Press "Enter" to skip to content

2-sinf Ona tili va o qish savodxonligi fanidan mashq daftari 2022

Tashkiliy qism:

Respublika ta’lim markazi |Rasmiy

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

Popular posts

Oxirgi xabar

2023-02-16 14:50:22

Ommalashtirish platformasiga doir ma’lumotlar jamlanmasi

Ommalashtirish tartibi to’g’risidagi nizom

Platformadan foydalanish bo’yicha yo’riqnoma

Ommalashtirish.uz elektron platformasidan foydalanish bo’yicha video yo’riqnoma

Zamonaviy metodikalarini ommalashtirish yuzasidan kelib tushayotgan savollarga javoblar

Platformasidan foydalanish yuzasidan savollarga javob berish uchun maxsus guruh linki

Platformaga esa faqat o’zingiz tayyorlagan ishni joylashtiring!

Ommalashtirishga kelib tushgan haqida ma’lumot

Kanalga obuna bo’lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

4.8K views11:50
2023-02-16 06:40:19

Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maxsus videolar tayyorlandi

“Darsning uch daqiqasi” rukni ostida tayyorlangan qiziqarli videoroliklar eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o’quvchilari uchun surda tarjima qilinmoqda.

Hozirgacha bunday videoroliklarning 5 tasi tarjima qilindi

Matematik amallarni birga bajaramiz! (2-sinf Matematika darsligi 22-dars, 112-bet)
Yo’l harakati qoidalari
Yer yuzidagi issiq va sovuq joylar (2-sinf Tabiiy fan darsligi 25-mavzu)
O‘zbekiston va Lixtenshteynning o‘xshash jihati nimada?
Tabiiy ofatlar: Zilzila vaqtida nima qilish kerak?

Kanalga obuna bo’lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

27.7K views03:40

2023-02-15 11:07:14 “Eks pirt”lar ham koʻpayib ketdi

Darslik muallifi bilan muharrir, rassom va musahhihni farqlay olmaydigan bitta “eks pirt” molxona oralabdi.

Shoʻring qurgʻur darsliklar zamonaviy taʼlim standartlariga javob bermasligini birorta saviyali, dunyo koʻrgan mutaxassis ilmiy isbotlab bermadi, men ham qutulmadim. Garchi muallif boʻlmasam ham, boʻyidan baland gapiradigan, boshqalarni “koʻrsogʻot”likda ayblaydigan nodonlardan zerikdim. Mohiyatning m harfini bilmaydi, lekin aql oʻrgataveradi.

Miriqib tanqid qilinayotgan aksariyat oʻzbekcha darsliklarga muharrirlik va musahhihlik qilganman (darvoqe, muharrir va musahhih boshqa-boshqa ish qiladi). Ana shu jarayonda metodika nima, XXI asr koʻnikmalari nima – yaqinroq tanishdim. Bizda sobiq Ittifoq davridan beri shakllanib kelgan, tushuncha-yu qoidalarni yod olishga qaratilgan taʼlim nazariy bilishga asoslanadi. Yangi darsliklarda bosh yoʻnalish – oʻquvchida koʻnikma shakllantirish. Bola avvalo fikrlashi, tanqidiy tahlil qilishi, nimanidir bajara olishi, ijodkor boʻlishi kerak. Taʼlimga bunday yondashuv chet elda yaqin ellik yildan beri amalda. Bizda endigina shu yoʻlga oʻtildi. Oʻtildi hamki, oʻsha eskicha uslubga oʻrgangan va oʻzi bilgan narsadan boshqa narsalar ham borligini qabul qila olmaydigan toifaning nayzalariga duchor boʻldi. Munavvar qori aytmoqchi, bizning jaholat – jahli murakkab.

Koʻrgan narsasiga ishonib yo xayoliga kelgan gapni gapirib ketavermaslik uchun ham tosh yomgʻiri ostida qolgan yangi “Ona tili” darsliklariga ochiq koʻz va ochiq qalb bilan nazar tashlash kerak. Shunda mediasavodxonlik nima, tekshirilmagan axborotga koʻr-koʻrona ishonmaslik nima, tanqidiy fikrlash nima – oz-moz tasavvur hosil boʻladi.

Hay, hech kimni farosat va insofdan qismasin.

10.6K views08:07
2023-02-15 06:41:08

#Onlayn_seminar
O’quvchilarning mantiqiy va kreativ fikrlashini rivojlantirishda zamonaviy darsliklarning ahamiyati mavzusida onlayn seminar

15-fevral kuni soat 16:30da ixtisoslashtirilgan maktab-internatining oliy toifali geografiya fani o’qituvchisi, Xalq ta’limi fidoyisi Jahongir Ismatov ishtirokida onlayn seminar bo’lib o’tadi.

Seminarda ishtirok etish uchun link
https://us02web.zoom.us/j/82551031145?pwd=UUtyM25jcnNxYzlUN1d3RFlRbnp3Zz09

Kanalga obuna bo’lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

14.4K views03:41
2023-02-14 12:41:36

IQ TEST yeching va kitob yuting!

Respublika ta’lim markazi va KHISO olimpiada maktabidan navbatdagi yutuqli tanlov!

15-fevral kuni soat 11:00 dan soat 22:00 gacha khiso.uz platformasida barcha uchun sovg‘ali IQ TEST o‘tkaziladi.

Testda qatnashish uchun @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Barcha ishtirokchilar QR kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

Olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul!

O‘qituvchilar, talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida eng yaxshi 3 ta natija egasi kitoblar bilan taqdirlanadi!

O‘tgan safargi g‘oliblar bilan saytimizda tanishishingiz mumkin: G‘OLIBLAR

Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

Kanalga obuna bo’lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

17.5K views09:41
2023-02-14 06:39:20

#Boburga_ehtirom
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag’ishlanadi

Ahbob, yig’ilmoqni farog’at tutungiz,
Jamiyatingiz borini davlat tutungiz.
Chun gardishi charx budurur, Tengri uchun,
Bir-birni necha kun g’animat tutungiz.

Ushbu ruboiyda shoir odamlarning bir-biriga g’animatligini, yaqinlarning borligining o’zi davlat ekanligini, bu o’tkinchi dunyoda ko’rayotgan kunga shukronalik lozimligini juda ta’sirli yo’sinda aks ettiradi.

Kanalga obuna bo’lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

33.5K views03:39
2023-02-13 08:28:10

OMMALASHTIRISH ELEKTRON PLATFORMASIGA 9 MINGDAN ORTIQ ISHLAR KELIB TUSHDI

www.ommalashtirish.uz elektron platformasidan joriy yilning 23- yanvaridan – 1-fevraliga qadar boʻlgan muddatda 34 649 nafar umumiy oʻrta taʼlimi maktabi oʻqituvchilari roʻyxatdan oʻtdi va jami 9 064 ta hujjat kelib tushdi.

Kanalga obuna bo’lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

23.6K views05:28
2023-02-10 07:43:36

Tanlovda ishtirok etib, kitoblar jamlanmasini qo’lga kiriting!

Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi munosabati bilan 10-11- fevral kunlari soat 11:00 dan 20:00 ga qadar oʻquvchilar oʻrtasida onlayn tanlov e’lon qilinadi.

Onlayn tanlov ikki yoʻnalishda:
Ona tili va
Navoiy ijodi (9-11-sinf) ga bagʻishlanadi.

Ona tili yuzasidan oʻtkaziladigan tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:
1-bosqich savodxonlik test (umumiy)
2-bosqich O’qib tushunish ko’nikmasini baholovchi testlar (5-6-sinflar, 7-8-9-sinflar va 10-11-sinflar)

13-fevral kuni har bir yo’nalishda yuqori ball toʻplagan 10 ta ishtirokchidan 3 nafari random yoʻli orqali aniqlanadi va 3 ta oʻringa “Asaxiy Books” internet-doʻkonining 20 talik eng koʻp sotilgan kitoblar toʻplami sovgʻa qilinadi.

Tanlov telegram quyidagi bot orqali o’tkaziladi: @rtmtestrobot

Kanalga obuna bo’lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

23.3K viewsedited 04:43
2023-02-09 15:26:20

#Bilasizmi
Mir Alisher Navoiy haqida 15 maʼlumot

Navoiyning ilmga boʻlgan ishtiyoqi erta uygʻonib, 4 yoshida maktabda taʼlim ola boshlagan. Navoiy hazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning “Mantiqut-tayr” asarini yoddan bilganlar.

Kanalga obuna bo’lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

6.8K viewsedited 12:26
2023-02-09 09:01:46

#Navoiyni_eslab
Ilmni kim vositayi joh etar,
Oʻziniyu xalqni gumroh etar.

Ushbu videorolik buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludiga 582-yilligiga bag’ishlanadi. Respublika ta’lim markazi xodimlari Sizga ulug’ mutafakkir ijodini 7 tilda tinglash zavqini baxsh etadilar.

Kanalga obuna bo’lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

2-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan mashq daftari 2022

Mazkur sahifada 2-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan mashq daftari 2022 faylni pastroqda Download tugmasi orqali ko’chirib olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu material PDF formatda bo’lib, 5.55 MB hajmga ega. Materiallar doimiy tarzda yangilanib boriladi. Fayl yangilanganda, bu haqida fayl versiyasi o’zgarganidan bilib olishingiz mumkin.

Bo’lim: 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Versiya: 1
Hajmi: 5.55 MB
Fayl turi: application/pdf
Ko’rishlar: 926 marotaba
Ko’chirishlar: 256 marotaba
Yuklovchi: Ustoz
Yaratilgan: 16-09-2022
Yangilangan: 16-09-2022

Fayl hajmi: 5.55 MB

Sifat bizning ustunligimiz! 2-sinf ona tili va o’qish savodxonligi fanidan mashq daftari 2022 faylni onlayn, mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tmasdan, reklama kutmasdan va to’g’ridan-to’g’ri havola orqali yuklab oling. Shuningdek 1-5 sinf dars ishlanmalar bo’limida joylashgan boshqa materiallarni ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun bo’lim ismi ustiga bosing.

Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein

«Ona tili» 8-sinflar uchun 8- 8- 36-dars

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :

– mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumotlar topish.

– shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish;

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay olish.

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:
88-mashq. Matnni diqqat bilan o‘qing. Unga mos mavzu tanlang.

Afv deb kechurmakni aytilur. Bir kishi qilgan kamchiliklarini bo’yniga olub, o’kunub, kechurmakni so’rasa, afv qilmak lozimdur. Chunki afv yaxshi xulqlarning afzali, insoniyatning fazilatidur. Janobi Haq Qur’oni karimda afvni maqtab madh qilmishdur. Olijanob kishilar uzrni qabul qilur. Bir kishi qusur va qabohatini bo`yniga olub uzr aytsa, afv qilur, kechirur. Kattalik va ulug`likning lazzati birovdan o`ch olmakda emas, balki afv qilmakdadur.

Masalan, Ahmad Mahmudga bir yomon ish qilub dilini og`ritdi. Mahmud Ahmaddan o`chini oldi. Bas, Ahmad ila Mahmudning orasidagi yomonlikdagi farq na o`ldi. Holbuki, har ikkisi ham bir-biriga yomonlik qildi. Har ikkisi ham g`amlik va parishon bo’ldi. Bir yomonlik ikki bo`ldi. Agarda Ahmadning qabohatiga Mahmud afv mukofotini bersa, ikkisi ham shod-u masrur o`lur hamda Janobi Haq afv qiluvchilarni suyar. O`zi ham afv, mag`firat qiluvchidir. No`shiravon: “Bir gunohkorni afv qilmakdan qanday lazzat olganimni hech kimga aytmayman”, – demish.

(Abdulla Avloniy, “Turkiy guliston yoxud axloq”)

89mashq. Matndan olgan xulosangizni 2-3 jumlada ifodalang.

59-topshiriq. Quyidagi so‘zlardan matndagi ajratilgan so`zlarning ma’nodoshlarini aniqlang: yaxshi, maqtamoq, xafa, xushnud, kechirmoq, yomonlik, mag‘rur. .

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar.

2. Inson o`z ko`ngil xotirjamligi uchun afv afzalmi yoki o`ch olmoqmi?

3. Gunohkor va kechiruvchining ikkalasi ham qaysi holatda xursand bo`lishi mumkin?

4. No’shiravon afv qilmak haqida nima degan?

5. Yana qanday go`zal fazilatlarni bilasiz?

V. Uyga vazifa

60-topshiriq. Afv, xulq, afzal, madh qilmoq, uzr, qusur, masrur so‘zlaridan tavsiya etiladigan so‘zlar asosida ma’nodoshlik qatori hosil qiling: аxloq, tarbiya, odob, adab, xulq, xulq-atvor, yurish-turish, yaxshi, durust, tuzuk, maqtamoq, olqishlamoq, ko‘kka ko‘tarmoq, ta’rif-tavsif qilmoq, kechirim, ma’zur, nuqson, kamchilik, xato, yetishmovchilik, mast, shodon, xursand.

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _______________________

«Ona tili» 8-sinflar uchun

8-« » «_____________» 8-« » «_____________»
37-dars KESIM. FE’L KESIM VA OT KESIM

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :

– mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumotlar topish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi :

– shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish;

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay olish.

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual – tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

Bilib oling.

Kesim ifodalanishiga ko‘ra fe’l kesim va ot kesimga ajraladi. Fe’l- kesim sof fe’l va ba’zan ravishdosh bilan ifodalanadi: 1. Hasad bilan g‘azab ikki qanot bo‘lib harakatga kelsa, toza va chiroyli hayotlarni xira va kuduratli qilib yuboradi. (Abu Rayhon Beruniy) 2. Ishning boshi – boshlanguncha.

Eslatma: –guncha qo‘shimchasini olgan ravishdoshgina kesim bo‘lib kelishi mumkin.

Fe’ldan boshqa so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so‘z) bilan, shuningdek, fe’lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan kesim ot kesim deyiladi:

1) ot bilan: Axloqi zamimalarning eng zararligi hasaddur. (A.Avloniy);

2) sifat bilan: Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. (Maqol);

3) son bilan: (Maqol);

4) olmosh bilan: O‘zim har joydaman, ko‘nglim sandadur. (Qo‘shiq);

5) ravish bilan: Savobning eshigi ko`p. (Maqol);

6) modal so‘z bilan: So`zdan so`zning farqi bor, O`ttiz ikki narxi bor. (Maqol);

7) harakat nomi bilan: Burchimiz – a’lo o‘qish.

8) sifatdosh bilan: Yigit kishining uyalgani – o‘lgani, eman daraxtining egilgani – singani. (Maqol)

9) taqlid so‘z bilan: Ko‘chada odam g‘ij-g‘ij.

10) undov so‘z bilan: Endi uning holiga voy.

Fe’l kesim ish-harakatni, ot kesim predmetning turi yoki belgisini ifodalaydi.

90-mashq. Gaplarning kesim bilan bog`liq umumiy belgisini topib, shu belgi asosida yangi gaplar tuzing:

1.Olov o`tinni kuydirib kul qilgani kabi hasad savob amallarni yeb tugatadi. (Hadis) 2.Hasad etgan kishi dun-u dag`aldur, Bu so`z xalq aro eski masaldur. (So`fi Olloyor) 3.Aql ojizlansa, hasad kuchga kiradi. (T.Malik) 4.Odam hamisha yashiradigan, yashirishga urinadigan illat hasaddir. (T.Malik)

91-mashq.“Niyating – yo`ldoshing” mavzusida matn yarating. Matnda fe’l kesimli va ot kesimli gaplar navbat bilan almashib kelishiga erishing.

. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob

V. Uyga vazifa

35.4-mashq. Fe’l kesimli gaplarni ot kesimli gaplarga almashtirib, ko‘chiring. Almashtirib bo‘lmasa, sababibi tushuntiring.

1.Dunyodagi eng og‘ir yuk hasad yukidir. Chunki hosid butun dunyodagi shod va masrur odamlarning qayg`ularini o’z ustiga yuklab yuradi. (Aristotel) 2. Hasad o`sib-o`sib g`arazga, g`araz fitnaga aylanadi. Fitna esa har qanday razolatning onasidir. (O`.Hoshimov) 3. Olimlar orasidagi hasad jamiyat uchun ofatdir. (T.Malik)

35.1-topshiriq. Berilgan so‘zlardan bаrnо, dаvlаtmаnd, erinchаk, mаg‘lub, surbеt, hаyoli, himоya, mudоfаа, huzur-hаlоvаt so‘zlarining antonimlarini aniqlang: mehnatkash, g‘olib, andishali, uyatsiz, chorasizlik, hujum, azob-uqubut, xunuk, kambag‘al.

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _______________________
«Ona tili» 8-sinflar uchun

8-« » «_____________» 8-« » «_____________»
38-dars MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :

– mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumotlar topish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi :

– shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish;

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay olish.

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual – tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

62-topshiriq. Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing. Undagi asosiy fikr ifodalangan uchta gapni aniqlang.

Nazmda ham asl anga ma’ni durur,

Bo`lsun aning surati har ne durur.

Nazmki ma’ni anga marg`ub emas,

Ahli maoniy qoshida xo`b emas.

Nazmki ham surat erur xush anga,

Zimnida ma’ni dog`i dilkash anga.

Yo Rab, ani xalq dilafro`zi et,

Xasta Navoiyg`a dog`i ro`zi et.

63-topshiriq. Berilgan mavzulardan matn uchun mosini tanlang: “Surat va ma’ni”, “Zohir va botin”, “So‘zсhi holin boqma…”.

64mashq.Matndagi ajratilgan so‘zlarning ma’nodoshlari qatorini davom ettiring.

. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob

V. Uyga vazifa

92-mashq. “Suratga emas, siyratga boq” mavzusidagi “Eng ravon nutq” bahsiga tayyorlaning va unda ishtirok eting.

65-topshiriq. jo‘yali, kеrik, siyrat, jаvrаqi, mаg‘rib, nоtоb so‘zlarining ma’nolarini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling: 1) orasi ochilgan; teshiklari katta; 2) yoqimsiz gaplarni kop gapiradigan; 3) tobi qochgan, kasallangan; 4) kunbotish tomon, g‘arb; 5) o‘rinli, muvofiq; 6) odamning ichki olami, ruhiy dunyosi.

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:

«Ona tili» 8-sinflar uchun

8-« » «_____________» 8-« » «_____________»
39-dars SODDA KESIM VA MURAKKAB KESIM

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :

– mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumotlar topish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi :

– shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish;

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay olish.

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual – tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

66-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Kesimlarini aniqlab, ikki guruhga ajrating:

1) bir so‘z bilan ifodalangan kesimlar;

2) birdan ortiq so‘zdan iborat kesimlar.

1.Haqiqat shunchalar achchiqki, odatda, ziravor sifatida xizmat qiladi. (Vladislav Gjechik) 2.Yolg`on yondirar, haqiqat qondirar. (Maqol) 3. Rostlik – do`stlik, Yolg`onchilik – ko`rgulik. (Maqol) 4.Yolg`on ko`pincha ikkiyuzlamachilikdan emas, befarqlikdan kelib chiqadi. (Andre Morua) 5. Ishda to`g`rilik birovning nafsiga, moliga xiyonat qilmoq, so`zda to`g`rilik har vaqt rost so`zlamaklikdur. (A.Avloniy) 6.Haqiqatdan qo`rqqan odam yolg`onning panasiga berkinadi. (O`.Hoshimov)Bilib oling.

Kesimlar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: sodda kesim va murakkab kesim. Bir so‘z bilan ifodalangan kesim sodda kesimdir: Paxta va tilladan yurt bezanadi. Rost gapir. (O`.Hoshimov). Haqiqat achchiq.

Birdan ortiq so‘zdan iborat kesim murakkab kesim deyiladi: 1.O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. 2.Sadafdan inju, ilondan zahar hosil bo`ldug`i kabi rostlikdan foyda, xiyonatdan zarar hosil bo`lur. (A.Avloniy) 3.To‘y – bahor kelganda. 4.Hamma gap – mening yo‘qligimda.

Yordamchi so‘zlar (ko‘makchi fe’l, bog‘lama, nisbiy so‘z va b.lar) ham murakkab kesimni shakllantiradi

67-topshiriq. Ilmiy ma’lumotni quyidagi sxemaga joylashtiring.

93-mashq. Berilgan sodda kesimli gaplarni murakkab kesimli, murakkab kesimli gaplarni sodda kesimli gaplarga aylantiring.

1.Rostlik ila xiyonat ikkisi jam’ kelmas. (A.Avloniy) 2.Rostgo`ylikda xavf-u xatar ko`rsanglar ham, rost so`zlanglar. (Hadisi sharif) 3.Yolg`on uzoqqa ketsa ham, Haqiqat quvib yetar. (Maqol) 4.O`zida biroz haqiqati bo‘lgan chalkashliklar − eng xavflilari. (Adam Smit) 5.Oxir-oqibat yolg`on nima o`zi? − Niqoblangan haqiqat.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob

1. Kesim tuzilishiga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?

2. Sodda kesim nima?

3. Murakkab kesim deb nimaga aytiladi?

4. Sodda va murakkab kesimni shakllantiruvchi vositalarni sanang

V. Uyga vazifa

94-mashq.“Haqiqatning chirog‘i” sarlavhasiga mos maqol va matallardan topib, ularning qo‘llanish o‘rinlari haqida matn yarating.

68-topshiriq. “Qush nomlari” mavzusidagi “Kim topqir?” bahsiga tayyorlaning.

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:

«Ona tili» 8-sinflar uchun

8-« » «_____________» 8-« » «_____________»
40-dars BOG‘LAMALAR

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :

– mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumotlar topish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi :

– shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish;

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay olish.

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual – tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

95-mashq. 1. Berilgan gaplarni ikki guruhga ajrating:

1) murakkab kesimli gaplar;

2) sodda kesimli gaplar.

1. Yuzni yerga qaratish bundan ortiq bo’ladimi? (O`.Hoshimov) 2. Uning esiga haligi mish-mishlar tushib, yuragi bigiz sanchganday og`ridi. 3. Yurtimizda alanga porlar sevmoq uchun sevilmoq uchun. (Qo`shiqdan) 4. Kumush Otabek nomini eshitgach, sekingina ko`tarilib qo`ydi. (A.Qodiriy) 5. Erkalatgach onasi taltayadi bolasi. (Maqol) 6. Biroq arava yaqinroq kelganda poxol shlyapasini bostirib olgan semiz odamni ilg’adim-u hammasini angladim. (O`.Hoshimov) 7. Otasi kelavermagach bolalarning dod-voyi eshitila boshladi. 8. Sevmoq uyat emasdir, Har kimda bor bu savdo… (Maqol) 9. Chekishning zarari haqida qanchagapirilmasin, bu dahshatli og`uga qarshi kurash sust ketmoqda. (Gazetadan) 10. Ming yillarkim bulbul kalomi o`zgarmaydi – yaxlit hamisha. (A.Oripov)

Bilib oling.

Оt кesim tarkibida kelib uni ega bilan bog‘lovchi so‘z bog‘lama deyiladi. edi, ekan, emish, bo‘lmoq, hisoblanmoq, sanalmoq, kerak, zarur, darkor, lozim kabi so‘zlar bog‘lama vazifasida qo‘llanadi.

96-mashq. Qatorning bog‘lama bilan bog‘liq umumiy xususiyatini aniqlab, “ortiqcha” uchinchi gaplarni toping:

1) 1.Istamay mutolaa qilayotgan talaba – qanotsiz qush. (Sa’diy Sheroziy) 2. Bilimsiz kishilarning ko‘ngli xurofotga moyil bo‘ladi. (Abu Rayhon Beruniy) 3.Bilim daraxtdir, amal esa uning mevasi. (Husayn Voiz Koshifiy)

2) 1.Tiriklik – ilm bilan, rohat ma’rifatda bo‘lur. 2. lazzat – Xudoning zikrida. (Abu Yazid Bastomiy) 3. Podshohlar odamlarga hokim bo‘lsalar, olimlar podshohlar ustidan hokimdir. (Abul Asvad)

3) 1.Ilm insoniyat gavharidir. (Mirzo Bedil) 2.Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur, qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur. (A.Navoiy) 3. Ilm sarvat (boylik) dan ustundir. (Ali ibn Abu Tolib)

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob

1. Bog`lama deb nimaga aytiladi?

2. Murakkab kesimni shakllantiruvchi vositalarni sanang.

3. Qaysi bog`lamalar o`zi shakllantirayotgan kesimga qo`shib yoziladi?

V. Uyga vazifa

69-topshiriq. Gaplardagi mantiqiy(noto`g`ri qo`llangan) va uslubiy(noo`rin qo`llangan) xatoliklarni toping hamda tuzatib ko‘chiring.

Namuna: Bejizga bu yerga kelmagan – Bejiz bu yerga kelmagan.

1. Olib kelingan kitoblar o‘n beshtadan ko‘proq edi. 2. Bir masalada ikkalasi talashib qolishdi. 3. Bog‘imizdagi keksa nokni kesishga majbur bo‘ldik. 4. Qoidani buzish ta’qib qilinadi.

70-topshiriq. Imlo lug‘atidan holvafurush, huvullamoq, irigatsiya, ta’magir, memor so‘zlarini tekshiring va, xatolari bo‘lsa, tuzatib, lug‘at daftaringizga ko‘chiring.

Namuna: poyafzal – poyabzal
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:

«Ona tili» 8-sinflar uchun

8-« » «_____________» 8-« » «_____________»
41-dars MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :

– mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumotlar topish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi :

– shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish;

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay olish.

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual – tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

71--topshiriq. Matnni diqqat bilan o`qing. Talaffuzi va yozilishi bugungi me’yordan farqlanuvchi so`z va qo`shimchalarni belgilang.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling