Press "Enter" to skip to content

Maktab oʻqituvchisining ish yuklamasi belgilandi

Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein

2 sinf rus tili yillik ish reja

12 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” farmon va “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror imzoladi.

2026 yilgacha 1,9 millionta o‘quvchi o‘rni yaratish mo‘ljallanmoqda

2022-2026 yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hisobiga 1,2 million o‘quvchi o‘rni miqdoridagi yangi quvvatlar yaratish vazifasi qo‘yildi.

Xuddi shu yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida umumiy o‘rta ta’limda yana 700 ming o‘quvchi o‘rni miqdoridagi yangi quvvatlar yaratilishi belgilandi.

Maktablarga internet, kompyuterlar va ustaxonalar

2022 yil 1 sentabrga qadar 2023-2024 yillarda maktablarda ma’nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash bo‘yicha dastur Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab 400 nafargacha o‘quvchisi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida internet tezligi kamida 40 Mbit/s, o‘quvchilar soni 400 nafardan yuqori bo‘lganlarda kamida 100 Mbit/s bo‘lishi ta’minlanadi.

Maktablarni yuqori tezlikdagi internetga ulash uchun zarur mablag‘larni ajratish vazifasi hokimlarga yuklatildi.

2022 yil 1 avgustga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining texnologiya fani ustaxonalari hamda kasb-hunar amaliyoti xonalarining namunaviy loyihalari ishlab chiqilib, tasdiqlanadi. Bu xonalarni bosqichma-bosqich tashkil etish va jihozlashga hokimlar mas’ul bo‘ladi.

11-sinflardan yakuniy attestatsiyani DTM oladi

2024 yildan boshlab umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari hamda kasb-hunar maktablari bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasini Davlat test markazi tomonidan imtihonlar shaklida o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

Prezidentning bu boradagi qarori loyihasi Vazirlar Mahkamasiga 2022 yil 1 sentabrgacha kiritilishi zarur.

Maktab binolarini sotib yuborish taqiqlandi

Qaror bilan, Xalq ta’limi vazirligining ta’lim berishga mo‘ljallangan binolari va inshootlarini ta’lim sohasidan tashqari boshqa maqsadlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berish taqiqlandi.

XTVning ta’lim berishga mo‘ljallangan, bo‘sh turgan bino-inshootlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga berish ular joylashgan hududning kamida 5 yillik demografik ko‘rsatkichlarini inobatga olib, xalq ta’limi vazirining roziligini olgan holda amalga oshiriladi.

Pedagoglar tayyorlash va qayta tayyorlash

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari negizida Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari (Pedagogika markazlari) tashkil etildi.

A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda uning huzuridagi ta’lim va ilmiy tashkilotlar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.

Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqishda yetakchi oliy ta’lim muassasasi etib belgilandi.

Pedagog kadrlarni kompetensiyalarga asoslangan va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan metodikalar bo‘yicha o‘qitish amaliyoti joriy qilinadigan bo‘ldi. Bu zamonaviy metodikalarni joriy qilishda:

— 2022 yil 1 sentabrga qadar Pedagogika markazlariga aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha malakali xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi;

— 2022 yil 1 iyulga qadar Pedagogika markazlari huzurida xorijiy mutaxassislar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari hamda Pedagogika markazlarining malakali xodimlaridan iborat bo‘lgan trenerlar guruhlari shakllantiriladi;

— 2022 yil yakuniga qadar trenerlar guruhlari bilan birgalikda joylarga chiqqan holda kamida 20 foiz umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagoglar uchun zamonaviy metodikalarga asoslangan sayyor o‘quv mashg‘ulot va seminar-treninglar o‘tkaziladi;

— pedagog kadrlarning malakasini oshirishga bevosita jalb qilingan trenerlarga ularning ish faoliyati natijasiga qarab, oylik ish haqiga 100 foizgacha miqdorda qo‘shimcha ustama haq to‘lab boriladi;

— 2022 yil yakuniga qadar maktab o‘qituvchilari uchun “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasida pedagogik faoliyatdan ajralmagan holda amalga oshiriladigan qo‘shimcha individual malaka oshirish kurslari joriy etiladi;

— zamonaviy metodikalarga asoslangan ta’lim dasturlari va darsliklarni xarid qilish hamda umumiy o‘rta ta’lim tizimiga joriy qilish choralari ko‘riladi;

— 2022 yil 1 avgustga qadar malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda TDPU hamda Pedagogika markazlarining o‘quv-rejalari va dasturlari to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi hamda xalqaro talablar asosida takomillashtiriladi;

— 2023 yil 1 sentabrga qadar Respublika ta’lim markazi hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan birgalikda ta’lim jarayonini Milliy o‘quv dasturi asosida tashkil etishga qaratilgan metodikalar ishlab chiqiladi; ushbu metodikalar umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari, pedagogika yo‘nalishidagi professional va oliy ta’lim muassasalari hamda Pedagogika markazlarida joriy qilinadi;

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab TDPUning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida (darslarning 4 kuni oliy ta’lim muassasasida, 2 kuni maktabda amaliyot o‘tash tartibida) olib boriladi;

— TDPU talabalarining amaliyotlari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan birga Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ham tashkil etiladi;

— TDPUda o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

O‘qituvchilarning bilim darajasini baholashning yangi tizimi

2023 yil 1 avgustga qadar, ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda, pedagog kadrlarning umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.

2024 yil 1 yanvarga qadar bu baholash tizimining xalqaro standartlar talablariga javob berishi sertifikatsiyadan o‘tkaziladi.

O‘qituvchilarga yangi ustamalar

2022 yil 1 sentabrdan boshlab, XTV tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida:

a) umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama quyidagi tartibda to‘lanadi:

  • xalqaro tan olingan sertifikatga ega pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
  • xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida. Bunda, milliy baholash tizimining xalqaro standartlar talablariga javob berishi vakolatlixalqaro tashkilotlar tomonidantasdiqlangan bo‘lishi lozim;
  • xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlanmagan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida (chet tili bo‘yicha sertifikatlar bundan mustasno);

b) xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlanmagan DTMning milliy baholash tizimida chet tili bo‘yicha olingan sertifikatga ega pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama:

  • 2025 yil 1 yanvarga qadar – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
  • 2025 yil 1 yanvardan boshlab – ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida to‘lanadi;

v) har oylik qo‘shimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida to‘lanadi;

g) umumta’lim fanlari bo‘yicha bir nechta sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi.

2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-son qarorga muvofiq chet tili fani o‘qituvchilariga 30 va 15 foiz miqdorida ustama olish huquqini beradigan ma’lumotnomalar berish amaliyoti tugatildi.

Ma’lumotnoma olgan o‘qituvchilarning ustamalari, ushbu ma’lumotnomalar amal qilish muddati davomida saqlab qolinadi.

2022 yil 1 sentabrdan boshlab XTV tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalari va “Bolalar kutubxonalari” xodimlarining lavozim maoshi miqdori 1,2 baravarga oshiriladi.

Maktabga ishga kirish uchun ariza onlayn beriladi

2022 yil 1 sentabrga qadar fan o‘qituvchisi va maktab direktori lavozimlari uchun tanlovda ishtirok etishga onlayn ariza topshirish va nomzod haqida ma’lumotlarni joylashtirish imkonini beradigan maxsus elektron portal yaratiladi.

Maxsus elektron portalda amaldagi hamda istiqbolda kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, shuningdek, vakant lavozimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va fanlar kesimida joylashtirish orqali milliy kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.

Qisman akademik erkinlik

Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda o‘quv jarayoniga xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarini joriy qilish, shu jumladan, davlat ta’lim standartlari doirasida o‘quv dasturlariga o‘zgartirish kiritish hamda darsliklarni tanlashga (ona tili, adabiyot, tarix, tarbiya va huquq fanlaridan tashqari) ruxsat etildi.

Bir oy muddatda davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarini joriy qilish tartibi XTV tomonidan tasdiqlanadi. Ikki oy muddatda xalqaro tan olingan ta’lim dasturlari ro‘yxati shakllantirilib, XTV rasmiy saytiga joylanadi.

Vazirlik o‘quv jarayoniga xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarini joriy qilishga ko‘maklashadi, shu jumladan, ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib borib, dasturlarni sotib olish va amaliyotga tatbiq etish uchun zarur mablag‘larni ajratadi.

Xalq ta’limi vazirligidan tashqari boshqa vazirlik va idoralarga umumiy o‘rta ta’limning o‘quv-rejalari va dasturlariga o‘zgartirish kiritish va maktablarda yangi fan joriy qilishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha tashabbus bilan chiqish taqiqlandi.

Vazirlar Mahkamasiga vazirlik va idoralar tomonidan mazkur bandda nazarda tutilgan taqiqqa amal qilinishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.

Qisman moliyaviy erkinlik

2022 yil 1 sentabrdan boshlab:

  • xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlar rahbarlariga budjetdan tashqari mablag‘larini mustaqil tasarruf etish huquqi beriladi;
  • 2025 yil 1 yanvarga qadar xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi;
  • qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishdan tushgan budjetdan tashqari mablag‘larni yashirgan, shuningdek, xodimlarga norasmiy ish haqi to‘lagan xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning rahbarlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan pedagoglarni qo‘shimcha rag‘batlantirish va malakali xodimlar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi tashkil etiladi.

2022 yilda jamg‘armaga davlat budjetidan 300 milliard so‘m ajratiladi.

Darsliklar va Milliy o‘quv dasturi

Farmonga asosan, 2024 yil 1 sentabrga qadar Milliy o‘quv dasturining ta’lim jarayoniga to‘liq joriy etilishi lozim. Shu jumladan, 2022 yil yakuniga qadar 3-, 6-, 7– va 10-sinflar uchun, 2023-2024 yillarda 4-, 5-, 8-, 9– va 11-sinflar uchun darsliklar, mashq daftarlari hamda o‘quv qo‘llanmalar yaratilishi zarur.

Maxsus elektron tizimlar (S-testing, Onlineedu, Raqamli darsliklar va boshqalar) orqali:

  • 2022 yil yakuniga qadar yangi avlod darsliklari uchun 10 ta mobil elektron resurs va 100 ta multimedia mahsulotlari yaratiladi;
  • 2022 yil 1 sentabrga qadar 3-, 6-, 7– va 10-sinf o‘qituvchilari Milliy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi.

Maktab direktorlari sertifikat olishi talab qilinadi

2022 yil 1 dekabrga qadar maktab direktori lavozimiga nomzodlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda baholash natijasi bo‘yicha ularga menejyerlik sertifikatini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab:

  • maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejyerlik sertifikatini olish uchun Milliy-tadqiqot institutida maxsus pullik dasturlar asosida jamoada ishlash va ota-onalar bilan muloqot qilish, boshqaruv, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘nikmalariga o‘qitiladi;
  • o‘qitish yakuni bo‘yicha Milliy-tadqiqot instituti tomonidan maktab direktori lavozimiga nomzodlarning boshqaruv sohasiga oid bilim va ko‘nikmalari baholanadi hamda natijasi bo‘yicha menejyerlik sertifikati beriladi;
  • maktab direktori lavozimiga nomzodlar faqat menejyerlik sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan tanlab olinadi va kelishish uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga taqdim etiladi;
  • maktab direktorini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra lavozimdan ozod etish uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari bilan kelishish talab etilmaydi.

Maktablar ham attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tadi

2023 yil 1 yanvardan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari har 11 yilda kamida bir marta majburiy tarzda attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi. Bunda, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari muddatdan oldin attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan shartnoma asosida o‘tishi mumkin.

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari quyidagi tartibda attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi:

  • faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari – amaldagi akkreditatsiya sertifikatining muddati tugaganidan so‘ng 11 yil muddatga;
  • yangi tashkil etiladigan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari – ular tashkil etilgan paytdan boshlab (belgilangan tartibda litsenziya olgan paytdan boshlab) 11 yil muddatga.

Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringi joriy etiladi. Bunda:

  • monitoring natijalariga ko‘ra ta’lim sifatida pasayish kuzatilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining faoliyati alohida rejaga muvofiq joyiga chiqqan holda o‘rganiladi;
  • joyiga chiqib o‘rganish natijasi bo‘yicha davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti uchun faoliyat samaradorligini yaxshilash bo‘yicha “yo‘l xarita”si ishlab chiqiladi;
  • “yo‘l xarita”sida belgilangan chora-tadbirlar o‘z vaqtida va lozim darajada bajarilishi uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga tuman (shahar) hokimliklari va xalq ta’limi bo‘limlari ko‘mak ko‘rsatadi.

Uzluksiz uch yil davomida faoliyat samaradorligi darajasi yuqori bo‘lgan davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tekshiruvlar tashkil etishga 3 yil muddatga moratoriy joriy qilinadi (potensial korrupsiogen holatlar bundan mustasno).

Maktablarning ichki tartib-qoidalari yangilanadi

2022 yil 1 avgustga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi ichki tartib va odob-axloq qoidalari qayta ko‘rib chiqiladi va ularda maktab va ota-onaning bola tarbiyasidagi o‘rni va mas’uliyatini, ularning ta’lim va tarbiya jarayonidagi ishtiroki hamda majburiyatlari belgilanadi.

2022 yil 1 sentabrdan boshlab, maktab o‘quvchilari ota-onalari “my.maktab.uz” axborot tizimi orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari bilan tanishtirib boriladi.

Bir oy muddatda Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi tasdiqlanadi.

Bolalarni kasbga yo‘naltirish boshlang‘ich sinflardan boshlanadi

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘quv rejaga kiritilgan fanlar doirasida mehnat bozorida mavjud bo‘lgan turli kasblar to‘g‘risida tushunchalar berib boriladi.

Kasb egalarining mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida 5-7-sinf o‘quvchilari uchun turli uchrashuv va sayyor darslar tashkil etiladi.

7-9-sinf o‘quvchilarining kasbga moyilligini aniqlash bo‘yicha tashxislar o‘tkazib boriladi hamda natijalaridan kelib chiqib, ishlab chiqarish korxonalari, hunarmandchilik markazlari va boshqa tashkilotlarga ekskursiyalar tashkil qilinadi.

Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati va o‘sish nuqtalariga muvofiq maktab o‘quvchilari uchun ustuvor kasblar belgilanadi hamda 10– va 11-sinf o‘quvchilarini ushbu kasblarga, shu jumladan, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari, qisqa muddatli kurslar ochilgan ta’lim muassasalarida o‘qitish choralari ko‘riladi.

Namunali maktablar reytingi yuritiladi

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va bu borada maktab direktori, ota-onalar va mahalla raislari mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida 2022 yil 1 sentabrdan boshlab respublikaning barcha tuman (shahar)lari kesimida namunali maktablar reytingi shakllantiriladi va e’lon qilib boriladi.

Reyting doirasida har o‘quv yili yakunida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan mezonlar bo‘yicha baholab boriladi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini baholash va reytingni yuritish uchun tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari boshliqlari rahbarligida maxsus komissiyalar tuziladi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reyting ko‘rsatkichlari asosida “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi;

Reyting ko‘rsatkichlari asosida “qizil” toifaga kiritilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.

2022 yil 1 sentabrdan boshlab reytingda “qizil” toifaga kiritilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida:

  • ziyoli va nuroniylar, ilg‘or tadbirkorlar, klaster va sanoat korxonalari rahbarlari, mashhur san’atkor, sportchi va aktyorlar, taniqli blogerlarni jalb qilgan holda maktab o‘quvchilari bilan uchrashuvlar, motivatsion suhbatlar va mahorat darslari tashkil etiladi;
  • maktab o‘quvchilari uchun “Vatanparvarlik” darslari va poligonlarda 2 kunlik harbiy dala mashg‘ulotlari o‘tkaziladi hamda ularni chavandozlar maktablariga jalb qilish choralari ko‘riladi; harbiy qism ofitserlari, serjantlari va Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirokida davra suhbatlari tashkil qilinadi;
  • o‘quvchilarning me’moriy va tarixiy obidalar, madaniyat muassasalari hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga tashrifi uyushtiriladi;
  • o‘quvchilarning qiziqishlari, talab va istaklaridan kelib chiqib sport musobaqalari, konsert tomoshalari va san’at asarlari ko‘rgazmalari o‘tkaziladi;
  • buyuk ajdodlarimizning ilmiy va madaniy merosi, ularning ibratli hayot yo‘li hamda jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishga qo‘shgan hissalariga oid targ‘ibot ishlarini olib borsin, ulug‘ allomalarning tug‘ilgan sanalariga bag‘ishlangan ilmiy haftaliklar, seminar va anjumanlar tashkil etiladi;
  • hayotiy misollar asosida ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o‘rni, majburiyati va mas’uliyati haqida tushuntirish ishlari olib boriladi, ularni qiziqtirgan va xavotirga solayotgan masalalar bo‘yicha ochiq muloqotlar hamda o‘quv-seminarlarni tashkil etiladi.

Har chorakda namunali o‘quvchilarning ota-onalarini rag‘batlantirish, ularga “minnatdorchilik xati”ni topshirish va sovg‘alar taqdim etish, shuningdek, faoliyatini OAVda yoritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Maktablar ta’minoti – h okimlar yelkasida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga quyidagilar yuklandi:

  • hududiy dasturlarda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash;
  • har chorakda hududiy dasturda belgilangan vazifalar ijrosini hududiy kengash sessiyalarida muhokama etib borish hamda Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha milliy kengashga bu haqda axborot kiritilishini ta’minlash;
  • hududdagi xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash;
  • xalq ta’limi muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash, ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani (trotuarlar, yo‘llar va boshqalar) zarur holatda saqlash bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish;
  • xalq ta’limi muassasalarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, zarur sanitariya-gigiyena sharoitlari va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlash;
  • tumanlar (shaharlar)ni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor rahbarlari bilan birgalikda xalq ta’limi muassasalarini o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga o‘z vaqtida va samarali tayyorlash tadbirlarini amalga oshirish;
  • umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining xavfsizligini ta’minlash, shu jumladan, hududlar atrofini o‘rash, ularga huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha inspektorlarni biriktirish, videokuzatuv kameralari va yong‘inga qarshi signalizatsiya tizimlarini o‘rnatish choralarini ko‘rish;
  • xalq ta’limi muassasalari hududining va ko‘chmas mulkining butunligini hamda daxlsizligini belgilangan tartibda ta’minlash;
  • umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini rivojlantirish uchun investitsiyalarni va homiylik yordamini jalb qilishga ko‘maklashish;
  • xalq ta’limi muassasalariga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini belgilangan tartibda eshitish;
  • o‘qituvchi kasbi maqomi va obro‘sini oshirish, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, pedagoglarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik va faoliyatiga aralashmaslik;
  • o‘quvchilar ongiga vatanparvarlik tuyg‘ularini va milliy qadriyatlarni singdirish, boy madaniy-tarixiy meros, milliy urf-odatlar, buyuk ajdodlarimiz ma’naviy merosini o‘rganishlari uchun sharoitlarni yaratishda sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlarni keng jalb etish;
  • soha xodimlari, ta’lim muassasalari rahbarlari, pedagoglarning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi shaxsiy hissasi, o‘quvchilarni har tomonlama yetuk avlod etib tarbiyalashdagi mas’uliyatlarini his etishlari uchun targ‘ibot va tushuntirishlar olib borish;
  • rahbar va pedagog kadrlar tomonidan ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni, sohada joriy qilinayotgan yangiliklarni yanada kengroq targ‘ib etilishi, o‘quvchilarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishlari uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni olishlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ularning bilimi va tafakkurini oshirish maqsadida xalq ta’limi yo‘nalishidagi bosma nashrlarni ta’lim muassasalariga yetkazib berishni ta’minlash.

Maktab oʻqituvchisining ish yuklamasi belgilandi


Xalq ta’limi, bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari tomonidan umumiy oʻrta ta’lim muassasalari pedagoglarining namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3058 , 20.08.2018 y.).

Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

Maktab pedagogining ish rejasi uning yillik ish yuklamasidan iborat (43 hafta, haftalik 36 soat, kunlik 6 soat). Yillik yuklama 1 yoki 0,8 koeffitsiyentga (sinflarga bogʻliq holda) koʻpaytirilgan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi hajmidan kelib chiqib hisoblanadi.

Sinflar

Bir stavka boʻyicha ish yuklamasi

(soat/hafta)

Yillik yuklama

(soat)

1-4

5-11

Yillik soatlar (1548) quyidagilarga taqsimlanadi:

  • oʻquv-tarbiya jarayoni;
  • oʻquv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayon.

Oʻquv-tarbiya soatlarini hisoblash uchun bir yil mobaynida dars mashgʻulotlari olib boriladigan haftalar soniga koʻpaytirilgan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmi olinadi. Qolgan vaqtdan ikkinchi jarayon uchun foydalaniladi.

Sinflar

Oʻquv-tarbiya jarayoni uchun soatlar

Metodik ta’minot va tashkiliy-pedagogik jarayon uchun soatlar

1-4

18 х 34 = 612 soat

1548 – 612 = 936 soat

5-11

20 х 34 = 680 soat

1548 – 680 = 868 soat

Pedagogning ish rejasi dars jadvaliga koʻra unga tarifikatsiya boʻyicha ajratilgan dars soatlari asosida shakllantiriladi.

Bu – muhim! Metodik ta’minot va tashkiliy-pedagogik jarayon tadbirlari, shuningdek bunga sarflangan vaqt boʻyicha hisobotlar talab etilmaydi, hisobi yuritilmaydi. Shuningdek pedagoglarning dars va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa yuklamalar boʻyicha hisobotlar va qoʻshimcha ma’lumotlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

Maktab pedagoglari yuritishlari kerak boʻlgan hujjatlarning toʻliq roʻyхati belgilandi:

2) yillik taqvim-mavzuiy reja.

3) kundalik dars ishlanmalari (konspekt) daftari.

Reja va konspekt elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.

Lenara Xikmatova.

Yillik ish reja 2022-2023 o’quv yili 2-sinf barcha fanlardan

2022-2023 o’quv yili uchun yillik ish reja. Ish rejalar RTM tomonidan berilgan dastur asosida yozilgan, hech qanday kamchiliklarsiz, uqtirish xati va kompitensiyalari kiritilgan to`liq variantda. Word formatida beriladi. Bemalol qo`shimcha va o’zgartirishlar kiritishingiz mumkin.

Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun 2-sinf yillik taqvim ish rejalar:

  • 2-sinf Ona tili va O’qish savodxonligi fanidan yillik ish reja 2022-2023
  • 2-sinf Matematika fanidan yillik ish reja 2022-2023
  • 2-sinf Tabiiy Fan (Science) fanidan yillik ish reja 2022-2023
  • 2-sinf Tarbiya fanidan yillik ish reja 2022-2023
  • 2-sinf Texnologiya fanidan yillik ish reja 2022-2023
  • 2-sinf Tasviriy San’at fanidan yillik ish reja 2022-2023

Mazkur sahifada Yillik ish reja 2022-2023 o’quv yili 2-sinf barcha fanlardan faylni pastroqda Download tugmasi orqali ko’chirib olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu material DOCX formatda bo’lib, 2.3 MB hajmga ega. Materiallar doimiy tarzda yangilanib boriladi. Fayl yangilanganda, bu haqida fayl versiyasi o’zgarganidan bilib olishingiz mumkin.

Bo’lim: Ish reja va taqvimlar
Versiya: 4
Hajmi: 2.3 MB
Fayl turi: application/msword
Ko’rishlar: 3166 marotaba
Ko’chirishlar: 786 marotaba
Yuklovchi: Ustoz
Yaratilgan: 20-08-2022
Yangilangan: 21-08-2022
Teglar: 2022-2023

Fayl hajmi: 2.3 MB

Sifat bizning ustunligimiz! yillik ish reja 2022-2023 o’quv yili 2-sinf barcha fanlardan faylni onlayn, mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tmasdan, reklama kutmasdan va to’g’ridan-to’g’ri havola orqali yuklab oling. Shuningdek ish reja va taqvimlar bo’limida joylashgan boshqa materiallarni ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun bo’lim ismi ustiga bosing.

Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein

Boshlang’ich sinf o na tili darslarida yozma ish ( diktant, bayon, insho, ijodiy topshiriq ) turlaridan foydalanish

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI. Boshlang’ich sinf o na tili darslarida yozma ish ( diktant, bayon, insho, ijodiy topshiriq ) turlaridan foydalanish . ANDIJON VILOYATI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI. 2 soat amaliy .

Uploaded on Jan 20, 2014

Download Presentation

Boshlang’ich sinf o na tili darslarida yozma ish ( diktant, bayon, insho, ijodiy topshiriq ) turlaridan foydalanish

Presentation Transcript
  1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI Boshlang’ich sinf ona tili darslarida yozma ish (diktant, bayon, insho, ijodiy topshiriq) turlaridan foydalanish ANDIJON VILOYATI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI 2 soat amaliy
  2. Maqsad: Tinglovchilargaona nili darslariga qo’yilgan talablarni to’la yoritib berish. REJA Ko’rgazma: Rasmli ko’rgazmalar, tarqatma materiallar. Kutilayotgan natija:Ona tili darslarining samaradorligini oshirish, yozma nutqni o’stirish, ona tili faniga mehr-muxabbatni oshirish. Tayanch iboralar:Adabiy, sinonim, kompleks. Ona tili darslariga qo’yiladigan talablar Ona tili daslarining maqsadi va vazifalari Ona tili darslarning turlari Yozma ishlar (diktant, bayon, insho)ni o’tkazish usullari
  3. Ona tili darslariga qo’yilgan asosiy talablar • O’quvchining onggida fonetik, grammatik va orfografik tushunchalarni shakllantirish • Asosiy fonetik va grammatik tushunchalar yordamida imloviy malakalarini shakllantirish. • Og’zaki va yozma nutq uzviyligi, uygpunligini ta’minlash, muntazam ravishda mavzuga bog’liq holda yozma nutq ustida ishlash: ijodiy matnning mantiqiy jihatdan to’g’riligini, fikr izchilligini, lugpaviy me’yorini ta’minlash. • Mashg’ulotlarda turli didaktik vositalardan to’g’ri va unumli foydalanish: ta’limiy o’yinlar izchilligi va hilma-xilligi, qizqarli bo’lishga erishish • Mavzuni muammoli ravishda yetkazishda turli Noan’anaviy usullardan foydalanish, mashqlarning tizimi va optimal variantlariga ehtibor berish. • O’quvchilarning fikrlash darajasini o’stirib borish: mashg’ulot vositalari mazmunidan kelib chiqib tarbiyaviy jihatlarga ehtibor berish.
  4. Savod o’rgatish metodikasi. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasining asosiy bo’limlari Gramma-tika va imlo metodikasi. O’qish metodikasi O’quvchilar nutqini o’stirish metodikasi.
  5. “Ajoyib o’qituvchi bo’lgan ona tili bolaga ko’p narsani o’rgatadi . Bola 2-3 yil ichida shuncha ko’p narsa o’rganadiki, kop narsa bilib oladiki, 20 yil qund bilan va metodik jihatdan juda to’g’ri o’qiganda ham, uning yarmicha o’rgana olmaydi. Ona tilining ulug’ pedagogligi ham ana shundadir”. K.D.Ushinskiy
  6. Boshlang’ich sinflardaona tilidanmashg’ulotlar turiva mazmuni O’qish, yozuv, grammatik materialni o’rganish, kuzatishlar hamda O’quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog’liq holda ularning og’zaki va yozma nutqini o’stirish. Birinchi sinfga kelgan bolalarga o’rgatish, ya’ni ularni elementar o’qish va yozishga o’rgatish, bu ko’nikmalarni takomillashtira borib, malakaga aylantirish. Adabiy til normalarini, ya’ni imloviy va punktuatsion savodli yozuvni, orfoepik to’g’ri talaffuzni o’rganish, ifodali nutq va stilistik (uslubiy) elementlarni egallash. Grammatika, fonetika, leksinadan nazariy materiallarni o’rganish, tildan ilmiy tushunchalar sistemasini shakllantirish. O’quvchilarni o’qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy ommabop va boshqa adabiyotlar na’munasi bilan tanishtirish, ularda adabiy asarni idrok etish ko’nikmasini hosil qilish.
  7. DARS TIPLARI Yangi bilim berish darslari Takrorlash va umum-lashtirish darslari Mustahkamlash darslari Aralash darslar Bilim, malakalar tekshirish va baholash darslari Bulardan tashqari diktant bayon va insholar yozish darslari ham o’tkaziladi. Har bir dars tipida amalga oshiriladigan vazifalar O’qituvchi diqqat markazida bo’lishi lozim.
  8. Yangi bilim berish darslari vazifalari: – O’quvchilar ongida muayyan mavzu asosida yangi tushunchalarni hosil qilish; – yangi mavzuni oldin o’tilgan mavzular tizimiga kiritish, o’hshash va farqli tomonlarini ko’rsatish. – yangi mavzuga oid qoida, atamalar mohiyatini ochib berish: – mavzuni amaliy ahamiyatini o’qtirish: – yangi mavzu bo’yicha ma’lumotlarni qathiy izchillikda yetkazish: – shu mashg’ulotning o’zida yangi bilim asosida shakllangan ko’nikmani teksthirib olish. – mavzu ustida ishlashda belgilangan usul, tamoillarga rioya etish. – dars jarayonida O’quvchilar faoliyatini kuchaytirib borish; ularning psixologik xususiyatlarini xisobga olish, fikrlash darajalarini rivojlantirib borish.
  9. Mustahkamlash darslari vazifalari: – mashg’ulotlarda shakllanadigan ko’nikma, malakalar mehyorini bilib olish: – o’tkaziladigan mashqlar tizimini belgilab ularning bajarilishi izchilligini ta’minlash. • og’zaki va yozma mashq turlarini maqsadga muvofiq o’tkazish, mashqlarning o’yin turlaridan unumli foydalanish. • mustahkamlash davomida O’quvchilarga differentsial va individual ravishda munosabatda bo’lish. • Har bir mashq turining topla va mukammal bajarilishiga erishish. • Mashg’ulot davomida O’quvchilarning mustaqilligini ta’minlash va faolliklarini oshirib borish. • Oshib qolgan vaqt uchun doimo zahirada qo’shimcha mashq bo’lishiga ehtibor berish • O’quvchilar bajargan topshiriqlarni imkon darajasida teksthirib, baxosini izoxlab berish. • Mashqlar davomida O’quvchilarni o’ta toshqtirmaslik uchun Jismoniy harakat o’yinlaridan mehyorida foydalanish.
  10. Bilim, ko’nikma, malakalarni teksthirish va baholash darslari vazifalari. – teksthiriladigan bilim, ko’nikma va malakalar mehyorini oldindan belgilab olish. – teksthirish shakllari, usullarini aniq belgilab, ularga qathiy rioya etish. – teksthirishni muayyan tizim va izchillikda olib borish. – teksthirish uchun belgilangan savol va topshiriqlarning aniq, puxtaligini ta’minlash. – teksthirishning qiziqarli, o’yin tusidagi turlaridan umumli foydalanish, test, va turli usullarining optimal variantlarini izlash. – teksthirish va baholash davomida O’quvchilarning psixologik va yosh xususiyatlariga jiddiy ehtibor berish: Rag’batlantirish va takbex berishning tahsirli, tarbiyaviy jixatlarini ta’minlash – teksthirish va baxolashning uyg’unligiga erishish. – teksthirish va baholash davomida o’zlashtirishdagi nuqsonlarini bartaraf etib borish.
  11. Takrorlash va umumlashtirish darslari vazifalari. – takrorlanadigan ma’lumotlar, tushunchalar mehyorini belgilab olish. – takrorlash va umumlashtiruvchi suxbatda qathiy tizim hamda izchillikka rioya qilish – takrorlash va umumlashtirishda muayyan mavzular bo’yicha qo’llangan ko’rgazmali vosita va tarqatma varaqalardan foydalanib borish. – takrorlash va umumlashtirish davomida O’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlari va malakalarini hisobga olish, ularni yodga tushirish usullarini qo’llash – takrorlash va umumlashtirishda qo’shimcha mashqlar turlarini og’zaki yoki yozma ravishda o’tkazib borish. – takrorlash va umumlashtirish davomida O’quvchilar faoligini oshirib borish – umumlashtirish yakunida muayyan xulosalarni chiqarish.
  12. Aralash darslar vazifalari – yangi bilm xajmi, mavzu ustida ishlash bosqichlari, mustahkamlash mashqlar tizimi va O’quvchilarning bilim ko’nikma, malakalarini teksthirish jarayoniga qathiy tartibda rioya qilish. -bosqichlar orasidagi bog’lanish, izchillikda uzilishiga yo’l qopymaslik. – shu mashg’ulotning o’zida muayyan O’quvchilar guruhining bilimlarini teksthirib, baholashga ulgurish – mashg’ulot davomida turli didaktik vositalardan foydalanish – mashg’ulotda O’quvchilarning faolligiga erishish.
  13. Diktant, bayon va insho yozish yo’llari ham o’ziga xos xarakaterga ega . Bu yozma ishlar mavzularni qay darajada o’zlashtirilganligini hisobga olish uchun olinadi. Har bir yozma ish o’ziga xos usul bilan yozdiriladi. O’quvchilar birinchi sinf savod o’rgatish davridayoq so’zlarni to’g’ri yozish, yozuv taxtasidan va kitobdan ko’chirib yozish malakalarini egallaydilar. Asta-sekin so’z birikmasi, gap va bog’langan nutq tuzish hamda tuzgan gaplarni yozishga o’rganiladilar. O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish maqsadida gramatikaga oid ayrim qoidalar o’rgatib boriladi bu esa qoidalarni puxta o’zlashtirish uchun hizmat qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga gramatikaga oid bilimlarni o’rgatish va ularni nutqlarini o’stirishda yozma ishlar alohida o’rin tudadi. Yozma ishlar ko’chirib yozish, diktant, bayon, insho tarzida amalgam oshiriladi. O’quvchilar sovodhonligini oshirishda foydali mashg’ulotlardan biri diktantdir. Diktant o’tkazishda o’quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish ishda aniqlikka e’tibor berish, soddadan murakkabga boorish muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek o’quvchilarni o’z-o’zni teksthirishga odatlantirish kerak. O’quvchi diktant yozishda so’zni harfiy ifodasini ko’rmay eshitish orqali tovushlar majmuasini tasavvur e’tadi, tovushlarni harflar bilan almashlab yozadi.
  14. Diktantlar maqsadiga ko’ra 2 turli bo’ladi. Ta’limiy Tekshirish Lug’at Saylanma Ko’rsatuv Yoddan yozuv Ta’kidiy Izohli Ijodiy Erkin
  15. Ta’limiy diktant Diktantning bu turi o’rgatilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida yozuv darsining ma’lum bir qismida mashq sifatida o’tkazilib unga alohida soat ajratilmaydi. Tekshirish diktanti Diktantning bu turi o’rganilganlarni o’quvchilar qanchalik o’zlashtirganliklarini sinash va teksthirish maqsadida o’tkaziladi. Bayon Boshlang’ich sinf o’quvchilariga bayon yozdirishdan oldin ishning maqsadi va uyushtirish tartibi belgilab olinadi. Shu bilan berga o’quvchilarning bilimi yosh hususiyatlariga moslab tekst tanlanadi. Og’zaki bayon singari yozma bayonning ham maqsadi o’quvchilarga puxta ta’lim-tarbiya berishdir, shu bilan birga o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish lug’atini boyitishdir. O’quvchilar bayon yozishda o’qilgan tekst mazmunini gapirib berishga tekstdagi asosiy fikrni topa olish, reja tuzish va shu asosida o’z fikrlarini yozma ifodalashga o’rganadilar. Ta’limiy harakterdagi bayonni 1 sinfdan boshlash mumkin 1 sinf o’quvchilar 2 yarim yildan 30-40 so’zli tekst asosida bayon yoza oladilar. O’quvchilarga 1 marta bayon yozdirganda o’qituvchi tekstni doskaga yozib beradi va ana shu tekst bo’yicha savol tuziladi. O’quvchilar shu savollarga doskadagi tekstdan javob topadilar.
  16. 1-sinfda bayonning quydagi 2 turidan foydalaniladi. 1. Savollarga javob yozish 2. Kalliktiv bo’lib reja tuzish, rejani doskaga yozish va ana shu reja asosida o’quvchilarning mustaqil bayon yozishlari 1-sinfda dastlabki bayon savollargi javob yozishdan iborat bo’lib nechta savol bersa o’shancha javob yozadilar. 1-sinfda o’quvchilarda bayon yozdirishni asosi quyidagi tartibda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 1. Kirish suhbati 2. Bayon tekstini o’qib berish 3. Tekst mazmuni bo’yicha suhbat 4. Tekstni 2 marta o’qib berish 5. Tekstdagi asosiy fikrni aniqlash 6. Tekst mazmuni bo’yicha savollar tuzib doskada yozish 7. Savollar asosida suhbat 8. Bayonni o’quvchilarga yozdirish
  17. 2-sinf 2-sinfda o’quvchilarga bayon yozdirish 2 xil tartibda olib boriladi. 1. O’quvchi tuzgan reja asosida bayon yozish 2. O’quvchi rahbarligida o’quvchilarning o’zlari tuzgan reja asosida bayon yozdirish. O’quv yilining 1-yarimida bayon rejasini o’quvchi tuzadi. Keyinchalik o’quvchilarning o’zlari mustaqil tuzadilar. Tayyor reja asosida yoziladigan tekst 40-50 yoki 50-60 so’zli bo’lib o’quvchilar oson o’zlashrita oladigan bo’lishlari kerak. 2-sinf o’quvchilariga bayon yozdirishda quydagi maqsadlarga erishish ko’zda tutiladi. 1. Asosiy fikr kim yoki nima haqida borayotganligini bilish 2. Bayyonda bir so’zni takror ishlatavermay uning sinnimlaridan foydalanishni o’rgatish 3. Yozma nutqini o’stirish 4. Imlo hatolarini tuzatish
  18. Bayon tahliliga quvdagicha e’tibor beriladi. • O’quvchilar ishi haqida umumiy suhbat • Eng yaxshi bayon namunasidan ko’rsatish • Tekstga mos bo’lmagan ortiqcha so’zlarni o’qib eshitirish • Qaysi asosiy fikr tushub qolganligini aytish • Hotolar ustida ishlash
  19. 3-sinf • 3-sinf o’quvchilarining bayon haqidagi tushunchalari ancha kengayadi. Mustaqil reja tuzib shu reja asosida bayon yoza oladilar. • O’quv yilining 1-yarimidan yoziladigan bayonlar rejasi asosan kalektiv tartibda tuziladi, 2-yarm yildan esa mustaqil reja tuzish talab e’tiladi. Bunda dars quvdagi tartibda tashkil e’tiladi. • O’qituvchi bayot tekstini o’qib beradi mazmun yuzasida savol javob o’tkaziladi. • O’quvchilar reja tuzishga kirishadilar, qiylansalar hikoya ikki marta o’qib beriladi • O’quvchilarning tuzgan rejasini taqqoslash 1-o’quvchi o’qiydi qolganlari o’z rejalarini taqqoslaydilar. • O’quvchilar tuzgan rejalari asosida bayon yozadilar. 4-sinf Bu sinfda bayon yozish farq qilmasada, ko’proq mustaqil beriladi. 90-120 so’zli bo’ladi.
  20. Boshlang’ich sinflarda insho Insho o’quvchilarning ijodiy ishlaridan biri hisoblanadi. Inshoda o’quvchlar o’zlarining mustaqil fikrlarini, qiziqish va hohishlarini, o’z tushunchalarini ifodalaydilar. O’quvchilar insho yozish orqali quyidagi bilimlarni o’zlashtiradilar Insho uchun material to’plash, kuzatish va asosiy o’rinlarini esalab qolish, bilganlarni yozma ifodalash. So’zlar tanlash va so’zlardan grammatika qoidalari asosida gap tuzish Reja tuzish va fikrlarini reja asosida ifodalash. Tekstni imlo hatolarisiz, tinish belgilariga rioya qilib, Grammatik qoidalariga amal qilib yozish. Bashlang’ich sif o’quvchilari inshosi maqsad va vazifalariga ko’ra turlicha bo’lib, har bir turi o’ziga hos ko’rinishda bo’ladi. Boshlang’ich sinflarda insho yozish uchun quydagi manbalardan foydalanish mumkin. O’quvchilarning kuzatishi, ekskursiya va saylda olgan ta’ssurotlari, o’yin va boshqa faoliyatlari davomidagi tajribalaridan Kitob jurnal, ro’znoma materiallari, o’qituvchi va boshqa kishilardan eshitganlari, tilvezor kino, turli rasm va plakatlardan kuzatganlaridan.
  21. Insho yozganda quyidagilarga e’tibor beriladi. Voqealarni bir-biriga bog’liq holda ifoda etish. Voqiani sodir bo’lish sababi, fikr yuritilayotgan narsalarning belgi va hususiyatlarini ko’rsata bilish Voqia hodisalarni o’zaro taqqoslay bilish va umumiy hulosalar chiqarish. 1-sinfda ijodkorlikka o’rgatish maqsadida quydagicha ishlar olib boorish mumkin. O’quvchilar issiqxonaga ekskursiyaga olib boriladi. U yerda bolalar qizarib pishib yotga pamidor, yam-yashil bodiring va sapsariq limonlarni ko’radilar. Sinfga kelgandan so’ng ekskursiya ta’surotlarini eslab ayrimlari pmidor, boshqalari limon deb yozadilar. 2-sinf o’quvchilari bilan jamoa xo’jaligi fermasiga ekskursiya uyushtirilgandan keyingi yozgan ishlaridan biri quyidagicha.
  22. OLA SIGIR Kecha fermaga bordik. Fermada sigrlarni ko’rdik. Ola sigir semiz ekan. Ko’p sut berarkan. Zuhro opa 2 chelakda sut sog’ib oldi. Qoyil qoldik. 3-4 sinflarda o’qish darslarida har-hil mavzuda she’r va hikoyalar o’qib o’rganganlaridan keyin ularning tasavvur yanada kengayadi. Ularning yozadigan isholari o’ziga hos badiiy tus oladi. 3-4 sinflarda “Bog’da”, “Bizning qishloq”, “Otamning kasbi” mavzularida. Insho yozdirish maqsadiga muvofiqdir. O’quvchilarning orzu-umidlari va nimalarga qiziqishlarini hisobga olib “Mening orzum”, “Mening onam”, “Onamlarning bayram”, bizning oila mavzularida insho yozishlari mumkin. O’quvchilar bayon va insho yozish orqali yozma nutqning o’stiradi. Fiklash doiralari tasavvurlari ishlash qobilyatlari shakllanadi. Lug’at boyligi ortadi, o’z fikrini aniq va to’g’ri tushuntirishga harakat qiladi, ijodiy barkamoligi o’sadi.
  23. Foydalanilgan adabiyotlar • K.Yunusov Boshlang’ich sinflarda ona tili darslari 2001 yil • K.Qosimova Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi “O’qituvchi” Toshkent 1985 yil • M.Yusupov O’qish va yozuv darslari samaradorligini oshirish. Toshkent “O’qituvchi” 1994 yil • M.Umarova, M.Hudayberganov • Bayonlar to’plami
  24. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

© 2023 SlideServe | Powered By DigitalOfficePro