Oʻqituvchilar uchun namunaviy yillik ish rejasi tasdiqlandi
Buning natijasida 76 ta maktabda fransuz, 76 tasida nemis, 37 tasida ingliz, 10 tasida koreys, 6 tasida xitoy va 3 tasida yapon tillari ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitiladi.
Maktab ta’limiga oid muhim choralar amalga oshirilishi belgilanmoqda — Davlat dasturi Farmoni loyihasi e’lon qilindi
O‘zbekiston Respbulikasi Prezidentining 2022−2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Unda ta’lim sifatini oshirish, sohani ilg‘or xorijiy tajriba asosida isloh qilish maqsadida joriy yilda qator muhim choralar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Tanlab olingan maktablarda ikkinchi xorijiy til o‘qitiladi
1-sentabrdan boshlab har bir tuman (shahar)da tanlab olingan bittadan maktabda o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.
Buning natijasida 76 ta maktabda fransuz, 76 tasida nemis, 37 tasida ingliz, 10 tasida koreys, 6 tasida xitoy va 3 tasida yapon tillari ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitiladi.
Maktab o‘quvchilari 10-sinfdan boshlab 64 ta ishchi kasblar, 21 ta sohada tadbirkorlikka, 10 ta IT va “kreativ industriya” yo‘nalishidagi kasblarga o‘rgatiladi.
10–11-sinflarda takomillashtirilgan o‘quv reja asosida 2 ta tanlov fanni tanlash imkoniyati yaratiladi
Yangi o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ ko‘nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritiladi.
Bunda 10–11-sinflarda 14 ta majburiy fanlardan haftalik yuklamasi 31 soatni tashkil etadi. Takomillashtirilgan o‘quv reja asosida 8 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fan (kimyo-biologiya, matematika-fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili) tanlash imkoniyati yaratiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi
Yangi o‘quv yilidan boshlab respublikadagi barcha maktablar boshlang‘ich sinf (jami 2,5 mln nafar) o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi va buning uchun 2,7 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratiladi.
Ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga ruxsat etiladi
1-apreldan boshlab yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish va keyinchalik ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda jihozlash orqali tashkil etishga ruxsat etiladi.
Buning natijasida maktabgacha ta’lim bilan qamrovni oshirishda xizmat qilayotgan va zarur moliyaviy resurslarga muhtoj bo‘lgan 594 ta tadbirkorga qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi.
Aziz yurtdoshlar va ta’lim sohasi fidoyilari!
Siz ham ushbu Farmon loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting hamda sohaga doir muhim takliflaringizni qoldiring.
Oʻqituvchilar uchun namunaviy yillik ish rejasi tasdiqlandi
Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qoʻshma qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 23 sentyabrda 2715-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining oʻqituvchilari uchun namunaviy yillik ish rejasi tasdiqlandi.
Hujjat bilan, хususan, quyidagilar tasdiqlandi:
Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining umumta’lim fanlari oʻqituvchilari uchun namunaviy yillik ish rejasi;
Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining umumkasbiy va maхsus fanlari oʻqituvchilari uchun namunaviy yillik ish rejasi;
Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi oʻqituvchilarining asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt me’yorlari;
Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻqituvchilarining namunaviy shaхsiy yillik ish rejasi.
Belgilanishicha, shaхsiy yillik ish rejalarini ishlab chiqishda ta’lim muassasasi rahbariyati namunaviy yillik ish rejalarida koʻrsatilgan umumiy soatlar doirasida boʻlimlar (oʻquv ishlari; oʻquv-metodik, ilmiy va ilmiy-metodik ishlar; tashkiliy-metodik va tashkiliy-pedagogik ishlar; ma’naviy-ma’rifiy ishlar) boʻyicha soatlar hajmini 30 foizgacha kamaytirishi yoki koʻpaytirishi mumkin. Shuningdek ta’lim muassasasining yoʻnalishini inobatga olgan holda uning rahbariyati muayyan ishlar boʻyicha ish vaqti me’yorlarini ushbu turdagi boshqa ishlar uchun belgilangan soatlar hisobiga 20 foizgacha koʻpaytirishi mumkin.
Oʻrnatilishicha, ish vaqti me’yorlari pedagog хodimlar faoliyati hajmini aniqlash uchun asos hisoblanadi. Vaqt me’yorlariga koʻra hisoblab chiqilgan oʻquv yuklamasi ta’lim muassasasining shtatlar birligini aniqlash uchun asos boʻlmaydi.
Shuningdek aniqlashtirilishicha, bir stavka dars soati hajmi 800 akademik soatni tashkil etadi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 28 sentyabrdagi 38-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi.
Boshlangich sinflarda ona tilidan sinfdan rashqari ishlarning mazmuni
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar • Ona tilidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham ta`limiy, ham tarbiyaviy maqsadlarni ko`zlaydi. Uning ta`limiy ahamiyati shundaki, o`quvchi bu jarayonda qo`shimcha bilim, malaka va ko`nikmalarga ega bo`ladi. Tarbiyaviy ahamiyati esa nutq odobini tarbiyalash, zukkolik, tezkorlik va hozirjavoblik singari fazilatlarni shakllantirish, mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyat ko`rsatish, nutq odobini tarbiyalash singarilarda o`z ifodasini topadi.
Doimiy tadbirlarga to`garak mashg`ulotlari kiritilsa, qolganlari vaqt-vaqti bilan o`tkaziladigan tadbirlarga kiradi.
Sinfdan tashqari ishlarning shakllari va vazifalari • Sinfdan tashqari ishlar ayniqsa boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ularga nutqini o’stirish, olingan bilim va malakalarni mustahkamlash uchun yordam beradi. Yangi qo’shimcha ma’lumotlar manbai hisoblanadi. • Sinfdan tashqari ishlarning ta’limiy ahamiyati – o’quvchilarga qo’shimcha bilim, malaka va ko’nikmalar berish. • Tarbiyaviy ahamiyati – o’quvchilarning ijodiy faoliyat ko’rsatishiga, nutq odobiga, mustaqil fikrlashiga zamin hozirlash.
Sinfdan tashqari ishlarning turlari: • Adabiy kechalar o’tkazish • Ekskursiya • Turli bayramlar va tadbirlar o’tkazish • To’garaklar tashkil etish • Shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish • Fan olimpiadalari • Ko’rik tanlovlar
Adabiy kechalar Ekskursiya • Adabiy kechalarga misollar • “Navoiyxonlik”, “Boburning tavallud kuniga bag’ishlangan kecha” va h. k • Eskursiya ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi va ekskursiyadan oldin o’quvchilarga topshiriqlar beriladi • Muzeylarga ekskursiyaga borish; Metro bekatlari bo’ylab sayohat; • Davlat kutubxonalariga tashrif; Teatr va kino va h. k Bayram va tadbirlar • Bunga mavsumiy bayramlarni kiritishimiz mumkin • Bayram va tabrirlar ssenariy asosida tashkil etiladi.
Shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar • Uchrashuv jonli muloqot tarzida tashkil etiladi. • Uchrashuvga o’quvchilar yaxshi biladigan shoir va yozuvchilarni taklif etish maqsadga muvofiq • Mehmon bolalar adabiyoti vakili bo’lishi lozim. Ko’rik tanlovlar • Bu ko’rik tanlovlar sinflar ichida yoki sinflararo bo’lishi mumkin • Masalan: “Yilning eng bilimdon o’quvchisi”, To’garaklar • To’garaklar ma’lum bir fan asosida tashkil etiladi • To’garak uchun yillik ish reja tuziladi • Masalan: “Yosh hattot”, “Ona tilim – jon-u dilim”
To’garaklar • To’garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo’lib, u o’quvchilarning doimiy barqaror tarkibi bilan ish ko’radi; • To’garaklarda yangi mavzu o’tilmaydi, dars jarayonida olingan bilimlar mustahkamlanadi, sinf ishlari tahlil qilinadi; • Darslikdan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan ham foydalanish mumkin; • To’garakka a’zo bo’lish ixtiyoriy, ammo uning mashg’ulotlarida ishtirok etish majburiydir; • To’garak a’zolari 20 tadan oshmasligi lozim; • Boshlang’ich sinflarda to’garak mashg’ulotlari birinchi sinfning ikkinchi yarim yilligidan boshlanadi. • To’garak uchun ajratildan soat: • 1 -sinf : 17 soat (haftada bir marta) • 2 -4 -sinflarda: 34 soat (haftada bir marta)
Topshiriq: • To’garak haqida bilib olgan ma’lumotlaringiz asosida “Ona tili” to’garagi uchun yillik ish rejasini tuzing.
