Ona tili va o‘qish savodxonligi, 2 sinf, 1 qism, Mavlonova K, 2021
QUSHLAR QISHDA QAYDA QO‘NOQLAR?
Ko‘p qushlarning qishda yotar ini yo‘q,
Patdan boshqa ko‘ylak, kostyum, to‘ni yo‘q.
Bir xili ochiq daraxt shoxlarida qo‘noqlar,
Qor-bo‘ronda, sel-yomg‘irda quvnoqlar.
Sovuq eltib, muzlab to‘ngib qolmasmi?
Yo ularning joni qattiq olmosmi?
Yo‘q, qushlarning xillari ko‘p ajoyib,
Issiq yoqqa ketishar qanot yoyib.
Qolganlari sovuq, muzdan qo‘rqmaydi,
Patlariga qor-u yomg‘ir yuqmaydi.
Chumchuqchalar pir-pir uchar, dikonglab.
Bo‘rondan ham qo‘rqishmaydi, likonglab.
Ammo shuni, bolajonlar, unutmang,
Qor yog‘ganda qushlar holi bo‘lar tang.
Bari shoshib, don izlashib qolishar,
Chirqillashib, uchib-qo‘nib nolishar.
O‘shanda siz qushlarga yordam bering,
Uvoq seping, ularga inlar quring.
Rahmat aytib, chig‘illab sayrab berar,
Qanot qoqib osmonda o‘ynab berar.
2-sinf ona tili fanidan “Sifat yasovchi qo’shimchalar” mavzusida dars ishlanma
1. Sifat yasovchi qo’shimchalar. 2. Sifatlarning yozilishi. 3. 315-316-317-118-mashqlar. O’tilgan mavzuni mustahkamlashda ‘Ha yo’q” o’yinidan foydalaniladi. 1.Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so’zlar qanday?, qanaqa? so’rog’iga javob bo’ladimi? Javob: Ha 2. Shaxs va narsaning nomini bildirgan so’zlar qanday?, qancha? so’rog’iga javob bo’ladimi? Javob: Yo’q. 3.Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so’zlar nima qildi? so’rog’iga javob boladimi? Javob: Ha. 4. –ser, be-, -kor sifat yasovchi qo’shimchalarmi? Javob: Yo’q IV. Yangi mavzu bayoni:
- bunday sifatlar chziqcha bilan yoziladi:to’ppa-to’g’r,
- qo’shib yoziladi: oppoq, qopqora
- ajratib yoziladi: to’q qizil, och pushti
V. Mavzuni mustahkamlash: topishmoqlar yod olib, sifatlarni o’zi bo’langan so’z bilan qo’shib yozing. 1.Yer tagida oltin qoziq, u hammaga bo’lar oziq (Sabzi) 2. Pishsa bemaza, pishmasa mazali (Bodring) 3. Uni pishirsang bo’lar shirin osh, pishirmasang bo’lar qip-qizil tosh. (pamidor)
Namuna: oltin qoziq, Tezkor savol-javob: 1. Qanday? , qanaqa? sorog’iga javob bo’lgan so’zlar nimani bildiradi va qaysi so’z turkumiga kiradi? Javob: sifat 2. Maza-ta’m va shaklni bildirgan sifatlarga misol ayting. Javob: nordon, shirin, achchiq; qiyshiq, yumaloq, cho’zinchoq. 3. Belgini kuchaytirib yoki ozaytirib ko’rsatadigan sifatlar qanday yoziladi va ularga misollar ayting. Javob: chziqcha bilan yoziladi: to’ppa-to’g’r , qo’shib yoziladi: oppoq, ajratib yoziladi: to’q qizil, och pushti 4. Sifat yasovchi qo’shimchalar so’zlarga birikishiga qarab qanday qo’shimchalar turiga kiradi? Javob: sifat yasovchi qo’shimchalar qoshilishiga ko’ra old: serhosil, bemaza, hamda so’zlar oxirida: mazali, ishchan , guldor kabi turlarga bo’linadi. Test . 1.Sifat yasovchi qo’shimchalar berilga javobni tanlang. A) -ser, be-, -siz, -li, -chan, -dor, -q B) -kor, -da,-moq C) -chan, -dor, -q,- dan ,-da D) -ser, be-, -siz, -im, imiz 2. Xil-xususiyatni bildirgan sifatlar berilgan javobni toping. A) yoqimli, xushmuomila B) qalin, nordan C) qiyshiq, baland D) mulayim, havorang 3. Qo’shib yoziladigan sifatlarni ko’rsating. A) oppoq, to’q qizil B) qipqizil, ko’m-ko’k C) oppoq D) to’papa-to’g’ri, och pushti 4. So’zlarga oldidan qo’shilgan sifat yasovchi qo’shimchalar berilgan javobni tanlang. A) serhosil, mazali B) beozor, sergul C) ishchan, guldor D)serunum, mazasiz 5. Belgini kuchaytirib ifodalaydigan sifat berigan javobni ko’rsating. A) yam-yashil, qip-qizil B) oppoq, och pushti C) dum-dumaloq, bemaza D) tip-tiniq, quvnoq
VI. Uyga vazifa mavzuni o’qish va 129-betdagi 319-mashqni bajarish.
Ona tili va o‘qish savodxonligi, 2 sinf, 1 qism, Mavlonova K., 2021
Ona tili va o‘qish savodxonligi, 2 sinf, 1 qism, Mavlonova K., 2021.
Учебник родного языка и грамотность чтения для 2 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Qadim zamonda bir boy savdogar yashagan ekan. Uning boyligi mamlakat podshohining boyligidan kam emas ekan. Shunga qaramasdan, savdogar o‘g‘lini gilamdo‘zga shogird qilib beribdi. Gilamdo‘z yigitga o‘z hunarini o‘rgatibdi. Tez orada yigit mahoratli gilamdo‘z bo‘lib yetishibdi.
QUSHLAR QISHDA QAYDA QO‘NOQLAR?
Ko‘p qushlarning qishda yotar ini yo‘q,
Patdan boshqa ko‘ylak, kostyum, to‘ni yo‘q.
Bir xili ochiq daraxt shoxlarida qo‘noqlar,
Qor-bo‘ronda, sel-yomg‘irda quvnoqlar.
Sovuq eltib, muzlab to‘ngib qolmasmi?
Yo ularning joni qattiq olmosmi?
Yo‘q, qushlarning xillari ko‘p ajoyib,
Issiq yoqqa ketishar qanot yoyib.
Qolganlari sovuq, muzdan qo‘rqmaydi,
Patlariga qor-u yomg‘ir yuqmaydi.
Chumchuqchalar pir-pir uchar, dikonglab.
Bo‘rondan ham qo‘rqishmaydi, likonglab.
Ammo shuni, bolajonlar, unutmang,
Qor yog‘ganda qushlar holi bo‘lar tang.
Bari shoshib, don izlashib qolishar,
Chirqillashib, uchib-qo‘nib nolishar.
O‘shanda siz qushlarga yordam bering,
Uvoq seping, ularga inlar quring.
Rahmat aytib, chig‘illab sayrab berar,
Qanot qoqib osmonda o‘ynab berar.
МУНДАРИЖА.
1-BO‘LIM. O‘ZBEKISTON – MENING VATANIM!.
Vatanparvarlik nima?.
Katta bo‘lsam, Nobel mukofotini olaman!.
2-BO‘LIM. MEN, SEN, U VA ULAR.
Maktabim – ikkinchi uyim.
Mustahkamlash.
Tug‘ilgan kuning bilan!.
Mustahkamlash.
Mening mahallam.
Mustahkamlash.
3-BO‘LIM. TABIAT NE’MATLARI.
Qishda uxlaydigan hayvonlar.
Mustahkamlash.
Yer ostida nima bor?.
Mustahkamlash.
Sayohatchi qushlar.
Mustahkamlash.
4-BO‘LIM. SOG‘ TANDA SOG‘LOM AQL.
Bakteriya va mikroblar.
Mustahkamlash.
Foydali nonushta.
Mustahkamlash.
Tanamizni o‘rganamiz.
Mustahkamlash.
5-BO‘LIM. KASBIM – FAXRIM.
Hunar – hunardan unar.
Mustahkamlash.
Kasblar.
Mustahkamlash.
Katta bo‘lsam, kim bo‘laman?.
Mustahkamlash.
Matnlarda qo‘llangan so‘zlar lug‘ati.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Ona tili va o‘qish savodxonligi, 2 sinf, 1 qism, Mavlonova K., 2021 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
2-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan mashq daftari 2022
Mazkur sahifada 2-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan mashq daftari 2022 faylni pastroqda Download tugmasi orqali ko’chirib olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu material PDF formatda bo’lib, 5.55 MB hajmga ega. Materiallar doimiy tarzda yangilanib boriladi. Fayl yangilanganda, bu haqida fayl versiyasi o’zgarganidan bilib olishingiz mumkin.
Bo’lim: | 1-5 Sinf Dars ishlanmalar |
Versiya: | 1 |
Hajmi: | 5.55 MB |
Fayl turi: | application/pdf |
Ko’rishlar: | 906 marotaba |
Ko’chirishlar: | 254 marotaba |
Yuklovchi: | Ustoz |
Yaratilgan: | 16-09-2022 |
Yangilangan: | 16-09-2022 |
Fayl hajmi: 5.55 MB
Sifat bizning ustunligimiz! 2-sinf ona tili va o’qish savodxonligi fanidan mashq daftari 2022 faylni onlayn, mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tmasdan, reklama kutmasdan va to’g’ridan-to’g’ri havola orqali yuklab oling. Shuningdek 1-5 sinf dars ishlanmalar bo’limida joylashgan boshqa materiallarni ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun bo’lim ismi ustiga bosing.
Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein