Press "Enter" to skip to content

Va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

d) oddiy va sodda
57. Matematika fani bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan nechta yo‘nalishda DTS talablari belgilangan?

Pedagogika fanining ilmiy – tadqiqot metodlari

Har qanday fan o`zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali o`z mazmunini boyitib, yangilab boradi.

Hayotda va ob`ektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o`rgatish va qanday o`rgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo`lib, ular o`zaro bog’liqdir.

Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim degan muammolar o`rtasida dialektik birlik mavjuddir.

Pedagogika o`z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o`rganadi. Shu ma`noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o`qitishning real jarayonlariga xos bo`lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari va vositalari majmuini tushunamiz.

Pedagogika o`qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatini quyidagicha o`rganish-bilishni nazarda tutadi:

  • ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi va o`zaro ta`sir jarayonida bolalarni o`qitish va tarbiyalash, fan, madaniyat, ahloq va san`at, ta`lim va tarbiyaning qayerda amalga oshirilishidan qat`iy nazar uzviy aloqada bo`lishi;
  • ularning to`xtovsiz harakati, o`zgarishi va taraqqiy etish jarayonida vujudga keladigan o`qitish va tarbiyalash vazifalari, metodlarining o`zgarishi, hamma bolalarni bir xil andozada o`qitish va tarbiyalash mumkin emasligi;
  • bolalarning o`sishida ularning o`ziga xos hususiyatlarini hisobga olish, aqliy va hulqiy faoliyat, so`z va ish birligi mezonlariga tayanish;
  • bolalar kamolotiga ta`sir etuvchi an`ana, urf-odatlar, ular o`rtasidagi tafovutlarni bilish, aniqlash asosida yaxshi bilan yomon, eskilik bilan yangilik, o`rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o`zaro tanqid va hokazo;

Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq, to`g’ri tanlansa ta`lim-tarbiya mazmunni yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi.

Hozirgacha mavjud va ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy tadqiqot metodlariga tayanib fikr yuritsa bo`ladi: 1) kuzatish metodi; 2) suhbat metodi; 3) bolalar ijodini o`rganish metodi; 4) test, so`rovnomalar metodi; 5) maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi; 6) eksperiment-tajriba sinov metodi; 7) statistika ma`lumotlarini tahlil qilish metodi; 8) matematika-kibernetika metodi;

Kuzatish metodi

Pedagogikaning kuzatish metodi ta`lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig’ish imkonini tug’diradi. Bu metodni qo`llanish jarayoni ancha murakkab bo`lib, nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo`llaniladi.

Tajribalarning ko`rsatishicha, maqsad asosidagi kuzatuv ma`lum reja asosida yig’ilgan dalillarni haqiqiy tahlil qilish, qiyoslash asosida tashkil etilsagina samarali bo`ladi.

Kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yig’ish, hisobga olish, aniqlash uchungina emas, balki ta`lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va mukammallashtirish maqsadida amalga oshiriladi.

Odatda pedagogik kuzatish orqali o`quvchilarning fanlarni o`zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o`zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta`limiy-tarbiyaviy ta`sir ko`rsatish yo`llarini belgilash uchun qo`llaniladi.

Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o`quvchilarning tabiiy faoliyatini, balki ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil etadi va tegishli xulosalar chiqarishga imkoniyat tug’diradi. Bunday kuzatishlar pedagogika fani mazmuninining boyishiga sabab bo`ladi.

Suhbat metodi

Ta`lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to`g’ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat metodidan foydalaniladi. Odatda, suhbat metodi maktab o`qituvchilar va o`quvchilar jamoasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo`llaniladi. Bunda suhbat metodini tadbiq etishdan oldin maqsadli reja tuziladi, amalga oshirish yo`llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosa chiqariladi. Shuningdek, tadqiqotchining suhbat olib borish va uni kerakli tomonga yo`naltira olishni bilishi, suhbatdoshining ruhiy holatiga qarab suhbat ohangini moslashtira bilishi g’oyat muhimdir.

  • suhbat uchun oldindan savol tuzish;
  • vaqti va o`tkazish joyini belgilash;
  • suhbat ishtirokchilarining soni va kasblaridan xabardor bo`lishi;
  • suhbat uchun qulay sharoit va erkin gaplashish imkonini yaratish;
  • mahmadona va bachkana bo`lmaslik;

6)suhbatdoshning kimligini, harakter hususiyatini esdan chiqarmaslik;

7) suhbat natijalarini zudlik bilan tahlil qilish, qiyoslash, tegishli xulosa chiqarish, lozim bo`lsa qo`shimchalar kiritish va maktab hayotiga tadbiq etish pedagogik jihatdan qimmatlidir.

Bolalar ijodini o`rganish metodi

Pedagogik tadqiqot metodlari ichida bolalar ijodini tabiiy holatda o`rganish va ilmiy xulosalar chiqarish metodi mavjud. Bunda maktab o`quvchilarning o`ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir ma`lumotlar tahlil qilinadi, xulosalar chiqariladi. Maqsad O`zbekiston yoshlarining tipik obrazlari va ularda ijobiy xislatlarni shakllantirishdir. Shu sababli yoshlarning turli yozma daftarlari, tutgan kundaliklari, yozgan xatlari, she`r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari bolalar ijodini o`rganish uchun manba bo`lib xizmat qiladi.

Oqibatda, maktab o`quvchilari orasidan etishib chiqayotgan qobiliyatli, iste`dodli yoshlarni ertaroq aniqlash, ularning iste`dodlarining namoyon bo`lishi uchun reja va sharoitlar yaratish imkoni yaratiladi. Odatda, bolalar ijodini o`rganish manbai ko`p bo`lib, ular: fan olimpiadalari, mavzular bo`yicha konkurslar, maktablar bo`yicha ko`rgazmalar, musobaqalar, ekskursiyalar va sayllar va hokazo.

Test, so`rovnomalar metodi

Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari ichida yetakchi metod so`rovnoma va test savollardan foydalanishdir. So`rovnoma-anketa (fransuzcha “tekshirish” ma`nosini bildiradi) metodi qo`llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, o`quvchilarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o`tkaziladi.

O`zbekiston, ta`bir joiz bo`lsa Markaziy Osiyoda birinchi bo`lib test metodini maktab, oliy va o`rta maxsus ta`lim tizimiga tadbiq etdi. Test sinovlaridan ko`zlangan maqsad oz vaqt ichida o`quvchilarning bilimlarini yoppasiga aniqlash, baholashdir.

Bunda test savollarini qanchalik aniqlik va aql bilan, fikrlash jarayoniga zarar tegmaydigan qilib tuzish ahamiyatli ekanligini nazarda tutish lozim. Test savollarining o`rni va ularni mazmunan rang-barang qilib tuzilishi, o`quvchilarning mustaqil fikrlarini o`stiradi, kelajakni real baholash imkonini beradi.

Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi

Respublikamiz rahbariyatining xalq ta`limi yuzasidan qabul qilingan qaror va yo`l-yo`riqlari asosida maktabda bajarilgan va bajarilayotgan ta`limtarbiya ishlarini yuritilgan hujjatlar orqali aniqlash metodi ham mavjuddir.

Maktab hujjatlarini tekshirish orqali o`qituvchilar va o`quvchilar jamoasi, ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma`lumotlar olinadi.

Umuman, maktab hujjatlari deyilganda; o`qituvchi va o`quvchilarning soni va sifati; o`quvchilarning shaxsiy hujjatlari, sinf jurnallari, kundalik daftarlari, buyruq daftarlari, pedagoglar kengashining qarorlari daftari, maktabning rejadagi pul hisobi va uning sarflanishiga doir hujjatlar, turli inventarlar daftari va boshqalar tushuniladi.

Maktab hujjatlarini tahlil qilishda o`quvchilarning umumiy miqdori, uning o`sishi yoki kamayish sabablari tavsifi, o`quvchilarning fanlar bo`yicha o`zlashtirish darajasiga, sinfda qolishning oldini olish, rag’batlantirish va jazolash choralari, turlariga, maktabning moddiy bazasiga e`tibor beriladi.

Ularni tahlil qilish, hisobotlarni ko`zdan kechirish, to`g’ri yoki noto`g’riligini aniqlash, o`quvchilar faolliklarining o`sishi bilan taqqoslash,ilg’or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishi va nihoyat, o`qituvchi-tarbiyachilarning ilmiy-pedagogik faoliyatlarini tekshirish, tegishli chora, tadbirlar belgilash maqsadida o`tkaziladi.

Eksperiment-tajriba sinov metodi

“Eksperiment”so`zi lotincha “sinab ko`rish”, “tajriba qilib ko`rish” ma`nosini anglatadi.

Odatda eksperimental-tajriba ishlari ta`lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Bunda ham ilmiy farazlarning didaktik yoki amaliy ahamiyatiga e`tibor beriladi.

O`tkaziladigan tajriba ishlari ta`lim va tarbiya o`rtasidagi qonuniy aloqalarni aniqlash, natijalarni hisobga olish asosida yangi metodlarni tadbiq etishga, ta`lim-tarbiya samaraligini oshirishga qaratiladi. Shuningdek, ta`lim-tarbiya jarayonining borishini, tuzilishi va natijalarini oldindan ko`ra bilish imkoniyatini beradi.

Eksperiment metodi sharoitga qarab 3 xilda o`tkaziladi:

1) tabiiy eksperiment; 2) laboratoriya eksperimenti; 3) amaliy tajriba.

Pedagogik eksperiment o`z mazmuniga ko`ra didaktik, tarbiyaviy, maktabshunoslik muammolari yuzasidan o`tkaziladi.

Pedagogik eksperiment tajriba ishlarini o`tkazishda quyidagi talablar mavjud:

  • ishning aniq, ilmiy jihatdan asoslangan farazini aniqlash va kutilishi lozim bo`lgan natija uchun reja belgilash lozim.
  • ilmiy ish yoki pedagogik faoliyat uchun aniq ob`ekt belgilash, amalga oshirish borasida qo`shimcha metodlarni aniqlash.
  • tajriba ishi o`tkazish vaqtini va muddatini belgilash.
  • tajriba uchun lozim bo`lgan asbob-uskuna va boshqa hokazolarning tayyor turishi;

4) eksperiment natijalarini zudlik bilan tahlil qilish va tegishli xulosa chiqarish va tavsiyalar berish kerak.

Statistika ma`lumotlarini tahlil qilish metodi

Pedagogik tadqiqot statistika ma`lumotlarisiz, ularning tahlilisiz o`zligini namoyon eta olmaydi. Chunki nafaqat ilmiy izlanishlar borasidagi, balki xalq ta`limi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag’larning oshirilishi, xalq ta`limi muassasalarinng doimo o`sib borishi, darslik va o`quv qo`llanmalari, xo`jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag’larni statistika metodi orqali aniqlanadi.

Respublikamizning deyarli barcha ta`lim-tarbiya muassasalari statistika ma`lumotlari bilan qurollangan, kelajak rivojlanish rejalariga ega.

Respublikamizning mustaqil bo`lguniga qadar statistika sohasidagi chalkashliklar, atayin ortirib, qo`shib yozishlar xalq ta`limi tizimida ham mavjud edi. Ularning nazorati bo`shligi va ob`ektiv emasligi xalq ta`limi sohasidagi chuqur islohot o`tkazilishiga olib keldi. Demak, statistik ma`lumot aniq, hayotiy bo`lsa bajarilayotgan ta`lim-tarbiya yoki ilmiy tadqiqotning qimmati yuqori bo`ladi.

Va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

Mazkur testlar banki boshlangʻich sinf oʻqituvchilari MOK uchun moʻljallangan boʻlib, “Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasining 3-sonli yig’ilishida koʻrib chiqilgan va markazning pedagogik Kengashning 2018 yil “3” yanvar №-1 -sonli yig’ilish qaroriga asosan tasdiqlangan.

Asos: XTVning 2018 yil 29-dekabrdagi 334-sonli buyrug’i.

Tuzuvchilar: B.Atayeva

“Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus ta’lim

metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi
M.Kulaxmetova

“Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus ta’lim

metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Sh.Boychayeva

“Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus ta’lim

metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi
N.Mamatkulova

“Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus ta’lim

metodikalari” kafedrasi o‘qituvchisi

Boshlangʻich sinf o‘qituvchilari malaka oshirish kursi uchun testlar toʻplami

1. Hozirga kunda jahon pedagogikasida «pedagogik texnologiya» tushunchasiga necha xil tarif berilgan?

d) 9 xil
2. Modulli texnologiyalarga tarif bering ?

*a) еng zamonaviy texnologiya bo‘lib, modul bloklaridan tashkil topgan axborotni tizimli ravishda qayta ishlash va tahlil qilishga, o‘quvchining mustaqil faoliyatiga asoslangan

b) B.K.M. diagnostikasida turli shakllaridan foydalangan holda tashkil etiluvchi yaxlit jarayon

c) modulli texnologiyalar-modul bloklaridan tashkil topgan axborotni tizimli ravishda qayta ishlash va tahlil qilishga, o‘quvchining mustaqil faoliyatiga asoslangan, shakllaridan foydalangan holda tashkil etiladi

d) modulli texnologiyalar-eng zamonaviy texnologiya eng zamonaviy texnologiya bo‘lib, modul bloklaridan tashkil topgan axborotli tizim

d) eng zamonaviy texnologiya bo‘lib, modul bloklaridan tashkil topgan axborotni tizimli ravishda qayta ishlash va tahlil qilishga, o‘quvchining mustaqil faoliyatiga asoslangan

3. Darsga berilgan ta’rifni toping?

*a) dars sinfda aniq maqsad,berilgan vaqt oralig‘ida o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar uchun o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil etilish

b) dars tag‘limiy maqsadni o‘zida jamlagan o‘quv soati

c) dars o‘quvchilarga DTS talabini bajarishlariga yo‘naltirilgan mashg‘ulot

d) dars 6 bosqichdan iborat mashg‘ulot
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori qachon qabul qilingan?

*a) 2017 yil 6 aprel

b) 2016 yil 16 aprel

c) 2017 yil 17 aprel

d) 2016 yil 7 aprel
5. Umumiy o‘rta ta’limning (UO‘T) tayanch o‘quv rejasi qanday hujjat hisoblanadi?

*a) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi

b) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlarining sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi

c) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv yuklamasining maksimal hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan dastur hisoblanadi

d) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv yuklamasining hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi
6. UO‘Tning o‘quv dasturi qanday hujjat hisoblanadi?

*a) tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi.

b) o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanad

c) o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi

d) tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi belgilangan hujjat hisoblanadi
7. Dars jarayoni necha bosqichdan iborat?

d) o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq
8. UO‘T muassasalarining dars jadvalini ishlab chiqish uchun qanday hujjat asos hisoblanadi?

*a) tayanch o‘quv reja

b) davlat ta’lim standarti

c) o‘quv yuklamasining sinflar bo‘yicha taqsimoti

d) o‘quv yuklamasining minimal hajmi
9. Boshlang‘ich sinflarda savod o‘rgatsih jarayonida qaysi metoddan foydalaniladi?

*a) tahlil va tarkib metodidan

b) tushuntirish metodidan

c) ko‘rgazmalilik metodidan

d) suhbat metodidan

10. Lingvistik kompetensiya o‘z ichiga nimalarni oladi?

*a) fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyotiga oid

b) fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika

c) fonetika, grafika, orfoepiya

d) orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyotiga oid
11. Unlilar qatorini belgilang.

d) o, i, u, t, sh
12. So‘zlarda tutuq belgisi noto‘g‘ri qo‘yilgan qatorni aniqlang?

*a) al’o, taz’im, tas’ir

b) ma’shal, mas’ul, bid’at

c) e’tiroz, she’r, e’tirof

d) ma’shal, mas’ul, she’r
13. Tutuq belgisi to‘g‘ri qo‘yilgan so‘zlar qatorini belgilang?

*a) san’at, sur’at, qal’a

b) tar’if, ta’qib, mas’uma

c) eti’roz, maq’ul, nash’a

d) eti’roz, maq’ul
14. Boshlang‘ich sinflarda yozma nutq malakalarini rivojlantirish va husnixatga o‘rgatish maqsadini qaysi fan amalga oshiradi?

d) adabiyot
15. Ko‘rgazmali qurolga qo‘yiladigan talablar?

*a) didaktik, metodik, estetik,gigiyenik

b) didaktik, metodik

c) estetik, gigiyenik

d) didaktik va gigiyenik
16. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifboda nechta harf va harf birikmasi mavjud?

*a) 26 ta harf va 3 ta birikma, 1ta belgi

b) 28 ta harf va 3 ta birikma

c) 30 ta harf va 1 ta belgi

d) 32 ta harf 2 ta belgi
17. UO‘T muassasalarining pedagogik kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o‘quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida necha foizgacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi?

d) 10 % gacha
18. Kichik yozma harflar tutashtirilishiga ko‘ra necha turga bo‘linadi?

*a) 4 guruhga bo‘linadi

b) 3 guruhga bo‘linadi yuqori pastki o‘rta qismidan tutashtiriladi

c) 4 guruhga bo‘linadi yuqori pastki qismidan tutashtiriladi

d) guruhga bo‘linmaydi
19. Diktant so‘zining ma’nosi qaysi variantda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

*a) aytib turmoq, gapirmoq, so‘zlamoq

b) bo‘lim tugaganda o‘quvchilar bilimini tekshirish

c) aytib ko‘riladigan yozma ish

d) olingan bilimlarni sinovchi yozma ish
20. Diktantning maqsadga ko‘ra turi

*a) tekshirish va ta’limiy

b) ta’limiy va izohli

c) saylanma va yod yozuv

d) tekshirish va lug‘at
21. Diktant maqsadga ko‘ra necha turga bo‘linadi?

d) 8 tur
22. Ta’limiy diktant necha turga bo‘linadi?

d) 2
23. 1-2 sinflarda tekshirish diktantlaridagi so‘zlar soni?

*a) 1-sinfda 20-25 so‘z, 2-sinf o‘quv yili 1-yarimida 25-30 so‘z

b) 1-sinfda 20-25 so‘z, 2-sinfda 30-35 so‘z

c) 1-sinfda 10-15 so‘z, 2-sinfda 20-25 so‘z

d) 1-sinfda 15-20 so‘z, 2-sinf 1-yarimida 20-25 so‘z, 2-yarimida 30-35 so‘z
24. A1 standart darajasi qanday nomlandi?

*a) umumta’lim fanlarini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

b) boshlang‘ich darajas

c) 1-4-sinf darajasi

d) boshlang‘ich ta’lim darajasi
25. Bilim nima?

*a) o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish

b) o‘quv fani bo‘yicha materiallarni utushntirib berish

c) mavzuga oid DTS talablari

d) mavzuga oid nazariy ma’lumotlar, atama va tushunchalar
26. Alifbe davrida tovush va harflar qanday o‘rgatiladi?

*a) tovush va harflarni o‘rganishdagi izchillik asosida

b) avval unlillar, so‘ngra undoshlar

c) alfavit tartibida

d) osondan qiyinga
27. Savod o‘rganish davrida sinfdan tashqari o‘qish qachon o‘tkaziladi?

*a) haftada 1 marta

c) chorakda bir marta

d) o‘tkazilmaydi
28. Qaysi tovushlar bo‘g‘in hosil qiladi?

*a) unli tovushlar

b) undosh tovushlar

d) sirg‘aluvchi undoshlar
29. Gaplar nimalardan tuziladi?

d) bo‘g‘inlardan
30. Ko‘nikma nima?

*a) o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish

b) o‘rganilgan bilimlarni amalda qo‘llay olish

c) nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish

d) nazariy ma’lumotlarni amalda qo‘llay olish
31. Boshlang‘ich sinflarda insho mazmuniga ko‘ra necha turga bo‘linadi?

d) 5
32. Malaka nima?

*a) o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish

b) o‘rganilgan bilim va shakllangan amalda qo‘llash

c) nazariy bilimlarni amalda qo‘llash

d) nazariy va amaliy bilim, ko‘nikmalarni amalda qo‘llash va yangi bilimlar hosil qilish
33. A1 standart darajasiga ko‘ra ona tili o‘quv dasturida necha soatni tashkil etadi?

d) 618
34. A1 Qstandart darajasiga ko‘ra ona tili o‘quv dasturida necha soatni tashkil etadi?

d) 618
35. Ona tili bo‘yicha nechta kompetensiyaviy yondashuv belgilangan?

d) 1
36.Tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish kabilar qaysi kompetensiyani amalga oshiradi?

c) badiiy asarni tahlil qilish

d) Lingivistik
37. Fonetika, grafika, orfoepia, orgarafiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid kompetensiyaviya nomini toping?

d) Badiiy asarni tahlil qilish
38. N utqiy kompetensiyaga ko‘ra 4-sinf yakunida necha so‘zdan iborat diktant yoza oladi?

d) 60-70
39. 1-sinf uchun yaratilgan multimedia ilovali metodik qo‘llanmalar qachon ishlab chiqilgan?

d) 2017-yil
40. 4-sinf uchun yaratilgan multimedia ilovali metodik qo‘llanmalar qachon ishlab chiqilgan?

d) 2016-yil
41. O‘qish fanidan necha yo‘nalishda kompetensiyaviy yondashuvni belgilaydi?

d) 1
42. Adabiy-nutqiy va badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyalari qaysi fan yo‘nalishini belgilaydi?

d) ingliz tili
43. A1 standart darajada adabiy-nutqiy kompetensiya bo‘yicha boshlangʻ`ich ta’lim yakunida bir daqiqada nechta so‘zni o‘qiy oladi?

d) 70-80 so‘z
44. A1 standarst darajada adabiy-nutqiy kompetensiya bo‘yicha boshlangʻ`ich ta’lim yakunida kichik hajmdagi nechta she’rni aytib bera oladi?

d) 20-25 ta she’r
45. A1Qstandart darajada adabiy-nutqiy kompetensiya bo‘yicha boshlangʻ`ich ta’lim yakunida bir daqiqada nechta so‘zni o‘qiy oladi?

d) 100 so‘z
46. A1 Q standarst darajada adabiy-nutqiy kompetensiya bo‘yicha boshlangʻ`ich ta’lim yakunida kichik hajmdagi nechta she’rni aytib bera oladi?

d) 100 dan ortiq
47. Prezidentimizning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish bo‘yicha kommissiya tuzish to‘gʻrisida”gi farmoyishi qachon imzolangan?

