Таълим / Образование
Maktabni bitirib chiqqan yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning rang – barang jabhalarida, muloqot va munosabatning barcha turlarida o‘zbek tilidan bemalol – erkin, samarali va to‘g‘ri foydalana olish, uning cheksiz imkoniyatlaridan to‘laqonli bahramand bo‘lish, zaruriy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari kerak.
2 sinf ona tili metodik qo’llanma
Darsliklarni ijaraga berish to‘g‘risida
ShARTNOMA
ustav asosida ish yurituvchi, bundan buyon matnda “Ijaraga beruvchi” deb yuritiluvchi __________________ shaxsida hamda ikkinchi tomondan ta’lim _______ tilida olib boriladigan ____-sinf o‘quvchisining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud homiy, bundan buyon matnda “Ijaraga oluvchi” deb yuritiluvchi ____________________________ mazkur Shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:
I. ShARTNOMA PREDMETI
1.1. Ijaraga beruvchi, 20__/20__ o‘quv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun mazkur
Shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatib o‘tilgan darsliklar to‘plamini Ijaraga oluvchiga beradi, Ijaraga oluvchi esa, mazkur Shartnomaning 2.1 va 2.2-bandlarida ko‘rsatilgan miqdorda va muddatlarda ijara to‘lovini to‘lash va 20___ yil ________ gacha darsliklar to‘plamini foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.
1.2. Mazkur Shartnomaning predmeti bo‘lgan darsliklar to‘plami Ijaraga oluvchiga
II. IJARA TO‘LOVINI TO‘LASh TARTIBI VA MUDDATLARI
2.1. Mazkur Shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatib o‘tilgan darsliklar to‘plamidan
foydalanganlik uchun Ijaraga oluvchi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi Va�iylik kengashi tomonidan 20____/20_____ o‘quv yiliga jami ____________ so‘m miqdorida belgilangan ijara to‘lovini Ijaraga beruvchiga to‘laydi.
2.2. Ijara to‘lovi mablag‘lari to‘liq hajmda joriy o‘quv yilining 30-sentabridan
Ijaraga oluvchi pul mablag‘lari vaqtinchalik yo‘qligi sababli, ijara to‘lovi
muddatini uzaytirish to‘g‘risida umumta’lim maktabi ma’muriyatiga murojaat qilishi mumkin. Bunda ijara to‘lovi muddati umumta’lim maktabi vasiylik kengashi qarori va direktor buyrug‘i bilan uzaytiriladi. Ijara to‘lovi muddati uzaytirilgan taqdirda, mazkur to‘lovning 50 foizi joriy yilning 30-sentabrigacha, qolgan qismi esa, 30-noyabrgacha to‘lanishi lozim.
III. TOMONLARNING HUQUQLARI
3.1.1. Ijara to‘lovining mazkur Nizomning 2.1 va 2.2-bandlarida nazarda tutilgan
3.1.2. Ijaraga oluvchining aybi bilan darslik yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz
holatga kelib qolganda, zararni xuddi shunday darslik bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.4-bandida ko‘rsatilgan tartibda to‘lashni talab qilish;
3.2.1. Ijara to‘lovini to‘laganidan keyin, Ijaraga beruvchidan tegishli
darsliklarni foydalanishga yaroqli bo‘lgan holatda va to‘liq to‘plamda Ijaraga beruvchidan talab qilish;
3.2.2. Ijara to‘lovi muddatini uzaytirish to‘g‘risida Ijaraga beruvchiga murojaat
3.2.3. Mazkur Shartnomaning 2.1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan ijara to‘lovi summasini
Ijaraga beruvchining yoki tegishli bankning kassasiga naqd pul mablag‘larini to‘lash yoki Ijaraga beruvchining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lash.
IV. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
4.1.1. Ijara to‘lovi to‘langandan keyin, mazkur Shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatib
o‘tilgan darsliklar to‘plamidan 20__/20__ o‘quv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun Ijaraga oluvchiga berish;
4.1.2. Ijaraga oluvchini ijara to‘lovi miqdorlari, darsliklar to‘plamlarini
ijaraga berish va ijara to‘lovini to‘lash tartibi, shuningdek darsliklar to‘plamlaridan foydalanish shartlari va muddatlari to‘g‘risida ma’lumotlar bilan ta’minlash.
