Press "Enter" to skip to content

TASVIRIY SAN`ATNI O`QITISHDA DIDAKTIK PRINSIPLAR

Naturani o`ziga qarab tasvirlash jarayonida o`quvchilar turmushda qo`llaniladigan turli buyumlar, sabzavot va mevalar tasvirini ishlaydilar. O`qituvchi dars jarayonida o`quvchilar mustaqil ish boshlamaslaridan oldin naturani qisqacha taHlil qilib, faqat buyumlar shakli, proporsiyasi, rangi va tuzilishi Haqidagina emas, balki ularni yaratish uchun sarflangan katta meHnat Haqida Ham gapirib beradi.

Tasviriy san’at 3-sinf

Внимание! Все тесты в этом разделе разработаны пользователями сайта для собственного использования. Администрация сайта не проверяет возможные ошибки, которые могут встретиться в тестах.

Тестовые задания для проверки знаний по ИЗО

Система оценки: 5 балльная

Список вопросов теста

Вопрос 1

1. Portret nima?

Варианты ответов
  • Tabiat manzarasi tasvirlanadi.
  • Odam qiyofasi tasvirlanadi
  • Hayvonot olami tasvirlanadi.
  • applikatsiya
Вопрос 2

Haykaltaroshlikda nima bilan ishlanadi

Варианты ответов
  • plastilin ,loy , stek
  • Bo’yoq,
  • ganch, qalam.
  • rangli qog’oz
Вопрос 3

Binafsha rang qanday hosil bo’ladi

Варианты ответов
  • sariq, ko’k qo’shish orqali
  • qizil, sariqni qo’shish orqali
  • qizil ko’k sariqlarni qo’shish orqali.
Вопрос 4

Sovuq ranglarni ayting.

Варианты ответов
  • qizil, qora, oq.
  • oq, ko’k, yashil
  • qizil, sariq, ko’k
Вопрос 5

Badiiy asar mazmunini to’ldiruvchi yoki ko’rgazmali tasvirlovchi rasm nima deb ataladi ?

Варианты ответов
  • fon
  • manzara
  • illyustratsiya
  • portret

TASVIRIY SAN`ATNI O`QITISHDA DIDAKTIK PRINSIPLAR

5. Bolalar yoshiga va kuchiga moslik prinsipi. Muntazamlik va ketma-ketlik prinsipi.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida tasviriy san`at darslarini didaktik prinsiplarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Faqat amaliyot bilan nazariyani uzviy bog`lagan Holdagina dars va darsdan tashqari ishlarda ta`lim va tarbiyaning samarali bo`lishiga erishish mumkin. Didaktik prinsiplar va ularning asosiy masalalari Evropaning buyuk pedagog-olimlari YA.A.Komenskiy, J.J.Russo, I.G. Pestalotssilar tomonidan ishlab chiqilgan. SHuningdek, didaktik prinsiplarni ishlab chiqishda F.A.Disterveg va K.D.Ushinskiylar Ham katta Hissa qo`shganlar. Ular tomonidan ilgari surilgan g`oya Hozirgi zamon didaktikasining asosini tashkil etadi.

Didaktik prinsiplar Hisoblangan ta`lim va tarbiyaning birligi, ko`rgazmalilik, ilmiylik, onglilik va faollik, muntazamlik va ketma-ketlilik, ta`lim mazmunini bolalarning kuchi va yoshiga mos bo`lishi maktabda tasviriy san`atni o`qitishda aloHida aHamiyat kasb etadi.

Maktabda tasviriy san`atni o`qitishda didaktik prinsiplar professorlar N.N.Rostovsev, V.S.Kuzin, R.Hasanovlar tomonidan ishlab chiqilgan.

Ta`lim va tarbiya birligi prinsipi didaktik prinsiplarning eng asosiylaridan Hisoblanadi va bu tasviriy san`atni o`qitish jarayonida aloHida aHamiyat kasb etadi. Ma`lumki, bugungi kunda ta`lim-tarbiyaning asosiy qismlaridan biri o`quvchilarni milliy istiqlol mafkurasi ruHida tarbiyalash Hisoblanadi.

O`. Tansiqboevning “Jonajon o`lka”, X. RaHmonovning “May tongi”, N. Karaxanning “Oltin kuz”, Z. Inog`omovning “CHoyga”, YU.Elizarovning “Natyurmot” kabi asarlarida O`zbekiston ko`rk-jamoli yorqin aks ettirilgan. O`quvchilarni bunday asarlar bilan tanishtirishda bolalarda ona-vatanimizga bo`lgan ilk muHabbat paydo bo`ladi, shu zaylda ularda ona-vatanga, o`lkaga nisbatan meHr-muHabbat tuyg`ulari yanada kuchayadi.

Tasviriy san`at darslarida millatlararo totuvlik va baynalminal tarbiyani amalga oshirish imkoniyatlari Ham katta va u turli mavzularda kompozitsiya ishlash, boshqa millat va xalqlar Hayotini ifodalovchi suratlarning reproduksiyalarini, xalq ertaklariga ishlangan illyustratsiyalarni namoyish etish orqali amalga oshiriladi.

“MeHmonlarimiz”, “CHet el delegatsiyasini kutib olish”, “Turistlar” mavzularida rasm chizdirish yuzasidan o`tkaziladigan suHbatlarda o`quvchilar ongiga millatlararo totuvlik, do`stlik tushunchalarini singdirishga Harakat qilinadi. Asar mazmunini ochishga yordamlashuvchi suHbatlar, turli millat va xalqlarning qiyofalarini tasavvur etish, bolalar ijodining takomillashuviga, tasavvurlarining boyishiga olib keladi.

Turli millat yozuvchilarining asarlari va xalqlarining og`zaki ijodiga xos illyustratsiyalar o`quvchilarga boshqa millatlarning Hayoti, orzusi, g`oyalari bilan tanishish, sevish va tushunish imkonini beradi.

Tasviriy san`at darslarida millatlararo do`stlik, totuvlik Respublikamiz va chet el rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar orqali Ham amalga oshirildi. Respublikamiz rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar orasida o`zbek xalqining Hayoti va meHnati, uning boshqa xalqlar va millatlar bilan totuvligi, ba`zi chet xalqlarining Hayoti va meHnati aks ettirilgan suratlarni ko`rish mumkin.

P.P.Benkov (“Dugonalar”), A.Abdullaev (“SHomaHmudovlar oilasi”), L.Abdullaev (“Demobilizatsiya qilinganlarni kutib olish”), Q.Husniddinxo`jaev (“Navoiy va Jomiy”), A.Siglinsev (“Mening uyim, sizning Ham uyingiz”), O`.Tansiqboev (“Issiqko`l oqshomi”) va boshqalarning bir qator asarlari millatlararo totuvlik, do`stlik g`oyalarini aks ettirganligi bilan ajralib turadi. SHuningdek, tasviriy san`at dasturiga bir qator SHarq va G`arb mamlakatlari rassomlarining ijodini o`rganish Ham kiritilgan. Leonardo da Vinchi, Rafael, Mikelanjelo, Rembrant, Rubens, Kent, Pikisso, Matiss va boshqa chet el rassomlarining asarlari do`stlik va Hamkorlik g`oyalarini amalga oshirishda boy material bo`lib xizmat qiladi. SHuningdek, dasturda Misr, Hindiston, Xitoy, Eron, YAponiya kabi mamlakatlarning me`morchiligini o`rgatish Ham nazarda tutilgan. O`qituvchi bunday san`at asarlarini taHlil qilar ekan, ularning o`ziga xos Hamda umumiy belgilarini ta`kidlab o`tishi maqsadga muvofiq.

O`quvchilar tasviriy san`at asarlarini o`rganish orqali chet el mamlakatlari xalqlarining meHati va meHnatdagi jasoratlari, an`analari, odatlari, turmush tarzi Hamda tabiati bilan oshno bo`ladilar.

Jamiyat qurilishining muaffaqiyati Har bir kishining meHnat qilish darajasiga bog`liq. SHuning uchun kishilarning jamiyat uchun nafi bo`lgan meHnatga nisbatan Hatti-Harakati asosiy ko`rsatkich sanaladi. Bu sifat meHnat tarbiyasi jarayonida vujudga keladi.

Tasviriy san`at darslarini o`quvchilar meHnat tarbiyasini amalga oshirishdagi imkoniyatlari katta. Bu masala tasviriy san`at darslarining barcha turlari – naturaga qarab tasvirlash, kompozitsiya, san`atshunoslik asoslari mashg`ulotlari mazmunida ko`zda tutilgan.

Naturani o`ziga qarab tasvirlash jarayonida o`quvchilar turmushda qo`llaniladigan turli buyumlar, sabzavot va mevalar tasvirini ishlaydilar. O`qituvchi dars jarayonida o`quvchilar mustaqil ish boshlamaslaridan oldin naturani qisqacha taHlil qilib, faqat buyumlar shakli, proporsiyasi, rangi va tuzilishi Haqidagina emas, balki ularni yaratish uchun sarflangan katta meHnat Haqida Ham gapirib beradi.

Masalan, turmushga qo`llaniladigan ayrim san`at buyumlarining o`ziga qarab rasmini chizdirishda o`qituvchi o`quvchilarga buyumlarning vazifasi, shakli, ularning qanday materiallardan yasalgani, buning uchun qancha meHnat sarflangani va Hokazolar Haqida to`xtaladi. SHuningdek, o`zbek xalq amaliy san`ati Haqidagi suHbat darslarida o`qituvchi ularning turlari va ustalarning meHnat shijoatining o`ziga xos jiHatlari Haqida gapiradi.

“Paxta terimi”, “Fermada”, “Hosilni yig`ib-terib olish”, “Maktab er uchastkasida”, “Qurilishda” kabi ishlar o`quvchilarni kattalar meHnati bilan tanishtiradi. Ishlab chiqarish korxonalariga qilingan sayoHat bu masalada muHim aHamiyat kasb etadi. SayoHatda bolalar kishilarning qanday meHnat qilayotganlarini kuzatadilar, meHnat sharoitlari va uni tashkil etish yo`llari bilan tanishadilar, kattalar meHnatining natijalarini ko`radilar. SayoHat chog`ida ular kattalar meHnatining aHloqiy tomonini, ularning meHnatga bo`lgan munosabatini, meHnatning jamoaviy Harakterini o`rganadilar. Bolalarni sayoHat jarayonida olgan taassurotlari ularning rasmlarida aks etadi, natijada o`quvchilarning meHnat Haqidagi tasavvurlari yanada kengayadi.

Tasviriy san`at dasturida xalqimizning fidokarona meHnati va uning go`zalligni aks ettiruvchi asarlarini o`rganish Ham ko`zda tutilgan. O`.Tansiqboevning “Paxtani sug`orish”, “CHorovoq qurilishida”, Z.Inog`omovning “CHoyga” va boshqa asarlari shular jumlasiga kiradi.

Bolalar o`zbek rassomlari asarlarining qaHramonlari bo`lmish artist A.Hidoyatov, xalq Hofizi Mulla To`ycha Toshmuxammedov, amaliy san`at ustasi U. Jo`raqulov va boshqa o`z baxtini meHnatdan topgan kishilar bilan suvratlar orqali uchrashar ekanlar, ular, meHnat jamiyat Hayotining, Har bir shaxsining asosiy qonuni ekanligiga ishonch Hosil qiladilar. Bunday darslarda o`quvchilarni turli kasblarga yo`llash imkoniyatlari Ham paydo bo`ladi.

Natijada, o`quvchilar meHnat inson baxt-saodatining ma`naviy va axloqiy manbai, Har qanday inson meHnat qilmog`i va meHnatni sevmog`i lozim, degan xulosaga keladilar. SHuningdek, bolalar odamlar faqat o`zi uchun emas, jamiyat uchun meHnat qilishlari kerak, meHnat kishilariga va ular yaratgan buyumlarga nisbatan Hurmat bilan qarash lozimligi Haqida tasavvurga ega bo`ladilar.

Maktabda tasviriy san`at estetik turkumdagi o`quv predmeti xisoblanib, o`quvchilarda badiiy va estetik didning rivojlanishida muHim rol o`ynaydi, ya`ni tasviriy san`at darslarida san`atdagi va borliqdagi go`zallikni ko`rish, tushunish va qadrlay olish Hissi takomillashadi.

Naturani taHlil qilish jarayonida o`qituvchi o`quvchilarning diqqatini buyumlar shaklining nafisligi, qismlarning proporsionalligi, shakl va rang uyg`unligi, mazmun, shakl va vazifaning mosligi kabilarga jalb etadi. Natijada, o`quvchilarda naturaga nisbatan emotsional – estetik munosabatlar oshadi.

O`quvchilar naqsh chizishda, dekorativ – bezak ishlarida tabiat elementlaridan foydalanadilar. Bunga tabiat maHsulotlari yaxshi material bo`lib xizmat qiladi. O`quvchilar tabiat materiallari va Hayvonot dunyosini stilizatsiyalashtirib, takrorlanmas va chiroyli naqshlar tuzadilar.

Borliqni idrok etish va kompozitsiya darslarida tabiatni kuzatish va uni rasmlarda aks ettirish bolalar tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. O`quvchilar dars jarayonida tabiatni kuzatar ekanlar, ular daraxtlarning tuzilishini, shoH-shabalarning shakl va yo`nalishini turli-tumanligi, barglarning rangi va shakli, nafisligi va yoqimliligini bilib oladilar. SHuningdek, gullarning rangi va shakli, xilma-xilligi, baHor va kuz manzarasining go`zalligi, ninachi, kapalak, qushlarning engil va nafis parvozi Ham o`quvchilarni Hayajonlantiradi.

YUqori badiiy saviyada yaratilgan tasvriy san`at asarlarini o`rganishda o`quvchilar ulardan estetik zavq olishadi. Suvrat kompozitsiyasining muvaffaqiyatli echilishi, ranglarning HamoHangligi, borliqning Haqqoniy tasviri bolalarni Hayajonlantiradi. Bu faqat estetik tarbiyaga taalluqligina bo`lmay, balki, bolalarning tasviriy ijodiga, ularning san`atga bo`lgan qiziqishlarini tarbiyalashga bevosita aloqadordir. Bu borada manzara va natyurmort janrlarining roli kattadir.

San`at asarlari Haqidagi suHbatlarda o`qituvchi, rassom ko`rganini shunchaki aks ettiribgina qolmay, balki u borliqdagi eng qiziq, eng chiroyli narsa va Hodisalardan ta`sirlanib chizganligi, lozim bo`lgan taqdirda, u ko`rgan – kechirganlari va eshitganlarini mubolag`a bilan tasvirlashini Hikoya qilib beradi.

Naturaga qarab tasvirlash jarayonida bolalar buyumlarning shakli, rangi, tuzilishini taHlil qiladilar. Masalan, choynakli natyurmotni taHlil qilganda, bolalar e`tibori choynakni turmush uchun zarur bo`lgan buyumlardan biri ekanligiga, uninng shakli mazmuniga mosligi, uning qanday vazifaga mo`ljallanganligi, maqsadga muvofiqligi, ishlatishga qulayligi va Hakozalarga qaratiladi. Dekorativ bezak darslari o`quvchilarning badiiy didini, ijodiy qobiliyatini o`stirish imkoniyatlariga ega. Darslarda o`quvchilar simmetriya, ritm, ranglarning mutanosibligi, kompozitsiyaning qonun va qoidalari bilan tanishadilar.

O`quvchilarning ijodiy qobiliyatlari naqsh chizish, kitob muqovasi uchun eskiz ishlash, otkritka, choynak va dazmol uchun taglik eskizini ishlash jarayonida o`stirib boriladi. O`quvchilarning estetik tarbiyasida N.Karaxanning “Oltin kuz”, YU.Elizarovning “Tarvuzli natyurmort”, O`.Tansiqboevning “Tog`larda kuz”, “O`zbekistonda mart”, L.Salimjonovaning “Natyurmort” nomli asarlari aloHida aHamiyat kasb etadi.

Ilmiylik prinsipi didaktik prinsiplarning eng asosiylaridan biri bo`lib, u fan asoslarini chuqur o`zlashtirmasdan o`quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish mumkin emasligini bildiradi. Boshqa o`quv predmetlaridagi kabi bu prinsip tasviriy san`at darslarida Ham amalga oshiriladi.

Tasviriy san`at atrof-muHitni His etish, undagi voqea va Hodisalarni o`ziga xos jiHatlarini bilishni talab etadi. SHu boisdan tasviriy san`at darslarida o`quvchilar chiziqli va Havo perspektivasi, yorug`soya, rangshunoslik, kompozitsiya qonunlarini yaxshi bilishlari talab etiladi. SHuningdek, odam va Hayvonlarning plastik anatomiyasi Haqida etarlicha ma`lumotlarga Ham ega bo`lishlari lozim. Tasviriy san`at dasturida o`quvchilarning bu qonunlarni o`zlashtirishlari ko`zda tutiladi. Perspektiva qonunlarini o`zlashtirmasdan realistik tasvir yaratish mumkin emas, desak mubolag`a bo`lmaydi. Rassom yoki o`quvchining rasm chizish uslubi Har xil bo`lishi mumkin, lekin rasm yoki san`at asarlarining qurilishi bir xil, ilmiy asosda bo`lishi shart. Perspektiva qonunlari Hisoblangan chiziqli va Havo perspektivasi, ufq chizig`i, kesishish nuqtasi, kuzatish nuqtasi, buyumni bir yoki ikki kuzatish nuqtasi asosida rasmini ishlash, o`lchovlarni o`zgarish perspektivasi, och-to`qlikni o`zgarish perspektivasi, ranglarni o`zgarish perspektivasi, shakl va chegaralardagi aniqlikni kamayishi perspektivasi v.b. realistik rasm ishlashga o`rgatishning asosini tashkil etadi.

Ilmiylik prinsipi tasviriy san`at o`qituvchilaridan dars jarayonida va sinfdan tashqari ishlarda o`quvchilarga berilayotgan barcha material va ma`lumotlar ilmiy bo`lishligini, maktab amaliyotida tekshirilgan Hamda o`quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo`lishligini talab etadi.

Tasviriy san`atni o`qitishda san`atning inson Hayotidagi rolini tushuna bilish juda muHimdir. Jumladan, san`at ijtimoiy ongning aloHida shakli ekanligini nazarda tutish kerak. Tasviriy san`at o`qituvchisi shuni tushunishi kerakki, o`quvchilar borliqdagi narsalarni chizish jarayonida ularning faqat tashqi ko`rinishinigina emas, balki uning ma`lum qonuniyatlariga asoslangan ichki tuzilishni Ham bilib olishlari talab etiladi. Ko`p Hollarda bu qonuniyatlarni bilmaydigan o`quvchilar buyumlarning shaklini to`g`ri tasvirlashda yanglishadilar.

Ko`rgazmalilik prinsipi tasviriy san`atni o`qitishda borliqdagi narsa va Hodisalarning moHiyatini bilishga, uning xarakterli xususiyatlari va qonuniyatlarini o`rganishga ko`maklashadi.

Naturani o`rganish chog`ida (sinfda va plenerda) o`quvchilarning kuzatuvchanlik va mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.

O`qituvchida Har doim Ham o`rganilayotgan ob`ektni ko`rsatish imkoni bo`lavermaydi, bunday Hollarda unga ko`rgazmalilik yordam beradi. Bu esa o`quvchilarda mazkur soHaga bo`lgan qiziqishni jonlantiradi.

O`quvchi naturadan rasm chizish jarayonida doim izlanadi, shakllarni solishtiradi, naturaning tuzilishi, o`lchovlari, shakllari, rangi kabilarni bilib oladi. SHubHasiz, bularning Hammasi o`quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlanishiga olib keladi.

Ma`lumki, bolalarda fikrlash konkretlikdan abstraktlikka borish jarayonida rivojlanadi. Tushuncha va obstrakt qoidalar ma`lum dalil, misol va obrazlar bilan mustaHkamlangandagina o`quvchilar ongiga oson etib boradi.

Ko`rgazmalilik tasviriy san`at darslarida boshqa o`quv predmetlaridagidek yordamchi emas, balki o`quvchilarda tushuncha va tasavvurlar Hosil qiluvchi asosiy materialdir.

Naturaning o`ziga qarab rasm chizish darslarida uni naturasiz tasavvur etib bo`lmaydi, bu o`rinda tasviriy san`at darslarida ko`rgazmalilik prinsipining roli juda katta.

Darslar uchun ko`rgazmali qurollar tayyorlash va tanlashda ularga quyidagicha talablar qo`yiladi:

1. Darsning maqsad va vazifalariga mosligi.

2. O`quvchilarning yosh xususiyatlariga mosligi.

3. Ko`rgazmaning aniqligi, tushunarli bo`lishi.

4. Tasvirning sifatli bo`lishi.

5. Ko`rgazmalar o`zining rang-barangligi bilan o`quvchilarda zavq va qiziqish uyg`otishi.

6. Estetik talablarga mosligi.

Rasmlar, asarlarining reproduksiyalari, badiiy asarlarga ishlangan illyustratsiyalarni tanlashda quyidagilar e`tiborga olinishi kerak:

1. Materiallarning g`oyaviyligi.

3. Tasviriy san`at darslarining o`quv-tarbiya vazifalariga mosligi.

4. Bolalar idrokiga mosligi.

Ko`rgazmalilikdan o`rinli, maqsadga muvofiq ravishda o`quvchilarning yosh xususiyatlarini e`tiborga olgan Holda foydalanilsa, u yaxshi natijalar berishi mumkin.

Ko`rgazmalilikning ikki turi mavjud:

1. Tabiiy ko`rgazmali qurollar. 2. Tasviriy ko`rgazmali qurollar.

Tabiiy ko`rgazmali qurollarga shakli, rangi, tuzilishi tabiiy bo`lgan buyumlar (meva va sabzavotlar, turmush buyumlari, o`quv qurollari, amaliy san`at buyumlari va H.k.)ni kiritish mumkin.

Tasviriy ko`rgazmali qurollarga rasmlar, tablitsalar, Hayvon va qushlarning tulumlari, suratlarning reproduksiyalari, geometrik gipsli shakllar, pedagogik rasmlar, fotografiya va boshqa sun`iy usul bilan tayyorlangan tasviriy vositalar kiradi. Sanab o`tilgan ko`rgazmali qurollar quyidagicha guruHlanadi:

1. MeHnat va turmush buyumlari. Bu guruHga geometrik shakllar, sabzovotlar, mevalar, qushlar, Hayvonlar, gullar va o`simliklar, amaliy san`at buyumlari.

2. Buyumlarning tuzilishi, perspektiva qonunlari, yorug`-soya, rangshunoslik, dekorativ stilizatsiyaga doir, geometrik shakldagi simdan yasalgan modellar, vidoiskatel va boshqa ko`rgazmalar.

3. Rasmlar va tablitsalar. Unda rasm va naqsh chizishdagi ketma-ketlilik, atrof-muHitning perspektiv ko`rinishlari, amaliy san`at asarlarining tasvirlari.

4. Rassomlar asarlarining reproduksiyalari, amaliy san`at asarlarining tasvirlari. Bunday ko`rgazmali qurollar yordamida yorug`-soya va rangshunoslik, kompozitsiya qonunlari tushunitiriladi.

5. Bolalarga naturani chizishda ketma-ketlilikni, Har xil eksponatlar bilan ishlash uslubini, buyumlarning qurilishini, tasvirlanayotgan predmetlar va ob`ektlarning fazoviy Holatini ko`rsatuvchi pedagogik rasmlar va boshqalar.

6. Namoyish qilinadigan ko`rgazmali qurolar (diapozitivlar, diafilmlar, slaydalar, kinofilmlar). Bular orqali o`quvchilar turli rassomlar, xalq amaliy san`ati ustalari bilan, tasviriy san`at asarlarini yaratish texnikasi va texnologiyasi bilan tanishadilar.

Ayrim o`qituvchilar ko`rgazmalilikning rolini noto`g`ri baHolab, bu masalada qo`pol xatoga yo`l qo`yadilar. Ular ko`p Hollarda ko`rgazmali qurolning mavjud emasligidan yoki ularning rolini noto`g`ri tushunganliklaridan o`quvchilarga turmushda uchraydigan buyumlar, o`simliklarning rasmini xotiradan tasvirlashni vazifa qilib beradilar. Xotiradan rasm chizishni suiste`mol qilish, atrof-muHitdagi buyumlarning shakli, tuzilishi, rangi, yorug`soyasini noto`g`ri idrok qilishga olib keladi.

Har qanday turdagi narsaning o`ziga qarab rasmini chizish, kompozitsiya, san`atshunoslik asoslari darslarida va sinfdan tashqari ishlarda ko`rgazmalilik o`ziga xos xususiyatlarga ega.

Ilyustrativ rasm ishlash darslarida badiiy asar mazmuni bilan bog`liq o`sha davr kishilarining Hayoti va meHnati, tabiat va me`morchilik ko`rinishlari, shuningdek mavzu bilan bog`liq tabiat ob`ektlarini kuzatishga aloqador bo`lgan ko`rgazmali qurollar namoyish etiladi.

Dekorativ kompozitsiya darslarida ko`rgazmalilikdan turli yo`nalishlarda foydalaniladi. Masalan, “Navro`z” bayrami uchun taklifnoma bezak eskizini ishlash darsida shu mavzulardagi otkritkalar ko`rgazma vazifasini o`taydi. SHuningdek, choynak va dozmol tagliklarining badiiy eskizini tuzish darslari uchun choynak, dazmol va turli xil tagliklar ko`rgazma bo`lib Hisoblanadi.

San`atshunoslik asoslari darslarida rassomlar asarlarining reproduksiyalari yoki diapozitivlari, slayda, diafilm, kinofilmlar namoyish etiladiki, ularsiz san`at asarlari Haqida fikr yuritish qiyin. SHuningdek, san`at asarlarining reproduksiyalari, rasm chizishdagi ketma-ketlilikni ko`rsatuvchi rasm-sxemalar, rangshunoslik, yorug`soya, kompozitsiya va perspektiva yuzasidan tablitsalarni ko`rsatilishi, o`qitishda texnika vositalaridan foydalanish va boshqalar Ham ko`rgazmalilikning samarali shakllaridan Hisoblanadi.

Pedagogik rasm chizishning keng tarqalgan turi o`qituvchining doskada yoki qog`ozda rasm chizib ko`rsatishi Hisoblanadi va u bolalarga amaliy yordam berishda qo`l keladi.

Pedagogik rasmning qiymati shundaki, u bevosita o`quvchilarning ko`z o`ngida bajariladi. U o`qituvchining fikrlarini o`quvchilarga oson va sodda qilib etkazishda yordam beradi.

Doskadagi rasm o`qituvchining asosiy g`oya va fikrlarini o`zida aks ettirishi lozim. Tasodifiy va ikkinchi darajali rasmlarga sinf doskasida o`rin bo`lmasligi kerak.

Doskada rasm chizish Hamma o`qituvchilarning Ham (Hattoki tajribali va ma`lumotli o`qituvchining Ham) qo`lidan kelavermaydi. U o`qituvchidan ma`lum tayyorgarlikni talab etadi. Bu tayyorgarlik esa aloHida mashqlarni bajarishni nazarda tutadi.

Tasviriy san`atni o`qitish metodikasiga doir ko`rgazmali qurollar etarli bo`lmagan Hollarda ularni o`qituvchilarning o`zlari tayyorlashlariga to`g`ri keladi. Bunda shuni Hisobga olish lozimki, Hamma ko`rgazmali qurollar Ham foydali bo`lavermaydi, ba`zan ayrim ko`rgazmali qurollar o`quv va tarbiyaviy ishlarga salbiy ta`sir ko`rsatishi Ham mumkin.

O`qituvchi ko`rgazmali quroldan foydalanish me`yorini bilgandagina u ijobiy natijaga erishishi mumkin. Ko`rgazmali materiallarning Haddan tashqari ko`p bo`lishligi o`quvchilar diqqatini asosiy masaladan chalg`itadi va natijada asosiy narsa e`tibordan chetda qolishi mumkin. Ko`rgazmalilikning etarli bo`lmasligi esa o`qituvchi tomonidan fikrni chala va yuzaki bo`lishgiga olib keladi.

Ko`rgazmali quroldan foydalanish masalalari o`qituvchining nutqi bilan Ham bog`liq. Nutq va ko`rgazmalilikning uyg`unligi ikki jiHatdan foydali bo`lishi ish joyda ko`rinadi. CHunonchi, birinchidan, o`qituvchining nutqi ko`rgazmalilikka ko`maklashsa, ikkinchidan ko`rgazmalilik o`qituvchi nutqiga ko`maklashadi.

Tasviriy san`atni o`qitishda, ayniqsa narsaning o`ziga qarab rasm ishlash va san`atshunoslik asoslari darslarida ikkinchi yo`l ko`proq qo`llaniladi.

Agar ko`rgazmalilikning birinchi yo`li bilim, qonun va tushunchalarni o`zlashtirishga yordam bersa, ikkinchi yo`li pedagogga bu qonun-qoidalarni, atrof-muHitdagi Hodisalarni isbotlashda o`qituvchiga ko`maklashadi. O`qituvchining so`zi sinfda zaruriy muHit Hosil qilishda, o`qituvchilarning ijodiy faoliyatini oshirishda aloHida aHamiyat kasb etadi. SHuning uchun o`qituvchining nutqi ravon, tushunarli va ma`noli bo`lishi lozim.

O`qitishning ongli bo`lish va o`quvchilarning bilish faolligi prinsipi o`quv jarayonining o`stiruvchi va tarbiyalovchi rolini oshirishga olib keladi. Onglilik prinsipining aHamiyati fan, texnika va madaniyat gurkirab rivojlangan Hozirgi davrda aloHida aHamiyat kasb etmoqda.

Bu prinsip o`qituvchi tomonidan berilayotgan bilimlarni ongli, tushungan Holda o`zlashtirishni bildiradi. O`quvchilar bu bilimlarni ko`r-ko`rona emas, balki berilayotgan tushuncha ma`lumotlarni ma`no moHiyatini anglab etgandagina uning bilimlari chuqur va mustaHkam bo`ladi va u bolalar xotirasida uzoq saqlanadi. Bunga erishish uchun o`quvchilarning faolligi diqqati va mustaqil ishlari muHim aHamiyat kasb etadi. Ayniqsa, o`ziga qarab rasm chizish darslarida naturani sinchiklab o`rganish ularning tuzilishi, Hajmi, shakli, o`lchov va ranglaridagi xarakterli xususiyatlarini bilish kerak bo`ladi.

– san`atni kishilar Hayotidagi aHamiyatini tushunib etishi;

– kompozitsiya ishlaganda uning qonun va qoidalariga rioya qilishi;

– naturaning tuzilishi, o`lchovlari, shakllari, ranglariga qat`iy rioya qilishi;

– Har qanday narsa asosida u yoki bu geometrik shakl yotishi;

– rasm chizganda ufq chizig`ini chizib olish va yagona ko`rish nuqtasiga rioya qilishi.

Tasviriy san`at asarlariga oid materiallarning ongli o`zlashtirilishi ilmiylik prinsipidagidek perspektiva, rangshunoslik, optika va yorug`soya qonunlari, anatomiyadan ba`zi ma`lumotlarga ega bo`lishi bilan bog`liq. Bu qonunlarni egallamasdan turib, o`quvchilar o`z tasviriy faoliyatilarini to`g`ri amalga oshira olmaydilar.

Faraz qilaylik, o`quvchi uyida chizish uchun geometrik shakldagi turmush buyumlaridan natyurmot qo`ydi. U perspektiva qonunlari, ufq chizig`i, kuzatish nuqtasi, buyum va surat tekisligi, kesishish nuqtasi, narsalarning o`lchovlarini perspektiv qisqarishini bilmay turib o`z oldiga qo`ygan maqsadini to`g`ri Hal qila olmaydi. YOrug`soya qonunlari Hisoblangan tabiiy va sun`iy yoritish, tushuvchi va shaxsiy soya, nutura yoritilganida soyalarning joylashuvi, yorug`soya, yarimsoya, blik, refleks va boshqalarning bilmagan o`quvchi buyumlarning Hajmini to`g`ri tasvirlay olmaydi.

O`qitishning samaradorligi ko`p Hollarda o`quvchilarning uydagi va darsdagi faolligiga bog`liq. Bu faollik xilma-xil bo`lishi kerak.

Topshiriq yuzasidan mavzuni belgilashda o`quvchilarning Hayvonlar, qushlar, sportga bo`lgan katta qiziqish uyg`otishini Hisobga olish lozim bo`ladi.

O`quv jarayonini samarali bo`lishida solishtirish, taqqoslash, naturani kuzatish va taHlil qilishning aHamiyati katta. Natura taHlilini savol-javob shaklida o`tkazish muHim aHamiyat kasb etadi, aks Holda o`quvchilar naturani yuzaki o`rganish bilan cheklanib qolishlari mumkin.

Buyumlarni to`g`ri chizish uchun ularning tuzilishi, shaklini to`g`ri belgilash bilan birga fazoviy Holatini to`la tasavvur etish kerak bo`ladi. SHundagina predmetlar rasmini ishlashga o`tish mumkin.

O`quvchilardan tasviriy san`atga oid atamalarni ongli o`zlashtirishlarini talab etilishi va ularni buzib ishlatilishiga yo`l qo`ymaslik lozim. Rasm chizish jarayonida o`quvchilarning ba`zi atamalarni o`zlashtirib olishlarini o`zi etarli emas, ularga atamalarning kelib chiqishi, aHamiyati Haqida ma`lumotlar berish kerak bo`ladi. Bu esa o`quvchilarga ilmiy tushunchalarni, atamalarni to`g`ri ishlatishlariga yordam beradi.

O`quvchilar Hodisalarning bir-biri bilan o`zaro bog`liqligini tushunishlari juda muHim. Hodisalarni o`rganishda ularning rivojlanishini nazarda tutgan Holda qarama-qarshilikning sababalrini Ham tushuntira olishlari kerak bo`ladi.

O`quvchilarning faolligini oshirishda maqsadga muvofiq yo`naltirilgan muommoli vazifalarni qo`llash katta yordam beradi. Tadqiqot natijalari va o`qituvchilarning ishlari shuni ko`rsatadiki, tasviriy san`atni o`qitishda o`zlashtirib bo`lingan bilim va malakalar ularni faqat tiklashgagini emas, balki yangi materiallarni chuqur anglashga, dunyoqarashga doir xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.

Mantiqiy vazifalarni Hal etish muammoli o`qitish bilan bog`lanadi. Muammoli vaziyatlar Hosil qilish esa mantiqiy vazifalarni echishga sharoit yaratadi. Mantiqiy fikrlash predmet va Hodislardagi eng muHim tomonlarni ajrata olish, ko`p dalillar ichidan tipiklarini ko`rsata olish, shakllangan tushunchalardan to`g`ri foydalanish, perspektiva, rangshunoslik, kompozitsiyaning asosiy qonun va qoidalariga rioya qilish imkonini beradi.

O`quvchilar ufq chizig`i, chiziqli va Havo perspektivasi, kesishish nuqtasi, buyumlar shaklining perspektiv qisqarishi Haqida to`liq ilmiy tushunchalarga ega bo`lishlari kerak.

Dialektik tarzda fikr yuritish formal, mantiqiy fikrlash bilan bog`liq va unga doimo tayanishni nazarda tutadi. Mantiqiy fikrlash ob`ektiv borliq Hodisalar mantiqini aks ettiradi. Qaysiki, unda Hamma narsa o`zaro bog`liq va aloqadordir.

Atrof-muHitni to`g`ri tushunish uchun o`quvchilar Hodisalarning sabablari va oqibatlarini ko`rib va bilib olishlari kerak. Bu esa dialektik fikrlash va xulosa chiqarishning shakllanishiga ko`mak beradi.

Bizningcha, o`qitishda o`quvchilarning mustaqil bilim olish jarayonini faollashtirishda va ijodiy fikrlashni rivojlantirishda bilimlarning muammoli bayon etish yo`lidan keng foydalanish va qisman izlanish va ilmiy tadqiqot metodlarini qo`llash lozim. O`qitish jarayonining samaradorligini oshirish bevosita o`quvchilarning faol psixik faoliyati (intellektuallik, emotsionallik) bilan bog`liqdir. Bunda g`oyalarni chuqur tushunish kamlik qiladi. Lekin, shunday amaliy faoliyat tashkil qilish lozimki, unda g`oyalar ichki Hissiyotlar tufayli to`la ongli ravishda Harakat orqali yaqqol namoyon bo`lsin, mustaHkamlansin. Bunga badiiy asarlarni ifodali o`qish, Hikoya qilish, muzika tinglash, slaydlar ko`rsatish orqali erishish mumkin. Agar o`qituvchi voqea va Hodisalarni ta`riflashda ularning go`zalligi, nafisligi, yoqimliligiga aloHida e`tibor bersa, talay natijalarga erishishi mumkin. SHuningdek, buyumlarning shakllari, o`lchovlaridagi proporsionallik, yorug`soya nisbatlari va boshqalarni san`at asarlari orqali taHlil qilib berish lozim.

O`qitishni faollashtirish uchun o`quvchilarni muntazam va maqsadga muvofiq ravishda rag`batlantirish Ham muHim aHamiyatga ega. YAxshi ishlarni butun sinfga ko`rsatish yoki ularni maktab ko`rgazmasiga tavsiya etish, o`z kuchiga ishontirish, ob`ektiv tanqid, turli xildagi yordamlar orqali o`quvchilarni rag`batlantirish mumkin.

O`qituvchining tajriba va bilimi kuchli o`quvchining mustaqil faoliyatiga qaratilgan bo`lishi kerak. Bolalarga ishora, yordamchi savol, ish yo`nalishi va kamchiliklarini ko`rsatish orqali yordam berish kerak.

Boshqa fanlarda bo`lganidek, tasviriy san`at darslarida Ham materiallarni muntazam va ketma-ket bayon etish prinsipi muHim aHamiyatga ega. Bu prinsip butun kurs davomida o`quv materiallarini mantiqan izchil joylashishini va Har bir mavzu oldindan olingan bilim, malaka va tajribalarga suyangan Holda, yangi materiallarni o`tilganlar bilan bog`lab bayon etilishi lozimligini nazarda tutadi.

Amaldagi tasviriy san`atdan davlat ta`lim standarti materiallarni bayon etishning faqat ma`lum ketma-ketlikda amalga oshirishnigina emas, balki uning muntazam bo`lishligini Ham nazarda tutadi.

Ba`zan shunday Hollar Ham bo`ladiki, bunda o`qituvchilar bilim berishning bu muHim prinsipini to`g`ri baHolay olmaydilar. O`quvchilarga berilayotgan vazifalarda bolalarning ilgari olgan bilim va malakalari Hisobga olinmaydi. Natijada ular berilgan vazifani uddalay olmaydilar. SHuning uchun ish rejalarini shunday tuzish kerakki, o`quvchilar Har bir darsda yangidan yangi masalalarni Hal etsinlar. Lekin, yangi materiallarni o`quvchilar o`tilgan materiallarni o`zlashtirib va mustaHkamlab olganlaridan so`nggina berish lozimligini Hisobga olish lozim.

Narsaning o`ziga qarab rasm chizish darslarini kompozitsiya darslari bilan, san`atshunoslik asoslari darslarini narsaning o`ziga qarab, kompozitsiya darslari bilan bemalol bog`lash mumkin. Tasviriy san`at darslarining Har bir turini o`zaro bog`liqlikda amalga oshirish orqali yaxshi natijalarga erishish mumkin. Bir o`quv fanining boshqa o`quv fanlari bilan aloqasi tasviriy san`atni o`qitishda yagona tizimni tashkil etish imkonini beradi. Ayrim Hollarda shunday bo`ladiki, Hamma mavzular Ham o`tilgan materiallar bilan bog`lanavermaydi. Bu o`qituvchidan o`quv materiallarini chuqur o`rganishni, natura uchun buyumlarni, suvratlar, reproduksiyalar, slaydlar va boshqa ko`rgazmalarni tanlashga jiddiy munosabatda bo`lishlikni talab etadi.

Masalaga bunday yondashilganda materiallarni bayon etishda parallelizm va qaytarilishlarga yo`l qo`yilmaydi. Masalan, pedagog taqvimiy yillik mavzularni rejalashtirganda o`quvchilarning rangshunoslikdan oladigan bilimlari quyidagicha ketma-ketlikda bo`lishi mumkin: asosiy va Hosila ranglar, Hosila ranglarni Hosil qilish, ranglar kontrastligi, qonunlari, iliq va sovuq ranglar, atrof-muHitni ranglar ta`sirida o`zgarishi, murakkab Hosila ranglar, rang va yorug`lik, buyumlar rangini uning foni bilan aloqasi, Havo perspektivasi va boshqalar.

Tasviriy san`atni o`qitishda nazariy materiallarni amaliy materiallar bilan bog`liqligi Ham aloHida aHamiyat kasb etadi. Nazariya bilan amaliyotning bog`liqligi bolalarning tasviriy faoliyatida, dars jarayonida, to`garak mashg`ulotlarida, jamoa ishlarida, ya`ni devoriy gazetalar chiqarish, albom bezash va shu kabilar orqali amalga oshiriladi. SHuningdek, tasviriy san`at janrlari yuzasidan nazariy mashg`ulotlardan so`ng ana shu janrlarda amaliy mashg`ulotlarni o`tkazilishi, o`tilganlarni mustaHkamlash, yangisini oson o`zlashtirish imkonini beradi.

O`qitishning o`quvchilar yoshiga va kuchiga mos bo`lishi prinsipi berilayotgan bilimlar yoki ular o`zlashtirilishi lozim bo`lgan materiallarni murakkablik darajasini bolalar yoshiga va kuchiga mos bo`lishini nazarda tutadi.

Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, ayrim o`qituvchilar 5-7 sinflarda Ham to`rtburchak, doira shaklidagi naqshlar ishlashni davom ettiradilar. Bu topshiriqlar 3-4 sinflardagi vazifalardan deyarli farq qilmaydi. Bulardan tashqari, o`quvchilarga doskaga chizilgan tayyor naqshdan nusxa ko`chirish tavsiya etiladi. Bundan, ular beriladigan topshiriqlarning bolalarga oson bo`lishiligini nazarda tutadilar. Lekin, topshiriqlarning o`ta jo`n bo`lishi Ham yaxshi emas, ular birinchidan bolalarning mustaqil fikrlashlarini susaytirsa, ikkinchi tomondan ulardagi rivojlanishni to`xtatadi.

Ma`lumki, o`quvchilar Harakat va qobiliyat jiHatidan bir-birlaridan farq qiladilar. Bu vaziyat o`qituvchidan o`quvchilar bilan yakkama-yakka ish olib borishni talab qiladi, ya`ni o`qituvchi bolalarni bilim va malakalari darajasini Hisobga olgan Holda ularga turlicha murakkablikdagi vazifalarni ishlab chiqadi, ularning tasviriy ishlarini to`g`rilashga ba`zi nazariy va amaliy vazifalarni tushintirish maqsadida doskada rasm ishlab ko`rsatishiga to`g`ri keladi.

O`qitishning o`quvchilar yoshiga maosligi prinsipi qadimdan qo`llanib kelingan. Bunda, yaqindan uzoqqa, ma`lumdan noma`lumga, oddiydan murakkabga,osondan qiyinga, konkretlikdan abstraktlikka prinsiplariga asoslaniladi. Pedagogikada bu prinsip qadimdan tajribadan o`tganligi sababli o`qituvchini o`z faoliyatida shu yo`ldan borishi ko`zlangan maqsadga erishuviga asos bo`ladi. Kezi kelganda shuni ta`kidlab o`tish lozimki, Hamma oson narsalar Ham bolalarga tushunarli bo`lavermaydi va aksincha murakkab materiallar tushunarli bo`lishi Ham mumkin. Bunda o`quvchilarning yoshi, pedagogik-psixologik xususiyati, bilim darajasi, tayyorgarligi, qobiliyati muHim rol o`ynaydi. Masalan, tasviriy san`atni o`qitishda yaqindan uzoqqa borish prinsipida ish tutish maqsadida o`qituvchi avval bolalarga yaqin bo`lgan o`zbek xalqining tabiati, turmushi, meHnatini tasvirlovchi O`zbekiston rassomlari asarlarini, so`ngra O`rta Osiyo, SHarq, Evropa mamlakatlari san`atini o`rgatadi.

YUqoridagi fikrlardan maktabda tasviriy san`atdan dars va darsdan tashqari ishlar jarayonida didaktik prinsiplarga rioya qilishning niHoyatda muHimligini sezib olish qiyin emas. Didaktik prinsiplar o`quvchilarning badiiy ta`limi, tarbiyasi va rivojlanishiga shart-sharoitlarni yaratadi.