*a) 2017- yil 12- yanvar

b) 2014-yil 19-fevral

c) 2017 yil 6 -aprel

d) 2017-yil 15-mart
48. Kompetensiya nima?

*a) mavjud bilim, koʻnikma va malakalarni kundalik faoliyatda qoʻllay olish qobiliyati

b) bilim o‘rganilgan materiallarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish

c) mavjud bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish

d) o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlarni hosil qilish
49. Alifbo davri o‘rganiladigan tovush va harflar, szlarning va bo‘g‘inlarning tuzilishi, murakkablik darajasiga ko‘ra necha bosqichga bo‘linadi?

d) 5 bosqich
50. Dasturda tez yozish ko‘nikmalari nechanchi sinflarda shakllantiriladi?

d) 2-3 sinflar
51. Husnixatga o‘rgatishning vazifasi?

*a) harf, so‘z, gap va matnni to‘g‘ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir

b) yozuvni o‘rganish jarayonida o‘quvchi tovushning shakli bo‘lgan harfni, so‘z va gapni kitobdan va doskadan to‘g‘ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko‘chirib yozish, yozganlarini tekshira olish va yo‘l qo‘ygan grafik kamchilik hamda xatolarini o‘qituvchi rahbarligida o‘zi tuzata olishi kerak

c) yozuvni o‘rganish jarayonida o‘quvchi tovushning shakli bo‘lgan harfni, so‘z va gapni kitobdan va doskadan to‘g‘ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko‘chirib yozish, yozganlarini tekshira olish va yo‘l qo‘ygan xatolarini o‘zi tuzata olishi kerak

d) so‘z, gap va matnni to‘g‘ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir
52. Husnixat malakalari qachondan takomillashtirib boriladi?

*a) 1-sinfda o‘quv yilining 2-yarmidan boshlab

b) 1-sinfda o‘quv yilining 1-yarmidan boshlab

c) 2-sinfda o‘quv yilining 1-yarmidan boshlab

d) 2-sinfda o‘quv yilining 2-yarmidan boshlab
53. Ijodiy mashqlar qanday o‘tkaziladi?

*a) ijodiy mashqlarda o‘quvchilar o‘zlari erkin ravishda gap tuzadilar

b) gap tuzish uchun mavzu beriladi, o‘quvchilar shu mavzuga mos gap tuzadilar. Narsa rasmi yoki syujetli rasm beriladi, o‘quvchilar rasm asosida bir yoki bir necha gap tuzadilar

c) gap tuzish uchun mavzu beriladi, o‘quvchilar shu mavzuga mos gap tuzadilar

d) narsa rasmi yoki syujetli rasm beriladi, o‘quvchilar rasm asosida bir yoki bir necha gap tuzadilar
54. Sinfdan tashqari o‘qish darslari qanday tashkil qilinadi?

*a) 1-2 sinfda haftada 1-marta, 3-4 siflarda ikki haftada 1marta

b) 1sinfda haftada 2-marta, 3-4 siflarda ikki haftada 1marta

c) 1sinfda 1 2-4 siflarda ikki haftada 1marta

d) 1-sinfda o‘tkazilmaydi 2-4 siflarda haftada 1marta
55. 2 va undan ortiq usul bilan yechiladigan masala turi?

56. Mazmuniga ko‘ra masala turlari?

*a) sodda va murakkab

b) to‘g‘ri va teskari

d) oddiy va sodda
57. Matematika fani bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan nechta yo‘nalishda DTS talablari belgilangan?

d) 5 ta
58. Matematika fani bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS talablari to‘g‘ri belgilangan qatorni toping?

*a) matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya va kognitiv kompetensiya

b) matematika mazmuniga oid umumiy va xususiy kompetensiya

c) matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya, mustaqil ijodiy fikrlash

d) matematikaga oid umumiy kompetensiya, kognitiv va mustaqil ijodiy fikrlash
59. Qisqa shart tuzishdan maqsad?

*a) o‘quvchi masalani aniq mohiyatini tushunadi

b) qisqa yozuv shart emas

c) masala yechimini topish tezlashad

d) vaqt kam sarflanadi
60. “Berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi” A1 darajasi qaysi kompetensiyani o‘z ichiga oladi?

*a) matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya

b) kognitiv kompetensiya

c) kognitiv mustaqil fikrlash kompetensiyasi

d) kognitiv , ijodiy fikrlash kompetensiyasi
61. Ikki va undan ortiq amaliy misollar qanday bajariladi?

b) bir yo‘l bilan javobi chiqarilad

d) tenglama asosida
62. Matematika darsi haftasiga necha soatni tashkil etadi?

63. Matematika o‘qitish metodikasining tadqiqot metodlari?

*a) induksiya, deduksiya, anologiya

b) og‘zaki,amaliy, interfaol

c) amaliy metodlar

d) interfaol
64. O‘quvchilar tafakkurini charxlashga yo‘naltirilgan masala turi?

d) ikki va undan ortiq usulli masala
65. Noma’lum sonni topish yo‘naltirilgan ifoda?

d) misol
66. Tabiatshunoslik fani bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan nechta yo‘nalishda DTS talablari belgilangan?

d) 5 ta
67. Tabiatshunoslik fani bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS talablarining birinchi yo‘nalishi qanday nomlandi?

*a) tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi

b) globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi

c) geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi

d) tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi
68. Tabiatshunoslik fani bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS talablarining ikkinchi yo‘nalishi qanday nomlandi?

*a) geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi

b) tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi

c) tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish

d) globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi
69. Tabiatshunoslik fani bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS talablarining uchinchi yo‘nalishi qanday nomlandi?

*a) globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi

b) tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish

c) geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi

d) tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi
70. Tabiatshunoslik fani bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS talablarining to‘rtinchi yo‘nalishi qanday nomlandi?

*a) tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi

b) tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi

c) geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi

d) globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi
71. Tasviriy san’at turlari to‘g‘ri yozilgan qatorni belgilang?

*a) grafika,rangtasvir, haykaltaroshlik,me’morlik xalq amaliy can’ati, dizayn

b) grafika, rangtasvir, haykaltaroshlik, me’morlik,xalq amaliy san’ati

c) miniatyura, grafika, haykaltaroshlik, me’morlik, nafis san’at

d) grafika, haykaltaroshlik,miniatyura, xalq amaliy san’ati, dizayn
72. O‘quvchilarni bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilimi jihatidan ham teng bo‘lgan jamoani boshqarib turuvchi pedagog?

d) pedagog
73. Maktabda o‘quvchilarga tarbiya …………….ning ishlari orqali beriladi?

d) Pedagog
74. Sinf rahbari maktab ma’muriyati bilan birgalikda kimlar bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni olib boradi?

*a) mahalla jamoasi, ota-onalar

d) yoshlar ittifoqi
75. Ota-onalar e’tiborini tarbiyaning biror muammosiga jalb etish maqsadida o‘tkaziladigan tarbiyaviy tadbir nomi?

d) uchrashuvlar
76. Paradigma so‘zining ma’nosi?

*a) yunoncha “paradeigma” – misol, namuna

b) grekcha ” paradeigma” – masala

c) “paradeigma” – inglizcha misol keltirish

d) “paradeigma” – italyancha namunalar ko‘rsatish
77. An’anaviy-konservativ paradigma nimani asoslaydi?

*a) bilim paradigmasi

b) pedagogik paradigma

c) psixologik paradigma

d) ratsionalistik (bixevioristik) paradigma
78. Ta’lim olish, taraqqiyot va madaniyatning eng muhim elementlarini avloddan-avlodga yetkazish qaysi paradigmaning maqsadiga kiradi?

*a) bilim olish paradigmasi

b) pedagogik paradigma

c) psixologik paradigma

d) ratsionalistik (bixevioristik) paradigma
79. Qaysi paradigma diqqat markazida ta’lim mazmuni emas, balki o‘quvchilar tomonidan turli bilimlarni o‘zlashtirilishini ta’minlovchi samarali usullari yotadi?

*a) ratsionalistik paradigma

b) pedagogik paradigma

c) psixologik paradigm

d) bilim paradigma
80. Kompetensiyalar qanday turlarga bo‘linadi?

*a) tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalar

b) boshlang‘ich va umumiy kompetensiyalar

d) tayanch va umumiy kompetensiyalar
81. O‘qish fani bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan nechta yo‘nalishda DTS talablari belgilangan?

d) 5 ta
82. O‘qish fani bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS talablari to‘g‘ri belgilangan qatorni toping?

*a) adabiy-nutqiy kompetensiyalar, badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi

b) nutqiy kompetensiya, badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi, badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi

c) nutqiy kompetensiya, adabiy-nutqiy va lingivistik kompetensiya

d) adabiy-nutqiy kompetensiyalar, nutqiy kompetensiyalar
83. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili ekanligidagi Qonun qachon qabul qilindi?

*a) 1989 yil 21 oktabr

b) 1990 yil 21oktyabr

c) 1991 yil 21oktyabr

d) 1989 yil 12oktyabr
84. Orfoepiya bo‘limida nimalar o‘rganiladi ?

*a) to‘g‘ri talaffuz

d) publitsistika
85. Yopiq bo‘g‘inli so‘zni aniqlang?

d) lola
86.Harakatga doir masalalar deb qanday masalalar tushuniladi?

*a) masofa, vaqt, tezlik orasidagi bog’lanishni ifodalovchi masalalar

b) biror jism harakatini ifodalovchi masalalar

c) biror hodisaning vaqtini topish talab qilinadigan masalalar

d) jism, harakat yo’nalishini ifodalovchi masalalar
87. Interfaol so’zining ma’nosi?

*a) ingliz tilidan olingan “Inter” – bu o’zaro, “act” – harakat qilmoq

b) ans. tilidan olingan bo’lib “intir” – yetti, “act” – qator

c) grek.tilidan olingan bo’lib “inter” – harakat, “Akt” – qilmoq

d) lotin tilidan olingan bo’lib “inter” – to’rt, “akt” – qator
88. Butunning bitta yoki bir nechta teng ulushlaridan tuzilgan son qanday son deyiladi?

*a) ulush deyiladi

b) kasr son deyiladi

c) bir xil suratli son deyiladi

d) bir xil maxrajli son deyiladi
89. O‘nli kasrlar va ular ustida amallarni kim kashf etgan?

*a) Gʻiyosiddin Jamshid

c) Muhammad Taragʻay Ulugʻbek

d) Nasriddin Tusiy
90. Tolerantlik so’zining ma’nosi nima?

d) bardosh,intilish
91. Pedagogik jarayonlarga nimalar kiradi?

*a) motiv, jarayon, natija

b) motiv, metod, jarayon

c) jarayon, boshqaruv, metod

d) natija, metod
92. Uy vaifasini tekshirish darsning qanday bosqichi hisoblanadi?

d) ixtiyoriy
93. “Klaster” so’zining manosi?

d) bo’lak
94. So’z turkumlariga oid tahlil qanday tahlil deb ataladi?

*a) morfologik tahlil

b) fonetik tahlil

c) leksik tahlil

d) sintaktik tahlil
95. “Baliq skleti” texnologiyasi yakunida nima chiqariladi?

d) natija
96. Texnologiya so’zining lug’aviy manosi nima?

*a) “texnologiya” yunoncha ikki so’zdan olingan bo’lib) – “texnos” (techne) – mahorat, sanat va “logos” (logos) – fan, ta’imot so’zlaridan tashkil topgan

b) “texnologiya” inglizcha ikki so’zdan olingan bo’lib – sanat va fan, ta’imot so’zlaridan tashkil topgan

c) “texnologiya” grekcha ikki so’zdan olingan bo’lib – “texnos” qobiliyat ta’imot so’zlaridan tashkil topgan

d) “texnologiya” lotincha so’zdan olingan bo’lib – mahorat, sanat va istedod degan manoni anglatadi
97. O’z-o’zini baholashga yo’naltirilgan metod?

d) tushunchalar tahlili
98. Innovasiya bu – …?

*a) innovasion (inglizcha innovasion) – yangilik kiritish, yangilik yaratish demakdir

b) innovasion (grekcha innovasion) – ijodiy fikrlash demakdir

c) innovasion (ispancha innovasion) – izlanish yangicha fikrlash demakdir

d) innovasion (lotincha innovasion) – kashf qilmoq demakdir
99. Ulushlar deb nimaga aytiladi?

*a) butunning teng bo‘laklari ulushlar deyiladi

b) bir butun ulush deyiladi

c) butunning yarmi teng bo‘laklari ulushlardir

d) ulush bu kasr
100. Geometrik jismlar to‘gʻri ko‘rsatilgan qatorni ko‘rsating?

*a) kub, konus, silindr, piramida

b) uchburchak, kub, silindr

c) kvadrat, to‘rtburchak, doira

d) to‘rtburchak, kub, kvadrat

Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi ta`limotining shakllanishi va rivojlanishi

Tayanch iboralar: “fanning tarixi”, “metodist olimlar”, “olimlarning ilmiy asrlari”, “mutafakkir olimlarning ilg’or g’oyalari”,“tabiatshunoslikka doir adabiyotlar”.

Ta biatshunoslik o’qitish metodikasining rivojlanish tarixi. Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi tabiatshunoslikning o’quv fani sifatida rivojlanishi bilan bog’liq holda o’zining tarixiga ega. Birinchi metodist deb, F. Zuyevni (1754-1794) hisoblash mumkin, u xalq bilim yurtlarida tabiatshunoslik darslarini olib bordi, o’kituvchilar seminarida ma’ruzalar o’qidi. 1786 yili F. Zuyev “Tabiiyot tarixining ko’rgazmalari” nomli darslikni nashr qildi, unda tabiiyotni o’rganish izchilligi; qazilmalar dunyosi (jonsiz tabiat), o’simliklar dunyosi (botanika), hayvonlar dunyosi (zoologiya) ko’rsatilgan. Bu darslik o’quv predmeti sifatida tabiiyotga asos soldi.

XIX asr o’rtalarida ilg’or pedagogik fikrlarni ifodalovchilardan biri K. D. Ushinskiy (1824-1870) bo’ldi. U kuzatish metodini tabiatni bilib olishda eng samarali metod sifatida ajratdi. K.D. Ushinskiy bolalarni tabiat bilan tanishtirishni o’z joyi, o’z o’lkasini o’rganish bilan boshlashni taklif qildi, bunda kitobni o’qish yoki o’qituvchi axborotidan olingan taassurotlarni bola kuzatishlari yordamida tekshira olsin. K.D. Ushinskiy ta‘kidladiki, o’z joyi tabiatini o’rganishning bosh metodlaridan biri kuzatishdir, chunki ular kuzatuvchanlikni vujudga keltirishga yordam beradi. “Bolalar dunyosi” kitobida bolalarni nutq rivojlanishining asosida yotuvchi oddiy mantiqiy ishlarga o’rgatish uchun tabiatni qanday kuzatish zarurligini ko’rsatib berdi.

