Press "Enter" to skip to content

XTV maktab darsliklarining ijara narxi bo`yicha tushuntirish berdi

Қонунчиликка мувофиқ, ушбу Жамғарма маблағлари ижара тушумларидан шаклланиши белгиланган. Жорий йилда 500 миллиард сўм ижара тушумидан қопланиши керак эди.

2022 maktab darsliklari

Бу ҳақда Халқ таълими вазири ўринбосари Темур Комилов маълум қилди

Кеча, 6 сентябрь куни АОКАда бўлииб ўтган матбуот анжуманида таъкидланишича, “Давлат бюджети тўғрисида”ги қонун билан китоб жамғармаси бюджети тасдиқланган. Унга кўра, 2022 йилда китоб чоп этиш учун 1,1 триллион сўм кўзда тутилган. Шундан 605 миллиард сўм давлат бюджетидан йўналтирилади, қолгани Бюджетдан ташқари Республика мақсадли китоб жамғармаси маблағлари ҳисобидан қопланади.

Қонунчиликка мувофиқ, ушбу Жамғарма маблағлари ижара тушумларидан шаклланиши белгиланган. Жорий йилда 500 миллиард сўм ижара тушумидан қопланиши керак эди.

«Президентимизнинг инсон қадрини улуғлаш, аҳолига енгиллик яратишга қаратилган эзгу ғоялари асосида дарсликлар ижараси бепул бўлди. Бу нима дегани? Яъни, бу йил ижара тушумидан шаклланиши — ота-оналар тўлаши керак бўлган 500 миллиард сўмга яқин пул давлат бюджетидан тўлаб берилади. Эътиборли томони, кейинги ўқув йиллари учун ҳам мактаб дарсликларининг ижараси бепул бўлади», — деди Комилов.

Халқ таълими вазирининг биринчи ўринбосари Усмон Шарифхўжаев дарсликлар ижараси учун аллақачон пул берган ота-оналар мактабга мурожаат қилиб, шу маблағларини қайтариб олишлари мумкинлигини таъкидлади.

Эслатиб ўтамиз, жорий ўқув йилида ўртача бир дона дарслик (машқ дафтари) учун ягона ижара тўлови 5 707 сўмни ташкил этиши кутилаётган эди. Бу ўтган ўқув йилидаги миқдор (2 740 сўм)га нисбатан 2 967 сўмга кўп. Халқ таълими вазирлиги бунга дунё бозорида қоғоз нархи ва қоғозни мамлакатга етказиб бериш бўйича транспорт харажатларининг кескин ошиб кетишини сабаб қилиб кўрсатганди.

Дарсликлари ва машқ дафтарларининг ижара тўловлари миқдорлари кескин оширилиши жамоатчилик, ота-оналарнинг эътирозларига сабаб бўлди.

Президент Шавкат Мирзиёев 5 сентябрь куни дарсликларни бепул ижарага беришни тезкор йўлга қўйиш юзасидан топшириқ берди.

XTV maktab darsliklarining ijara narxi bo`yicha tushuntirish berdi

O`zbekistonda 2022/2023 o`quv yiliga maktab darsliklari to`plami uchun ijara to`lovi miqdori e`lon qilindi.

Telegram kanallarda 2022/2023 o`quv yiliga maktab darsliklari to`plami uchun ijara to`lovi miqdori keltirilgan surat tarqalgan bo`lib, unda darsliklar to`plami uchun ijara to`lovi miqdori respublika bo`yicha bir xil ekani keltirilgan.

Xususan, 2022.2023 o`quv yili uchun uning narxi quyidagicha belgilangan:

  • umumta`lim maktablarining birinchi sinf o`quvchilari uchun — bepul;
  • 2-sinflar uchun 18 dona darslik va ish daftarlaridan iborat to`plam ijarasi narxi — 102 700 so`m;
  • 3-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to`plam ijarasi narxi — 102 700 so`m;
  • 4-sinf uchun 12 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to`plam ijarasi narxi — 68 500 so`m;
  • 5-sinflar uchun 15 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to`plam ijarasi narxi — 85 600 so`m;
  • 6-sinf uchun 13 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to`plam ijarasi narxi — 74 200 so`m;
  • 7-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to`plam ijarasi narxi — 102 700 so`m;
  • 8-sinf uchun 19 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to`plam ijarasi narxi — 108 400 so`m;
  • 9-sinf uchun 19 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to`plam ijarasi narxi — 108 400 so`m;
  • 10-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to`plam ijarasi narxi — 102 700 so`m;
  • 11-sinf uchun 21 ta darslik va ish daftaridan iborat to`plam ijarasi narxi — 119 800 so`m.

Xalq ta`lim vazirligi darsliklarning ijara narxi bo`yicha tushuntirish berdi.

Qayd etilishicha, respublika maqsadli kitob jamg`armasining Vasiylik kengashi darsliklar va mashq daftarlarining ijara to`lovi miqdorlarini belgilangan. 2022 yilda Prezident farmoni bilan umumta`lim maktablarining 3-, 6-, 7- va 10-sinflari uchun to`liq, shuningdek 2- va 3-sinf uchun mashq daftarlari, barcha sinflar uchun ingliz tili, nemis tili va rus tili fanlaridan jami 60 million nusxa yangi avlod darsliklari (2021 yilda 25 million darslik) chop etilmoqda.

«Joriy yilda yangi darsliklarning chop etilish harajatlarining, xususan dunyo bozorida qog`oz narxi (faqatgina 2022 yilning o`zida qog`oz narxi 60–70 foizga oshgan) va qog`ozni mamlakatimizga etkazib berish bo`yicha transport harajatlarining keskin oshib ketishi, tabiiyki darsliklarni chop etish uchun harajatlarning ham oshib ketishiga olib keldi», — deyiladi munosabatda.

Keltirilishicha, ijara to`lovi miqdorlari darsliklar uchun amalga oshirilgan xarajatlardan kelib chiqib, bir dona darslik uchun yagona summasini to`plamdagi darslik va mashq daftarlari soniga ko`paytirish yo`li orqali belgilanadi. Bunda yagona summa barcha sinf va ta`lim tillar uchun bir xil etib belgilanadi. 2022.2023 o`quv yilida o`rtacha bir dona darslik (mashq daftari) uchun yagona ijara to`lovi 5 707 so`mni tashkil etmoqda va o`tgan o`quv yilidagi miqdor (2 740 so`m)ga nisbatan 2 967 so`mga (108 foiz) oshgan.

Ijara to`lovi summasini ota-onalar darslik to`plamini to`liq olgach 1 oktyabrga qadar amalga oshirishi mumkin.

Vazirlik, shuningdek, kimlar darslik ijara to`lovidan ozod etilishini eslatib o`tgan:

  • birinchi sinf o`quvchilari;
  • «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimiga kiritilgan oilalarning farzandlari;
  • «Mehribonlik uy”lari tarbiyalanuvchilari;
  • Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o`quvchilari.

Maktab darsliklari uchun ijara narxlari ma’lum qilindi

2022/2023-o‘quv yili uchun darsliklar to‘plamlarining ijara narxlari ma’lum qilindi.

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi vasiylik kengashining 2022-yil 31-avgustdagi 37-09-08/75-sonli bayonnomasi bilan 2022/2023-o‘quv yili uchun darsliklar to‘plamlarining ijara to‘lovlari miqdorlari tasdiqlandi.

2022/2023-o‘quv yilida ta’lim tili O‘zbek sinflar uchun darsliklar to‘plamlarining ijara narxlari quyidagicha belgilangan:

2-sinf: 102 ming 700 so‘m;
3-sinf: 102 ming 700 so‘m;
4-sinf: 68 ming 500 so‘m;
5-sinf: 85 ming 600 so‘m;
6-sinf: 74 ming 200 so‘m;
7-sinf: 102 ming 700 so‘m;
8-sinf: 108 ming 400 so‘m;
9-sinf: 108 ming 400 so‘m;
10-sinf: 102 ming 700 so‘m;
11-sinf: 119 ming 800 so‘m.

Ta’lim tili rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman tilidagi darsliklar to‘plamlarining ijara narxlari bilan rasmdagi ilovada tanishish mumkin.

  • Ulashing

Bu video ko’rinishi uchun sizning brauzeringiz JavaScript’ni qo’llab quvvatlashi kerak

2022 maktab darsliklari

Kishining kulgisi qistaydi, Xalq ta’limi vazirligi “aksilxalqona” qarorlar e’lon qilib, so‘ngra e’tirozlar kuchayavergach “tuflagan tupugini qaytib olish” borasida 2022 yilda sovrindor o‘rinlardan birini egallashga kirishgan, shekilli.