4.2.1. Mazkur Shartnomaning 2.1 va 2.2-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan miqdorda va
4.2.2. Olingan darsliklar to‘plamining to‘liq va foydalanishga yaroqli holatda
4.2.3. Darsliklar to‘plamini foydalanishga yaroqli holatda Ijaraga beruvchiga
4.2.4. Darsliklar yo‘qolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelib
qolgan holatlarda zararni xuddi shunday darslik bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko‘rsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda to‘lash:
birinchi sinf o‘quvchilarining har bir darsligi uchun — uning bir baravari
2 — 4-sinf o‘quvchilarining har bir darsligi uchun — uning ikki baravari
5 — 9-sinf o‘quvchilarining har bir darsligi uchun — uning to‘rt baravari
V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
5.1. Mazkur Shartnoma bo‘yicha olingan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun
Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni qisman yoki to‘liq bajarmaganliklari uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
VI. NIZOLARNI BARTARAF ETISh
6.2. Nizolarni hal qilishda kelishuvga erishilmagan taqdirda, ular qonunchilik
VII. YAKUNIY QOIDALAR
VIII. TOMONLARNING REKVIZITLARI
Pasport seriyasi, raqami, kim
TOMONLARNING IMZOLARI
(lavozim, F.I.O., imzo)
Darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni bepul
foydalanishga berish to‘g‘risidagi
ShARTNOMA
ustav asosida ish yurituvchi, bundan buyon matnda “Maktab” deb yuritiluvchi _________________________ shaxsida hamda ikkinchi tomondan ta’lim ________________ tilida olib boriladigan ____-sinf o‘quvchisining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud umumta’lim maktabi o‘qituvchisi, bundan buyon matnda “Foydalanuvchi” deb yuritiluvchi __________________________________________ mazkur Shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:
I. ShARTNOMA PREDMETI
Shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatib o‘tilgan darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni Foydalanuvchiga beradi, Foydalanuvchi esa 20___ yil _____________ gacha ularni foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.
II. TOMONLARNING HUQUQLARI
yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.3-bandida ko‘rsatilgan tartibda to‘lashni talab qilish huquqiga ega.
ko‘rsatilgan darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni foydalanishga yaroqli bo‘lgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega.
III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni Foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli bo‘lgan holatda bepul berish;
foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanma bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko‘rsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda to‘lash:
V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
VI. NIZOLARNI BARTARAF ETISh
VII. YAKUNIY QOIDALAR
VIII. TOMONLARNING REKVIZITLARI
TOMONLARNING IMZOLARI
(lavozimi, F.I.O., imzo)
M.O‘.
Таълим / Образование
Ушбу саҳифада таълим ўзбек ва бошқа тилларда олиб бориладиган умумий ўрта таълим мактаблари учун “Рус тили чет тили сифатида” (2-синфдан 11-синфгача) дарслиги бўйича услубий қўлланмаларни юклаб олишингиз мумкин.
Ушбу услубий қўлланмалар Ўзбекистон Республикаси мактабларида қўлланила бошланган рус тилини чет тили сифатида ўқитиш методикасини яхшироқ тушунишга ва уни ўзбек ва бошқа таълим тилларига эга мактабларда рус тилини ўрганиш доирасида қўллашга ёрдам бериш учун мўлжалланган.
Рус тилини ўрганишга ажратилган оз сонли соатлар туфайли материални (айниқса грамматикани) жуда ихчам шаклда беришга тўғри келади. Бундан ташқари, рус тилидаги дарсликларнинг янги тўпламида ўқув материалларининг тақдимоти ва талқини аввалги методологиядан анча фарқ қилади, шунинг учун ушбу қўлланмаларда сиз қуйидагиларни топасиз:
- ўқувчиларингиз ўқув йили охирида эришиши керак бўлган рус тилини билиш даражасининг қисқача тавсифи;
- қўшимча назорат материаллари;
- баъзи вазифалар ва иш шакллари учун тушунтиришлар;
- дарслик асосида бажарилиши мумкин бўлган бир нечта дарсларга мисоллар.
«Услубий қўлланмалар» материаллари тавсиявий характерга эга бўлиб, улар ўқитувчининг янги дарслик билан ишлашини янада қулайлаштириши учун мўлжалланган.
Дарслик ва унга услубий қўлланма муаллифлари дарсликда замон тенденцияларига мувофиқ тилни ўқитиш ва ўрганишга ижодий ёндошиш имконияти мавжудлигига ишонч ҳосил қилишга ҳаракат қилишди. Шу муносабат билан 2-11-синфлар учун дарслик материаллари асосида намунавий дарсларни яратишга Ўзбекистоннинг турли мактабларидан кўнгилли ўқитувчилар жалб этилди.
Ona tili fanidan Davlat ta’lim standarti 2- sinflar
Ona tili ta’limi standarti ko‘rsatkichlari bolani fikrlay olish, ifodalangan fikrni anglash va o‘z fikrini savodli, mantiqiy izchillikda bayon eta olishga o‘rgatish nuqtai nazaridan belgilanadi.
Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning ona tili ta’limi bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar quyidagi uch parametrli standart mezon orqali aks ettiriladi: o‘qish texnikasi, o‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi murakkab jarayon bo‘lib, ona tili ta’limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi va o‘quvchi tomonidan yaratilgan matnda aks etadi. Bu parametr bo‘yicha ta’lim sifatining natijasini baholashda o‘qituvchi tomonidan quyidagi ko‘nikmalarning darajasi aniqlanadi:
– mavzuning murakkablik darajasi (sodda, murakkab, aniq va h.k.);
– tavsifning mavzuga muvofiq va mukammal bo‘lishi;
– tavsifda tilning ifoda vositalaridan foydalana bilishi;
– imloviy (yozma) savodxon bo‘lishi.
II. T a’lim mazmunini belgilovchi ko‘rsatkichlar
Boshlang‘ich ta’limda ona tili ta’limi mazmunining negizi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
nutq va gap, nutq tovushlari, ona tilining fonetik tizimi: tovushlar va harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuq belgisi (fonetik tahlil);
bo‘g‘in va bo‘g‘in tuzilishi, so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish;
so‘z va so‘z ma’nolari (lug‘aviy tahlil – bir ma’noli so‘zlar, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, ko‘p ma’noli so‘zlar);
so‘z tarkibi: o‘zak va qo‘shimcha (turlovchi va yasovchi), o‘zaklarda tovush o‘zgarishi, o‘zak va qo‘shimchalar imlosi;
so‘z nomlarini mazmuniga ko‘ra guruhlash: predmetlar nomini bildiruvchi so‘zlar, predmetlarning harakatini, belgisini, sanog‘ini bildiruvchi so‘zlar, predmetga ishorani ifodalovchi so‘zlar (shaxsga nisbatan–kishilik olmoshi);
gap, gapning fikr bildirish maqsadiga ko‘ra turlari (darak, so‘roq, buyruq va his-hayajonni bildiruvchi gaplar), gapda tinish belgilarining ishlatilishi (nuqta, so‘roq, undov va h.k.), yozma nutqda ishlatiladigan muhim (ayrim) belgilar : vergul, qavs, ikki nuqta, ko‘p nuqta;
gapning tuzilishi: gapning asosiy mazmunini bildiruvchi bo‘laklar (ega va kesim), gapning asosiy mazmunini to‘ldiruvchi bo‘laklar (ikkinchi darajali bo‘laklar – ularning turi va nomlaridan mustasno);
- gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi, so‘z birikmasi, gapning uyushiq bo‘laklari, ularning o‘zaro bog‘lanishi (ohang, bog‘lovchi so‘z yordamida);
xabarnoma, xat, maqola, tabriknoma, taklifnoma, e’lon, ro‘yxat tuzish.
3. O‘ quvchining o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim,
ko‘nikma va malakalar
Tovush va harf, ularning belgilari; unli va undosh tovushlar; jarangli va jarangsiz undoshlar;ketma-ket kelgan bir xil unli va undoshlar; so‘z oxirida tushib qoladigan undoshlar; bo‘g‘in; gap; so‘z (shaxs, narsa, belgi, harakat, sanoq va tartibni bildiruvchi so‘zlar).
Tinish belgilarini o‘rinli qo‘llay bilish; ketma-ket kelgan bir xil unlilar imlosini farqlay olish; ketma-ket kelgan bir xil undoshlar imlosini ajrata bilish; so‘z oxirida talaffuzda tushib qoladigan undoshlarni qo‘llay olish; so‘z ma’nolarini farqlash va ularga so‘roq bera olish; qarama-qarshi ma’noli, shakldosh, uyadosh so‘zlar guruhini tuza olish; so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolarini farqlay olish; salom xat, tushuntirish xati yoza olish; alifbo tartibida ro‘yxat tuza olish.
30-40 so‘zdan iborat matn asosida diktant va bayon yozish; o‘zlashtirilgan
bilimlar doirasida imlo xatolariga yo‘l qo‘ymaslik; ijodiy matnning mantiqiy izchilligiga rioya qilish; o‘quvchiga tanish bo‘lgan narsa, buyumlarni tasvirlash; iltimos, uzr, minnatdorchilik, ruxsat so‘rash kabi nutq madaniyatiga doir so‘zlarni bilish.
Ona tili fanidan o‘quv dasturiUqtirish xati
“ Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta’limning ravnaqi, uning insonparvarligi, ta’lim va tarbiya tizimining uzluksizligi, ilmiyligi va dunyoviyligi, ta’limda umuminsoniy va ilmiy qadriyatlarning ustuvorligi, davlat ta’lim standartlari doirasida hammaning bilim olishi uchun imkoniyat yaratilishi ta’kidlab ko‘rsatilgan.
Uzluksiz ta’lim tizimida boshlang‘ich ta’lim muhim bosqich hisoblanadi va unda ona tilini o‘qitish asosiy o‘rin egallaydi. Ona tili dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1. Savod o‘rgatish, nutq o‘stirish.
2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish.
Boshlang‘ich sinflar ona tili ta’limi o‘quvchilarda nutq faoliyatining asosiy turlarini o‘stirish bilan bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni hal etishni ko‘zda tutadi:
Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi, so‘zlarning o‘zgarishi va gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi, so‘zlarning morfemik tarkibi va so‘z yasalishi, so‘zlarning leksik – semantik guruhi haqidagi, o‘zbek tilining to‘g‘ri yozuv qoidalari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi bilimlar tashkil etadi. Berilgan bu bilimlar o‘quvchilar nutqini o‘stirishga xizmat qiladi.
Ona tili o‘qitishning mazmuni va metodlari o‘quvchilarga dastur talab qilgan hajmda puxta bilim berish, ko‘nikma va malakalar hosil qilishga ko‘maklashishi lozim.
Maktabni bitirib chiqqan yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning rang – barang jabhalarida, muloqot va munosabatning barcha turlarida o‘zbek tilidan bemalol – erkin, samarali va to‘g‘ri foydalana olish, uning cheksiz imkoniyatlaridan to‘laqonli bahramand bo‘lish, zaruriy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari kerak.
«Ona tili» darslarida o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‘naltirish lozim. Shuning uchun ushbu dastur va u asosida yaratilajak darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, dars va mashg‘ulotlarni o‘quvchilarning nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilib olindi.
Ona tili ta’limi oldida quyidagi bosh maqsad turadi: ona tili mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq vaziyatiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilishi lozim. Savod o‘rgatish, sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish
Savod o‘rgatish davri sentabrdan dekabrgacha davom etadi. Savod o‘rgatish jarayoni ikki davrni: alifbogacha tayyorlov davri va alifbo (asosiy) davriga ajratiladi. Tayyorlov davri ikki bosqichga bo‘linadi:
- Tovush – harf o‘rganilmaydigan bosqich;
- Unli tovushlar va harflar o‘rganiladigan bosqich.
Bu davrda bolalarning fonematik eshitish qobiliyatlari o‘stiriladi, o‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari boyitiladi.
Savod o‘rgatish darslari o‘quvchilarning umumiy kamolotiga, ularda do‘stlik, o‘rtoqlik kabi xislatlarni milliy qadriyatlarni shakllantirish, jamoa ichida o‘zini boshqarish, mehnatsevarlik, halollik, rostgo‘ylik, o‘qishga ongli munosabatda bo‘lish kabi ijobiy xususiyatlarni tarbiyalashga ko‘maklashuvi lozim.
Boshlang‘ich ta’limda o‘qish va yozishga o‘rgatish tilshunoslik, pedagogika, adabiyotshunoslik va metodika sohasida erishilgan yutuqlarga asoslangan, takomillashgan hozirgi zamon analitik-sintetik tovush metodi vositasida amalga oshiriladi hamda o‘quvchilar nutqini rivojlantirishni nazarda tutadi. Darsda o‘quvchilar gapni so‘zlarga, so‘zni bo‘g‘inlarga, bo‘g‘inni tovushlarga ajratadilar, so‘zdagi tovushlarni tartibi bilan aytishni o‘rganadilar, o‘rganilgan tovushlarni o‘zaro bog‘lab so‘z tuzish va o‘qish yuzasidan mashq qiladilar. Bolalar tovushlarni yozuvda harf bilan ifodalash, harflardan bo‘g‘in va so‘z tuzishga, ularni o‘qishga o‘rganadilar. Gap va bog‘lanishli matnni ongli, to‘g‘ri, bo‘g‘inlab ravon o‘qish, so‘ngra so‘zni butunicha sidirg‘a o‘qish malakasini egallaydilar.
O‘quvchilarni o‘qish va yozishga o‘rgatish baravar olib boriladi. Yozuvda tovushlarni harflar bilan belgilashga, harflar va bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga, so‘z va gaplarni yozma to‘g‘ri shakllantirishga, talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so‘zlarni va qisqa gaplarni eshitib yozishga, gapning birinchi so‘zini, kishilarning ismini, shahar, qishloq, ko‘cha nomlarini, ayrim hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlarni bosh harf bilan yozishni bilib oladilar.
Savod o‘rgatish darslarida o‘quvchilarning boshqalar nutqini diqqat bilan tinglash va nima haqida gapirayotganini tushunib olish ko‘nikmalari o‘stiriladi. Bolalar sinfdoshlari oldida gapirishga, o‘qituvchining savollariga javob berishga, topshiriqlarni mustaqil bajarishga, bilmagan va o‘zlari qiziqqan narsalar to‘g‘risida so‘rab bilib olishga, o‘qiganlarini qayta hikoyalashga, o‘zlari kuzatgan, ko‘rgan kinofilmlar hamda eshitgan va o‘qigan hikoya, ertaklari, kuzatgan rasmlari haqida hikoya qilib berishga o‘rganadilar.
Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar olgan bilim va hosil qilingan ko‘nikmalar birgalikda o‘qish jarayonida maxsus sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirishga tatbiq etiladi. Savod o‘rgatish davrida sinfdan tashqari o‘qish haftada bir marta o‘tkaziladi va unga o‘qish darslarining ikkinchi qismidan 15- 20 daqiqa ajratiladi. O‘qish va yozishga o‘rgatish darslarida bolalar ruhiyatini hisobga olgan holda ish turlarini mukammallashtirish talab etiladi, dam olish mashqlari o‘tkaziladi. “Alifbe”, kartoteka va metodik qo‘llanmalarda berilgan didaktik o‘yinlardan foydalanib, bir turidan boshqa turiga o‘tiladi va o‘quvchilar toliqishining oldi oladi.
Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida tabiatdagi o‘zgarishlar, kishilarning turli mavsumda bajaradigan mehnatlarini kuzatadilar va shular asosida hikoya tuzishni o‘rganadilar. Bu davrda olib boriladigan barcha ishlarda oila va maktab hamkorligining uzviyligi, o‘zaro muomala madaniyati alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘quv dasturining mazmuni
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili o‘qituvchilariga ochiq xat
Maktab partasida o‘tirgan bolalarimizning barchasi tilshunos bo‘lishi kerakmi? Aziz hamkasbim. Hurmatli ustozjonlar! Onadek mo‘tabar tilimizning ta’limi bilan shug‘ullanayotgan jonfido muallimjonlar!
Sizning mehnatlaringizni, aslida, hech bir tosh-u tarozi bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Ba’zan o‘z farzandiga ham toshmehr odamlarga duch kelamiz, shundaylar haqida o‘qib qolamiz. Albatta, yoqa tutib aytamiz: “Inson zoti shunday bo‘lishi mumkinmi?”. Siz maktab partasida o‘tirgan yuzlab bolalarga mehr ko‘rsatasiz, bilim berasiz. Ularning yorqin kelajagi uchun qayg‘urasiz. Fidokorlikni o‘rgatasiz va fidoyilikda namuna bo‘lasiz. Tanlagan kasbimizning mashaqqati ham, sharafi ham shunda bo‘lsa kerak. Zero, “Bir soatlik ilm o‘rgatmoq, yuz soatlik toat-ibodatdan ko‘ra yaxshiroq” ekanligi bizning amaliy faoliyatimiz negiziga aylangan. Demak, qilayotgan ishimiz savob, savob va yana savobdan iborat. Shundaymikan?!
Keling, aziz hamkasbim, gapni uzoqroqdan boshlaylik. Biz ona tili ta’limi bilan shug‘ullanamiz. Ona tili — (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan) maktabda barcha o‘quv predmetlarini ham o‘rganish, ham o‘rgatish vositasi. Tili o‘zbek tilida chiqqan, o‘z ona tilida so‘zlashadiganlar uchun bu tafakkur tili hamdir. Demak, dunyoning lisoniy manzarasini har bir o‘zbek o‘zi uchun ona tili vositasida bunyod etadi, tom ma’noda, ona tili xazinasiga ega bo‘ladi va umri davomida bu tuganmas xazinadan foydalanaveradi, foydalanaveradi…
Vaholanki, bu yorug‘ olamda inson istalgan davraga so‘zi orqali kirib boradi, uning ortida ham so‘zi qoladi, inson so‘nggi nafasida ham lablari pichirlab so‘z aytadi. (Hatto tushlarimizni ham ona tilimizda ko‘ramiz.) Biz kalom ilmining ta’limi egalari va har bir o‘zbek uchun tafakkur tilining targ‘ibotchilari ekanligimizni inkor etib bo‘lmaydi.
Aytaylik, sizning o‘quvchingiz (o‘g‘il bola) maktabni o‘rtacha baholarda o‘qib tugatdi. Oliy ta’limga hujjat topshirdi, shartnomaga ilinishiga ham 5–10 ball yetmay qoldi. (Qo‘shimcha to‘lov asosida o‘qishi uchun oila budjeti “to‘g‘ri kelmadi”.) Xo‘sh, bola endi nima ish bilan shug‘ullanadi?! (Siz-u biz bu savolga javob berolmasligimizni bilaman.) Deylik, o‘sha o‘quvchingizning bobosi: “Bolam, er kishisan. Oilaga yordam berishni o‘rgan. Har kuni halol mehnat qilib uyga ikkitagina non kiritsang ham, katta gap. Hayotni, odamlar bilan muomalani o‘rgan” deb, kichikkina arava yasatib berib bolani bozorga chiqardi.
Bugun bolaning aravasiga hech kim yuk ortmadi. Qorni ochgan bola non do‘koniga kirsa, bitta obinon 1.200 so‘m va bitta buxanka non 1.700 so‘m turibdi. Bolaning cho‘ntagida ming so‘m puli bor. Bitta obinon sotib olishiga (arzimas pul) 200 so‘m yetmaydi. Sobiq o‘quvchingiz non do‘konidagi amakiga (yoki opaxonga) deyapti: “Men ergashgan qo‘shma gaplarning besh turini bilaman. Undalmali gaplar haqida bilaman. Fe’lning ma’noviy guruhlarini sanab beraymi? Kesim, ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi haqidagi qoidalarni aytib beraymi? Holning oltita turini aytaymi? Ajratilgan izoh bo‘laklar…Unli, undoshlarning til oldi va til orqaligi, lablangan-lablanmaganligi, quyi keng, o‘rta keng, yuqori torligi, til undoshning lab-lab, lab-tish, til oldi, til yoni, til o‘rta, til orqa tovushining yaqin til orqa, chuqur til orqaligi…”.
O‘quvchi non olishi uchun yetmayotgan 200 so‘m uchun sizning 5-sinfdan 11-sinfgacha (naq 7 yil) o‘rgatganlaringizdan “madad so‘radi”. Tabiiyki, non sotuvchi 200 so‘m kamiga non sotmaydi va bolani telbalikda ayblab haydab soladi.
Sizning maktabda 7 yil davomida mashaqqat chekib, o‘quvchini sinfga qamab o‘rgatgan son-sanoqsiz qoidalaringiz bolaning bir martagina qornini to‘yg‘azishi uchun ham yaramadi-ya?!
Tahlil: Amaldagi maktab “Ona tili” darsliklariga e’tibor beraylik. Xo‘sh, ularda (“Bilib oling”, “Esda tuting” shaklidagi) qancha grammatik qoidalar berilgan?
5-sinf “Ona tili” darsligida – 192 ta;
6-sinf “Ona tili” darsligida – 194 ta;
7-sinf “Ona tili” darsligida – 117 ta;
8-sinf “Ona tili” darsligida – 51 ta;
9-sinf “Ona tili” darsligida – 40 ta;
10-sinf “Ona tili” darsligida – 26 ta;
11-sinf “Ona tili” darsligida – 25 ta.
Ammo bu hali hammasi emas. Agar 9-, 10-, 11-sinf “Ona tili” darsliklarida berilgan qoidalarning har biri 1-1,5 sahifa egallashini inobatga olsak, ular miqdori o‘rtacha uch barobarga oshadi. (Bu umumiy qoidalar miqdorining 800 dan oshishini ko‘rsatadi.)
Hadisi shariflardan birida shunday deyiladi: “Ilmga rag‘bati bo‘lmagan kishiga ilm o‘rgatmoq — gunohga botmoq, behuda ilm o‘rgatmoq esa ikki karra gunohga botmoqdir.” Biz o‘quvchilarimizga behuda ilm o‘rgatmayapmizmi?! Professor Bngliyev ta’biri bilan aytganda: “Maktabda yoshlarimiz ona tili mashg‘ulotlarida boshi ham, adog‘i ham yo‘q, buning ustiga darslikdan darslikka o‘tish, sinfdan sinfga ko‘chish bilan keskin o‘zgarib turadigan son-sanoqsiz ilmiy (lingvistik) qoidalarni yodlashga majbur bo‘lishayotganligi” bolaga nima beryapti?!
Biz qachon o‘quvchilarimizga til o‘rgatish bilan tilshunoslik asoslarini o‘rgatish masalasini farqlab olamiz? Qachongacha bolalarimizga “keraksiz ilmni o‘rgatib” ilm o‘rgatmoq savobidan bebahra qolaveramiz?
Agar bilsangiz, o‘quvchi uchun umr bo‘yi kerak bo‘ladigan 3 toifadagi qoidalar bor (men buni takror ta’kidlayapman). Bular:
1) orfografiya qoidalari (bu qoidalar umr bo‘yi kishining yozma savodxonligini tartibga solib turadi);
2) orfoepiya qoidalari (bu qoidalar umr bo‘yi kishining og‘zaki nutqini adabiy me’yorlarga moslashtirib turadi);
3) punktuatsiya qoidalari (Bu qoidalar umr bo‘yi kishining yozma nutqida nima demoqchiligini ko‘rsatib turadi).
Qolgan barcha qoidalar mutaxassis sifatida biz uchun, o‘zimiz uchun zarur.
Yana ta’lim berishda nega buncha darslikka “yopishib oldik?” Darslik nima o‘zi?! Darslik, avvalo, didaktik ta’lim vositalaridan biri. Didaktik ta’lim vositalari deganda ta’lim jarayonida ishlatiladigan, foydalaniladigan barcha vositalar — darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik tavsiyalar-u ishlanmalar, ko‘rgazmalar, ko‘rsatmali va tarqatma materiallar, testlar, nostandart topshiriqlar, lug‘atlar, ma’lumotnomalar, qomuslar majmuyi tushuniladi.
Biz qanday darsliklar bilan ishlashni istayapmiz? Albatta, dastur asosida tuzilgan, ta’lim mazmunini aks ettiruvchi o‘quv materialini ham, uning o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilish usullarini ham, ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi uchun zarur sanalgan tahlil (analiz), umumlashtirish (sintez) uchun materialni ham, o‘quv materialidagi tarqoq hodisalarni bir-biriga bog‘lovchi qonuniyatlarini ham o‘z ichiga olgan, bir so‘z bilan aytganda, ta’lim oluvchi uchun ma’lum miqdordagi bilimlarni, malaka, ko‘nikma, odatlarni o‘ziga singdirish uchun tayanch manbani istayapmiz.
Darslik (muayyan o‘quv predmeti ta’limidan kutayotgan natijamizga qarab) ta’lim maqsadi, mazmuni va usuli bilan uzviy bog‘liqlikda har xil bo‘ladi. O‘quvchiga qoida-yu ta’riflar asosida ma’lum miqdordagi bilimlarni berishga mo‘ljallangan darslik o‘quvchi o‘zlashtirishi nazarda tutilgan bilimlar va hosil qilinishi kerak bo‘lgan malaka hamda ko‘nikmalarni deyarli to‘la qamrab oladi va bu holatda o‘quv materiali, asosan, darslik bilan cheklanadi. Maqsad bitta: o‘quvchi darslik materialini bilsa bas. Bunday darslik bilan ishlash tom ma’nodagi ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi.
Darslik topshiriqlar tizimida o‘quvchining mustaqil izlanishi uchun yo‘llanmalar berib borganda, ta’lim oluvchining axborot banklariga doimiy murojaatini talab qilganda, uni ijodiy faoliyatga undagandagina u o‘z maqsadiga erishishi mumkin. Shuning uchun darslik bilan dars davomida ta’lim oluvchi bajarishi lozim bo‘lgan topshiriqlar tizimi(algoritmi)ni va zaruriy o‘quv materialini aralashtirmaslik lozim. Biz hozir darslik deganda ham mavzu talqinini, ham o‘quv materialini, ham ta’lim oluvchi bajarishi lozim bo‘lgan amaliyotlar va ularning tartibini ham, ta’lim oluvchi kelishi kerak bo‘lgan yechim(xulosa)ni ham o‘z ichiga olgan majmuani tushunyapmiz.
Haqiqiy ijodiy tafakkur sohibini shakllantirish va rivojlantirishga mo‘ljallangan darslik yuqorida zikr etilgan darsliklardan farq qilmog‘i lozim; yangi maqsadlar uchun yangi turdagi darsliklar zarur. Eski qolipda yozilgan darsliklardan xalos bo‘lmay, bolalarimizni yangicha fikrlashga o‘rgatish mumkin emas. Yangicha o‘qitishda, ijodiy
tafakkur sohibini yetishtirishda o‘quv materiali darslik materiallaridan ancha keng bo‘lmog‘i shart. Jumladan, ona tilidan darsliklar o‘quvchilarga xilma-xil lug‘atlardan (axborot banklaridan), qomuslardan, ma’lumotnomalardan, maktabda o‘qitiladigan boshqa o‘quv predmetlari bo‘yicha olgan bilimlari va ma’lumotlaridan, tajribali kishilar(o‘quvchilarning yaqinlari)dan qo‘shimcha material olishga, bu — darslikda berilmagan material ustida ijodiy ishlar tizimini loyihalashtirgan taqdirdagina ko‘zlagan maqsadiga erisha oladi. Aks holda, u o‘quvchi oyoq-qo‘liga kishan, tafakkuriga g‘ov bo‘ladi.
Bu borada amaldagi yangi 8-sinf “Ona tili” darsligida bir qadar ijobiy o‘zgarishlar seziladi. Darslikdagi milliyligimiz zaminidan uzilmagan, tarbiyaviy ahamiyati beqiyos matnlarning, fikr-u mulohazalarning o‘quvchi hukmiga havola etilishi, shuningdek, “behuda qoidabozlik”larning 5-, 6-, 7-sinf “Ona tili” darsliklariga nisbatan o‘rtacha uch barobar qisqargani, baralla aytish zarurki, quvonarli hol.
Yangi maqsadga yangi turdagi darslik, yangicha mazmun, yangicha usul va vositalar olib kelishi va yangi shaxsni — tadbirkor, axborot manbalarini chuqur biladigan, undan o‘ziga kerakli ma’lumotlarni tez topa oladigan, bu ma’lumotlar ichida o‘zi yashab turgan muayyan sharoit uchun eng qulay va serunumidan foydalana oladigan tezkor tadbirkor shaxsni yetishtirishni ta’minlashi mumkin. Shuning uchun yangi darsliklar mashqlar majmuasidan emas, balki topshiriqlar tizimidan iborat bo‘lmog‘i kerak. Lekin bunday darslik bilan ishlash uchun ta’lim ishtirokchilari ona tilidan ta’lim jarayonida zarur bo‘lgan axborot banklari bilan to‘la ta’minlangan bo‘lishi kerak.
“Ma’rifat” gazetasining joriy yil 19-fevral soni “Ona tilimizning nufuzini oshirish mavsumiy masala emas” shiori ostida to‘laligicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosiga bag‘ishlanganligi kishini sevintiradi. Shu sondagi bir maqolada: “Bu vazifalar(8-sinf yangi “Ona tili” darsligi topshiriqlari — izoh bizniki)ni bajarish uchun “O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” zarur. Muammo shundaki, bu kabi lug‘atlar o‘quvchilar tugul, hatto ko‘pchilik o‘qituvchilarda ham yo‘q! Internetdan topib yoki elektron nusxalardan foydalanish mumkin, ammo ulardan dars jarayonida foydalanish uchun hamma o‘qituvchida yoki maktablarda imkoniyat mavjudmi?!” degan mulohaza meni o‘ylantirdi. Negaki, bugun maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallab tayyorlangan lug‘atlarning 10 dan ortig‘i amalda. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (5 tomli)dan tortib “O‘zbek tili paronimlar lug‘ati”gacha yuzga yaqin lug‘at-u qomuslarning elektron nusxasi internet tizimida joylashgan. Shukurki, ularni istagancha saqlab olish imkoniyatimiz bor. Albatta, bu imkoniyat o‘quvchida ham bor.