Kuzatishlar, tajribalar va ekskursiyalarga asoslanib tabiiyot o’qitish tizimini birinchi bo’lib A.Ya. Gerd (1841 – 1888) taklif qildi. U ta‘kidladiki, ko’rgazmali o’qitish bola idrokining aniq holatiga muvofiq bo’lishi kerak. Gerd shunday tizimni bunyodga keltirdiki, unda tabiiyotni o’rganish jonsiz tabiatdan boshlanadi, u boshlang’ich sinflarda jonsiz tabiat kursini o’qitish metodikasini ishlab chiqdi. U “Tabiiyot qisqa kursi” nomli darslik, shuningdek “Yer, havo, suv” nomli o’quv qo’llanma va ularni o’qitishga oid “Boshlang’ich maktabda predmetli darslar” nomli metodik qo’llanma (1883) yozdi. Bu kitob uzoq vaqtlargacha jonsiz tabiat kursi bo’yicha asosiy qo’llanma bo’lib keldi.

1917 yildayoq A.Ya.Gerdning “Boshlang’ich maktab kursida alohida predmet sifatida tabiiyot” nomli kitobi nashr etildi, unda muallif tabiiyotni boshlang’ich maktabda maxsus fan sifatida o’qitish zarurligini isbot qildi. Masalani bunday qo’yilishi tabiiyot bo’yicha tezda yangi dastur tuzishni talab qildi. 1919 yili tabiiyot bo’yicha taxminiy dastur tuzildi va tasdiqlandi. Unda ekskursiya va amaliy ishlarga katta e‘tibor berildi.

M.N.Skatkin o’z tadqiqotlarida tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlar tashkil qilish metodikasi hamda tabiatni o’rganish bo’yicha mashg’ulotlarda bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish masalalariga katta e‘tibor berdi.

1959 yildan boshlab, har yili 1-4 sinf o’quvchilari uchun “Kuzatish kundaliklari” nashr qilingan, uning muallifi V.A.Valerianova o’quvchilarning ob-havoni, o’simlik va hayvonlar hayotidagi o’zgarishlarni, qishloq xo’jaligida odamning mehnat faoliyatini muntazam ravishda kuzatishlarini tashkil qilishda o’qituvchiga yordam berish vazifasini qo’yadi.

Tabiiyot haqidagi bilimlarni o’rganishda mashhur metodist S.A.Pavlovich (1884-1976) katta hissa qo’shdi, uning ishlari boshlang’ich maktabda tabiiyot darslarini metodik jihatdan to’g’ri tashkil qilishga yordam berdi. Uning “Boshlang’ich maktabda tabiiyot o’qitish amaliyoti” (1939), “Jonsiz tabiat to’g’risidagi tushunchani qanday o’qitish kerak” (1948), “Tabiatshunoslik bo’yicha kitob. Tabiatning asoslari va metodikasi” (1969) nomli ishlari ancha mashhurdir. S.A.Pavlovichning tabiiyot va tabiatshunoslik darslarini o’quv qurollari bilan jihozlash to’g’risidagi kitoblari hozirgi vaqtda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.

1969 yildagi umumta‘lim maktabi isloxotidan keyin tabiatshunoslik 2- va 3-sinflarda mustaqil fan sifatida o’qitila boshladi va faqat 1-sinfda tabiatshunoslik materialidan o’qish va nutqni rivojlantirish darslarida foydalanildi.

Umumta‘lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo’nalishlari munosabati bilan tabiatshunoslikni o’qitish masalalari yangicha hal qilindi. 1986 yildan e‘tiboran bolalar 6 yoshdan boshlab o’qitila boshlandi, maktabda o’qitish muddati esa 11 yilgacha ko’paytirildi. Shunday qayta qurish 1-2-sinflarda “Atrof olam bilan tanishtirish” nomli yangi o’quv fanini kiritish imkoniyatini berdi, u 3-4 sinflarda “Tabiatshunoslik” o’quv faniga o’tadi.

Kursni o’rganish ikki yo’nalishda olib boriladi. Birinchisi, bolalarni odamlarning ijtimoiy hayoti va mehnati bilan tanishtirishni, xulq-atvor madaniyatini tarbiyalashni nazarda tutadi. Ikkinchisida, tabiat bilan bevosita muloqotda uning bilan tanishtirish, tabiat ob‘ektlari va hodisalari to’g’risida tasavvurlar shakllantirish, tabiatga mas‘uliyat bilan munosabatda bo’lishni, tabiatdagi xulq-atvor madaniyatini tarbiyalash, tabiat muhofazasida baholi qudrat faoliyat tashkil qilinishi mo’ljallanadi. Tabiat bilan tanishtirish ekskursiyalarda, o’quv sayrlarida, amaliy ishlarda kuzatishlar o’tkazish asosida amalga oshiriladi.

“ Atrof olam bilan tanishtirish” fani boshlang’ich maktabning boshqa fanlari bilan chambarchas bog’liqdir. Tabiat va jamiyat hayotini, kishilar mehnatini kuzatish ona tili va rus tili, mehnat ta‘limi, tasviriy san’at, matematika kabi fanlarning o’quv materialini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi. Bu darslarda, atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha mashg’ulotlarda tabiat to’g’risida o’quvchilar oladigan tasavvurlar kengaytiriladi, boyitiladi, katta amaliy yo’nalishga ega bo’ladi.

“ Atrof olam bilan tanishtirish” kursining davomi hisoblangan “Tabiatshunoslik” o’z ichiga tabiat fanlarining har xil sohalarini oladi. 3-4 sinflarda tabiatshunoslikni o’rganish jonsiz tabiat bilan jonli tabiat bir butunlikni tashkil qilishi, shuning uchun ham ular o’zaro bog’liq ekanligi to’g’risidagi tasavvur va tushunchalarni izchillik bilan rivojlantirishni nazarda tutadi.

Tabiatshunoslik fanlari taraqqiyotida Markaziy Osiyo olimlarining ham xizmatlari katta. Markaziy Osiyoda yashab o’z asarlari bilan tabiiy fanlar rivojiga katta hissa qo’shgan olimlarning ishlari va bizgacha yetib kelgan asarlari tabiiyot tarixini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Abu Rayxon Beruniy 973 yilda Xorazmning Qiyot (hozirgi Beruniy) tumanida tug’ilgan. Beruniyning bizga 152 ta kitobi ma‘lum bo’lib, ulardan faqat 27 tasigina bizgacha yetib kelgan. Beruniyning o’sha davrda yaratgan buyuk kashfiyotlaridan biri Yerning shar shaklida ekanligini ko’rsatish uchun Globus ixtiro etganligidir.

Beruniy asarlariga tabiatga oid juda ko’p ma‘lumotlar kiritilgan. Masalan, O’rta Osiyo, Hindiston, Afg’onistondagi qazilma boyliklar (dorivor o’simliklar, hayvonlar), ularning foydali xususiyatlari haqida ma‘lumotlar berilgan. Beruniyning ilmiy qarashlari “Minerologiya”, “Hindiston”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Geodeziya” kabi asarlarida keng yoritilgan.

“ Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Beruniy Eron shimolida keng tarqalgan tropik o’simliklar va hayvonot olamini ta‘riflaydi. Beruniyning “Kitob as-Saydana-fit-tibbi” (Tabiatda dorishunoslik) asari 1927 yilda Turkiyaning Bursa shahridagi kutubxonalarning biridan topilgan. Bu kitobda 250 dan ortiq tabib, dorishunos, kimyogar, tabiatshunos, tarixchi, faylasuf, sayyohlar haqida ma‘lumotlar keltirilgan.

Beruniyning tabiiy va sun‘iy tanlanish haqidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir. Agar Yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa, bu holda hayvon va daraxtlarning ko’payishiga, daraxtning o’sishiga o’rin qolmaydi, deb ta‘kidlagan edi. Beruniyning “Tabiatda dorishunoslik” asarida dorivor o’simliklar tasnifi ham berilgan. Beruniy o’z asarlari bilan tabiat fani tarixiga asos solgan.

Abu Ali Ibn Sino (980-1037) tabiiyot fanining turli sohalarida ijod qilgan. Ibn Sino tabobat ilmidan tashqari, tibbiyot sohasidagi ishlari, jumladan, “Mexanika”, “Fizika” nomli kitoblari tabiiyot fanining rivojlanishida muhim o’rin tutgan. Kitoblarida harakat, kuch, atmosfera bosimi, ob-havo, qor, yomg’ir, do’l, issiqlikning tabiati, yashin va uning turlari, momaqaldiroq hodisasi, tovush, yorug’lik, Quyosh va Oy tutilishi, ko’zning ko’rish sabablari, olamdagi o’simliklar va ularning ahamiyati haqida bayon qilgan.

Ibn Sino dunyoga mashhur “Tib qonunlari” asarini yozgan. Mazkur asar 5 ta kitobdan iborat bo’lib, ularda odam tanasi a‘zolarining tuzilishi, vazifalari, turli kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari, oddiy va murakkab dorilar, ularni tayyorlash va bu dorilarning tana a‘zolariga ko’rsatadigan ta‘siri haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Olim odamdagi ba‘zi kasalliklar (chechak, vabo, sil) ko’zga ko’rinmas organizmlar orqali paydo bo’lishini e‘tirof etdi. Inson salomatligini yaxshilashda to’g’ri ovqatlanish, tana a‘zolarini chiniqtirish muhim ahamiyatga ega ekanligini aytadi. Uning fikricha, Yer asta-sekin o’zgaradi, dengiz va daryolar vaqti kelib o’z o’rnini quruqlikka bo’shatadi. Shu tufayli ko’pgina kishilar suvda yashaydigan hayvonlarni, chunonchi, chig’anoq qoldiqlarini quruqlikda uchratadilar. Ibn Sino o’simlik, hayvon va odamda o’xshashliklar mavjudligi, ularning oziqlanishi, ko’payishi,b o’sishi haqida to’xtalib o’tadi.

Abu Nasr Forobiy 873 yili Toshkentning shimoli g’arbida joylashgan Forob qishlog’ida hizmatchi oilasida tug’ilgan. Ma‘lumotlarga qaraganda Forobiy 70 dan ortiq tilni bilgan.

Forobiy o’z zamonasining yirik tibbiyot nazariyotchisi edi. U bu sohada o’nlab ilmiy asarlar yaratdi. Asarlarining umumiy miqdori 160 dan ortiq bo’lib, bizgacha 40 ga yaqinigina yetib kelgan. Ular astronomiya, falsafa, tarix, mantiq, psixologiya, musiqa, tabiatshunoslik, tibbiyot, kimyo sohalarini qamrab oladi.

Yulduzlar haqidagi kitobida osmon jismlari bilan Yerdagi hodisalar o’rtasida tabiiy bog’lanishlar borligini bayon qilgan. Jumladan, Quyosh issiqligi ta‘siridagi bug’lanishlar bulut va yomg’ir paydo bo’lishiga sabab bo’lishini aytgan. Oy tutilishi Yerning Quyosh bilan Oy o’rtasiga tushib qolishiga bog’liqligini ko’rsatgan. Tabiiyot sohasidagi ijodiy ishlari koinot sirlaridan tashqari issiqlik, yorug’lik va tovush hodisalarini o’rganishga ham bag’ishlangan.

Forobiy inson organizmi, uning faoliyatining bir butun va yaxlit tizimdan iboratligini, kasalliklar asosan ovqatlanishning buzilishi bilan bog’liqligini ko’rsatib o’tdi. Forobiy Yevropa olimlari, xususan rus fiziologi I.M. Sechenovdan 1000 yillar avval fiziologiya fanining fundamental asosi bo’lgan birlamchi va ikkilamchi signal sistemasining rivojiga ilmiy asos solgan. Forobiy o’z asarlarida sun‘iy (inson yordamida) turlarning vujudga kelishi singari tabiiy ravishda (inson aralashuvisiz) o’simlik va hayvon turlarining paydo bo’lishini ham dunyoda birinchi bo’lib ta‘riflab, bu masalani Ch.Darvindan 1000 yil avval hal qilgan edi.

Al-Xorazmiy jahon matematika fanining asoschilaridan bo’lgan. O’rta Osiyo olimlaridan hisoblanadi. Al-Xorazmiy IX asr boshlarida Bag’dodda O’rta Osiyolik olimlar Al-Farg’oniy, Abbos bin Javhariy bilan “Ma‘mun akademiyasi” ni boshqara boshlaydi. Bag’dod xalifasi Ma‘mun al-Xorazmiyga “Yer va osmon xaritasi” ni tuzish ishini boshqarishni topshirdi. Xarita ustida olimlar 84 yil davomida tadqiqot ishlarini olib bordilar. Xorazmiy bu tadqiqotlarni umulashtirib “Yerning tasviri” nomli asarini yozib, geografiya faniga asos soldi. Bu asar butun dunyo, qit‘alar, okeanlar, qutblar, ekvator, sahrolar, ko’llar, o’rmonu barcha mamlakatlar, o’lkalar, u yerdagi o’simlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy xomashyolar, aholi, ularning tarqalish xususiyatlari, urf-odatlari, hunarlari va zichligi haqidagi ma‘lumotlarni o’z ichiga oladi.

Al- Xorazmiy dunyodagi birinchi geografik xaritani tuzishga katta hissa qo’shgan. U astronomiya sohasida ham ko’p ishlar qilgan. Kuzatishlar asosida hindlarning astronomiya jadvallarini har tomonlama tahlil qilib, yangi astronomik jadvallar tuzdi. Uning rahbarligida Yer kurrasining kattaligini aniqlash maqsadida Yer meridianining bir gradusi o’lchab chiqilgan. Xorazmiyning astronomiyaga oid asari, Yerning o’lchash hajmi haqidagi fikrlari, O’rta Sharq, Yevropada astronomiya fanining rivojiga ulkan hissa bo’lib qo’shilgan. Mashhur o’zbek matematigi Al-Xorazmiy hozirgi zamon algebra fani va “Algoritm” sohasining “otasi” hisoblanadi. “Algebra”, “Al jabr” asaridan, “Algorttm” esa uning nomi al-Xorazmiydan olingan.

Abu Hanifa Dinavariy (Ahmad ibn Dovud)-tarixchi, tilshunos, botanik olim. Uning bizgacha yetib kelgan tarixiy asari “Kitob axborit-tivol” dir. Dinavariyning “Kitob fin-nabot” (O’simlik haqida kitob) nomli mashhur asari uzoq vaqtlargacha sharq botanik va tabiblari uchun qo’llanma bo’lgan. Asarning bizgacha yetib kelgan ba‘zi bir qismlari B.Levin tomonidan ingliz tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. Abjad tartibida yozilgan bu kitobda 482 xil o’simlikning xususiyati bayon qilingan. Muallif har bir o’simlikni ta‘riflashda o’z zamonasi shoirlarining shu o’simlik haqidagi she‘rlaridan namunalar keltirgan.

Tabiatshunoslik o’qitish metodikasining rivojlanish tarixi va hozirgi holati. O’zbek tilida tabiatshunoslik bo’yicha birinchi tarjima adabiyoti 1919 yilda vujudga keldi. Bular “Boshlang’ich jug’rofiya” (A.A.Kruber kitobining ruschadan tarjimasi), “Turkiston” (A.A.Kruberning “Rossiya jug’rofiyasidan ocherklar” kitobining ruschadan tarjimasi), T.N.Qori Niyoziyning o’qituvchilar uchun qo’llanma hisoblangan “Tabiatning parchasi” va boshqalar edi.

1927-1929 yillarda bi rinchi bosqich maktablar uchun o’lkashunoslik darsliklari – “Kichik turkistonlik” va “Bizning o’lka”, “Tabiiyot bo’yicha o’qish kitobi” va boshqa mahalliy tabiatshunoslik materiali asosida tuzilgan darsliklar nashr qilindi.

1948 yildan e‘tiboran boshlang’ich sinflarda tabiiyotni o’qitish tizimi o’zgardi. 1-3 sinflarda tabiatshunoslik materiali izohli o’qish darslarida o’rganila boshlandi. Tabiiyot esa o’quv fani sifatida 4-sinfga kiritildi va o’zbek tiliga tarjima qilingan sobiq RSFSR dasturlari bo’yicha mahalliy materiallardan foydalanib o’rganildi. 1948 yili Ye.M.Belskaya shu dasturga asoslanib “Rus tilida olib boriladigan O’zbekiston maktablarining 1-4 sinflari uchun dastur” – metodik yo’l-yo’riqlar yaratdi, unda 1-3-sinf o’quvchilari bilan darslar va darsdan tashqari vaqtlarda (o’qituvchi pahbarligida) kuzatish va tajribalar o’tkazilishiga alohida e‘tibor berildi.

1960 yildan barcha sinflarda o’qitish jarayoni monerizasilashtirislishi munosabati bilan yangi dasturlar joriy qilindi. Bunda 3-4 sinflardagi tabiatshunoslik darslari mehnat darslari bilan almashtirildi. Tabiatshunoslik faqat 4- sinfda qoldirildi, buning uchun 1961 yili O’zbekistonning tabiiy sharoitlari, o’simlik va hayvonot dunyosining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi “Tabiatshunoslik” darsligi (Ye.M.Belskaya va b.) yaratildi.

70-yillarda O’zbekiston maktablarining yangi o’quv rejasi va dasturlariga o’tilishi munosabati bilan 2-3 sinflarda “Tabiatshunoslik” fani kiritildi, uni o’rganishga rus tilida o’qish olib boriladigan sinflarda 35 va 70 soatdan, o’qish o’zbek tilida olib boriladigan sinflarda 35 soatdan vaqt ajratildi.

1972 yili Ye.M.Belskaya tahriri ostida rus va uzbek tillarida 2-sinf uchun “Tabiatshunoslik” darsligi nashr qilindi. Bu darslik uch yillik boshlang’ich maktab dasturi bo’yicha qo’llaniladi. U qiziqarli mazmuni bilan farq qiladi, 2-sinf o’quvchilarining yosh xususiyatini hisobga olgan holda tuzilgan va O’zbekiston o’simliklari va hayvonot dunyosining tipik xususiyatlarini aks ettiradi.

1974 yili 3-sinf uchun “Tabiatshunoslik” darsligi nashr qilindi. Unda “O’lkamizning tabiati” mavzusiga katta e‘tibor berildi. Uni o’rganish 2-sinfda o’tkazilgan kuzatishlarni umumlashtirish bilan boshlanar va tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlarni hisobga olgan holda olib borilar edi. Topshiriqlar O’zbekistonning jonsiz tabiati ob‘ektlari, o’simliklari va hayvonlarini kuzatishlardan maksimal foydalanishni nazarda tutgan.

O’qituvchilar uchun metodik qo’llanmalar nashr qilingan bo’lib, ularda tabiatshunoslik kursi metodikasi 2-3 sinflardagi shu fanni o’rganish xususiyatlari hisobga olingan holda bayon qilingan.

1986 yildan boshlab to’rt yillik boshlang’ich ta‘limga o’tish munosabati bilan boshlang’ich maktab uchun, atrof olam bilan tanishtirish va tabiatshunoslik bo’yicha dasturlar hamda “Atrof olam bilan tanishtirish” va “Tabiatshunoslik” kurslari bo’yicha o’quv-metodik majmualar (darsliklar, metodik qo’llanmalar, kuzatishlar kundaligi) nashr qilindi. Tabiatshunoslikni o’qitish bo’yicha o’quv majmua sistemaliligi, mazmunni rivojlantirilishi, sinfdan-sinfga o’tgan sari asta-sekin chuqurlashtirib va kengaytirib borilishi, tuzilishga yagona yondashish, strukturaning vorisligi bilan ta‘minlangan.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach Davlat ta’lim standarti hamda o’quv reja va dasturlar asosida boshlang’ich ta’limda (1-2-sinflarga “atrofimizdagi olam”, 3-4-sinflarga “tabiatshunoslik”) darslik va o’quv qo’llanmalar yaratildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Nuriddinova M.I.Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi.O’quv qo’llanma.T., 2005.
  2. Bahramov A.,“Tabiatshunoslik.”Darsligi3-sinf.T:.“Cho’lpon” nashriyoti. 2014.
  3. Bahramov A., “Tabiatshunoslik.” Darsligi 4-sinf. T:. “Sharq” nashriyoti 2014.
  4. Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o’qitish. T. 19 92.
  5. PakulovaV . M ., Kuznetsova M . I . Metodika prepodavaniya prirodovedeniya . M ., 1990.

Boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun AKT asosida 7 nomdagi metodik qo`llanmalar ishlab chiqildi

Ushbu davr mobaynida ota-onalar uchun bolalarni maktabga tayyorlash bo`yicha 5 ta nomdagi qo`llanmalardan samarali foydalanish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Axborot xizmati xabar beradi.

“Ta`limda global hamkorlik” loyihasi doirasida 1220 ta qisqa muddatli guruhlar tarbiyachilariga shtat birliklari ajratildi, qisqa muddatli guruhlar faoliyati yo`lga qo`yildi.

O`quvchilarning egallagan bilim va ko`nikmalarini amaliyotda mustaqil ravishda qo`llay olishga o`rgatish maqsadida 18 ta umumta`lim fanlari bo`yicha tayyorlangan uzluksiz ta`limning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat ta`lim standartlari 75 ta maktab, 59 ta kasb-hunar kolleji va akademik liseylarda tajriba-sinovdan o`tkazilmoqda.

Ta`lim muassasalarida ilg`or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan 28 ta ilg`or pedagogik texnologiyalar tajriba-sinov maydonlarida tajribadan o`tgan 150 ga yaqin interfaol metod, ilg`or pedagogik texnologiyalar va ilg`or ish tajribalar ommalashtirilib, vazirlik ta`lim portaliga joylashtirildi.

Boshlang`ich 1-2-sinf o`qituvchilari uchun ilg`or pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosida 7 nomdagi metodik qo`llanmalar va ularning multimediali ilovalari ishlab chiqildi va ta`lim muassasalariga to`liq etkazildi.