Kuni uzaytirilgan guruhlarning ish turlari • Maktabda har bir sinf uchun bitta kuni uzaytirilgan guruh tashkil etiladi. Bu guruhda 3 ta fan asosida (ona tili, o’qish, matematika) ish tashkil etiladi. • Bunday guruh uchun maxsus o’qituvchi biriktiriladi. • Kuni uzaytirilgan guruhlarning darslari asosiy darslar tugaganidan keyin o’tkaziladi.
Kuni uzaytirilgan guruhlarning vazifalari: • Dars jarayonida mavzuni o’zlashtirishga qiynalayotgan o’quvchilar bilan ishlash; • Uyga berilgan vazifalarni mustaqil bajara olmaydigan o’quvchilar bilan ishlash; • Darsda o’tilgan mavzu asosida savoljavob yoki boshqa metodlar orqali o’quvchi bilimini mustahkamlash.
Foydalanilgan adabiyotlar: • Karima Qosimova va boshqalar “Ona tili o’qitish metodikasi” Toshkent 2009. • Nurmatova M. Ifodali o`qish to`garagi. “Til va adabiyot ta`limi” 1992 yil. 1 -son. • Jalilova M. Ne`matova G. Takrorlash mashg`ulotlarini “Topqirlar bellashuvi” tarzida o`tkazish. “Til va adabiyot ta`limi” 1994 yil 2 -3 qo`shma sonlari. • J. O. Tolibova. Pedagogik texnologiyalar – do‘stona muhit yaratish omili. – T. : 2005.
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi qanday bo‘lishi kerak?
O‘n to‘rt yillik pedagogik faoliyatimdan shunday xulosaga keldimki, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari quyidagi kasbiy, shaxsiy, amaliy sifatlar sohibi bo‘lishlari kerak.
1. Notiq. Mantiq ilmiga asoslangan, haqiqiy ijodiy tafakkurga boy, go‘zal, aniq nutq sohibi bo‘lishi lozim. Zero, o‘quvchilarni tildan maqsadli va o‘rinli foydalanishga, sof adabiy tilda so‘zlashishga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi sof, ta’sirchan nutqiy nafosat egasi bo‘lishi talab etiladi.
2. Xattot. Ona tili fanining muhim vazifalaridan biri — o‘quvchilarni olgan bilimlarini til me’yorlariga amal qilgan holda yozma nutqda to‘g‘ri va bexato ifoda etishga o‘rgatish. Buning uchun, avvalo, o‘qituvchining o‘zi imlo qoidalari asosida yozadigan, yozma savodxon, chiroyli husnixatga ega bo‘lishi shart. Buyuk faylasuf Suqrot shunday yozadi: “Yaxshi so‘z ko‘ngilni, xushxat ko‘zni yoritadi”.
3. Lug‘atshunos. Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda lug‘atlar bilan ishlash muhim ahamiyatga ega. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” so‘zlarni to‘g‘ri yozish malakalarini shakllantirsa, “O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati” tilimizdagi so‘zlarning ma’nodoshlik qatori, nutqda ulardan o‘rinli foydalanish mahoratini rivojlantiradi. Masalan, 8-sinf ona tili darsligini tashkil etgan “Mumtoz matn va lug‘atlar bilan ishlash” darslari fan o‘qituvchisidan lug‘atshunos bo‘lishni talab etadi.
4. Senarist. Maktabda muhim sana va bayramlar bilan bog‘liq tadbirlar, shoir-yozuvchi, buyuk allomalarga bag‘ishlangan g‘azalxonlik, ruboiyxonlik, xotira kechalari, qo‘yingki, maktab hayoti bilan bog‘liq tadbirlar ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarisiz o‘tmaydi. Tadbirlar dasturini tuzganda o‘qituvchidan ijodiy mahorat va yangicha yondashuv talab etiladi. O‘tgan yilgi senariylardan foydalanish o‘quvchini zeriktirib, mavzuga bo‘lgan qiziqishlari susayishiga olib keladi.
5. Rejissor. Rejissurasi kuchli kinofilmlar, sahna asarlari klassik asarlarga aylanganidek, rejissurasi kuchli o‘qituvchilarining o‘quvchilari ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishadi. Bunda o‘qituvchining o‘tayotgan dars, mashg‘ulot va tadbir bosqichlarini o‘quvchilar qiziqishi, qobiliyatlaridan kelib chiqib namunali tashkil etish, boshqara olish mahorati namoyon bo‘ladi.
6. Aktyor. Har bir pedagog, birinchi navbatda, “O‘qituvchi” obrazini yaratishi lozim. Uyda, ko‘chada, ish faoliyatida har xil vaziyatlar bo‘lib turadi. O‘qituvchining vazifasi har qanday sharoitda ham o‘quvchiga yuqori optimistik ruhda sifatli ta’lim berish.
Fan nuqtayi nazaridan, ayniqsa, adabiyot darslarida, mashg‘ulot va adabiy kechalarda Navoiy, Bobur, Nodira, Zulfiya, badiiy asar qahramonlaridan Alpomish, Barchinoy, Farhod, Shirin, Otabek, Kumush obrazlarini mohirona gavdalantirish o‘quvchilarda shaxsiy sifatlarning yuksalib borishiga xizmat qiladi. Shuningdek, buyuk ajdodlarimiz hayotidan ibrat olish va ularga hurmat tuyg‘ulari yuksaladi.
7. San’atkor. Adabiyot ham aslida san’at — so‘z san’ati. Adabiyotni sevgan qalb, san’atning boshqa turlarini ham tushunadi. Shunday o‘quvchilar borki, darslikdagi mavzuga oid (ilmiy) axborotlarni a’lo bahoga o‘zlashtirolmaydi. Lekin shu mavzuga doir mo‘yqalamda, kashtada, zardo‘zlikda (san’atning boshqa turlarida) bajargan ishlari kishini lol qoldiradi. Bunda fan o‘qituvchisidan dars, mashg‘ulot, sinfdan tashqari tadbirlarda o‘quvchilarning iste’dod va qobiliyatlarini anglagan holda yondashish talab etiladi.
8. Shoir-yozuvchi. Maktab davrida qo‘liga qalam olib she’r yoki hikoya qoralamagan o‘quvchining o‘zi bo‘lmasa kerak. “Yosh qalamkashlar”, “Yosh ijodkorlar” kabi to‘garaklarda “O‘zim yozgan she’rimni, hikoyamni ko‘rib bering”, deya ustoziga talpinayotgan bu yosh yuraklarning hammasiyam kelajakda shoir yoki yozuvchi bo‘lmasligi mumkin. Ammo ular qaysi sohani egallamasin yangilik yaratuvchi, tashabbuskor, ezgu g‘oyalar ijodkori bo‘lishlari, shubhasiz. Bunda o‘qituvchining she’riyatga, badiiy adabiyotga oshuftaligi, adabiyot qoidalaridan xabardorligi, haqiqiy she’r, badiiy qimmati yuksak asar yozishda muallif mahorati haqidagi bilimlarni o‘quvchilar qalbiga singdira olishi maqsadga muvofiqdir.
9. Jurnalist. Ommaviy axborot vositalari ta’lim jarayonini aks ettiruvchi ko‘zgudir. Jurnalistika haqidagi ilk tasavvurlar maktab devoriy gazetasi, maktab radioeshittirishlari, o‘quvchilar tayyorlagan maxsus maktab nashrlaridan boshlanadi. O‘quvchilar respublika yoshlarining “G‘uncha”, “Tong yulduzi”, “Gulxan”, “Klass” kabi nashrlarida maqola, reportaj, taassurot, lavhalari chop etilishini, matbuot e’lon qilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lishni orzu qilishadi. Shuningdek, o‘qituvchining o‘zi ham faoliyati uchun muhim bo‘lgan gazeta-jurnallar bilan doimo birga bo‘lishi, o‘quvchilarni ham shunga undashi, nashrlarning kundalik hayotimizdagi ahamiyati haqida targ‘ibot ishlari nazarda tutiladi.
10. Kitobxon. O‘quvchilar qalbida mutolaaga mehr uyg‘otish, ularni kitobga do‘st qilish uchun, avvalo, o‘qituvchining o‘zi kitobxon bo‘lishi lozim.
Agar o‘quvchilarni haqiqiy kitobxon etib tarbiyalasak, kelajakda qaysi kasbni tanlamasin, shu sohaning zabardast vakili, yaxshilik qilishni o‘z hayotiy shioriga aylantirgan barkamol inson bo‘lishiga shubha yo‘q.
Faoliyatim davomida anglab yetgan haqiqatlarimni, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisiga xos bo‘lishi kerak bo‘lgan sifatlarni sanab o‘tdim. Balki bu sifatlar qatorini hali davom ettirsa bo‘lar. Maqsad bitta — bugunning o‘qituvchisi nomiga munosib bo‘lish.
Mohidil PO‘LATOVA, Shofirkon tumanidagi 40-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi