2 sinf tarbiya ish reja
“Jismoniy tarbiya” fani
Sifatli ta’lim-tarbiya — bosh vazifamiz
Mamlakatimiz mustaqilligining yigirma besh yilligi arafasida o‘tkazilayotgan an’anaviy avgust kengashlari “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etib, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar mazmun-mohiyatini pedagoglarga yetkazish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvar, har tomonlama yetuk, bilimdon, jismonan baquvvat, ma’nan barkamol etib voyaga yetkazish, o‘quvchilarni kun sayin kengayib borayotgan axborot-ta’lim muhitida mustaqil faoliyat ko‘rsatish hamda axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qiladi.
O‘zbekiston o‘tgan 25 yil ichida qo‘lga kiritgan salmoqli yutuqlar bugun jahon ahlini hayratga solmoqda. Qayta tiklangan qadriyatlarimiz, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi tub o‘zgarishlar, ta’lim tizimini takomillashtirish borasida olib borilayotgan izchil islohotlar yurtimiz shuhratini yanada oshirib, yuksak imkoniyatlar mamlakati degan nomga munosibligini ko‘rsatmoqda.
Ayni paytda o‘qitish samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘la egallashlariga erishish, mustaqil bilim olishlarini ta’minlash, iqtidorli, iste’dodli hamda ayrim fanlarni o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilarga individual yondashish, bolalarning eng yaxshi fazilatlarini rivojlantirish, yoshlarning qiziqishi, ehtiyoji, qobiliyati, intellektual xususiyati va shaxsiy sifatlarini aniqlagan holda darslarni tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratish dolzarb vazifalardandir.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda ta’lim mazmunini yangilash, takomillashtirish, o‘qitish samaradorligini va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilayapti.
Xususan, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim jarayonini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash, yangi avlod darsliklarini yaratish, DTS va o‘quv dasturlarini takomillashtirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi orqali qonuniy asosga ega bo‘ldi. Barcha fanlardan yangidan-yangi ta’lim texnologiyalari va interfaol usullar ishlab chiqilib, muntazam modernizatsiyalashtirilmoqda.
Yurtimizda xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqish tobora ortib borayotganini e’tiborga olib, chet tili o‘qituvchilarining kasbiy malaka va mahoratini oshirish maqsadida 2015-yildan buyon Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda ingliz tili o‘qituvchilari uchun noan’anaviy tarzda “Yilning eng yaxshi chet tili o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-iyuldagi 421-sonli farmoyishi asosida 1-, 2-, 3-sinf chet tili darsliklarining mantiqiy davomi sifatida mualliflar guruhi tomonidan davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi asosida 4-sinf chet (ingliz, nemis va fransuz) tili darslik majmualari (darslik, mashq daftari, o‘qituvchi metodik qo‘llanmasi va multimediali ilova) yaratildi.
Uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘rgatish tajribasidan kelib chiqib, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumta’lim fanlarining o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat ta’lim standartlari loyihalari tayyorlanib, hududlarda tajriba-tadqiqot ishlari o‘tkazildi.
Shuningdek, 18ta umumta’lim fani bo‘yicha ijodiy guruhlar tomonidan dunyoning rivojlangan davlatlari, xususan, Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Singapur kabi mamlakatlarning davlat ta’lim standartlari o‘rganib chiqildi va tahlil etildi. Natijada o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat ta’lim standartlari loyihalarining takomillashtirilgan varianti tayyorlandi.
Iqtidorli bolalarning qobiliyatini erta aniqlash va rivojlantirish, iste’dodli, izlanuvchan, ijodkor pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida tashkil etilishini ta’minlash, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish maqsadida fan olimpiadalari, bilimlar bellashuvi, “Ingliz tili bilimdonlari”, “Prezident asarlarini o‘rganamiz”, “Huquq bilimdonlari”, “Soliq bilimlari — bolalarga”, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” kabi ko‘rik-tanlovlar va fan oyliklari o‘tkazilib, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodiy izlanishi uchun keng imkoniyat yaratilmoqda.
Boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yurtimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini pedagoglarga yetkazish maqsadida joriy yilning 13–14-iyul kunlari “Boshlang‘ich ta’limni modernizatsiyalash orqali o‘quv-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini oshirish” mavzusida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun respublika forumi o‘tkaziladi.
Mazkur sa’y-harakatlarning tub zamirida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, ma’nan va jismonan barkamol avlodni tarbiyalashdek ezgu maqsad mujassam.
Har yili an’anaviy avgust kengashlari o‘quv yili yakunlarini tahlil etish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlash, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlarning sabablarini aniqlash, yangi o‘quv yilida ularning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan vazifalarni belgilab olish, o‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini amaliyotga joriy etgan holda o‘quvchilarda barcha fanlarga qiziqish uyg‘otish maqsadida tashkil etiladi.
Bu yilgi anjumanlarni o‘tkazishda quyidagi vazifalarga e’tibor qaratish lozim:
— ta’lim jarayoniga tatbiq etiladigan o‘quv reja va dasturlar hamda darsliklardagi o‘zgarishlarni pedagog xodimlarga yetkazish;
— o‘qituvchilarga zamonaviy AKT, elektron ta’lim resurslari va multimedia vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tushuncha berish;
— ta’lim sifati monitoringi, fan olimpiadasi, bilimlar bellashuvi, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi natijalarini tahlil etish, ta’lim sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, tahlillar asosida hisobot taqdimotlarini o‘tkazish va yangi o‘quv yilida bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar (bo‘shliqlarni to‘ldirish) yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar qabul qilish;
— umumiy o‘rta ta’lim maktablarining pedagogik kengashi, metodik kengashi va metodbirlashmalari faoliyati samaradorligini oshirish;
— ta’lim berishning yangi, zamonaviy metodlari bilan muntazam tanishtirib borish maqsadida o‘quvlar, konferensiyalar tashkil etish, ilg‘or tajribalarni targ‘ib qilish, videodarslar, elektron dars ishlanmalari va tavsiyalarni internetdagi ta’lim portalida berib borish orqali pedagoglarga metodik yordam ko‘rsatish;
— o‘qituvchilarni pedagogika fani taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan xabardor etish;
— o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy turlarini o‘tkazish va ularga tayyorgarlik ko‘rish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun bu yilgi avgust kengashlarini “Sifatli ta’lim-tarbiya — bosh vazifamiz” shiori asosida quyidagi bosqichlarda o‘tkazish tavsiya etiladi:
1-bosqichda avgust kengashlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan tashkil etiladigan respublika o‘quv-seminari Respublika ta’lim markazining videokonferensiya zalida Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi va tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan masofaviy tarzda o‘tkazilib, trenerlar tayyorlanadi. Hududiy studiyalarda qatnashayotgan viloyat trenerlari bilan bahs-munozara asosida o‘quv mashg‘ulotlari olib borilib, respublika o‘quv-seminari materiallari elektron variantda taqdim etiladi.
2-bosqichda fanlar bo‘yicha viloyat sho‘ba yig‘ilishlarida tumanlarda fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan sho‘ba yig‘ilishlari uchun trenerlar tayyorlanadi. Jarayonda respublika o‘quv-seminari materiallari hududning xususiyati, o‘qituvchilar qiziqishi va ehtiyojiga moslanishi, kelgusi rejalarni belgilashga qaratilishi lozim.
Fanlar bo‘yicha trenerlarni tayyorlashda sho‘balarning va ularda qatnashadigan o‘qituvchilarning sonidan kelib chiqqan holda trener-o‘qituvchilar ro‘yxatini shakllantirishga e’tibor qaratish kerak.
3-bosqichda fanlar bo‘yicha tumanlarda o‘tkaziladigan sho‘ba va yalpi yig‘ilishlarda tumanlarda fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan sho‘ba yig‘ilishi ishtirokchilari sonidan kelib chiqqan holda jadval tuzish va shu jadval asosida sho‘ba yig‘ilishlarini tashkil etish lozim. Tuman yalpi yig‘ilishlari barcha yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlari yakunida o‘tkazilib, unda sho‘ba yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar umumlashtirilishi hamda tuman o‘qituvchilarining yangi o‘quv yilida amalga oshiradigan vazifalari aniq belgilab berilishi maqsadga muvofiq.
4-bosqichda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yillik yutuq va kamchiliklari sarhisob qilinadi. Qabul qilingan qaror va buyruqlar ijrosi bo‘yicha fikr yuritilib, metodik kengash ishlari yoritiladi. Shuningdek, metodbirlashma raislari va ilg‘or o‘qituvchilarning fikrlari asosida belgilangan mavzular muhokama etilib, kelgusidagi rejalar belgilab olinadi.
2016—2017-o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi masalalar avgust anjumani ishtirokchilariga yetkazilishi zarur:
— Anjumanning bosh g‘oyasini o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi ijrosi doirasida ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda yosh avlodni sog‘lom, barkamol etib tarbiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar mazmun-mohiyatini tushuntirish;
— 2016—2017-o‘quv yilida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilash uchun o‘tgan o‘quv yilida erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablarning o‘quvchilar tomonidan bajarilishini tahlil qilish, o‘qitish sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqida sho‘ba ishtirokchilariga hamda tuman o‘qituvchilariga ma’lumot berish, pedagoglarga kelgusi yilda amalga oshirishi zarur bo‘lgan vazifalarni belgilab berish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish;
— viloyat, tuman(shahar) sho‘balarida fanlar bo‘yicha o‘quv rejasi va dasturi hamda darsliklardagi yangiliklar haqida barcha ma’lumotlarni pedagog xodimlarga yetkazish;
— ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarida o‘quv rejasi va dasturlarining ixtisoslik fanlariga mosligini o‘rganish hamda o‘quv rejasi, dasturlar va qo‘llanmalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga oid yo‘riqnoma berish;
— ta’lim muassasalarida sog‘lom ijodiy muhitni shakllantirish, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida odob-axloq qoidalarini muhokama etish;
— ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikat-siya texnologiyalari, multimedia vositalaridan foydalanish, bu sohadagi ilg‘or tajribalarni keng yoyish va ommalashtirish;
— bilimlar bellashuvi, fan olimpiadasi, ta’lim sifati (fanlar bo‘yicha) monitoringi natijalarini tahlil qilish, tahlillar asosida o‘quvchilarga murakkablik qilgan mavzularni sodda usullarda o‘rgatish yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqish;
— ta’lim-tarbiya sifatini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida ijodkor o‘qituvchilar va “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari ishtirokida fanlar kesimida “Mahorat darslari”ni tashkil etish;
— davlatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston — jahon e’tirofida”, “O‘zbek modeli”ni butun jahon tan olmoqda” mavzusida mustaqillik darslarini tashkil etishga oid tavsiyalar berish;
— boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari forumida tavsiya etilgan o‘quv va multimediali materiallardan dars jarayonida o‘rinli foydalanish yuzasidan ko‘rsatmalar berish;
— o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish orqali chet tillarni o‘qitishning innovatsion usullarini amaliyotda samarali qo‘llash yuzasidan o‘zaro fikr almashish;
— Xalq ta’limi vazirligining www.eduportal.uz axborot-ta’lim portali va rasmiy www.uzedu.uz veb-sayti hamda www.ziyonet.uz, Respublika ta’lim markazining www.rtm.uz va Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazining www. multimedia.uz sayti va boshqa saytlardagi metodik materiallar (videodars, DTS, o‘quv dasturlari, dars ishlanmalari, tavsiyalar, darsliklarning multimediali ilovalari va hokazo) bilan tanishtirish va ulardan foydalanish yo‘l-yo‘rig‘ini tushuntirish;
— o‘quvchilarning bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishiga ko‘maklashish maqsadida fanlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish va to‘garak rejasini tuzish haqida ko‘rsatmalar berish;
— DTS talablarining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilish sifatini oshirishi hamda murakkab mavzularni o‘qitishga doir bahs-munozara va fikr almashuvlarni tashkil etish;
— darslikdagi multimediali ilovalar, axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga oid ochiq darslar tashkil etish;
— imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilardagi mavjud nuqsonlarni korreksiyalash, o‘qitish sifatini oshirish omillarini belgilash;
— viloyat, tuman sho‘ba yig‘ilishlarida ilg‘or o‘qituvchilarning ommalashtirilgan ish tajribalari yuzasidan alohida muhokamalar o‘tkazish, yaratilgan tavsiyalardan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i viloyatda tashkil etiladigan an’anaviy avgust kengashining fanlar bo‘yicha sho‘ba va yalpi yig‘ilishlarini o‘tkazishga mas’ul bo‘lib, sho‘ba va yalpi yig‘ilishlarga rahbarlik qilishni boshqarma huzuridagi metodika markazi direktoriga yuklaydi.
Markaz direktori mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun an’anaviy avgust kengashlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada tashkil etishda quyidagilarga e’tibor qaratishi tavsiya etiladi:
1) Videokonferensiya zalidagi uskunalarni soz holatga keltirish;
2) Jadval asosida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarning ishtirokini ta’minlash (berilgan materiallarni o‘zlashtirib, tuman sho‘balarida trenerlik qila oladigan tajribali, ijodkor o‘qituvchilar ro‘yxatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish);
3) Viloyat seminarlarida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan respublika forumida ishtirok etgan pedagoglar salohiyatidan foydalanish, forum tavsiyalarini bevosita amaliyotga joriy etish;
4) Respublika o‘quv seminarida taqdim etilgan materiallarni olib, o‘z hududiga (ta’lim sifatida aniqlangan bo‘shliqlarni e’tiborga olish) moslashtirish uchun qayta ko‘rib chiqish va kelgusi rejalarni belgilash, viloyat an’anaviy avgust kengashi materiallarini tayyorlash;
5) Viloyat seminarini o‘tkazish uchun tayyorlanadigan trener o‘qituvchilarni sho‘balar sonidan kelib chiqqan holda belgilash va ular ro‘yxatini shakllantirish;
6) Viloyat, tuman (shahar) miqyosida tashkil etiladigan har bir fan sho‘ba yig‘ilishlarini o‘tkazish uchun fan yo‘nalishidagi eng ilg‘or, texnik vositalar bilan ta’minlangan tayanch umumiy o‘rta ta’lim maktablarini tanlab olish;
7) Uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida sho‘ba yig‘ilishlariga maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari hamda hududiy XTXQTMOI o‘qituvchilarini taklif etish;
8) Sho‘ba va yalpi yig‘ilishlarda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, soha mutaxassislari, fan va madaniyat xodimlari ishtirokini ta’minlash va anjumanlarni qat’iy jadval asosida o‘tkazish;
9) Sho‘balarni shakllantirishda maktab rahbarlari (direktor, direktor o‘rinbosarlari), fan o‘qituvchilari, kutubxonachi, maktabdan tashqari va maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari uchun ham yig‘ilishlar tashkil etish;
10) Tayanch umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tumanda ta’lim sohasida amalga oshirilgan ijodiy ishlarga oid videolavhalar, har bir umumta’lim muassasasining o‘quv yili yakunidagi ko‘rsatkichlari aks etgan ko‘rgazmalarni tashkil etish;
11) Sho‘ba va yalpi yig‘ilishlarga tuman ichki ishlar, moliya idoralari hamda huquq-tartibot organlari xodimlari, soha mutaxassislari, yozuvchilar, san’atkorlar va mahalliy hokimlik vakillarini jalb etish maqsadga muvofiqdir.
Avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiya tc “Avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarini o‘tkazish
Tuman(shahar) XTMFMTTEB mudiri an’anaviy avgust kengashining fanlar bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlarini o‘tkazishga mas’ul bo‘lib, sho‘ba yig‘ilishlariga rahbarlik qilishni ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlash kichik guruhi fan metodistlariga yuklaydi.
Sho‘ba yig‘ilishlarini fanlar bo‘yicha olib borish uchun trenerlar tayyorlash, zaruriy materiallar hamda kerakli me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash talab etiladi.
Tuman(shahar) miqyosidagi barcha sho‘ba yig‘ilishlarida aniq maqsad va vazifalarni qo‘yish zarur. Toki unda ishtirok etgan har bir o‘qituvchi o‘z faoliyatida uchragan muammolarga yechim topishi, yangi o‘quv yili vazifalarini belgilab olishi hamda kengash yig‘ilishining yakuniy tavsiya va qarorlarini 2016-2017-o‘quv yili uchun tuziladigan ish rejasiga asos qilib olishi mumkin bo‘lsin.
Buning uchun sho‘ba yig‘ilishlarini o‘tkazishdan 10 kun avval metodist ijodkor, izlanuvchan, tashabbuskor, tadbirkor, ilg‘or tajribali direktorlar, metodistlar, pedagoglardan iborat ishchi guruhni shakllantiradi. Ishchi guruh tumandagi umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining o‘quv yili yakuniga oid hisobotlarini, DTS talablarining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi monitoringi va bilimlar bellashuvi natijalarini o‘rganib chiqadi.
Ishchi guruh ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish jarayonida har bir fanni o‘qitishdagi yutuq va kamchiliklarni izchil tahlil etib, aniqlangan muammolarning yechimini topishga doir vazifalarni belgilaydi. Shunga mos tarzda har bir fan va yo‘nalishlar kesimida an’anaviy avgust kengashlarining tuman(shahar) miqyosida sho‘ba yig‘ilishlari o‘tkaziladi. Buning uchun har bir hududda sho‘ba yig‘ilishlarini tashkil etuvchi va o‘tkazuvchi trenerlar belgilanadi.
O‘qitish sifatiga ta’sir etuvchi eng muhim omil bu — pedagog kadrlar salohiyati bo‘lib, sho‘ba yig‘ilishlariga barcha fan o‘qituvchilari jalb qilinishi shart.
Sho‘ba yig‘ilishlarida fanlar bo‘yicha amaliy treninglar o‘tkazilishini inobatga olib, o‘qituvchilar sonidan kelib chiqqan holda mashg‘ulotlarni kichik sho‘balarga (25–30 nafar pedagogdan iborat guruhlarga) bo‘lib o‘tish mumkin.
Trenerlarning mahoratiga qarab sho‘ba yig‘ilishi 5—6 nafar pedagogdan iborat kichik guruhlarda o‘tkaziladi. Sho‘ba yig‘ilishi faqat 2–3 nafar ishtirokchining bahs-munozarasi bilan cheklanmasdan, unga guruh a’zolarining barchasi jalb etilishi, fanlar kesimida o‘quv rejasi va dasturlar bo‘yicha muhokamalar olib borilishi maqsadga muvofiq.
Aksariyat hollarda jarayondagi munozarada ishtirokchilar teng qatnashmaydi. Bunday vaziyatlarda muhokamada jim o‘tirganlarni faollashtirish, ya’ni ularning fikrlarini so‘rash, tajribasi bilan o‘rtoqlashishiga imkoniyat yaratish lozim.
Sho‘ba yig‘ilishlarida tuman fan uyushmasining raisi tumandagi ta’lim-tarbiya jarayoni bo‘yicha umumlashtirilgan hisobot asosida tahliliy ma’ruza qiladi. So‘ng ishtirokchilar bilan amaliy mashg‘ulotlarda o‘quv dasturi asosida taqvim-mavzuviy reja tuzish, dars ishlanmalari yozish, pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish metodlarini ishlab chiqish, fandagi yangiliklar, darslik va o‘quv dasturidagi o‘zgarishlar, o‘qitish vositalari, dars jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish, nazorat ishlarini o‘tkazish, internetdan axborot olish va uni qayta ishlash mavzularida taqdimot, suhbat, ma’ruza, innovatsion o‘yinlar o‘tkazish, darslikda berilgan multimediali ilovalardan dars jarayonida foydalanish yuzasidan “Mahorat darslari”ni tashkil etish tavsiya etiladi.
Avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlariga quyidagi mavzular asos qilib olinishi tavsiya etiladi:
1) 2016-2017-o‘quv yili rejasi va dasturiga kiritilgan o‘zgarishlar hamda ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish;
2) Ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarining o‘quv rejalari va dasturlariga kiritilgan o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish hamda ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish;
3) 2015-2016-o‘quv yili yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan ta’lim sifati monitoringi, fan olimpiadasi va bilimlar bellashuvida o‘quvchilarning bilimlarida aniqlangan bo‘shliqlar, o‘zlashtirilishi murakkab bo‘lgan mavzular yuzasidan tavsiyalar berish;
4) Ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va multimedia vositalari, elektron darsliklar, virtual laboratoriyalardan foydalanish hamda chet tillarni yanada chuqurroq o‘rganish bo‘yicha fikrlashish;
5) Umumta’lim fanlarini o‘qitishdagi yangiliklar yuzasidan fikr almashish;
6) Ta’lim bosqichlarida o‘quv dasturlari asosida darsliklarga kiritilgan o‘zgarishlar xususida mulohazalarni tinglash;
7) Sinf rahbarining o‘quvchilarni komil insonlar etib voyaga yetkazishda tarbiyaviy soatlarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi haqida fikr almashish.
Sho‘ba yig‘ilishi oxirida fanni o‘qitish sifatini oshirishga oid vazifalar belgilab beriladi.
Avgust kengashlarining yalpi yig‘ilishlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar tc “Avgust kengashlarining yalpi yig‘ilishlarini o‘tkazish bo‘yicha
O‘quv-tarbiya ishlarining samaradorligi o‘quvchilarning ta’lim dargohida egallayotgan bilim, ko‘nikma va malakalari bilan birga, mahalliy hokimliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, “Kamolot” YIH boshlang‘ich tashkilotlarining chora-tadbirlar mazmuni, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, maktab rahbarining ma’naviy saviyasi, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati hamda bola yashayotgan oilaviy muhitga uzviy bog‘liqdir.
Shu bois yalpi yig‘ilishlarga tuman(shahar) hokimligining mas’ul xodimlari, tegishli davlat va jamoat tashkilotlari, fan va madaniyat vakillari, “Kamolot” YIH faollari, xalq ta’limi sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan fidoyi ustozlar, tajribali, ijodkor muallimlar, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari va yosh pedagoglar taklif etiladi.
Yalpi yig‘ilishlarni madaniyat saroylari, hokimlik binolari, istirohat bog‘lari yoki namunali tayanch maktablarda o‘tkazish tavsiya etiladi.
Avgust kengashlarining yalpi yig‘ilishlari sho‘ba yig‘ilishlaridan keyin o‘tkazilib, yosh o‘qituvchilar qasamyodi, ularni o‘qituvchilar safiga qabul qilish, reytingi yuqori maktab rahbarlari va tajribali xalq ta’limi xodimlarini taqdirlash, yozuvchi, san’atkor hamda boshqa mehmonlarning chiqishlari asosida bayramona ruhda tashkil etiladi.
Hokimlik vakillari, tuman(shahar) XTMFMTTEB mudirlarining o‘quv-tarbiya jarayoni bo‘yicha umumlashtirilgan hisoboti asosida tahliliy ma’ruza tinglanadi.
2016—2017-o‘quv yilida ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlash maqsadida o‘tgan o‘quv yili natijalari chuqur tahlil etilib, erishilgan yutuqlarni mustahkamlash, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning sabablarini aniqlash, ularning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilinadi.
Yalpi yig‘ilishda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi, “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan mavzular mazmun-mohiyatini tushuntirish, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida odob-axloq qoidalarini targ‘ib etish, yoshlarning bilim saviyasi, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirish, yot g‘oyalar(diniy aqidaparastlik, giyohvandlik kabi illatlar)ga qarshi kurashda bugungi kun talablarini pedagoglarga yetkazish, fan olimpiadasi va bilimlar bellashuvi, ta’lim sifati monitoringi natijalari, ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Kengaytirilgan yalpi yig‘ilish yakunida har bir ta’lim muassasasida yangi o‘quv yiligacha bajarilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar belgilab beriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik kengashlarni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar tc
“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik kengashlarni tashkil etish va
o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar”
2016-2017-o‘quv yili oldidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etiladigan pedagogik kengashlarni avgust oyining oxirgi haftasida — yangi o‘quv yili oldidan o‘tkazish tavsiya etiladi.
Pedagogik kengash yig‘ilishida umumta’lim maktabining direktori o‘qituvchilar va metodbirlashma raisining xulosaviy ma’lumoti hamda sinflar kesimida tayyorlangan monitoring natijalari asosida har bir o‘qituvchining faoliyatini tahlil qilib, hisobot beradi.
Hisobotda o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar chuqur, har tomonlama tahlil etilib, kelgusi o‘quv yilida ichki nazoratni to‘g‘ri belgilash va rejalashtirish ko‘zda tutiladi.
Ta’lim muassasasi rahbari boshqaruvning mohiyatiga nechog‘lik chuqur kirib borsa, pedagogik kengash yig‘ilishini tizimli tashkil etsa, yangi o‘quv yilida uning faoliyati samarali bo‘lib, ta’limda sezilarli o‘sish kuzatiladi.
Pedagogik kengash yig‘ilishida ko‘riladigan asosiy vazifalar quyidagilardir:
1) “Mustaqillik darslari”ni mazmunli tashkil etish, O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan amalga oshirilgan bunyodkorliklar, ma’naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘quvchilarga yetkazish bo‘yicha vazifalarni belgilash;
2) Davlat ta’lim standarti talablarining o‘quvchilar tomonidan bajarilishini tahlil qilish, tashqi va ichki nazorat natijalariga ko‘ra DTS talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilash;
3) Ta’limga oid metodik hujjatlarni o‘rganish, ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish usullari yuzasidan tavsiyalar berish;
4) O‘qituvchilarga taqvim-mavzuviy rejalarning tuzilishi va mazmuni bo‘yicha tavsiyalar berish.
Pedagogik kengash yig‘ilishida o‘tgan o‘quv yilidagi yutuq va kamchiliklarni chuqur tahlil qilish, me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarning talab darajasida bajarilganini aniqlash hamda o‘qituvchilarga ehtiyoj asosida metodik ko‘rsatmalar berish yangi o‘quv yilida ta’lim muassasasi faoliyatini yaxshilash hamda o‘qitish sifatini ijobiy tomonga o‘zgartirishga asos bo‘ladi.
(Avgust anjumanlarini yanada samarali o‘tkazish uchun ushbu tavsiyalardan ijodiy yondashgan holda foydalanish mumkin.)
Respublika ta`lim markazi
2 sinf tarbiya ish reja
~barcha fanlardan yillik to’garak rejalar va ishlanmalar;
~tarbiyaviy soat reja va ishlanmalari
tel: +998973581077
Kanal 23.02.2018 yil ish boshlagan
Asosiy: https://t.me/togarak_hujjatlari_group
@Umidjon_Xojaniyazov
About
Blog
Apps
Platform
To’garak hujjatlari
834 subscribers
Forwarded from Umidjon Xo’janiyazov
Yangi dastur sinf soati 2021-2022.docx
Mana shu dasturni boshiga qo’yasiz
4.7K views Umidjon Xo’janiyazov , 06:28
Forwarded from Umidjon Xo’janiyazov
Синф соатлари 2021 йил 42331.doc
1-11 Sinf soatlari rejasi
2021-2022 o’quv yili uchun
shu reja asosida ishlandi
4.9K views Umidjon Xo’janiyazov , 06:28
Forwarded from Umidjon Xo’janiyazov
To’garak hujjatlari gruppasida quyidagi to’garak yillik ish rejalari va yillik ishlanmalari mavjud:
BOSHLANG’ICH SINF o’qituvchilari uchun:
1.Husnixat to’garagi (1-sinflar uchun)
2. Matematika to’garagi (1-sinflar uchun)
3. O’qish to’garagi (1-sinflar uchun)
4. Ona tili to’garagi ( 2-sinflar uchun)
5.Matematika to’garagi (2-sinflar uchun)
6. O’qish to’garagi (2-sinflar uchun)
7. Ona tili to’garagi (3-sinflar uchun)
8. Matematika to’garagi ( 3-sinflar uchun)
9. O’qish to’garagi (3-sinflar uchun)
10. Ona tili to’garagi (4-sinflar uchun)
11. Matematika to’garagi (4-sinflar uchun)
12. O’qish to’garagi (4-sinflar uchun)
Юқоридаги бошланғичларнинг асосий фанларидан бўлган она тили, математика,ўқиш тўгараклари 5000 сўмдан берилади
13. Rus tili to’garagi (2-3-4 sinflar uchun)
14. Mohir qo’llar to’garagi (boshlang’ich sinflar uchun)
15. Mohir qo’llar to’garagi. ( Boshqa varianti) boshlang’ichlar uchun
16.Рус тили тўгараги, 68 соатли, бошланғичлар учун, бошқа варианти
17. Yosh musavvir to’garagi.Tasviriy san’at fanidan. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun
18. Инглиз тили тўгараги
19. Tarbiya to’garagi.Boshlang’ichlar uchun
Gruppamiz:
@togarak_hujjatlari_group
5.9K views Umidjon Xo’janiyazov , 13:37
Forwarded from Umidjon Xo’janiyazov
To’garak hujjatlari gruppasida quyidagi yillik to’garak ish rejalari va yillik to’garak ishlanmalari mavjud:
ONA TILI VA ADABIYOT o’qituvchilari uchun:
1. Yosh tilshunos (5-6 sinf) 68 soat
2. Ona tilim to’garagi ( 6-7 sinf) 34 soat
3. Yosh adabiyotshunos (6-7 sinf)
4.Ona tilim to’garagi (8-sinf) 34 soat
5. Adabiyotshunos (8-sinf) 34 soat
6. Jonajon tilim (9-sinf) 34 soat
7. Yosh adabiyotshunos (9-sinf)34 soat
8. Ona tilim (10-11 sinf) 34 soat
9. Adabiyot to’garagi (10-11 sinf) 34soat
MATEMATIKA fani o’qituvchilari uchun:
10. Yosh matematik (5-6 sinf) 68 soat
11. Yosh matematik (7-8 sinf) 34 soat
12. Yosh matematik (7-8 sinf) 68 soat ( boshqa varianti)
13.Yosh matematik (8-sinf) 34 soat
14. Yosh matematik (9-sinf) 33 soat
15. Yosh matematik (10-11 sinf)
6.1K views Umidjon Xo’janiyazov , 13:37
Forwarded from Umidjon Xo’janiyazov
To’garak hujjatlari gruppasida quyidagi to’garak yillik ish rejalari va yillik ishlanmalari mavjud:
BARCHA FAN o’qituvchilari uchun:
16. Yosh dasturchi to’garagi
17. Yosh dasturchi to’garagi , boshqa varianti
18. Qaraqalpaq tili to’garagi, 5-6 sinflar
19. Qaraqalpaq tili to’garagi 8-9 sinflar uchun
20. Yosh rassom to’garagi 5-6-7 sinflar uchun
21. Yosh duradgor to’garagi
22. Chevar qizlar to’garagi
23. Basketbol to’garagi
24. Voleybol to’garagi
25. Musiqa to’garagi
26. Musiqa to’garagi, boshqa varianti
27. Yosh fizik to’garagi
28. Yosh geograf to’garagi
29. Yosh tarixchi to’garagi
30. Yosh huquqshunos to’garagi
31. Yosh kimyogar to’garagi
32. Tarbiya fanidan to’garak (5-9 sinflar uchun);
Tarbiya to’garagi ( boshqa varianti);
33. IBA-iqtisodiy bilim asoslari fanidan to’garak hujjatlari
34. Shahmat-sehrli olam to’garagi
35. Rus tili to’garagi. Yuqori sinflar‘uchun
36. Yosh muhandis-chizmachilik fanidan to’garak
37. Yosh futbolchi to’garagi
38. Yosh tarixchi 7-sinf (68 soatli)
39. Yosh tarixchi 5-6 sinf
40. Yosh kimyogar 7-8-9 sinflar uchun, boshqa variyanti
2021-2022 o’quv yili uchun , har juma kuni o’tiladigan SINF SOATI ( ilgarigi tarbiyaviy soat) ishlanmalari ham mavjud, sinf rahbarlik hujjatlari bilan birga
6.8K views Umidjon Xo’janiyazov , 13:37
Forwarded from Umidjon Xo’janiyazov
Sinf rahbari daftari hujjatlari tayyor
Ushbu daftar 2021-2022 oquv yilida sinf rahbarlar uchun
Xalq talimi vazirining 2020-yil 30- iyuldagi 180-sonli
buyrugI bilan tasdiqlangan Umumiy orta talim
muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish
togrisidagi nizom asosida tayyorlandi
Sinf rahbari daftari 60 betdan iborat, word dasturida ishlangan
Murojaat: 973581077
Telegram: @Umidjon_Xojaniyazov
bahosi: 10 ming
7.6K views Umidjon Xo’janiyazov , 13:37
Sinf rahbari daftari hujjatlari tayyor
Ushbu daftar 2022-2023 oquv yilida sinf rahbarlar uchun
Xalq talimi vazirining 2021-yil 22- fevraldagi 41-sonli
buyrugI bilan tasdiqlangan Umumiy orta talim
muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish
togrisidagi nizom asosida tayyorlandi
Sinf rahbari daftari 71 betdan (bir tomonlama hisoblaganda) iborat, word dasturida ishlangan
Murojaat: 973581077
Telegram: @Umidjon_Xojaniyazov
bahosi: 10 ming
Yangi — 2020-2021-o`quv yili uchun tayanch o`quv rejasi tasdiqlandi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy majlisga murojaatida maktab o`quv dasturlarini ilg`or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o`quv yuklamalari va fanlarni qayta ko`rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur ekanligini ta`kidlagan edi.
Bundan tashqari, 2018 yilning 14 avgust kuni «Yoshlarni ma`naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta`lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish chora-tadbirlari to`g`risida» O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilingan bo`lib, unda umumiy o`rta ta`limning amaldagi tayanch o`quv rejasini qayta ko`rib chiqib, 10 foizga qisqartirish vazifasi belgilab berilgan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Xalqaro baholash dasturlari bo`yicha xalqaro tadqiqotlarda O`zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha Yo`l xaritasi”ning 12-bandida “2019 yil dekabr oyidan boshlab, ilg`or xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda davlat ta`lim standartlari, o`quv dasturlari va o`quv adabiyotlari mazmuniga bosqichma-bosqich o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish” vazifasi belgilangan.
Shuningdek, PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturida o`quvchilarning savodxonlik darajalarini aniqlashda kompyuter simulyasiyali interfaol topshiriqlardan foydalaniladi va barcha sinovlar kompyuter texnikasi yordamida amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018 yil 27 aprelda tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarida 1-4-sinf o`quvchilarining haftalik o`quv soati jami 88 soat etib belgilangan. Amalda bu soat 98,5 soatni tashkil etib, belgilangan me`yordan 10,5 soat oshib ketgan. Shu sababli, boshlang`ich sinflarning o`quv soati Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiqlashtirildi.
Endilikda asosiy e`tibor fanlarga ajratilgan soatlarga emas, balki ulardan samarali foydalangan holda sifatli ta`lim berishga qaratiladi.
Yuqoridagilar inobatga olinib, quyidagi ishlar amalga oshirildi:
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev huzurida 2019 yil 23 avgust kuni kengaytirilgan tarzda o`tkazilgan yig`ilish bayonining 24-bandida “Milliy g`oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg`usi” fanlarini birlashtirgan holda 2020-2021 o`quv yilidan yagona “Tarbiya” fanini joriy qilish belgilangan.
Shu munosabat bilan, “Milliy g`oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg`usi” fanlarini birlashtirilib, yagona “Tarbiya” fani joriy qilindi. 2020-2021 o`quv yilidan boshlab 1-11-sinflarida “Tarbiya” faniga 1 soatdan ajratilmoqda.
“Ona tili va adabiyoti” fani
Ona tili va adabiyot fani bo`yicha etakchi olimlar, soha mutaxassislari va amaliyotchi o`qituvchilardan iborat ishchi guruhi tomonidan xorijiy davlatlarda ona tili va adabiyot fanining o`qitilishi tahlil qilindi.
Xususan, ona tili va adabiyoti fanining haftalik o`quv soati Estoniyada 39 soat, Germaniyada 41 soat, Finlyandiyada 42 soat, Angliyada 43 soat, Janubiy Koreyada 46 soat, Belorussiyada 42 soat, Qozog`istonda 58 soatni tashkil etadi.
Mazkur davlatlar umumta`lim maktablarida ona tili va adabiyot fani umumta`lim davrida Estoniyada 1365 soat, Germaniyada 1230 soat, Finlyandiyada 1596 soat, Angliyada 1591 soat, Janubiy Koreyada 1886 soat, Belorussiyada 1428 soat, Qozog`istonda 1914 soat o`qitiladi.
O`zbekiston umumta`lim maktablarida ona tili va adabiyot fanining o`quv dasturlari xorijiy tajribalar asosida o`quvchilarda tinglab tushunish, o`qib tushunish, yozish va og`zaki nutq ko`nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga yo`naltirilgan holda takomillashtirildi.
Yangi umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun 2020-2021 o`quv yiliga mo`ljallangan tayanch o`quv rejada ona tili va adabiyot fanini haftada 57 soat, yillik jami 1938 soat o`qitilishi belgilangan.
O`quv dasturlarni chuqur tahlil qilish natijasida muomalada ishlatilmaydigan qoidalar, murakkab grammatikaga oid, oliy ma`lumotli filolog mutaxassisini tayyorlashga yo`naltirilgan mavzular o`quv dasturlaridan qisqartirildi.
Xususan, 5-sinfda ona tili va adabiyoti fanidan 30 ta mavzu, 6-sinfdan 17 ta mavzu chiqarib tashlandi. Shuningdek, 5-sinfdagi 40 ta mavzu, 6-sinfda 23 ta mavzu yuqori sinflarga o`tkazildi.
Shuningdek, yangi o`quv yili uchun tasdiqlangan tayanch o`quv rejasidagi o`quv soatlari O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018 yil 27 aprelda tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga moslashtirildi.
Bundan tashqari, bu borada mutaxassis olimlarning fikrlari ham o`rganildi, xususan, filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliev bu haqida shunday deydi:
Ona tili bo`yicha hosil qilinadigan malakani ikkiga ajratish mumkin:
1) til jamiyatidan o`zlashtiriladigan malaka (fonetik va grammatik malaka);
2) maktabda egallanadigan malaka (imlo, punktuasiya, leksika va b.)
Fonetika va grammatikaning imlo bilan bog`liq jihatidagina ta`limga ehtiyoj sezamiz. Fonetika va grammatikaga doir bundan boshqa bilimlarni keraksiz bilim deyish mumkin. Shu asosda ona tilidan “kerakli” (ishlaydigan) va “keraksiz” (ishlamaydigan) bilimni farqlash lozim. Ona tili darsliklariga yillar davomida kirib qolgan va “ishlamaydigan”, ta`limiga davlat mablag`i, o`quvchining vaqti va ota-onaning puli behuda sarflanayotgan bunday mavzularni qanday ajratamiz?
Shuningdek, olim tomonidan keltirilgan ayrim dalillarga ko`ra:
1. Urg`u bilan bog`liq mavzular. O`zbek tili – agglyutinativ til. Bunday tillarda grammatika juda rivojlangan, shuning uchun so`z ma`nolarini urg`u farqlamaydi va u nutqda sezilarsiz bo`ladi (ko`zlar – “ko`p ko`z”; ko`zlar – “mo`ljallar”). Uni ta`lim bilan rivojlantirish imkonsiz. O`zbek tilidagi so`z urg`usi qoidalar asosida aniqlanadi, nafaqat o`quvchi, hatto o`qituvchining o`zi ham uni topishda qiynalishining sababi ana shunda. Uni o`qitishga hech qanday hojat yo`q. Bu mavzu 1-sinfdan 11-sinfgacha taxminan 5 soat hajmida o`qitiladi.
2. So`z yasalishi bilan bog`liq mavzular. Til egalari nutqida so`z yasamaydi, balki (tubmi, yasamami) tayyor so`zdan foydalanadi. So`z yasamas ekanmiz, bu bo`yicha bilimlar ham ishlamaydi. Demak, bu mavzu ta`limi ham keraksiz. Mavzu 1-11-sinflarda taxminan 12 soat o`qitiladi.
3. So`zlarning birikish usullari (boshqaruv, moslashuv, bitishuv) bilan bog`liq mavzular. Og`zaki va yozma nutq uchun bu bilimlar ham mutlaqo ishlamaydi. Bu mavzular rus tili grammatikasidan aynan ko`chirilgan, o`zbek tili tabiatiga sira ham mos emas. Bu mavzuga ham 1-sinfdan 11-sinfgacha taxminan 5 soat ajratilgan.
Afsuski, mazkur fanlarni o`qitishga ajratilayotgan soatlar hajmi, jalb etilayotgan o`qituvchilar soniga ko`ra xalq ta`limi tizimiga o`qitish uchun ajratilayotgan mablag`larning eng katta qismi sarflanayotgan bo`lsa-da, o`quvchilarning savodxonlik darajasi pastligicha qolmoqda. Eng achinarlisi, o`qituvchilarning o`zlari ham o`z mutaxassisligi bo`yicha etarli kompetentlikka ega emasligi Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida o`tkazilgan test sinovlari natijasida ma`lum bo`ldi.
Aslida o`quvchilarga biror bilimni o`rgatish unga ajratilgan soatda emas, balki uni o`rgatish metodikasiga bog`liq. Masalan, ayrim o`qituvchilar bitta mavzuni soatlab o`quvchilarga tushuntiradi, lekin o`quvchilar bu mavzuni etarlicha tushunmaydi. Bu borada tajribali o`qituvchi esa o`sha mavzuni 10-15 minutda qiziqarli tarzda o`quvchilarga tushuntiradi. Shunday ekan, fanga ajratilgan soatga emas, balki uni o`qitish metodikasini kuchaytirish zarur bo`ladi.
“Ona tili” darsliklarini tahlil qilish natijasida keraksiz, til malakasi uchun “ishlamaydigan” juda ko`p mavzular chiqarib tashlandi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi hamda 2020 yil 31 yanvar kuni matematika, kimyo, biologiya va geologiya ilm-fanini rivojlantishga bag`ishlangan yig`ilishida ilm-fan sohasida islohotlarni tizimli tashkil etish maqsadida va yurtimizda azaldan rivojlangan ilmiy maktablar, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo`nalishlaridan kelib chiqqan holda ilm-fanning ustuvor yo`nalishlari sifatida matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalari belgilandi.
Shuningdek, oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasiga “Matematika” fani majburiy fan sifatida kiritildi.
Shu sababli, o`quvchilarga matematika fanini chuqurroq o`rgatish maqsadida 10-sinfda “Algebra” faniga haftasiga 1 soat qo`shib berildi va ushbu fanning haftalik o`quv soati miqdori 3 soatga keltirildi.
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani
Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma`naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko`tarish maqsadida 2020 yil “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlandi.
Joriy yilda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo`yicha tub burilish qilish, bu soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, ta`limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to`liq javob beradigan axborot texnologiyalari joriy etilishi rejalashtirilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, 5-6-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga haftasiga 0,5 soatdan qo`shib berildi va ularning haftalik o`quv soatlari miqdori 1 soatga keltirildi.
Bu orqali o`quvchilarning xalqaro baholash dasturlari bo`yicha xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishiga tayyorgarlik ko`rish maqsad qilingan.
“Kimyo” va “Biologiya” fanlari
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi hamda 2020 yil 31 yanvar kuni matematika, kimyo, biologiya va geologiya ilm-fanini rivojlantishga bag`ishlangan yig`ilishida ilm-fan sohasida islohotlarni tizimli tashkil etish maqsadida va yurtimizda azaldan rivojlangan ilmiy maktablar, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo`nalishlaridan kelib chiqqan holda ilm-fanning ustuvor yo`nalishlari sifatida matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalari belgilandi.
Shu sababli, o`quvchilarga STEAM ta`limi yo`nalishidagi fanlarni chuqurroq o`rgatish maqsadida 10-11-sinflarda “Kimyo” va “Biologiya” fanlariga 1 soatdan qo`shib berildi va ularning haftalik o`quv soatlari miqdori 3 soatga keltirildi.
“Geografiya va iqtisodiyot” fani
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 8-bandida “Bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lmagan fanlar asosida tuzilgan o`quv dasturidan bosqichma-bosqich voz kechish va o`quv fanlari sonini optimallashtirish” vazifasi belgilangan.
Shu munosabat bilan, “Geografiya”, “Iqtisodiy bilim asoslari”, “Tadbirkorlik asoslari” fanlarini birlashtirgan holda, yagona “Geografiya va iqtisodiyot” fani kiritildi. Bu orqali o`quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish va Xalqaro baholash dasturlari bo`yicha xalqaro tadqiqotlarda O`zbekiston Respublikasining muvaffaqiyatli ishtirok etishiga tayyorgarlik ko`rish maqsad qilingan. Shuningdek, PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturida o`quvchilarning moliyaviy savodxonlik darajasi baholanishi nazarda tutilgan.
“Jismoniy tarbiya” fani
O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018 yil 27 aprelda tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarida 1-4-sinf o`quvchilarining haftalik o`quv soati jami 88 soat belgilangan. Amalda bu soat 98,5 soatni tashkil etib, belgilangan me`yordan 10,5 soat oshib ketgan. Shu sababli, boshlang`ich sinflarning o`quv soatlari Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiqlashtirildi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi hamda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan 2019 yil 30 sentyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusini amalga oshirish to`g`risida”gi majlis bayoni ijrosini ta`minlash maqsadida umumiy o`rta ta`lim maktablarida doimiy tarzda ommaviy sport turlari musobaqalarini o`tkazish orqali o`quvchilarning jismoniy sog`lom bo`lishlari, ular o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish ishlari yo`lga qo`yilgan.
Shu sababli, 1-4-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanining haftalik o`quv yuklamasi 1 soatdan belgilandi.
“Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik” fani
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida maktab o`quv yuklamalari va fanlarni qayta ko`rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish ta`kidlandi.
Bu borada ilg`or xorijiy davlatlarning umumta`lim fanlari va o`quv yuklamalari o`rganib chiqildi.
O`rganish natijalarida ilg`or xorijiy (Angliya, Germaniya, Finlyandiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Estoniya kabi) davlatlarda mazkur fan o`tilmasligi aniqlandi. Shuningdek, “Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik” fani o`qituvchisi “Jismoniy tarbiya” fani o`qituvchisi bilan hamkorlikda o`quvchilar o`rtasida turli sport musobaqalarini o`tkazadi.
Shu sababli, 10-11-sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik” fanining haftalik o`quv yuklamasi 1 soatdan belgilandi.