“Shaharda hamma sharoiti muhayyo-da, gapiraveradi”, degan mulohazaga bormang. Yurtboshimiz tashabbusi bilan eng chekka qishloq maktablarida ham kompyuter sinflari tashkil etildi. Siz shu maktab kompyuterlari xotirasiga hech bo‘lmasa, ellikta lug‘atning elektron shaklini joylay oldingizmi? Ona tili mashg‘ulotlarini kompyuter sinflarida o‘tishga harakat qilib ko‘ryapsizmi? E’tibor bering. Dars payti o‘quvchingiz bir nafasgina bo‘sh qoldi deguncha telefoniga qarab oladi. Nega biz o‘quvchimizning telefoni xotirasiga o‘zbek tili lug‘atlarini joylay olmayapmiz? (Axir ingliz tili o‘qituvchilari buni yaxshi uddalashyapti-ku?!)
Muammolar bisyor. Biz hammamiz birgalashib muammolar yechimini izlashga harakat qilmayapmiz. (Chamamda, o‘zimizni harakat qilayotganga o‘xshab ko‘rsatyapmiz, xolos.)
Bugun maktab darsliklarini tanqid qilishga ko‘nikib qoldik. Bu qaysidir jihatdan yaxshi. Ammo dunyoda eng qiyin yumushlardan biri — darslik tayyorlash. Sababki, tayyorlagan mahsulotingdan ming-minglab kishi foydalanadi. Ta’lim oluvchi sen darslikda “chizgan chiziq” asosida bilim oladi va uning natijasi kamida 10–15 yilda jamiyatda “balqib chiqadi”. Masalan, maktab ona tili mashg‘ulotlari o‘z vazifasi — barcha darslar amaliy xarakterda bo‘lib ularda o‘quvchini so‘z mantig‘ini anglash, so‘z va birikmalarni o‘z o‘rnida qo‘llay olish malaka va ko‘nikmalarini, shuningdek, sharqona nutq odobini o‘rgatish o‘rniga qoidabozlikka o‘tib ketdi. (Go‘yo maktab partasida o‘tirgan hamma o‘quvchi tilshunos bo‘lishi shartday?!) Natija nima bo‘ldi? Natijada ona tili mashg‘ulotlari hayotdan deyarli uzilib qoldi. O‘quvchi tarbiyasidagi o‘rnini boy berdi…
Zero, umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan ona tili darslari o‘quvchiga tilshunoslik asoslarini emas, tilning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishni, ya’ni tilni o‘rgatishi zarur.
Shu o‘rinda Respublika ta’lim markaziga ham ba’zi e’tirozlarimiz bor. Nega darsliklar tuzishda rivojlangan mamlakatlar(masalan, Yaponiya, Turkiya, Fransiya, Rossiya va b.)ning tajribalari maxsus o‘rganilmayapti? Nega maktab darsliklarini tuzish va amaliyotga tatbiq etish tanlovlari anonim tarzda o‘tkazilmaydi? (Ya’ni tayyorlangan darslik mutaxassis-ekspert tekshiruvidan keyin alohida tanlab olinmagan maktabning eksperiment sinfi amaliyotida omilkor o‘qituvchilar tomonidan (mualliflari sir saqlangan holda) sinab ko‘rilmayapti?) Nega yangi darsliklarning mualliflari kim bo‘lishi avvaldan ma’lum? “Maktab darsliklarini tayyorlashga faqat soha olimlari yoki professorlar haqli” degan yozilmagan, ammo rad etilmayotgan qonunlardan voz kechish payti allaqachon yetmadimikan?! Bugun darsliklar tuzish borasida “kim deganiga emas, nima deganiga boq”aylik.
Siz bugun maktab “qozonida qaynayapsiz”. O‘quvchiga nima kerakligini boshqalardan ko‘ra SIZ ko‘proq his etasiz. Nega yangi avlod darsliklarini tuzishga kirishmaysiz?! Juda boy tilning egasimiz. E’tibor bering-a, birgina go‘zal qiz birikmasi takibidagi go‘zal so‘zini qancha ma’nodoshi (yoki ma’no nozikligida farq qiluvchi muqobili) bilan almashtira olamiz: chiroyli qiz, bejirim qiz, xushbichim qiz, husnli qiz, husndor qiz, xushro‘y qiz, ko‘rkam qiz, ko‘hlik qiz, barno qiz, suluv qiz, nazokatli qiz, latofatli qiz, deganday qiz, zebo qiz, sohibjamol qiz, ketvorgan qiz, tamtam qiz… Hali bu sirani yana davom ettirish imkoni bor…
Onadek mo‘tabar tilimizning ta’limi bilan shug‘ullanayotgan jonfido muallim-u muallimajonlar.
Bugun qo‘l qovushtirib o‘tirmasdan bolalarimiz uchun ona tili darslarida zarur bo‘lgan ta’limiy vositalarni birgalashib tayyorlaylik. Chunki O‘zbekiston bolalari hammamizning farzandlarimizdir.
BuxDU filologiya fakulteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi