Press "Enter" to skip to content

BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLIKLARIDAGI IJODIY MASHQ VA TOPSHIRIQLAR TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

“shon -dovrug’, dong, shuhrat”

3-синф тарбиявий соат

Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.

Shavkat Mirziyoyev

O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” gi 187-sonli Qarori e’lon qilindi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmunan qayta ko`rib chiqilib, kompetensiyaviy yondashuv asosida amalga oshirilishi bеlgilandi.

Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.

Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan“Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom” asosida tashkil etiladi.

Mazkur dastur va metodik qo’llanmayuqorida nomlari keltirilgan ta’limga oid huquqiy va me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga asoslangan.

Dasturning maqsadi — tarbiyaviy soatlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi, ma’naviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat.

Tarbiyaviy soat dasturining vazifalari:

milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iborat.

Bugungi kunda axborot oqimining tezligi natijasida hayotimizga ommaviy madaniyatni salbiy ta’sirlari ham sezilmoqda. Bu masalani o’quvchilarning ijtimoiy hayotlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Ba’zida ota-onalar tomonidan bolalarning beodobligi, o‘z fikrini og‘zaki yoki yozma tarzda aniq ifodalay olmasligi, mas’uliyatning yetishmasligi, atrofidagilar bilan kelisha olmasligi, o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘largni to‘g‘ri taqsimlay olmasligi haqidagi fikrlarni eshitib qolamiz. SHuning uchun ham dasturni ishlab chiqishda xaqlaro va milliy tajribaga asoslanilganligini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir.

Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom”ga asosan“Sinf rahbari – Ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo`lib, o`ziga biriktirilgan sinf o`quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.”SHu nuqtai nazardan olib qaraganda bugungi kunda ta’lim muassasalari sinf rahbarlari faoliyatida quyidagilarga o‘xshash muammolar ko‘zga tashlanmoqda:

− Ayrim sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida o‘z oldilariga qo‘ygan maqsad va vazifalarining to‘g‘ri tashkil etilmaganligi;

− Tarbiyaviy soatlarning aniq o‘quv-mavzu reja asosida tashkil etilmayotganligi;

− Ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid qonunlar va qonunosti hujjatlarning ko‘pchiligidan o‘qituvchi va sinf rahbarlarining yetarli darajada xabardor emasligi;

− Ba’zi sinflardagi muhitning qoniqarli emasligi, ahil va mustahkam jamoaning shakllanmaganligi;

− Ayrim ta’lim muassasalarida davomatning pastligi, muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar mavjudligi;

− Ba’zi sinflardagi o‘quvchilarda kundalik daftarlarining mavjud emasligi, borlarining ham sinf rahbari tomonidan nazorat qilinmaganligi;

− Ayrim o‘quvchilarning darslarga tayyorgarliksiz, hatto darsliklarsiz ishtirok etishlari;

− O‘quvchilar internet va mobil telefon qaramligining jismoniy va ruhiy xatarlari haqida yetarli tushunchalarga ega emasliklari;

− Voyaga yetmaganlar o‘rtasida turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolish, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining uchrayotganligi;

− O‘quvchi tarbiyasida muhim o‘rin tutadigan kompetensiyalarga erishilmaganligi;

− Ba’zi o‘qituvchi va tarbiyachilarimizda kasbiy kompetensiyalar yetishmasligi;

− Tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligining pastligi;

− Ota-onalar bilan samarali muloqotning yo‘lga qo‘yilmaganligi;

− Huquqbuzarlik, mobil telefon va internet qaramligi, narkomaniya, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishga qarshi kurash hamda oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilmaganligi.

SHu o‘rinda masalaning muhim bir jihatiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Bugungi kunda umumta’lim maktablarida tarbiyaviy soatlar amalda qanday tashkil qilinmoqda?

− Bugungi kundagi aksariyat hollarda tarbiyaviy soatlar quruq gaplardan iborat bo‘lib, tarbiyaviy soat mavzularidan chetga chiqib ketiladi;

− Qaysidir o‘quvchining xulqi muhokamaga qo‘yiladi;

− O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari va davomatlari muhokama qilinadi;

− Qandaydir tadbirlarga tayyorgarlik va sinf muammolarini hal etish kabi masalalar xususida so‘z boradi.

Tarbiyaviy soatlar qanday bo‘lishi kerak?

− Ta’lim jarayoni alohida, mustaqil darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy soatlar ham yaxlit tarbiyaviy usullar, ta’sirchan vositalar yordamida amalga oshiriladi.

− Sinf rahbari ushbu tadbirlarni o‘tkazishga doir aniq ish rejasiga ega bo‘lishlari lozim.

Bugungi shiddatli davr barchamizdan axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish lozimligini talab etmoqda. Ma’naviyat yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. SHuning uchun ham sinf rahbarlari va butun o‘qituvchilar jamoasi oldida o‘quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi. Hozirgi globallashuv jarayonlari kuchaygan, turli g‘oyalar o‘rtasidagi kurash keskinlashgan, “ommaviy madaniyat” xurujlari butun dunyoga tarqalib borayotgan, internet tarmog‘i orqali uzatilayotgan buzg‘unchi axborotlar inson qalbi va ongini o‘ziga qaram qilishga urinayotgan tahlikali zamonda kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan.

Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Inson shaxsining kamol topishi esa juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, internet, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham barcha sinf rahbarlari o‘z tarbiyaviy faoliyatlarida ana shu mezonlarni hisobga olishlari shart.

Tarbiyaviy soatlar o‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalarni amaliyotga tadbiq etish maydoni hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan tarbiyaviy soatlar o‘quvchilarda fanlar orqali shakllangan tayanch kompetensiyalarni ijtimoiy hayotda tadbiq eta olishlari uchun imkoniyat yaratib beradi.

O‘quvchilarda hulq-odob madaniyatiga rioya qilish, fikrini erkin ifodalash, notiqlik qobiliyatini yuksaltirish, axborotlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, shu bilan birga bu boradagi xalqaro hamda milliy qonunchilik qoidalariga rioya qilishni tarbiyalash tarbiyaviy soatlarning asosiy maqsadlaridan birdir. SHuningdek, tarbiyaviy soatlar orqali o‘quvchilarda to‘g‘ri kasb tanlash, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, o‘z iqtidorini rivojlantirish uchun turli to‘garaklarni to‘g‘ri tanlash, tayyor ish joylarida ishlash emas, balki o‘zi ish joylarni yaratishi kabi qobiliyatlar shakllantiriladi.

Tarbiyaviy soat dasturlari oddiydan murakkablikka tamoyili asosida shakllantirilgan bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Vatanparvarlik; axloqiy, huquqiy, jismoniy, gigienik, ekologik hamda estetik tarbiya shuningdek, o‘quvchilarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltiradi. Tarbiyaviy soatlarning mazkur yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularda yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.

Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.SHuningdek, mazkur kompetensiyalar har bir tarbiyaviy soatning mazmunidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.Umumta’lim maktablarining 1-9-sinf o‘quvchilari uchun tuzilgan “Tarbiyaviy soatlar uchun namunaviy mavzular rejasi” mazmunan tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari va muhim tarixiy sanalar asosida tuzildi. Bundan tashqari mazkur rejada fan oyliklari davomida o‘quvchilar uchun tarbiyaviy dars soatlarini o‘tishda nimalarga e’tibor berish kerakligi e’tiborga olingan.Mazkur dastur va qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta’lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Tarbiyaviy soat”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.

“Tarbiyaviy soat”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir mavzular dasturi va dars ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan.

Umumta’lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda tarbiyaviy-axloqiy xislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik, insonparvarlik, jismoniy tarbiya, shaxsiy gigiyena, ozodalik, kiyinish odobi, bola huquqlari, tabiatni asrash, iqtisodiy tarbiya, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish kabilar bilan bir qatorda yurtimizda o’tkaziladigan umumxalq bayramlari va muhim sanalarni nishonlashda nimalarga e’tibor berish lozimligi to‘g‘risida tavsiyalar berilgan.

Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:

1-mavzu: Serquyosh O`zbekiston! I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:. O`quvchilarga Vatan – insonning kindik qoni to`kilgan tuproqligini, insonni kamol toptiradigan, hayotiga ma`no ,mazmun baxsh etadigan tabarruk maskanligini anglatish.O`quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga bo`lgan hurmatlarini oshirish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantira oladi. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi Kun shiori: Jonajon O’zbekistonim , mangu bo’l omon ! Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat. tushuntiruvchi chizmalar va diyorimiz go`zalligiga oid kadrlar Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi. I.Asosiy qism O`qituvchi o`quvchilar bilan salomlashadi. -Bir so`z bor,u ilk Kalomdan boshlanar, Odobning boshi ham Undan boshlanar. Unga odat qilgan yetar murodga, Odat qilmagan-chi,qolar uyatga. Jumboqning ma`nosin yeching farzandim, So`ngra uni kanda qilmang dilbandim. O`quvchilar:Assalomu alaykum! Ma`naviyat daqiqasi. (Vatan haqida qo`shiq eshittirish)Musiqa eshittirish orqali esa bolalarda qo`shiqqa, musiqaga qiziqish uyg`otish. Bolajonlar eshitgan qo`shig`ingiz nima haqida ekan? Bu qo`shiqda go`zal O`zbekistonimiz va uning jannatnakonligi tarannum etilgan. Demak, bugungi mavzumiz “Serquyosh O`zbekiston!” -deb nomlanadi.Slaydlar yoki rasmli plakatlar yordamida mazmunini so`zlash va asoslash. -Aziz o`quvchilar,O`zbekistonimizning o`tmishi ham, buguni ham ma`naviyati yuksak va madaniyati boy xalq.Bizning ajdodlarimiz,buyuk allomalarimiz, olim-u shoirlarimizni bugun ham dunyo tan olmoqda. Dunyoning barcha mamlakatlarida Al-Xorazmiy matematikasi,Ibn Sino tibbiyoti,A.Navoiy she`riyati o`rganilmoqda.Xalqimiz davlat mustaqilligini qo`lga kiritgach, yurtimizda misli ko`rilmagan o`zgarishlar, yangilanishlar,yuksalishlar yuz berdi. Bugun Davlatimiz,Yurtboshimizning siz – yoshlarga bo`lgan g`amxo`rligi va e`tibori kun sayin oshmoqda. O`quvchilar fikri chizmaga qaratiladi O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov : “Bizdan ozod va obod Vatan qolishi”, “Shu aziz Vatan barchamizniki. Uning baxt saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish kerak bo`lsa, joningni fido qilish, shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir”,-deb aytganlar. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bejizga “Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim” deb aytmaganlar. Shu sababli ta’limni O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor yo‘nalish, deb e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kimning bilim olish huquqiga egaligi va bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi belgilab qo‘yilganligi buning isbotidir. Prezidentimiz SH.Mirziyoev tashabbusi bilan davlatimizni barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish maqsadida, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiishlab chiqilib, hayotga izchil joriy etilmoqda. I . Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish V. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat .Mana ko`rdingizmi bolajonlar, Mustaqilligimiz biz uchun cheksiz imkoniyatlar eshiklarini ochib berdi. Shuning uchun ham biz Istiqlolimizning, erkimizning qadriga yetishimiz tariximizni,qadriyatlarimizni asrab-avaylashimiz kerak ekan. Do‘stim bekor o‘tmasin kuning, Ilm bilan bo‘lgin yuzma-yuz. Qara axir bizga sharoit, Yaratmatmoqda beshta tashabbus.
Tabiatni turfa tasvirlab, Rasm chizib bera olgin tus. Yoki qo‘shiq aytgin baralla, Seni qo‘llar beshta tashabbus.
Sog‘lom tana, norg‘ul bo‘l doim, Chempion bo‘l, olg‘a yur doim, Sport bilan mashg‘ul bo‘l doim, Senga yo‘ldosh beshta tashabbus.
Internetdan bilgin jahonni, Yangilikni tezda bilib ol. Charchoqlarni engish chun bir oz, Mayli ozroq o‘yin o‘ynab ol.
Kompyuter, texnika asri, Rivojlanib bormoqda xanuz. Sen ham o‘qib, o‘rganib olgin, Imkon berar beshta tashabbus.
Kitob bilan do‘st bo‘lib olgin, O‘qib ko‘ngling to‘lsin nurlarga. Tarix bizni osonlik bilan, Etkazmagan ushbu kunlarga.
III. Yakuniy qism: Mustahkamlash uchunsavol va topshiriqlar ( o`quvchilarni yanada qiziqtirish uchun “Qarmoq” texnologiyasidan foydalaniladi. Savollar baliq shaklida qirqilgan shablonlar ichiga yoziladi. Har bir shablonga temir qisqichlar o`rnatilgan bo`ladi va magnitli qarmoq yordamida tortiladi.) 1-baliqchadagi savol: Nima uchun 1-sentabr Mustaqillik bayrami va dam olish kuni sanaladi? 2. Siz bu bayramni qanday nishonlaysiz? 3. Mustaqillik bizga nimalarni in`om etdi? 4.Barkamol avlod deganda avvalo nimani tushunasiz? 5. Mamlakatmiz rahbari yosh avlodni barkamol bo`lishi uchun nimalarni tavsiya etganlar? 6.Davlatimiz rahbarining kеlajak avlod haqidagi fikrlari nimalarda iborat ekan? -Vatan deganda qayerni tushunasiz?
-Har bir kishining tug`ilib o`sgan joyi uning Vatanidir. -Vatanimiz bizni onamiz kabi o`zining issiq bag`rida mehr bilan erkalaydi,sevib ardoqlaydi,voyaga yetkazadi,kamol toptiradi. -Nima uchun kishilar o`z Vatanini sevadilar? -Har bir kishi tug`ilib o`sgan yerini jonidan ortiq ko`radi. -Hatto jonivorlar ham.Agar biror kishi Vatanidan yiroqlab ketsa,u hech qachon rohat,farog`atda yasholmaydi. Balki,yashashi mumkindir,lekin yuragining tub-tubida bir armon – yurt sog`inchi,armoni hech qachon uni tark etmaydi,deb mashg`ulotga yakun yasaydi. Baholash tizimi: o`qituvchi uch xil rangdagi shablonni dars davomida tarqatib boradi , yig`ilgan shablonlar orqali yakuniy baho e`lon qilinadi. 2-mavzu: Yo’llarda piyodalar harakati

BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLIKLARIDAGI IJODIY MASHQ VA TOPSHIRIQLAR TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilnoza Nurmat Qizi Xayrullayeva

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf ona tili darsliklari tahlili haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по наукам об образовании , автор научной работы — Dilnoza Nurmat Qizi Xayrullayeva

BIRINCHI SINF O‘QUVCHILARIDA YOZUV MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH
ONA TILI FANINI O‘QITISHDA 6-SINF ONA TILI DARSLIGINING AHAMIYATI
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SIFAT SO‘Z TURKUMINI O‘QITISHDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
SAVOD O’RGATISH DARSLARIDA O’QUVCHILARNING KREATIV QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA RASMLARNING O’RNI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SYSTEM OF CREATIVE EXERCISES AND TASKS IN PRIMARY SCHOOL MOTHER TONGUE TEXTBOOKS

This article discusses the analysis of primary school mother tongue textbooks.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLIKLARIDAGI IJODIY MASHQ VA TOPSHIRIQLAR TIZIMI»

BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLIKLARIDAGI IJODIY MASHQ VA

Dilnoza Nurmat qizi Xayrullayeva

Buxoro davlat universiteti

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf ona tili darsliklari tahlili haqida fikr yuritilgan.

Kalit so’zlar: o’quvchi, ona tili, sinf, darslik, tahlil, mashq

SYSTEM OF CREATIVE EXERCISES AND TASKS IN PRIMARY SCHOOL

MOTHER TONGUE TEXTBOOKS

This article discusses the analysis of primary school mother tongue textbooks.

Keywords: student, native language, class, textbook, analysis, exercise

Istiqlol tufayli xalqimiz yangi tarixiy davrga qadam qo’ydi. Bu esa, o’z navbatida, ta’lim tizimiga, jumladan, boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitishning maqsad va vazifalariga yangicha yondashishni taqozo etadi. “Ta’lim to’g’risida”gi hamda Xalq ta’limi vazirligining yangi darsliklar avlodini yaratish to’g’risidagi qarori va talablaridan kelib chiqib, boshlang’ich sinflar uchun mo’ljallangan yangi ona tili darsliklari nashr qilinmoqda. Ushbu darsliklar oldiga bir qator talablar qo’yilmoqda. Darsliklarning yangi avlodi, avvalo, unda berilgan o’quv topshiriqlari o’quvchini faol ishlashga, shuningdek, mustaqil va ijodiy fikr yuritishga o’rgatadigan shaklda tuzilmog’i zarur. Hozirda amaldagi boshlang’ich sinf ona tili darsliklari zamon talablariga javob beradimi degan savolga javob izlash maqsadida mazkur darsliklarni tahlil qilamiz. Boshlang’ich sinf ona tili darsliklarini tahlil qilishda prof. A.G’ulomov va H.Ne’matovlar tomonidan ishlab chiqilgan tasnifga tayanamiz. Ushbu tasnifga ko’ra darslikdagi mashqlar o’quvchilarni izlanishga o’rgatish jihatidan quyidagi guruhlarga ajratiladi:

1. Qayta xotirlash tipidagi mashqlar.

2. Qisman izlanuvchanlik tipidagi mashqlar.

3. Ijodiy mashqlar.

Darsliklarida o’quvchini mustaqil ishlash, fikrlashga undovchi ijodiy xarakterdagi mashqlar nihoyatda oz miqdorni tashkil qiladi.

S.Fuzailov va M.Xudoyberganova, Sh.Yo’ldoshevalarning 3-sinf 2019-yilgi “Ona tili” darsligida ham o’quvchilarni ijodiy fikrlashga o’rgatishga alohida e’tibor qaratilgan. Buni 2-sinf “Ona tili” darsligida berilgan “Gap va so’z”, “Tovushlar va harflar”, “Unli

tovushlar va harflar”, “Undosh tovushlar va harflar”, “Nutq. Matn. Gap” kabi mavzulaming 3-sinf “Ona tili” darsligidagi “Nutq. Gap. So’z”, “Tovushlar va harflar”, “Jarangli va jarangsiz undoshlar” kabi mavzular bilan uzviy bogliqligidagina emas, mashqlarning sharti va mazmunida, o’quvchilarni mustaqil faoliyatga chorlovchi mashqlar tizimida ham ko’rish mumkin. Jumladan, 1-8-mashqlarda so’z, gap va harflarning imlosi yuzasidan sodda mazmunli topshiriqlar berilgan bo’lsa, keyingi mashqlarda o’quvchilarni mantiqiy fikrlashga yo’naltirilgan nisbatan murakkab topshiriqlar tavsiya etilgan.

Shuni unutmaslik kerakki, topshiriqlarda barcha o’quvchilar oldiga qo’yilgan talab bir xil, ammo o’quvchilarning saviyasi bir xil emas. Tabiiyki, topshiriqlarni hamma bir xilda to’g’ri bajara olmaydi. Bunday holda qo’shimcha topshiriqlar berish orqali mashq shartini soddalashtirish yo’li bilan o’quvchilarni qiziqtirish mumkin.

O’quvchilarning tafakkurini rivojlantirishda ular nutqini narsa va shaxslarni bildirgan so’zlar bilan boyitish ham muhim rol o’ynaydi. Birinchi sinfda narsa va shaxsni bildirgan so’zlar haqida tushuncha berishda o’quvchilar faolligiga asoslanish lozim. Chunki ular narsa va shaxs nomlarini bildirgan so’zlarni o’zlashtirishga savod o’rgatish jarayonida tayyorlangan. Predmetlarga qarab ularning nomlarini aytishgan. Bundan tashqari o’qituvchining “Bu nima?”,”Bu kim?”, “Kim ishdan qaytdi?”, “Kim ertalab maktabga yo ‘l oldi? ” kabi savollaridagi «kim», «nima» so’roq so’zlari o’rniga shaxs, narsa nomlarini qo’yib javob berishgan. Shuning uchun ham savod o’rgatish jarayoni predmet bildirgan so’zlar ustida ishlashning birinchi bosqichi sanaladi.

O’quvchilarda predmet tushunchasini shakllantirishda quyidagicha ta’limiy o’yin va test topshiriqlaridan foydalanish mumkin: O’qituvchi predmet nomini aytadi. O’quvchilar ularga Kim? Nima? so’roqlarini beradi. Qaysi o’quvchi o’yinda faol ishtirok etsa, golib deb topiladi.

Predmet tushunchasini shakllantirishga doir test topshiriqlari.

1. Kim? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar berilgan qatorni toping.

A. Alisher Navoiy, shifokor, o’quvchi.

B. Bobur, kitob, daftar.

C. Zafar Diyor, ruchka, kitob.

2. Nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar qatorini toping.

A. Kabutar, musicha, toshbaqa.

B. Inson, odam, kishi, chol.

C. Quruvchi, paxtakor, paxta.

3. Gul nomlari berilgan qatorni toping.

A. Gulkaram, guldon, gulchehra.

B. Sariq gul, paxta, beda.

C. Gulsafsar, chinnigul, binafsha.

Bundan tashqari pedagogik faoliyatim davomida bir qancha topshiriqlar tizimini topib, ulardan foydalanib bir qancha yaxshi natijalarga erishganman. Bulardan amaliy mashg’ulotlar paytida, bo’lim yuzasidan takrorlash darslarida foydalanilsa o’quvchilar bilimlari yanada mustahkamlanadi degan umiddaman.

Shahar, daraxt, o’t, baliq, badiiy asar nomlarini aralash keltirilgan so’zlar guruhi ichidan ajratib aytish yoki yozishga yo’naltirilgan mantiqiy mashqlar ham yaxshi natija berishi mumkin. Masalan, “beda”, “laqqa”, “she’r”, “ertak”, “o’rik”, “chinor”, “sazan” va hokazo. “U kim? Bu nima?” didaktik o’yin

Stol ustiga ber nechta predmetlar qo’yiladi. Oqituvchi o’quvchilarga shu predmet haqida fikrlarni bildiradi o’quvchilar bu predmet nomini topishlari kerak bo’ladi.

U juda xushbo’y, uni tug’ilgan kun, bayramlarda sovg’a qilishadi. (Gul) Ta’limiy jihatdan bu metodlar nazariy bilim, amaliy ko’nikmalarni mustaqil egallashga, ularni takrorlash, mustahkamlash va chuqurlashtirishga yordam beradi. Tarbiyaviy ma’noda ular shaxsning mustaqillik, mehnatsevarlik, mas’uliyatlilik kabi xislatlarini tarbiyalaydi.

Umuman, o’quvchilar predmet bildirgan so’zlarni boshqa so’zlar ichidan ajrata olishlari uchun ularning diqqat-e’tibori tevarak-atrofga qaratiladi. Ko’z bilan ko’rib turgan narsalarni aytish, ularga so’roq berish bilan predmet, narsa, shaxs tushunchalarini bildiradigan so’zlarni bilib oladilar. Masalan, 8-mashq (5-bet) matni ikki ustunga yozilgan bo’lib, chap va o’ng tomondagi gaplarni solishtirish, qaysi ustunda alohida gaplar, qaysi ustunda matn berilganini aniqlash va matnga sarlavha topish topshirig’i havola etiladi.

O’quvchilar mashq bilan tanishtirilgach, “Chap tomondagi nima uchun matn sanalmaydi?” (Chunki gaplar mazmunan bir-biri bilan bog’lanmagan. Alohida-alohida xabar bildiryapti), “Nima uchun o’ng tomondagi gaplarni matn deb hisoblaysiz?” (Chunki gaplar mazmunan o’zaro bog’langan va ular bir hikoyachani tashkil qiladi) kabi savollari bilan murojaat qilinsa, masalaning mohiyatiga teranroq nazar tashlashga majbur bo’ladi. Xulosa chiqariladi: Matn – bu mazmun jihatdan bog’langan gaplardir.

Darslikdagi yana bir mashqda ham shunga o’xshash berilgan so’zlarni shaxslar, narsa nomlari, tabiat hodisalari nomlari shaklida alohida-alohida qatorga yozish so’ralgan.

Unga qo’shimcha tarzda “O’zingiz ham shaxs, narsa, tabiat hodisalari nomlaridan topib qatorlarni davom ettiring” topshirig’i berilsa, o’quvchilar “shaxs nomlari” qatorini “ota-ona”, “kosmonavt”, “shofyor”, “daftar”, “ruchka”, “parta”, “mashina”; “Tabiat hodisalari nomlari” qatorini “yong’in”, “zilzila”, “vulqon”, “toshqin” kabi so’zlar bilan davom ettirishi mumkin. Vaqt imkoniyatiga qarab topshiriqni og’zaki bajartirish ham yaxshi samara beradi.

O’qituvchi ot so’z turkumiga oid so’zlarni guruhlashtirib yozish shartini “Kim ko’p so’z topib yozadi?” topshirig’i bilan davom ettirsa, o’ziga xos musobaqa vaziyati yuzaga keladi. Musobaqa esa ijodiy izlanishga, tashabbuskorlikka da’vat etadi.

Darslikdagi 229-, 230-, 236-, 241-, 252-, 257-, 288-mashqlarda ham o’quvchilarni ijodiy fikrlashga qaratilgan topshiriqlar berilgan. Ayniqsa shaxs, narsa nomlarini bildiruvchi so’zlar (ot) yuzasidan keltirilgan mashqlarda matnlar tarkibi bir turdagi narsa, shaxs nomlariningkiritil ishi o’quvchilarning mavzuni chuqurroq o’zlashtirishlariga xizmat qiladi. Masalan: “sichqon”, “mushuk”, “xo’roz”, “kuchuk”, “tulki”, “o’rdak”, “g’oz”, “maymun”, “yo’lbars”, “sher” (204-mashq); “charos”, “daroyi”, “husayni” (195-mashq); “quyosh”, “oy”, “yulduz”, “daryo”, “dengiz”, “qir”, “adir”, “o’rmon”, “osmon” (197-mashq) va boshqalar.

Lekin darslikda keltirilgan barcha topshiriqlar ham o’quvchilarning ijodiy imkoniyatlari darajasida emas. Masalan, 12-mashqda “Matnni o’qing va qaytadan hikoya qiling. Hikoyaga sarlavha qo’yib, tushunganlaringizni yozing” deyilganda edi o’quvchi o’qib o’zlashtirganlarini yozish orqali mustaqil faoliyatga o’rganar edi.

3-sinf “Ona tili” darsligida 2-sinf darsligida o’rganilgan nazariy tushunchalarning aynan takrorlanishini ham oqlab bo’lmaydi.

3-sinf “Ona tili” darsligining o’zida ketma-ket takrorlarga yo’l qo’yilgan. Solishtiring: “Matn – bu mazmun jihatidan bog’langan gaplardir” (5-bet) “Matnda gaplar mazmun jihatidan bog’lanadi” (7-bet).

Nazariy tushunchalarning shu xilda takrorlanishi o’quvchilarning ijodiy izlanishini chegaralab qo’yishini unutmasligimiz lozim.

4-sinf uchun 2020-yilda nashr etilgan “Ona tili” darsligiga nazar tashlansa undagi mashq topshiriqlari oldingi sinflarda egallangan bilimlarni eslash, shu asosida vazifalarni mustaqil bajarish, tegishli xulosalar chiqara olishga qaratilganini ta’kidlash mumkin. Darslikda o’quvchilarning tildan amaliy foydalana olishlariga, og’zaki va yozma nutqning savodli bo’lishini ta’minlashga yo’naltirilgan topshiriqlarga alohida e’tibor berilgan.

“shon -dovrug’, dong, shuhrat”

“naql- hikmatli gap” (5-bet)

“Iqbol – baxtli taqdir, baxt, omad” va hokazo.

“Olqish – yaxshilik tilash so’zlari”

Ba’zi o’rinlarda so’zlarning ma’nosini izohlashga yo’naltirilgan topshiriqlarning berilishi o’quvchilarning so’z boyligini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, 2-mashqda “samo”, 3-mashqda “horg’in”, 4-mashqda “kulsin”, 7-mashqda “piyoda” so’zlarining

ma’nodoshlarini izlash natijasida topilgan so’zlar, shubhasiz, o’quvchilarning lug’atini boyitadi, dunyoqarashini kengaytiradi.

19-mashqda “o’qiydi”, “keltiradi”, “topadi”, “so’zlaydi” so’zlarining qanday ma’noda qo’llanishi ustida izlanish natijasida tilning ichki qatlamlariga chuqurroq nazar tashlash imkoni tug’iladi.

Darslikda so’z ma’nosini izoxlashdan tashqari, so’zlarni gapda o’rinli qo’llashga doir berilgan topshiriqlar o’quvchilar nutqini boyitadi hamda muammoni hal etish orqali mastaqil fikrlashga ham o’rgata boradi.

Lug’at ustida ishlashning yana bir usuli o’quvchidan qo’shimcha adabiyotlarni o’qishni talab etadi. Masalan, 14-mashq (10-bet)da 6 turdagi qovun rasmi berilgan bo’lib, O’zbekistonda qovunning necha xil turi bor? Javobingizni yozing deyilgan. O’quvchiga bu mashq sharti bir kun oldin aytib yuboriladi. U ota-onasi, bobo-buvilaridan javob izlaydi. (O’zbekistonda 15 dan ortiq qovun turi mavjud: qizilurug’, bosvoldi, doniyor, gurvak, qoraqosh va hokazo.)

104-mashq (46-bet)da qushlar, 112-mashq (50-bet)da gullar nomini aniqlab yozish, shuningdek, 3-mashq (6-bet)da “Gapni qanday harf bilan boshlaysiz?”, 7-mashq (7-bet)da “Gapning oxiriga qaysi tinish belgilari qo’yilgan? Nima uchun?” tarzidagi grammatik topshiriqlar ham mustaqil fikrlashga yo’naltirilgan.

22-mashq (14-bet)da A.Akbarning “Insholardan ko’chirma” she’ri keltirilgan. She’rda bolalarning paxtani turli narsalarga o’xshatishi xususida so’z boradi. Mashq shartidagi “Siz paxtani nimaga o’xshatgingiz keladi? Bitta gap bilan yozing” topshirig’i o’quvchini jiddiy izlanishga da’vat etadi

Ma’lumki, grammatik tushunchalar muammoli izlanish metodi asosida shakllantirilsa, uzoq vaqt esda saqlanadi. Har bir mavzuni tushuntirishda o’quvchilar matnni o’qish, yozish va tahlil qilish orqali o’z fikr-mulohazalarini aytishi kerak. Ularning fikr-mulohazalari darslikdagi nazariy tushunchalar yoki o’qituvchining izohi yordamida tasdiqlanadi. Masalan, 313-mashq (129-bet)ni bajarish jarayonida o’quvchi sifat so’z turkumiga doir so’zlarning yozilishini kuzatadi, taxlil qiladi va “Belgini kuchaytirib va ozaytirib ko’rsatadigan sifatlar qanday yoziladi?” savoliga javob qaytarish uchun izlanishga majbur bo’ladi.

Boshlang’ich sinflarda tilning fonetikasi ham, leksika, morfologiya va sintaksis ham gap, matn asosida o’zlashtiriladi. So’zning ifodalaydigan ma’nosi ham gap tarkibida oydinlashadi. So’z turkumlarining tildagi roli va vazifasi ham gap tarkibida namoyon bo’ladi. Shu nuqtai nazardan boshlang’ich sinflarda har bir til hodisasi gap va matn tarkibida o’rganilishi maqsadga muvofiq.

Gaplarda so’zlarning sintaktik munosabati gap bo’laklarini belgilab beradi. Gap bo’laklari gapni shakllantiradi. Gap bo’laklaridan bosh bo’laklar 2-sinfda amaliy o’rgatiladi. 3-sinfda amaliydan elementar nazariy tushuncha sifatida o’rganishga o’tiladi. Bu sinfda o’quvchilar bosh bo’laklarning gapni shakllantirishdagi roli va ahamiyatini

bilib oladilar. Gap bo’laklarini o’rgatish jarayonida hozirgi zamonga mos holda, xalqaro baholash dasturlari talablari doirasida ish olib borish lozim. Chunki O’zbekiston ham 2021-yilda yuqoridagi dastur asosida o’quvchilar bilimini baholash bo’yicha ushbu dastur ishtirokchisi bo’ladi. Ushbu baholash dasturi 4-sinflarga ham PIRLS dasturi ( PROGRESS IN INTERNATIONAL READING LITERACY STUDY- boshlang’ich sinf o’quvchilarini matnni o’qish va tushunish savodxonligi sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqot dasturi) bo’yicha boshqa mamlakatlardagi tengdoshlariga nisbatan matnni o’qish va tushunish darajalarini solishtirish imkonini beradi. Ilk bora 2001-yilda o’tkazilgan (35 mamlakat) tadqiqot har 5 yilda bir marotaba o’tkaziladi. Shundan so’ng bu dasturning ishtirokchi mamlakatlari soni oshib borgan. 2006-yilda 40 mamlakat, 2011- yilda 45 mamlakat, 2016-yilda 50 mamlakat ishtirok etgan. Tadqiqotning doimiy ishtirok etuvchi davlatlarida shuni sezish mumkinki, o’quvchilarning o’qish savodxonligi bo’yicha natijalari yildan yilga yaxshilanmoqda.

1. Fuzayilov S, Xudoyberganova M, Yo’ldosheva Sh. 3-sinf uchun ona tili darslik-Toshkent: “O’qituvchi” , 2019.-152bet

2. Hamroev A. R. Modeling activities of teachers when designing creative activities of students //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. -2019. – Т. 2019.

3. Kamroev A. STUDENTS’CREATIVE ACTIVITIES IN DESIGNING MOTHER TONGUE EDUCATION //Scientific Bulletin of Namangan State University. – 2019. -Т. 1. – №. 7. – С. 285-296.

4. Adizov B. R., Khamroev A. R. Modeling activities of teachers when designing creative activities of students //Ilmiy xabarnoma. – С. 69.

5. Azimov Y. Hamroyev A//Husnixat va uni oqitish usuliyoti (Maruza matnlari). -2003.

6. Хамраев А. Моделирование деятельности учителя при проектировании творческой деятельности учащихся //Педагопчш тновацп: где!’, реалп, перспективи. – 2018. – №. 2. – С. 23-26.

7. хамроев А. БОШЛАНЕИЧ СИНФ ОНА ТИЛИ ТАЪЛИМИДА У^УВЧИЛАРНИНГ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИНИ ЛОЙИХАЛАШТИРИШ МЕТОДИК МУАММО СИФАТИДА //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2021. – Т. 1. – №. 1.

8. Hamroyev A. R. Designing students’ creative activity in primary school mother tongue education as a methodological problem //Middle European Scientific Bulletin. -2021. – Т. 11.

9. Hamroyev R. A., Qoldoshev A. R., Hasanova A. M. Methods of teaching 1st grade students to use writing tools effektively //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). – 2021. – Т. 10. – №. 1. – С. 168-174.

10. Hamroyev A. Quality and effectiveness for design of learning outcomes in the language teaching //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. – 2021. – Т. 11. – №. 1. – С. 549-558.

11. Avezmurodovich O. R. Difficulties in learning to write and read left-handed children //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (8), 40. – 2020. – Т. 45.

12. Qo’ldoshev R. CHAPAQAY BOLALARNI MAKTABGA QANDAY TAYYORLASH KERAK? //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). -2021. – Т. 2. – №. 2.

13. Qoldoshev, Avezmurodovich Rustambek, and Farhodqizi Gulruh Yodgorova. “How to find out right or left.” Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR) 10.1 (2021): 154-163.

14. Qo’ldoshev A. R. G’aforovna Habiba Jumayeva.(2021). Forming Writing Skills in Left-Handed Students. Middle European Scientific Bulletin, 10 (1).

15. Quldoshev, R. A. “Assistant pedagogue to children left-handed reading in the last year.” Globe Edit.-2020 (2020).

16. Qo’ldoshev A. R. Psychological aspects of left-handedness: concept, causes, and peculiarities //Psychology and Education Journal. – 2021. – Т. 58. – №. 1. – С. 49814988.

17. Qo’ldoshev A. R. et al. Forming Writing Skills in Left-Handed Students //Middle European Scientific Bulletin. – 2021. – Т. 10. – №. 1.

18. Qo’ldoshev, Rustambek. Кумаки педагоги, ба кудакони чапдаст дар соли якуми хониш. GlobeEdit, 2020.

19. Azimov, Yunus, and Rustambek Qo’ldoshev. Husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari. GlobeEdit, 2020.

20. QO, R. LDOSHEV. Chapaqay bolalarni maktabga qanday tayyorlash kerak, 145147.

21. Azimov, Y. Y., and R. A. Qo’ldoshev. “Husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari (metodik qollanma). GlobeEdit, 2020.-141bet.”

22. Qo’ldoshev R. A. LEFT-HANDED CHILDREN AND THE LEARNING PROCESS //EPRA International Journal of Research and Development (IJRD) Volume. – Т. 5. – С. 277-281.

23. Qo’ldoshev, R. A., SINF CHAPAQAY O’QUVCHILARINING MAKTABGA BIRINCHI, and MAKTABGA MOSLASHISHI DAVRIDAGI PEDAGOGIK YORDAMNING MOSLASHISHI. “MAZMUNI//Pedagogik mahorat.” (2020).

24. Qo’ldoshev, R. A., and Y. Y. Azimov. “Чапакайларни ёзишга ургатишга доир айрим мулохдзалар.” НАЧАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ» Ш-Международная научно-практическая конференция. 2020.

25. Qo’ldoshev, R. A. “THE CONTENT OF PEDAGOGICAL ASSISTANCE IN THE PERIOD OF ADAPTATION OF LEFT-HANDED FIRST-GRADERS TO SCHOOL, ADAPTATION TO SCHOOL AND ITS FEATURES AMONG STUDENTS OF THE FIRST YEAR OF STUDY.” Pedagogikmahorat.-Buxoro 5 (2020): 132-135.

26. Qo’ldoshev, R. A. “LEFT-HANDEDNESS AND THE REASONS FOR ITS OCCURRENCE.” MONOGRAFIA POKONFERENCYJNA SCIENCE, RESEARCH, DEVELOPMENT 32: 2020-31.

27. Qo’ldoshev, R. A. “Cognitive activity of left-handed children.«НАЧАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ» III-Международная научнопрактическая конференция.” (2020): 132-136.

28. Rustambek Q. O. L. Birinchi sinf chapaqay o ‘quvchilarining maktabga moslashishi, maktabga moslashishi davridagi pedagogik yordamning mazmuni //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1.

29. Кулдашев Р. А. ЧАПА^АЙ У^УВЧИЛАРДА ЁЗУВ КУРОЛЛАРИ БИЛАН ИШЛАШ КУНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ: РА Кулдошев, Бухоро давлат университети Бошлангич таълим методикаси кафедраси укитувчиси //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. – 2021. – Т. 2. – №. 3. – С. 198-217.