Avval 2025 o‘quv yiligacha kechiktirilgan o‘quvchilar uchun yagona maktab formalari 2022/23 o‘quv yilidan boshlab majburiy bo‘lishi to‘g‘risida hukumat qarori e’lon qilindi. Boshida bu qarorni qo‘llab-quvvatlab, formalarning katta qismi tikilayotgan Namanganga jurnalistlar uchun press-tur uyushtirgan vazirlik, ko‘p o‘tmay, majburiyat yana ortga surilganini e’lon qildi.

So‘ngra 15 yillik mehnat stajiga ega va shu yil bahorda attestatsiyaga jalb etilmagan oliy toifali o‘qituvchilar eng quyi toifaga tushib qolayotgani shov-shuv bo‘ldi. XTV yana munosabat bildirib, bunday o‘qituvchilarning toifasi umrbod oliy bo‘lib qolishini bildirdi.

Keling, maktab darsliklari masalasiga qaytaylik.

2022/23 o‘quv yili uchun darsliklar ijara narxlari ikki-uch barobarga oshirilgan. Ijara narxlarini o‘qib ota-onalar ham, o‘qituvchilar ham hayron. Vazirlik bu masalani tushuntira turib, darsliklar uchun ijara narxlari Moliya vazirligi tomonidan belgilanganini aytdi.

Ammo, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan hujjat – xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari U.Sharifxodjayev imzolagan xat nusxasiga ko‘ra, darsliklarning ijara to‘lovi miqdori Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi vasiylik kengashining 2022 yil 31 avgustdagi 37-09-08/75-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.

XTV axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova xatning vazirlikka tegishli ekanini inkor qolmagan holda, Vasiylik kengashi bayonnomasi nusxasini berish haqidagi so‘rovimizni javobsiz qoldirdi.

XTVdan olingan ma’lumotga ko‘ra, yangi o‘quv yilida O‘zbekistondagi 10 130 ta maktabda 6,6 mln o‘quvchi ta’lim oladi. 1-sinflarga 700 ming o‘quvchi qabul qilingan.

Prezidentning “2022–2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 3-, 6-, 7- va 10-sinflar uchun mo‘ljallangan darsliklar to‘liq yangidan chop etiladi. Shuningdek, 2–3-sinflar uchun mashq daftarlari, barcha sinflar uchun ingliz tili, nemis tili va rus tili fanlaridan jami 60 million nusxa yangi avlod darsliklari chop etilib, noyabr oyi oxirigacha maktablarga yetkaziladi.

Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmatining tushuntirishicha, joriy yilda yangi darsliklarni chop etish xarajatlari oshgani ijara haqi keskin oshishiga sabab bo‘lgan. 2022 yilda jahonda qog‘oz narxi 60-70 foizga balandlagani, qog‘oz importida transport xarajatlari keskin oshgani, bu esa tannarx ko‘tarilishiga sabab bo‘lgani aytilyapti.

Joriy o‘quv yilida o‘rtacha bir dona darslik (mashq daftari) uchun yagona ijara to‘lovi 5707 so‘mni tashkil etmoqda va o‘tgan 2021/22 o‘quv yilidagi miqdor (2740 so‘m)ga nisbatan 2967 so‘m (108 foiz)ga oshgan.

Bitta darslik uchun ijara narxi qanday shakllanadi?

Darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovi miqdorlari darsliklar uchun sarflangan xarajatlarni o‘quvchilar soniga bo‘lish orqali hisoblanadi. Bunda xarajatlar proporsional tarzda darslikning ishlatilish muddatiga bo‘linadi.

Misol uchun: bir dona darslikning tannarxi 25 ming so‘m bo‘lsa, uning 5 yil ishlatilishi, har yili 5 ming so‘mdan yig‘ish kerakligini anglatadi. Jami bir yildagi barcha darsliklarning summasini davriylikka bo‘lib, bitta darslik summasi shakllantiriladi. Bu yil bu 5707 so‘mni tashkil etdi (2021 yilda 2740 so‘m bo‘lgan).

Bir dona kitob narxi o‘z navbatida bir sinf komplektidagi darslik va mashq daftarlari soniga ko‘paytiriladi. Bitta sinfda 20 ta kitob bo‘lsa, yillik ijara summasi 20×5707=114 140 so‘m bo‘ladi.

Kimgadir 100-115 ming so‘mning nari-berisidagi to‘lov unchalik qiyin ko‘rinmas, ijtimoiy tarmoqlarda yangrayotgan e’tirozlar ayrimlarning ensasini ham qotirar, ayrimlar bitta tushlikka bundan ham ko‘p sarflanishini pisanda qilmoqda. Biroq yurtimiz aholisi, ayniqsa qishloq joylarda yashovchi ko‘p bolali oilalarda 3-4 nafar farzand maktabga boradi, oylik daromadi 1 mln so‘m atrofida bo‘lgan bunday oilalarga birdan 330–450 ming so‘m chiqim katta zarba bo‘ladi. Bunga ular o‘z bolalariga o‘quv qurollari, yangi forma va hokazolar olib berishlarini ham qo‘shing.

Birinchi sinf o‘quvchilari, ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalarning farzandlari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilariga darsliklar bepul ijaraga berilishi belgilangan.

XTV ma’lumotiga ko‘ra, darslikni chop etishga sarflangan mablag‘, darslik foydalaniladigan muddat (yilga) bo‘linib yig‘iladi. Yig‘ilgan mablag‘lar Kitob jamg‘armasida to‘planib, mazkur kitobni keyingi yilda chiqarishga sarflanadi.

Misol uchun: 2017 yilda chiqarilganida bitta darslik tannarxi 5 ming bo‘lgan va 5 yil davomida 1000 so‘mdan yig‘ilgan. 2022 yilda darslikni chiqarish uchun 25 ming sarflangan va tabiiyki, bu mablag‘ni to‘plash uchun 5 ming so‘mdan 5 yil davomida yig‘ib borish kerak.

Ammo XTVning o‘zi bor-yo‘g‘i 4 ta sinf (3-, 6-, 7- va 10-sinf) uchun darsliklar to‘liq yangidan chop etilganini ta’kidlab turibdi. 1-sinflarga ham tekin beriladi. Bolalari 2-, 4-, 5-, 8– va 9-sinflarga boruvchi ota-onalar eski darsliklar uchun ikki-uch barobar oshirilgan ijara haqi to‘laydimi shunda?

Konstitutsiyamizda O‘zbekistonda maktab ta’limi bepul ekani belgilab qo‘yilgan. Ammo mantiqan o‘ylab qaralganda ta’lim bepul deganda o‘qituvchiga pul to‘lanmasliginigina nazarda tutmaslik kerak. Ta’lim olish uchun beriladigan darsliklar ham bepul bo‘lishi kerak emasmi?

Xo‘sh, qog‘oz o‘lgurning narxi keskin oshib ketadigan odati bor ekan, elektron darsliklarni joriy etish va ommalashtirish ustida ishlash kerak emasmi? Tashqarida, agar XTVdagilarning mabodo xabari bo‘lmasa, yigirma birinchi asrning yigirma ikkinchi yili o‘tyapti.

Darsliklarni chop etish bosmaxonalar o‘rtasida tender asosida amalga oshirilar ekan. Hozirgi kunga qadar 2022 yildagi 53 million darslik uchun tenderlar o‘tkazilgan. XTV ma’lumotiga ko‘ra, barcha tenderlar e-tender.uz portali orqali o‘tkazilib, uning g‘oliblari portalda aks ettirilgan.

e-tender.uz saytni ochib ko‘rdik. Tushunarsiz. Qaysi korxona qancha summaga qaysi darsliklarni chop etishni yutib olgani haqidagi ma’lumotni topa olmadim, men masalan. Bu ma’lumotlar aniq-tiniq qilib shaffoflashtirilishi lozim.

Bu masalada Bosh prokuratura va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jiddiy bosh qotirib ko‘rishi kerakka o‘xshaydi.

Chunki xalq ta’limi tizimi davlat budjetidan eng ko‘p mablag‘ oladigan soha hisoblanadi – 2022 yilda 25,8 trillion so‘m. Shundan 605 mlrd so‘mi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi uchun.

Tarixdan ma’lumki, katta miqdorda pul bor joyda korrupsiya ham bo‘ladi. Qolaversa, darsliklarni chop etish bo‘yicha davlat buyurtmasini bajarish uchun maydonga kirib kelgan “katta o‘yinchilar”da ham gap ko‘p. Kitoblarni chop etayotgan kompaniyalarning ta’sischilari tarkibiga qaralsa, yuqori martabali davlat amaldorlari bilan bog‘liq manfaatlar to‘qnashuvi oydinlashsa ajab emas.

Shuhrat Shokirjonov, jurnalist