng‘iz so‘zlarining ma’nosini izohlang.

Shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi tuzing. Foydalanish uchun so‘zlar: mustahkam, tabiat, hushyorlik, shaxs, o‘qimoq, bino, olti, g‘adir-budur, mitti, ovlamoq.

7. 3-sinf ”Ona tili” darsligidagi 310-mashqqa. (Mashqda “Mening onam” mavzusida 5-6 gapdan iborat matn yozing” deb topshiriq berilgan.) Matnda quyidagi so‘z va iboralardan foydalaning: oq yuvib, oq taragan, mehribon, istamoq, ko‘maklashmoq, tortiq qilmoq.

8. 3-sinf ”Ona tili” darsligidagi 326-mashqqa. Kezaman so‘ziga ma’nodosh so‘z toping.

9. 4-sinf “Ona tili” darsligidagi [2] 94-mashqqa.Teatr, radio, manfaat, kakao, mutolaa, chavandoz so‘zlarining ma’nosini lug‘atdan foydalanib izohlang.

Bu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi tuzing. Foydalanish uchun so‘zlar: aktyor, ko‘rmoq, mohir, ichmoq, kitob, eshitmoq.

10. 4-sinf “Ona tili” darsligidagi 103-mashqqa. Jadval, jayron, jurnal, ijozat, tarjimon so‘zla-rining ma’nosini lug‘atdan foydalanib izohlang.

Shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi tuzing. Foydalanish uchun so‘zlar: go‘zal, ko‘paytirish, olmoq, “G‘uncha”, mohir.

Jayron va jiyron so‘zlarining farqini ayting.

Foydalanilgan adabiotlar:

1. Fuzailov S., Xudoyberganova M., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili 3-sinf uchun darslik. – Toshkent.: «O‘qituvchi», 2014. – 144 b.

2. Ikromova R., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Shodmonqulova D. Ona tili. 4-sinf uchun darslik. – Toshkent: «O‘qituvchi», 2015. – 192 b.

3. Matchonov S., Shojalilov A., X. G‘ulomova, Sh. Sariyev, Z. Dolimov. O‘qish kitobi. 4-sinf uchun darslik. – Toshkent: “Yangiyo‘l poligraf servis”, 2015. – 240 b.

4. Qosimova K., Fuzailov S., Ne’matova A. Ona tili. 2-sinf uchun darslik. – Toshkent.: «Cho‘lpon», 2014. – 128 b.

5. G‘afforova T., Shodmonov E., G‘ulomova X. Ona tili. 1-sinf uchun darslik. – Toshkent: “Sharq”, 2015. – 112 b.

6. G‘afforova T., Shodmonov E., G‘ulomova X. O‘qish kitobi. 1-sinf uchun darslik. – Toshkent: “Sharq”, 2015. – 112 b.

7. Львов М.Р. Речь младших школьников и пути её развития. ‒ Москва: «Просвещение», 1975. – 176 c.

8. Сафаров Ф. С. Бошланғич синф ўқувчиларига мавҳум тушунчаларни образ воситасида тушунтириш. ‒ “Педагогик маҳорат” журнали. Бухоро, 2013, 2-сон, Б. 50 – 53 .

9. Текучев А. В. Методика преподавания русского языка в средней школе. Москва, 1980. – 224 c .

Поиск материала «0‘zbek tili, Ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 7-sinfi uchun darslik, Muxitdinova X.S., Avlakulov Y.I., Nuriddinova D.A., 2017» для чтения, скачивания и покупки

Найденные материалы, документы, бумажные и электронные книги и файлы:

Ниже показаны результаты поиска поисковой системы Яндекс. В результатах могут быть показаны как эта книга, так и похожие на нее по названию или автору.

Search results:

O ’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha ixtisoslashtirilgan davlat maktablari va umumta’ lim maktablari uchun 7 – sinf darsliklari . Выберите рубрику Abituriyentlar uchun Abituriyentlarga Aforizmlar Attestatsiya Biologiya Biznes rejalar Bola tarbiyasi Bolalar uchun Bu qiziq Dars ishlanmalar Darsliklar Darsliklar 2021 Ertaklar to’plami Fizika Foydali Foydali ma’lumotlar Go’zallik sirlari Imtihon 2022 Ingliz tili darslari Ish reja 2021 Ismlar manosi Jismoniy tarbiya Kimyo Kitoblar Mantiqiy savollar Maqollar Matematika O ’qituvchilarga O ’quvchilarga Olimpiada savollari Ona tili va adabiyot Ota-onalarga PISA. bilimlar.uz

larda olib boriladigan maktablarning 6- sinfi uchun darslik /. X.S. Muxitdinova , Ya.I. Avlakulov , D.A. Nuriddinova . – T.: «Yangiyo‘l poligraph ser vice», 2013. Erta-yu kech kitob mutolaasi bilan. band bo‘lar, dilida esa bitta orzu, lekin uni Xojaga aytishga negadir. tili bormas , bunga «ziqna» kutubxona sohibi rozi bo‘lmasligini ham. bilardi. Oqibat shunday bo‘ldiki, bir kuni Ibn Sino mutolaaga berilib. fayllar.org

Канцтовары: бумага, ручки, карандаши, тетради. Ранцы, рюкзаки, сумки. И многое другое. my-shop.ru Купить

E’tiboringizga 7 – sinf darsliklar ni taqdim etamiz. Ushbu kitoblarni yuklab oling va ulardan foydalaning. 7 – sinf darsliklar O ’ zbek tilida Rus tilida Adabiyot Adabiyot Algebra Algebra (AFIDUM) Algebra Fizika Fizika (AFIDUM) Fizika Fransuz tili Geografiya Geografiya Geometriya Geometriya Ingliz tili Ingliz tili metodika Informatika va axborot. Osiyo mamlakatlarining o‘rta asr shaharlari 3. 7 sinf Jahon tarixi mavzulashtirilgan testlar. Ushbu mavzulashtirilgan testlarni yeching va mavzu bo’yicha bilimlaringizni mustahkamlang. Testni yechib bo’lgandan so’ng. abiturtest.uz

2021-2022 o’quv yili uchun barcha fanlardan yangi 2021 maktab darsliklari yuklab oling. 1-sinflar Darslik nomi Yukab olish Mb Matematika Yuklab olish 46,2 Matematika mashq daftari Yuklab olish 29,8 Fransuz tili Yuklab olish 128 Nemis tili Yuklab olish 108 Nemis. Respublika talim markazi tomonidan 2021-2022-o’quv yili uchun tayyorlangan ozbek tilidagi 1-sinf darsliklarining elektron variantini yuklab oling Alifbe Ona tili va o’qish savodxonligi Matematika Tabiiy fanlar Musiqa. bilimlar.uz

larda olib boriladigan maktablarning 6- sinfi uchun darslik /. X.S. Muxitdinova , Ya.I. Avlakulov , D.A. Nuriddinova . – T.: «Yangiyo‘l poligraph ser vice», 2013. – 144 bet. I. Muxitdinova X.S. KBK 81.2O‘zb-922. UDK: 811.512.133(075). Erta-yu kech kitob mutolaasi bilan. band bo‘lar, dilida esa bitta orzu, lekin uni Xojaga aytishga negadir. tili bormas , bunga «ziqna» kutubxona sohibi rozi bo‘lmasligini ham. bilardi. Oqibat shunday bo‘ldiki, bir kuni Ibn Sino mutolaaga berilib. fayllar.org

1 2021-2022 o ’quv yili uchun barcha fanlardan yangi 2021 maktab darsliklari yuklab oling . Выберите рубрику Abituriyentlar uchun Abituriyentlarga Aforizmlar Attestatsiya Biologiya Biznes rejalar Bola tarbiyasi Bolalar uchun Bu qiziq Dars ishlanmalar Darsliklar Darsliklar 2021 Ertaklar to’plami Fizika Foydali Foydali ma’lumotlar Go’zallik sirlari Imtihon 2022 Ingliz tili darslari Ish reja 2021 Ismlar manosi Jismoniy tarbiya Kimyo Kitoblar Mantiqiy savollar Maqollar Matematika O ’qituvchilarga O ’quvchilarga Olimpiada savollari Ona tili va adabiyot Ota-onalarga PISA. bilimlar.uz

Nemis tili fanidan barcha sinf darslik . Darsliklarning elektron shakllari Kitoblarni yuklab olish uchun yuklab olish yozuvi ustiga bosing va kitob sizning. Вопросы олимпиады по родному языку и литературе. Чтобы загрузить вопросы об Олимпийских играх, щелкните один раз нужный файл или нажмите кнопку « скачать ». 9-10-11-ona- tili – va -adabiyot скачать 9- sinf -insho скачать 9- sinf -ona- tili – va -adabiyot-test. mbaza.uz

1-2-3-4-5-6- 7 -8-9- sinflar uchun Tarbiya fanidan darsliklar to’plami. Выберите рубрику Abituriyentlar uchun Abituriyentlarga Aforizmlar Attestatsiya Biologiya Biznes rejalar Bola tarbiyasi Bolalar uchun Bu qiziq Dars ishlanmalar Darsliklar Darsliklar 2021 Ertaklar to’plami Fizika Foydali Foydali ma’lumotlar Go’zallik sirlari Imtihon 2022 Ingliz tili darslari Ish reja 2021 Ismlar manosi Jismoniy tarbiya Kimyo Kitoblar Mantiqiy savollar Maqollar Matematika O ’qituvchilarga O ’quvchilarga Olimpiada savollari Ona tili va adabiyot Ota-onalarga PISA. bilimlar.uz

Etiboringizga 2- sinf darsliklar ni havola etamiz. Ushbu 2- sinf darsliklarni yuklab oling va ulardan foydalaning. O ‘ zbek tilida Rus tilida Atrofimizdagi olam Atrofimizdagi olam Matematika Matematika Musiqa Musiqa Ingliz tili Ingliz tili Ingliz tili (daftar) Ingliz tili (daftar) Fransuz. Darsliklarning elektron shakllari 4- sinflar uchun . 4- sinf kitoblarini yuklab oling . Darsliklarni yuklab olish uchun kerakli darslik ustiga bir marta bosing. ilmlar.uz

Ushbu konstitutsiyaviy burch va vazifalardan kelib chiqib O’zbekistonda ta ‘ lim 7 tilga olib boriladigan bo’ldi. Noo’zbek guruhlarda ularga o’z ona tilini o’qitish bilan birga o ‘ zbek tilini davlat tili sifatida o’qitish ham yo’lga qo’yilishi mamlakatimizda Asosiy qonunimiz hamda «Davlat tili to’g’risidagi» Qonun talablarini bajarishda muhim dasturamal bo’lib xizmat qildi. Ta ‘ lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o ‘ zbek tili fanini davlat tili sifatida o’qitish, bu fandan o’quvchilarda ma’lum kompetensiyalarni shakllantirish uchun Davlat ta ‘ lim standarti va o’quv dasturlarida mazkur fanning maqsad va vazifalari belgilab olindi . cyberleninka.ru

O ’qituvchi bolaga ta ’ lim berish jarayonida har bir fanning oddiylikdan murakkablik sari izchil davom etgan asoslariga tayanadi. Bu asoslar esa o ’quv adabiyotlari – darsliklarda mufassal aks ettiriladi. Ta’kidlash o ’rinliki, istiqlol yillarida umumiy o ’rta ta ’ lim maktablari uchun darsliklarning yangi avlodini yaratish davlat miqyosidagi vazifaga aylandi. Chindan ham har bir o ’quvchining darsliklar bilan to’liq ta’minlanishi ta ’ lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu sahifada maktab o ’quvchilariga mo’ljallangan barcha sinf darsliklarning elektron nusxasini ko’chirib olishingiz mumkin. baxtiyor.uz

Suhbatni dàvîm ettiring và o‘zingiz mustàqil pishir-. gan taomingizni tayyorlash tartibini gapirib bering. — Ìån uydà yakkà o‘zim mustàqil hîldà pàlîv pishirdim. Bu-. ning uchun àvvàl . — Ìån esà màstàvà pishirishni o‘rgàndim. Yashnarbek Ibragimovich AVLAKULOV , Dildora Abrorovna NURIDDINOVA . O‘ zbek tili . Ta ’ lim rus tilida olib boriladigan . maktablarning 6- sinfi uchun darslik . fayllar.org

Respublika ta ‘ lim markazi tomonidan 2021-2022-o’quv yili uchun tayyorlangan o ‘ zbek tilidagi 1- sinf . Выберите рубрику Abituriyentlar uchun Abituriyentlarga Aforizmlar Attestatsiya Biologiya Biznes rejalar Bola tarbiyasi Bolalar uchun Bu qiziq Dars ishlanmalar Darsliklar Darsliklar 2021 Ertaklar to’plami Fizika Foydali Foydali ma’lumotlar Go’zallik sirlari Imtihon 2022 Ingliz tili darslari Ish reja 2021 Ismlar manosi Jismoniy tarbiya Kimyo Kitoblar Mantiqiy savollar Maqollar Matematika O’qituvchilarga O’quvchilarga Olimpiada savollari Ona tili va adabiyot Ota-onalarga PISA. bilimlar.uz

Respublika talim markazi tomonidan 2021-2022-o’quv yili uchun Milliy o’quv dasturi asosida tayyorlangan 2-sinf darsliklarining elektron variantini yuklab oling. Fan: 2-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi,1-qism Fan: 2-sinf Texnologiya Fan: 2-sinf Matematika Fan: 2-sinf Rus tili Fan: 2-sinf Tasviriy san’at Fan: 2-sinf Musiqa. Talim rus tilida olib boriladigan maktablari uchun. bilimlar.uz

O ’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha ixtisoslashtirilgan davlat maktablari va umumta’ lim maktablari uchun 3- sinf darsliklari . Выберите рубрику Abituriyentlar uchun Abituriyentlarga Aforizmlar Attestatsiya Biologiya Biznes rejalar Bola tarbiyasi Bolalar uchun Bu qiziq Dars ishlanmalar Darsliklar Darsliklar 2021 Ertaklar to’plami Fizika Foydali Foydali ma’lumotlar Go’zallik sirlari Imtihon 2022 Ingliz tili darslari Ish reja 2021 Ismlar manosi Jismoniy tarbiya Kimyo Kitoblar Mantiqiy savollar Maqollar Matematika O ’qituvchilarga O ’quvchilarga Olimpiada savollari Ona tili va adabiyot Ota-onalarga PISA. bilimlar.uz

O ’qituvchilar uchun 1-2-3-4-5-6- 7 -8-9-10-11- sinflar uchun Rus tili fanidan barcha mavzulardan yillik dars ishlanmalar to’plami yuklab oling . Выберите рубрику Abituriyentlar uchun Abituriyentlarga Aforizmlar Attestatsiya Biologiya Biznes rejalar Bola tarbiyasi Bolalar uchun Bu qiziq Dars ishlanmalar Darsliklar Darsliklar 2021 Ertaklar to’plami Fizika Foydali Foydali ma’lumotlar Go’zallik sirlari Imtihon 2022 Ingliz tili darslari Ish reja 2021 Ismlar manosi Jismoniy tarbiya Kimyo Kitoblar Mantiqiy savollar Maqollar Matematika O ’qituvchilarga O ’quvchilarga Olimpiada savollari Ona tili va adabiyot. bilimlar.uz

O ’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha ixtisoslashtirilgan davlat maktablari va umumta’ lim maktablari uchun 2- sinf darsliklari . Выберите рубрику Abituriyentlar uchun Abituriyentlarga Aforizmlar Attestatsiya Biologiya Biznes rejalar Bola tarbiyasi Bolalar uchun Bu qiziq Dars ishlanmalar Darsliklar Darsliklar 2021 Ertaklar to’plami Fizika Foydali Foydali ma’lumotlar Go’zallik sirlari Imtihon 2022 Ingliz tili darslari Ish reja 2021 Ismlar manosi Jismoniy tarbiya Kimyo Kitoblar Mantiqiy savollar Maqollar Matematika O ’qituvchilarga O ’quvchilarga Olimpiada savollari Ona tili va adabiyot Ota-onalarga PISA. bilimlar.uz

O ’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha ixtisoslashtirilgan davlat maktablari va umumta’ lim maktablari uchun 6- sinf darsliklari . Выберите рубрику Abituriyentlar uchun Abituriyentlarga Aforizmlar Attestatsiya Biologiya Biznes rejalar Bola tarbiyasi Bolalar uchun Bu qiziq Dars ishlanmalar Darsliklar Darsliklar 2021 Ertaklar to’plami Fizika Foydali Foydali ma’lumotlar Go’zallik sirlari Imtihon 2022 Ingliz tili darslari Ish reja 2021 Ismlar manosi Jismoniy tarbiya Kimyo Kitoblar Mantiqiy savollar Maqollar Matematika O ’qituvchilarga O ’quvchilarga Olimpiada savollari Ona tili va adabiyot Ota-onalarga PISA. bilimlar.uz

darsliklar to`plami – har yili Jamg`arma Vasiylik kengashi tomonidan tegishli sinflar va ta ’ lim tillari bo`yicha tasdiqlanadigan ijara tizimiga kiradigan darsliklar . 2. O `zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 31 maydagi PQ-362-sonli “Umumta’lim maktablari o `quvchilarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi q aroriga muvofiq, umumta’lim maktablarining birinchi sinf o `quvchilari uchun darsliklar har yili, 2 – 4- sinflar uchun – ikki yilda bir marta va 5 – 9- sinflar uchun – to`rt yilda bir. nrm.uz

Barcha fanlardan ixtisoslashtirilgan davlat maktablari va umumta’ lim maktablari uchun 8- sinf darsliklari . Выберите рубрику Abituriyentlar uchun Abituriyentlarga Aforizmlar Attestatsiya Biologiya Biznes rejalar Bola tarbiyasi Bolalar uchun Bu qiziq Dars ishlanmalar Darsliklar Darsliklar 2021 Ertaklar to’plami Fizika Foydali Foydali ma’lumotlar Go’zallik sirlari Imtihon 2022 Ingliz tili darslari Ish reja 2021 Ismlar manosi Jismoniy tarbiya Kimyo Kitoblar Mantiqiy savollar Maqollar Matematika O ’qituvchilarga O ’quvchilarga Olimpiada savollari Ona tili va adabiyot Ota-onalarga PISA. bilimlar.uz

Ona tili fanini o’qitishning bosh maqsadi yoshlarimizning ijodiy- mustaqil, o’z fikrini erkin va ta’sirli, mazmunli va mantiqli qilib yozma va og’zaki shaklda ifodalashga, o ‘ zbek tili qonun- qoidalarini ongli o’zlashtirishga o’rgatish, shuningdek, ularning fikr doiralarini kengaytirishga, ona yurtimizga, avlod-ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviyatimizga, milliy urf-odatlarimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Boshlang’ich ta ‘ lim bosqichida yangi tahrirdagi DTS lari asosida o’quvchilarni ona tili ta ‘ limi sohasi bo’yicha tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan talablar standart me’zon orqali aks ettiriladi znanio.ru

10- sinf darsliklari barcha fanlardan ixtisoslashtirilgan davlat maktablari va umumta’ lim maktablari uchun . Выберите рубрику Abituriyentlar uchun Abituriyentlarga Aforizmlar Attestatsiya Biologiya Biznes rejalar Bola tarbiyasi Bolalar uchun Bu qiziq Dars ishlanmalar Darsliklar Darsliklar 2021 Ertaklar to’plami Fizika Foydali Foydali ma’lumotlar Go’zallik sirlari Imtihon 2022 Ingliz tili darslari Ish reja 2021 Ismlar manosi Jismoniy tarbiya Kimyo Kitoblar Mantiqiy savollar Maqollar Matematika O ’qituvchilarga O ’quvchilarga Olimpiada savollari Ona tili va adabiyot Ota-onalarga PISA. bilimlar.uz

Darsliklar va O `MQlarni xarid qilish uchun tasdiqlangan istiqbol kvotalarga fanlar, darsliklar nomlari, ta ’ lim tillari va sinflar kesimida qo`shimchalar va o `zgartirishlar Jamg`arma Vasiylik kengashining qarorlariga asosan kiritiladi. 20. O `zbekiston matbuot va axborot agentligi yarmarkalarda tuzilgan shartnomalar bo`yicha darsliklarni chakana savdo tarmog`i orqali еrkin sotishni hisobga olgan holda, Xalq ta ’ limi vazirligi tomonidan har yili shakllantiriladigan istiqbol kvotalari asosida, har yili 1 iyulga qadar zarur hajmlar va nomlardagi darsliklar hamda O `MQlar chiqarilishini tashkil еtishni ta’minlaydi. nrm.uz

2 UO‘K: 811.512.133 KBK 81.2.O‘zb R 27 Aziz o‘quvchilar! O‘ zbek tilida erkin muloqotga kirishishni o‘rganib, bilimlaringizni yanada oshirishga intilyapsiz. 9- sinfda o‘ zbek tilidan og‘zaki va yozma nutq ko‘ nikma laringizni o‘stirish maqsadida yangi nutqiy mavzular, ularni ifodalashga xizmat qiluvchi leksik va grammatik vositalarni o‘zlashtirasiz. Nutqiy mavzularni izchil va oson o‘zlashtirishingizni ko‘zda tutib, mavzularni 2 – 3 darsga ajratgan holda tavsiya etdik. Mavzu doirasida unga xos nutqiy qoliplarni aks ettirgan matn, matn yuzasidan topshiriq, dialog, mashqlar va uy vazifasini bajarasiz. fayllar.org

2021-2022 o’quv yili uchun barcha fanlardan yangi 2021 maktab darsliklari yuklab oling. 1-sinflar Darslik nomi Yukab olish Mb Matematika Yuklab olish 46,2 Matematika mashq daftari Yuklab olish 29,8 Fransuz tili Yuklab olish 128 Nemis tili Yuklab olish 108 Nemis. Respublika talim markazi tomonidan 2021-2022-o’quv yili uchun tayyorlangan o’zbek tilidagi 1-sinf darsliklarining elektron variantini yuklab oling Alifbe Ona tili va o’qish savodxonligi Matematika Tabiiy fanlar Musiqa. bilimlar.uz

O ’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha ixtisoslashtirilgan davlat maktablari va umumta’ lim maktablari uchun 4- sinf darsliklari . Выберите рубрику Abituriyentlar uchun Abituriyentlarga Aforizmlar Attestatsiya Biologiya Biznes rejalar Bola tarbiyasi Bolalar uchun Bu qiziq Dars ishlanmalar Darsliklar Darsliklar 2021 Ertaklar to’plami Fizika Foydali Foydali ma’lumotlar Go’zallik sirlari Imtihon 2022 Ingliz tili darslari Ish reja 2021 Ismlar manosi Jismoniy tarbiya Kimyo Kitoblar Mantiqiy savollar Maqollar Matematika O ’qituvchilarga O ’quvchilarga Olimpiada savollari Ona tili va adabiyot Ota-onalarga PISA. bilimlar.uz

1-2-3-4-5-6- 7 -8-9-10-11 sinflar uchun 2021-2022 o ‘quv yili uchun to‘liq ish rejalar, uyga vazifalari bilan berilgan hamma fanlardan marhamat yuklab oling . Выберите рубрику Abituriyentlar uchun Abituriyentlarga Aforizmlar Attestatsiya Biologiya Biznes rejalar Bola tarbiyasi Bolalar uchun Bu qiziq Dars ishlanmalar Darsliklar Darsliklar 2021 Ertaklar to’plami Fizika Foydali Foydali ma’lumotlar Go’zallik sirlari Imtihon 2022 Ingliz tili darslari Ish reja 2021 Ismlar manosi Jismoniy tarbiya Kimyo Kitoblar Mantiqiy savollar Maqollar Matematika O ’qituvchilarga O ’quvchilarga Olimpiada savollari Ona tili va adabiyot. bilimlar.uz

O ’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha ixtisoslashtirilgan davlat maktablari va umumta’ lim maktablari uchun 5- sinf darsliklari . Выберите рубрику Abituriyentlar uchun Abituriyentlarga Aforizmlar Attestatsiya Biologiya Biznes rejalar Bola tarbiyasi Bolalar uchun Bu qiziq Dars ishlanmalar Darsliklar Darsliklar 2021 Ertaklar to’plami Fizika Foydali Foydali ma’lumotlar Go’zallik sirlari Imtihon 2022 Ingliz tili darslari Ish reja 2021 Ismlar manosi Jismoniy tarbiya Kimyo Kitoblar Mantiqiy savollar Maqollar Matematika O ’qituvchilarga O ’quvchilarga Olimpiada savollari Ona tili va adabiyot Ota-onalarga PISA. bilimlar.uz

Professor F. M. Zakirovaning umumiy tahriri ostida. Taqrizchilar: T. Z. Teshabayev – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, iqtisod fanlari doktori; B. B. Mo‘minov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, “Informatika asoslari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori; F. R. Tursunova – Toshkent shahar XTXQTMOHM “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o ‘qituvchisi; U. B. Mamatqulov – Qashqadaryo viloyati Koson tumani 9-umumiy o ‘rta ta ’ lim . bilimlar.uz

7 -sinf darsliklari yuklab olish tartibi. Darsliklarni yuklab olish uchun kerakli fanni ustiga bosing. Выберите рубрику Abituriyentlar uchun Abituriyentlarga Aforizmlar Attestatsiya Biologiya Biznes rejalar Bola tarbiyasi Bolalar uchun Bu qiziq Dars ishlanmalar Darsliklar Darsliklar 2021 Ertaklar to’plami Fizika Foydali Foydali ma’lumotlar Go’zallik sirlari Imtihon 2022 Ingliz tili darslari Ish reja 2021 Ismlar manosi Jismoniy tarbiya Kimyo Kitoblar Mantiqiy savollar Maqollar Matematika O’qituvchilarga O’quvchilarga Olimpiada savollari Ona tili va adabiyot Ota-onalarga PISA. bilimlar.uz

Respublika talim markazi tomonidan 2021-2022-o’quv yili uchun Milliy o’quv dasturi asosida tayyorlangan 2-sinf darsliklarining elektron variantini yuklab oling. Fan: 2-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi,1-qism Fan: 2-sinf Texnologiya Fan: 2-sinf Matematika Fan: 2-sinf Rus tili Fan: 2-sinf Tasviriy san’at Fan: 2-sinf Musiqa. Talim rus tilida olib boriladigan maktablari uchun. bilimlar.uz

1 2021-2022 o’quv yili uchun barcha fanlardan yangi 2021 maktab darsliklari yuklab oling . Выберите рубрику Abituriyentlar uchun Abituriyentlarga Aforizmlar Attestatsiya Biologiya Biznes rejalar Bola tarbiyasi Bolalar uchun Bu qiziq Dars ishlanmalar Darsliklar Darsliklar 2021 Ertaklar to’plami Fizika Foydali Foydali ma’lumotlar Go’zallik sirlari Imtihon 2022 Ingliz tili darslari Ish reja 2021 Ismlar manosi Jismoniy tarbiya Kimyo Kitoblar Mantiqiy savollar Maqollar Matematika O’qituvchilarga O’quvchilarga Olimpiada savollari Ona tili va adabiyot Ota-onalarga PISA. bilimlar.uz

На данной странице Вы можете найти лучшие результаты поиска для чтения, скачивания и покупки на интернет сайтах материалов, документов, бумажных и электронных книг и файлов похожих на материал «0‘zbek tili, Ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 7-sinfi uchun darslik, Muxitdinova X.S., Avlakulov Y.I., Nuriddinova D.A., 2017»

Для формирования результатов поиска документов использован сервис Яндекс.XML.

Нашлось 48 млн ответов. Показаны первые 32 результата(ов).

Vazirlik maktab darsliklari uchun ijara narxlarini belgiladi

Yangi o‘quv mavsumida umumta’lim maktablarini darsliklar bilan ta’minlash ijara tizimiga kiritilgan darsliklar to‘plamiga belgilangan yagona to‘lov miqdori e’lon qilindi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2017/2018 o‘quv yilida umumta’lim maktablarini darsliklar bilan ta’minlash ijara tizimiga kiritilgan ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablar uchun darsliklar ijara to‘plamiga belgilangan yagona ijara to‘lov miqdori quyidagicha belgilandi.

T/r

Sinf

To‘plamga kiritilgan darsliklar ro‘yxati

To‘plamdagi darsliklar soni

Darslik bir
to‘plami uchun
yillik ijara
narxi
(so‘m)

Ona tili, O‘qish kitobi, Rus tili, Matematika, Atrofimizdagi olam, Odobnoma, Tasviriy san’at, Musiqa, Jismoniy tarbiya, Mehnat ta’limi.

10

8 500

Ona tili, O‘qish kitobi, Rus tili, Matematika, Tabiatshunoslik, Odobnoma, Tasviriy san’at, Musiqa, Jismoniy tarbiya, Mehnat ta’limi.

10

9 800

Ona tili, O‘qish kitobi, Rus tili, Matematika, Tabiatshunoslik, Odobnoma, Musiqa, Jismoniy tarbiya, Tasviriy san’at, Texnologiya.

10

11 900

Ona tili, Adabiyot (1,2-qism), Rus tili, Tarixdan hikoyalar, Matematika, Botanika, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, Vatan tuyg‘usi, Musiqa, Tasviriy san’at, Mehnat ta’limi, Informatika va axborot texnologiyalari.

12

7 400

Ona tili, Adabiyot (1,2-qism), Rus tili, Tarixdan hikoyalar, Botanika, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, Vatan tuyg‘usi, Musiqa, Tasviriy san’at, Mehnat ta’limi, Informatika va axborot texnologiyalari, Matematika (iqtidorli bolalar uchun)

12

9 600

Ona tili, Adabiyot (1-2 qism), Rus tili, Tarix, Matematika, Fizika, Botanika, Informatika va axborot texnologiyalari, Geografiya, Musiqa, Tasviriy san’at, Texnologiya, Vatan tuyg‘usi.

13

11 000

Ona tili, Adabiyot (1-2 qism), Rus tili, Tarix, Botanika, Informatika va axborot texnologiyalari, Geografiya, Musiqa, Tasviriy san’at, Texnologiya, Vatan tuyg‘usi, Matematika (iqtidorli bolalar uchun), Fizika (iqtidorlik bolalar uchun).

13

15 000

Ona tili, Adabiyot, Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Algebra, Geometriya, Fizika, Kimyo, Zoologiya, Geografiya, Informatika va axborot texnologiyalari, Musiqa, Tasviriy san’at, Texnologiya, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari.

16

13 700

Ona tili, Adabiyot, Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Geometriya, Kimyo, Zoologiya, Geografiya, Informatika va axborot texnologiyalari, Musiqa, Tasviriy san’at, Texnologiya, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, Algebra (iqtidorli bolalar uchun), Fizika (iqtidorli bolalar uchun).

16

18 900

Ona tili, Adabiyot (1, 2-qism), Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, O‘zbekiston davlat va huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Algebra, Geometriya, Fizika, Kimyo, Odam va uning salomatligi, Geografiya, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, Informatika va axborot texnologiyalari, Chizmachilik.

16

8 900

Ona tili, Adabiyot (1, 2-qism), Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, O‘zbekiston davlat va huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Geometriya, Kimyo, Odam va uning salomatligi, Geografiya, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, Informatika va axborot texnologiyalari, Chizmachilik, Algebra (iqtidorli bolalar uchun), Fizika (iqtidorli bolalar uchun)

16

13 900

Ona tili, Adabiyot (1, 2-qism), Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Konstituttsiyaviy huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Algebra, Geometriya, Informatika va axborot texnologiyalari, Fizika, Kimyo, Biologiya sitologiya va genetika asoslari, Jahon iqtisodiy -ijtimoiy geografiyasi, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, Chizmachilik.

16

9 400

Ona tili, Adabiyot (1, 2-qism), Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Konstituttsiyaviy huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Geometriya, Informatika va axborot texnologiyalari, Kimyo, Biologiya sitologiya va genetika asoslari, Jahon iqtisodiy -ijtimoiy geografiyasi, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, Chizmachilik, Algebra (iqtidorli bolalar uchun), Fizika (iqtidorli bolalar uchun)

16

11 900

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 28 aprelda 2577 sonli raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 43-bandiga asosan darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovlari umumta’lim maktabining shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanishi mumkin.

Darsliklardan foydalanish usulidan qat’i nazar, ular yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o‘qituvchilar zararni xuddi shunday darsliklar bilan qoplaydi yoxud ko‘rsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda to‘laydi:

• birinchi sinf o‘quvchilarining har bir darsliklari uchun — uning bir baravari miqdorida;

• 2 – 4 sinf o‘quvchilarining har bir darsliklari uchun — uning ikki baravari miqdorida;

• 5 – 9 sinf o‘quvchilarining har bir darsliklari uchun — uning to‘rt baravari miqdorida.

Shuningdek, birinchi sinf o‘quvchilari, «Mehribonlik» uylari, maxsus maktab va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari bo‘lgan o‘quvchilar va ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilar umumta’lim maktabi kutubxona jamg‘armasi tomonidan darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlanadi. Quyida ta’lim TOJIK, QORAQALPOQ, RUS, TURKMAN, QIRG‘IZ, QOZOQ tillarida olib boriladigan maktablar uchun darsliklar ijara to‘plamiga belgilangan yagona ijara to‘lov miqdori bilan tanishishingiz mumkin.